{"id":1722,"date":"2021-09-23T13:35:06","date_gmt":"2021-09-23T10:35:06","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?page_id=1722"},"modified":"2021-09-23T13:35:07","modified_gmt":"2021-09-23T10:35:07","slug":"yovvoyi-otlar-qanday-kopayadi","status":"publish","type":"page","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/yovvoyi-otlar-qanday-kopayadi\/","title":{"rendered":"Yovvoyi o&#8217;tlar qanday ko&#8217;payadi?"},"content":{"rendered":"\n<p>&#171;Yovvoyi o&#8217;t&#187; deyilishi bilan xayolimizga, u foydasiz o&#8217;simlik ekan, qabilidagi fikr keladi. Ammo tabiat nuqtai nazaridan barcha o&#8217;simliklar bir xil foydalidir. Odamlar faqat o&#8217;zlari uchun ahamiyatli o&#8217;simliklarni tanlab olib, o&#8217;stirishi, poliz yoki chopilgan yerlarda o&#8217;sadigan boshqa o&#8217;simliklarni esa yovvoyi o&#8217;t deb atashi esa butunlay boshqa masala. Yovvoyi o&#8217;tlar keltiradigan zarar ham turlichadir. Ayrim yovvoyi o&#8217;tlar o&#8217;tloqlarda o&#8217;tlab yurgan sigirlar yoki otlar uchun zaharlidir. Boshqa birlari esa quyoshni to&#8217;sib, namlikni va tuproqdagi ozuqa moddalarini tortib olishi bilan madaniy ekinlarga zarar keltiradi. O&#8217;tlarning yana bir turlari esa parazitlardir. Ular kasalliklar manbai bo&#8217;lishi bilan birga ekinlarga zarar keltiradigan hasharotlarni ham o&#8217;ziga jalb etadi. Yovvoyi o&#8217;tlarga qarshi kurashish, albatta, qiyin. Ularni har yili yulib tashlash kerak bo&#8217;ladi. Buning sababi shuki, yovvoyi o&#8217;tlar turli yo&#8217;llar bilan ko&#8217;payadi va insonga bu jarayonni nazorat qilishida jiddiy qiyinchiliklar tug&#8217;diradi. Yovvoyi o&#8217;tlarning ma&#8217;lum bir qismi bir joydan boshqa joyga hayvonlarning yemishi, chang, axlat yoki go&#8217;ng bilan birga ko&#8217;chadi. Ular ko&#8217;payishda insonning beparvoligiga ehtiyoj sezmaydi. Chunki ularning o&#8217;z tarqalish va ko&#8217;payish vositalari bor. Masalan, ituzum, zarpechak, sovunak kabi yovvoyi o&#8217;tlar shunchalik ko&#8217;p urug\u2019 yetishtiradiki, ularning bir qismi har qanday sharoitda yashab qoladi. Boshqa yovvoyi o&#8217;tlarning urug\u2019ida yoki mevasida tuk yoki qanotcha ko&#8217;rinishidagi o&#8217;simtalar bo&#8217;ladi. Shamol bunday urug\u2019larni uzoq masofalarga uchirib ketadi. Shovul, qoqigul, kislisa kabi o&#8217;tlar shunday tarqaladi. Shunday yovvoyi o&#8217;tlar ham borki, ularning meva va urug&#8217;ida tuk o&#8217;rniga hayvonlar terisi va odamlar kiyimiga yopishib qoladigan tikan yoki ilgakchalar bo&#8217;ladi. Qushqo&#8217;nmas ana shunday o&#8217;tdir. Ammo epchil yovvoyi o&#8217;tlar, umuman, urug&#8217; yordamida ko&#8217;paymaydi. Ularning yer ostida tarvaqaylab ketgan ildiz poyasi bo&#8217;ladi, biz yer yuzasida ko&#8217;rib turgan qismi esa pasham va tik o&#8217;simtalar, xolos. Agar uning yer ostidagi ildiz poyasi kesib tashlansa, ular qurib qolmaydi, aksincha, bir-biridan mustaqil ikkita o&#8217;simlikka aylanadi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>&#171;Yovvoyi o&#8217;t&#187; deyilishi bilan xayolimizga, u foydasiz o&#8217;simlik ekan, qabilidagi fikr keladi. Ammo tabiat nuqtai nazaridan barcha o&#8217;simliklar bir xil foydalidir. Odamlar faqat o&#8217;zlari uchun ahamiyatli o&#8217;simliklarni tanlab olib, o&#8217;stirishi, &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/yovvoyi-otlar-qanday-kopayadi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":0,"parent":0,"menu_order":0,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","template":"","meta":{"footnotes":""},"class_list":["post-1722","page","type-page","status-publish","hentry","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/1722","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/pages"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/page"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=1722"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/1722\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":1723,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/1722\/revisions\/1723"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=1722"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}