{"id":2100,"date":"2021-09-26T08:09:48","date_gmt":"2021-09-26T05:09:48","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?page_id=2100"},"modified":"2021-09-26T08:09:49","modified_gmt":"2021-09-26T05:09:49","slug":"ozbekiston-respublikasi-davlat-mustaqilligining-umumxalq-tomonidan-maqullanishi","status":"publish","type":"page","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/ozbekiston-respublikasi-davlat-mustaqilligining-umumxalq-tomonidan-maqullanishi\/","title":{"rendered":"O\u2019zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining umumxalq tomonidan ma\u2019qullanishi"},"content":{"rendered":"\n<p>O\u2019zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi e\u2019lon qilinganidan keyingi tarixiy vaziyat shunday ediki, endi davlat, xalq o\u2019z taqdirini o\u2019zi belgilaydi, deb e\u2019lon qilish yetarli emas edi. O\u2019zbekistonning Davlat mustaqilligi bilan bog\u2019liq qonunlar tizimini yaratish zarur edi. Ayni paytda mustaqillik g\u2019oyasini ham faqat bir tomonlama \u2013 havoyi va yuzaki talqin qilib bo\u2019lmas edi. Binobarin, erishilgan mustaqillikni sobitqadamlik bilan mustahkamlash, buning uchun izchil kurashish lozim edi.<\/p>\n\n\n\n<p>O\u2019zbekiston erishgan istiqlolni mustahkamlashda xalq tomonidan uning ma\u2019qullanishini hisobga olib, mamlakatda referendum o\u2019tkazishga qaror qilindi. 1991 yil 18 noyabrda Oliy Kengash VIII sessiyasi O\u2019zbekiston Respublikasi referendumini o\u2019tkazish to\u2019g\u2019risida qaror qabul qildi. Shunga muvofiq 29 dekabrda: <em>\u201cSiz Oliy Kengash tomonidan O\u2019zbekiston Respublikasi mustaqil davlat deb e\u2019lon qilinishini ma\u2019qullaysizmi?\u201d<\/em> \u2013 mavzuida referendum o\u2019tkazishga katta tayyorgarlik ko\u2019rildi. Referendumni uyushqoqlik bilan o\u2019tkazish maqsadida Markaziy saylov komissiyasi 13 okrug, 7 ming uchastka saylov komissiyalarini tuzdi. Ular joylarda referendum o\u2019tkazish haqidagi Qonunning so\u2019zsiz bajarilishini ta\u2019minlash borasida katta tashkilotchilik olib bordilar. Umumxalq referendumiga 9 million 898 ming 707 kishi qatnashdi yoki saylov ro\u2019yxatiga kiritilganlarning 94,1 foizi qatnashdi. O\u2019zbekiston Respublikasining mustaqil davlat deb e\u2019lon qilinishini yoqlab 9 million 718 ming 155 kishi yoki referendumda qatnashganlarning 98,2 foizi ovoz berdi. Shuni aytish kerakki, referendum butun respublika hududida qonun asosida tashkiliy jihatdan uyushqoqlik, fuqarolarning yuksak siyosiy aktivligi bilan o\u2019tdi. Buni referendumda AQSh, Turkiya, Malayziya va boshqa mamlakatlardan kelgan betaraf kuzatuvchilar ham tasdiqladilar.<\/p>\n\n\n\n<p>O\u2019zbekiston mustaqil respublika deb e\u2019lon qilinishi faqat mamlakat xalqi emas, balki jahon jamoatchiligi tomonidan ham qoniqish bilan kutib olindi. Buni mustaqillik kunlarida O\u2019zbekiston Respublikasi Prezidenti nomiga kelgan tabriklardan ham bilsa bo\u2019ladi. Jumladan, Amerika Qo\u2019shma Shtatlarining o\u2019sha paytdagi Prezidenti Jorj Bush I.Karimov nomiga yuborgan telegrammada shunday deydi:<\/p>\n\n\n\n<p><strong>\u201cQadrli janob Prezident, SSSR tarqalgandan so\u2019ng, Sizning mamlakatingizda yuz bergan tarixiy o\u2019zgarishlar munosabati bilan shuni ma\u2019lum qilish menga qoniqish beradiki, Amerika Qo\u2019shma Shtatlari Hukumati O\u2019zbekistonni mustaqil davlat sifatida tan oldi\u201d.<\/strong><\/p>\n\n\n\n<p>Shuningdek, Shvetsiya Bosh vaziri Karl Bilodt o\u2019z telegrammasida:<\/p>\n\n\n\n<p><strong>\u201cShvetsiya hukumati nomidan Shvetsiya hukumati O\u2019zbekiston Respublikasini suveren va mustaqil davlat sifatida tan olish haqida qaror qilganligini ma\u2019lum qilishdan baxtiyorman.<\/strong><\/p>\n\n\n\n<p><strong>Shu munosabat bilan Shvetsiya hukumati nomidan O\u2019zbekiston xalqiga ezgu ishlarida muvaffaqiyatlar tilayman\u201d,<\/strong> &#8212; degan iliq istaklar bildiriladi.<\/p>\n\n\n\n<p>O\u2019zbekiston mustaqil davlat deb e\u2019lon qilingan kunning o\u2019zidayoq mustaqil davlat ayrim atributlarini joriy qilish yuzasidan amaliy choralar ko\u2019rildi. O\u2019zbekiston Respublikasining Davlat bayrog\u2019i to\u2019g\u2019risida, respublika gerbining nusxasi va Davlat madhiyasining musiqiy bayoni haqida maxsus qaror qabul qilindi. Unda Konstitutsiya komissiyasining ekspert guruhiga Davlat bayrog\u2019ining variantlari ustida ishlashni davom ettirish, Oliy Kengashning tegishli qo\u2019mitalariga Konstitutsiya komissiyasi ijodiy guruhi bilan hamkorlikda Davlat bayrog\u2019i, madhiyasi haqida qonun loyihalarini ishlab chiqib, navbatdagi sessiyaga taqdim etish topshirildi.<\/p>\n\n\n\n<p>O\u2019zbekiston davlat mustaqilligiga erishgach, o\u2019zining xalqaro talablar va me\u2019yorlar doirasida qiyofasini ko\u2019rsatmog\u2019i, buning uchun esa o\u2019zining butun imkoniyatlarini, o\u2019ziga xos jihatlarini ifodalovchi davlat ramzlariga ega bo\u2019lmog\u2019i lozim edi. Odatda ramzlar shunchaki ranglar yig\u2019indisidan iborat bo\u2019lgan shakllar emas, ular ayni ana shu davlatning va shu mamlakat fuqarolarining o\u2019zligidan kelib chiqmog\u2019i, qolaversa, davlat siyosatining mazmun mohiyatini o\u2019zida mujassam etmog\u2019i kerak.<\/p>\n\n\n\n<p>O\u2019zbekiston o\u2019z mustaqilligining dastlabki kunlaridanoq ana shu muhim siyosiy hodisaga alohida e\u2019tibor bilan qaradi. Chunki juda qisqa fursatda o\u2019z mustaqilligini qonun bilan mustahkamlab, uning jahon hamjamiyatida tan olinishini, shunday mamlakat borligi e\u2019tirof etilishining muhim yo\u2019llaridan biri sifatida qaradi. Bir qator yosh mustaqil mamlakatlarda turli siyosiy qarashlar jazavaga kelib, fikrlar chuvalashib, \u201ckalavaning uchi topilmay qolgan\u201d bir paytda O\u2019zbekiston o\u2019zining har bir kuniga va olis istiqboliga qat\u2019iy ishonch bilan qaradi. Shuning uchun ham u, eng avvalo, davlat ramzlarini qabul qilib, dunyoga ko\u2019z-ko\u2019z etib, uni tan oldirish yo\u2019lidan bordi. O\u2019zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining <strong>1991 yil 18 noyabrida<\/strong> bo\u2019lib o\u2019tgan VIII sessiyasi <em>\u201cO\u2019zbekiston Respublikasining davlat bayrog\u2019i to\u2019g\u2019risida\u201d<\/em> qonun qabul qildi.<\/p>\n\n\n\n<p>Shuni alohida ta\u2019kidlash kerakki, O\u2019zbekiston Respublikasining Davlat bayrog\u2019i mamlakatimiz hududida ilgari mavjud bo\u2019lgan g\u2019oyat qudratli saltanatlar an\u2019analariga mos keladigan ularning tuglari ifoda etgan g\u2019oyalarni davom ettiradigan, ulug\u2019 ajdodlarimizning aqida va maslaklariga mos keladigan, qarashlarini davom ettirgan holda millat tabiati va xalqimiz ruhiyatidan kelib chiqib, uning milliy va ma\u2019naviy jihatlarini ham o\u2019zida aks ettirmog\u2019i kerak edi.<\/p>\n\n\n\n<p><strong>Bayroqdagi havorang zangori osmon va musaffo suv ramzi. Moviy rang \u2013 lojuvard \u2013 sharqda azaldan qadrlangan. Amur Temur ham o\u2019z bayrog\u2019iga shu rangni tanlagan.<\/strong><\/p>\n\n\n\n<p><strong>Oq rang \u2013 tinchlik va poklik timsolidir. Yosh mustaqil davlat yo\u2019lining oq va beg\u2019ubor bo\u2019lishi uchun yaxshi niyat ifodasi.<\/strong><\/p>\n\n\n\n<p><strong>Qizil chiziqlar \u2013 bu har bir tirik jonning qon tomiri, unda jo\u2019sh urib turgan hayotiy kuch, tiriklik ramzi.<\/strong><\/p>\n\n\n\n<p><strong>Yashil rang \u2013 O\u2019zbekistonning saxovatli va tabarruk tuprog\u2019i, go\u2019zal tabiati timsoli.<\/strong><\/p>\n\n\n\n<p><strong>Yarim oy \u2013 o\u2019zbek xalqining ko\u2019p asrlik an\u2019analariga mos keladi. Yarim oy va yulduzlar musaffo osmon va tinchlikning ifodasidir.<\/strong><\/p>\n\n\n\n<p><strong>12 ta yulduz tasviri \u2013 qadimdan mukammallik, barkamollik timsoli.<\/strong><\/p>\n\n\n\n<p><strong>Xullas mamlakatimiz davlat bayrog\u2019i yurtimizning o\u2019tmishi, bugungi kuni va kelajagining yorqin ramzi bo\u2019lib qoldi.<\/strong><\/p>\n\n\n\n<p><strong>1992 yil 2 iyulda<\/strong> O\u2019zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining X sessiyasida \u201cO\u2019zbekiston Respublikasining davlat gerbi\u201d to\u2019g\u2019risida qonun qabul qilindi. Davlat gerbidagi har bir belgi chuqur ma\u2019noga ega.<\/p>\n\n\n\n<p><strong>Gerb markazidagi humo qushi-baxt saodat va erksevarlik ramzi.<\/strong><\/p>\n\n\n\n<p><strong>Gerbning yuqori qismidagi sakkiz qirrali yulduz respublikamizning sobit va barqarorligi timsoli sifatida tasvirlangan.<\/strong><\/p>\n\n\n\n<p><strong>Quyosh \u2013 davlatimizning yo\u2019li hamisha nurafshon bo\u2019lishi bildirilgan yaxshi niyat, ayni paytda u O\u2019zbekistonning noyob iqlimga ega mamlakat, serquyosh o\u2019lka ekanligini bildiradi.<\/strong><\/p>\n\n\n\n<p><strong>Boshoq \u2013 rizq-ro\u2019zimiz timsoli, to\u2019kin-sochinlik ifodasi.<\/strong><\/p>\n\n\n\n<p><strong>Oppoq paxta \u2013 O\u2019zbekiston dong\u2019ini dunyoga taratgan bebaho boyligimiz ramzi.<\/strong><\/p>\n\n\n\n<p><strong>Bug\u2019doy va paxta chanoqlarini Davlat bayrog\u2019i lenta bo\u2019lib o\u2019raganligi O\u2019zbekistonda yashayotgan xalqlar do\u2019stligi va yakdilligi ifodasi hisoblanadi.<\/strong><\/p>\n\n\n\n<p>Gerb rangli tasvirda bo\u2019lib, humo qushi kumush rangda, quyosh, boshoqlar, paxta chanog\u2019i va \u201cO\u2019zbekiston\u201d degan yozuvlar tilla rangda, g\u2019o\u2019za shoxlari, barglari va vodiylar yashil rangda, tog\u2019lar havo rangida, chanoqdagi paxta, daryolar, yarim oy va yulduz oq rangda, O\u2019zbekiston Respublikasining Davlat bayrog\u2019i tasvirlangan lenta to\u2019rt xil rangda berilgan. O\u2019zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1992 yil 10 dekabrida bo\u2019lib o\u2019tgan XI sessiyasida \u201cO\u2019zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi to\u2019g\u2019risida\u201dgi qonun qabul qilindi. Sessiyada shoir Abdulla Oripov va bastakor Mutal Burhonov tomonidan tayyorlangan madhiya varianti tasdiqlandi.<\/p>\n\n\n\n<pre class=\"wp-block-verse has-text-align-center\">Serquyosh hur o\u2019lkam, elga baxt najot,\r\nSen o\u2019zing do\u2019stlarga yo\u2019ldosh, mehribon.\r\nYashnagay to abad ilmu fan, ijod.\r\nShuhrating porlasin toki bor jahon!\r\n\r\nN a q o r a t:\r\n\r\nOltin bu vodiylar \u2013 jon O\u2019zbekiston\r\nAjdodlar mardona ruhi senga yor!\r\nUlug\u2019 xalq qudrati jo\u2019sh urgan zamon\r\nOlamni mahliyo aylagan diyor!\r\n\r\nBag\u2019ri keng o\u2019zbekning o\u2019chmas iymoni,\r\nErkin, yosh avlodlar senga zo\u2019r qanot!\r\nIstiqlol mash\u2019ali, tinchlik posboni,\r\nHaqsevar, ona yurt, mangu bo\u2019l obod!\r\n\r\nN a q o r a t:\r\n\r\nOltin bu vodiylar \u2013 jon O\u2019zbekiston\r\nAjdodlar mardona ruhi senga yor!\r\nUlug\u2019 xalq qudrati jo\u2019sh urgan zamon\r\nOlamni mahliyo aylagan diyor!\r<\/pre>\n\n\n\n<p>O\u2019zbekiston mustaqil davlat maqomiga ega bo\u2019lgan kundanoq dastlab mustaqillikka erishgan Boltiq bo\u2019yi respublikalari bilan teng huquqli davlat sifatida munosabat o\u2019rnatish uchun harakat boshladi. 1991 yilning 30 sentabrida respublika Oliy Kengashi Latviya, Litva va Estoniya respublikalari mustaqilligini e\u2019tirof etish to\u2019g\u2019risida qaror va shu respublikalar Oliy Kengashlariga Murojaatnoma qabul qildi. Jumladan, Latviya Respublikasining Oliy Kengashini, butun xalqini Latviya to\u2019la davlat mustaqilligiga erishganligi, u xalqaro ko\u2019lamda keng tanilganligi va Birlashgan Millatlar Tashkilotiga qabul qilinganligi bilan tabrikladi. Tabriknomada, jumladan, shunday so\u2019zlar bitilgan edi:<\/p>\n\n\n\n<p><strong>\u201cLatviya bilan O\u2019zbekiston o\u2019rtasidagi munosabatlar an\u2019anaviy do\u2019stlik ruhida bo\u2019lib, xayrixohlik va ikkala respublikaning suverenitetini tan olish prinsiplariga asoslanadi. Mustaqil O\u2019zbekiston bundan buyon teng huquqlilik va o\u2019zaro hurmat asosida har tomonlama iqtisodiy va madaniy aloqalarni sifat jihatidan yangi darajda davom ettirish niyatida.<\/strong><\/p>\n\n\n\n<p><strong>Latviya xalqiga mustaqil demokratik davlat qurilishida katta muvaffaqiyatlar, baxt va ravnaq tilaymiz\u201d.<\/strong><\/p>\n\n\n\n<p>Xuddi shu mazmundagi murojaatnomalar Litva va Estoniya Respublikalari Oliy Kengashlari nomiga ham yuborildi. Mustaqillik qo\u2019lga kiritilgan davrdan boshlab O\u2019zbekiston tarixida mutlaqo yangi davr boshlandi.<\/p>\n\n\n\n<p>O\u2019zbekiston o\u2019z suverenitetini qo\u2019lga kiritgandan so\u2019ng bu haqda respublika ichkarisida ham, uning tashqarisida ham ayrim kishilar turlicha qarashlarni ilgari surdilar. Jumladan: \u201cO\u2019zbekiston osongina, kurashsiz mustaqil bo\u2019lib oldi\u201d, &#8212; degan fikrlar paydo bo\u2019ldi. To\u2019g\u2019ri, 1991 yilning o\u2019rtalariga kelib sobiq SSSRning yemirilishi, Ittifoq hukumati esa boshqaruv jilovini qo\u2019ldan chiqarib yuborganligi tufayli mustaqillikka erishish uchun qulay tarixiy shart-sharoit paydo bo\u2019ldi. Biroq, tarixiy tajriba shuni isbotladiki, o\u2019ta murakkab rahbarlik siyosatining muhim jihatlaridan biri hal qiluvchi qadamni to\u2019g\u2019ri belgilash va qat\u2019iy harakat boshlashdan iborat.<\/p>\n\n\n\n<p>O\u2019zbekiston rahbariyati ana shunday donolik bilan harakat qildi, eng qulay paytdan dadillik bilan foydalanib, respublikaning davlat mustaqilligini e\u2019lon qildi.<\/p>\n\n\n\n<p>Mustaqillik bu in\u2019om emas, balki butun xalqning, millionlarning uzoq yillik intilishi tufayli qo\u2019lga kiritilgan tarixiy kurashning natijasi \u2013 buyuk g\u2019alaba. Zotan, O\u2019zbekisonning davlat mustaqilligiga ega bo\u2019lganligi buyuk tarixiy ahamiyatiga ega voqea hisoblanadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Birinchidan, shuni uqtirish lozimki, o\u2019zbek xalqi o\u2019z taqdirini o\u2019zi belgilash huquqiga ega bo\u2019ldi, xalq davlat hokimiyatining birdan-bir sohibi, egasi, xo\u2019jayini bo\u2019lib qoldi.<\/p>\n\n\n\n<p>Ikkinchidan, O\u2019zbekiston mustaqilligi respublikada adolatli, demokratik, insonparvar jamiyat qurish uchun yo\u2019l ochib berdi, o\u2019z milliy davlatchiligini barpo qilishga imkoniyat yaratdi.<\/p>\n\n\n\n<p>Uchinchidan, mustaqillik tufayli O\u2019zbekiston xalqaro miqyosda o\u2019zini tanitish, ayni choqda xalqaro huquq me\u2019yorlari asosida jahondagi barcha davlatlar bilan teng hamkorlik qilish imkoniyatini qo\u2019lga kiritdi. Jahon xaritasida O\u2019zbekiston yangi, yosh mustaqil davlat sifatida o\u2019z o\u2019rniga ega bo\u2019ldi.<\/p>\n\n\n\n<p>To\u2019rtinchidan, iqtisodiyotda tub o\u2019zgarishlar qilish uchun imkoniyat yaratildi. Ya\u2019ni jahon amaliyoti isbotlagan bozor iqtisodiyotiga o\u2019tish uchun sharoit barpo etdi. Mulkka munosabat tubdan o\u2019zgarib, jamiyatda yangi mulkdorlar sinfini shakllantirish uchun imkon ochildi.<\/p>\n\n\n\n<p>Beshinchidan, mustaqillik xalqning ma\u2019naviy uyg\u2019onishi uchun to\u2019la imkoniyat yaratdi. Yurt tarixi, qadimiy madaniyat tiklana boshladi. Xalqning azaliy urf-odatlar, ma\u2019naviy qadriyatlari unga qaytarib berildi. Dinga munosabat mutlaqo ijobiy tomonga o\u2019zgardi.<\/p>\n\n\n\n<p>Shunday qilib, qo\u2019lga kiritilgan mustaqillik o\u2019zbek xalqi tarixida tamoman yangi davrni boshlab berdi, milliy dunyoqarashda yangicha tafakkur shakllana bordi. Xalq yengil nafas olish imkoniyatiga ega bo\u2019ldi. U endi kelajakka ishonch bilan qaray boshladi. O\u2019z yurtining to\u2019la xo\u2019jayini ekanligini, o\u2019z taqdirini o\u2019zi belgilash imkoniyatini qo\u2019lga kiritganligini his qila boshladi. Bu buyuk olamshumul yutuq edi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>O\u2019zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi e\u2019lon qilinganidan keyingi tarixiy vaziyat shunday ediki, endi davlat, xalq o\u2019z taqdirini o\u2019zi belgilaydi, deb e\u2019lon qilish yetarli emas edi. O\u2019zbekistonning Davlat mustaqilligi bilan bog\u2019liq qonunlar &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/ozbekiston-respublikasi-davlat-mustaqilligining-umumxalq-tomonidan-maqullanishi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":0,"parent":0,"menu_order":0,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","template":"","meta":{"footnotes":""},"class_list":["post-2100","page","type-page","status-publish","hentry","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/2100","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/pages"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/page"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=2100"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/2100\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":2101,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/2100\/revisions\/2101"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=2100"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}