{"id":2139,"date":"2021-09-26T14:48:53","date_gmt":"2021-09-26T11:48:53","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?page_id=2139"},"modified":"2021-09-26T14:48:55","modified_gmt":"2021-09-26T11:48:55","slug":"makedoniyalik-aleksandr-tajovuziga-qarshi-kurash","status":"publish","type":"page","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/makedoniyalik-aleksandr-tajovuziga-qarshi-kurash\/","title":{"rendered":"Makedoniyalik Aleksandr tajovuziga qarshi kurash"},"content":{"rendered":"\n<p>Podshoh Aleksandr miloddan avvalgi 334 va 333 yillarda Gallas-Pontdagi Granik daryosining bo\u2019yida, so\u2019ngra Issa shahrida Ahmoniylarning ustidan g\u2019alabaga erishadi. Shundan keyin u Kichik Osiyo, Suriya, Falastin, Finikiya va Misrni egallaydi. Miloddan avvalgi 331 yilda Mesopotamiyada Ahmoniylar qo\u2019shini yana mag\u2019lubiyatga uchratiladi. Shundan keyin Makedoniyalik Aleksandr tomonidan Bobil, Suzi, Persepol va boshqa Ahmoniylar qo\u2019l ostidagi joylar bosib olinadi. Podshoh Doro III esa qochishga majbur bo\u2019ladi. U nafaqat katta boyliklardan, balki qo\u2019shinning talay qismidan mahrum bo\u2019ladi. Mana shunday nihoyatda og\u2019ir vaziyatda Doro III qo\u2019rqoqlik, ojizlikda ayblanib, qarindoshi Bess tomonidan o\u2019ldiriladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Bess o\u2019zini Ahmoniylar davlatining hukmdori deb e\u2019lon qiladi. Miloddan avvalgi 329 yilda Aleksandr Baqtriyani egallab, Bessni asir oladi. U maxsus yig\u2019in tashkil etib, Bessni unga xizmat qilishi haqidagi so\u2019rovini aytib: \u201cO\u2019zining hukmdoriga xoinlik qilib, uni o\u2019ldirgan Bessga ishonmasligini ma\u2019lum qiladi hamda uni o\u2019z hukmdoriga xoinlikda ayblab o\u2019limga mahkum etadi\u201d. Burni kesilib ikki oyog\u2019i egilgan ikki daraxtning uchiga bog\u2019lanadi. Shu tariqa uning tanasi o\u2019rtadan ikkiga ajratib tashlangan.<\/p>\n\n\n\n<p>Aleksandr qayerni bosib olsa, shu yerning aholisini qirib tashladi, boyliklarini taladi. Miloddan avvalgi 329 yilda Aleksandr Samarqandni bosib oladi. Bu yerda u harbiy garnizon va atrof joylardagi qishloqlarni yondiradi. So\u2019ngra u harbiy yurishni davom ettirib, Samarqand bilan Xo\u2019jand oralig\u2019idagi Usrushanga kelganda vatan himoyachilari bilan to\u2019qnashgan. Bu yerda shunday qattiq jang bo\u2019ldiki, 30 ming kishilik vatan himoyachilaridan 22 mingtasi halok bo\u2019ldi. Hatto bu jangda Aleksandrning o\u2019zi jarohatlandi. U Usrushanliklarni vahshiylarcha bo\u2019ysundirgandan keyin Sirdaryo bo\u2019ylab yurishni davom ettiradi. Bu yerda joylashgan yettita shaharning aholisi Aleksandrga qarshi bosh ko\u2019tarib mustaqillik uchun kurashdilar. Ayniqsa Kripol shahrida vatan himoyachilari bilan bosqinchilar o\u2019rtasida qattiq jang bo\u2019lib tub aholidan 8 ming kishi halok bo\u2019ladi. Ko\u2019p kishilar yaralandi. Dushman askarlari katta talafot ko\u2019rdi. Lekin ular g\u2019alabaga erishdilar. Bu yerda ham Aleksandr jarohatlangan edi. U bundan g\u2019azabga to\u2019lib toshib aholining ko\u2019pini qirib tashladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Bu vaqtda Baqtriya va Samarqandda bosqinchilarga qarshi umumxalq qo\u2019zg\u2019oloni ko\u2019tarildi. Unga Spitamen degan shaxs boshchilik qildi. Miloddan avval 329 yilda boshlangan bu qo\u2019zg\u2019olon shu darajada kuchli bo\u2019lganki, hatto qudratli podshoh Aleksandrni ham sarosimaga solib qo\u2019ygan. U qo\u2019zg\u2019olonchilar tomonidan Samarqandni qamal qilinganligini eshitib, ularga qarshi qo\u2019shin jo\u2019natadi. Qo\u2019shin yaqinlashganda Spitamen Samarqanddan cho\u2019l tomonga chekinadi. Qo\u2019shin qo\u2019zg\u2019olonchilarning orqasidan yurib jang qilishga da\u2019vat etadi. Ammo Spitamen qo\u2019shinni jo\u2019rtaga cho\u2019l ichkarisiga yaqinlashtiradi. So\u2019ngra unga hujum qilib qirib tashlaydi. Shundan keyin Spitamen Samarqanddagi dushmanning harbiy garnizonini qayta qurshab oladi. Shu bois Aleksandr katta qo\u2019shin bilan Samarqandga yo\u2019l oladi. Spitamen jang qilishdan bosh tortib cho\u2019lga chekinadi. Ammo Aleksandr cho\u2019lning ichkarisiga kirib urushishning xavfsizligini anglab, Spitamen bilan to\u2019qnashishdan bosh tortadi. Biroq u yo\u2019ldagi tub aholini qoldirmay qirib tashlash haqida farmon beradi. Shunisi diqqatga sazovorki, o\u2019limga hukm etilgan 30 ta nufuzli kishilar o\u2019lim jazosi bajarilayotganda ashula aytganlar. Dushmanlar ularning bunday mardligi va jasoratidan hayratlanganlar. Qo\u2019zg\u2019olondan g\u2019azablangan Aleksandr Zarafshon vodiysida kechayu kunduzi bilan odamlarni qirish bilan shug\u2019ullandi. Uning askarlari 120 ming tub aholini boshini tanasidan judo etdilar. Ko\u2019p shahar va qishloqlarning nomigina qolib, aholisi halok etildi. Bunday qilishdan asosiy maqsad ozodlik kurashlarini ildizi bilan qo\u2019porib tashlash hamda o\u2019lkada greklarni joylashtirish uchun sharoit yaratish edi. Shuning uchun ham mintaqada greklar yashaydigan qator shaharlar bunyod etilgan edi. Aleksandr miloddan avval 329-328 yilning qishini Baqtriyada o\u2019tkazadi. Bu yerga Xorazm podshohi Farasman nomidan elchi tashrif buyurib Aleksand bilan do\u2019stlik aloqalarini o\u2019rnatish va unga Qora dengiz tarafiga harbiy yurishda yordam berish istagini bildirdi. Aleksandr bu taklifni mamnuniyatlik bilan qabul qilib, Hindistonga harbiy yurishida Xorazm yordamidan foydalanishini ma\u2019lum qildi. Bu yerda shuni aytish lozimki, Xorazm podshohi bosqinchilarning kuch-qudratini hisobga olib murosa qilishni lozim topdi. Natijada Xorazm o\u2019z mustaqilligini saqlashga erishdi.<\/p>\n\n\n\n<p>Miloddan avvalgi 328 yilning bahorida Aleksandr yana Samarqandga kelib uning atrof joylarida yashiringan qo\u2019zg\u2019olonchilarga qarshi kurashdi. Shundan so\u2019ng u Spitamenni ushlash uchun harbiy qismni jo\u2019natadi. Ammo Spitamen 600 otliq askarlar bilan to\u2019satdan Baqtriyada paydo bo\u2019lib harbiy garnizonga hujum qiladi. U qo\u2019shimcha dushman askarlarini kelayotganligini eshitib, cho\u2019lga chekinadi. Bu yerdan u yana Samarqandga hujum qiladi, lekin 800 kishini yo\u2019qotib chekinishga majbur bo\u2019ladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Xullas, vatan himoyachilari Spitamen boshchiligida mustaqillikni tiklash uchun fidokorona jang qildilar. Ammo ular muntazam va yaxshi qurollangan qo\u2019shinga bardosh berolmay pirovardida tor-mor etiladi. Vatan himoyachilarining asosiy qismini esa harbiy mahoratni yaxshi o\u2019zlashtirmagan oddiy kishilar tashkil etgan edi. Bu ozodlik kurashini yengilishiga olib kelgan asosiy omillardan biri edi. Ayrim ma\u2019lumotlarning ko\u2019rsatishicha, Spitamen uyqudaligida xotini o\u2019ldirib, kallasini Aleksandrga yuborgan. Bu holat ham bosqinchilarga qarshi kurashga qattiq zarba bo\u2019lib tushgan. Shuningdek ayrim yuqori tabaqa vakillari shaxsiy manfaatlarini ko\u2019zlab dushmanga xizmat qildilar. Bu xoinlik ham Aleksandr g\u2019alabasini ta\u2019minlashda muhim o\u2019rin egalladi. Ammo xalq ommaviy ravishda Aleksandr tajovuziga qarshi qahramonona kurashib vatanparvarlik namunalarini namoyish etdi. Ozodlik kurashi shu darajada qizg\u2019in tus oldiki, Aleksandrga o\u2019z hukmronligini o\u2019rnatish uchun uch yil (329-327) vaqt sarfladi. U miloddan avvalgi 323 yilda vafot etadi. Shundan keyin uning tuzgan imperiyasi Makedoniya, Misr va Suriyadan iborat uch qismga bo\u2019linib ketadi. Ayni paytda merosxo\u2019r bo\u2019lmaganligi uchun hokimiyat lashkarboshilar o\u2019rtasida taqsimlanadi. Ulardan biri Selevka Bobil mamlakati (Bobil) va uning sharqiga joylashgan mamlakatlarga ega bo\u2019ldi. U Eron va Turkistonni ham qo\u2019l ostiga oladi. Shundan keyin bu yerda ham Selevkiylar sulolasi hukmronlik qilib, xalqni ezib, \u201csuvi\u201dni ichadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Qang\u2019ilar makedoniyalik Aleksandr va Selevkiylarning tajovuzi va hukmronligiga qarshi qattiq qarshilik ko\u2019rsatganlar. Ular jangovar xalq bo\u2019lganliklari tufayli bosqinchilar qanchalik harakat qilmasin baribir ularni bo\u2019ysindira olmadilar. Aksincha Qang\u2019i qabilalari bosqinchilarga qarshi kurash jarayonida o\u2019zlarini mustaqil davlatini tashkil etdilar. Miloddan avvalgi uchinchi asrning o\u2019rtalarida Grek-Baqtriya va Parfiya singari mustaqil davlatlar yuzaga kelib selevkiylar hukmronligi tugatildi.<\/p>\n\n\n\n<p>Grek-Baqtriya davlati Turkiston, Afg\u2019oniston, Hindiston kabi mamlakatlarda hukmronlik qildi. Afg\u2019onistondagi Mozori Sharif atrofidagi Baqtriya shahri uning poytaxti edi. Aytish lozimki Grek-Baqtriya davlatini greklar boshqarib, ularning tili davlat tili hisoblangan. Eradan oldingi 70-yillarda Qang\u2019 davlati Sug\u2019d va Amudaryogacha bo\u2019lgan yerlarni hamda Toshkent vohasini Grek-Baqtriyadan tortib olgan edi. Natijada grek va makedoniyaliklarning hukmronligiga qaqshatqich zarba beriladi. Miloddan avvalgi II asrning ikkinchi yarmida saklarning qavmlarini bir qismi \u2013 yuechji qabilalari Grek-Baqtriya davlatini tamomila tor-mor etdilar. Eradan avvalgi I asrning oxirida yuechjilarning Guyshon (Kushon) xonadoniga mansub kishilar hokimiyatni qo\u2019lga olib Kushon imperiyasini tuzdilar. Bu mahalliy davlat Turkistonning ko\u2019p viloyatlarini, sharqiy Turkistonni, Afg\u2019onistonni va shimoliy Hindistonni o\u2019z ichiga olgan. Samarqand viloyatiga qarashli Kattaqo\u2019rg\u2019on Kushon imperiyasining poytaxti edi. Ammo, keyin poytaxt shimoli-g\u2019arbiy Hindistondagi Peshovar shahriga ko\u2019chirildi. Imperiya I-IV asrlarda, ya\u2019ni to\u2019rt asr hukm surib, Turkiston tarixida salmoqli o\u2019rin egalladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Umuman aytganda grek va makedoniyaliklar Turkistonda ozodlik kurashlariga zarba berib 180 yildan ortiq hukmronlik qildilar. Bu hisobga 100 yildan ortiq hukm surgan Grek-Baqtriya davlatining hukmronligi ham kiradi. Garchand bu davlat selevkiylarning sirtmog\u2019idan chiqib, mustaqillikni qo\u2019lga kiritgan bo\u2019lsa-da, lekin hokimiyat greklarning qo\u2019lida edi. Grek tili davlat tili hisoblangan. Agar Ahmoniy davlatining 200 yildan ortiq hukmronligiga yuqorida keltirilgan 180 yil raqami qo\u2019shilsa, u vaqtda umumlashtirilganda Turkiston zamini 400 yil atrofida xorijiy bosqinchilarning panjasida hayot kechirgan. Mana shu to\u2019rt asr mobaynida o\u2019lka siyosiy, iqtisodiy va madaniy jihatdan inqirozni boshidan kechirdi. Bunga mustaqillik va ozodlikning yo\u2019qotilishi, qattiq zulm va boyliklarning talanishi sabab bo\u2019ldi. Ammo hech qanday qirg\u2019in-barot, nazorat va ta\u2019qiblar xalqning ongi va qalbidagi mustaqillik va ozodlik g\u2019oyalarini qo\u2019porib tashlay olmadi. Natijada ozodlik kurashlari so\u2019nmay davom etaverdi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Podshoh Aleksandr miloddan avvalgi 334 va 333 yillarda Gallas-Pontdagi Granik daryosining bo\u2019yida, so\u2019ngra Issa shahrida Ahmoniylarning ustidan g\u2019alabaga erishadi. Shundan keyin u Kichik Osiyo, Suriya, Falastin, Finikiya va Misrni egallaydi. &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/makedoniyalik-aleksandr-tajovuziga-qarshi-kurash\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":0,"parent":0,"menu_order":0,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","template":"","meta":{"footnotes":""},"class_list":["post-2139","page","type-page","status-publish","hentry","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/2139","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/pages"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/page"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=2139"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/2139\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":2140,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/2139\/revisions\/2140"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=2139"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}