{"id":55183,"date":"2023-03-02T17:13:08","date_gmt":"2023-03-02T14:13:08","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?page_id=55183"},"modified":"2023-03-03T08:48:09","modified_gmt":"2023-03-03T05:48:09","slug":"bayramlarning-mohiyati-va-asosiy-xususiyatlari","status":"publish","type":"page","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/bayramlarning-mohiyati-va-asosiy-xususiyatlari\/","title":{"rendered":"Bayramlarning mohiyati va asosiy xususiyatlari"},"content":{"rendered":"\n<p>Odatda, bayram deganda biror-bir muhim hodisa, voqea, sanani ko\u2019pchilik bo\u2019lib, ko\u2019tarinki ruhda, xursandchilik bilan nishonlash tushuniladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Shu boisdan Beruniy bayramlarni hayotdagi \u201ceng muhim kunlar\u201d desa, Mahmud Koshg\u2019ariy \u201cshodlik va xursandchilik kuni\u201d deb ta\u2019riflaydi (Mahmud Koshg\u2019ariy. \u201cDevonu lug\u2019otit turk\u201d, 1-tom. &#8212; T.: \u201cFan\u201d, 1963 yil, 447-bet).<\/p>\n\n\n\n<p>Darhaqiqat, bayram odatdagidan ko\u2019ra ko\u2019tarinkiroq kayfiyatni vujudga keltiradi. Bayram chog\u2019ida hamma boshqa kunlarga qaraganda xursand, shod va baxtiyor bo\u2019ladi.<\/p>\n\n\n\n<p>\u201cBayram, &#8212; deb yozadi A.I.Mazayev, &#8212; bu ma\u2019lum vaqtdagi ideal hayotdir\u201d (Mazayev A.I. Prazdnik kak sotsialno-xudojestvennoye yavleniye. &#8212; M.: \u201cNauka\u201d, 1937 s. 172).<\/p>\n\n\n\n<p>Bayram kunlarida odamlar \u201cqisqa vaqtga bo\u2019lsa-da, o\u2019zlarini kundalik mehnatdan, tashvishdan, g\u2019am-g\u2019ussadan, qaramlikdan, qarzdan xoli, erkin sezadilar, &#8212; deydi M.Qodirov. Zotan, bayram kunlari hamma teng, hur va ozoddir, istaganicha yayrashi, ko\u2019nglidagini aytishi, xohlaganicha o\u2019ynashi, kulishi, maynavozchilik qilishi, kimningdir ustidan kulishi mumkin. Hech kim buni man etmaydi\u201d (M.Qodirov. Tomosha san\u2019ati o\u2019tmishidan lavhalar. &#8212; Toshkent: \u201cFan\u201d, 1993, 81-bet).<\/p>\n\n\n\n<p>Bayram hayotning davomi, muhim qismidir. Bayram shaxs, oila, jamiyat, millat, davlat, xalqaro hayotdagi eng muhim hodisa, voqea, sanalarni qayd etadi, ularni nishonlashga imkoniyat yaratadi. U kishilarning hayoti, faoliyatida erishgan yutuqlarini ifodalaydigan hodisadir. O\u2019zbek xalqida yirik ishlarning boshlanishi va yakunlanishi odatda bayramga aylanib ketadi. Yangi hosil mavsumining boshlanishi va ilk urug\u2019 qadash jarayoni ham dehqonlar hayotida muhim voqea bo\u2019lganligi bois bayramona kayfiyatda o\u2019tadi. Keyingi davrda har bir yirik sanoat inshootining (masalan, Sho\u2019rton gaz-kimyo majmuasi) ochilishi bayram holatida uyushtiriladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Bayram insoniyatning bosib o\u2019tgan yo\u2019llarini chuqur anglashga, g\u2019alabalardan faxrlasnishga, ertangi kun uchun rejalar tuzishga, kelajakka umid bog\u2019lashga yordam beradi. Shu boisdan ham, bayram arafasida kishilar bir-birlarini tabriklashadi, yaxshi istaklar bildirishadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Bayramlar vaqtning monotonligini (bir xilligini) buzib, unga muayyan \u201cshodlik surati\u201d baxsh etadi. Shu sababli, qadimdan qadimdan bayramlar vaqtning o\u2019ziga xos o\u2019lchovi hisoblangan. Hozir ham bayram kunida, masalan, Yangi yil nishonlanayotganda muayyan vaqt o\u2019tganligini, ya\u2019ni o\u2019tgan Yangi yil bilan hozirgi Yangi yil orasida yana bir yil o\u2019tganligini hamma biladi. Bayram kunlarida kishilar \u201cOradan shuncha\u2026 vaqt o\u2019tidi-ya?!\u201d degan so\u2019zlarni ko\u2019p bor aytishadi. Bayramlar vaqtning qadriga yetishga, uni e\u2019zozlashga da\u2019vat qiladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Bayramlar har bir xalqning o\u2019ziga xos qadriyatlarini aks ettiradigan \u201cko\u2019zgu\u201d sanaladi. Chunonchi kishilar bayram chog\u2019ida chiroyli kiyimlarini kiyishadi, lazzatli taomlar tayyorlashadi, o\u2019z qobiliyatlarini namoyish etishadi. O\u2019sha kuni hamma ko\u2019tarinki kayfiyatda bo\u2019ladi<\/p>\n\n\n\n<p>Bayram kunida kishilar o\u2019rtasida boshqa kunlarga qaraganda muayyan darajada yaqinlik, hamkorlik vujudga keladi. Qadimda bu kunda hamma bir qozondan ovqat yegan, bir xil tomosha ko\u2019rgan, bitta joydagi sayilgohda sayr qilishgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Bayram kuni azal-azaldan tinchlik kuni hisoblangan. O\u2019sha kuni urushlar, nizo, mojarolar to\u2019xtatilgan. Bu kunda kishilar o\u2019rtasidagi adovat, gina-quduratlar unutilgan, o\u2019zaro arazlashganlar yarashgan. Bayramlarda shunday holat vujudga kelganki, unda hamma g\u2019oyaviy-ma\u2019naviy birlashgan, o\u2019zaro hamjihatlik yuzaga kelgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Bayramlarda vujudga keladigan ko\u2019tarinki kayfiyat kishilarni ertangi kunga umid bog\u2019lashga, kelajakka ishonch bilan qarashga undaydi<\/p>\n\n\n\n<p>Bayramlar ijtimoiy-madaniy hayot ko\u2019zgusi sifatida har bir xalqning ijtimoiy-iqtisodiy yutuqlarini ham keng namoyish qiladi. \u201cBayramning ijtimoiy-siyosiy va madaniy ahamiyati shu bilan belgilanadiki, &#8212; deb yozadi professor E.V.Sokolov, &#8212; u muhim an\u2019analarni qo\u2019llab-quvvatlash asosida insoniyat madaniyati yutuqlarini mustahkamlaydi\u201d (Sokolov E.V. Svobodnoye vremya i kultura dosuga. L., 1977, s. 85). Bayramlar moddiy va madaniy hayotda erishilgan muvaffaqiyatlarning o\u2019ziga xos namoyishi hisoblanadi. Chunki bayram kuniga bag\u2019ishlab barcha muassasalar, korxonalar o\u2019zlari erishgan muvaffaqiyatlarni namoyish qiladilar. \u201cAynan bayram, &#8212; deydi A.I.Arnoldov, &#8212; dunyo madaniyati xazinasiga yig\u2019ilgan eng qimmatli boyliklarni o\u2019zida mujassamlashtiradi\u201d (Jigulskiy K. Prazdnik i kultura. &#8212; M., \u201cProgress\u201d, 1985, s.5). Shu boisdan bayramlar insoniyat madaniyatining eng muhim shakllaridan biri bo\u2019lishi bilan bir qatorda, kishilik jamiyatini rivojlantirishning eng samarali vositasi hisoblanadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Bayram jamiyat hayotining tarkibiy qismi sifatida oldindan belgilangan, muayyan kunda nishonlanadi. Ba\u2019zi bayram kunlari dam olish kuni deb e\u2019lon qilinadi. Mamlakatimizda yirik bayramlarni nishonlash uchun 9 kun dam olish kunlari sifatida belgilangan. Shuningdek, muayyan kasb kunlari ham aynan dam olish-yakshanba kunlarida o\u2019tkazilishi belgilab qo\u2019yilgan. Tadqiqotchi E.V.Sokolov bayramlarni barcha dam olish shakllari orasida eng afzali deb ko\u2019rsatadi. Chunki bayram tadbirlarida dam olishning eng samarali shakllari mujassamlashadi. (Sokolov E.V. Svobodnoye vremya i kultura dosuga. &#8212; L., 1977, s., 84-88.).<\/p>\n\n\n\n<p>Biroq ba\u2019zi mehnat bayramlarida dam olish bo\u2019lmasligi ham mumkin. \u201cHashar\u201d, \u201cChigit qadash\u201d, \u201cBirinchi hosil karvoni\u201d kabi tadbirlar o\u2019tkaziladigan kunda ham mehnat, ham bayram qilinadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Bayram tarbiya tizimida o\u2019ziga xos muhim va yirik tadbir sanaladi. Bayramlar xalqning eng yaxshi an\u2019analari, odatlari, axloqiy qoidalarini o\u2019zida mujassamlashtirishi, saqlashi va rivojlantirishi bilan yoshlar tarbiyasida muhim o\u2019rin tutadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Bayramlar mohiyati ular mazmuni va g\u2019oyasiga bog\u2019liq bo\u2019ladi. Mazmun, g\u2019oya har bir bayramning asosini, obrazli qilib aytganda \u201cjoni\u201d va \u201cqoni\u201dni tashkil etadi. Tarixiy jarayonda bayramlar ma\u2019nosi g\u2019oyasi xalqning o\u2019yi, dardi, orzu-umidlari asosida paydo bo\u2019lgan va o\u2019zgarib, rivojlanib borgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Mustamlakachilar ham, mahalliy hukmdorlar ham bayramlarga o\u2019z g\u2019oyalarini singdirishga harakat qilgan. Masalan, Navro\u2019z, Mehrjonga mustamlakachilar diniy g\u2019oyalarni singdirishga intilgan. Sho\u2019rolar esa Hosil to\u2019yini sotsialistik g\u2019oyalar bilan boyitishga urinishgan. Zo\u2019ravonlik bilan singdirilgan g\u2019oyalar bayramlarning mohiyati, shakliga putur yetkazgan. Bu esa odamlarning bayramlarga bo\u2019lgan qiziqishini susaytirgan. Shu sababli, ayrim bayramlar unutilgan yoki yo\u2019qolib ketgan. Hukmdorlar xalq odatlariga, bayramlariga o\u2019z g\u2019oyalarini singdirolmay qolganida ularni taqiqlashga harakat qilishgan. Biroq qulay sharoit paydo bo\u2019lishi bilan bayramlar mazmuniga yana \u201cjon\u201d kirgan. Jumladan, mustaqillik davrida shunday imkoniyat yaratildiki, xalqning tabiiy ehtiyojini qondiradigan bayramlar (Navro\u2019z, Hosil bayrami) yangicha mazmun, yangicha g\u2019oya boyigan holda qayta tiklandi.<\/p>\n\n\n\n<p>Ommaviy bayramlarning eng asosiy xususiyati bayram holati (bayram kayfiyati) bilan bog\u2019liqdir. Odamlar ommaviy bayramlarni o\u2019zlari xohlagan vaqtda belgilashi yoki uni tashkil qilishi mumkin emas. Ommaviy bayramlar muayyan sabab, asos bo\u2019lgandagina vujudga keladi. Bayram voqealikning o\u2019zida kelib chiqqanida, kishilarda unga nisbatan ehtiyoj tug\u2019ilganida va bayram kayfiyati vujudga kelganidagina chinakam tantanaga aylandi.<\/p>\n\n\n\n<p>Masalan, mo\u2019l hosil yig\u2019ishtirib olinishi dehqonlarning yil davomida mashaqqatli mehnati samarasi sifatida xursandchilik-bayram holatini vujudga keltiradi.<\/p>\n\n\n\n<p>Bayram tashkilotchilari esa kishilar o\u2019rtasida vujudga kelgan bayramona kayfiyatdan foydalanib, unga mos tadbirlar tayyorlab, bayramni o\u2019tkazishi mumkin. \u201cXalq ommasining bayramga intilishi, unga tayyorlanishi bu hali bayram emas, &#8212; deb uqtiradi D.M.Genkin, &#8212; bu intilishni albatta oqilona, go\u2019zal, nozik qilib uyushtirib, tashkil etish kerak\u201d (Genkin D.M. Massoviy prazdniki. &#8212; M., 1975, s. 136.).<\/p>\n\n\n\n<p>Darhaqiqat, bayram maxsus uyushtirilsa-yu kishilarda bayramona kayfiyat bo\u2019lmasa, u oddiygina bo\u2019lib, odatdagi kunlik voqeadek bo\u2019lib o\u2019tishi mumkin. Haqiqiy bayram kishilar uni orziqib kutganida, unga maxsus tayyorgarlik ko\u2019rilganida, uni nishonlash shakli topilganidagina yuzaga keladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Bayramlar istalgan paytda yoki o\u2019z-o\u2019zida vujudga kelmaydi. Bayram ommada unga nisbatan ehtiyoj tug\u2019ilganida, muayyan bir asos, sabab paydo bo\u2019lganida, u maxsus uyushtirilganidagina ta\u2019sirchan tadbirga aylanadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Bayramlarning yana bir xususiyati ularning muayyan vaqt, maxsus sana bilan bog\u2019liqligidir. Kishilarda bayram kayfiyati avvaldan belgilangan vaqt, sana, kun kelganida paydo bo\u2019ladi. Masalan, qishning sovuq kunlaridan so\u2019ng ob-havoning isishi, tevarak-atrofning ko\u2019m-ko\u2019k libosga o\u2019ranishi, dov-daraxtlarning gullashi &#8212; bahor kelishi barcha kishilarga olam-olam quvonch, shodlik olib keladi. Albatta, tabiatning bu o\u2019zgarishidan har kim o\u2019zicha zavqlanadi. Ammo tabiat go\u2019zalligi va bahor shodiyonasi hamma uchun umumiy bo\u2019lganligi sababli odamlarda uni birgalikda nishonlash kayfiyati ham tug\u2019iladi. Ana shu ehtiyojni qondirish uchun maxsus vaqt (kun, sana) belgilanadi. Bu sanalarni belgilashda ming yilliklar tajribasidan kelib chiqiladi. Masalan, quyoshning hamal burjiga kirish vaqti \u201cNavro\u2019z\u201d bayrami o\u2019tkaziladigan vaqt sifatida belgilangan.<\/p>\n\n\n\n<p>Yangi yil bayrami sanasi ham kimlarningdir xohish-istagi asosida o\u2019zgartirib turilmaydi. Bu kunni o\u2019tmishda turli xalqlar har xil vaqtda nishonlashgan bo\u2019lsa ham, keyingi paytda dunyo bo\u2019yicha 1 yanvar Yangi yil bayrami deb qabul qilingan.<\/p>\n\n\n\n<p>Talabalarning o\u2019quv yurtini tugallash uchun to\u2019rt-besh yillik muddat kerak bo\u2019ladi. Ana shu muddat nihoyasiga yetgach, talabalarda xursandchilik kayfiyati vujudga keladi. Bu esa maxsus bayram uyushtirish uchun zamin yaratadi. Aynan shu quvonchli voqeani nishonlash uchun maxsus sana belgilanadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Taqvim sahifalarida bayram kunlari alohida ajratib ko\u2019rsatiladi. Biroq bu kunlarning chinakam bayramga aylanishi uchun kishilarda ko\u2019tarinki kayfiyat bo\u2019lishi va muayyan tadbirlar amalga oshirilishi lozim.<\/p>\n\n\n\n<p>Bayramlarning yana bir o\u2019ziga xos xususiyati ularda keng ommaning ishtirok etishidir. Bayram avvalo ko\u2019pchilik uchun uyushtiriladi va u bevosita ko\u2019p odamlarning ishtirokida o\u2019tadi. Teatrlar, konsert zallari, televideniye ko\u2019rsatuvlari, radio eshittirishlarida omma faqat tomoshabin, tinglovchi rolini bajarsa, bayramlarda odamlar faol ishtirokchi sifatida qatnashadi. Bayramlarda hamma o\u2019z qobiliyatini namoyish qilishi mumkin. Kishilar bayram tadbirlarini ishtirokchi sifatida kuzatadi va bo\u2019lgan voqealarga o\u2019z munosabatini bildira oladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Albatta, bayram tadbirlarida hamma ham bir xil darajada faol qatnashmaydi. Buning imkoni ham yo\u2019q. Bayram dasturini boshqaruvchilar, sportchilar, badiiy havaskorlik jamoalari a\u2019zolari kabilar bayramning faol qatnashchilari bo\u2019ladi. Bayram ishtirokchilarining diqqatini tadbirlarga jalb qilish, faollashtirish uchun ular o\u2019rtasida ommaviy o\u2019yinlar, qo\u2019shiqlar, viktorinalar, ko\u2019rik-tanlovlar, sport musobaqalari uyushtiriladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Bayramlarning o\u2019ziga xos yana bir xususiyati ularning bir necha (kompleks) tadbirlar sintezidan tashkil topishidir. Har bir bayram ko\u2019plab tadbirlar asosida uyushtiriladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Bayramning tashkil qilinishi &#8212; uning mavzusi, g\u2019oya, yo\u2019nalishini maxsus shakl, tadbir va marosimlar orqali namoyish etishdir. Odatda, har bir ommaviy (ayniqsa, ochiq joylardagi) bayramning ochilish marosim-tadbiri bo\u2019ladi. Undan so\u2019ng, bir joyda &#8212; bayram ko\u2019rgazmalari, ko\u2019rik-tanlovlari; ikkinchi joyda- dor o\u2019yini, polvonlar chiqishlari; uchinchi joyda &#8212; askiya va qiziqchilar chiqishlari, qo\u2019g\u2019irchoq teatri tomoshalari; to\u2019rtinchi joyda &#8212; badiiy havaskorlik jamoalari, folklor-etnografik ansambllari kontsertlari; beshinchi joyda &#8212; sport musobaqalari (kurash, poyga, chavandozlik) kabilar tashkil qilinadi.<\/p>\n\n\n\n<p>An&#8217;analar, marosimlar, teatrlashtirilgan konsert va tomoshalar, karnavallar, namoyishlar, xalq o\u2019yinlari bayramlarning asosiy tarkibiy qismi sanaladi. Ommaviy bayramlar shu kabi tadbirlar asosida o\u2019tkaziladi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Odatda, bayram deganda biror-bir muhim hodisa, voqea, sanani ko\u2019pchilik bo\u2019lib, ko\u2019tarinki ruhda, xursandchilik bilan nishonlash tushuniladi. Shu boisdan Beruniy bayramlarni hayotdagi \u201ceng muhim kunlar\u201d desa, Mahmud Koshg\u2019ariy \u201cshodlik va xursandchilik &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/bayramlarning-mohiyati-va-asosiy-xususiyatlari\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":0,"parent":0,"menu_order":0,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","template":"","meta":{"footnotes":""},"class_list":["post-55183","page","type-page","status-publish","hentry","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/55183","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/pages"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/page"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=55183"}],"version-history":[{"count":3,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/55183\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":55189,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/55183\/revisions\/55189"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=55183"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}