{"id":55179,"date":"2023-03-02T16:28:24","date_gmt":"2023-03-02T13:28:24","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?page_id=55179"},"modified":"2023-03-02T16:50:15","modified_gmt":"2023-03-02T13:50:15","slug":"anana-odat-marosim-va-bayram-tushunchalari","status":"publish","type":"page","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/anana-odat-marosim-va-bayram-tushunchalari\/","title":{"rendered":"An&#8217;ana, odat, marosim va bayram tushunchalari"},"content":{"rendered":"\n<p>Har bir xalqning ijtimoiy-madaniy hayotida azaliy an\u2019ana, urf-odat, marosim, bayramlar alohida o\u2019rin tutadi. Ular kishilar turmush tarzining o\u2019ziga xos hodisasi sifatida namoyon bo\u2019ladi<\/p>\n\n\n\n<p>\u201cAn\u2019ana\u201d, \u201codat\u201d, \u201cmarosim\u201d bevosita \u201cbayram\u201d tushunchasi bilan bog\u2019liq<\/p>\n\n\n\n<p>An\u2019ana-tarixiy taraqqiyot jarayonida tabiiy va ijtimoiy ehtiyojlar asosida vujudga keladigan, avloddan-avlodga meros bo\u2019lib o\u2019tadigan, kishilar ma\u2019naviy hayotiga ta\u2019sir ko\u2019rsatadigan madaniy hodisadir. An\u2019ana o\u2019ziga xos ijtimoiy hodisa sifatida, kishilar ongiga singgan (umum va ma\u2019lum guruh tomonidan), qabul qilingan tartib va qoidalar majmuasi hisoblanadi.<\/p>\n\n\n\n<p>O\u2019tkazgan tadqiqotimiz natijasida \u201cxalq an\u2019analari\u201d tushunchasining ijtimoiy-ma\u2019naviy mohiyatini quyidagicha izohlash mumkin: xalq an\u2019analari &#8212; uzoq taraqqiyot jarayonida etnoslarning ijtimoiy-ma\u2019naviy ehtiyojlari asosida vujudga kelib, ularning aqliy-ijodiy faoliyati asosida, atrof-muhit, tabiat, mehnat jarayoniga bog\u2019liq holda avloddan-avlodga o\u2019tib, taraqqiy etgan va asrlarayo ajdodlar fikri, orzu-o\u2019ylari, tajribalari, yutuqlari va boshqa qadriyatlarini mujassamlashtirgan bebaho ijtimoiy-madaniy merosga aylangan.<\/p>\n\n\n\n<p>Odat (urf-odat) &#8212; kishilarning turmushiga singib ketgan, ma\u2019lum muddatda takrorlanib turuvchi xatti-harakat, ko\u2019pchilik tomonidan qabul qilingan xulq-atvor qoidalari, ko\u2019nikmasidir. Masalan, kichiklarning kattalarga salom berishi, uy-hovlini tartibga keltirib qo\u2019yish, mehmonlarga alohida hurmat ko\u2019rsatish, bayram arafasida keksa qariyalar, kasal, ojiz, qiynalgan kishilar holidan xabar olish, qo\u2019ni-qo\u2019shnilarning biror ishiga yordam berish, hasharga borish kabilar o\u2019zbek xalqiga xos yaxshi odatlar hisoblanadi.<\/p>\n\n\n\n<p>\u201cOdat\u201d degan tushuncha psixologiyada ham mavjud bo\u2019lib, u ma\u2019lum sharoit ta\u2019sirida vujudga kelib, kishining fe\u2019l-atvorida mustahkamlanib qolgan va keyinchalik o\u2019z-o\u2019zidan beixtiyor bajariladigan harakat ma\u2019nosini bildiradi.<\/p>\n\n\n\n<p>An\u2019ana ijtimoiy hayot, mehnat, madaniyatning barcha sohalariga xos hodisa sifatida juda keng doirani qamrab oladi. Odat esa muayyan bir kishining turmush tarsi, xatti-harakati, xulq-atvori, muloqoti va oilaviy munosabatlarida namoyon bo\u2019ladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Marosim-inson hayotidagi muhim voqealarni nishonlashga qaratilgan, rasmiy va ruhiy ko\u2019tarinkilik vaziyatida o\u2019tadigan, umum qabul qilingan tartib-qoidalarga amal qilinadigan tadbir sanaladi. Masalan, ism qo\u2019yish, nikohdan o\u2019tish, dafn qilish, xotirlash, ekishga kirishish (urug\u2019 qadash), o\u2019rimga kirishish marosimlari va hokazolar<\/p>\n\n\n\n<p>Odat kundalik hayotida doimo kuzatilsa, marosim esa inson hayotidagi muhim hodisalar sodir bo\u2019lganida vujudga keladi. Marosim kishilar hayotidagi eng muhim voqealarni (masalan, tug\u2019ilish, uylanish, o\u2019lim kabilarni) qayd etadi, rasmiylashtiradi. Marosimlarni o\u2019tkazishda avloddan-avlodga o\u2019tadigan, ramziy va rasmiy an\u2019analar, qoidalarga amal qilinadi. Marosimga, bo\u2019layotgan voqeaga \u201cguvoh\u201d sifatida odamlar chaqiriladi. Odamlar kimningdir g\u2019ami yoki quvonchiga sherik bo\u2019lishadi, kelajak uchun yaxshi niyatlar qilishadi. Har bir marosimning o\u2019ziga xos umum qabul qilingan tuzilishi (boshlanishi, o\u2019rtasi, oxiri) bo\u2019ladi Inson hayotida bo\u2019lib o\u2019tayotgan muhim voqeani nishonlash jarayonida an\u2019ana ham, odat ham, marosim ham mujassamlashadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Buni quyidagi misolda ko\u2019rish mumkin: yoshlar voyaga yetganida &#8212; yigitlar uylanadi, qizlar turmushga chiqadi. Bu avloddan-avlodga o\u2019tib keladigan an\u2019ana sanaladi. Yigit-qizning oila qurishi uchun nikoh to\u2019yi o\u2019tkazish esa insoniyat hayotiga singgan, muayyan qoidaga, ma\u2019lum tartibga esa bo\u2019lgan urf-odat hisoblanadi. Nikoh to\u2019ylarining asosiy shartlaridan biri kuyov va kelinning nikohdan o\u2019tishidir. Har bir davrda bu to\u2019y bilan bog\u2019liq o\u2019ziga xos odatlar vujudga keladi. Masalan, hozirgi paytda maxsus bezatilgan mashinalarda ko\u2019chalarda yurish, guvohlar bilan \u201cBaxt uyi\u201dga borish, nikohdan o\u2019tayotganda davlat gimnining yangrashi, \u201cBaxt uyi\u201d xodimlarining savollariga javob berish, kerakli hujjatlarga imzo chekish, nikoh uzuklarini almashish kabi odatlarga amal qilinadi. Bu rasmiy va tantanali ravishda o\u2019tadigan marosimdir. Nikoh to\u2019yidagi odatlarning ado etilishi kelin-kuyov, ularning qarindosh-urug\u2019i, yoru-do\u2019stlari uchun haqiqiy shodiyona sanaladi.<\/p>\n\n\n\n<p>\u201cAn\u2019ana\u201d, \u201codat\u201d, \u201cmarosim\u201d bir-biri bilan bevosita bog\u2019liq hodisa hisoblanadi. Shu bois an\u2019analarning tarkibiy qismi odat, odatning tarkibiy qismi esa marosim ham bo\u2019lishi mumkin. Masalan, bilim yurtini bitirgan yosh mutaxassislarning ishlab chiqarishga borib ish boshlashi odat tusiga kirib qolgan. Bu muhim voqea munosabati bilan an\u2019anaviy tadbirlar tashkil qilish mumkin. Bu odatning tarkibiy qismi &#8212; yoshlarni tantanali ravishda mehnat jamoasiga qabul qilish o\u2019z-o\u2019zidan marosimga aylanadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Ba\u2019zi holatlarda \u201can\u2019ana\u201d, \u201codat\u201d va \u201cmarosim\u201d tushunchalari alohida ishlatilsa, ular mavhum ma\u2019noni anglatishi ham mumkin. Bunday paytda ularga aniqlovchi so\u2019zlar qo\u2019shilib, masalan, \u201can\u2019anaviy bayram\u201d, \u201can\u2019anaviy festival\u201d, \u201can\u2019anaviy kecha\u201d yoki \u201cmukofotlash marosimi\u201d, \u201cto\u2019y marosimi\u201d, \u201cnafaqaga kuzatish marosimi\u201d tarzida qo\u2019llanadi. \u201cMarosim\u201d so\u2019zi jamoatchilik ishtirokida o\u2019tkaziladigan katta tadbir ma\u2019nosini bildiradi.<\/p>\n\n\n\n<p>Ba\u2019zi marosimlar (dafn qilish va qayg\u2019uli hodisalardan tashqari) bayramlarning tarkibiy qismi sifatida namoyon bo\u2019lishi mumkin. Ba\u2019zi marosimlar bayram kunidan boshqa paytlarda tashkil qilinsa ham, u bayram tushini oladi. Masalan, \u201cchigit qadash\u201d, \u201cdiplom topshirish\u201d marosimlari o\u2019z-o\u2019zidan bayramga aylanadi. Tantanali ravishda attestat topshirish marosimi ham har bir o\u2019spirin uchun katta bayram sanaladi. Bular marosim bayramlarining tarkibiy (yoki asosiy) qismi ekanligini bildiradi.<\/p>\n\n\n\n<p>\u201cAn\u2019ana\u201d, \u201cmarosim\u201d, \u201cbayram\u201d atamalari o\u2019zgarmas tushunchalari emas. Zamona taraqqiyoti va turmushdagi o\u2019zgarishlar ta\u2019sirida tushunchalar mazmuni ham kengayib boradi.<\/p>\n\n\n\n<p>Ijtimoiy hayotdagi o\u2019zgarishlar ta\u2019sirida talabga javob bermay qolgan an\u2019ana va bayramlar asta-sekin unutila boshlaydi. Mohiyatan xalqchil, ijtimoiy salmoqqa ega bo\u2019lgan an\u2019analar taraqqiy etadi. Masalan, Navro\u2019z, Qovun saytli, Lola sayli va hokazo bayramlar zamonaviy talablarga javob bergani uchun asrlar davomida yashab kelmoqda. Xalq turmushining o\u2019zgarishi unga mos an\u2019analarni vujudga keltiradi. O\u2019zbek xalqi hayotida ham yaqin yillar ichida avvallari mavjud bo\u2019lmagan yillar ichida avvallari mavjud bo\u2019lmagan ko\u2019plab ijtimoiy va shaxsiy-oilaviy an\u2019ana, marosim va bayramlar paydo bo\u2019ldi.<\/p>\n\n\n\n<p>Keyingi paytlarda ilmiy adabiyotlarda, davriy nashrlarda \u201can\u2019anaviy bayramlar\u201d, \u201cyangi an\u2019analar\u201d so\u2019zlari ishlatila boshladi.<\/p>\n\n\n\n<p>\u201cAn\u2019anaviy bayramlar\u201d deganda ma\u2019lum vaqtda muntazam o\u2019tkazib turiladigan azaliy madaniy-ommaviy tadbirlar &#8212; Gul bayrami, Lola sayli, Qovun sayli, Xirmon to\u2019yi (hozirgi Paxta bayrami) nazarda tutiladi. Chunki ular qadim zamonlardan buyon mavjud bo\u2019lgan xalq bayramlaridir.<\/p>\n\n\n\n<p>\u201cYangi an\u2019analar\u201d hayotimizga endi kirib kelayotgan va joylarda endigina boshlangan tadbirlardir.<\/p>\n\n\n\n<p>XX asrning ikkinchi yarmida, zamon o\u2019zgarishi bilan keyingi davrda hayotimizga tug\u2019ilgan chaqaloqning ota-onalariga guvohnoma yoki voyaga yetga yoshlarga passport topshirish, o\u2019quv yurti bitiruvchilarni tantanali ravishda mehnat jamoasiga qabul qilish, Birinchi maosh tantanasi, Avlodlar uchrashuvi, Oltin va Kumush to\u2019ylar, tantanali nafaqaga kuzatish tadbirlari kabilar kirib kelgan edi. Hozirgi paytga kelib, ular \u201cyangi\u201d emas, balki \u201can\u2019anaviy tadbir\u201d bo\u2019lib qoldi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Har bir xalqning ijtimoiy-madaniy hayotida azaliy an\u2019ana, urf-odat, marosim, bayramlar alohida o\u2019rin tutadi. Ular kishilar turmush tarzining o\u2019ziga xos hodisasi sifatida namoyon bo\u2019ladi \u201cAn\u2019ana\u201d, \u201codat\u201d, \u201cmarosim\u201d bevosita \u201cbayram\u201d tushunchasi bilan &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/anana-odat-marosim-va-bayram-tushunchalari\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":0,"parent":0,"menu_order":0,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","template":"","meta":{"footnotes":""},"class_list":["post-55179","page","type-page","status-publish","hentry","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/55179","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/pages"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/page"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=55179"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/55179\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":55182,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/55179\/revisions\/55182"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=55179"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}