{"id":2009,"date":"2021-09-25T13:36:56","date_gmt":"2021-09-25T10:36:56","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?page_id=2009"},"modified":"2021-09-25T17:18:37","modified_gmt":"2021-09-25T14:18:37","slug":"ozbekiston-davlat-suverenitetining-elon-qilinishi","status":"publish","type":"page","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/ozbekiston-davlat-suverenitetining-elon-qilinishi\/","title":{"rendered":"O\u2019zbekiston davlat suverenitetining e\u2019lon qilinishi"},"content":{"rendered":"\n<p>XX asrning 90-yillariga kelib sotsialistik mamlakatlarda inson huquqlarini himoya qilish va ozodlikka intilishning yangi bosqichi boshlandi. Sharqiy Yevropa mamlakatlarida qariyb yarim asr hukm surgan totalitar davlat tuzumi inqirozga yuz tutib, demokratik tartibotlar qaror topa boshladi. Yugoslaviya Sotsialistik Federativ Respublikasi parchalanib, uning o\u2019rnida bir necha mustaqil respublika, Chexoslovakiya Sotsialistik Respublikasi ikkiga bo\u2019lib, Chexiya va Slovakiya suveren davlatlari vujudga keldi. Germaniya Federativ Respublikasi va Germaniya Demokratik Respublikasi birlashib, nemislar yashaydigan ulkan hududda sotsialistik tuzum barbod etildi. Ayni chog\u2019da SSSR parchalanib uning o\u2019rnida mustaqil taraqqiyot yo\u2019lini tanlagan 15 mamlakat tashkil topdi.<\/p>\n\n\n\n<p>Boshqacha qilib aytganda, bu davrga kelib ko\u2019pgina mamlakatlarda mustaqillikka erishish masalasi dunyoni keng qamrab olgan jarayonga aylandi. O\u2019zbekistonning mustaqillikka erishishi ana shu olamshumul jarayon tarkibid yuz berdi. \u201cXalqlarning ozodlik, mustaqillik, baxt-saodatga azaliy intilishi, o\u2019z taqdirini o\u2019zi belgilashga azmu qarori hayotdagi chuqur o\u2019zgarishlarni harakatga keltiruvchi kuchdir\u201d, degan edi Islom Abdug\u2019aniyevich Karimov.<\/p>\n\n\n\n<p>90-yillarning boshlariga kelib O\u2019zbekistonda xalqning ana shu azaliy orzusini amalga oshirish kun tartibidagi bosh masala bo\u2019lib qoldi.<\/p>\n\n\n\n<p>Mamlakatda shunday vaziyat vujudga keldiki, bir tomondan: Zo\u2019ravonlikka asoslangan, ma\u2019muriy buyruqbozlikka xos bo\u2019lgan markazlashgan davlat saqlanib qoladimi yoki demokratik jarayonlar chuqurlashishi evaziga ittifoqdosh respublikalar suvereniteti ta\u2019minlanadimi? \u2013 degan masala dolzarb bo\u2019lib qoldi. Ikkinchi tomondan, o\u2019sha davrdagi SSSR rahbariyati mamlakat ichkarisidagi vaziyatni to\u2019g\u2019ri baholay olmadi, milliy respublikalarda mustaqillikka erishishga intilishning tobora kuchayib borayotganining oldini ololmay qoldi.<\/p>\n\n\n\n<p>SSSR Oliy Soveti ham, SSSR Prezidenti va Hukumati ham inqiroziy holatdan chiqishning yo\u2019lini topa olmay qoldi. Xullas, 90-yillarning boshlariga kelganda markaz va ittifoqdosh jumhuriyatlar o\u2019rtasidagi munosabatlar keskinlashib, markaziy hokimiyatning obro\u2019yi pasayib ketdi. Siyosiy, iqtisodiy va xo\u2019jalik hayoti boshqarilmay qoldi. Oqibatda turmushning barcha sohalaridagi salbiy ahvoldan xalqning kun sayin noroziligi ortib, turmush darajasi yomonlasha boshladi. Ishlab chiqarish va mehnat intizomi izdan chiqdi. Bu hol tabiiy ravishda xalqning ko\u2019zini ochdi, endi u eskicha buyruqbozlik usulini qabul qila olmay qoldi.<\/p>\n\n\n\n<p>Qisqacha qilib aytganda, shu vaqtga kelib respublikalar suverenitetini va inson huquqlarini poymol qilgan totalitar buyruqbozlik boshqaruvining istiqbolsiz ekanligini hayotning o\u2019zi ko\u2019rsata boshladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Buni birgina sobiq SSSRda xalq xo\u2019jaligini bozor iqtisodiyotiga o\u2019tkazish ham Yangi Ittifoq Shartnomasi tayyorlash borasidagi natijasiz qadamlarda ham ko\u2019rsa bo\u2019ladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Shuni aytish kerakki, sobiq Ittifoqda xalq xo\u2019jaligini bozor iqtisodiga o\u2019tkazish masalasi 1987 yili xalq deputatlari II s\u2019yezdi qarori va iqtisodiyotni sog\u2019lomlashtirishga qaratilgan Hukumat Dasturida tilga olingan, u 1990 yil may oyida Oliy Kengash III sessiyasida muhokama qilingan edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Xalq deputatlari Hukumat Dasturini muhokama qilar ekanlar, bozor iqtisodiga o\u2019tish ob\u2019yektib zaruriyat, bundan boshqa yo\u2019l yo\u2019q, degan xulosaga keldilar. SSSR Oliy Soveti III sessiyasining \u201cBoshqariladigan bozor iqtisodiga o\u2019tish haqida\u201dgi qarorida bozor iqtisodiyotiga o\u2019tish iqtisodiy islohotlarning asosiy mazmunini tashkil qiladi, deb qayd etildi. Shu boi bu boradagi Hukum Konsepsiyasini deputatlar fikr-mulohazalari asosida qayta ishlash va 1990 yil 1 sentabriga tayyorlash belgilandi.<\/p>\n\n\n\n<p>Mamlakatda shu yo\u2019nalishdagi amaliy ishlar qizg\u2019in tus oldi. 1990 yil 25 iyulda SSSR Prezidentlik Kengashida Bosh Ministrning mamlakatni bozor iqtisodiyotiga o\u2019tkazish yuzasidan qo\u2019shimcha choralar haqidagi axboroti tinglandi. 1990 yil 27 iyuli va 30 avgustida SSSR Prezidentining olimlar, mutaxassislar, ommaviy axborot vositalari vakillari bilan iqtisodiy islohotlar mavzuidagi uchrashuvi bo\u2019ldi.<\/p>\n\n\n\n<p>6 avgustda esa mamlakat Prezidenti M.Gorbachevning \u201cYangi Ittifoq Shartnomasini asosi sifatida bozor iqtisodiyotiga o\u2019tishning Ittifoq Dasturi Konsepsiyasini tayyorlash haqida\u201d Farmoni e\u2019lon qilindi. Bu vazifani bajarish uchun SSSR va RSFSR rahbarlari tomonidan S.Shatalin, N.Pardakov, L.Abalkin, G.Yavlinskiy, S.Alekseyenko, V.Vavilov, A.Grigoryev, M.Zadorniy, V.Martinov, V.Mashits, A.Mixaylov, B.Fedorov, T.Yarigina va Ye.Yasinlardan iborat komissiya tuzildi. Komissiyaga 1990 yil sentabridan kechikmasdan Hukumat Dasturini ishlab chiqish topshirildi.<\/p>\n\n\n\n<p>1990 yil sentabri boshlarida SSSR Oliy Kengashi IV sessiyasida N.Rijkov \u201cBoshqariladiga bozor iqtisodiga o\u2019tishga tayyorgarlik va mamlakat xalq xo\u2019jaligida barqarorlikni vujudga keltirish haqida\u201d ma\u2019ruza qildi. Unda deputatlarning avvalgi fikrlari inobatga olingan variant ishlab chiqilgani aytilsa-da, sessiya Hukumat Dasturini qabul qilmadi. Buning muhim sababi deputatlarda Hukumatga nisbatan ishonch yo\u2019qola borga nedi. Ayni chog\u2019da Hukumat Dasturi sobiq Ittifoqni saqlab qolishni, shuningdek iqtisodiyotni sotsialistik yo\u2019ldan rivojlantirishni ko\u2019zda tutar edi.<\/p>\n\n\n\n<p>1990 yil 11 sentabrda RSFSR Oliy Soveti II sessiyasi S.Shatalinning \u201c500 kun\u201d Programmasini qabul qildi. Unda quyidagi masalalar ko\u2019tarilgan edi:<\/p>\n\n\n\n<ul class=\"wp-block-list\"><li>Fuqarolarni mulkka egalik huquqini, iqtisodiy mustaqillikni, erkin iste\u2019mol bozori va unda erkin narx;<\/li><li>Korxonaning mustaqil iqtisodiy faoliyat huquqi;<\/li><li>Ittifoqdosh respublikalarning mutlaq suvereniteti;<\/li><li>Aholi turmush darajasini pasaytirmaslikni ko\u2019zda tutar edi.<\/li><\/ul>\n\n\n\n<p>SSSR Oliy Sovetining 21 sentabrda bo\u2019lib o\u2019tgan IV sessiyasida bu Dastur ham qabul qilinmadi. 1990 yil 24 sentabrda sessiya \u201cXalq xo\u2019jaligini barqarorlashtirishning kechiktirib bo\u2019lmaydigan vazifalari\u201dni muhokama qilib, Hukumat Dasturi va S.Shatalin Dasturidan iborat Yagona Dastur ishlab chiqishga qaror qildi. 1990 yil, 18 oktabridan sessiya: \u201cBozor iqtisodiyotiga o\u2019tish jahon amaliyotidan kelib chiqqan zarurat, ammo u iqtisodiyotning sotsialistik yo\u2019nalishiga ziyon yetkazmaydi\u201d, &#8212; deb xulosa berdi.<\/p>\n\n\n\n<p>Demak, 80-yillar oxiriga kelib, sobiq mamlakatda xalq xo\u2019jaligini bozor iqtisodiyotiga o\u2019tkazishni hayotning o\u2019zi kun tartibiga qo\u2019ya boshladi va uning huquqiy asoslarini yaratishni zaruratga aylantirdi. Shunday bo\u2019lsa-da, 1990-1991 yillarda iqtisodiyot orqaga qarab keta boshladi va xalqning turmush tarzi, sharoiti yomonlasha bordi. Mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan tanazzulga yuz tuta boshladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Mutaxassislar ana shunday tisarilish hodisasini mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotiga uchta yo\u2019nalishdagi kuchlar manfaatlari to\u2019qnashgani bilan izohlaydilar. Jumladan:<\/p>\n\n\n\n<p><strong>Birinchi kuchlar<\/strong> \u2013 N.Rijkov va V.Pavlov Dasturi tarafdorlari. Ular sobiq SSSRni saqlab qolish, xalq xo\u2019jalini markazdan boshqarish, huquqni ko\u2019proq markazda to\u2019plash niyatida edilar. Ular iqtisodiyotni rivojlantirishda sotsialistik yo\u2019ldan voz kechmaslikni talab qilar edilar.<\/p>\n\n\n\n<p><strong>Ikkinchi kuchlar<\/strong> \u2013 bu M.Gorbachev Dasturini quvvatlovchilar. Ular murosa yo\u2019lini qidirib, yuqorida tilga olingan har ikki dastur yo\u2019nalishlarini uyg\u2019unlashtirish va SSSRni saqlab qolish, markazlashgan ma\u2019muriy buyruqbozlik hokimiyatni yo\u2019qotmaslik, \u201cshokovaya terapiya\u201d (\u201cfalaj qilib davolash\u201d) usulidan foydalanish g\u2019oyasini ilgari surar edi. Yangi Ittifoq Shartnmasini tayyorlash ham shu maqsadlarga yo\u2019naltirilgan edi. Jumladan, yangi Ittifoq Shartnomasida mamlakat nomini ham \u201cSotsialistik Respublikalari\u201d, \u201cMustaqil Davlatlar Ittifoqi\u201d deb atash to\u2019g\u2019risidagi takliflar ham o\u2019rtaga tashlana boshladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Shunday qilib, sobiq SSSR ijtimoiy taraqqiyotida uchta yo\u2019nalish \u2013 totalitarizmga qaytish, burjuacha transformatsiya va sotsialistik yo\u2019nalishdagi demokratik kuchlar to\u2019qnashib qolgan edi. Tabiiyki, bu mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotida tanazzulni vujudga keltirgan edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Ana shunday ziddiyatli bir sharoitda O\u2019zbekiston rahbariyati bu yo\u2019nalishlarning nomaqbul ekanligini aniq-ravshan ko\u2019rdi va respublika xalq xo\u2019jaligini bozor iqtisodiyotiga o\u2019tkazishning o\u2019ziga xos yo\u2019lini mustaqil tarzda o\u2019zi belgilay boshladi. Avvalo, \u201cO\u2019zbekistonning iqtisodiy mustaqilligini shakllantirish konsepsiyasini\u201d tayyorlashga kirishildi. Konsepsiya respublika Davlat Reja qo\u2019mitasi, Moliya vazirligi, boshqa vazirliklar, idoralar, ilmiy-tadqiqot institutlari, viloyatlar va Toshkent shahar ijroiya qo\u2019mitalari bilan hamkorlikda tayyorlandi. Unga ko\u2019ra, \u201cO\u2019zbekiston xalq xo\u2019jaligini sog\u2019lomlashtirish va bozor iqtisodiyotiaga o\u2019tishning asosiy prinsiplari\u201d ishlab chiqildi va 1990 yil 17 oktabrida umumxalq muhokamasi uchun e\u2019lon qilindi.<\/p>\n\n\n\n<p>1990 yil oktabri oxirida O\u2019zbekiston SSR Oliy Kengashi IV sessiyasida bu masala yuzasidan Hukumatning hisoboti eshitildi.<\/p>\n\n\n\n<p>Oliy Kengash sessiyasi \u201cvujudga kelgan ahvoldan chiqishning yo\u2019lini\u2026 respublikaning iqtisodi mustaqilligiga erishish asosida iqtisodiy islohotlari chuqurlashtirish va jadallashtirishdan iborat\u201d deb hisoblandi.<\/p>\n\n\n\n<p>Shuning uchun ham sessiya respublika Hukumati Dasturini ma\u2019qulladi va O\u2019zbekiston Ministrlar Sovetiga \u201cO\u2019zbekiston SSR mulkiga egalik qilish, uni tasarruf etish, taqsimlash undan foydalanish masalalari yuzasidan respublikaning suveren huquqlarini amalga oshirishning samarali amal qiluvchi mexanizmini yaratish bo\u2019yicha asoslangan takliflar tayyorlash, shuningdek, 1 iyungacha O\u2019zbekiston Oliy Sovetiga iqtisodiy tizim masalalari va yer, yer osti hamda boshqa tabiiy boyliklarni, ishlab chiqarish korxonalarini O\u2019zbekiston SSR mulkiga o\u2019tkazish bo\u2019yicha O\u2019zbekiston SSR Konstitutsiyasiga kiritiladigan o\u2019zgarishlar to\u2019g\u2019risida Qonun loyihasi kiritishni topshirdi.<\/p>\n\n\n\n<p>Hukumat Dasturiga ko\u2019ra, quyidagilar O\u2019zbekiston xalq xo\u2019jaligini sog\u2019lomlashtirish va bozor iqtisodiga bosqichma-bosqich o\u2019tishning asosiy yo\u2019nalishlari qilib belgilandi:<\/p>\n\n\n\n<p>Mustaqil davlat bo\u2019lmish O\u2019zbekiston:<\/p>\n\n\n\n<ul class=\"wp-block-list\"><li>Boshqa respublikalar bilan muvofiqlashtirilgan mustaqil ijtimoiy va iqtisodiy siyosatni xalq xo\u2019jalini o\u2019zi boshqarish va o\u2019zini o\u2019zi pul bilan ta\u2019minlash sohasida suveren huquqlarini amalga oshiradi, xo\u2019jalik turmushi va mdaniy turmushdagi milliy o\u2019ziga xoslik saqlanib qolishini ta\u2019minlaydi;<\/li><li>Boshqa respublikalar bilan o\u2019z iqtisodiy aloqalarini ekvivalentlik va o\u2019zaro manfaatdorlik asosida mustaqil hal etadi, bu aloqalarni mamlakatning yaxlit xalq xo\u2019jalik kompleksi doirasida o\u2019zaro shartnomalar va bitimlar bilan tartibga solinadi;<\/li><li>Mahalliy Sovetlarning mahalliy o\u2019zini o\u2019zi boshqarishni keng rivojlantirish, uning mulkiy va moliyaviy negizini mustahkamlash huquqlariga kafolat beradi;<\/li><li>O\u2019z ixtiyorida bo\u2019lgan hamma vositalar bilan mehnat jamoalarining va fuqarolarning iqtisodiy huquqlarini mustahkamlashga ko\u2019maklashadi, shu huquqlarning har tomonlama himoya qilinishini ta\u2019minlaydi.<\/li><\/ul>\n\n\n\n<p>Shuningdek, ushbu hujjatda O\u2019zbekiston SSR iqtisodiy mustaqilligini kengaytirishning bosh maqsadi iqtisodiyotning jo\u2019shqin, yuksak samarali, ekologik turmush standartlari darajasidagi farovonligini, ijtimoiy adolat va himoyalanishni ta\u2019minlaydigan yangi xo\u2019jalik-huquqiy sharoitlarni shakllantirishdan iborat qilib belgilandi.<\/p>\n\n\n\n<p>Ayni vaqtda Konsepsiyada maqsadga erishish yo\u2019lidagi vazifalarni hal etish, jumladan, respublika bilan Ittifoqning o\u2019zaro majburiyatlari va o\u2019zaro mas\u2019uliyati asosida O\u2019zbekiston SSR bilan SSR Ittifoqining huquq doirasi sohalarini farqlab qo\u2019yish;<\/p>\n\n\n\n<ul class=\"wp-block-list\"><li>Davlat mulkining haddan tashqari markazlashuvini va byurokratik tashkil etilishini bartaraf qilish: mulkchilikning xilma-xil shakllarini rivojlantirish, bu shakllarning teng huquqliligi va musobaqalashuvini ta\u2019minlash;<\/li><li>Asosan, iqtisodiy usullar negizida respublikaning xalq xo\u2019jaligi davlat boshqaruviga o\u2019tish, rejalashtirish, moliya-byudjet, bank tizimini sifat jihatidan o\u2019zgartirish, mehnat munosabatlarini va tabiatdan foydalanishni tartibga solish;<\/li><li>Bozor mexanizmlarini vujudga keltirish, tovarlar, xizmatlar, moliya-kredit resurslariga talab va taklifni tartibga soladigan narx va boshqa vositalarning ahamiyatini oshirish, O\u2019zbekiston SSRning ichki, O\u2019rta Osiyo respublikalari va Qozog\u2019iston mintaqa bozorini rivojlantirish;<\/li><li>Barcha fuqarolarning qobiliyatlaridan to\u2019la-to\u2019kis foydalanish imkoniyatlarini baravarlashtirish, aholining kam daromadli tabaqalrini qo\u2019llab-quvvatlash, onalik va bolalikni muhofaza qilish, yosh avlodni tarbiyalash, sog\u2019liqni saqlash, maorif, fan, madaniyat va san\u2019atni rivojlantirishni ta\u2019minlaydigan ijtimoiy kafolatlarning ta\u2019sirchan tizimini vujudga keltirish;<\/li><li>Respublika tashqi iqtisoiy faoliyati mexanizmini sifat jihatdan o\u2019zgartirish, shu jumladan, eksport, import operatsiyalari sohasidagi huquqlar va imkoniyatlarni kengaytirish;<\/li><li>Xorijiy sarmoyalar O\u2019zbekiston SSR iqtisodiyotiga investitsiya kiritish, che el sayyohligini rivojlantirish va hokazo;<\/li><li>Respublika va mahalliy hokimiyat hamda boshqaruv idoralarining vakolatlari va mas\u2019uliyatini ajratib qo\u2019yish, xalq deputatlari mahalliy sovetlarining to\u2019la hokimiyati tashkiliy-huquqiy va moliyaviy-iqtisodiy kafolatlarini ta\u2019milash;<\/li><li>Respublikadagi iqtisodiy va ijtimoiy jarayonlarni tartibga solishda qatnashuvchi demokratik jamoat muassasalari iste\u2019molchilar jamiyatlari, ishlab chiqaruvchilar uyushmalari, ekologiya va fan-texnika jamiyatlari, xayriya jamg\u2019armalari va shu kabilarni vujudga keltirishga ko\u2019maklashish nazarda tutildi.<\/li><\/ul>\n\n\n\n<p>Umuman, O\u2019zbekiston rahbariyati SSSR Hukumatiga O\u2019zbekistonning shoshilinch bozor iqtisodiyotiga o\u2019tish to\u2019g\u2019risidagi ko\u2019rsatmasiga e\u2019tiroz bildirib, bu respublika sharoiti uchun birdaniga to\u2019g\u2019ri kelmasligini va bozor iqtisodiyotiga avvalo aholini, birinchi navbatda, uning kam ta\u2019minlangan qatlamini ijtimoiy kafolatlab, so\u2019ng o\u2019tish borasida O\u2019zbekiston o\u2019zi mustaqil harakat qilishini ma\u2019lum qildi. 1990 yil 29 avgustida O\u2019zbekiston SSR Oliy Soveti Prezidiumi \u201cIttifoqning yangi shartnomasi va boshqariladigan bozor iqtisodiyotiga o\u2019tish programmasining asosiy qoidalari va yo\u2019l-yo\u2019riqlariga nisbatan respublikaning tutgan o\u2019rni to\u2019g\u2019risida\u201dgi masalani ko\u2019rib chiqib bu borada shoshilmaslik joizligini yana bir bor ta\u2019kidladi. Oliy Sovet Prezidiumi Ittifoqning yangi shartnomasini tuzish hamda boshqariladigan bozor iqtisodiyotiga o\u2019tish dasturi bo\u2019yicha tayyorlangan takliflar birinchi turkumini chuqur o\u2019rganib chiqish va muhokama qilish uchun O\u2019zbekiston Oliy Soveti, Kompartiya Markaziy Qo\u2019mitasi, O\u2019zbekiston SSR Fanlar akademiyasi va boshqa tashkilotlarga yubordi.<\/p>\n\n\n\n<p>Ko\u2019rinib turibdiki, yangi Ittifoq Shartnomasi loyihasi avvalgi yillardagidek darhol O\u2019zbekiston tomonidan quvvatlanmadi, bu yerda birinchi navbatda O\u2019zbekistonning milliy manfaatlari himoya qilinishi nazarda tutildi. Yangi Ittifoq Shartnomasini: \u201cU O\u2019zbekistonning siyosiy suverenitetiga zarar yetkazmaydimi?\u201d \u2013 degan nuqtai nazardan kelib chiqqan holda imzolash ko\u2019zda tutildi.<\/p>\n\n\n\n<p>Shunga muvofiq respublika hukumati iqtisodiy mustaqillikni bosqichma-bosqich amalga oshirishni nazarda tutadigan muayyan dastur ham ishlab chiqdi. Jumladan, uning <strong>birinchi bosqichi<\/strong> 1990-1992 yillarni o\u2019z ichiga oladi. Bu davrda esa 1990 yil alohida o\u2019rin tutadi. Chunki bu yil tang ahvolni bartaraf etishning negizlari bunyod etilishi kerak edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Shu uch yil mobaynida yangi xo\u2019jalik mexanizmining barcha asosiy unsurlari uzil-kesil harakatga kelishi, davlat byudjeti kamomadiga, aholining pul daromadlari hamda uni tovar bilan ta\u2019minlash o\u2019rtasidagi nomutanosiblikka barham berilishi, pulning qadrsizlanishi kuchayib borishini to\u2019xtatish, mazkur bosqichda xalq xo\u2019jaligining barcha tarmoqlarida mulk munosabatlarini tubdan o\u2019zgartirish, zarar ko\u2019rib ishlaydigan korxonalar zimmasiga o\u2019z ishini o\u2019nglab olishi vazifasini yuklash ko\u2019zda tutildi.<\/p>\n\n\n\n<p><strong>Ikkinchi bosqich<\/strong> 1993-1995 yillarni o\u2019z ichiga olishi mo\u2019ljallandi. Bu davrga kelib iqtisodiyotni sog\u2019lomlashtirish tadbirlari amalga oshirilishi, ichki iste\u2019mol bozoridagi, pul muomalasi va byudjetdagi kamomadlarga asosan barham berilishi, yangi iqtisodiy qonunlar joriy etilishi, ya\u2019ni bozor munosabatlarini me\u2019yoriy rivojlantirish uchun amalda zarur iqtisodiy sharoitlar yaratilishi, bu davrda davlat ixtiyorida bo\u2019lmagan sektorning hissasi oshishi ko\u2019zda tutildi.<\/p>\n\n\n\n<p>Xullas, Konsepsiyadan ma\u2019lum bo\u2019lyaptiki, SSSR markaziy idoralaridan farqli o\u2019laroq, 80-yillar oxiri va 90-yillar boshida O\u2019zbekiston dadillik bilan iqtisodiy mustaqillik va siyosiy suverenitetni qo\u2019lga kiritish uchun amaliy harakat qila boshladi. Ayni choqda O\u2019zbekistonning iqtisodiy mustaqilligi va siyosiy suverenitetini ta\u2019minlashning huquqiy asoslarini yaratish uchun ham konkret choralar ko\u2019rildi. Bu borada xalqning xohish irodagi hisobga olindi.<\/p>\n\n\n\n<p>Masalan, O\u2019zbekiston rahbariyati va xalqning O\u2019zbekistonning mustaqillik sari dadil qadam qo\u2019yayotganligini 1991 yil 17 martidagi umumxalq referendum yaqinlarida ham yaqqol ko\u2019rish mumkin. 1991 yil 20 fevralda O\u2019zbekiston SSR Oliy Kengashi Rayosatining yig\u2019ilishi bo\u2019lib, unda SSSR Oliy Kengashi tomonidan belgilangan referendumda ovoz berishga mo\u2019ljallangan asosiy byulleten bilan birga \u201cO\u2019zbekiston yangilanayotgan Ittifoq (Federatsiya) tarkibida mustaqil, teng huquqli respublika bo\u2019lib qolishga rozimisiz?\u201d degan savol qo\u2019yilgan qo\u2019shimcha byulleten kiritishga qaror qilindi. Byulletendagi ushbu matn o\u2019zgartirilishi mumkin emas, deb belgilandi.<\/p>\n\n\n\n<p>Oliy Kengash Rayosati viloyatlar, Toshkent shahar hokimliklariga bo\u2019lajak referendumda O\u2019zbekistonning mustaqil bo\u2019lishiga munosabat bildiruvchi ushbu byulleten matni yuzasidan mehnatkashlar ommasi o\u2019rtasida tushuntirish olib borishni topshirdi. Bu ishlarga huquqshunoslar, mutaxassislar, ziyolilar vakillarini keng jalb qilish tavsiya qilindi.<\/p>\n\n\n\n<p>Referendum yakuni shuni ko\u2019rsatdiki, O\u2019zbekistonning mustaqil teng huquqli respublika sifatida yangilangan Ittifoq (Federatsiya) tarkibida bo\u2019lishiga doir qo\u2019shimcha byulleten bo\u2019yicha 9 million 215 ming 571 nafar kishi yoki ovoz beruvchilarning \u2013 93,9 foizi ovoz berdi.<\/p>\n\n\n\n<p>Shunday qilib, bu referendumda O\u2019zbekiston xalqining mutlaq ko\u2019pchiligida O\u2019zbekistonning mustaqil respublika sifatida ko\u2019rish xohishi borligining o\u2019ziyoq respublika rahbariyatining bu boradagi dadil kuch-g\u2019ayratini qo\u2019llab-quvvatlash ifodasi edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Bundan tashqari, O\u2019zbekistonda respublikaning davlat mustaqilligiga doir mutlaqo yangi davlat ramzlari tayyorlash va qabul qilish ishlari ham dadil boshlab yuborildi.<\/p>\n\n\n\n<p>1991 yil 15 fevralida O\u2019zbekiston Oliy Kengashi \u201cO\u2019zbekistonning davlat ramzlari to\u2019g\u2019risida\u201d maxsus qaror qabul qildi. Unda, jumladan, shunday deyiladi:<\/p>\n\n\n\n<p>\u201cMustaqillik to\u2019g\u2019risidagi Deklaratsiyaga amal qilib, O\u2019zbekiston SSR Oliy Kengashi qaror qiladi:<\/p>\n\n\n\n<ol class=\"wp-block-list\" type=\"1\"><li>O\u2019n ikkinchi chaqiriq Oliy Kengash II sessiyasida tuzilgan O\u2019zbekiston SSR Konstitutsiyasi (Asosiy Qonuni)ning yangi loyihasini tayyorlovchi komissiyasiga O\u2019zbekiston SSRning Yangi Davlat bayrog\u2019i, Gerbi va Madhiyasiga doir takliflar hamda ular to\u2019g\u2019risida Nizomlar tayyorlash topshirilsin. Komissiya respublika jamoatchiligi va deputatlarining fikrlariga tayanib ish ko\u2019rsin.<\/li><li>Bu boradagi takliflar matbuotda e\u2019lon qiliinb, umumxalq muhokamasi uyushtirilsin\u201d.<\/li><\/ol>\n\n\n\n<p>O\u2019zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi qabul qilgan Qonunlar, O\u2019zbekiston Prezidentining Farmonlari, hukumat qarorlari katta ahamiyatga ega bo\u2019lib, ular respublikaning iqtisodiy va siyosiy jihatdan mustaqil rivojlanish yo\u2019liga bevosita qaratila boshladi.<\/p>\n\n\n\n<p>O\u2019zbekistonning o\u2019z suvereniteti uchun kurashi, avvalo, jumhuriyatda qabul qilingan har bir qonunning mazmuni va mohiyati jihatidan sobiq Ittifoq qonunlaridan tubdan farq qilishida, bundan tashqari, har bir qonun avvalgidek Ittifoq qonuniga moslashtirib emas, balki respublika manfaati ifoda etilganligi bilan ajralib tura boshladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Masalan, 1989 yil 20 oktabrida o\u2019n birinchi chaqiriq O\u2019zbekiston SSR Oliy Sovetining o\u2019n birinchi sessiyasida \u201cO\u2019zbekiston SSR Konstitutsiyasi (Asosiy Qonuni)ga o\u2019zgartirishlar va qo\u2019shimchalar kiritish\u201d to\u2019g\u2019risidagi masala maxsus muhokama etildi. Sessiyada shu masala yuzasidan respublika Oliy Soveti Raisi doklad qildi. Ma\u2019ruzada O\u2019zbekiston SSR Konstitutsiyasi (Asosiy Qonuni)ga o\u2019zgartirishlar va qo\u2019shimchalar kiritish haqidagi Qonun davlat mexanizmining hammad bo\u2019g\u2019inlari Oliy Sovetga bo\u2019ysunishini nazarda tutishi alohida ta\u2019kidlandi. Respublika Oliy Sovetiga eng oliy nazorat qiluvchi idora sifatida O\u2019zbekiston SSRning yuqori mansabdor shaxslarini, shu jumladan, Oliy Sovet Raisini saylash, O\u2019zbekiston SSR Ministlar Sovetining Raisini, hukumat a\u2019zolari va boshqa rahbar lavozimdagi kishilarni tasdiqlash yoki tayinlash va zarur bo\u2019lganda ularni muddatidan oldin lavozimidan chaqirib olish huquqi berildi. Hukumatning bir yilda kamida bir marta Oliy Sovet oldida hisob berishi majburiy qilib qo\u2019yildi. Shuningdek, Oliy Sovet byudjetni nazorat qilish, ministrlik va idoralar ishini tekshirish, deputatlar so\u2019rovini muhokama qilish masalalarini ham ko\u2019rib chiqadigan bo\u2019ldi.<\/p>\n\n\n\n<p>Konstitutsiyaga kiritilgan bu o\u2019zgartirishlar respublika davlat hokimiyatning oliy idorasiga mustaqil davlat oliy idorasiga xos zarur vakolatlarni berdi. Ayni choqda bu vakolatlar uning ijtimoiy adolat prinsiplari buzilgan hamma joyda zudlik bilan uni tiklashi, jamiyat turmushida yuz berishi mumkin bo\u2019lgan noxush hodisalarning oldini olish imkoniyatini ham berdi.<\/p>\n\n\n\n<p>Qonun yana shunisi bilan ahamiyatli ediki, O\u2019zbekiston SSR Oliy Sovetini respublikaning Sovet Federatsiyasida erkin, har tomonlama rivojlanishi uchun kafolat beradigan vakolatlar bilan ham ta\u2019minladi. Ilgari bu vakolatlarning ko\u2019pchiligi faqat ittifoq idoralarining huquqi hisoblanar edi. Masalan, 102-moddada ko\u2019zda tutilgan \u201cmulkchilik munosabatlarini, xalq xo\u2019jaligini va sotsial-madaniy qurilishni, byudjet-moliya sistemasini, mehnatga haq to\u2019lashni, narx belgilashni, soliq, tabiatni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan foydalanishni, shuningdek bir qancha boshqa ijtimoiy munosabatlarni qonun yo\u2019li bilan respublikada tartibga solish\u201d shular jumlasidandir.<\/p>\n\n\n\n<p>Shuning uchun Konstitutsiyaga kiritilgan bu qo\u2019shimchalar deputatlar tomonidan yakdillik bilan kutib olindi. Jumladan, sessiyada so\u2019z olgan Farg\u2019ona viloyatidagi \u201cRishton\u201d sovxozining brigade boshlig\u2019i, deputat Saodatxon Yoqubova \u201cUshbu sessiyada muhokama qilinayotgn masala g\u2019oyat muhim bo\u2019lib davlatni boshqarishda oshkoralik, demokratiya, inson manfaatlarini to\u2019la himoya qilish, davlatning fuqaro oldidagi, fuqaroning davlat oldidagi huquqiy javobgarliklarini ta\u2019minlashga olib keladi\u201d, &#8212; deb barcha sessiya qatnashchilari fikrini ifodaladi. Shu boisdan sessiyada O\u2019zbekiston Konstitutsiya (Asosiy Qonun)ga o\u2019zgartirishlar va qo\u2019shimchalar kiritish to\u2019g\u2019risida\u201d qabul qilingan Qonunning 101-moddasi \u201cO\u2019zbekiston SSR Davlat hokimiyatining oliy organi doimiy ishlaydigan O\u2019zbekiston SSR Oliy Soveti bo\u2019lib, u o\u2019z faoliyatiga qonun chiqarish, farmoyish berish va nazorat qilish vazifalarini amalga oshiradi.<\/p>\n\n\n\n<p>O\u2019zbekiston SSR Oliy Soveti \u201cO\u2019zbekiston SSR ixtiyoriga berib qo\u2019yilgan har qanday masalani qarab chiqish uchun qabul qilish va hal etish haqlidir\u201d, ayni choqda u milliy davlat tuzilishi masalalariga doir qarorlar qabul qiladi\u201d, &#8212; deb alohida ta\u2019kidlab qo\u2019yildi.<\/p>\n\n\n\n<p>Aytish kerakki, respublika rahbariyatining O\u2019zbekistonning siyosiy suverenitetini ta\u2019minlashga qaratilgan qat\u2019iy pozitsiyasi I.A.Karimov tomonidan 1980 yillar oxiridan boshlab bir necha marta ko\u2019ndalang qilib qo\u2019yildi. Jumladan, U KPSS Markaziy Komitetining 1989 yil 20 sentabrida Moskvada bo\u2019lib o\u2019tgan Plenumida dadil tarzda: \u201cBiz ittifoq va respublikalarning vazifalarini, burchlarini va o\u2019zaro majburiyatlarini aniq-ravshan belgilab qo\u2019yish, respublikalar mustaqilligini har jihatdan mustahkamlash tarafdorimiz\u201d, &#8212; deb ta\u2019kidladi. Oradan bir oz o\u2019tgandan so\u2019ng \u2013 O\u2019zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komitetining 1990 yil 23 martidagi Plenumida u O\u2019zbekistonning iqtisodiy mustaqillikka erishishning asosiy yo\u2019llarini ko\u2019rsatib: \u201cSiyosiy sistemani yangilash masalalarini O\u2019zbekistonning iqtisodiy mustaqilligi muammolaridan ajralgan holda qarash mumkin emas. Bizda bunday mustaqillik uchun shart-sharoit bor\u201d, &#8212; degan fikrni bildiradi.<\/p>\n\n\n\n<p>Darhaqiqat, 1980 yillarning oxirlaridan boshlab respublikada iqtisodiy va siyosiy suverenitet uchun qadam-baqadam chora-tadbirlar ko\u2019rildi. Masalan, O\u2019zbekiston SSR Oliy Soveti 1989 yil 25 noyabrida bo\u2019lgan \u201cO\u2019zbekiston SSRni iqtisodiy va sotsial rivojlantirishning 1990 yilgi Davlat plani to\u2019g\u2019risida\u201dgi masalani muhokama qilar ekan, respublikaning iqtisodiy mustaqilligiga oid muhim tadbirlarni belgiladi. \u201c1990 yilga mo\u2019ljallangan plan, &#8212; deb ta\u2019kidlanadi sessiyada, &#8212; respublikaning o\u2019z-o\u2019zini mablag\u2019 bilan ta\u2019minlash prinsiplariga o\u2019tish arafasida uning iqtisodiy mustaqilligini kengaytirish talablarini hisobga olgan holda tuzilgan edi\u2026 Eng asosiysi respublikaning sharoiti, o\u2019ziga xos xususiyati, an\u2019anaviy marosimlari va manbalaridan kelib chiqqan holda territorial xo\u2019jalik hisobining o\u2019z konsepsiyasini ishlab chiqishdir\u201d.<\/p>\n\n\n\n<p>Sessiya 1990 yil plani byudjet loyihalarida hukumatning o\u2019zlashtirilgan capital mablag\u2019lari sotsial ehtiyojlarga sarf qilinishini qonunan to\u2019g\u2019ri va asosli deb hisobladi va \u201crespublikaning suvereniteti ayni shunda yaqqol ko\u2019rinadi\u201d, &#8212; deb ta\u2019kidladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Sessiyada respublikaning iqtisodiy mustaqilligini ta\u2019minlashga qaratilgan quyidagicha qaror qabul qilindi:<\/p>\n\n\n\n<p>\u201c1990 yilda sovet va xo\u2019jalik organlari, ilmiy muassasalar ishining muhim yo\u2019nalishi respublikani o\u2019z-o\u2019zini boshqarish va o\u2019z-o\u2019zini mablag\u2019 bilan ta\u2019minlash prinsipiga o\u2019tishga tayyorlash yuzasidan amaliy tadbirlarni ishlab chiqishdan iborat, deb hisoblansin.<\/p>\n\n\n\n<p>O\u2019zbekiston SSR Ministrlar Soveti bu ish jarayonida ijtimoiy ishlab chiqarishning real resurslarini hamda amal qilish imkoniyatlari \u2013 strukturani tubdan takomillashtirish va uning ilmiy-texnikaviy hamda tashkiliy darajasini oshirish imkoniyatlarini har tomonlama qarab chiqsin\u2026 amalga oshirilayotgan siyosiy Sistema islohotini, ishlab chiqarish munosabatlarini takomillashtirishni hisobga olgan holda respublikaning iqtisodiy suverenitetini kengaytirishning asosiy yo\u2019llarini belgilasin\u201d.<\/p>\n\n\n\n<p>1990 yil 23 martida O\u2019zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komitetining Plenumi bo\u2019ldi. Unda O\u2019zbekiston SSRning siyosiy suvereniteti masalalariga oid muammolarni tahlil etishga va konsepsiyalarini ishlab chiqishga jiddiy e\u2019tibor berildi. Plenum yangilanayotgan siyosiy tizimda respublika Kompartiyasining o\u2019rni va mavqei, uning davlat hokimiyati idoralari va jamoat tashkilotlari bilan o\u2019zaro munosabati prinsiplari to\u2019g\u2019risidagi masalalarini muhokama qilib, buyruqbozlikdan, ma\u2019muriyatchilikdan voz kechish lozimligini uqtirdi. Shu bilan birga Plenum respublika siyosiy tizimi to\u2019g\u2019risidagi masalani ko\u2019rib chiqishni hayot taqozo qilayotganligini ko\u2019rsatib, real hokimiyat O\u2019zbekiston Kompartiyasidan, uning barcha darajalaridagi komitetlaridan xalq deputatlari Sovetlariga berilishi bilan bog\u2019liq barcha qiyinchiliklarni yengib o\u2019tishlari lozimligini ta\u2019kidlab, yuzaga kelgan vaziyatda O\u2019zbekiston SSR Prezidenti lavozimini ta\u2019sis etish muhim ahamiyat kasb etadi\u201d, &#8212; deb ta\u2019kidladi.<\/p>\n\n\n\n<p>O\u2019zbekistonda Prezidentlik boshqaruvi masalasining ko\u2019tarilishi shunchaki SSR Ittifoqi yangi tartibiga taqlid qilish emas, balki prinsipial amaliy va tarixiy hodisa bo\u2019ldi. Respublika boshqaruvning ayni ana shunday shakli joriy etilishi, avvalo, siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, millatlararo va boshqa sohalardagi muammolarni hal qilish jarayonini tezlashtirishga ko\u2019maklashish vositasi sifatida joriy qilindi. Eng muhimi shundan iboratki, Prezident muassasining joriy etilishi \u2013 respublika uchun suverenitet va davlatchilikda mohiyat jihatidan yangi bosqichga o\u2019tishni bildirar edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Alohida ta\u2019kidlash kerakki, ayni shu paytda keng miqyosda tartib va intizomni, eng avvalo, boshqaruvning barcha darajalarida va jabhalarida ijro mexanizmini qayta qurishni tezlashtirish vazifalarini o\u2019z vaqtida hal etish masalasi, fuqarolar huquqlarini himoya qiluvchi barcha davlat muassasalarini nazorat qilish ham katta ahamiyat kasb etmoqda edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Ana shu ob\u2019yektiv holatni hisobga olib, 1990 yil 24 martida XII chaqiriq O\u2019zbekiston SSR Oliy Sovetining birinchi sessiyasi bo\u2019ldi. Sessiya O\u2019zbekiston tarixida birinchi marta Prezidentlik lavozimini ta\u2019sis etish to\u2019g\u2019risida qaror qabul qildi. Sessiya yakdillik bilan Islom Abdug\u2019aniyevich Karimovni O\u2019zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasining Prezidenti etib saylash to\u2019g\u2019risida qaror qabul qildi. Bu yerda shuni alohida ta\u2019kidlash kerakki, O\u2019zbekistonda Prezident lavozimining ta\u2019sis etilishi jumhuriyatning siyosiy va iqtisodiy mustaqilligi uchun kurash borasida qo\u2019yilgan dadil qadamlardan dastlabkisi edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Chunki uzoq yillar mobaynida yig\u2019ilib qolgan milliy, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, ma\u2019naviy rivojlanish muammollari bu vaqtga kelib nihoyatda keskin tus olgan edi. Hayot respublikaning kelajagi, xalq taqdiri va turmushining, O\u2019zbekiston fuqarolari kelajak avlodlari hayotining to\u2019kisligi, tinchlik, osoyishtalik muammolarini izchil hal etishni ko\u2019rsata boshladi. O\u2019zbekiston oldidagi mana shu dolzarb muammolarni hal etishda Prezident lavozimi keng imkoniyat ochar edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Respublikaning birinchi Prezidenti I.A.Karimov sessiyada \u201cBu katta ishonch uchun o\u2019zimning minnatdorchiligimni bildiraman, men buni, eng avvalo, o\u2019zbek xalqi, O\u2019zbekiston SSRning barcha mehnatkashlari, ishchilar sinfi, dehqonlar, ziyolilar, jumhuriyatimizda yashovchi hamma millat va xalqlar taqdiri uchun o\u2019z zimmamga tushgan ulkan burch va javobgarlik deb qabul qilaman. Har bir grajdanning konstitutsion huquqi va erkinliklarini ta\u2019minlash yo\u2019lida katta mas\u2019uliyat deb tushunaman\u201d, &#8212; dedi.<\/p>\n\n\n\n<p>O\u2019z fikrini davom ettirib, u Prezident vazifasiga to\u2019xtalib: \u201cO\u2019zbekiston Prezidenti sifatidagi o\u2019zimning asosiy vazifalarini nimadan iborat deb bilaman? O\u2019zbekiston SSRning siyosiy mustaqilligini mustahkamlash va yanada takomillashtirish, uni yangi va hayotiy mazmun bilan boyitish, shuningdek, \u201cPrezident boshqaruvi\u201dning muhim vazifalaridan biri respublikaning iqtisodiy mustaqilligini, o\u2019zini-o\u2019zi idora qilishga o\u2019tishini ta\u2019minlashdir. Ayni choqda mehnatkashlarning, aholining hamma tabaqalari faravonligini oshirish, odamlarning talab va ehtiyojlarini qondirish, ijtimoiy sohani tez sur\u2019atlar bilan rivojlantirish \u2013 respublika davlat hokimiyati organlaridan, shaxsan mendan, O\u2019zbekiston SSR Prezidentidan doimiy e\u2019tibor talab qiladigan vazifadir\u201d. Shu tariqa Prezident eng qiyin va qonli to\u2019qnashuvlarni boshdan kechirgan xalq oldida butun mas\u2019uliyatni ochiq-oydin o\u2019z zimmasiga oldi.<\/p>\n\n\n\n<p>Shu bilan birga Prezident o\u2019z faoliyatining markazida xalqni ma\u2019naviy yuksaltirish, insonni axloqiy va jismoniy takomilga erishtirish turganligini ham alohida uqdirdi.<\/p>\n\n\n\n<p>Gap O\u2019zbekiston mustaqilligi haqida borganda, shubhasiz, O\u2019zbekiston SSR Oliy Sovetining ikkinchi sessiyasida qabul qilingan O\u2019zbekiston Respublikasi \u201cMustaqillik Deklaratsiyasi\u201dning o\u2019rni va ahamiyatiga alohida to\u2019xtash lozim. Zero bu muhim hujjat O\u2019zbekistonning mustaqillikka erishishida qo\u2019yilgan navbatdagi muhim qadamlardan biri edi. Bu umumdavlat ahamiyatiga ega bo\u2019lgan Deklaratsiyani qabul qilishda respublika Oliy Soveti deputatlari faollik ko\u2019rsatdilar. O\u2019zbekistondagi tarixiy shart-sharoit va vaziyatni hisobga olgan 200 dan ortiq deputat XII chaqiriq respublika Oliy Sovetining ikkinchi sessiyasi (1990 yil 18 iyunda) boshlanishidayoq mustaqillik Deklaratsiyasi qabul qilishni kun tartibiga kiritishni va kechiktirmasdan shu sessiyada uni qabul qilishni qat\u2019iy talab etdilar.<\/p>\n\n\n\n<p>O\u2019zbekiston SSR Oliy Soveti Rayosati a\u2019zolari, komissiya raislari va muovinlari \u201cMustaqillik Deklaratsiyasi\u201d xususida fikrlashib, deputatlar fikrini olish va so\u2019ng uni sessiyaga olib chiqish lozim deb topdilar. 19 iyun kuni 40 dan ortiq deputat, doimiy komissiyalarning raislari, huquqshunoslar tayyorlagan Deklaratsiya matnini batafsil ko\u2019rib chiqdi. Natijada bu masala 20 iyun kuni sessiyada kun tartibiga kiritildi.<\/p>\n\n\n\n<p>\u201cMustaqillik Deklaratsiyasi\u201d deputatlar tomonidan moddama-modda, bandma-band muhokama qilindi, har bir millat o\u2019z taqdirini o\u2019zi belgilashi, Deklaratsiya qoidasi bilan kafolatlanishi qayta-qayta ta\u2019kidlandi. Unda o\u2019zbek xalqining asrlar davomida qo\u2019lga kiritilgan davlat qurilishi va madaniy taraqqiyot borasidagi boy tarixiy tajribasi va an\u2019analari hisobga olinishi uqtirildi.<\/p>\n\n\n\n<p>Natijada sessiya qabul qilingan \u201cMustaqillik Deklaratsiyasi\u201d kirish qismiga quyidagicha yozib qo\u2019yildi:<\/p>\n\n\n\n<p>\u201cO\u2019zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasi Oliy Kengashi o\u2019zbeks xalqining davlat qurilishi tarixiy tajribasi va tarkib topgan boy an\u2019analari, har bir millarning o\u2019z taqdirini o\u2019zi belgilash huquqini ta\u2019minlashdan iborat oliy maqsad haqi, O\u2019zbekistonning kelajagi uchun tarixiy mas\u2019uliyatni chuqur his etgan holda xalqaro huquq qoidalariga, umumbashariy qadriyatlarga va demokratiya prinsiplariga asoslanib, O\u2019zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasining davlat mustaqilligini e\u2019lon qiladi\u201d.<\/p>\n\n\n\n<p>Shuningdek, birinchi moddada: \u201cO\u2019zbekiston SSRning demokratik davlat mustaqilligi respublikaning o\u2019z hududida barcha tarkibiy qismlarini belgilashda va barcha tashqi munosabatlarda tanho hokimligidir\u201d, &#8212; deb belgilab qo\u2019yildi. Sessiya qabul qilgan bu \u201cMustaqillik Deklaratsiyasi\u201d xalqimiz tomonidan katta mamnuniyat bilan kutib olindi.<\/p>\n\n\n\n<p>Surxondaryo viloyati, Kuybishev saylov okrugidan saylangan deputat I.Fayzullayev o\u2019z his-tuyg\u2019ularini ifodalab: \u201cXalqimiz qarsak chalib, joyimizdan turib, butun vujudimiz bilan berilib, Mustaqillik Deklaratsiyasini qabul qildik. Butun O\u2019zbekiston xalqi ko\u2019rib turdi. 70 yillar davomida O\u2019zbekiston ishlab topgan mahsulotlarini, bor xom ashyosini o\u2019zi yemay boshqa respublikalarga berib keldi. Endi mustaqillikni qo\u2019lga kiritay deganda\u2026 orqaga qaytmaslik lozim\u201d.<\/p>\n\n\n\n<p>Shu kundan boshlab respublikada O\u2019zbekiston iqtisodiy va siyosiy hayotiga doir masalalar mustaqil tarzda hal qilina bordi.<\/p>\n\n\n\n<p>Bu borada ba\u2019zi misollarni keltirish o\u2019rinli. Jumladan, 1991 yil 22 iyulida O\u2019zbekiston SSR Oliy Kengashi Prezidiumi \u201cO\u2019zbekiston SSR hududida joylashgan Ittifoqqa bo\u2019ysinuvchi davlat korxonalari, muassasalari va tashkilotlarini \u201cO\u2019zbekiston SSRni huquqiy tobeligiga o\u2019tkazish to\u2019g\u2019risida qaror qabul qilib, jumladan, unda \u201cO\u2019zbekiston SSRning \u201cMustaqillik Deklaratsiyasi\u201dga amal qilib, bozor iqtisodiyotiga o\u2019tish sharoitida mehnat jamoalari manfaatlarini himoya qilish va ularning xo\u2019jalik mustaqilligini ta\u2019minlash maqsadida respublika hududida joylashgan ittifoqqa bo\u2019ysinuvchi davlat korxonalari, muassasalari va tashkilotlari O\u2019zbekiston SSRning huquqiy tobeligiga o\u2019tadi\u201d, &#8212; deb qayd qilindi.<\/p>\n\n\n\n<p>Shuningdek, ushbu qaror \u201cO\u2019zbekiston SSR Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasiga Ittifoqqa bo\u2019ysunuvchi korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning O\u2019zbekiston SSR huquqiy tobeligiga o\u2019tishi tartibini belgilash vazifasi topshirildi\u201d.<\/p>\n\n\n\n<p>Yana bir misol: respublika Oliy Soveti Prezidiumi \u201cChakana narxlar amalga oshirilayotgan bir davrda mehnatni rag\u2019batlantirishni kuchaytirish va mehnatkashlarning ijtimoiy himoyalanganligini ta\u2019minlash maqsadida, O\u2019zbekiston SSRning \u201cMustaqillik Deklaratsiyasi\u201dga hamda O\u2019zbekiston SSRdagi korxonalar to\u2019g\u2019risidagi qonunga muvofiq \u201c1991 yilgi \u201cIttifoq byudjeti\u201d to\u2019g\u2019risidagi SSSR Qonuni 8-moddasining \u201ckorxonalar iste\u2019mol fondini ko\u2019paytirishni cheklashga oid qismi amal qilishini O\u2019zbekiston hududida to\u2019xtatishi\u201d to\u2019g\u2019risida ham qaror qabul qildi. Shunday qilib, 90-yillarning dastlabki davrlarida O\u2019zbekiston SSR Prezidenti I.A.KArimov, O\u2019zbekiston SSR Oliy Kengashi va Hukumati O\u2019zbekistonning siyosiy-iqtisodiy mustaqilligi, uning milliy suvereniteti uchun dadil qadamlar qo\u2019ydilar. Bu xalq tomonidan ham qoniqish bilan kutib olina boshladi. Masalan, Toshkent siyosatshunoslik va boshqaruv institute 1991 yili fevral oyida Toshkent, Samarqand, Farg\u2019ona shaharlarida 10 ta sanoat korxonasida 400 ishchi bilan sotsiologik so\u2019rov o\u2019tkazdi. So\u2019ralganlarning 67,8 foizi mamlakatda iqtisodiy ahvol yaxshilanmaydi, deb 72 foizdan ortig\u2019i esa hayotdan qoniqmayotganini aytdi. Ishchilarda sobiq Markazning sotsial-siyosiy tartibotlariga ishonmaslik vujudga keldi. Masalan: \u201cUmumittifoq va mahalliy hokimiyat hamda boshqaruv organlariga sizning munosabatingiz qanday?\u201d, &#8212; deb berilgan savolga 4,5 foiz kishi: \u201cO\u2019z umidimni umumittifoq davlat idoralari bilan bog\u2019layman\u201d. 32,5 foiz ishchi esa: \u201cRespublika davlat organlari bilan bog\u2019layman\u201d, &#8212; deb javob berdi. Ushbu javoblardan ham ko\u2019rinib turibdiki, kishilarda umumittifoq idoralariga emas, balki respublika davlat idoralariga, tabiiyki, respublikaning mustaqil rivojlanishiga ishonchi tobora orta boshladi. I.A.Karimov O\u2019zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining XII chaqiriq oltinchi sessiyasida jamiyatda yuz berayotgan o\u2019zgarishlarni ta\u2019riflab shunday fikr bildirgan edi: \u201cMamlakatda bugun mavjud bo\u2019lgan keskin qarama-qarshilik vaziyatni bir kunda paydo bo\u2019lgnia yo\u2019q. Novo-Ogorevoda Ittifoq shartnomasi ustidan ish olib borilayotgan bir paytda SSSR Oliy Kengashining rahbarlari pozitsiyasi ma\u2019lum bo\u2019ldi.<\/p>\n\n\n\n<p>Ular har xil niqoblar ostida davlatni, markaziy boshqaruvni eski holicha saqlab qolishga, Ittifoq shartnomasini tayyorlash va imzolashda esa Ittifoq Oliy Kengashiga eng oliy, ya\u2019ni hal qiluvchi huquqlr berilishiga harakat qildilar. Jumhuriyatlar o\u2019zlari xohlagan vakolatlarini Ittifoqqa emas, balki Ittifoq xohlagan vakolatlarini jumhuriyatlarga berar emish. Biz esa Ittifoqni faqat uning tarkibiga kiruvchi davlatlarning to\u2019liq mustaqilligi va teng huquqliligi bilan yangilash mumkin degan fikrda qat\u2019iy turdik. Asosiy kelishmovchilik ana shundan iborat edi\u201d.<\/p>\n\n\n\n<p>Sobiq Markazni kuchaytirish, hokimiyatni yana markazda to\u2019plash tarafdorlari o\u2019z maqsadlarini amalga oshirish uchun ommaviy axborot vositalari, sessiya tribunalaridan keng foydalandilar. Masalan, akademik V.Kudryatsev \u201cPravda\u201d gazetasida \u201cSuverenitet haqida Deklaratsiyalar va Ittifoq Shartnmasi\u201d deb nomlangan maqola bilan chiqib, Ittifoqni respublkalar suverenitetini toraytirish hisobiga yangi Ittifoq Shartnomasi tuzish g\u2019oyasini ilgari suradi. Jumladan, uning fikricha: \u201cMarkaz ixtiyorida mamlakatni iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirishni belgilash, moliya, bank, bojxona sistemasini nazorat qiish huquqlari qolishi kerak. Umumittifoq qonunlari respublikalar qonunlaridan ustun turmog\u2019i lozim\u201d. Bu O\u2019zbekistonda vujudga kelayotgan siyosiy tamoyillarga mos kelmas edi. O\u2019zbekistonning yetakchi olimlari V.Kudryatsevning milliy respublikalar suverenitetini cheklash g\u2019oyasiga qarama-qarshi mamlakatda milliy masalani hal qilishning uch oqilona yo\u2019li, ya\u2019ni demokratiyalashtirish, detsentralizatsiya, deideologizatsiyani amalga oshirishni taklif qildilar.<\/p>\n\n\n\n<p>Biroq Markazni kuchaytirish tarafdorlari boshqa usullardan: namoyishlar o\u2019tkazish, mitinglar tashkil qilish, hatto g\u2019ayri kontitutsion yo\u2019llar bilan davlat to\u2019ntarishi qilish bilan bo\u2019lsa-da, barcha huquqni Markazda to\u2019plash, avvalgi buyruqbozlik usulini qaror toptirishga harakat qilaverdilar.<\/p>\n\n\n\n<p>1991 yil 19-21 avgustida Moskvada davlat to\u2019ntarishi qilishga urinib ko\u2019rildi. Uning maqsadlari Ittifoq hududida yashovchi barcha xalqlarning mustaqillikni qo\u2019lga kiritishlariga, o\u2019z taqdirlarini o\u2019zlari hal qilishlariga yo\u2019l qo\u2019ymaslik edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Shuni ham aytish kerakki, to\u2019ntarishni uyushtirgan kishilar mamlakatda yuz bergan boshboshdoqlik va parokandalik cho\u2019qqisiga chiqqan bir paytdan foydalanib qolmoqchi bo\u2019lishdi. Ammo qayta qurish yillarida ko\u2019zi ochilgan xalqni endi eski tuzum doirasiga kiritishga, unga eskicha buyruqbozlik qilishga urinish behuda edi. Butun mamlakat uchun foijiali bo\u2019lgan o\u2019sha kunlarda O\u2019zbekiston rahbariyati korxona va xo\u2019jaliklarning rahbarlari xalq saylagan deputatlar, barcha sofdil kishilar, xalqni matonat va osoyishtalikka da\u2019vat qildilar. Ular barqaror ijtimoiy-siyosiy vaziyatni saqlash, jumhuriyat hududida favqulodda ahvol joriy etilishiga yo\u2019l qo\u2019ymaslik, Konstitutsiyaga qarshi davlat to\u2019ntarishini qo\u2019llab-quvvatlash yo\u2019lidagi ig\u2019vogarona harakatlarga uchmaslik uchun o\u2019zlarining butun imkoniyatlaridan foydalandilar.<\/p>\n\n\n\n<p>Faollar bilan uchrashuvlarda, jumhuriyatning davlat mustaqilligi to\u2019g\u2019risidagi Deklaratsiya va konstitutsion tuzum qoidalariga rioya qilinajagi aytildi. Xalqqa Markazdan har qanday ko\u2019rsatmalar, turli va\u2019dalar berilishi, dag\u2019dag\u2019alar qilishiga qaramar, respublika o\u2019z siyosiy yo\u2019lidan qaytmasligi aytildi.<\/p>\n\n\n\n<p>O\u2019zbekiston Prezidenti I.A.Karimov Hindiston safaridan qaytgan hamonoq \u2013 19 avgust kuni kechqurun Toshkent shahrining faollari bilan uchrashib, qat\u2019iy tarzda O\u2019zbekiston nuqtai nazarini ma\u2019lum qildi. Respublika rahbariyati: \u201cMarkazdan, kim bo\u2019lishidan qat\u2019iy nazar, Qonunga xilof ko\u2019rsatmalarni bajarish mumkin emas\u201d, &#8212; deb hisobladi. 20 avgustda O\u2019zbekiston SSR Oliy Kengashi Rayosati, O\u2019zbekiston SSR Prezident huzuridagi Vazirlar Mahkamasining Qoraqalpog\u2019iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri rahbarlari ishtirokida qo\u2019shma majlis bo\u2019ldi. Unda O\u2019zbekistonning mustaqillikka erishish yo\u2019li o\u2019zgarmasligi haqida Bayonot qabul qilindi.<\/p>\n\n\n\n<p>Shu kuni O\u2019zbekiston Prezidenti I.A.Karimov respublika aholisiga murojaat bilan chiqdi. Ushbu murojaatda O\u2019zbekistonning o\u2019z mustaqilligiga erishish yo\u2019li qat\u2019iy ekanligini yana bir bor alohida uqtirildi. Jumladan, unda \u201cO\u2019zbekiston jumhuriyati, uning rahbariyati qayta qurish davrida ham hech qachon birovning gapiga kirib ish tutgan emas. Markazdan, boshqa ba\u2019zi bir jumhuriyatlardan qanday qarorlar chiqmasin, va\u2019dalar berilmasin, har qanday chaqiriqlar, dav\u2019atlar, yo\u2019l-yo\u2019riq ko\u2019rsatishga harakatlar bo\u2019lmasin, biz o\u2019zimiz tanlagan yo\u2019limizdan va belgilab olgan maqsadimizdan qaytganimiz yo\u2019q. Bu yo\u2019l bizning xalqimiz tarixiga, urf-odatlariga, tabiatimiz shart-sharoitlariga, xullas, xalqimiz manfaatlariga mos yo\u2019ldir\u201d, &#8212; deb qat\u2019iy ta\u2019kidlandi. Shuningdek turli ijtimoiy-siyosiy guruhlar o\u2019rtasidagi ixtiloflarni hal etish uchun kuch ishlatish, eng avvalo, harbiy kuch ishlatish ochiq-oydin qoralandi.<\/p>\n\n\n\n<p>O\u2019zbekiston Prezidentining Farmoni bilan Favqulodda holat davlat komitetining g\u2019ayri konstitutsiyaviy, huquqqa qarshi qarorlari va boshqa ko\u2019rsatmalari noqonuniy deb e\u2019lon qilindi.<\/p>\n\n\n\n<p>Ana shunday sharoitda, ya\u2019ni markaz va respublikalar o\u2019rtasidagi munosabatlar tobora taranglashib, markaz boshqaruv qobiliyatini yo\u2019qotgan, har bir mintaqa, har bir jumhuriyat o\u2019z holiga tashlab qo\u2019yilgan bir sharoitda tarixiy vaziyatni to\u2019g\u2019ri baholay bilish qobiliyatiga ega bo\u2019lgan O\u2019zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov Oliy Kengash sessiyasini chaqirish va unda O\u2019zbekiston Mustaqilligi haqida Qonun qabul qilishni talab qildi. Chunki har bir milliy jumhuriyatning chinakam teng huquqliligi va mustaqilligi ta\u2019minlangandagina tanazzuldan chiqish mumkin edi. Buning uchun haqiqiy mustqillik yo\u2019lidagi barcha to\u2019siqlar olib tashlanishi, har bir jumhuriyat so\u2019zda emas, balki amalda tenglar orasida teng bo\u2019lishi lozim edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Ayni shu maqsadlarni ko\u2019zlab, jumhuriyat Oliy Kengashining XII chaqiriq navbatdan tashqaris sessiyasi 1991 yil 31 avgustda o\u2019z ishini boshladi.<\/p>\n\n\n\n<p>O\u2019zbekistonning mustaqil davlat deb e\u2019lon qilinishida mazkur sessiya katta tarixiy ahamiyat kasb etishini alohida ta\u2019kidlash lozim. Unda \u201cO\u2019zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi to\u2019g\u2019risida\u201d hamda \u201cO\u2019zbekiston Respublikasining Davlat bayrog\u2019i to\u2019g\u2019risida\u201dgi masalalar kun tartibiga qo\u2019yilib, qizg\u2019in muhokama qilindi.<\/p>\n\n\n\n<p>O\u2019zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi to\u2019g\u2019risida Prezident I.A.Karimov ma\u2019ruzasi tinglandi. U o\u2019z nutqida 1991 yil o\u2019rtalarida Markaziy Hukumat olib borayotgan ichki siyosatni tahli qildi. 19-21 avgust kunlari Moskva Favqulodda holat davlat komiteti a\u2019zolarining odamlar borishiga azob-uqubatlar solishga, butun-butun xalqlarning ozodligini, jumhuriyatlar mustaqilligini yana kishanlamoqchi bo\u2019lganliklarini xalqqa ro\u2019yi-rost bildirdi. Alg\u2019ov-dalg\u2019ovli kunlarda ham O\u2019zbekistonning o\u2019z yo\u2019li va maqsadi borligi, bu xalq manfaatiga mos yo\u2019l ekanligi, qanday qilib bo\u2019lmasin, undan qaytmasligi aytildi. Shuningdek ma\u2019zurda mustaqil davlatlar maqomiga to\u2019xtalib: \u201cBo\u2019lajak mustaqil davlatlar\u2026 erkin, mustaqil va teng huquqli bo\u2019lib qolishlari, o\u2019zlarining milliy davlat tuzish, tashqi bozorga chiqish, o\u2019zi ma\u2019qul topgan barcha mamlakatlar bilan xalqaro munosabat o\u2019rnatish, diplomatik va konsullik aloqalari masalalarini mustaqil hal etishlari kerak. Yana ta\u2019kidlab aytaman, bu hech kimning buyrug\u2019isiz va aralashuvisiz mustaqil amalga oshirilishi kerak. Mana shu sharoitga, sabablarga asoslanib, xalqimiz xohish-irodasini bajo keltirib, Oliy Kengash diqqatiga faqat bir masalani qo\u2019ymoqchiman: O\u2019zbekistonning mustaqilligi haqidagi Qonunni muhokama etish va uni qabul qilishni taklif etaman. Bu qonunda qadimiy va yangilanayotgan diyorimizda istiqomat qilayotgan barcha kishilarning xohish-irodasi o\u2019z ifodasini topgan. Xalqimizning bu ezgu xohish-irodasi biz uchun muqaddasdir, -degan fikr bildirildi.<\/p>\n\n\n\n<p>Oliy Kengash deputatlari moddama-modda muhokamadan so\u2019ng O\u2019zbekiston Respublikasining Davlat Mustaqilligi to\u2019g\u2019risidagi qonunni qabul qildilar. So\u2019ngra Respublika Davlat mustaqilligi to\u2019g\u2019risidagi Bayonot qabul qilindi. O\u2019zbekiston SSRning nomi O\u2019zbekiston Respublikasi deb o\u2019zgartirildi. Mustaqillik belgilangan kun 1 sentabr 1991 yildan boshlab milliy bayram va dam olish kuni deb e\u2019lon qilindi.<\/p>\n\n\n\n<p>O\u2019zbekiston Respublikasi mustaqilligi haqidagi bu hujjatlar o\u2019zbek xalqining asriy orzusi ro\u2019yobga chiqqanligining huquqiy ifodasi bo\u2019ldi.<\/p>\n\n\n\n<p>\u201cO\u2019zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari to\u2019g\u2019risida\u201dgi qonun g\u2019oyat katta ahamiyatga ega bo\u2019lganligi uchun bu muhim hujjat haqida batafsil to\u2019xtash lozim. Mazkur qonun asosida O\u2019zbekistonning huquqiy holati tubdan o\u2019zgardi. O\u2019z mohiyatiga ko\u2019ra bu hujjat respublika uchun vaqtincha konstitutsiya rolini ham o\u2019ynaydigan bo\u2019ldi. 17 moddadan iborat bu qonun suveren O\u2019zbekiston Respublikasining asosiy belgilarini aniqlab berdi.<\/p>\n\n\n\n<p>1-moddada O\u2019zbekiston Respublikasi o\u2019z tarkibidagi Qoraqalpog\u2019iston Respublikasi bilan birga mustaqil demokratik davlat deb e\u2019lon qilinadi.<\/p>\n\n\n\n<p>2-moddada O\u2019zbekiston Respublikasining xalqi suveren ekanligi va u respublika davlat hokimiyatining birdan-bir sohibi ekanligi haqida gapiriladi.<\/p>\n\n\n\n<p>3-moddada O\u2019zbekiston Respublikasi to\u2019la davlat hokimiyatiga ega, o\u2019zining milliy davlat va ma\u2019muriy-hududiy tuzilishini, hokimiyat va boshqaruv idoralari tizimini mustaqil belgilash qonunlashtirildi.<\/p>\n\n\n\n<p>5-moddada O\u2019zbekiston Respublikasida Konstitutsiya, uning qonunlari ustun ekanligi va davlat idoralarining tizimi, hokimiyatni qonun chiqaruvchi, ijroiya va sud hokimiyatiga ajratish tartibi asosida ko\u2019rilganligi haqida gapirildi.<\/p>\n\n\n\n<p>8; 12; 14-moddalar O\u2019zbekiston mustaqilligining iqtisodiy asoslarini izohlab berdi.<\/p>\n\n\n\n<p>13; 14-moddalarda O\u2019zbekistonning tashqi siyosiy aloqalaridagi mustaqilligi sharhlandi.<\/p>\n\n\n\n<p>15-moddada O\u2019zbekiston Respublikasi hududida inson huquqlari umumiy deklaratsiyasiga muvofiq holda respublika fuqaroligi joriy etilishi, u fuqarolar, millati, elati, ijtimoiy kelib chiqishi, qaysi dinga mansubligidan qat\u2019i nazar, bir xil huquqlarga egaligi va ular respublika Konstitutsiyasi qonunlari himoyasida egaligi va ular respublika Konstitutsiyasi qonunlari himoyasida bo\u2019lishlari qonunlashtirilgan.<\/p>\n\n\n\n<p>16-moddada davlat razmzi bo\u2019lgan gerb, bayroq va madhiya hamda davlat tili haqida gapirilsa, 17-moddada esa O\u2019zbekistonning Qoraqalpog\u2019iston bilan munosabatlari xususisa so\u2019z borib, O\u2019zbekiston Qoraqalpog\u2019istonning hududiy yaxlitligini tan olishi haqida fikr yuritiladi, u O\u2019zbekiston tarkibida ekanligi e\u2019tirof etiladi (bu moddada O\u2019zbekiston va Qoraqalpog\u2019iston o\u2019zaro munosabatlari ikki tomonlama tenglik asosida tarkib topishi kerakligi qonunlashtirilgan). Shuningdek, bu moddada Qoraqalpog\u2019iston Respublikasi O\u2019zbekiston Respublikasi tarkibidan tegishli qonunlar asosida chiqib ketishi mumkinligi ham e\u2019tirof etilgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Bunday Qonunning qabul qilinishi Mustaqillik davrida qo\u2019lga kiritilgan yutuqlarning natijasi hisoblanadi. Bu es huquqiy, iqtisodiy hamda ma\u2019naviy-axloqiy munosabatlar natijasi sifatida eng muhim ahamiyatga ega.<\/p>\n\n\n\n<p>Shuning uchun ham, ushbu Qonunga O\u2019zbekiston SSR Oliy Kengasshining 1991 yil 30 sentabr qarori bilan Konstitutsiyaviy maqom berildi. Jumladan, unda shunday deyiladi:<\/p>\n\n\n\n<ol class=\"wp-block-list\" type=\"1\"><li>\u201cO\u2019zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari to\u2019g\u2019risida\u201d 1991 yil 31 avgustida qabul qilingan O\u2019zbekiston Respublikasining Qonuniga konstitutsiyaviy maqom berilsin.<\/li><li>O\u2019zbekiston Respublikasi amaldagi Konstitutsiya moddalari \u201cO\u2019zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari to\u2019g\u2019risida\u201dgi Qonunning qoidalarig zid kelgan hollarda mazkur Qonunga amal qilinsin.<\/li><li>Konstitutsiya komissiyasi tayyorlanayotgan \u201cRespublika Konstitutsiyasining Davlat mustaqilligi asoslari to\u2019g\u2019risida\u201d gi Qonunning qoidalariga amal qilinsin\u201d.<\/li><\/ol>\n\n\n\n<p>Shu tariqa qonun tarzida huquqiy jihatdan rasmiylashtirilgan O\u2019zbekiston mustaqilligi barchaning dilini quvonchlarga to\u2019ldirdi. Toshkentdagi Pod\u2019yemnik ishlab chiqarish birlashmasining ishchisi, 21-saylov okrugidan O\u2019zbekiston xalq deputati Botir Qosimov sessiya yakunida so\u2019zga chiqib, shunday dedi:<\/p>\n\n\n\n<p>\u201cYashirmayman, mustaqillik haqida gap-so\u2019z ko\u2019p edi-ku, lekin ishning amaliy qismiga kelganda siljish yo\u2019q edi. Nihoyat respublikamiz Oliy davlat hokimiyati juda muhim qonun, davlat mustaqilligi to\u2019g\u2019risida hujjatni qabul qildi. Endi mana shu har birimizga quvonch va iftixor tuyg\u2019ularini olib kelgan qarorni amalda quvvatlashimiz zarur\u201d.<\/p>\n\n\n\n<p>Shu tariqa xalqimizning uzoq yillar kurashib, intilib qo\u2019lga kiritgan mustaqillik erki qonun bilan mustahkamlab qo\u2019yildi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>XX asrning 90-yillariga kelib sotsialistik mamlakatlarda inson huquqlarini himoya qilish va ozodlikka intilishning yangi bosqichi boshlandi. Sharqiy Yevropa mamlakatlarida qariyb yarim asr hukm surgan totalitar davlat tuzumi inqirozga yuz tutib, &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/ozbekiston-davlat-suverenitetining-elon-qilinishi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":0,"parent":0,"menu_order":0,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","template":"","meta":{"footnotes":""},"class_list":["post-2009","page","type-page","status-publish","hentry","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/2009","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/pages"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/page"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=2009"}],"version-history":[{"count":4,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/2009\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":2015,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/2009\/revisions\/2015"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=2009"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}