{"id":1862,"date":"2021-09-23T19:22:23","date_gmt":"2021-09-23T16:22:23","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?page_id=1862"},"modified":"2021-09-23T19:22:24","modified_gmt":"2021-09-23T16:22:24","slug":"karam-qayerdan-paydo-bolgan","status":"publish","type":"page","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/karam-qayerdan-paydo-bolgan\/","title":{"rendered":"Karam qayerdan paydo bo&#8217;lgan?"},"content":{"rendered":"\n<p>Karam juda ko&#8217;hna o&#8217;simlikdir, undan ovqatga ishlatiladigan ko&#8217;pgina o&#8217;simliklar kelib chihqan, ular orasida siz karamga aloqadorligini tasavvur ham qila olmaydiganlari bor. Bundan bir necha ming yillar muqaddam Yevropaning dengiz sohillarida behuda o&#8217;sib o&#8217;tgan bir o&#8217;simlik bo&#8217;lgan. Uning tusi yorqin sariq, yaproqlari esa bujmaygan holda edi. Ushbu yovvoyi ajdoddan 150 dan oshiq turdagi madaniy o&#8217;simliklar kelib chiqqan. Ular orasidan oddiy karam, xashaki karam, Bryussel karami, gulkaram, brokkoli va kolrabini hamma biladi. Dastlab oddiy karamning o&#8217;rtasidan o&#8217;zak o&#8217;sib chiqadi, uning atrofida esa qat-qat yaproqlar paydo bo&#8217;la borib, katta va qattiq boshga aylanadi. Qizil va oq karamlarning yaproqlari silliq bo&#8217;ladi. Yangi uzilgan oq boshli karamni ovqatga ishlatish ham, xomligicha yeyish ham mumkin. Xashaki karam yovvoyi karamga o&#8217;xshaydi, uning barglari katta-katta va bir-biridan alohida-alohida o&#8217;sadi. Bryussel karami bir vaqtning o&#8217;zida ham oq boshli karam, ham xashaki karamni eslatadi. Uning oq karamning ayrisiga o&#8217;xshash kichik boshchalari katta va to&#8217;la yozilgan yaproqlarning ostki qismi yonidagi poyada o&#8217;sadi. Gulkaramning yaproqlari emas, xush bo&#8217;yli gul g&#8217;unchasi iste&#8217;mol qilinadi. G&#8217;unchalardan qattiq massa o&#8217;sib chiqadi va u erkin o&#8217;sayotgan yaproqlar bilan qurshalgan bo&#8217;ladi. Gulkaramni o&#8217;stirish qiyin bo&#8217;lgani uchun italyanlar uning brokkoli deb ataladigan boshqa bir turini yaratishgan. Kolrabining tuproq ustida yumaloq va yo&#8217;g&#8217;on joyi bor. Aynan mana shu yo&#8217;g&#8217;on joy o&#8217;simlik hali yosh va nozik bo&#8217;lgan paytda ovqatga ishlatiladi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Karam juda ko&#8217;hna o&#8217;simlikdir, undan ovqatga ishlatiladigan ko&#8217;pgina o&#8217;simliklar kelib chihqan, ular orasida siz karamga aloqadorligini tasavvur ham qila olmaydiganlari bor. Bundan bir necha ming yillar muqaddam Yevropaning dengiz sohillarida &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/karam-qayerdan-paydo-bolgan\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":0,"parent":0,"menu_order":0,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","template":"","meta":{"footnotes":""},"class_list":["post-1862","page","type-page","status-publish","hentry","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/1862","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/pages"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/page"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=1862"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/1862\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":1863,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/1862\/revisions\/1863"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=1862"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}