{"id":1689,"date":"2021-09-23T09:09:42","date_gmt":"2021-09-23T06:09:42","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?page_id=1689"},"modified":"2021-09-23T09:09:45","modified_gmt":"2021-09-23T06:09:45","slug":"ormonga-zamburuglar-kerakmi","status":"publish","type":"page","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/ormonga-zamburuglar-kerakmi\/","title":{"rendered":"O&#8217;rmonga zamburug&#8217;lar kerakmi?"},"content":{"rendered":"\n<p>Bu savol hech biringizning xayolingizga kelmagan, desak, xato bo&#8217;lmaydi. Biz zamburug&#8217;larni yaxshi ko&#8217;ramiz va shuning uchun ularni tergani o&#8217;rmonga boramiz. Ammo nega ular aynan o&#8217;rmonda o&#8217;sadi? Aniqlanishicha, odamlar zamburug&#8217;siz ham yashashi mumkin ekan, ammo ular o&#8217;rmonga juda ham kerak.<\/p>\n\n\n\n<p>Har yilgi bargrezon natijasida o&#8217;rmon saltanatining har gektar yeriga ikki tonnadan oshiq chirigan moddalar yig&#8217;ilib qoladi. Bundan tashqari, u yerda daraxtlar qulaydi, shoxlar sinadi, kuzda pishgan mevalar to&#8217;kiladi, hayvonlar va hasharotlar o&#8217;ladi. Agar ularning hammasi shu holicha qolib, asrlar davomida yig&#8217;ilib borsa, sayyoramiz yuzasida yangi o&#8217;simlik jonivorlar avlodi uchun yashash sharoiti va joy qolmasligi shubhasiz. Sarflagan ozuqa moddalarini chirimagan o&#8217;simliklar va jonivorlarda qolib ketgani uchun qaytib ololmagan yer oriqlab ketadi. Bunday bo&#8217;lmasligi uchun zamburug&#8217;lar kerak.<\/p>\n\n\n\n<p>Ular qurigan o&#8217;simliklar va hayvonlar jasadidagi organik moddalarni parchalaydi va oddiy noorganik moddalarga aylantiradi. Noorganik moddalar yerga qaytadi va yangi o&#8217;simliklar uchun ozuqa bo&#8217;lib xizmat qiladi. Shunday qilib, tabiatda biologik muvozanat qaror topadi. Qalpoqsimon zamburug&#8217;lar bepoyon zamburug\u2019lar saltanatining kichik bir bo&#8217;lagidir. Uning aksariyat qismi tabiatda mikroskopik, ya&#8217;ni ko&#8217;z bilan ko&#8217;rib bo&#8217;lmaydigan shakllarda mavjuddir. Ular orasida o&#8217;rmon uchun foydali bo&#8217;lganlari ham, juda zararlilari ham bor. Qalpoqsimon zamburug&#8217;lar o&#8217;rmon uchun, asosan, foydali. Ular qurib qolgan daraxtlarning chirishini tezlashtiradi. Ammo kuzgi to&#8217;nka zamburug&#8217;i deb ataluvchi zamburug\u2019 o&#8217;rmonning haqiqiy dushmani ham bo&#8217;lishi mumkin. Ko&#8217;pincha u to&#8217;nkalar va yiqilgan daraxtlar ustida o&#8217;sadi, biroq ba&#8217;zida eman, qarag&#8217;ay va hatto olma nihollariga ham ko&#8217;chib o&#8217;tishi, ildizlarini chiritish natijasida nobud qilishi mumkin. Lekin bunday zamburug&#8217;larning mavjudligi boshqa zamburug\u2019larning o&#8217;rmon oldidagi ahamiyatini tushirmaydi. Biologlar &#171;mikoriz&#187; yoki &#171;zamburug&#8217;ildiz&#187; degan bir tushunchadan foydalanishadi. Zamburug&#8217;ning giflar deb ataladigan ingichka iplari daraxtlar ildizini o&#8217;rab oladi, natijada zamburug&#8217; va daraxt o&#8217;rtasida o&#8217;zaro foydali hamkorlik qaror topadi. Zamburug&#8217; o&#8217;zi topolmagan uglevodlarni daraxt ildizidan oladi, evaziga esa daraxt hayoti uchun muhim ahamiyatga ega bo&#8217;lgan kaliy, fosfor, azot va boshqa mikroelementlar beradi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Bu savol hech biringizning xayolingizga kelmagan, desak, xato bo&#8217;lmaydi. Biz zamburug&#8217;larni yaxshi ko&#8217;ramiz va shuning uchun ularni tergani o&#8217;rmonga boramiz. Ammo nega ular aynan o&#8217;rmonda o&#8217;sadi? Aniqlanishicha, odamlar zamburug&#8217;siz ham &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/ormonga-zamburuglar-kerakmi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":0,"parent":0,"menu_order":0,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","template":"","meta":{"footnotes":""},"class_list":["post-1689","page","type-page","status-publish","hentry","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/1689","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/pages"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/page"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=1689"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/1689\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":1690,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/1689\/revisions\/1690"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=1689"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}