{"id":1892,"date":"2021-09-24T12:17:12","date_gmt":"2021-09-24T09:17:12","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?page_id=1892"},"modified":"2021-09-24T12:17:36","modified_gmt":"2021-09-24T09:17:36","slug":"sholi-qanday-ostiriladi","status":"publish","type":"page","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/sholi-qanday-ostiriladi\/","title":{"rendered":"Sholi qanday o&#8217;stiriladi?"},"content":{"rendered":"\n<p>Sholi eng ko&#8217;hna va ko&#8217;p tarqalgan oziq-ovqat mahsulotlaridan biridir. U yer yuzasining bepoyon hududlarida o&#8217;stiriladi. Sholi dastlab bundan ko&#8217;p ming yillar oldin Janubiy Hindistonda paydo bo&#8217;lgan. 5 ming yil muqaddam u yerdan Sharqqa, Xitoyga tarqalgan. Bu ekin Shimoliy Amerikada XVII asrgacha ma&#8217;lum bo&#8217;lmagan. Sholi yetishtirish uchun issiq va namlik yuqori iqlim kerak. Shuning uchun ham u, asosan, tropik mamlakatlarda yetishtiriladi. Sa&#8217;y-harakatlar ayalmasa, u subtropik mintaqalarda ham o&#8217;sishi mumkin. Xitoy, Hindiston, Indoneziya, Osiyo va Janubiy Amerikaga bag&#8217;ishlangan kitoblarning barchasida o&#8217;sha mintaqalarda sholi ekilishi to&#8217;g&#8217;risida ma&#8217;lumotlar uchraydi. Sholi o&#8217;t o&#8217;simlikdir. Uning tashqi tuzilishi daryo va ko&#8217;l bo&#8217;ylarida o&#8217;sadigan qamishga o&#8217;xshaydi. Sholi ekish boshqa ekinlarni ekishdan farq qiladi. Ishni boshlash oldidan yer balchiqqa aylanishi uchun sholizor suv bilan to&#8217;ldiriladi. Mana shu balchiqqa sholi ko&#8217;chati o&#8217;tqaziladi. Sholizordan suv arimaydi va u murakkab kanallar tizimi, uvatlar va dambalar yordamida saqlab turiladi. Bu yumushni osonlashtirish uchun sholi tog\u2019 yonbag&#8217;irlariga ekiladi. Suv doimo zinapoyaga o&#8217;xshagan chellarning biridan ikkinchisiga oqib tushib turadi. Bir vaqtlar sholizorlarni sug&#8217;orish uchun ko&#8217;zalarda suv tashilgan yoki maxsus suvni yuqoriga haydaydigan mashinalardan foydalanilgan. Bunday mashinalar qadim zamonlarda paydo bo&#8217;lgan, ammo ayrimlari hozirgi kunda ham ishlab turibdi. Shulardan biri charxpalakdir. Uning asosiy qismi katta g\u2019ildirakka bog\u2019langan ko&#8217;zachalardan iborat. Bizdan farqli o&#8217;laroq, boshqa mamlakatlarda charxpalakni suvning o&#8217;zi emas, hayvonlar aylantirgan. Pastda suvga to&#8217;lgan ko&#8217;zalar tepaga chiqishi bilan tarnovga to&#8217;kilgan. Ot yoki eshak soatlab ma&#8217;lum bir aylana bo&#8217;ylab yurib turgan, suvni ko&#8217;tarib beradigan g&#8217;ildirak esa sekin aylanavergan. Sholi pishgach, don tugadi. Don qobiq bilan qoplangani uchun ham oq emas, malla tusda bo&#8217;ladi. Sholi yaxshi pishishi va chiroyli ko&#8217;rinishi uchun maxsus mashinalarda oqlab olinadi. Oqlangan guruchning yuzasi silliq va rangi oq bo&#8217;ladi. Oddiy silliqlangan guruchdan tashqari, yana boshqa bir guruch turi ham bor. U silliqlangan guruchga nisbatan qoraroq bo&#8217;ladi. Bunday guruch tarkibida B darmondorisi va mineral tuzlar ko&#8217;proq. Yanada ishlov berish uchun bu guruch harorati qaynash nuqtasidan bir oz past bo&#8217;lgan suvda ivitiladi, so&#8217;ngra bosim ostida bug&#8217; bilan quritiladi. Bu jarayon parlash deyiladi. Bunday ishlov berish jarayonida darmondorilar donning po&#8217;stlog\u2019idan ichkarisiga o&#8217;tadi. Garchi guruchning qobig&#8217;i juda foydali, tarkibida oziq moddalar ko&#8217;p bo&#8217;lsa-da, tashlab yuboriladi yoki hayvonlarga yemish sifatida beriladi. Odamlar hamisha oq guruchni suyib iste&#8217;mol qilishadi, uni shoirlar hatto duru marvaridlar bilan qiyoslashadi. To&#8217;g&#8217;ri, Yaponiyada qizil guruchga ham talab katta, bunday guruch pushti rangga kirishi uchun maxsus bakteriyalar ishga solinadi. Qadim zamonlarda bunday guruch muqaddas hisoblangan va faqat imperatorlarning dasturxoniga tortilgan.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Sholi eng ko&#8217;hna va ko&#8217;p tarqalgan oziq-ovqat mahsulotlaridan biridir. U yer yuzasining bepoyon hududlarida o&#8217;stiriladi. Sholi dastlab bundan ko&#8217;p ming yillar oldin Janubiy Hindistonda paydo bo&#8217;lgan. 5 ming yil muqaddam &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/sholi-qanday-ostiriladi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":0,"parent":0,"menu_order":0,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","template":"","meta":{"footnotes":""},"class_list":["post-1892","page","type-page","status-publish","hentry","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/1892","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/pages"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/page"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=1892"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/1892\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":1894,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/1892\/revisions\/1894"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=1892"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}