{"id":2524,"date":"2021-09-29T19:17:36","date_gmt":"2021-09-29T16:17:36","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?page_id=2524"},"modified":"2021-09-30T16:19:52","modified_gmt":"2021-09-30T13:19:52","slug":"mogullar-bosqinining-boshlanishi","status":"publish","type":"page","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/mogullar-bosqinining-boshlanishi\/","title":{"rendered":"Mo\u2019g\u2019ullar bosqinining boshlanishi"},"content":{"rendered":"\n<p>XII asrning oxiri \u2013 XIII asrning boshlarida uzoq Mo\u2019g\u2019uliyada ancha qudratli davlat va jangovar qo\u2019shin tashkil topgan edi. Uning asoschisi Chingizxon hisoblanib asli oti Temuchin bo\u2019lgan. U 1115 yilda tug\u2019ilib, o\u2019n yoshida otasi vafot etadi. Mirzo Ulug\u2019bekning yozishicha u onadan tug\u2019ilarkan, qo\u2019lu mushti qonli edi. Zamon donolari: bu bola sohibqiron bo\u2019lib tug\u2019ilgan deyishdi. Yana shuki, mushtida bir kaft qotib qolgan qon bor edi. Bu shundan dalilki, vaqt o\u2019tishi bilan zmon ahlini qatl etur; ko\u2019plab podsholarni oyoq osti qiladi. Xudodan boshqa hamma uning qo\u2019l ostida xor bo\u2019ladi. Temuchin kuch-quvvatga to\u2019lib, balog\u2019atga yetgandan keyin atrofiga 43 jasoratli yigitlarni to\u2019plab harbiy guruhni tuzadi. Bu vaqtlarda Mo\u2019g\u2019uliyada ko\u2019chmanchi qabilalar o\u2019zaro urushib o\u2019lkada parokandalik hukm surmoqda edi. Temuchin tashkilotchiligi va harbiy mahorati tufayli qabilalarni o\u2019z qo\u2019l ostiga birlashtirishga erishadi. 1206 yilda unga Mo\u2019g\u2019uliyadagi yuqori tabaqalarning qatnashubida o\u2019tkazilgan qurultoyda Chingizxon nomi berilib, mamlakatning xoqoni deb e\u2019lon qilindi. Chingizxon shohlar shohi ma\u2019nosini anglatadi. U va uning safdoshlari o\u2019zlarining g\u2019oyatda shavqatsizligi bilan ona yurtida ham nom chiqargan edilar. Ularning qilmishlarining jonli guvohi va vatandoshlaridan biri shunday degan: Chingizxonning atrofidagi kishilar odam go\u2019shti berib boqilgan vat emir kishanga solib qo\u2019yilgan itlardir. Ularning peshonalari misdan, tishlari qayrilgan, tillari bigiz singari o\u2019tkir, yuraklari temirdan yasalgan. Bularda qamchi o\u2019rniga qayrilgan qilich bor. Ular shudring ichadi, shamolda uchadi, janglarda odam go\u2019shtini yeydi. Hozirda ular zanjirdan bo\u2019shatib yuborilgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Darhaqiqat, Chingizxon boshliq mo\u2019g\u2019ul gazandalari odamlar qonini daryo kabi oqizib, 100 minglab kishilarni yostig\u2019ini quritgan. Ular insoniy fazilatlardan mahrum etilgan vahshiy hayvonlar edi, xolos. Zero ular o\u2019z maqsadlari yo\u2019lida hech narsadan toymay ko\u2019z ko\u2019rmagan va quloq eshitmagan jazo usullarini qo\u2019llaydilar. Bu xususda o\u2019rta asr muallifi Ibn al-Asir shunday yozgan edi: \u201cTangri taolo odamni ato qilgandan boshlab to hozirgacha jahonda shu tariqa hodisa ro\u2019y bermagan\u201d, &#8212; desa, uning gapi haqdir.<\/p>\n\n\n\n<p>Chindan ham solnomalarda bayon qilingan voqealarning eng dahshatlisi Navuxodonosorning isroilliklarni qirib yuborgani va Quddusi Sharifni vayron qilganidir. Bu, la\u2019nati mo\u2019g\u2019ul lashkarlari yer bilan yakson qilgan mamlakatlarga qiyos qilganda Quddusi Sharif hech narsa bo\u2019lmay qoladi, bu mamlakatlarda mo\u2019g\u2019ullar qirib tashlagan odamlar o\u2019ldirilgan isroilliklarning sonidan ko\u2019p marta ortiqdir. Ular har qaysi shaharda hamma isroilliklardna ham ko\u2019proq kisshini qirib yubordilar. Odamzod oxiratgacha ya\u2019juj va ma\u2019jujdan bo\u2019lgan bunday dahshatni aslo ko\u2019rmasa kerak. Bular (mo\u2019g\u2019ullar) hech kimga rahm qilmaydilar, xotinlarni, erkaklarni, go\u2019dak bolalarni o\u2019ldiradilar, homilador xotinlarning qorinlarini chavaqlab, ona qornidagi bolalarni nobud qildilar. Shunday bir hodisa ro\u2019y berdiki, uning uchqunlari (har tomonga) sochilib ketdi va balosi hammaning boshiga tushdi; u shamol quvgan bulutdk hammayoqni bosib o\u2019tsi\u201d. Ushbu satrlarda bayon etilgan dahshatli fojealar dastavval Turkiston zaminida sodir bo\u2019lgan edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Chingizxon 1211 yilda Yettisuvning g\u2019arbiy tomoniga bostirib kirib, uning bir qismini egalladi. 1215 yilda u Xitoyga hujum qilib Pekinni bosib oldi. Bu yerda u vahshiylarcha jang qilib o\u2019ldirilgan odamlarning suyaklari tog\u2019 singari uyilib yotdi. Mo\u2019g\u2019ullarning qonxo\u2019rligi shu darajada dahshatli bo\u2019lganki, ularning qo\u2019liga tushmaslik uchun 60 ming qizlar o\u2019zlarini halok etganlar. Chingizxonning Xitoydagi g\u2019alabasi va qo\u2019lga tushirgan katta boyliklari nomini tarqalishiga olib keldi. Bundan xabar topgan Sulton Muhammad Xorazmshoh haqiqiy ahvolni bilish maqsadida Mo\u2019g\u2019uliyaga, Chingizxon huzuriga Bahovuddin Roziy boshchiligiga elchilarni jo\u2019natadi. U bilan katta savdo karvoni ham yo\u2019lga chiqqan edi. Bu vaqtlarda Turkiston savdogarlari ip va ipak gazlamalar, kiyim-bosh va boshqa mollar bilan Mo\u2019g\u2019uliyada savdo bilan shug\u2019ullanmoqda edilar. Chingizxon Xorazm elchilarini hurmat va izzat bilan qarshi olib Sulton Muhammad bilan tinchlik va do\u2019stlik aloqalarini o\u2019rnatish zarurligini bayon etgan. Chingizxon javob tariqasida xorazmlik Mahmud Yalavoch, buxorolik Alixo\u2019ja va o\u2019trorlik Yusuf Qanqg\u2019a singari kishilardna iborat o\u2019z elchilarini yuboradi. Ular savdo karvoni bilan yo\u2019lga chiqib Xorazmga yetib keladilar. Elchilar Chingizxon tomonidan yuborilgan bir katta bo\u2019lak oltin quymasi, qimmatli toshlar, tuya yungidan ishlangan nafis gazmollar va boshqa sovg\u2019alarni Sulton Muhammadga topshirishadi. Bu yerda aytish lozimki, Chingizxon Mo\u2019g\u2019uliya bilan savdo qilayotgan xorazmlik, buxorolik va boshqa shaharlik savdogarlarning ayrimlarini o\u2019z tarafiga og\u2019dirib olgan edi. Ular Chingizxonga Xorazmshohlar davlati haqidagi ma\u2019lumotlarni yetkazib turganlar. Bu xususda ayniqsa yuqorida qayd qilingan elchilarning boshlig\u2019i Mahmud Yalavoch jonbozlik ko\u2019rsatgan. U o\u2019z vataniga xiyonat qilib, oshkora Chingizxonga sotilgan edi. Sulton Muhammad tunda Mahmud Yalavochni huzuriga chaqirtirib o\u2019z vataniga xizmat qilishga da\u2019vat etdi. Zero, unga Chingizxon dargohida ayg\u2019oqchilik qilish topshirilganda, o\u2019ldirilishdan qo\u2019rqib rozilik bildirdi. Ammo u umrining oxirigacha Chingizxonga sodiqligicha qolaverdi. Sulton Muhammad uning quruq va\u2019dasiga ishonib Chingizxon huzuriga qaytishiga ruxsat berdi. Hamda unga o\u2019zining Chingizxon bilan tinch-totuvlikda aloqada bo\u2019lish haqida yozma hujjatni topshiradi. Bu ahdnomaga ko\u2019ra Chingizxon 1218 yilda Umarxo\u2019ja O\u2019trori Hammol Marachi Fahriddin Dizaki Buxoriy va Aminaddin Xaravi boshchiligida 450 kishi va 500 tuyalardan iborat karvonni O\u2019trorgacha jo\u2019natadi. Tuyalarga oltin, kumush, xitoy ipak gazlamasi va turli qimmatli mo\u2019ynalar ortilgan edi. Karvon O\u2019tror (hozirgi Turkiston shahri atrofi)ga kelganda fojea ro\u2019y beradi. Bir manbada ko\u2019rsatilishicha O\u2019tror hokimi G\u2019ayirxon karvondagi mollarni o\u2019zlashtirish maqsadida savdogarlarni o\u2019ldirtirgan. Boshqa manbada esa bu ish Sulton Muhammadning ko\u2019rsatmasiga binoan amalga oshirilgan. Karvon fojeasi Chingizxonning g\u2019azabi va nafratini qo\u2019zitib Turkiston zaminiga harbiy yurish boshlashga katta bahona bo\u2019lgan. Buni anglagan Sulton Muhammad saroyda kengash o\u2019tkazgan qo\u2019shinni bir joyga to\u2019plab, dushmanga zarba berish haqida fikr bildirgan. Bunga qarshi o\u2019laroq harbiy kuchlarni viloyatlarga taqsimlab bo\u2019lingan holda jang qilish taklifi o\u2019rtaga tashlangan. Mirzo Ulug\u2019bekning asarida ko\u2019rsatilishicha \u201cSulton Muhammad Xorazmshoh ixtiyorida sanoqsiz askar, ko\u2019pgina lashkar bo\u2019lgan. Muhosiblar uning soni 400 mingdan kam bo\u2019lmaganini aytganlar. Ammo, mo\u2019g\u2019ul lashkari yurishidan keyin Qoracha Hojibni o\u2019n ming kishi O\u2019trorga G\u2019ayironga madad uchun jo\u2019natdi. Toki, u O\u2019tror mudofaasi uchun tayinladi. 110 ming kishini Samarqandga qoldirdi. Shu jumlada, 60 mingi turklar edi. Ularning sardori Sulton ashrofu a\u2019yonlaridan bo\u2019lgan xonlar bo\u2019lib, har biri o\u2019z davri asfandiyorlaridan edi. 40 ming kishiga qal\u2019alar va hisorlar qurishga farmon berdi\u201d. Ammo bunday choralar o\u2019zini oqlamadi. Chunki Sulton Muhammad imperiyaning hali u, hali bu joyida kezib yurib jang taqdirini har viloyatning hokimlarining o\u2019ziga topshirish bilan chegaralandi. Mamlakat taqdiri qil ustida turgan bir paytda dushmanga qarshi kurashni boshqaradigan markaz tashkil etilmadi. Buning ustiga-ustak Sulton Mahmudning onasi Turkon xotunning siyosatga aralashuvi og\u2019ir vaziyatni yanada keskinlashtirdi. Davlat boshqaruvidagi parokandalik avjiga mindi. Ming afsuslar bo\u2019lsinki, agar saroyda ahillik va birdamlik hukm surib, oqilona ish yuritilganda dushman kuchlarini g\u2019olib kelishi hech mumkin emas edi. Chunki Chingizxon davlatining harbiy kuchlari va salohiyati Xorazmshohlar davlatiga solishtirganda ancha past edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Chingizxon Xorazmshohlar davlatining zaif tomonlarini hisobga olgan holda ustun kelishiga qattiq ishonib, dastavval O\u2019trorni bosib olishni rejalashtirdi. 1220 yilning kech kuzida uning boshchiligidagi qo\u2019shin u yerga bostirib kirganda vatan himoyachilarining qattiq qarshiligiga duch keldi. U bu yerdagi urushni cho\u2019zilishini anglab, Chig\u2019atoy va Ugatay singari o\u2019g\u2019illarini harbiy qism bilan O\u2019trorda qoldirdi. Qo\u2019shinning qolganini uch qismga taqsimlab, birinchisini O\u2019tror atrofidagi Jand va Barchinlig\u2019kentni, ikkinchisini Banokat bilan Xo\u2019jandni bosib olish uchun jo\u2019natdi. Uning o\u2019zi o\u2019g\u2019li Tuluy bilan Buxoroga yo\u2019l oldi. Mo\u2019g\u2019ullar O\u2019trorni besh oy mobaynida qamalda ushlab turdi. Shu orada har ikki tomon o\u2019rtasida qattiq janglar bo\u2019lib o\u2019tdi. Ammo lashkarlardan biri \u2013 Qoracha Xojib qo\u2019l ostidagi 10 ming kishilik harbiy qism bilan shahar darvozasidan chiqib mo\u2019g\u2019ullarga taslim bo\u2019lishi vatan himoyachilariga qattiq zarba bilan tushdi. Dushman kuchlari mana shu ochilgan darvozadan shaharga bostirib kiradilar. Bu yerda dahshatli janglardan so\u2019ng shahar bosqinchilar tomonidan egallanadi. Bu to\u2019g\u2019risida Abulg\u2019ozi yozadi: \u201cMo\u2019g\u2019ullar darvozai So\u2019fiydan kirib O\u2019trorning ichiga kirdilar va O\u2019trorning jami xalqini sahroga chiqarib, shahid qildilar. Ul holda G\u2019ayirxon yigirma ming kishi bilan arkka qamaldi. Har kunda chiqib urushar erdi. Yaxshi mardonaliklar qildi va mo\u2019g\u2019ul askarlaridan ko\u2019p kishilarni o\u2019ldirdi. O\u2019zining qo\u2019shinidagi kishilar tamom shahid bo\u2019ldi. Mo\u2019g\u2019ullar Arkning qal\u2019asini taki oldi. Ahirul amr G\u2019ayirxon ikki kishi bilan qochib bir tomning ustiga chiqdi. Ul ikki navkari ham shahid bo\u2019ldi. Axir urusha-urusha G\u2019ayirxonning o\u2019qi tugadi. Oqibat kanizlari devordan g\u2019ishtlarni olib bera boshladilar. Ul g\u2019ishtlarni otib urushdi\u201d. Pirovardida G\u2019ayirxon asirlikka olinib o\u2019ldiriladi. Demak amir G\u2019ayirxon boshchiligidagi vatan himoyachilari shu darajada qahramonona jang qildilarki, u besh oy davom etdi. Shuning uchun ham bosqinchilar shahar xalqini qirib tashladi. \u201cO\u2019trorning butun aholisini, &#8212; deydi Mirzo Ulug\u2019lbek (mo\u2019g\u2019ullar) sahroga haydab chiqdilar va qatli om qildilar. G\u2019ayirxon yigirma ming kishi bilan qal\u2019aga kirib olishdi. Barchasi jonidan umid uzib, o\u2019lim yuziga tik boqib, qariyu yosh o\u2019limni zamirlari lavhiga chekib jang qildilar. Bu orada mo\u2019g\u2019ul lashkarining ko\u2019pchiligi qal\u2019aga kirib olishdi. Ot, yarog\u2019, sipohi qolmaganidan uyi va tomidan bo\u2019lak panohi qolmadi. Mo\u2019g\u2019ul sipohi ularni qo\u2019lga oldi. Bu guldek noziklarni ot yoliga bosdilar. O\u2019tror hisorni qo\u2019lga kiritib, yer bilan barobar qildilar. Tirik qolganlardan, ra\u2019iyat va hunarmandlarning ba\u2019zilarini hibsga oldilar, ba\u2019zilarini esa qul qilib haydadilar\u201d. Binobarin o\u2019trorliklar \u201cbir tomchi\u201d qonlari qolguncha mustaqillikni saqlash uchun jang qilgan edilar. Mo\u2019g\u2019ullarning qirg\u2019in-barotidan keyin salohiyatli savdo-hunarmand shahri O\u2019tror harobaga aylantirildi. Bu vaqtda mo\u2019g\u2019ullarning Jo\u2019ji boshchiligidagi qo\u2019shini Sirdaryoning quyi oqimidagi Sig\u2019noq shahri yoniga kelib xoin savdogar Hasan xojini taslim bo\u2019lishlikni so\u2019rab elchi sifatida jo\u2019natdi. Ammo shaharliklarning g\u2019azabi va nafrati qo\u2019zib elchini o\u2019ldiradilar. Shundan keyin mo\u2019g\u2019ullar bilan vatan himoyachilari o\u2019rtasida yetti kun davomida jang bo\u2019lib pirovardida ular g\u2019alabaga erishadilar. Shaharliklarning barcha qirib tashlanadi. Mo\u2019g\u2019ullar 1219-1220 yillarda O\u2019zgand, Barchin, Lig\u2019kent, Ashnosin va Jand shaharlarini egallab ko\u2019p kishilarni o\u2019ldiradilar, asirlikka oladilar. Banokat ham vahshiylarcha bosib olinadi. Bu yerda boyliklar talandi, odamlar o\u2019ldirildi yoki asirlikka olindi.<\/p>\n\n\n\n<p>Mo\u2019g\u2019ullar qo\u2019lga kiritgan joylardagi aholini ma\u2019lum qismini asirlikka olib, ularni turli ishlarda qul kabi mehnat qildirgan. Xususan asirlarni harbiy yurish vaqtida qalqon sifatida oldingi safga turg\u2019izganlar. Shuningdek, ulardan qamal qilingan shaharlarga hujum qilishda foydalanganlar. Natijada janglar paytida birinchi o\u2019qlar va zarbalar asirlarga tegardi. Bundan tashqari ular dushmanlarning otlarini oyog\u2019i ostida ham qolib halok bo\u2019lganlar. Asirlarni oldingi saflarda turg\u2019izilishi vatan himoyachilarining hujumini da fetish maqsadida qilingan, albatta. Xuddi mana shunday usulni qo\u2019llanishi mo\u2019g\u2019ullarning g\u2019alabalarini ta\u2019minlagan omillardan biri edi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>XII asrning oxiri \u2013 XIII asrning boshlarida uzoq Mo\u2019g\u2019uliyada ancha qudratli davlat va jangovar qo\u2019shin tashkil topgan edi. Uning asoschisi Chingizxon hisoblanib asli oti Temuchin bo\u2019lgan. U 1115 yilda tug\u2019ilib, &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/mogullar-bosqinining-boshlanishi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":0,"parent":0,"menu_order":0,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","template":"","meta":{"footnotes":""},"class_list":["post-2524","page","type-page","status-publish","hentry","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/2524","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/pages"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/page"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=2524"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/2524\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":2626,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/2524\/revisions\/2626"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=2524"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}