{"id":2588,"date":"2021-09-30T14:37:36","date_gmt":"2021-09-30T11:37:36","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?page_id=2588"},"modified":"2021-09-30T14:37:37","modified_gmt":"2021-09-30T11:37:37","slug":"qaragay-qarga-qay-tariqa-oziq-gamlaydi","status":"publish","type":"page","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/qaragay-qarga-qay-tariqa-oziq-gamlaydi\/","title":{"rendered":"Qarag&#8217;ay qarg&#8217;a qay tariqa oziq g&#8217;amlaydi?"},"content":{"rendered":"\n<p>Sibir taygalarida yashaydigan bu qushning o&#8217;lchami va rangi, dumi va tumshug&#8217;ining qandayligi, uyasini qanday qurishi haqida boshqa qushlarga nisbatan ko&#8217;p gapirish mumkin. Uning ajralib turadigan xususiyati qishga qay tariqa oziq g&#8217;amlashidir. Kedr daraxtlari yong&#8217;og&#8217;i yetilishi bilan bu qushlarning ishi boshidan oshib ketadi. U qor yoqqunga qadar ertadan kechgacha tinim bilmay oziq jamg&#8217;aradi. To&#8217;plagan ozuqasi qish bo&#8217;yi o&#8217;ziga, bahorda esa polaponlariga yem bo&#8217;ladi. Mehnatkash qarag&#8217;ay qarg&#8217;a 70 ming atrofida yong&#8217;oq to&#8217;playdi. Ularni to&#8217;plagan bilan ish bitmaydi, ularni yashirish ham kerak, aks holda hamma mehnati bir pul bo&#8217;ladi. Tabiiyki, yaroqli chuqurcha yoki daraxt kavagi topish mumkin, ammo bu ishonchli emas. Qishda taygada kedr yong&#8217;og&#8217;i bebaho boylik hisoblanadi. Mittigina qushdan tortib, ayiqqa dovur tekin ozuqadan bahramand bo&#8217;lishga ishtiyoqmandlar ko&#8217;plab topiladi. Katta xazinani bekitish ham jo&#8217;n ish emas. Shuning uchun ham qarag&#8217;ay qarg\u2019a yong\u2019oqlarni 10 \u2014 20 tadan qilib, yerga yoki mox orasiga, ko&#8217;chib tushgan po&#8217;stlar orasiga ko&#8217;madi, sinib tushgan shox-shabbalar va chirigan to&#8217;nkalar tagiga tiqib bekitadi. Xoh ishoning, xoh ishonmang, hammasi bo&#8217;lib bunday xazinalar 6 minggacha yetadi. Tabiiyki, mana shunday qilsagina ishonchli bo&#8217;ladi, axir ularning hammasini topib o&#8217;g&#8217;irlab ketisholmaydi, ammo yerni qalin qor qoplab yotganda, ularni qanday topish mumkin? 6 ming xazinaning har birini yodda saqlab bo&#8217;ladimi? Aqlga sig&#8217;maydigan bu ishni qarag&#8217;ay qarg&#8217;a uddalay oladi va har birini besh-olti oy esidan chiqarmaydi. Ma&#8217;lum bo&#8217;lishicha, qarag&#8217;ay qarg\u2019a insonnikidan bir necha baravar oshiq noyob ko&#8217;rish qobiliyatiga ega ekan. Bu olimlar tomonidan o&#8217;tkazilgan tajribalar orqali aniqlashga muvaffaq bo&#8217;lindi. Ularning biri mana shunday: taygada o&#8217;rnatilgan kattakon qafas \u2014 volerga yong&#8217;oq ozuqasi jamg&#8217;arildi, qarag\u2019ay qarg&#8217;alar navbatma-navbat qo&#8217;yib yuborildi va qushlar darhol xazina tayyorlashga kirishib ketdilar, tajriba o&#8217;tkazuvchilar ularning joylashishini diqqat bilan kuzatib bordilar. Keyin qushlarni bir muncha vaqt boshqa joyga ko&#8217;chirdilar, volerga qamab qo&#8217;yganlarida, ozuqa tamom bo&#8217;lgan edi. Qarag&#8217;ay qarg&#8217;alar ochlikdan o&#8217;lib qolmaslik uchun o&#8217;z ozuqa xazinalarini izlashga tushdilar. Ular bu ishni qoyilmaqom bajardilar va xazinalarining 90 foizini topishga erishdilar.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Sibir taygalarida yashaydigan bu qushning o&#8217;lchami va rangi, dumi va tumshug&#8217;ining qandayligi, uyasini qanday qurishi haqida boshqa qushlarga nisbatan ko&#8217;p gapirish mumkin. Uning ajralib turadigan xususiyati qishga qay tariqa oziq &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/qaragay-qarga-qay-tariqa-oziq-gamlaydi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":0,"parent":0,"menu_order":0,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","template":"","meta":{"footnotes":""},"class_list":["post-2588","page","type-page","status-publish","hentry","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/2588","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/pages"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/page"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=2588"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/2588\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":2589,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/2588\/revisions\/2589"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=2588"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}