{"id":1999,"date":"2021-09-25T09:31:26","date_gmt":"2021-09-25T06:31:26","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?page_id=1999"},"modified":"2023-03-05T13:34:59","modified_gmt":"2023-03-05T10:34:59","slug":"ozbekistonning-yangi-tarixi","status":"publish","type":"page","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/ozbekistonning-yangi-tarixi\/","title":{"rendered":"O&#8217;zbekistonning yangi tarixi"},"content":{"rendered":"\n<p><strong>Kirish<\/strong><\/p>\n\n\n\n<p><strong><em>Modomiki, o\u2019z tarixini bilgan, undan ruhiy quvvat oladigan xalqni yengib bo\u2019lmas ekan, biz tariximizni tiklashimiz, xalqimizni, millatimizni ana shu tarix bilan qurollantirishimiz zarur. Tarix bilan qurollantirish, yana bir bor qullantirish zarur. Islom Karimov, O\u2019zbekiston Respublikasi Prezidenti<\/em><\/strong><\/p>\n\n\n\n<p>Insoniyatning keyingi uch ming yillik tarixiga nazar tashlansa, jahon tsivilizatsiyasi beshiklaridan biri, Turon, Movarounnahr, Chig\u2019atoy ulusi, Turkiston deb turli asarlarda turfa nomlar bilan atalgan diyorimiz osmonni qora bulutlar qoplagan yillar ko\u2019p bo\u2019lgan. Bu o\u2019lkada hasad va tajovuz ko\u2019zi bilan qaragan, mardona xalqini qul, tabiiy zahiralarini o\u2019ziniki qilishga jon-jahdi bilan intilgan bosqinchilar son-sanoqsiz edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Biroq, hamma zamonlarda ham yovga qarshi xalqimizning vatanparvar yo\u2019lboshchilari, millatimiz qahramonlari ozodlik yalovini baland ko\u2019targanlar, or-nomus, o\u2019zlikni saqlash uchun kurashganlar. Pirovard natijada, dushmanlar qoldirgan kultepalar ustida obod qishloqlar, shaharlar tiklaganlar.<\/p>\n\n\n\n<p>Oq va qizil saltanatning 130 yil davom etgan hukmronligi \u201cAvesto\u201d vujudga kelgan zamonlardayoq o\u2019z tarixiy davlatchiligiga ega bo\u2019lgan Turkistonni istibdodga chulg\u2019ab, mustamlaka va mute\u2019ga aylantirgan edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Yurtimizning fidoyi davlat arboblari, olimlar, shoir va adiblar zo\u2019ravonlik bilan ushlab turilgan qizil saltanat tuzumi podshohlik Rossiyasi o\u2019rnatgan mustamlakachilik siyosatining izchil davomi, milliy o\u2019lkalarni ezish va talash, madaniyati va ma\u2019naviyatini oyoq osti qilishning takomillashgan shakli ekanligini teran fahmlar edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Sobiq sho\u2019ro saltanati yillarida eng qadimgi davlatdan to XIX asr ikkinchi yarmiga qadar bo\u2019lgan tariximiz soxtalshtirildi. Prezidentimiz Islom Karimov bu haqda: \u201cO\u2019zbekistonning, o\u2019zbek xalqining bugun keng ommaga yetkazishga arziydigan haqqoniy tarixi yaratildimi \u2013 yo\u2019qmi? Sovet davrida yozilgan tarixni men tarix sanamayman. O\u2019zgalar yozib bergan tarixni o\u2019qitishga mutlaqo qarshiman. Mustamlakachi o\u2019ziga qaram bo\u2019lgan xalq haqida qachon xolis, adolatli fikr aytgan? Ular bor kuch-g\u2019ayratlarini Turkistonning o\u2019tmishini kamsitishga, bizni tariximizdan judo qilishga sarflanganlar. Tarixdan judo bo\u2019lish nimaligini yaxshi bilsangiz kerak. Inson uchun tarixidan judo bo\u2019lish- hayotdan judo bo\u2019lish demakdir\u201d, &#8212; deb juda o\u2019rinli uqtirgan edilar.<\/p>\n\n\n\n<p>XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asr boshlarida podsholik Rossiyasi hukmronligi davrida Turkistonda istibdodga, xalqni ezishga asoslangan siyosat hukm surdi. Mahalliy aholini xo\u2019rlash va qatag\u2019on etish oktyabr to\u2019ntarishi tufayli hokimiyatga kelgan sho\u2019ro saltanati davrida yanada kuchayib, eng yuqori pog\u2019onaga ko\u2019trildi. Shu tariqa, Turkistonda mustaqil davlatchilikni poymol etgan, til, madaniyat, urf-odatlar, milliy qadriyatlarni oyoq osti qilgan mustabidlik tuzumi 130 yil umr ko\u2019rdi.<\/p>\n\n\n\n<p>Yaqin va o\u2019tmish tarix bugungi kun va kelajak uchun ibrat darsligidir. Darvoqe, \u201cvatan, millat taqdiri hal bo\u2019ladigan qaltis vaziyatlarda to\u2019g\u2019ri yo\u2019lni tanlay olish uchun, avvalo, tarixni va hayotning achchiq-chuchugini bilish kerak ekan. Tarix insonning ko\u2019zini ochar ekan. Shunda ko\u2019p xatolarning oldini olish mumkin bo\u2019lar ekan\u201d.<\/p>\n\n\n\n<p>Endilikda, O\u2019zbekiston mustaqil davlat sifatida kurrai zaminda qad rostlaganining to\u2019qqiz yilini kechirayotgan damlarda kechagi kunga nazar tashlash, so\u2019nggi mustamlakachilik asoratini o\u2019rganish ijtimoiy-siyosiy va ma\u2019naviy jihatdan muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki, millatni asrash uchun uning haqiqiy tarixini o\u2019rganish, avaylab himoya qilish kerak bo\u2019ladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Podshohlik Rossiyasi, shuningdek, mazlum xalqlarni ezish va xunrezlik qilishda uning davomchisi bo\u2019lgan sobiq sho\u2019ro saltanati yillarida mustamlaka respublikalar, xususan, O\u2019zbekiston ittifoqining xom ashyo manbaiga aylantirilgan edi. Mustaqillikning ilk qadamlaridanoq o\u2019lka boyliklarini bu yang\u2019lig\u2019 ommaviy talon qilish oqibatlariga chek qo\u2019yishga, umuman, qizil saltanat qoldirgan illatlardan qutilishga kirishildi. Xalqimiz o\u2019zligini teran angayotgan, qadriyatlar tiklanayotgan, ozod, hur davlatni mustahkamlash uchun mashaqqatli bunyodkorlik, yaratuvchilik ishlari keng ko\u2019lamda olib borilayotgan shu kunlarda O\u2019zbekiston yangi tarixini yaratish zaruriyatini taqozo etayotir. Zero, Prezident I.A.Karimov ta\u2019kidlagani singari, O\u2019zbekistonga, uning yeri, tabiatiga, bu yerda yashayotgan xalqlarga muhabbat, o\u2019lkaning tarixi, madaniyati, an\u2019analrini teran bilib olishga intilish, respublikaning qudrati va yutuqlaridan faxrlanish, xalqimiz qismatiga tushgan qiyinchiliklar uchun qayg\u2019urish ko\u2019p millatli o\u2019zbek jamiyatining muhim jipslashtiruvchi asosi hisoblanadi. Istiqlol yo\u2019lini tanlagan, murakkab davr va murakkab sharoitda bu yo\u2019ldan qat\u2019iyat bilan olg\u2019a borayotgan O\u2019zbekistonnign yaqin kelajakda buyuk davlat bo\u2019lishi uchun uzoq davom etgan mustamlaka siyosati hosil etgan girdobdan chiqib olishi zarurligini yurtboshimiz bir necha bor uqtirgani bejiz emas. Buning uchun rus mustamlakachiligining tabiatini, uning uzoqni ko\u2019zlagan istibdodi, mohiyatini, bir so\u2019z bilan aytganda, tarixini o\u2019rnish, xulosalarga kelish taqozo etiladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Aytish joizki, 130 yil davomida qattiqqo\u2019llik bilan hayotga tatbiq etilgan mustamlakachilikning mash\u2019um tamoyillari qoldirgan asoratni bugungi kunda O\u2019zbekistonning hamma jabhasida: iqtisodiyot va madaniyatda, ilm-fan va maorifda, qishloq xo\u2019jaligi va sanoatda kuzatish mumkin.<\/p>\n\n\n\n<p>Biz yaqin kechmishdagi tarixiy haqiqatni u qanday bo\u2019lsa, shu holda tiklash va gavdalantirishdek ezgu va olijanoq maqsadni o\u2019z oldimizga qo\u2019yganmiz. Tarixiy haqiqat shundaki, Rossiya imperiyasining sobiq mustamlakasi bo\u2019lgan, endilikda esa suveren davlatga aylangan O\u2019zbekiston Respublikasining Rossiya Federatsiyasi bilan do\u2019stona teng, o\u2019zaro hurmat asosida davom etib kelayotgan aloqalarini mustahkamlashda u ikki tomonlama saboq va ibrat vazifasini o\u2019tashi lozim bo\u2019ladi.<\/p>\n\n\n\n<p>G\u2019oyat murakkab kechgan bosqin jarayonini tarixan xolis va ilmiy yoritishda asosan ikki manbaga: rus zobitlari va harbiy mundir kiygan olimlarning esdalik, xotira hamda ilmiy asarlariga, shuningdek, istilo davrida yashagan, shu voqealarga shohid bo\u2019lgan mahalliy muarrixlarning qo\u2019lyozmalariga tayanildi.<\/p>\n\n\n\n<p><a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/bosqin-arafasida-ozbek-xonliklaridagi-ijtimoiy-siyosiy-vaziyat\/\">Bosqin arafasida o\u2019zbek xonliklaridagi ijtimoiy-siyosiy vaziyat<\/a><\/p>\n\n\n\n<p><a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/rossiyaning-xonliklarga-dastlabki-tajovuzkorona-harakatlari\/\">Rossiyaning xonliklarga dastlabki tajovuzkorona harakatlari<\/a><\/p>\n\n\n\n<p><a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/xonliklarning-geosiyosiy-orni-davlat-boshqaruvi-va-ijtimoiy-hayoti\/\">Xonliklarning geosiyosiy o\u2019rni, davlat boshqaruvi va ijtimoiy hayoti<\/a><\/p>\n\n\n\n<p><a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/rossiya-va-angliyaning-orta-osiyo-uchun-olib-borgan-ozaro-kurashi\/\">Rossiya va Angliyaning O\u2019rta Osiyo uchun olib borgan o\u2019zaro kurashi<\/a><\/p>\n\n\n\n<p>E\u2019lon qilinmagan urush\u2026 Qo\u2019qon<\/p>\n\n\n\n<p>E\u2019lon qilinmagan urush\u2026 Buxoro<\/p>\n\n\n\n<p>E\u2019lon qilinmagan urush\u2026 Xiva<\/p>\n\n\n\n<p>Viloyatga aylantirilgan saltanat<\/p>\n\n\n\n<p>Ko\u2019ktepa mudofaasi<\/p>\n\n\n\n<p>Badiiy adabiyotda rus istilosi talqini<\/p>\n\n\n\n<p>Mustamlaka hukmronligining joriy etilishi<\/p>\n\n\n\n<p>Agrar siyosat<\/p>\n\n\n\n<p>Turkistonda rus aholisini ko\u2019paytirish bo\u2019yicha ko\u2019rilgan choralar<\/p>\n\n\n\n<p>Turkistonning xom ashyo manbai va tayyor mahsuotlar bozoriga aylantirililishi<\/p>\n\n\n\n<p>Mustamlakachilik davrida Turkiston aholisi. Hunarmandchilik, sanoat, shirkatlar va tijorat<\/p>\n\n\n\n<p>Chorizmning Turkistonda maorif, fan va madaniyat sohasidagi siyosati. Jadidlarning maorifdagi mustamlakachilikka qarshi faoliyati<\/p>\n\n\n\n<p>Turkiston xalqlari siyosiy va insoniy huquqlarini poymol etilishi<\/p>\n\n\n\n<p>Soliq va majburiyatlar. Mehnatkash xalq ahvolining og\u2019irlasha borishi<\/p>\n\n\n\n<p>XIX asr oxirlarida xalq harakatlari<\/p>\n\n\n\n<p>Toshkent qo\u2019zg\u2019oloni<\/p>\n\n\n\n<p>Andijon qo\u2019zg\u2019oloni<\/p>\n\n\n\n<p>XX asr boshida Rossiya istibdodiga qarshi xalq kurashi<\/p>\n\n\n\n<p>Namoz Pirimqulov boshchiligidagi dehqonlar isyoni<\/p>\n\n\n\n<p>O\u2019lkada maxfiy siyosiy politsiyaning tashkil qilinishi<\/p>\n\n\n\n<p>1916 yilgi milliy-ozodlik qo\u2019zg\u2019oloni. Jadidlar faoliyati<\/p>\n\n\n\n<p>Rossiyadagi Fevral inqilobi: Turkistonda siyosiy jarayonlarning jadallashuvi<\/p>\n\n\n\n<p>Turkistonda muxtoriyatchilik harakatining shakllanishi. Ikki muqobil yondashuv<\/p>\n\n\n\n<p>Hokimiyatning bolsheviklar va so\u2019l eserlar tomonidan qo\u2019lga olinishi<\/p>\n\n\n\n<p>Turkiston Muxtoriyati \u2013 milliy demokratik davlatchilikning dastlabki tajribasi<\/p>\n\n\n\n<p>Sovetlar \u201candozasi\u201d asosida Turkiston Avtonom Respublikasining tashkil etilishi<\/p>\n\n\n\n<p>Bolsheviklarning mustabid tuzumiga qarshi kurash. Istiqlolchilik harakati<\/p>\n\n\n\n<p>Xalqqa qarshi qaratilgan \u201charbiy kommunizm\u201d siyosati<\/p>\n\n\n\n<p>Xiva xonligi va Buxoro amirligining qizil armiya tomonidan tugatilishi. XXSR va BXSRning tashkil topishi<\/p>\n\n\n\n<p>Milliy madaniyat shiddatli o\u2019zgarishlarning dastlabki davrida<\/p>\n\n\n\n<p>Turkistonda 20-yillar boshlaridagi siyosiy vaziyatning o\u2019ziga xos xususiyatlari<\/p>\n\n\n\n<p>Yangi iqtisodiy siyosat va uning ziddiyatlari. Iqtisodiy hayotning jonlanishi<\/p>\n\n\n\n<p>Turkistonda milliy muxolifat va istiqlolchilik harakatining kuchayishi<\/p>\n\n\n\n<p>Xorazm va Buxoro respublikalaridagi ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy o\u2019zgarishlar<\/p>\n\n\n\n<p>Buxoro va Xorazm respublikalaridagi qurolli muxolifat kurashi (1920-1924 yillar)<\/p>\n\n\n\n<p>Milliy madaniyat va ma\u2019naviyatning ahvoli<\/p>\n\n\n\n<p>O\u2019rta Osiyo xalqlarining milliy-hududiy chegaralanisih: maqsad va mohiyat. O\u2019zbekiston SSRning tashkil topishi<\/p>\n\n\n\n<p>Qoraqalpog\u2019iston shiddatli o\u2019zgarishlar davrida (1917-1924 yillar)<\/p>\n\n\n\n<p>Ijtimoiy-siyosat hayot. Ommaviy qatag\u2019onlarning avj oldirilishi<\/p>\n\n\n\n<p>Qishloq xo\u2019jaligini isloh qilishdagi ziddiyatlar<\/p>\n\n\n\n<p>Respublikadda sanoat qurilishining sun\u2019iy jadallashtirilishi<\/p>\n\n\n\n<p>Majburiy jamoalashtirish fojialari<\/p>\n\n\n\n<p>O\u2019zbekiston SSRdagi ijtimoiy o\u2019zgarishlar<\/p>\n\n\n\n<p>\u201cHujum\u201dga zarurat bormidi?<\/p>\n\n\n\n<p>Ta\u2019lim, fan va madaniyat hukmron mafkura izmida<\/p>\n\n\n\n<p>Milliy siyosat va milliy munosabatlar<\/p>\n\n\n\n<p>20-30 yillarda O\u2019zbekistonning xalqaro aloqalari<\/p>\n\n\n\n<p>Qoraqalpog\u2019iston 20-yillarning ikkinchi yarmi \u2013 30-yillarda<\/p>\n\n\n\n<p>Urushning boshlanishi. Respublika ijtimoiy-iqtisodiy salohiyatining fashizmga qarshi safarbar qilinishi<\/p>\n\n\n\n<p>G\u2019alaba yo\u2019lidagi mashaqqatli mehnat<\/p>\n\n\n\n<p>O\u2019zbek xalqining yuksak gumanizmi<\/p>\n\n\n\n<p>O\u2019zbekistonliklarning urush janggohlaridagi jasoratlari<\/p>\n\n\n\n<p>O\u2019zbekiston fan va madaniyati urush yillarida<\/p>\n\n\n\n<p>Qoraqalpog\u2019iston ASSR urush yillarida<\/p>\n\n\n\n<p>Urushdan keyingi yillarda xalq xo\u2019jaligining tiklashdagi qiyinchiliklar<\/p>\n\n\n\n<p>Siyosiy qatag\u2019onlarning yangi pallasi<\/p>\n\n\n\n<p>Respublika sanoati taraqqiyotining bir tomonlama xususiyati<\/p>\n\n\n\n<p>Agrar tanglikning keskinlashuvi. Paxta yakkahokimligi va uning salbiy oqibatlari<\/p>\n\n\n\n<p>Orol fojiasi<\/p>\n\n\n\n<p>Jamiyat madaniy-ma\u2019naviy hayotiga \u201crivojlangan sotsializm\u201d g\u2019oyasining singdirilishi<\/p>\n\n\n\n<p>O\u2019zbekistonda millatlararo munosabatlar<\/p>\n\n\n\n<p>O\u2019zbekistonning mustaqil tashqi aloqalari bo\u2019lganmi?<\/p>\n\n\n\n<p>Qoraqalpog\u2019iston 40-yillarning ikkinchi yarmi \u2013 80-yillarda<\/p>\n\n\n\n<p>Sotsializmni isloh qilishga so\u2019nggi urinishi: \u201cqayta qurish\u201d siyosati<\/p>\n\n\n\n<p>Xalq xo\u2019jaligida \u201cqayta qurish\u201dning samarasizligi. O\u2019zbekiston bilan Markaz manfaatlari o\u2019rtasidagi ziddiyatlarning kuchayishi<\/p>\n\n\n\n<p>\u201cQayta qurish\u201d va O\u2019zbekiston madaniyati<\/p>\n\n\n\n<p>Ijtimoiy-siyosiy hayotning demokratlashuvi. Xalq milliy ongining o\u2019sishi. Mustabid tuzum inqirozining muqarrarligi<\/p>\n\n\n\n<p><a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/mustaqillik-ozbek-xalqning-azaliy-orzu-intilishi\/\">Mustaqillik \u2013 o\u2019zbek xalqining azaliy orzu-intilishi<\/a><\/p>\n\n\n\n<p><a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ozbekiston-davlat-suverenitetining-elon-qilinishi\/\">O\u2019zbekiston davlat suverenitetining e\u2019lon qilinishi<\/a><\/p>\n\n\n\n<p><a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ozbekiston-respublikasi-davlat-mustaqilligining-umumxalq-tomonidan-maqullanishi\/\">O\u2019zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining umumxalq tomonidan ma\u2019qullanishi<\/a><\/p>\n\n\n\n<p>Islom Karimov Mustaqil O\u2019zbekistonning birinchi Prezidenti<\/p>\n\n\n\n<p>O\u2019zbekiston mustaqilligi huquqiy asosining yaratilishi. Yangi Konstitutsiyaning qabul qilinishi<\/p>\n\n\n\n<p>Huquqiy davlat izlanishlari<\/p>\n\n\n\n<p>Konstitutsiya sabog\u2019i<\/p>\n\n\n\n<p>O\u2019zbekistonda Oliy davlat vakillik organi \u2013 qonun chiqaruvchi hokimiyatning shakllanishi<\/p>\n\n\n\n<p>Milliy davlat tizimining barpo qilinishi, boshqaruvda yangi usullarning qaror topishi<\/p>\n\n\n\n<p>Mahalliy davlat hokimiyati tizimida tub o\u2019zgarishlar yasalishi<\/p>\n\n\n\n<p>O\u2019z-ozini boshqarish organlarining yanada rivojlanishi<\/p>\n\n\n\n<p>Kadrlar siyosatida yangicha yo\u2019l tutilishi<\/p>\n\n\n\n<p>O\u2019zbekiston mustaqilligi yillarida Qoraqalpog\u2019iston davlatchiligining taraqqiyoti<\/p>\n\n\n\n<p>Iqtisodiy taraqqiyot<\/p>\n\n\n\n<p>Ijtimoiy sohaning rivojlanishi<\/p>\n\n\n\n<p>Xalq ta\u2019limi, fan va madaniyat<\/p>\n\n\n\n<p>Demokratiyani yanada chuqurlashtirish. Ko\u2019ppartiyaviylik<\/p>\n\n\n\n<p>Soxta demokratlarning ekstremistik yo\u2019l bilan hokimiyat uchun kurashi, ularning xalq tomonidan badnom qilishi.<\/p>\n\n\n\n<p>VI Sessiya. Demokratiyaning yangi davri<\/p>\n\n\n\n<p>O\u2019zbekistonda inson huquqlari va erkinliklari kafolatining yaratilishi<\/p>\n\n\n\n<p>Sud hokimiyati islohotlari<\/p>\n\n\n\n<p>Jamiyatni demokratlashtirishda ommaviy axborot vositalari rolining ortib borishi<\/p>\n\n\n\n<p>Aholini kuchli ijtimoiy himoyalash \u2013 davlat siyosatining bosh yo\u2019nalishi<\/p>\n\n\n\n<p>Millatlararo totuvlikni ta\u2019minlash choralarining amalga oshirilishi<\/p>\n\n\n\n<p>Milliy xavfsizlikni ta\u2019minlash<\/p>\n\n\n\n<p>O\u2019zbekiston: Milliy xavfsizlik \u2013 olam butunligi<\/p>\n\n\n\n<p>Qurolli Kuchlar \u2013 Xavfsizlik tayanchi<\/p>\n\n\n\n<p>Makroiqtisodiyotni barqarorlashtirishga erishish<\/p>\n\n\n\n<p>Pul-kredit siyosatining ishlab chiqarilishi. Milliy valyuta qadrining oshishi<\/p>\n\n\n\n<p>Xususiylashtirishning amalga oshirilishi. Mulkdorlar sinfining shakllantirilishi<\/p>\n\n\n\n<p>O\u2019zbekistonning zamonaviy avtomobil ishlab chiqaruvchi mamlakatlar qatoriga qo\u2019shilishi<\/p>\n\n\n\n<p>Mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotida qishloqning o\u2019rni va uni rivojlantirish chora-tadbirlari<\/p>\n\n\n\n<p>Milliy istiqlol mafkurashi<\/p>\n\n\n\n<p>Ma\u2019naviy inqirozdan chiqish<\/p>\n\n\n\n<p>Milliy istiqlol va Amir Temur omili<\/p>\n\n\n\n<p>Milliy urf-odatlar, qadriyatlar va an\u2019analarning tiklanishi<\/p>\n\n\n\n<p>Yangi jamiyat qurishda ta\u2019lim va tarbiya<\/p>\n\n\n\n<p>Madaniy hayot<\/p>\n\n\n\n<p>Yoshlarni Vatanni sevish ruhida tarbiyalash \u2013 kelajagi buyuk jamiyat qurishning muhim sharti<\/p>\n\n\n\n<p>Mustaqil O\u2019zbekistonning BMTga qabul qilinishi, uning tarixiy ahamiyati<\/p>\n\n\n\n<p>O\u2019zbekiston Mustaqil Davlatlar Hamdo\u2019stligidagi o\u2019rni va mavqeining oshib borishi<\/p>\n\n\n\n<p>O\u2019zbekistonning Markaziy Osiyo davlatlari bilan qardoshlik munosabatlarining yanada rivojlanishi<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Kirish Modomiki, o\u2019z tarixini bilgan, undan ruhiy quvvat oladigan xalqni yengib bo\u2019lmas ekan, biz tariximizni tiklashimiz, xalqimizni, millatimizni ana shu tarix bilan qurollantirishimiz zarur. Tarix bilan qurollantirish, yana bir bor &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/ozbekistonning-yangi-tarixi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":0,"parent":0,"menu_order":0,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","template":"","meta":{"footnotes":""},"class_list":["post-1999","page","type-page","status-publish","hentry","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/1999","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/pages"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/page"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=1999"}],"version-history":[{"count":10,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/1999\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":55205,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/1999\/revisions\/55205"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=1999"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}