{"id":2289,"date":"2021-09-28T14:44:47","date_gmt":"2021-09-28T11:44:47","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?page_id=2289"},"modified":"2021-09-28T14:44:47","modified_gmt":"2021-09-28T11:44:47","slug":"sayyoramizda-baliqlarning-qancha-turi-yashaydi","status":"publish","type":"page","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/sayyoramizda-baliqlarning-qancha-turi-yashaydi\/","title":{"rendered":"Sayyoramizda baliqlarning qancha turi yashaydi?"},"content":{"rendered":"\n<p>Birinchi bor baliqlar okeanlarda suza boshlaganda odamdan nom-nishon ham yo&#8217;q edi. O&#8217;sha paytlar fil yoki boshqa yaxshi rivojlangan tirik mavjudotlar nari tursin, dinozavrlar ham paydo bo&#8217;lmagan edi. Yerdagi eng birinchi umurtqali hayvon baliqdir. Boshqa mavjudotlar kabi baliqlar ham qadim zamonlardan beri rivojlanish jarayonida ko&#8217;p o&#8217;zgarishlarni boshdan o&#8217;tkazdi. Mavjud baliqlar turi boshqa umurtqali hayvonlar miqdoridan ko&#8217;pdir. Har xil havzalarda, tog&#8217; daryolariyu eng kichik ariqlarda, okeanlar tubida baliqning o&#8217;ttiz mingga yaqin turi yashaydi. Baliqlar uch asosiy guruhga bo&#8217;linadi. Birinchisi \u2014 sertog&#8217;ay baliqlar, masalan, akulalar, skatlar (dumi ingichka, yapaloq dengiz balig&#8217;i) va nurbaliqlardir. Ularning suyak skeleti o&#8217;rniga mustahkam va egiluvchan moddadan tashkil topgan tog&#8217;aylari mavjud. Ularning tanasi tangachalar emas, balki bezga aylangan teri bilan qoplangan. Ikkinchisiga mavjud sersuyak baliqlarning juda ko&#8217;p turi kiradi. Bu turdagi baliqlarning suyak skeleti bor va tanasi tangachalar bilan qoplangan. Uchinchi guruhiga ikki xil nafas oluvchi baliqlar mansub bo&#8217;lib, ularning oyqulog&#8217;i va o&#8217;pkasi bor. Ikki xil nafas oluvchi baliqlarning hammasi chuchuk suvlarda yashaydi. Ularning suzgichi qo&#8217;l-oyog\u2019iga o&#8217;xshaydi, ular ba&#8217;zan quruqlikda ham yura oladi. Bunga Hindistonda yashaydigan &#171;o&#8217;rmalovchi olabug&#8217;a&#187; yorqin misol bo&#8217;la oladi. Baliqlarning asosiy qismi og\u2019zidan kiradigan suv bilan doimo yuvilib turadigan oyqulog&#8217;i orqali nafas oladi. Baliqlar sovuq qonli, ammo ularning asab sistemasi mavjud, boshqa hayvonlar singari og\u2019riq va o&#8217;zga yoqimsiz sezgilarni his etadi. Baliqlarning sezgisi juda nozik, uni ta&#8217;m sezgisi kabi terisini qoplagan tangachalari orqali his etadi. Ular hidni boshidagi jajji burun kavagida joylashgan o&#8217;ziga xos a&#8217;zolari bilan sezadi. Shuningdek, ularning tanasining ichki qismida ichki eshitish a&#8217;zolari joylashgan. Ayrim baliqlar hayotini muqim yashash joyiga ega bo&#8217;lmay, daydilikda o&#8217;tkazadilar, ammo ular yer hayvonlari kabi kichik guruh bo&#8217;lib yashaydi. Baliqlarning barchasi yirtiqchdir, ular boshqa baliqlar yoki suv hayvonlari va hasharotlari bilan oziqlanadi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Birinchi bor baliqlar okeanlarda suza boshlaganda odamdan nom-nishon ham yo&#8217;q edi. O&#8217;sha paytlar fil yoki boshqa yaxshi rivojlangan tirik mavjudotlar nari tursin, dinozavrlar ham paydo bo&#8217;lmagan edi. Yerdagi eng birinchi &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/sayyoramizda-baliqlarning-qancha-turi-yashaydi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":0,"parent":0,"menu_order":0,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","template":"","meta":{"footnotes":""},"class_list":["post-2289","page","type-page","status-publish","hentry","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/2289","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/pages"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/page"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=2289"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/2289\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":2291,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/2289\/revisions\/2291"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=2289"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}