{"id":1781,"date":"2021-09-23T15:06:44","date_gmt":"2021-09-23T12:06:44","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?page_id=1781"},"modified":"2021-09-23T15:06:45","modified_gmt":"2021-09-23T12:06:45","slug":"pukakbop-eman-nima","status":"publish","type":"page","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/pukakbop-eman-nima\/","title":{"rendered":"Pukakbop eman nima?"},"content":{"rendered":"\n<p>Baliq oviga ketayotgan bolakay po&#8217;kakdan yasalgan suzgichi nima uchun suvga cho&#8217;kib ketmasligini o&#8217;ylab o&#8217;tirmaydi. Ammo po&#8217;kakning suvga cho&#8217;kmaslik xususiyati qadim zamonlardan beri ma&#8217;lum, undan yasalgan qutqarish moslamalaridan esa bundan ming yillar muqaddam foydalanilgan. Po&#8217;kak suvdan ancha yengil. Buning sababi shundaki, suv uning havo to&#8217;la ichiga o&#8217;ta olmaydi. Bu po&#8217;kakni suvga bo&#8217;kib qolib, cho&#8217;kib ketishdan saqlaydi. Po&#8217;kak po&#8217;kakbop eman po&#8217;stlog&#8217;ining tashqi qismidan tayyorlanadi. Po&#8217;kaklarning uchdan ikki qismi po&#8217;kakbop eman o&#8217;stiriladigan Portugaliya va Ispaniyada ishlab chiqariladi. Po&#8217;kakbop emanning bo&#8217;yi 6 \u2014 12 metr, yo&#8217;g&#8217;onligi esa 1 metrgacha boradi. Daraxtning po&#8217;stlog&#8217;i ilk marta u yigirma yashar bo&#8217;lganida qirib olinadi. Bu daraxtga hech handay ziyon yetkazmaydi, quritib qo&#8217;ymaydi, aksincha, foyda keltiradi. Taxminan, yana to&#8217;qqiz yildan so&#8217;ng po&#8217;stloq qayta qirib olinadi. Bu ikki marta qirilgan po&#8217;stloqdan tayyorlangan po&#8217;kak dag&#8217;al va g&#8217;adir-budur bo&#8217;ladi. Keyinchalik har to&#8217;qqiz yilda po&#8217;stloq qirilishidan olinadigan po&#8217;kak ancha sifatli bo&#8217;ladi. Shunday qilib, bir daraxtdan yuz yilga yaqin po&#8217;kak olinadi. Qirib olingan po&#8217;kak bir necha hafta quritiladi, so&#8217;ngra tarkibidan tanin kislotasini chiqarib yuborish uchun pishiriladi. Pishirilgan po&#8217;kak yupqa va egiluvchan varaq holida yoyiladi, quritiladi va boshqa mamlakatlarga jo&#8217;natish uchun taxlab qo&#8217;yiladi. Po&#8217;kak xom ashyosining ikki turi bor. Ulardan biri po&#8217;kak daraxti deb ataladi. Bu materialdan po&#8217;kak, suzgich va qutqaruv jiletlari tayyorlashda foydalaniladi. Po&#8217;kak xom ashyosining boshqa bir turi yanchilgan po&#8217;kak deb ataladi. U dastlab yanchiladi, so&#8217;ngra ma&#8217;lum bir biriktiruvchi materiallar bilan birga pishiriladi. Bunday materialdan quvurlarga qoplama, oyoq kiyimlarning tagcharmi to&#8217;ldirg&#8217;ichlari, avtomobil prokladkalari, shuningdek, shishalarning qopqog&#8217;i ostidagi tiqinlari tayyorlanadi. Binolarni tovush o&#8217;tkazmaydigan qilib qurishda, ombor, muzlatgich xonalar va refrijeratorlarni izolyatsiyalash po&#8217;kak qo&#8217;llanadigan sohadir.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Baliq oviga ketayotgan bolakay po&#8217;kakdan yasalgan suzgichi nima uchun suvga cho&#8217;kib ketmasligini o&#8217;ylab o&#8217;tirmaydi. Ammo po&#8217;kakning suvga cho&#8217;kmaslik xususiyati qadim zamonlardan beri ma&#8217;lum, undan yasalgan qutqarish moslamalaridan esa bundan ming &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/pukakbop-eman-nima\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":0,"parent":0,"menu_order":0,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","template":"","meta":{"footnotes":""},"class_list":["post-1781","page","type-page","status-publish","hentry","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/1781","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/pages"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/page"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=1781"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/1781\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":1782,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/1781\/revisions\/1782"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=1781"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}