{"id":436,"date":"2021-08-31T21:07:49","date_gmt":"2021-08-31T18:07:49","guid":{"rendered":"http:\/\/milliycha.uz\/?page_id=436"},"modified":"2024-07-24T14:25:12","modified_gmt":"2024-07-24T11:25:12","slug":"jizzax-shahar-tarixi","status":"publish","type":"page","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/jizzax-shahar-tarixi\/","title":{"rendered":"\u0418\u0441\u0442\u043e\u0440\u0438\u044f \u0433\u043e\u0440\u043e\u0434\u0430 \u0414\u0436\u0438\u0437\u0430\u043a\u0430"},"content":{"rendered":"<p>Mualliflar: Hayitboy Haydarov, Qamariddin Usmonov<\/p>\n<p style=\"margin-bottom: .0001pt; text-align: justify;\"><b>So\u2019z boshi<\/b><\/p>\n<p style=\"margin-bottom: .0001pt; text-align: justify;\">Vatanni onaga qiyoslaydilar. Zero bu bejiz emas. Ona siynasida bolaga oq sut bersa, ona-Vatan xalqini, elini e\u2019zozlaydi, tarbiyalaydi, kamolga yetkazadi. Inson uchun ona-Vatandan boshqa aziz va mo\u2019tabar, muqaddas narsa yo\u2019q va bo\u2019lmaydi ham.<\/p>\n<p style=\"margin-bottom: .0001pt; text-align: justify;\">Xalqimiz Vatan ostonadan, inson tug\u2019ilib, ko\u2019z ochgan go\u2019shadan, kindik qoni tomgan xonadongan, tuproqdan boshlanadi deyishadi. Bu haq gap. Insonning qalbi, orzu-umidlari, quvonchlari kelajagi ona-Vatani bilan bog\u2019liq kichadi. Shu boisdan ona-Vatanga mehr-muhabbat va sadoqatdan bo\u2019lish, uning har hovuch muqaddas tuprog\u2019ini to\u2019tiyodek ko\u2019zga surtish, unga nisbatan bir umr farzandlik hissi bilan yashash, uni e\u2019zozlash har bir kishi uchun ham farz, ham qarzdir.<\/p>\n<p style=\"margin-bottom: .0001pt; text-align: justify;\">Bizning borligimiz, tilimiz va tafakkurimiz, madaniy-etnik qiyofamiz, udum va an\u2019analarimiz, milliy tuyg\u2019ularimiz \u2013 bularning barchasi Turon, Turkiston, O\u2019zbekiston deya atalmish muqaddas Vatanimiz, uning qadimiy shahri Jizzax nomi bilan mushtarak. Chunki qadimi Jizzax vohasi ham O\u2019zbekistonning ota-bobolarimiz yashagan, kindiq qoni to\u2019kilgan, kelajak avlodlariga boshpana, baxt va saoda bera olgan muqaddas zamini hisoblanadi. Jizzax diniy va dunyoviy nuqtai nazardan haqiqiy ma\u2019noda Alloh nazari tushgan, nafaqat islom ta\u2019limoti, balki kalom falsafasi, sharia ustunlari yetishib chiqqan qadimiy tarixga ega bo\u2019lgan yurt hisoblanadi.<\/p>\n<p style=\"margin-bottom: .0001pt; text-align: justify;\">Jizzax qal\u2019a shahri Nurota va Turkiston tizma tog\u2019larini ajratib turuvchi, kengligi 120-130 metrga to\u2019g\u2019ri keluvchi Ilono\u2019tti (Temur darvozasi) darasining shimoliy qismida Sangzor vodiysida shakllangan qadimiy shahardir.<\/p>\n<p style=\"margin-bottom: .0001pt; text-align: justify;\">Sharqni G\u2019arb bilan bog\u2019lovchi qadimiy Buyuk Ipak karvon yo\u2019lining aynan Ilono\u2019tti darasidan o\u2019tishi shahar mavqeining o\u2019sishi va savdo markaziga aylanishiga sabab bo\u2019lgan. XIX-XX asrlarda barpo etilgan Krasnovodsk \u2013 Toshkent temir yo\u2019li va Katta O\u2019zbekiston traktining Jizzax orqali o\u2019tishi shahar rivojida, uning ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayotida muhim rol o\u2019ynadi.<\/p>\n<p style=\"margin-bottom: .0001pt; text-align: justify;\">Zero, O\u2019zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Abdug\u2019aniyevich Karimov: \u201cTarixga murojaat qilar ekanmiz, bu xalq xotirasi ekanligini nazarda tutishimiz kerak. Xotirasiz barkamol kishi bo\u2019lmaganidek, o\u2019z tarixini bilmagan xalqning kelajagi ham bo\u2019lmaydi\u201d, deb ta\u2019kidlagani bejiz emas. 1996 yil 26 oktabr kuni Xalq deputatlari Jizzax viloyati Kengashining sessiyasida so\u2019zlagan nutqida: \u201cJizzax ikki ming yildan ko\u2019proq tarixga va go\u2019zal tabiatga ega bo\u2019lgan qadimiy maskan\u2026 O\u2019zbek xalqining ko\u2019p-ko\u2019p asl farzandlari mana shu zaminda tarbiya topgan, o\u2019z fidoyiligi bilan el-yurtmizning obro\u2019siga obro\u2019, salohiyatiga salohiyat qo\u2019shgan, tarixda o\u2019zlarining pok nomlarini qoldirgan\u201d deb ta\u2019kidlab mutaxassislarni kelgusida ushbu qadimiy shahar tarixini mukammal o\u2019rganishga da\u2019vat qilgan edi.<\/p>\n<p style=\"margin-bottom: .0001pt; text-align: justify;\">O\u2019tmishda kichik qal\u2019a-shaharcha bo\u2019lgan, mustaqilligimizni qo\u2019lga kiritganligimiz tufayli ijtimoiy-iqtisodiy sohalari, sanoati taraqqiy qilgan, xalq ta\u2019limi va madaniyati rivojlanayotgan Jizzax shahri tarixini bugungi kunda istiqlol sharofati ila chuqurroq o\u2019rganish imkoniyati yuzaga keldi.<\/p>\n<p style=\"margin-bottom: .0001pt; text-align: justify;\">Jizzax \u2013 O\u2019zbekistoning eng qadimiy shaharlaridan bo\u2019lib, miloddan avvalgi bir minginchi yillarda yuzaga kelgani ko\u2019plab tarixiy manbalarda tilga olinadi. Boy tarixga ega bo\u2019lgan shahar urbanistik jarayoniniing yuzaga kelishi bronza davriga borib taqaladi. Tarixchi-arxeolog olimlar tomonidan shaharning yoshini aniqlash, uning tarixiy obidalari qoldiqlarini o\u2019rganish borasidagi tadqiqot ishlari davom etmoqda.<\/p>\n<p style=\"margin-bottom: .0001pt; text-align: justify;\">Mavjud tarixiy manbalar Sharqni G\u2019arb bilan bog\u2019lagan Buyuk Ipak yo\u2019li ustidagi chorrahada, qulay geografik hududda joylashgan Jizzax shahrining yoshi ming-ming yillar bilan o\u2019lchanishidan dalolat bermoqda. Jizzax asrlar davomida turli mamlakatlar, hukmdorlar, bek-amaldorlar, olimu shoirlar, din rahnamolari, oddiy kishilar, xullas, barcha-barchaning diqqat-e\u2019tiborini o\u2019ziga tortgan. Tarix guvohlik beradiki, qadimgi fors podshohlari ahomoniylarr, yunon-makedonlar, arablar, mo\u2019g\u2019ullar va nihoya Rossiya imperiyasi hukmdorlari bilan ota-bobolarimiz o\u2019rtasida Jizzax shahri uchun bir necha bor qirg\u2019in-barot janglar bo\u2019lib o\u2019tgan va shahar batamom yakson qilib tashlangan. Shaharning bunday janglarda bir necha marta vayron qilinganligini aytish va uning adog\u2019iga yetish qiyin. Ammo tarixda Dizak, Gazo, Tayzaq, Tuzihaq, Faknon va boshqa nomlar bilan shuhrat qozongan bu shahar har gal yonib vayron bo\u2019lsa-da, o\u2019z o\u2019rnida yangidan tiklanavergan, gullab-yashnayvergan. Bugungi kunda shaharning ko\u2019hna tarixidan borilgan arxeologik qazilmalar natijasida hozirgi kungacha topilgan va topilayotgan toshdan, temirdan yasalgan mehnat qurollari, kulolchilik, zargarlik, temirchilik buyumlari, qadimgi qurol-yarog\u2019lar, tangalar va boshqa ashyoviy dalillar, kiyim-kechak qoldiqlari ana shundan dalolat bermoqda.<\/p>\n<p style=\"margin-bottom: .0001pt; text-align: justify;\">Arxeologik topilmalar shaharda turli dinlar ham hukm surganini ko\u2019rsatmoqda. Jizzaxning qadim aholisi dastlab zardushtiylik-otashparastlik, keyinroq islom diniga e\u2019tiqod qilgani tarixdan bizga ma\u2019lum. Mustaqillik yillarida mamlakatimizda din erkinligi, eng avvalo, islom dinining ham milliy, ham umuminsoniy qadriyat sifatida mavqei tiklanib, diniy ulamolarning qadr-qimmati o\u2019z joyiga qo\u2019yildi.<\/p>\n<p style=\"margin-bottom: .0001pt; text-align: justify;\">Jizzax shahri ko\u2019plab tarixiy manbalarda tilga olingan. Yunon-Rim tarixchilari Gerodot, Strabon, Ktetsiya, Ksenafont, Arrian, arab muarrixlari: Hofiz-Tarobiy, ibn Havqal, ibn Hurdodbek, Istahriy, ibn Batuta, Yoqu Hamaviy, Ibn Arabshoh, Muhammad Solih, Hofiz Tanish, Hamidulla Kazviniy, Ali Yazdiy, Zahiriddin Muhammad Bobur va boshqa allomalar o\u2019z asarlarida shahar tarixi, aholisining urf-odatlari, dini, madaniyati haqida bitiklar yozib qoldirishgan. O\u2019zbek sharqshunoslari, akademiklar Ya.G\u2019ulomov, A.Muhammadjonov asarlarida, shuningdek, zamondosh olimlardan H.Ziyoyev, N.Ne\u2019matov, S.Anorboyev, M.Pardayev, H.Muhammedov, A.Bedimurodov, M.Isoqov, N.Nemtseva, S.Nishonov, O\u2019.Nosirov, H.Haydarov, M.Pardayev va boshqalarning monografiya, risola va ilmiy maqolalarida shahar tarixi, madaniyati, xalqining turmush tarzi haqida muhim ma\u2019lumotlar berilgan.<\/p>\n<p style=\"margin-bottom: .0001pt; text-align: justify;\">Rossiya imperiyasining mustamlakachilik siyosati va uning zulmidan sabr kosasi to\u2019lgan Jizzax shahri aholisining 1916 yilda front orqasidagi mudofaa inshootlari va harbiy yo\u2019llar qurish ishlariga safarbar etilishiga qarshi ko\u2019tarilgan milliy-ozodlik qo\u2019zg\u2019oloni tarixida o\u2019chmas iz qoldirgan. Bu qo\u2019zg\u2019olonga boshchilik qilgan Nazirxo\u2019ja Abdusalomov, Ziyo Qori Abdullayev, Muhammadrahim Abdurahimov, Komil Qori Bobojonov, Abdurahmon jevachi Abdujabborov, Ismoil bobo Ro\u2019zimuhammedov, Nuriddin hoji Ma\u2019rufxo\u2019jayev, Muhammadxo\u2019ja Hamroyev singari yurtparvar insonlar Rossiya imperiyasi hukumati harbiy dala sudining hukmi bilan qatl etiladilar. Bugungi kunda shaharda Jizzax qo\u2019zg\u2019oloniga bag\u2019ishlangan ko\u2019chma ko\u2019rgazma va O\u2019rda tarixi muzeyi tashkil qilingan, qo\u2019zg\u2019olonchilar nomi abadiylashtirilmoqda.<\/p>\n<p style=\"margin-bottom: .0001pt; text-align: justify;\">Shaharda o\u2019tgan yillar mobaynida juda ko\u2019plab taniqli kishilar \u2013 O\u2019zbekiston xalq shoiri Hamid Olimjon, davlat va jamoat arbobi, taniqli yozuvchi Sharof Rashidov, O\u2019zbekiston xalq yozuvchisi Nazir Safarov, yozuvchi, dramaturg va olim Safar Azimov, mashhur jarroh, akademik O\u2019ktam Oripov kabi xorijiy mamlakatlarda ham e\u2019tirof etilgan tibbiyot xodimlari, ko\u2019plab taniqli kishilar yetishib chiqqan.<\/p>\n<p style=\"margin-bottom: .0001pt; text-align: justify;\">Ikkinchi jahon urushi yillari davridagi shahar tarixi mamlakatimiz tarixining uzviy bir qismi bo\u2019lib, bu davrni xalqimiz hech qachon unutmaydi. Shaharda urush faxriylariga, ularning oila a\u2019zolariga moddiy-ma\u2019naviy yordam ko\u2019rsatilmoqda. Fashizm ustidan qozonilgan buyuk g\u2019alaba \u2013 9 may kuni shaharda har yili \u201cXotira va qadrlash kuni\u201d sifatida keng nishonlanmoqda. Urush qurbonlarini xotirlash uchun \u201cXotira\u201d majmuasi tashkil qilingan bo\u2019lib, \u201cMangu olov\u201d monumenti atrofi anvoyi gullardan iborat gulzorlar, ko\u2019m-ko\u2019k daraxtlar bilan o\u2019rab olingan.<br \/>\nJizzax viloyati 1973 yil 29 dekabrda tashkil topgan.<\/p>\n<p><a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/jizzax-shahrining-tashkil-topishi\/\">Jizzax shahrining tashkil topishi<\/a><\/p>\n<p><a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/jizzax-eron-axomaniylari-va-iskandar-zulqarnayn-bosqini-davrida\/\">Jizzax Eron ahamoniylari va Iskandar Zulqarnayn bosqini davrida<\/a><\/p>\n<p><a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/jizzax-arab-xalifaligi-davrida\/\">Jizzax Arab xalifaligi davrida<\/a><\/p>\n<p><a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/jizzax-mogullar-istilosi-davrida\/\">Jizzax mo\u2019g\u2019ullar istilosi davrida<\/a><\/p>\n<p><a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/jizzax-amir-temur-va-temuriylar-davrida\/\">Jizzax Amir Temur va temuriylar davrida<\/a><\/p>\n<p><a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/xonliklar-davrida-jizzax\/\">Xonliklar davrida Jizzax<\/a><\/p>\n<p><a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/jizzaxning-bosib-olinishi-va-mustamlakachilik-boshqaruv-usuli\/\">Jizzaxning bosib olinishi va mustamlakachilik boshqaruv usuli<\/a><\/p>\n<p><a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/jizzaxda-ijtimoiy-iqtisodiy-va-madaniy-hayot\/\">Ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayot<\/a><\/p>\n<p><a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/1916-yilgi-jizzax-qozgoloni\/\">1916 yilgi Jizzax qo\u2019zg\u2019oloni<\/a><\/p>\n<p><a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/jizzaxda-mustabid-sovet-hokimiyatining-ornatilishi\/\">Jizzaxda mustabid sovet hokimiyatining o\u2019rnatilishi<\/a><\/p>\n<p><a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/sovet-tuzumiga-qarshi-qurolli-harakat\/\">Sovet tuzumiga qarshi qurolli harakat<\/a><\/p>\n<p><a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/jizzaxda-hujum-harakati-uning-oqibatlari\/\">\u201cHujum\u201d harakati, uning oqibatlari<\/a><\/p>\n<p><a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/jizzaxda-madaniy-va-marifiy-jarayonlar\/\">Madaniy va ma\u2019rifiy jarayonlar<\/a><\/p>\n<p><a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/jizzaxda-istiqlol-yolida-shahid-ketganlar\/\">Istiqlol yo\u2019lida shahid ketganlar<\/a><\/p>\n<p><a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/jizzax-shahri-ikkinchi-jahon-urushi-yillarida\/\">Shahar ikkinchi jahon urushi yillarida<\/a><\/p>\n<p><a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/jizzax-shahar-sanoat-korxonalari\/\">Shahar sanoat korxonalari<\/a><\/p>\n<p><a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/jizzax-mashhur-kishilar-maskani\/\">Jizzax \u2013 mashhur kishilar maskani<\/a><\/p>\n<p><a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/jizzaxda-xalq-talimi\/\">Xalq ta\u2019limi<\/a><\/p>\n<p><a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/jizzax-shahrida-aholiga-tibbiy-xizmat-korsatish\/\">Aholiga tibbiy xizmat ko\u2019rsatish<\/a><\/p>\n<p><a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/jizzaxlik-shifokor-olimlar\/\">Jizzaxlik shifokor olimlar<\/a><\/p>\n<p><a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/jizzaxning-adabiy-muhiti\/\">Jizzaxning adabiy muhiti<\/a><\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Mualliflar: Hayitboy Haydarov, Qamariddin Usmonov So\u2019z boshi Vatanni onaga qiyoslaydilar. Zero bu bejiz emas. Ona siynasida bolaga oq sut bersa, ona-Vatan xalqini, elini e\u2019zozlaydi, tarbiyalaydi, kamolga yetkazadi. Inson uchun ona-Vatandan &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/jizzax-shahar-tarixi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":700,"parent":0,"menu_order":0,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","template":"","meta":{"footnotes":""},"class_list":["post-436","page","type-page","status-publish","has-post-thumbnail","hentry","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"ru":{"title":true,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/436","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/pages"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/page"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=436"}],"version-history":[{"count":40,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/436\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":138277,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/436\/revisions\/138277"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/700"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=436"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}