{"id":2142,"date":"2021-09-26T15:24:37","date_gmt":"2021-09-26T12:24:37","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?page_id=2142"},"modified":"2021-09-27T20:09:41","modified_gmt":"2021-09-27T17:09:41","slug":"xalifalikning-harbiy-yurishlari","status":"publish","type":"page","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/xalifalikning-harbiy-yurishlari\/","title":{"rendered":"Xalifalikning harbiy yurishlari"},"content":{"rendered":"\n<p>632 yilda Payg\u2019ambarimiz Muhammad sallollohu alayhi vassalam vafotidan keyin uning eng yaxshi safdoshlaridan biri Abu Bakr xalifalik taxtiga o\u2019tiradi. U 632-634 yillarda mamlakatni boshqaradi. Undan keyin Umar (634-644), Usmon (644-656), Ali (656-661) taxtni egalab harbiy yurishlarni qizitib yuboradilar. Xalifa askarlari 634 va 642 yillarning orasida Misrni egalladilar. 633-634 yillarda Mesopotamiyadagi Xir shahri bosib olindi hamda Suriyaga qarshi harbiy yurish uyushtirildi. Hatto Vizantiya qo\u2019shiga zarba berildi. Suriya va Falastin ham bo\u2019ysundirildi. Shu tariqa arab xalifaligi borgan sari kuchayib, jahon davrasida salohiyatli o\u2019rinni egallab bordi. 651 yilda xalifalik qo\u2019shini bir qator janglardan keyin Eronni bosib oldi. Bu yerga ko\u2019p arablar o\u2019rnashib islom dinini targ\u2019ibot qildilar. Natijada mamlakatda asrlar mobaynida hukm surayotgan zardo\u2019sht (otashparastlik) dini tobora siqib chiqarildi. Arab tili davlat va ilm-fan tili sifatida namoyon bo\u2019ldi. Pirovardida Eron islom dinini Turkiston va boshqa mamlakatlarga tarqalishida muhim o\u2019rin egalladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Xalifa hukmdorlari Erondan keyin Turkistonni egallash uchun harakatni boshlab yubordilar. Arab qo\u2019shini 651 yilda Marv shahrini egaladi. Shundan keyin ular Amudaryoni kechib o\u2019tib, bir necha marotaba o\u2019lkaning ichki tomonlariga harbiy yurishlarni uyushtirganlar. Bu vaqtlarda Erondagi Xuroson viloyatida arablarning qarorgohi tashkil etilib, u yerga 50 ming arab ko\u2019chirib keltirilgan edi. Bular qo\u2019shinning asosini tashkil etib, bosqinchilik urushlarini olib borganlar. Xurosonning poytaxti Marv shahri edi. Xuddi mana shu joydan Turkistonga hujumlar uyushtirilib turilgan. Bularga Xuroson viloyatining hokimlari boshchilik qilganlar. Ulardan biri \u2013 Ubaydulloh ibn Ziyod Buxoroga hujum qilganda qattiq jang bo\u2019lgan. Bu Narshaxiy asarida quyidagicha ta\u2019riflangan: \u201cArab qo\u2019shini Jayhun daryosidan o\u2019tib Buxoroga kelgan vaqtda Buxoro podshohi, o\u2019g\u2019li Tag\u2019shoda kichik yoshli bo\u2019lganligi tufayli, bir xotin kishi edi. Ubaydulloh ibn Ziyod Paykand va Romitanni olib ko\u2019p kishilarni asir qildi. To\u2019rt ming buxorolik asirni shaxsan o\u2019ziga oldi. Bu voqea ellik uchinchi yilning oxiri va ellik to\u2019rtinchi yilning boshida (noyabr-dekabr 673) bo\u2019lgan edi. U Buxoro shahriga yetgach, askarlarini saf qilib, palahmonlarni shaharga to\u2019g\u2019rilab qo\u2019ydi. Xotin turklarga odam yuborib, ulardan yordam so\u2019radi hamda Ubaydulloh ibn Ziyodga ham odam yuborib yetti kun muhlat talab qildi va: \u201cMen sening itoatingdaman\u201d, &#8212; deb ko\u2019p hadyalar yubordi. Shu yetti kunda turklardan yordam kelmagach, Ubaydulloh ibn Ziyodga qaytadan odam yuborib, yana yetti kun muhlat so\u2019radi. (Nihoyat) turk lashkari yetib keldi va boshqalar ham yig\u2019ilishib lashkar ko\u2019paydi; ko\u2019p urushlar qildilar va oxiri kofir (vatan himoya)lari yengilib qochdilar, musulmonlar (arablar) ularning orqalaridan borib ko\u2019plarini o\u2019ldirdilar. Xotin qal\u2019aga kirdi. U (yig\u2019ilib kelgan) lashkarlar o\u2019z viloyatlariga qaytdilar. Musulmonlar qurol, kiyim-kechak, tilla va kumushdan ishlangan narsalar va asirlardan iborat ko\u2019p o\u2019ljani qo\u2019lga kiritdilar. Ular Xotin (hukmdor)ning bir poy etigini ham paypog\u2019i bilan topib oldilar. Etik va paypoq tilde ishlatib tikilgan va qimmatbaho toshlar bilan bezatilgan edi, baho qilganlarida ikki yuz ming dirham turdi\u201d.<\/p>\n\n\n\n<p>Ko\u2019rinib turidiki, Buxoroda bosqinchilar bilan vatan himoyachilari o\u2019rtasida urushlar bo\u2019lgan. Shubhasiz ko\u2019p odamlar o\u2019ldirilgan yoki jarohatlantirilgan. Ularning g\u2019alaba qilishining sababi shundan iborat bo\u2019lganki, o\u2019lkada tarqoqlik va parokandalik hukm surib, davlat ancha zaiflashib, turk hoqonligi inqirozni boshidan kechirayotgan edi. Ammo shunga qaramay arab istilochilari asosan turk xoqonligi bilan ko\u2019p yillar mobaynida kurash olib bordi. Buxoro hukmdori \u2013 Xotin, ya\u2019ni ayol kishi jang maydonlarida bevosita qatnashganki, bosqinchilar uning qimmatbaho etigini o\u2019ljaga olganlar. To\u2019rt ming kishini asirga olinishi shu haqda guvohlik beradiki, vatan himoyachilarining soni ancha ko\u2019p bo\u2019lib, ona-yurt mustaqilligini saqlash umumxalq kurashiga aylangan.<\/p>\n\n\n\n<p>Ubaydulloh ibn Ziyod g\u2019alaba qozongandan keyin uning \u201cFarmoni bilan daraxtlarni kesdilar, qishloqlarni vayron qildilar, shahar ham xatarda edi; Xotin odam yuborib omon tiladi, bir million dirham barobariga sulh tuzildi. (Xotin) mol yubordi. Ubaydulloh ibn Ziyod molni olib qaytdi va mazkur to\u2019rt ming buxorolik asirlarni ham o\u2019zi bilan olib ketdi\u201d.<\/p>\n\n\n\n<p>Aftidan Ubaydulloh ibn Ziyod garchand g\u2019alabaga erishgan bo\u2019lsada, lekin shahar ichidagi Xotin yashiringan qal\u2019ani zabt eta olamagn. Xotin bu yerdan turib u bilan sulh tuzgan va belgilangan boylikni yuborgan. Bosqinchilar yarog\u2019-aslaha, oltin, kumush, kiyim va ko\u2019p asirlarni olib orqaga qaytganlar. Xuroson viloyatining hokimi etib tayinlangan Sayd ibn Usmon ham Buxoro va boshqa joylarga bostirib kiradi. U 676 yilda Buxoroda Samarqand, Shahrisabz va Qarshidan kelgan 120 ming kishilik vatan himoyachilari bilan jang qiladi. Ammo samarqandliklar nima uchundir jang maydonini tashlab ketganlar. Aftidan o\u2019zaro chiqishmovchilik orqasidan samarqandliklar Buxorodan chiqib ketganlar. Natijada bosqinchilar ustun kelib, Xotin podshohni sulh tuzishg va tovon to\u2019lashga majbur etadilar. Garov sifatida 80 buxorolik nufuzli kishilar Sayd ibn Usmon qo\u2019liga topshiriladi. Sayd ibn Usmon Buxoroni bosib olgandan keyin Samarqandga borib urushni davom ettiradi. \u201cShunday qilib, &#8212; deyiladi Narshaxiy asarida, &#8212; Sayd Buxoro ishlaridan forig\u2019 bo\u2019lgach, Samarqand va So\u2019g\u2019dga borib ko\u2019p janglar qildi va zafar uning tomonida bo\u2019ldi. U vaqtda Samarqandda biror podshoh yo\u2019q edi. Sayd Samarqanddan o\u2019ttiz ming kishini asir qilib, ko\u2019p molni qo\u2019lga tushirib (qaytdi). U Buxoroga yetib kelganida Xotin odam yuborib: \u201csog\u2019-salomat qaytib kelding, endi garov (80 kishi)ni bizga qoldirib ket\u201d, &#8212; dedi. Sayd esa \u201cHali sendan xotirjam bo\u2019lganim yo\u2019q, toki Jayhundan o\u2019tgunimcha qo\u2019yatur\u201d, &#8212; dedi. Nishopurga yetganida \u201cKufaga yetib olay\u201d, &#8212; dedi va undan Madinaga olib ketdi. Madinaga yetgandan keyin, Sayd g\u2019ulom (qullari)ga buyurib (u garovga berilgan odamlarning) qilich va kamarlarini yechtirdi va ularda bor bo\u2019lgan kimxob kiyimlar, tilla va kumushlarning hammasini oldirdi. Kiyimlar evaziga ularga sholcha (kiyim)lar berib ekin ekish ishlariga band qilib qo\u2019ydilar. Ular bundan juda xafa bo\u2019lib: \u201cBu kishi bizga bermagan yana qanday xo\u2019rlik qoldi? U bizni qul qilib olib og\u2019ir ishlarni buyurmoqda, biz xo\u2019rlik bilan o\u2019lgandan ko\u2019ra bir yo\u2019la foydali ish qilib o\u2019laylik\u201d \u2013 dedilar va Saydning saroyiga kirib eshiklarni mahkam berkitdilar. Saydni o\u2019ldirdilar va o\u2019zlarini ham o\u2019limga topshirdilar. Bu (voqea 680-683 yillard) bo\u2019lgan edi\u201d. Bundan ming yil muqaddam bitilgan ushbu misralar xalifalikning harbiy yurishlarini asl maqsadini yanada kengroq ochib beradi. Avvalambor uning vakillari mol-mulk va asirlarni qo\u2019lga kiriish uchun kurashganlar. Shu bois ularning tajovuzlarini qaroqchilik deb baholashga barcha asoslar mavjud. O\u2019sha misralarda buxoroliklarning erksevarligi yaxshi bayon etilgan. Zero, ular zulm va haqsizlikka qarshi bosh ko\u2019tarib, ongli ravishda o\u2019zlarini o\u2019limga mahkum etib, qahramonlik namunalarini namoyish etganlar.<\/p>\n\n\n\n<p>Xuroson viloyatiga hokim etib tayinlangan Muslim ibn Ziyod ham Turkistonga ko\u2019z olaytirib katta boylikni qo\u2019lga kiritishga ahd qildi. U 704 yilda urushga otlanganda Buxoro, Samarqand va Turkiston shaharlarining hukmdorlari ittifoq tuzishib, birgalikda kurashdilar. Samarqand podshohi Tarxun 120 ming askar bilan, Turkiston shahridan Bidun boshchiligida janchilar keldilar. Avvalambor xalifalikning bir harbiy qismi Bidun qo\u2019shinining hujumiga yo\u2019liqdi. Bu jangda xalifalik askarlaridan to\u2019rt yuz kishi o\u2019ldirildi, qolganlari qochishga ulgurdilar. Keyingi to\u2019qnashuvda ham Bidunni qo\u2019li baland kelayotganda u o\u2019ldirildi. Bu holat vatan himoyachilarini sardorsiz qolishiga olib kelib ularning kuchini zaiflashtirdi. Pirovardida bosqinchilar g\u2019olib keldilar. \u201cO\u2019ljalar taqsimlanganda har bir otliq askarga ikki ming to\u2019rt yuz dirhamdan tegdi\u201d. Bundan tashqari Buxoro hukmdori Xotindan sulh bo\u2019yicha ko\u2019p mollar olindi. Shundan keyin Muslim ibn Ziyod \u201ccho\u2019ntagi\u201dni to\u2019ldirib Xurosonga jo\u2019nadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Xalifalik tomonidan Turkistonni tamomila bo\u2019ysindirish Xuroson hokimi Qutayba ibn Muslim zimmasiga tushdi. Uning harbiy yurishlarining tafsiloti Narshaxiyning asarida ancha yaxshi berilgan. Unda ko\u2019rsatilishicha, Qutayba ibn Muslim 706 yilda Amudaryodan o\u2019tib Buxoroning yaqinidagi Paykand shahri tomon yo\u2019l olgan. Bundan xabardor bo\u2019lgan paykandliklar qattiq tayyorgarlik ko\u2019rdilar. \u201cQadimgi vaqtda Paykandni, &#8212; deydi o\u2019sha muallif, &#8212; Shoriston deganlar va mustahkamligidan uni \u201cjez shahar\u201d deb ham ataganlar. Qutayba juda qattiq jang qildi; Musulmonlar ellik kungacha (hisorni olish uchun) chora topolmay, zahmat chekdilar va (oxiri) hiyla ishlatdilar. Bu guruh (askarlar) devor tagidan minorga va hisorning ichkarisi tomon lahm qazib, otxonadan chiqdilar, (so\u2019ng) devorni kavlab rahna ochdilar; musulmonlar hanuz ham hisorga kela olmayotgan edilar, (endi) rahna orqali ichkariga kirdilar. Qutayba: \u201char kim shu rahnadan ichkariga kirsa unga xuni bahosida (mukofot) beraman, agar u o\u2019ldirilsa (mukofotni) uning farzandlariga beraman, &#8212; deb qichqirdi. (Shundan keyin) har kim ichkariga kirishga qiziqdi va (nihoyat) hisorni oldilar. Paykand aholisi omon tiladi. Qutayba sulh tuzib, mol oldi va Varqo ibn Nasr Boxiliyni ularga amir qildi-da, o\u2019zi Buxoroga qarab yurdi\u2026 Qutayba Xunbun (qishlog\u2019iga) keganida unga: \u201cHisorning kishilari qo\u2019zg\u2019olon qilib amirni o\u2019ldirdi\u201d, &#8212; degan xabarni yetkazdilar. Qutayba lashkariga: \u201cBoringlar, Paykandni talon-taroj qilinlar. Ularning qonlarini (to\u2019kishni) va mollarini (olishni) halol qildim\u201d, &#8212; deb buyruq berdi. U qaytib Paykandga keldi va u yerda kimki urushga yaroqli bo\u2019lsa hammasini o\u2019ldirdi, qolganlarini asir qilib oldi. Shunday qilib, Paykandda hech kim qolmadi va Parkand xarob bo\u2019ldi\u201d.<\/p>\n\n\n\n<p>Paykand shahrining aholisini talay qismi savdogarchilik bilan shug\u2019ullanib, Xitoy, Kaspiy dengizi va boshqa joylarga qatnab turganlar. Shu bois shahar o\u2019zining beqiyos katta boyligi bilan arablarni juda hayratlantirgan. Oltin va boshqa qimmatbaho o\u2019ljaarning hisobini qilish ancha qiyinchilik tug\u2019dirgan. Boshqacharoq aytganda arablar Paykandni egallab, \u201cjiqqa moy\u201dga botganlar. Zero \u201cQutayba Paykandni fath qilganida bir butxonada og\u2019irligi to\u2019rt yuz dirham keladigan bitta kumush but topgan. U yana bir kumush jomlar topib olgan va ularning hammasini jamlab tarozida tortganida bir yuz ellik ming misqol chiqqan. U har biri kabutar tuxumidek keladigan ikkita marvarid ham topib olgan\u2026 Qutayba bu qimmatbaho narsalarni yig\u2019ib haligi ikkita marvarid bilan birgalikda Hajjojga (xalifalikning sharqiy qismining noibi)ga yubordi va unga Paykandning fath etilganligi haqida xat yozib, u ikki dona marvarid qissasini ham qayd qilib o\u2019tdi\u201d. Qutayba Paykandni talon-taroj va vayron qilib atrof-joylardagi qishloqlarni egallashga kirishdi. U Xunbun, Tarob, Romitan singari qishloqlarida va tan himoyachilari bilan qattiq janglar qilishga majbur bo\u2019ldi. Hamda bu yerlarni o\u2019ziga bo\u2019ysindirdi. O\u2019sha vaqtlarda arablar orasida \u201ctoki biz (arablar) bu yerda ekanmiz bu turklar biz bilan urush qiladilar\u201d, degan ibora yurardi. Haqiqatan ham Buxoro, Samarqand va boshqa joylarning tub aholisi \u2013 turkiylar xalifalikning ashaddiy dushmanlari sifatida namoyon bo\u2019lgan edilar.<\/p>\n\n\n\n<p>Qutayba 708 va 709 yillarda Buxoroga qayta hujum qilganda qattiq jang bo\u2019lib ikki tomonidan ko\u2019p odamlar o\u2019ldirildi. Ammo u shaharni so\u2019nggi to\u2019rtinchi yurishidagina egallashga muvaffaq bo\u2019ldi. \u201cQutayba va uning yoronlari, &#8212; deydi Narshaxiy, yana Buxoroga bordilar; Bu uning Buxoroga to\u2019rtinchi marta kelishi edi. U jang qilar, mol olar, ayrim viloyatlarni talar, ba\u2019zi kishilarni o\u2019ldirar, ba\u2019zilarni asir hamda qul qilib olib shu tarzda to Marvgacha borar va yana Buxoro viloyatiga qaytib kelar edi\u2026 Qutayba to\u2019rtinchi marta kelib Buxoroni olganida u (quyidagi) shartlarga binoan sulh tuzdi; Buxoroliklar har yili yuz ming dirham xalifaga, o\u2019n ming dirham Xuroson amiriga, uylar va ekin yerlarining yarmini musulmonlar (arablar)ga beradigan bo\u2019ldilar. Yana shahardan tashqarida turuvchi buxoroliklar arablarning otlari uchun beda, o\u2019zlari uchun o\u2019tin va (boshqa) zarur narsalarni berib turadigan bo\u2019ldilar\u201d. Qutayba Buxoroni vahshiyona ravishda bo\u2019ysundirib va talab bo\u2019lgandan keyin 710 yilda Nesef (Qarshi) va Kesh (Shahrisabz)ni egalladi. Qutayba Samarqandda podshoh Tarxun bilan sulh tuzib o\u2019lpon to\u2019lashni o\u2019lpon to\u2019lashni uning bo\u2019yniga qo\u2019ygan edi. U 710 yilda mana shu o\u2019lponni undirish maqsadida ukasi Abdurahmonni yuborgan edi. Tarxun o\u2019lponni to\u2019laganda jamoa ahli nafratlanib norozi bo\u2019ladi. Natijada u taxtdan tushiriladi. U bunga chiday olmay o\u2019zini o\u2019zi o\u2019ldiradi. 710 yilda Gurek taxtga o\u2019tirib xalifalikning bosqiniga qarshi kurashni qizitib yuboradi. U yordam so\u2019rab Toshkent va Farg\u2019ona hukmdorlariga xat jo\u2019natadi. Toshkent qo\u2019shini kelayotganda yo\u2019lda pistirmada turgan arab qo\u2019shini tomonidan tor-mor etiladi. Bundan nihoyatda ruhlangan arablar 712 yilda Samarqandga hujum qilib qattiq janglardan so\u2019ng g\u2019alabaga erishadilar. So\u2019ngra har ikki tomon o\u2019rtasida samarqandliklar uchun nihoyatda katta talafot keltiruvchi sulh tuziladi. Bunga ko\u2019ra podshoh Gurek har yili 2 million 200 ming dirham to\u2019lashni, 300 ming sog\u2019lom kishilarni berishlikni zimmasiga oladi. Shuningdek barcha oltin va kumushdan yasalgan narsalar bir joyga to\u2019planb dushmanlar qo\u2019liga topshirildi. Ular olovda eritilib quyma holiga keltirilganda og\u2019irligi 50 ming misqolni tashkil etgan. Qutayba Gurekni xalifalikning vassal sifatida taxtda qoldirib va harbiy qismni o\u2019rnashtirib Samarqanddan ketadi. Ammo ko\u2019p o\u2019tmay shahar aholisi qo\u2019zg\u2019olon ko\u2019taradi, lekin Qutayba qo\u2019shin bilan kelib uni vahshiylarcha bostiradi.<\/p>\n\n\n\n<p>712-713 yillarda Panjakent hukmdori Devashtichning tashabbusi bilan Samarqand, Toshkent va Farg\u2019ona singari shaharlarning xalifalikka qarshi qaratilgan ittifoqi tuziladi. Bu qator mag\u2019lubiyat va katta talafotlarga qaramay ozodlik kurashi to\u2019xtamaganligi haqida dalolat beradi. Qutayba qo\u2019shining katta qismini Toshkentga, uni ikkinchisini Xo\u2019jand va Farg\u2019ona tomonga safarbar etadi. Garchand dushman kuchlari g\u2019alabaga erishgan bo\u2019lsalarda, lekin ozodlik kurashini to\u2019xtatolmadi. Shu bois 714 yilda Qutayba Toshkentni egallaydi. So\u2019ngra u Sayram va Chimkentnig bo\u2019ysindiradi. 715 yilda yana Farg\u2019onaga bostirib kirib g\u2019alabaga erishadi. U bu yerda ko\u2019rsatilgan yili safdoshlari tomonidan uyushtirilgan isyon orqasida 55 yoshida o\u2019ldirilgan. Uning qabri Farg\u2019onadagi \u201cRaboti Sarxang\u201d degan joyda, Koh nomli qishloqda joylashgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Qutayba o\u2019n yil davomida qo\u2019shin bilan Turkiston bo\u2019ylab kezib o\u2019n minglab kishilarning hayotiga zomin bo\u2019ldi. U ko\u2019p shahar va qishloqlarni vayronaga aylantirdi. Narshaxiyning so\u2019zi bilan ta\u2019riflaganda: \u201cU ko\u2019p jidu-jahid qilib, har kimniki shariat hukmlarini bajarishda kamchilik sodir bo\u2019lsa uni jazolar edi. U masjidi jome bino qildi va odamlarga juma namozini o\u2019qishga buyruq berdi\u201d.<\/p>\n\n\n\n<p>Darhaqiqat Qutayba qo\u2019lini qonga belab, o\u2019lkada ilk bor islom dinini ildiz otdirib va masjid qurib zardo\u2019sht diniga zarba berdi. Ammo islom dinini tub aholining ongiga singdirish va rivojlantirish nihoyatda qiyin kechdi. Chunonchi \u201cBuxoro aholisi har safar (islom lashkari kelganda) musulmon bo\u2019lar, arablar qaytib kelganida esa ular yana dindan qaytar edilar. Qutayba ibn Muslim ularni uch marta musulmon qilgan, ular esa yana dindan qaytib kofir bo\u2019lgan edilar. Bu to\u2019rtinchi marta (kelganida) Qutayba jang qilib Buxoro shahrini oldi, ko\u2019p qiyinchiliklardan keyin (bu yerda) islom dinini yuzaga va har turli yo\u2019llar bilan ularga qiyinchiliklar tug\u2019dirib dillarida musulmonchilikni o\u2019rnashtirdi\u201d.<\/p>\n\n\n\n<p>Bu yerda shuni unutmaslik kerakki, Turkistonda islom dinining tarqalishi katta tarixiy voqea hisoblanadi. Chunki u zardo\u2019sht diniga nisbatan takomillashgan va ilg\u2019or din edi. Zardo\u2019sht dini ibtidoiy jamiyat buzilib, endigina davlat paydo bo\u2019lganda yuzaga kelgan edi. Hali siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy hayot islom dini paydo bo\u2019lgan davrga nisbatan ancha orqada edi. Shu bois zardo\u2019sht dinining ojiz tomonlari ko\u2019p bo\u2019lib, tobora rivojlanayotgan jamiyatning ehtiyojini qondira olmas edi. Shuning uchun ham u har jihatdan zamonaviy va kelajagi porloq islom diniga qarshi kurashishga kuchi yetmadi. Hatto arab xalifaligiga qarshi kurashning mag\u2019lubiyatga uchratilishiga zardo\u2019sht dinini ojizligi ham sabab bo\u2019lgan edi. Endilikda u \u201coshini oshib, yoshini yashab\u201d, jamiyat taraqqiyotini ta\u2019minlashga qodir bo\u2019lmay qoldi. Shuning uchun ham zardo\u2019sht dini qanchalik vaqtlarning o\u2019tishi bilan shunchalik ko\u2019p chetga surildi. Natijada VIII-IX asrlarda islom dini butun Turkiston o\u2019lkasini qamrab, ma\u2019naviy hayotning tarkibiy qismiga aylandi. Uning o\u2019lkada tarqalishining ijobiy tomoni shundan iboratki, u mamlakatda ko\u2019pdinlikni bartaraf etdi. Ma\u2019lumki mamlakatda zardo\u2019sht dinidan tashqari, xristian, budda, shomon dinidagi kishilar bo\u2019lib, turmush va ma\u2019naviyatda \u201cola-bulalik\u201d va tarqoqlik mavjud edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Bu hol urf-odat va his-tuyg\u2019ularda xilma-xillik tug\u2019dirib jamiyatning birdamligi va hamkorligiga putur yetkazmoqda edi. Islom dini esa bu holatni bartaraf etib bir xildagi ma\u2019naviyat va turmush tarzini hayotga joriy etib jamiyatni ilg\u2019orlashtirishga keng imkoniyatlarni yaratdi.<\/p>\n\n\n\n<p>Ammo islom dinini kirib kelishi tub aholining vatanga sodiqligi va erksevarligiga tamomila aloqasi yo\u2019qdir. U xalifalikka qarshi qahramonona kurashganda birinchi navbatda ona yurt mustaqilligi va ozodligini saqlashni asosiy maqsad qilib qo\u2019ygan edi. Yuqorida ko\u2019rsatilganidek xalifalikning qo\u2019shini ilk bor 651 yilda Turkistonga bostirib kirib Marv shahrini egalladi. Mana shu vaqtdan to 715 yilgacha, ya\u2019ni 65 yil mobaynida xalifalik o\u2019lkaga bir necha bor harbiy yurishlarni uyushtirganda tub aholi islom dini haqida to\u2019la tasavvurga ega ham emas edi. Bundan tashqari arablarning o\u2019zi ham to Qutaybagacha harbiy yurish qilganlarida islom dinini tarqatish emas, balki ko\u2019proq boylik va asirlarni qo\u2019lga kiritishni nazarda tutgan edilar. Shuning uchun ham ular bu niyatga erishishlari bilanoq Xurosonga qaytib ketaverganlar.<\/p>\n\n\n\n<p>Vatan himoyachilari mana shunday bosqinchilik va talonchilikka qarshi kurashib, mustaqillik va ozodlikni qo\u2019ldan boy bermaslik uchun hech narsadan toymadilar. Vatan ozodligi uchun kurashlarda minglab kishilarning qoni to\u2019kildi. Shahar va qishloqlar xarobaga aylantirildi. Hatto 720-722 yillarda ham ozodlik kurashi davom etib, janglar qizg\u2019in tus oldi. Pirovardida bosqinchilar g\u2019olib kelib, o\u2019z hukmronligini mustahkamladi. Bunga xalqning qarshi turmasligi yoki jang qilmaganligi emas, balki ozodlik kurashlariga mardlik, jasoratlik, bilimdonlik bilan rahbarlik qiladigan kimsani yo\u2019qligi asosiy sabab bo\u2019ldi. Agar mana shunday fazilatlarni o\u2019zida mujassamlashtirgan davlat arbobi yoki lashkarboshi bo\u2019lganda ozodlik kurashining g\u2019alabaga erishishi turgan gap edi. Shuningdek mamlakatda hukm surayotgan tarqoqlik va parokandalik ham katta ziyon keltirdi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>632 yilda Payg\u2019ambarimiz Muhammad sallollohu alayhi vassalam vafotidan keyin uning eng yaxshi safdoshlaridan biri Abu Bakr xalifalik taxtiga o\u2019tiradi. U 632-634 yillarda mamlakatni boshqaradi. Undan keyin Umar (634-644), Usmon (644-656), &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/xalifalikning-harbiy-yurishlari\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":0,"parent":0,"menu_order":0,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","template":"","meta":{"footnotes":""},"class_list":["post-2142","page","type-page","status-publish","hentry","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/2142","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/pages"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/page"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=2142"}],"version-history":[{"count":3,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/2142\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":2283,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/2142\/revisions\/2283"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=2142"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}