{"id":1995,"date":"2021-09-25T08:31:27","date_gmt":"2021-09-25T05:31:27","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?page_id=1995"},"modified":"2021-09-25T08:31:28","modified_gmt":"2021-09-25T05:31:28","slug":"infuzoriya-tufelka-nima","status":"publish","type":"page","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/infuzoriya-tufelka-nima\/","title":{"rendered":"Infuzoriya &#8212; tufelka nima?"},"content":{"rendered":"\n<p>Agar siz hovuz suvining bir tomchisini mikroskopda kuzatishda davom etsangiz, cho&#8217;ziq shakldagi, bir uchi qayrilgan, ikkinchi uchi kambarroq, tuflichaga o&#8217;xshab ketadigan zarraday Vujudni ko&#8217;rasiz. Ishonish qiyin, ammo bu vujud hayvon sifatida tasniflanadi, chunki u boshqa hayvonlar kabi o&#8217;ziga ovqat topib yeydi, mikroskopda ko&#8217;rinadigan o&#8217;simlik va boshqa organizmlar (o&#8217;simliklar, bilamizki, o&#8217;z-o\u2019ziga ovqat hozirlaydi) ni iste&#8217;mol qilish ilinjida harakatlanadi. Infuzoriya-tufelkaning tanasi to&#8217;la nozik, biz kiprikcha deb ataydigan qivchin bilan qoplangan. Bu tuklar minglab eshkaklardek bir xil harakatlanib, tanani oldinga yo ortga yoki aylanib olishga majbur etadi. Infuzoriya bakteriyalar, jumladan, achitqi zamburug&#8217;lar va boshqa bir hujayrali sodda organizmlar \u2014 mayda, hayvonsimon mikroblar bilan oziqlangan holda chuchuk suvlarda yashaydi. Uning o&#8217;z kiprikchalari harakatini boshqara olishi ehtimoldan yiroq emas, chunki u ovqat ortidan quvib yetishi yoki xavfdan qutulib qolishi uchun yo&#8217;nalishini tez o&#8217;zgartira oladi. Boshqa tirik organizmlar kabi infuzoriya-tufelkalar ko&#8217;payish xususiyatiga ega. Voyaga yetgan payti ular ikkiga ajralib ketadi va ikkita yangi mustaqil organizmga aylanadi. Infuzoriyalar, shuningdek, tanasining ma&#8217;lum bir qismini boshqa infuzoriya bilan almashtirib ham ko&#8217;payishi mumkin. Infuzoriyalarning diqqatga sazovor tomoni shundaki, ular inson va boshqa yirik hayvonlar bajaradigan funksiyalarni yakkayu yolg&#8217;iz hujayrasida amalga oshiradilar, ayni vaqtda ana shu funksiyalarni inson tanasida, maxsus vazifalarni bajarish uchun ma&#8217;lum a&#8217;zoda yig&#8217;ilgan millionlab hujayralar bajaradi. Funksiyalarning aniq ixtisoslashuvi bir hujayrali infuzoriya-tufelkalarda ham mavjud. Hujayra ichida ikkita, biri ikkinchisidan kattaroq bo&#8217;lgan sharsimon massa bor. Bu barcha tirik organizm hujayrasining mag&#8217;zi bo&#8217;lgan yadrodir. Kichik yadro ko&#8217;payish funksiyasini bajaradi. Kattasi esa boshqa funksiyalarni ado etadi. Infuzoriya-tufelka inson tomonidan kashf etilgan va o&#8217;rganilgan yuz minglab mikroorganizmlarning biridir. (Mikroorganizmlar shu qadar kichkinaki, ularni kuchli zarrabin va mikroskopsiz tadqiq etib bo&#8217;lmaydi). Yerdagi ilk hayvonlar nimasi bilandir mikroskopda ko&#8217;rinadigan mana shunday hayvonlarga o&#8217;xshagan bo&#8217;lsa ajab emas.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Agar siz hovuz suvining bir tomchisini mikroskopda kuzatishda davom etsangiz, cho&#8217;ziq shakldagi, bir uchi qayrilgan, ikkinchi uchi kambarroq, tuflichaga o&#8217;xshab ketadigan zarraday Vujudni ko&#8217;rasiz. Ishonish qiyin, ammo bu vujud hayvon &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/infuzoriya-tufelka-nima\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":0,"parent":0,"menu_order":0,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","template":"","meta":{"footnotes":""},"class_list":["post-1995","page","type-page","status-publish","hentry","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/1995","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/pages"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/page"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=1995"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/1995\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":1996,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/1995\/revisions\/1996"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=1995"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}