{"id":1934,"date":"2021-09-24T18:05:14","date_gmt":"2021-09-24T15:05:14","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?page_id=1934"},"modified":"2021-09-24T18:05:15","modified_gmt":"2021-09-24T15:05:15","slug":"odamlar-zigir-tolasidan-gazlama-toqishni-qachon-organishgan","status":"publish","type":"page","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/odamlar-zigir-tolasidan-gazlama-toqishni-qachon-organishgan\/","title":{"rendered":"Odamlar zig&#8217;ir tolasidan gazlama to&#8217;qishni qachon o&#8217;rganishgan?"},"content":{"rendered":"\n<p>Inson dalada ingichka poyasi sap-sariq, g&#8217;oyat nafis, havorang moviy guli bo&#8217;lmaganda, bu mayda o&#8217;simlikning yonidan beparvo o&#8217;tib ketishi mumkin edi. Inson mana shu gul tufayli gazlama to&#8217;qishni kashf etgan. Bu o&#8217;simlikning nomi zig&#8217;irdir. Bundan to&#8217;qqiz ming yil burun inson birinchi marta zig&#8217;irpoya tolasidan gazlama tayyorlagan. Bu Hindistonda ro&#8217;y bergan. Yengil, mustahkam, ozoda zig&#8217;ir gazlamasi tez orada hayvon terisidan qilingan kiyimni siqib chiqardi. Zig&#8217;irning fazilatlarini bilgan odamlar uni kulbalari yonida parvarishlay boshlagan. Zig&#8217;ir tolasidan tikilgan libosni hindiylardan ikki ming yil o&#8217;tib, Ossuriya va Bobil aholisi kiyishgan, ularning xalqaro savdo yo&#8217;llariga yaqinligi tufayli zig&#8217;ir Misr, O&#8217;rta yer dengizi, Yunoniston va Rimga yetib bordi. Bo&#8217;zga ishlov berish va qayta ishlash texnikasi Misrda juda taraqqiy etdi. Misrning bo&#8217;z gazlamalari hamma joyda dovruq qozondi. &#171;Tarix otasi&#187; Herodot Misr podshohi Amazisning Afina Rodosskoyga in&#8217;om etgan katta nafis bo&#8217;z gazlamasi haqida to&#8217;lib-toshib yozgan. Misrning yengil, shaffof bo&#8217;z gazlamasini tom ma&#8217;noda oltin barobarida sotishgan: tarozining bir pallasiga gazlama, boshqa pallasiga oltin quymasini qo&#8217;yishgan. Misrning oliy kohinlari faqat bo&#8217;z gazlamadan kiyim kiyishgan. Shuningdek, qadimgi tosh tobutlardagi mumiyolangan jasadlarni ham bo&#8217;z gazlamalarda yasantirganlar. Ularning besh ming yildan so&#8217;ng ham xuddi kecha amalga oshirilganday turgani odamni hayratga soladi. Afsuski, qadimgi Misr to&#8217;qimachilarining sirlari bizgacha yetib kelmagan. Hatto bu sohaning hozirgi eng dongdor ustalari ham qadimgi Misrda tayyorlangan gazlamalar kabi gazlama tayyorlay olishmaydi. Taxminan eramiz boshlarida zig&#8217;irkorlik Rimda keng tarqaldi, so&#8217;ng ulkan Rim saltanati hududlariga, undan keyin sharqiy Yevropa mamlakatlariga yoyildi. Shunisi qiziqki, sharqiy Yevropada bo&#8217;zdan tikilgan kiyimni Misr va Rimdagidek aslzodalar emas, oddiy odamlar kiyishardi. Rossiya hududlarida yashovchi qabilalarga ham bo&#8217;z gazlamasi qadim zamonlardan buyon ma&#8217;lum. X asrda arab olimi ibn Fadlan Volgabo&#8217;yi slavyanlarining oq bo&#8217;zdan tikilgan kiyimlarini ko&#8217;rib hayratga tushgan. Kiyev Rusida ham zig&#8217;ir faxriy o&#8217;rinlardan birini egallagan. Qadimgi rus yilnomachisi Nestor &#171;o&#8217;tgan yillar qissasi&#187; asarida pechyorlik rohiblarning to&#8217;qish va gazlama tayyorlashda bo&#8217;zga qanday ishlov bergani, shuningdek, ikona, sanam ostiga yoqib qo&#8217;yiladigan jinchiroqlar uchun zig&#8217;ir yog&#8217;idan foydalangani haqida batafsil bayon qilgan.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Inson dalada ingichka poyasi sap-sariq, g&#8217;oyat nafis, havorang moviy guli bo&#8217;lmaganda, bu mayda o&#8217;simlikning yonidan beparvo o&#8217;tib ketishi mumkin edi. Inson mana shu gul tufayli gazlama to&#8217;qishni kashf etgan. Bu &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/odamlar-zigir-tolasidan-gazlama-toqishni-qachon-organishgan\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":0,"parent":0,"menu_order":0,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","template":"","meta":{"footnotes":""},"class_list":["post-1934","page","type-page","status-publish","hentry","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/1934","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/pages"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/page"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=1934"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/1934\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":1935,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/1934\/revisions\/1935"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=1934"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}