{"id":2089,"date":"2021-09-26T06:44:41","date_gmt":"2021-09-26T03:44:41","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?page_id=2089"},"modified":"2021-09-26T06:44:42","modified_gmt":"2021-09-26T03:44:42","slug":"karakatitsa-nima","status":"publish","type":"page","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/karakatitsa-nima\/","title":{"rendered":"Karakatitsa nima?"},"content":{"rendered":"\n<p>Kanareyka boqqan odam borki, &#171;karakatitsa suyaklarini&#187; biladi. Ular, albatta, karakatitsaniki bo&#8217;ladi. Bu suyaklar kanareyka va boshqa xonadon qushlariga tumshuqlarini o&#8217;tkir qilish uchun beriladi. Shu hisobga olinmasa, biz karakatitsa haqida hech narsa bilmaymiz. Karakatitsa \u2014 baliq emas, mollyuska. Ular mollyuskalarning &#171;boshoyoqli&#187; guruhiga mansub. Bunday atalishiga paypaslagichlari yoki oyoqlarining og&#8217;iz atrofida joylashgani sabab bo&#8217;lgan. Bu guruhga sakkizoyoqlar ham kiradi. Karakatitsa anchayin g\u2019aroyib mavjudot. U suvda qalqonsimon badaniga birikkan bir necha suzgichlari yordamida mayin va shovqinsiz harakatlanadi. Ba&#8217;zan, harakatlanayotgan payti u paypaslagichlarining birinchi juftini ko&#8217;taradi. Karakatitsa o&#8217;ljasiga yaqin borib, kutilmaganda chaqchaygan ko&#8217;zlari ortidagi xumday boshida joylashgan qornidan ikkita uzun paypaslagichini otadi. U o&#8217;ljasini paypaslagichlari uchidagi so&#8217;rg&#8217;ichlari bilan o&#8217;ziga tomon, boshi atrofida joylashgan boshqa, kaltaroq so&#8217;rg\u2019ichli paypaslagichlari yetadigan masofagacha tortib keladi. Karakatitsalarning to&#8217;tiqushnikiga o&#8217;xshagan tumshug&#8217;i ham bor; agar o&#8217;ljasining chig\u2019anog&#8217;i qattiq bo&#8217;lsa, u tumshug\u2019i bilan chig&#8217;anoqni yoradi. Bordiyu karakatitsaning o&#8217;zi biror xavfdan qochib qutulmoqchi bo&#8217;lsa, u buning uddasidan chiqa oladi. U bunga &#171;sifon&#187; deb atalmish nayidan suvni tez chiqarib tashlash evaziga erishadi. Ayrim hollarda, u dushmaniga firib bermoqchi bo&#8217;lsa, suvni &#171;sepiya&#187; deb ataladigan to&#8217;q jigarrang suyuqligi bilan loyqalatadi. Aytgancha, mana shu sepiyadan inson ham foydalanadi: undan to&#8217;yintirilgan jigarrang pigment yoki bo&#8217;yovchi modda olinadi. Karakatitsa go&#8217;shtini quritib iste&#8217;mol qilish mumkin, karakatitsa terisi tagidagi chig&#8217;anoq suyagiga o&#8217;xshash suyagi un qilinadi va tish pastalarini tayyorlashda ishlatiladi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Kanareyka boqqan odam borki, &#171;karakatitsa suyaklarini&#187; biladi. Ular, albatta, karakatitsaniki bo&#8217;ladi. Bu suyaklar kanareyka va boshqa xonadon qushlariga tumshuqlarini o&#8217;tkir qilish uchun beriladi. Shu hisobga olinmasa, biz karakatitsa haqida hech &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/karakatitsa-nima\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":0,"parent":0,"menu_order":0,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","template":"","meta":{"footnotes":""},"class_list":["post-2089","page","type-page","status-publish","hentry","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/2089","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/pages"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/page"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=2089"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/2089\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":2090,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/2089\/revisions\/2090"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=2089"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}