{"id":2106,"date":"2021-09-26T08:41:49","date_gmt":"2021-09-26T05:41:49","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?page_id=2106"},"modified":"2023-03-07T12:12:26","modified_gmt":"2023-03-07T09:12:26","slug":"ibtidoiy-odamlar-hayoti-bilan-bogliq-odatlar","status":"publish","type":"page","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/ibtidoiy-odamlar-hayoti-bilan-bogliq-odatlar\/","title":{"rendered":"Ibtidoiy odamlar hayoti bilan bog\u2019liq odatlar"},"content":{"rendered":"\n<p>Mustaqillik tufayli milliy ongimiz, tarixiy xotiralarimiz tiklanmoqda. Zero, istiqlolga erishganimiz bois biz o\u2019z boy tariximizni juda qadim zamonlardan \u2013 ming yilliklar qa\u2019ridan izlamoqdamiz. Olis o\u2019tmish ichiga qanchalik chuqur kirib borilsa, uni o\u2019rganish shunchalik qiyin bo\u2019ladi. Chunki uni tadqiq qilish uchun manbalar topish mushkullashadi. Shunday bo\u2019lsa-da, mavjud ma\u2019lumotlardan foydalanib va yangi manbalarni izlab, ularni mantiqiy tahlil qilib, o\u2019z ajdodlarimiz tarixini chuqur o\u2019rganib borishimiz zarur. Aks holda, tarixiy ongni tiklab bo\u2019lmaydi. Tarix \u2013 bizning tayanchimiz. Bu tayanchdan kuch olish uchun uni yaxshi bilish kerak. Biz tariximizni qanchalik qadrlasak, kelajagimiz shunchalik porloq bo\u2019ladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Ma\u2019lumki, eng qadimgi davrlarda odamlar to\u2019da-to\u2019da bo\u2019lib yashashgan. Bu ularga yirtqich hayvonlar, tabiiy ofatlarga qarshi kurashish, sovuqdan saqlanish kabilarda qo\u2019l kelgan. Har bir to\u2019daning o\u2019z boshlig\u2019i, yetakchisi bo\u2019lgan. Davrlar o\u2019tgan sari yetakchilar o\u2019zlari uchun ma\u2019lum bir imtiyozlar joriy qila boshlashgan. Bu esa to\u2019dada rahbarlikka da\u2019vogarlar sonini ko\u2019paytirgan. Bundan da\u2019vogarlar bilan yetakchi rahbar o\u2019rtasida tez-tez kelishmovchiliklar vujudga kela boshlagan. Ko\u2019pincha bu ziddiyatlar qon to\u2019kilishi, jang bo\u2019lishiga olib kelgan. To\u2019da rahbari bilan da\u2019vogarlar o\u2019rtasida maxsus janglar ham bo\u2019lib o\u2019tgan. Ba\u2019zida bu janglar juda a\u2019zolari uchun katta tomoshaga aylangan. Jangda mag\u2019lub bo\u2019lgan yana qayta rahbarlikka da\u2019vo qilmasligi uchun ko\u2019pincha o\u2019ldirilgan. G\u2019olib esa, to\u2019daga rahbarlik qilgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Bu kabi xunrezlik va tartibsizliklarga chek qo\u2019yish, hamda urug\u2019 ichidagi munosabatlarni tartibga solish maqsadida ibtidoiy jamoa tuzumida jamiyat a\u2019zolarining umumiy manfaatiga xizmat qiladigan odatlar joriy qilingan. Rahbarga so\u2019zsiz bo\u2019ysunish, ov qilib yoki yig\u2019ib-terib olingan narsalarni birgalikda baham ko\u2019rish, jamoada janjal chiqarganlarni jazolash kabi odatlar ibtidoiy davrdan paydo bo\u2019lgan. Bu davrlarda odat qonun vazifasini ham bajargan.<\/p>\n\n\n\n<p>Ma\u2019lumki, jamoa (urug\u2019, qabila) undagi erkak va ayollar o\u2019rtasidagi munosabatlar asosida rivoj topgan. Biroq bu munosabatlarning madaniylashish jarayoni oson kechmagan va u uzoq davom etgan. Masalan, oila va uning shakllanishida muhim o\u2019rin tutadigan to\u2019y marosimi vujudga kelguniga qadar yuz ming yillar o\u2019tgan bo\u2019lsa kerak.<\/p>\n\n\n\n<p>Quyida oila va to\u2019y marosimining paydo bo\u2019lishi va tadrijiy rivojlanib borishi jarayoni to\u2019g\u2019risida qisqacha to\u2019xtalamiz.<\/p>\n\n\n\n<p>Qadimshunoslarning ta\u2019kidlashicha, eng qadimgi davlarda erkak va ayollar o\u2019rtasidagi jinsiy aloqalar avval mavsumiy holda (jumladan, erta bahorda) sodir bo\u2019lgan. Odamning bosh miyasi rivojlanib, uning tabiiy (yovvoyi) ehtiroslari madaniylashgani sari uning jinsiy aloqa qilishi mavsumiyligi ham barham topa borgan va bu ish qulay vaqtlarda ham bajariladigan urf-odatga aylangan. Tarixiy manbalardan ma\u2019lumki, odamlar to\u2019da \u2013 katta jamoa bo\u2019lib yashagan davlarda, \u201cto\u2019dadagi barcha erkak va ayollar bir-biriga umumiy er-xotin hisoblangan\u201d. U davlarda jinslar orasidagi munosabatlarda muayyan tartib-qoida bo\u2019lmagan. Keyinchalik jinslar orasidagi mavsumiy aloqalar tartibga solinib, u muayyan tadbir shaklida uyushtirilgan. Bu xildagi mavsumiy tadbirlar keyinroq \u201cOrgaistik bayramlar\u201d deb nom olgan. Bu tadbir o\u2019tkaziladigan paytda barcha erkak va ayollarga jinsiy aloqa qilish uchun erkinlik berilgan. Bu bayram urug\u2019chilik va undan keyingi paytlarda, oila vujudga kelgan davlarda ham saqlanib qolgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Gerodot o\u2019zining \u201cTarix\u201d kitobida massagetlarning har biri bittadan ayolga uylanib, biroq ulardan birga foydalanishgan, deb yozgan. Ehtimol bu odat jamoa munoasabatlari avj olgan davrda oila qurish shakllanmagan zamonlarda yuz bergan bo\u2019lishi mumkin.<\/p>\n\n\n\n<p>Ibtidoiy jamiyatda bir urug\u2019 ichidagi erkak-ayolning jinsiy munosabatlari ko\u2019plab salbiy oqibatlarga, jumladan, mayib-majruh bolalar tug\u2019ilishiga olib kelgan. O\u2019zaro qarindoshlarning jinsiy loqalari tufayli bolalar nogiron bo\u2019lib tug\u2019ilishini payqagan rahbarlari avvalgi yaqin qarindoshlar (ona-bola, ota-qiz, aka-singil, opa-uka) o\u2019rtasidagi jinsiy aloqalarni taqiqlashgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Ona urug\u2019ining kelib chiqishi davrida ko\u2019pgina yangi urf-odatlar, shu jumladan, to\u2019p (guruhli) nikoh vujudga keldi. To\u2019p nikohning asosiy xususiyati shundn iborat ediki, bir urug\u2019ning barcha ayollari ikkinchi urug\u2019 erkaklariniki, ikkinchi urug\u2019ning erkaklari esa birinchi urug\u2019 ayollariniki bo\u2019lgan. Har ikkala urug\u2019 ayollarining o\u2019z urug\u2019idagi erkaklari bilan jinsiy qo\u2019shilishlari shu tariqa barham topdi (I. Sirojiddinov. \u201cNikoh to\u2019ylari qanday paydo bo\u2019lgan?\u201d \/\/ Saodat. 1990. \u211612. -24-25-betlar). Ko\u2019pgina urug\u2019larda ayollar boshqa urug\u2019dagi erkaklardan farzand ko\u2019rishlari lozimligi joriy etilgan. Natijada bunday \u201cekzogamiya\u201d odatlari insonning jismoniy takomillashuvida katta o\u2019rin tuta boshlagan. Endilikda esa bolalarni ma\u2019naviy tarbiyalash masalasi kun tartibida turgan. Chunki bu urug\u2019larda onasi voyaga yetkazgan bolalar o\u2019z otalari kim ekanligini bilmas ham edilar. O\u2019g\u2019il bolani tarbiyalashda tog\u2019alari katta yordam berishgan. Shu sababli, tog\u2019aning obro\u2019yi juda katta bo\u2019lgan. Bu odat keyingi davrlarda ham saqlanib qolgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Ma\u2019lum davrdan so\u2019ng onalar otalardan o\u2019z farzandini boqish, tarbiyalashni talab qilib, ularni ichkuyov shaklida urug\u2019da olib qolishga intilishgan. Bu odat kelgusida oilaning paydo bo\u2019lishiga asos bo\u2019lgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Matriarxat davrida ayollar jamiyatda yetakchi o\u2019rin egallashgan. Urug\u2019 boshlig\u2019i ayol bo\u2019lgan. Ayollar uy ishlari, ovqat tayyorlash, bola tarbiyalash ishlari bilan shug\u2019ullanishgan. Erkaklar esa, ayollarga bo\u2019ysunib, asosan ovchilik bilan mashg\u2019ul bo\u2019lishgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Tarixda erkak va ayollar nisbati doimo teng bo\u2019lavermagan. Ba\u2019zida erkaklar, boshqa davrlarda ayollar soni ko\u2019payib ketgan. Bu o\u2019ziga xos odatlarning shakllanishiga asos bo\u2019lgan. Tarixda ko\u2019p xotinlilik odatlari bo\u2019lganligi bizga ma\u2019lum. Biroq qadimda unga teskari udum &#8212; ko\u2019p erlilik ham bo\u2019lgan. Jumladan, mashhur arxeolog N. Tolstov o\u2019zining \u201cKo\u2019hna Xorazm\u201d (\u201cDrevniy Xorezm\u201d) degan asarida ko\u2019p erlilik haqida qiziqarli ma\u2019lumotlar beradi. Qadim zamonlarda bitta ayol bir yo\u2019l bir necha erkakka yoki aka-ukalarga turmushga chiqqan. Uning bosh eri &#8212; katta aka hisoblangan. O\u2019sha davrlarda ayolning eri qancha ko\u2019p bo\u2019lsa, uning obro\u2019yi shuncha baland bo\u2019lgan. Uning qancha eri borligini bosh ro\u2019molidagi o\u2019ram chiziqlaridan bilishgan. Albatta, bunday odatlar erkaklarga nisbatan ayollar kamayib ketgan davrlarda sodir bo\u2019lgan. Bunday davrlarda qiz ko\u2019rish omad hisoblangan. Biroq shunday davlar ham bo\u2019lganki, qizlar ko\u2019p tug\u2019ilib, jamiyatdagi muvozanat buzilgan. Ba\u2019zi urug\u2019larda buning oldini olish maqsadida vaxshiy odatlarni qo\u2019llashgan. Masalan, qadimiy arab qavmlarida qizlar ko\u2019p tug\u2019ilsa, kelgusida ular baxtiqaro bo\u2019ladi deb (ayniqsa, kasal, xunuk, mayib) qizlarni qabrga solib ko\u2019mishgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Tarixdan ma\u2019lumki, oilaning ilk shakllari turli joylarda turlicha xilda paydo bo\u2019lgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Yakka (juft) monogam oilaning vujudga kelishi insoniyat hayotida juda muhim kelishi insoniyat hayotida juda muhim voqea bo\u2019lgan. Chunki oilalarning paydo bo\u2019lishi urug\u2019chilik jamiyatini er-xotindan tashkil topgan kichik guruhlarga bo\u2019lib tashlagan va u \u201coilalar jamoasi\u201dni vujudga keltirgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Matriarxat davrida, odatda, qiz o\u2019ziga qayliq tanlagan. Lekin qiz o\u2019zi istagini hammaga bildirishi va tanlagan kuyovini barchaga tanishtirishi shart bo\u2019lgan. Ko\u2019pincha ana shu tanishtiruv paytida yoki undan so\u2019ng ziyofat berilgan. Bu xolning odatga aylanishi keyinchalik to\u2019y marosimining vujudga kelishiga turtki bo\u2019lgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Urug\u2019chilik davrida oila vujudga kelishi bilan to\u2019y marosimlarining ilk shakllari vujudga kelgan. To\u2019y butun jamoaning bayramiga aylanib ketgan. Qadimiy to\u2019ylarning diqqatga sazovor odatlari ko\u2019p bo\u2019lib, ularning biri &#8212; kuyov va kelinning turmush qurishga tayyorgarligini sinab ko\u2019rish bo\u2019lgan. Matriarxat davrida kuyov maxsus sinab ko\u2019rilgan. Kuyovni turmushda lozim bo\u2019ladigan ov qilish, o\u2019tin yorish, olov yoqish, olishish (jang) kabilar bo\u2019yicha qobiliyatlari sinab ko\u2019rilgan. Patriarxat davrida esa teskari jarayonlar ko\u2019zga tashlanadi. Kelin kiyim tikish, uy-ro\u2019zg\u2019orni tartibga solish, ovqat pishirish kabi layoqatlarini namoyon qilgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Shunday qilib, insoniyatning madaniylashuvi negizida jamiyatning ilk boshlang\u2019ich asosi &#8212; oila va uning paydo bo\u2019lishiga asos &#8212; to\u2019y marosimi vujudga kelgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Qadimiy davrda shakllangan an\u2019analardan biri &#8212; \u201cerkaklikka o\u2019tish\u201d marosimi bo\u2019lgan (Qarang: istoriya drevnego mira. &#8212; M.: \u201cProsvesheniye\u201d. 1979, s.54). Ko\u2019hna dunyo tarixiga oid tadqiqotlarda erkaklikka o\u2019tish tadbirlari &#8212; \u201cinitsiatsiya marosimlari\u201d deb nomlangan. Ko\u2019pgina xalqlarda bu marosim &#8212; katta hayotga o\u2019tish sinovi shaklida o\u2019tkazilgan. Mazkur tadbirlarda o\u2019spirinlar ov qilish, yirtqich hayvonlarga qarshi kurash, dushmanlar bilan jang qilish, tabiiy ofatlarni yengish kabilarga oid layoqatlarini namoyish etishgan. Bu marosimga o\u2019spirin uzoq tayyorgarlik ko\u2019rgan. Unda u o\u2019zining hayotga qanchalik tayyorligi va kuchini namoyish qilishga intilgan. Bu marosimda o\u2019spirin maxsus qiynoqlarga solinib ham sinalgan. O\u2019ziga xos bu \u201cimtihon\u201d dan o\u2019tmaganlar o\u2019limga mahkum etilgan. Erkaklikka o\u2019tish marosimidan so\u2019ng \u201cto\u2019y bola\u201d sunnat qilingan. So\u2019ngra u bolalik odatlarini tashlab, kattalarga qo\u2019shilgan. Ular bilan birga ovga borgan, jamoaning teng huquqli a\u2019zosiga aylangan. Keyinchalik bu marosimdan so\u2019ng, u uylanish huquqiga ham ega bo\u2019lgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Ibtidoiy odamlarning qadimgi odatlarini o\u2019rganishda tug\u2019ilish, ulg\u2019ayish kabilarni nisbatan, ularning o\u2019limiga oid ma\u2019lumotlarni ko\u2019proq topish mumkin. Chunki qadimdan saqlanib qolgan qabristonlarni o\u2019rganib, u davrdagi odamlarning dafn qilish odatlari haqida tasavvurga ega bo\u2019lish mumkin.<\/p>\n\n\n\n<p>Odam o\u2019lganidan so\u2019ng uni dafn qilish eng qadimgi odatlardan biridir. Selung\u2019ur g\u2019orida (bundan 700-500 ming yillar burun), Ko\u2019lbuloq makonida (bundan 500-150 ming yillar ilgari), Teshiktosh g\u2019orida (bundan 150-50 ming yillar burun) yashagan odamlar qabrlarini o\u2019rganish asoda ibtidoiy odamlar hayotida qanday odatlar bo\u2019lganligi haqida muayyan tushunchaga ega bo\u2019lish mumkin.<\/p>\n\n\n\n<p>Arxeologik qazilmalar qadim zamonlarda qabrlar ham, dagn qilish odatlari ham turlicha ekanligidan dalolat beradi:<\/p>\n\n\n\n<ol class=\"wp-block-list\" type=\"a\">\n<li>O\u2019lganlarni jarlarga yoki maxsus qazilgan katta qabrlarga birin-ketin ko\u2019mish odati bo\u2019lgan. Mazkur odat \u201cBu dunyoda birga edik, narigi dunyoda ham bir-birimizga yaqin bo\u2019laylik\u201d degan ma\u2019noda qilingan bo\u2019lishi mumkin. Natijada, ommaviy yoki guruhli qabrlar vujudga kelgan;<\/li>\n\n\n\n<li>Odam o\u2019lsa, u bulan birga unga tegishli narsa-ashyolar va hayvonlarni qo\u2019shib ko\u2019mish odati ham bo\u2019lgan. Bu narsalar va hayvonlar narigi dunyoda ham marhumga kerak bo\u2019ladi, degan umidda qilingan bo\u2019lishi mumkin;<\/li>\n\n\n\n<li>Eri o\u2019lsa uning xotini qurbon qilinib, so\u2019ng ularni birga ko\u2019mishgan. Bu bilan ular narigi dunyoda ham birga bo\u2019lishsin, degan ma\u2019noni anglash mumkin.<\/li>\n<\/ol>\n\n\n\n<p>Bunday odatlarning asl ma\u2019nosini endilikda tushunish qiyin. Ammo nega shunday qilinganligi to\u2019g\u2019risida taxmin qilish mumkin, xolos.<\/p>\n\n\n\n<p>Umuman, qadim zamonlarda ham odamlar marhumlar jasadini xor qilishmagan. Shunday bo\u2019lsa-da, arxeologik topilmalar tarixning muayyam davrlarida o\u2019lganlarni jar-chuqurliklarga olib borib tashlash, suvga oqizib yuborish, keng maydonlar, tepaliklar, tog\u2019 yonbag\u2019irlariga olib borib tashlash hollari ham bo\u2019lganligidan dalolat beradi. Bu hodisalarni turlicha tahlil qilish mumkin. Balki, jarlardan suyaklari topilgan marhumlar dushman askarlari yoki ashaddiy jinoyatchilar bo\u2019lgan bo\u2019lishi mumkin. Ehtimol, qadim ajdodlarimiz o\u2019shanday nafratga loyiq kimsalarni o\u2019ldirib, ularni ko\u2019mishni ep ko\u2019rmasdan jarlarga uloqtirishgan yoki suvga g\u2019arq qilishgandir.<\/p>\n\n\n\n<p>Ammo o\u2019lganlarni keng dala, tepalik, tog\u2019larga olib borib qo\u2019yish, ularning go\u2019shtlarini hayvon, qushlarga yem qilish va so\u2019ngra suyaklarini ossuariy &#8212; ostadon qutichalarga solib qo\u2019yish zardushtiylik diniga e\u2019tiqod qilingan davrlarda ham rasm bo\u2019lgan. Keyinchalik bu odat yo\u2019q qilingan. Bu borada \u201cAvesto\u201d da \u201cAhriman keldi-da, \u201cmurdalarni tuproqqa topshirishdek\u201d kechirilmas gunohni yaratdi\u201d, deb yozilgan (Avesto \/\/ \u201cGuliston\u201d. 1989. \u2116 1, 49-bet).<\/p>\n\n\n\n<p>Biz tarixdan ezgulik izlaymiz. Afsuski, tariximizda ezgulik barobarida vahshiylik ham o\u2019z izini qoldirgan. Afsonalardan ma\u2019lumki, ba\u2019zi qabilalar juda keksayib qolgan qariyalarni chekka, ovloq joylarga tashlab ketishgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Qadim rivoyatlardan birida bayon etilishicha, o\u2019g\u2019il qariya otasini qopga solib, yo\u2019lga tushadi. Yo\u2019lda charchab, bir katta daraxt soyasida dam oladi. Shunda qopdagi otasi: \u201cDashtga olib boruvchi yo\u2019l o\u2019rtasidagi daraxt soyasida dam olyapsanmi?\u201d &#8212; deb so\u2019raydi. &#8212; \u201cHa, shunday\u201d &#8212; deydi o\u2019g\u2019li. Chol \u201cqah-qah\u201d urib kuladi. O\u2019g\u2019li hayron bo\u2019lib: \u201cNega kulyapsiz?\u201d-deydi. \u201cGap shundaki, &#8212; deydi chol, &#8212; men ham senga o\u2019xshab otamni &#8212; sening bobogni dashtga olib chiqib tashlash uchun yo\u2019lga chiqib charchaganimda, aynan shu daraxt tagida dam olgan edim. \u201cQaytar dunyo!\u201d degani shu bo\u2019lsa kerak. Sen ham bir kun kelib qariysan. Shunda o\u2019g\u2019ling seni ham qopga solib, dashtga tashlab kelish uchun yo\u2019lga chiqqanda u charchab, shu yerda dam olsa kerak\u201d.<\/p>\n\n\n\n<p>O\u2019g\u2019il otasining bu so\u2019zi juda qattiq ta\u2019sir qiladi. O\u2019zini xayolan qopdagi ota o\u2019rniga qo\u2019yib ko\u2019radi. \u201cOtam bobomni dashtga olib borib tashlagan. Men ham shunday qilsam, o\u2019g\u2019lim ham meni xuddi shunday ko\u2019yga soladi\u201d, &#8212; deb otasini yana uyiga qaytarib olib kelgan ekan.<\/p>\n\n\n\n<p>Yana bir afsona bilan tanishib ko\u2019raylik:<\/p>\n\n\n\n<p>O\u2019sha zamonlarda qariyalarni uyda qoldirish mumkin emas ekan. Bir yigit otasini tashqariga chiqarmay, xavf paydo bo\u2019lganida uy ichidagi, sandiqqa bekitar ekan.<\/p>\n\n\n\n<p>Bir kuni podsho safarga chiqibdi. Yo\u2019lda ketayotib, ko\u2019lda yoqut borligini ko\u2019rib qolibdi. Podsho xizmatkorlarini birin-ketin chuqur ko\u2019lga tushirib, yoqutni olib chiqishni buyuribdi. Biroq ularning bittasi ham yoqutni topib chiqolmabdi. Bu voqeadan xabar topgan haligi yigit uyiga kelib, sandiqqa bekitib qo\u2019yilgan otasiga bo\u2019lgan voqeani aytib beribdi. Dono chol o\u2019ylab, masala nimada ekanligini topdibdi: \u201cKo\u2019l atrofida baland daraxt bo\u2019lishi kerak! O\u2019sha daraxt tepasida qush uyasi bo\u2019lishi kerak. Uya tagida esa qush keltirgan yoqut bor. Uning aksi ko\u2019l tomonda yaxshi ko\u2019rinib tursa ajab emas\u201d.<\/p>\n\n\n\n<p>Yigit ko\u2019l yoniga borsa, podsho yana ko\u2019plab odamlarni suvga tushirib, yoqutni olib chiqishga majbur qilayotgan ekan. Yigit podshodan o\u2019z omadini sinab ko\u2019rishga ruxsat so\u2019rabdi. Podsho rozi bo\u2019libdi. Yigit avval daraxtga chiqibdi, qush inidan yoqutni olib, o\u2019zini ko\u2019lga tashlabdi. So\u2019ng suvdan yoqutni olib, podshoga beribdi. Podsho yigitga qoyil qolib, buning sirini so\u2019rabdi. Shunda yigit podshodan bir qoshiq qonidan kechishini so\u2019rab, sandiqqa bekitib qo\u2019ygan otasi bu sirni aytganini bildiribdi. Shundan so\u2019ng podsho qariyaning aqliga qoyil qolib, keksalarni chetga olib borib tashlashni ta\u2019qiqlovchi farmon chiqaribdi.<\/p>\n\n\n\n<p>Qadimgi yunon tarixchigi Gerodot (miloddan avvalgi IV asr) massagetlarning dafn marosimi haqida shunday yozadi: \u201cOdam juda qariganda, qarindoshlari uni qurbon qilishadi va u bilan bir qo\u2019y yoki echkini ham so\u2019yib, ziyofat uyushtirishadi. Bu ularda eng baxtli o\u2019lim hisoblanadi. Kasallikdan o\u2019lganlarni yerga ko\u2019mishadi. Qurbonlik bo\u2019lguncha yashay olmaganlar, baxtsiz hisoblanadi\u201d. (\u201cIstoriya Uzbekistana v istochnikax\u201d. T.: \u201cFan\u201d. 1984, 54-55-betlar.) Bu odat qariyaning ruhi va tani boshqalarga o\u2019tib yashashi uchun qilingan, degan taxmin bor.<\/p>\n\n\n\n<p>Shuningdek, Gerodot, Issedon Uraldan Olbirga kuydiriladi, xoki dafn qilinib, marhum qancha dushmanni o\u2019ldirgan bo\u2019lsa, uning qabriga shuncha tosh qo\u2019yiladi va marhumning surati ishlanib, qilgan ishlari o\u2019yib yoziladi (N.M.Mallayev. \u201cO\u2019zbek adabiyoti tarixi\u201d. T.: \u201cO\u2019qituvchi\u201d. 1965, 80-bet).<\/p>\n\n\n\n<p>Ibtidoiy odamlar hayotidagi odatlarning ayrimlarini hozirgi paytda tushunish qiyin. Chunonchi qadimda nogironlarni o\u2019ldirish, qariyalarni chet joyga olib borib tashlash, murdalarni itlar, qushlarga yem qilish, marhum suyaklarini yig\u2019ib, ossuariyga solib qo\u2019yish, dushman terisidan anjomlar, kalla suyagidan idishlar yasash kabi odatlar bo\u2019lgani tarixdan ma\u2019lum.<\/p>\n\n\n\n<p>Tarixda bu kabi tushunish qiyin bo\u2019lgan odatlar bilan birga, hozir ibrat olsa bo\u2019ladigan udumlar ham juda ko\u2019p bo\u2019lgan. Jumladan, mardlik, jasurlik, vatanparvarlik, o\u2019limdan qo\u2019rqmaslik kabi ajdodlarimizga xos odatlar hozir ham ijobiy hodisa sanaladi. I asrda yashagan Rim tarixchisi Rufning yozishicha, asir tushgan so\u2019g\u2019diylarni qatl qilishmoqchi bo\u2019lishganida, ular o\u2019zini xursand, mardonavor tutib, bosqinchilarni qoyil qoldirar ekan.<\/p>\n\n\n\n<p>Umuman, tarixiy taraqqiyot jarayonida odamzotning yovvoyilik (vahshiylik)dan madaniylik tomon qadam qo\u2019yishida odatlar juda muhim o\u2019rin tutgan. Ibtidoiy jamiyatdan boshlab, kishilar o\u2019rtasidagi munosabatlar ravnaq topishi jarayonida inson, oila, jamoat hayoti bilan bevosita bog\u2019liq tartib, odat va marosimlar tizimi shakllana boshlaydi. Bu odat, marosimlar inson, oila va jamoaning rivojlanishiga juda katta ta\u2019sir ko\u2019rsatgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Tabiatda hamma narsa zarurat asosida paydo bo\u2019ladi. O\u2019simliklar dunyosi, butun jonli olam va \u201cbarcha mavjudotning sarvari &#8212; inson\u201d ham hayotiy zarurat asosida vujudga kelgan. Barcha mavjudotlar ichida Insonning yaxshi yashashga intilishi juda kuchli bo\u2019lgani uchun u tez rivojlanib ketgan. Yaxshi yashashga esa, mehnat qilish, kurashish, qiyinchiliklarni yengish natijasida erishiladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Yaxshi yashashga intilish ehtiyoji aqlni doimiy peshlash va ongli mehnat qilishni taqozo etadi. Ongli mehnat esa tajriba &#8212; ko\u2019nikmalarni paydo qiladi. O\u2019ylab, fikrlab, mulohaza yuritib mehnat qilganlar boshqalardan yaxshi yashaydi. Ongli mehnat asosida paydo bo\u2019lgan tajribalar asosiy harakatlarni ko\u2019nikmaga aylantirib, ishni yengillashtiradi, uni tez va soz bajarishga imkoniyat yaratadi. Ongli mehnat va tajriba har bir ishni qaytadan \u201cixtiro\u201d qilishdan saqlaydi. Mehnat tajribalaridan boshqalarning ham foydalanishi taraqqiyotga zamin bo\u2019ladi. Ongli mehnat asosida paydo bo\u2019lgan tajribalar asta-sekin ko\u2019nikma va odatlarga aylandi.<\/p>\n\n\n\n<p>Insonning o\u2019z ongli mehnati tufayli hayvonot dunyosidan ajralib chiqishida an\u2019analar (ko\u2019nikma va odatlar) muhim o\u2019rin tutgan. Yashash uchun kurash jarayonida odam qanchalik chuqur mushohada qilib mehnat qilsa, tajriba &#8212; an\u2019analardan yaxshi foydalansa, u shunchalik ko\u2019p muvaffaqiyatga erishgan. Yashash uchun kurash, mehnat qilish jarayonida paydo bo\u2019lgan ko\u2019nikma &#8212; tajribalar muayyan samaralar keltirib, mehnat an\u2019analari taraqqiyotiga zamin yaratgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Ma\u2019lumki, insonning ilk mashg\u2019uloti &#8212; terimchilik (yoki termachilik) bo\u2019lgan. Chunki inson ibtidoiy davrda tabiatning o\u2019zida mavjud bo\u2019lgan ne\u2019matlarni terib, yeb yurgan. Ibtidoiy odamlarning ongli mehnat jarayonida kashf etgan ish usullari, orttirgan tajribalari ko\u2019nikmaga aylanib, asta-sekinlik bilan mehnat qilish odati sifatida avloddan-avlodga o\u2019ta boshlagan. Mahoratli terimchilarning tajribalaridan boshqalar ham foydalanishgan. Mehnat tajribasi &#8212; an\u2019analarni o\u2019zlashtirmaganlar esa ko\u2019p ishlagan, vaqti ketgan, charchab toliqqan. Ular ko\u2019pincha och qolishgan. Keksa avlodning meva terish tajriba-odatlaridan foydalanish yosh avlodning vaqtini tejab, ishini yengillashtirgan. Mehnat an\u2019analarini shakllantirgan, uni saqlab, e\u2019zozlagan qabilalar tez taraqqiy etib borgan. Ibtidoiy odamlarning dov-daraxtlarning to\u2019kilgan mevalari, o\u2019simliklarning donlarini terish bilan mashg\u2019ul bo\u2019lishi bu sohaga oid odat, o\u2019yin-musobaqa, bazm-ziyofat, marosimlarni vujudga keltirgan. Ular quyidagicha shakllangan:<\/p>\n\n\n\n<p>Birinchidan, tabiiy oziqni izlab topgan odamlar mevalarni tezroq terib olishga harakat qilishgan. Kim ko\u2019p va tez meva terish ehtiyoji o\u2019ziga xos reflex &#8212; ko\u2019nikmani vujudga keltirgan. Shu tarzda termachilik ko\u2019nikma, tajriba va odatlarni shakllantirib borgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Ikkinchidan, qariyalar yosh bolalarga meva terishni o\u2019rgatishga harakat qilishgan. Chunki qariyalarga daraxtni shoxlarida turib, meva terish oson bo\u2019lmagan. Bolalarda esa bunday serharakat ishga moyillik bo\u2019lgan. Bundan foydalangan qariyalar bolalarga meva terishni o\u2019yin sifatida o\u2019rgatishgan va shu tarzda ularni mehnatga tayyorlashgan. Keyinchalik meva terish mashq emas, balki maxsus o\u2019yin-musobaqa sifatida ham tashkil qilingan.<\/p>\n\n\n\n<p>Uchinchidan, ibtidoiy odamlar o\u2019rtasida serhosil joylarni egallash uchun janglar bo\u2019lib turgan. Bunday janglar oqibatida qurbonlar ham ko\u2019p bo\u2019lgan. Asta-sekinlik bilan bu boradagi mojarolarni madaniy tarzda hal qilish yo\u2019llari izlangan. Dastlab, ikki urug\u2019 odamlari emas, balki sardor (oqsoqol)lar o\u2019zaro jang qilishgan. G\u2019olib o\u2019z jamoasi chegarasini belgilagan. Keyinchalik o\u2019lim tugaydigan janglar o\u2019rniga, sardorlarning madaniylashgan olishuvlari vujudga kelgan. Ana shu olishuvlar hozirgi milliy kurashlarning ibtidosi bo\u2019lgan.<\/p>\n\n\n\n<p>To\u2019rtinchidan, odamlar ongida, turmushidda madaniylashish chuqurlashgani sari ular muammoni urush-janjal orqali emas, tinch yo\u2019l bilan hal qilishga o\u2019tishgan. Shu maqsadda, bir urug\u2019 vakillarini mehmonga chaqirgan va umumiy vakillarini mehmonga chaqirgan va umumiy masalalarni hal qilishga intilgan. Mezbonlar o\u2019z fikrini faqat so\u2019z orqali ifodalash bilan kifoyalanmasdan, maxsus pantomima &#8212; harakat-raqs shaklida ham bildirishgan. Har bir harakatning o\u2019z ramziy ma\u2019nosi bo\u2019lgan. Mezbonlar fikrini anglagan mehmonlar ham javoblarini o\u2019yin-raqs shaklida ifodalashgan. Bunday tomoshaviy fikr almashish ijobiy yakunlanganda, mezbonlar ziyofat berishgan, bazm uyushtirishgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Gerodot massagetlarning terimchilik davridan qolgan o\u2019ziga xos bir marosimi haqida quyidagicha yozadi: \u201cUlar ba\u2019zi daraxtlarning mevalarini bir joyga to\u2019p-to\u2019p qilib uyishgan. So\u2019ng gulxan yoqib, uning atrofiga davra qurib o\u2019tirishgan va o\u2019sha mevalarni olovga tashlashgan. Keyin olovda yonib turgan mevalarni hidlab, ularning hididan, xuddi ellinlar vinodan mast bo\u2019lganiday kayf qilishgan. Olovga qancha ko\u2019p meva tashlansa, ularning kayf qilishi shuncha kuchaygan. Shunda ular o\u2019yinga tushib, qo\u2019shiq ayta boshlashgan\u201d. Bu marosim massagetlarda o\u2019yin, raqs, qo\u2019shiq aytish san\u2019ati ham rivojlanganidan dalolat beradi.<\/p>\n\n\n\n<p>Insonning \u201cikkinchi kasbi\u201d ovchilik bo\u2019lgan. Odamlar ovchilik bilan shug\u2019ullana boshlaganida ham bu sohaga oid ko\u2019nikma, tajriba, odatlarni o\u2019zlashtirib borishgan. Chunki busiz ijobiy natijaga erishish qiyin bo\u2019lgan. Darhaqiqat, ibtidoiy odamning ongli mehnati &#8212; ovi qanchalik samarali bo\u2019lsa, uning qorni shunchalik to\u2019q bo\u2019lgan. Ovi natija bermasa, u och qolgan, qiynalgan. Ovdan o\u2019lja bilan qaytgan ovchilar xursand bo\u2019lib, ov jarayonini imo-ishora, maxsus harakatlar bilan o\u2019yin shaklida takrorlashga harakat qilishgan. Natijada \u201cov o\u2019yinlari\u201d nomli tarixda o\u2019ziga xos ahamiyatga ega bo\u2019lgan madaniy tadbir vujudga kelgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Ibtidoiy odamlar hayotida \u201covchilik o\u2019yin\u201dlari alohida o\u2019rin turib, ular ovdan oldin hamda undan so\u2019ng ham o\u2019tkazilgan. Ovdan oldingi o\u2019yinlar ov oldi mashqi (ovga tayyorgarlikni tekshirish, ovga ruhiy va jismoniy shaylanish) vazifasini o\u2019tab, o\u2019ziga xos kichik jiddiy tadbir shaklida uyushtirilgan. Ov oldi mashqlarida odamlar o\u2019ljani qo\u2019lga olish, unga yaqinlashishni o\u2019rganishgan. Buning uchun niqob kiyib hayvon qiyofasiga kirish, uning yurish-turish va tovush chiqarishlarini mashq qilishgan. Bu o\u2019yinlarda yoshlar ham ishtirok etgan va ular ov qilishga o\u2019rgatilgan. Bu esa o\u2019ziga xos maktab vazifasini o\u2019tab, birinchidan, jamoa a\u2019zolarida ovchilik mahoratinining o\u2019sishiga yordam bergan, ikkinchidan, ularda taqlid qilish san\u2019atini shakllantirgan va rivojlantirgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Ovdan so\u2019nggi o\u2019yinlar esa ov muvaffaqiyatli tugagan paytdagina o\u2019tkazilgan. Negaki ovdan o\u2019lja bilan qaytish jamoani ochlikdan qutqazgan. To\u2019qlik tufayli xursandchilik, bazm-bayram qilish kayfiyati paydo bo\u2019lgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Ovchilik asosida chorvachilik shakllangan. Ovlangan hayvonlarni kelgusida ovqat sifatida iste\u2019mol qilish uchun boqib yurish chorvachilikka asos solgan. Shu tariqa asta-sekinlik bilan uy hayvonlarini boqish va ko\u2019paytirish tajribalari vujudga kelgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Chorvachilik bilan shug\u2019ullanish kishilar uchun oziq-ovqat (go\u2019sht, sut, tuxum) sifatida zarur bo\u2019lgan. Hayvonlarni ushlash, boqish, ko\u2019paytirishga oid mehnat mashg\u2019ulotlari vaqt o\u2019tishi bilan odatga aylangan. Masalan, sigir tuqqanida \u201ckelagay oshi\u201d qilish, buzoqni boqish (semirtirish), sigir sog\u2019ish (\u201cxush-xush\u201d), \u201cg\u2019unajinni qochirish\u201d, chorva mollarini so\u2019yib, qishga go\u2019sht mahsulotlarini tayyorlash odatlari odamlar orasida marosim darajasigacha ko\u2019tarilgan.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Mustaqillik tufayli milliy ongimiz, tarixiy xotiralarimiz tiklanmoqda. Zero, istiqlolga erishganimiz bois biz o\u2019z boy tariximizni juda qadim zamonlardan \u2013 ming yilliklar qa\u2019ridan izlamoqdamiz. Olis o\u2019tmish ichiga qanchalik chuqur kirib borilsa, &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/ibtidoiy-odamlar-hayoti-bilan-bogliq-odatlar\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":0,"parent":0,"menu_order":0,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","template":"","meta":{"footnotes":""},"class_list":["post-2106","page","type-page","status-publish","hentry","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/2106","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/pages"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/page"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=2106"}],"version-history":[{"count":8,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/2106\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":55321,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/2106\/revisions\/55321"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=2106"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}