{"id":1797,"date":"2021-09-23T18:22:57","date_gmt":"2021-09-23T15:22:57","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?page_id=1797"},"modified":"2021-09-23T18:22:58","modified_gmt":"2021-09-23T15:22:58","slug":"yongoqlar-qayerda-osadi","status":"publish","type":"page","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/yongoqlar-qayerda-osadi\/","title":{"rendered":"Yong&#8217;oqlar qayerda o&#8217;sadi?"},"content":{"rendered":"\n<p>Tusi, o&#8217;lchami, shakli va ta&#8217;mi turlicha bo&#8217;lgan, qattiq po&#8217;choq bilan qoplangan har xil mevalar umumiy nom bilan yong&#8217;oq deb ataladi. Ko&#8217;pchilik oddiy yong&#8217;oqni xush ko&#8217;rib iste&#8217;mol qiladi. Uning burushiq mag&#8217;zi silliq, yumaloq och malla po&#8217;choq bilan qoplangan. Qadim zamonlarda Sharq mamlakatlari hukmdorlari yong&#8217;oqni u o&#8217;smaydigan yurtlarning podsholariga qimmatbaho sovg&#8217;a sifatida yuborishgan. Xuddi shu tariqa boshqa bir yong&#8217;oq \u2014 kashtan ham qadim zamonlardan beri odamlarning ardog&#8217;ida bo&#8217;lib kelgan. Ayrim mavjud kashtan daraxtlarining yoshi besh yuz yildan oshadi. U ko&#8217;pgina mamlakatlarda, ayniqsa, Ispaniyada bag&#8217;oyat qadrlanadi. Eng xushxo&#8217;r, shu bilan bir vaqtda chaqilishi o&#8217;ta qiyin ne&#8217;matlardan biri Braziliya yongog&#8217;idir. Bu yong\u2019oqlarning po&#8217;chog&#8217;i uch qirrali bo&#8217;lib, yigirma va undan oshiq donasi g&#8217;uj-g&#8217;uj, zich va yumaloq umumiy po&#8217;stloq bilan qoplangan holda o&#8217;sadi. Yong&#8217;oqlar pishib yetilgach, yerga tushadi. Daraxtlarning bo&#8217;yi aksariyat hollarda o&#8217;ttiz metrdan yuqori bo&#8217;lgani uchun ham mahalliy aholi shamol turgan kezlar uning ostidan yurmaslikka harakat qiladi. Bodom yong&#8217;oqlari ham xush ko&#8217;rib iste&#8217;mol qilinadi. Bodom daraxti ikki xil bo&#8217;ladi. Oq gullaydigan bodomning mevasi achchiq bo&#8217;ladi. Ulardan dori va xushbo&#8217;y moddalar ishlab chiqarishda foydalaniladi. Iste&#8217;mol qilishga yaraydigan bodomning g&#8217;unchalari pushti rangda bo&#8217;ladi. Bodom Markaziy Osiyo, yaqin Sharq, O&#8217;rta yer dengizi bo&#8217;ylari va Kaliforniyada o&#8217;sadi. Barcha yong&#8217;oqlar ichida kokos yong&#8217;og&#8217;iga teng keladigani yo&#8217;qligi shubhasiz. Hindistonning Sharqiy sohillari va Janubiy dengizlardagi orollar kokos yong&#8217;og&#8217;ining vatanidir, ammo endilikda ular barcha tropik mamlakatlarida va barcha qit&#8217;alarda o&#8217;sadi. Uning qimmatliligi tarkibidagi oqsil va boshqa oziq moddalarining ko&#8217;pligi bilan bog&#8217;liq. Iqlimi mo\u2019tadil mamlakatlarda o&#8217;rmon yong&#8217;og&#8217;i keng tarqalgan. Bu yong\u2019oqlarning g&#8217;uj boshi ikki-to&#8217;rt donadan iborat bo&#8217;lib, yaproq kosachasining ichida bo&#8217;ladi. O&#8217;rmon yong&#8217;og&#8217;i chakalaklari o&#8217;rmonlarning o&#8217;rta mintaqasida ko&#8217;p uchraydi. Uning nomi ham shundan olingan bo&#8217;lsa ajab emas.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Tusi, o&#8217;lchami, shakli va ta&#8217;mi turlicha bo&#8217;lgan, qattiq po&#8217;choq bilan qoplangan har xil mevalar umumiy nom bilan yong&#8217;oq deb ataladi. Ko&#8217;pchilik oddiy yong&#8217;oqni xush ko&#8217;rib iste&#8217;mol qiladi. Uning burushiq mag&#8217;zi &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/yongoqlar-qayerda-osadi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":0,"parent":0,"menu_order":0,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","template":"","meta":{"footnotes":""},"class_list":["post-1797","page","type-page","status-publish","hentry","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/1797","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/pages"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/page"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=1797"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/1797\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":1798,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/1797\/revisions\/1798"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=1797"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}