{"id":2254,"date":"2021-09-27T10:22:10","date_gmt":"2021-09-27T07:22:10","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?page_id=2254"},"modified":"2021-09-27T10:22:10","modified_gmt":"2021-09-27T07:22:10","slug":"chivinlar-qanday-kasalliklarni-tashiydi","status":"publish","type":"page","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/chivinlar-qanday-kasalliklarni-tashiydi\/","title":{"rendered":"Chivinlar qanday kasalliklarni tashiydi?"},"content":{"rendered":"\n<p>Hasharotlar orasida chivin odamning ta&#8217;bini ko&#8217;p xira qiladi. Ular ilgari qishloq joylarda va bog&#8217;-hovlilarda odamlarning joniga tekkan bo&#8217;lsa, endilikda hatto shahar markazlarida ham orom bermaydi. Eng muhimi, chivinlar chaqqani yetmaganday turli xavfli kasalliklarni ham tashiydi. Shifokorlar va biologlarning ta&#8217;kidlashicha, chivinlar uch asosiy turdagi kasalliklarni tarqatadi. Birinchisi, asosan tropik kengliklarda tarqalgan bezgakdir. Afrikada har yili millionlab bolalar bezgak tufayli hayotdan ko&#8217;z yumadilar. Ikkinchisi, mikroskopda ko&#8217;rinadigan ipsimon qurtlar tarqatadigan kasalliklar guruhidir. Bu qurtlar limfatik va qon yuradigan sistemaga kirib qolsa, tomirlarning tiqilishi, tomirlarda qonning ivishi, qo&#8217;l-oyoqlarda limfalar yig&#8217;ilib qolishiga olib keladi, natijada qo&#8217;l va oyoq dahshatli tarzda shishib ketadi (buni &#171;fillashuv kasalligi&#187; deyishadi). Qurti mo&#8217;l bo&#8217;lgan chivin bemorning qonini so&#8217;radi va uni sog&#8217;lom odamlarga chaqqan payti yuqtiradi. Bunday kasalliklar Janubiy Amerika, Afrika va Osiyoda keng tarqalgan. Uchinchisi, chivinlar turli mikrob va viruslar tug&#8217;diradigan yuqumli kasalliklarni tashiydi. Bularga, masalan, tropik bezgak, sariq bezgak, turli-tuman entsefalitlar (bosh miyaning yallig&#8217;lanishi) kiradi. Olimlarning bu kasalliklar ustidan g&#8217;olib chiqish harakatlaryga qaramay, chivinlar o&#8217;zlarining xavfli faoliyatini davom ettirayotgani achinarlidir. Qaysidir davrda bunday xavfli kasalliklarga chalingan bemorlar soni kamaysa, navbatdagi davrda chivinlar kasridan kasallikka chalingan bemorlar soni ko&#8217;paysa ko&#8217;payadiki, aslo kamaymaydi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Hasharotlar orasida chivin odamning ta&#8217;bini ko&#8217;p xira qiladi. Ular ilgari qishloq joylarda va bog&#8217;-hovlilarda odamlarning joniga tekkan bo&#8217;lsa, endilikda hatto shahar markazlarida ham orom bermaydi. Eng muhimi, chivinlar chaqqani yetmaganday &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/chivinlar-qanday-kasalliklarni-tashiydi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":0,"parent":0,"menu_order":0,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","template":"","meta":{"footnotes":""},"class_list":["post-2254","page","type-page","status-publish","hentry","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/2254","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/pages"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/page"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=2254"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/2254\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":2255,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/2254\/revisions\/2255"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=2254"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}