{"id":2055,"date":"2021-09-25T19:06:58","date_gmt":"2021-09-25T16:06:58","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?page_id=2055"},"modified":"2021-09-25T19:06:59","modified_gmt":"2021-09-25T16:06:59","slug":"qanday-orgimchaklar-zaharli","status":"publish","type":"page","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/qanday-orgimchaklar-zaharli\/","title":{"rendered":"Qanday o&#8217;rgimchaklar zaharli?"},"content":{"rendered":"\n<p>Dunyoda o&#8217;rgimchaklar uchramaydigan joyni topish amrimahol. Ularni dengiz sathida ham, Everest tog&#8217;larida ham, o&#8217;rmonu maysazorlarda, botqoqliklarda, sahroyu yerosti tuynuklarida ham ko&#8217;rish mumkin. Ko&#8217;p odamlar o&#8217;rgimchaklardan cho&#8217;chishadi, darvoqe, o&#8217;rgimchaklarning ba&#8217;zi turlari chindan ham zaharli. Ikki turidan boshqa hamma o&#8217;rgimchaklarda zaharli bezlar bor. Zaharli bezi bor ekan, demak, o&#8217;rgimchaklar odamga xavf solishi mumkin, degan xayolga bormang. O&#8217;rgimchaklar o&#8217;z zaharli bezlarini boshqara oladi va undan alohida hodisalar talab etganda foydalanadi. Misol uchun, o&#8217;ljalarini to&#8217;rida tutib oladigan o&#8217;rgimchaklar o&#8217;z zahridan foydalanmaydi. Ovga chiqadiganlari yoki gulga qo&#8217;ngan hasharotlarni pistirmada kuzatib turadiganlari o&#8217;z o&#8217;ljasini tishi bilan tutadi va o&#8217;ljasini zahri yordamida o&#8217;ldiradi. O&#8217;rgimchaklarning hammasi zaharlaridan o&#8217;zlarini muhofaza etish uchun foydalanadi. Ular qopqonga tushib, qochishga iloj topolmay qolganlarida zahri so&#8217;nggi himoya vositasi bo&#8217;lib xizmat qiladi. Barmoq bilan sanarli o&#8217;rgimchaklarning zahri yomon bo&#8217;lib, odamga xavf tug&#8217;dirishi mumkin. Eng xavflisi qoraqurt yoki &#171;qora beva&#187;dir. Urg&#8217;ochisining bo&#8217;yi 2 santimetrga yetadi, qornida esa qumsoat shaklidagi qizil nishon bor. Bu o&#8217;rgimchak tishlaganda qattiq og&#8217;ritadi va betob bo&#8217;lib qolish hech gap emas. O&#8217;rgimchaklarning insonga xavf soluvchi bir necha turi Avstraliyada yashaydi. Katta biylar va banan o&#8217;rgimchaklari chaqsa o&#8217;ldiradi deyishadi, ammo hozirgacha hech kimni o&#8217;ldirgan emas. Ular chaqqan joyda shish hosil bo&#8217;lishi va bir necha kun og&#8217;riq berib turishi mumkin. Aksariyat o&#8217;rgimchaklar inson uchun ari yoki qovog\u2019aridek xavf sololmaydi. Aslida, ko&#8217;pgina o&#8217;rgimchaklarni qo&#8217;lga ushlasangiz ham chaqmaydi. Demak, &#171;qora beva&#187;dan tashqari barcha o&#8217;rgimchaklar bilan o&#8217;zingizni to&#8217;la xatarsiz his etasiz. O&#8217;rgimchaklarning hayratga soladigan o&#8217;ziga xosligi, shubhasiz, ularning to&#8217;r to&#8217;qishidir. Tola ajralib chiqayotgan modda o&#8217;rgimchakning oshqozon a&#8217;zosidagi maxsus bezlarda paydo bo&#8217;ladi, so&#8217;ng bu modda oshqozon uchidagi ko&#8217;p mayda teshiklar orqali sizib chiqadi. Suyuq modda havoga chiqishi bilan qotadi. To&#8217;r tayyorlanadigan modda tarkibi o&#8217;rgimchak turiga qarab turlicha bo&#8217;ladi. O&#8217;rgimchak uyalari ham har xil, hatto suvostida bo&#8217;lishi mumkin!<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Dunyoda o&#8217;rgimchaklar uchramaydigan joyni topish amrimahol. Ularni dengiz sathida ham, Everest tog&#8217;larida ham, o&#8217;rmonu maysazorlarda, botqoqliklarda, sahroyu yerosti tuynuklarida ham ko&#8217;rish mumkin. Ko&#8217;p odamlar o&#8217;rgimchaklardan cho&#8217;chishadi, darvoqe, o&#8217;rgimchaklarning ba&#8217;zi turlari &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/qanday-orgimchaklar-zaharli\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":0,"parent":0,"menu_order":0,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","template":"","meta":{"footnotes":""},"class_list":["post-2055","page","type-page","status-publish","hentry","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/2055","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/pages"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/page"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=2055"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/2055\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":2056,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/2055\/revisions\/2056"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=2055"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}