{"id":1707,"date":"2021-09-23T11:38:34","date_gmt":"2021-09-23T08:38:34","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?page_id=1707"},"modified":"2021-09-23T11:38:34","modified_gmt":"2021-09-23T08:38:34","slug":"changlanish-nima","status":"publish","type":"page","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/changlanish-nima\/","title":{"rendered":"Changlanish nima?"},"content":{"rendered":"\n<p>Gul gulli (urug\u2019li) o&#8217;simliklarning ko&#8217;payish organidir. Boshqacha aytganda, gul o&#8217;simliklarda gulchang yoki urug&#8217; va yoxud ikkalasini ham birgalikda hosil qiladi. Gulning asosiy qismi onaliklar va otaliklardir. Ko&#8217;pgina gullarda (hammasida emas) markazda joylashgan (bitta yoki bir nechta) onalik va uni har tomondan o&#8217;rab turgan otaliklar bo&#8217;ladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Onalikning quyi qismidagi yo&#8217;g&#8217;on joyda urug&#8217; kurtak deb atalgan mayda tanachalar bo&#8217;ladi. Ularning har biri sharoit qulay bo&#8217;lgan vaziyatda urug&#8217;ga aylanishi mumkin. Urug&#8217; kurtakning eng muhim qismi mayda tuxumhujayradir. Tuxumhujayralar shu qadar maydaki, ularni faqat mikroskop yordamida ko&#8217;rish mumkin. Har bir otalikning tubida gulchang to&#8217;la qopcha bor. Ko&#8217;payish davri kelganda, bu qopchalar ochilib, sari\u0439 rangdagi va mayda kukun holidagi gulchanglar atrofga tarqaladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Urug&#8217; hosil bo&#8217;lishi uchun gulchanglar qaysidir yo&#8217;l bilan onalikka tushishi kerak. Gulchangning otalikdan onalikka ko&#8217;chish jarayoni, u qanday ro&#8217;y berishidan qat&#8217;i nazar, changlanish deb ataladi. Bir qancha changlanish usullari bor. Bu usullarning eng oddiysi gulchangning o&#8217;z-o&#8217;zidan onalikka tushishidir. Bunday usul o&#8217;z-o&#8217;zidan changlanish deb ataladi. Ammo bu jarayonda ko&#8217;pincha shamol va hasharotlar ishtirok etadi. Ko&#8217;pgina o&#8217;t-o&#8217;lanlar (nafaqat oddiy piyozli o&#8217;tlar, qolaversa, bug&#8217;doy va boshqa boshoqli ekinlar ham) shamol yordamida changlanadi. Bu jarayon juda oson kechadi. Shamol o&#8217;simlikni tebratishi natijasida otalikdan gulchanglarni to&#8217;kib, butun dala yoki o&#8217;tloqqa yoyadi. Uning bir qismi onalikda o&#8217;rnashib qoladi va tuxumhujayralar urug&#8217;lanishi oqibatida, urug&#8217; paydo bo&#8217;ladi. Gullar ko&#8217;pincha hasharotlar yordamida changlanadi. Odatda, bu hol yorqin rangi va o&#8217;tkir hidi bilan hasharotlarni o&#8217;ziga jalb etadigan gullarda sodir bo&#8217;ladi. Ular asal uchun nektar izlab, gullarga qo&#8217;nadi. Gulchang esa hasharotlar uchun ozuqa vazifasini ham o&#8217;taydi. O&#8217;sha payt gulchangning bir qismi ularning tanasi va qanotlariga ilashib qoladi, so&#8217;ngra asalari, kapalak yoki tukli ari keyingi gulga uchib o&#8217;tganida, o&#8217;sha changni o&#8217;zlari bilmagan holda uning onaligiga qoqib tushiradi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Gul gulli (urug\u2019li) o&#8217;simliklarning ko&#8217;payish organidir. Boshqacha aytganda, gul o&#8217;simliklarda gulchang yoki urug&#8217; va yoxud ikkalasini ham birgalikda hosil qiladi. Gulning asosiy qismi onaliklar va otaliklardir. Ko&#8217;pgina gullarda (hammasida emas) &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/changlanish-nima\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":0,"parent":0,"menu_order":0,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","template":"","meta":{"footnotes":""},"class_list":["post-1707","page","type-page","status-publish","hentry","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/1707","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/pages"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/page"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=1707"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/1707\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":1708,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/1707\/revisions\/1708"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=1707"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}