{"id":1727,"date":"2021-09-23T13:36:38","date_gmt":"2021-09-23T10:36:38","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?page_id=1727"},"modified":"2021-09-23T13:36:39","modified_gmt":"2021-09-23T10:36:39","slug":"osimliklar-qanday-oziqlanadi","status":"publish","type":"page","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/osimliklar-qanday-oziqlanadi\/","title":{"rendered":"O&#8217;simliklar qanday oziqlanadi?"},"content":{"rendered":"\n<p>Qizig&#8217;i shundaki, o&#8217;simliklarning ham ozuqa ishlab chiharadigan &#171;fabrikasi&#187; bor. Yashil barglar ana shunday &#171;fabrika&#187;dir. Olma va shaftoli mevalari shirinligini hammamiz yaxshi bilamiz. Demak, ularning tarkibida qand moddasi bor. Ammo u qayerdan paydo bo&#8217;ladi? Ularni shaftoli va olma daraxtlarining yaproqlari ishlab chiqaradi. Ular buning uchun zarur mahsulotlarni tuproq va havodan oladi. Shunday komponentlardan biri bo&#8217;lmish karbonat angidrid, gazini yaproqlar havodan yutib oladi. Namlikni esa daraxt ildizlari tuproqdan oladi. Bu ikki modda o&#8217;simliklarga qand ishlab chiqarish uchun yetarlidir. Shuni ham qayd etish kerakki, yaproqlarda ozuqa Quyosh nurlari ta&#8217;sirida sintezlanadi. Ayrim o&#8217;simliklarning esa shirin mevalari yoki sharbati bo&#8217;lmaydi. Ammo bu, ularning yaproqlari qand ishlab chiqarmaydi, degan gap emas. Bunday o&#8217;simliklarda ishlab chiqarilgan qand zudlik bilan ta&#8217;msiz kraxmal yoki oqsilga aylanib ketadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Albatta, o&#8217;simliklarning oziq-ovqat &#171;fabrikasi&#187;ga ham mashinalar kerak bo&#8217;ladi. Yaproqlarda mashina vazifasini yashil tanachalar xloroplastlar o&#8217;taydi. Ular tarkibida yashil modda \u2014 xlorofill mo&#8217;l bo&#8217;lgani uchun ham yashil rangda ko&#8217;rinadi. Quyosh nuri &#171;mashinalar&#187;ni harakatga keltiradigan quvvat vazifasini o&#8217;taydi.<\/p>\n\n\n\n<p>Umuman olganda, ozuqa ishlab chiqarish jarayoni quyidagicha kechadi: o&#8217;simliklarning ildizi tuproqdagi namni so&#8217;rib oladi; suv undan o&#8217;tib poyaga, poyadan o&#8217;tib shoxlarga, shoxlardan o&#8217;tib esa yaproqlardagi tomirlarga tushadi; so&#8217;ngra u tomirdan har tomonga oqib, hujayralarga tushadi va xloroplastlarga yetib boradi.<\/p>\n\n\n\n<p>Yaproqlarga suv bilan birgalikda ilgari o&#8217;simliklarning o&#8217;zi ishlab chiqargan, ammo ozuqa moddalari to&#8217;planadigan joy \u2014 ildizlar, mevalar va urug&#8217;larga tushmagan ozuqa ham yetib keladi. Yaproqlar bir vaqtning o&#8217;zida tarkibida karbonat angidrid gazi bo&#8217;lgan havoni yutadi. Gaz va suv o&#8217;rtasida Quyosh nurining ta&#8217;sirida kimyoviy reaksiya yuzaga keladi hamda kraxmal yoki qand hosil bo&#8217;ladi. So&#8217;ngra hosil bo&#8217;lgan ozuqa moddalari tomirlar bo&#8217;ylab butun o&#8217;simlik tanasiga tarqaladi. Bundan tashqari, o&#8217;simliklar ozuqa ishlab chiqarish jarayonida yutilgan keraksiz moddalar va ajralib chiqqan mahsulotlardan qutulishi ham kerak bo&#8217;ladi. Shuning uchun havoning foydalanilmay qolgan katta qismi fotosintez jarayonida kislorod bilan boyigan holda yaproqning ostki qismida joylashgan hujayralar o&#8217;rtasidagi kichik teshikcha \u2014 og&#8217;izchadan atmosferaga ajralib chiqadi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Qizig&#8217;i shundaki, o&#8217;simliklarning ham ozuqa ishlab chiharadigan &#171;fabrikasi&#187; bor. Yashil barglar ana shunday &#171;fabrika&#187;dir. Olma va shaftoli mevalari shirinligini hammamiz yaxshi bilamiz. Demak, ularning tarkibida qand moddasi bor. Ammo u &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/osimliklar-qanday-oziqlanadi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":0,"parent":0,"menu_order":0,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","template":"","meta":{"footnotes":""},"class_list":["post-1727","page","type-page","status-publish","hentry","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/1727","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/pages"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/page"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=1727"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/1727\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":1728,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/1727\/revisions\/1728"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=1727"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}