{"id":55190,"date":"2023-03-03T09:07:10","date_gmt":"2023-03-03T06:07:10","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?page_id=55190"},"modified":"2023-03-03T11:21:14","modified_gmt":"2023-03-03T08:21:14","slug":"ozbek-xalqi-bayramlarini-organish-zaruriyati","status":"publish","type":"page","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/ozbek-xalqi-bayramlarini-organish-zaruriyati\/","title":{"rendered":"O\u2019zbek xalqi bayramlarini o\u2019rganish zaruriyati"},"content":{"rendered":"\n<p>Xalqni bayram qilishiga qarab, uning taraqqiyot darajasini bilish qiyin emas. Jumladan, bayramlar elning ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy ahvoli haqida yorqin tasavvur bera oladi. Chunki bayramlar ijtimoiy hayotning eng yaxshi tomonlarini aks ettiradigan ko\u2019zgudir. Har tomonlama rivojlangan xalqning bayramlari ham fayzli bo\u2019ladi.<\/p>\n\n\n\n<p>O\u2019zbek xalqi o\u2019z ajdodlarining buyuk tarixiy, ma\u2019naviy, ilmiy merosi, me\u2019moriy yodgorliklari, san\u2019ati, adabiyoti bilan bir qatorda ko\u2019p ming yillik bayram-marosim madaniyatiga ega bo\u2019lganligi bilan ham faxrlansa arziydi. O\u2019zbek bayramlari uzoq taraqqiyot jarayonida ajdodlarimizning ijtimoiy-ma\u2019naviy ehtiyojlari asosida vujudga keldi. Ularning aqli ijodiy faoliyati asosida, atrof-muhit, tabiat, mehnat jarayoniga bog\u2019liq holda avloddan-avlodga o\u2019tib, taraqqiy etdi. Asrlararo ajdodlar fikri, orzu-o\u2019ylari, tajribalari, yutuqlari va boshqa qadriyatlarini mujassamlashtirgan bebaho ijtimoiy-madaniy merosga aylandi. Biroq haligacha o\u2019zbek xalqi bayramlarining bu tarixiy merosi maxsus o\u2019rganilgan emas.<\/p>\n\n\n\n<p>O\u2019zbek xalqi bayramlari qadimgi davrdan shu kungacha tarixiy zaruriyat zaminida rivoj topib, qarama-qarshiliklarni yengib, boshqa xalqlar tajribasi bilan boyib keldi. Holbuki, o\u2019zbek xalqi tarixi, madaniyatiga oid tadqiqotlarda xalq hayotining muhim va ajralmas qismi bo\u2019lgan bayramlar o\u2019z aksini topmayapti. Buning ustiga hanuzgacha o\u2019zbek xalqi bayramlarining tarixi, an\u2019analari va hozirgi ahvoli ham maxsus va yaxlit o\u2019rganilgan emas. Buning asosiy sababi shunda ediki, sho\u2019rolar davrida milliy bayramlarni tadqiq etish rasmiy va norasmiy ta\u2019qiqlangan bo\u2019lib, faqat yangi sovet bayramlarini o\u2019rganish mumkin edi. Mustaqillik tufayli o\u2019zbek an\u2019analarini o\u2019rganish imkoniyatlari ochilmoqda. Milliy an\u2019analar, xalq bayramlarining ayrim masalalari tadqiq qilina boshlandi. O\u2019zbek xalqi bayramlarini maxsus va haqqoniy o\u2019rganish davri keldi. Bu esa vaqtida qadrlanmagan merosimizni tarixiy, siyosiy, falsafiy, axloqiy, elshunoslik, madaniyatshunoslik nuqtai nazarlaridan har tomonlama o\u2019rganishni taqozo etmoqda.<\/p>\n\n\n\n<p>O\u2019zbek xalqining bayram-marosim madaniyati shu qadar boy va rang-barangki, ularni tabiat, mehnat, diniy e\u2019tiqod, oilaviy hayot, ijtimoiy-siyosiy, madaniy-ma\u2019rifiy, san\u2019at va sport kabi ko\u2019plab turlarga bo\u2019lib tadqiq etish mumkin.<\/p>\n\n\n\n<p>Shu bilan birga o\u2019zbek bayramlarining e\u2019tibor berish lozim bo\u2019lgan bir qator muhim tomonlari bor:<\/p>\n\n\n\n<ol class=\"wp-block-list\" type=\"1\">\n<li>Eng avvalo o\u2019zbek xalqi bayramlari tarixini o\u2019rganish juda zarur. Chunki, shu paytgacha uzoq tarixga ega bo\u2019lgan o\u2019zbek xalqi bayramlari maxsus tadqiqot ob\u2019yekti qilib olingan emas. Ma\u2019lumki, Markaziy Osiyo insoniyat madaniyatining eng qadimiy o\u2019choqlaridan biri hisoblanadi. Olib borilgan arxeologik tadqiqotlar bu hududda 1 million yildan buyon odamlar yashayotganligidan dalolat bermoqda. Demak, mahalliy aholi madaniyati, jumladan, o\u2019zbek xalq odatlarining paydo bo\u2019lishi va shakllanish jarayonini nafaqat asrlar, nafaqat ming yilliklar, balki yuz ming yilliklarni qamrab olgan holda o\u2019rganish kerak. O\u2019zbek bayramlari tarixini eng qadimgi davr, antik davr, o\u2019rta asrlar, yangi asrlar va XX asrlarga bo\u2019lib alohida o\u2019rganish har bir davrga xos tajribalarni umumlashtirishga katta foyda beradi.<\/li>\n\n\n\n<li>O\u2019zbek xalqi odat-bayramlarini o\u2019rganishda geomadaniyatni hisobga olish ham foydalidir. Bu Markaziy Osiyo, jumladan, O\u2019zbekiston hududidagi madaniyat va odatlarimiz tarixiy o\u2019zagini topish uchun muhim ahamiyatga ega. \u201cGeomadaniyat\u201d yordamida Vatanimizda 1 millon yildan buyon odamlarning yashash jarayonida, ularning shu yerga, shu tabiatga, shu iqlimga, shu hududda paydo bo\u2019lgan turmush tarsi va mashg\u2019ulotlariga mos madaniyati, odatlari, marosimlari va bayramlarini o\u2019rganish mumkin.<\/li>\n<\/ol>\n\n\n\n<p>To\u2019g\u2019ri, bosqinchilar, ko\u2019chmanchilar va boshqalar Vatanimiz madaniyatiga ta\u2019sir etgan ham bo\u2019lishi mumkin, biroq ularning an\u2019analari mahalliy o\u2019zbek madaniyati va odatlari o\u2019zagini tashkil qila olmadi. Ajdodlarimiz odatlari o\u2019z ona-yerimizda, o\u2019z hududimizda paydo bo\u2019lgan va rivoj topgan. Prezidentimiz I.Karimov ta\u2019kidlaganidek, \u201c\u2026ko\u2019chmanchilar, bosqinchilar kelib ketaveradi, lekin xalq boqiy qoladi, uning madaniyati abadiy yashaydi\u201d (I.Karimov. Tarixiy xotirasiz kelajak yo\u2019q. &#8212; T., 1998, 21-bet).<\/p>\n\n\n\n<p>3. O\u2019zbek bayramlariga elshunoslik, etnik madaniyat nuqtai nazaridan yondashmay turib ularni o\u2019rganish qiyin. Ma\u2019lumki, o\u2019zbek millati ko\u2019plab etnik urug\u2019lar asosida vujudga kelgan va unga turli etnoslarning ta\u2019siri bo\u2019lgan. Biroq, \u201cIskandar ham, Qutayba, Chingizxon, General Chernyayevlar ham, \u2026 yurtimizga bir necha o\u2019n ming yo bir yuz ming lashkarlari bilan kelgan, ishg\u2019ol qilgan va bu yerda siyosiy hokimiyatni qo\u2019lga olgan. Biroq shu yerda asrlar davomida yashab kelayotgan mahalliy aholini, uning ko\u2019p ming yillik madaniyatini yo\u2019q qila olmagan, qila olmaydilar ham\u201d (I. Karimov. Tarixiy xotirasiz kelajak yo\u2019q. &#8212; T., 1998, 18-bet).<\/p>\n\n\n\n<p>O\u2019zbekistonda ko\u2019plab millat va elatlar yashaydi, biroq ular ichida o\u2019zbeklar tub, asosiy aholini va son jihatdan ko\u2019pchilikni tashkil qiladigan millat hisoblanadi. Shu sababli xalq bayramlarini o\u2019rganayotganda o\u2019zbek bayramlariga asosiy urg\u2019u berilishi kerak. Bundan kelib chiqib, o\u2019zbek etnik odatlar genezisiga ega evolyutsiyasiga alohida ahamiyat berish zarur. Jumladan, o\u2019zbek xalqi bayramlarini:<\/p>\n\n\n\n<ul class=\"wp-block-list\" type=\"a\">\n<li>Xalq ehtiyoji asosida vujudga kelishi;<\/li>\n\n\n\n<li>Hayotning tarkibiy qismiga aylanishi;<\/li>\n\n\n\n<li>Avloddan-avlodga meros bo\u2019lib o\u2019tishi;<\/li>\n\n\n\n<li>Zamonga mos boyib, kamol topishi va hokazo jarayonlarni maxsus o\u2019rganish kerak. Bunday yondashuvsiz o\u2019zbek etnik odatlarining boy va muhim qirralarini ochish mumkin emas.<\/li>\n<\/ul>\n\n\n\n<p>4. O\u2019zbek bayramlarini diniy e\u2019toqlardan holi holda o\u2019rganib bo\u2019lmaydi. Chunki e\u2019tiqodlardan xoli holda o\u2019rganib bo\u2019lmaydi. Chunki e\u2019tiqodlar xalqimizda qadimdan shakllangan va rivoj topgan. Odamlarning hayoti, tabiat sirlarini tushunishga intilishi natijasida fetishistic, totemistik, animistik, politeistik, magik kabi diniy e\u2019tiqodlar bilan birga qadimgi odatlar (chunonchi, \u201cyomg\u2019ir tilash\u201d, \u201cshamol chaqirish\u201d, \u201cquyoshga sig\u2019inish\u201d, \u201cqurbonlik qilish\u201d marosimlari) vujudga kelgan. Bu odatlar ajdodlarimizning tarixiy ildizlari sifatida qadrlidir.<\/p>\n\n\n\n<p>Zardo\u2019shtiylik diniga e\u2019tiqod qilish davrida ajdodlarimizning bayramlar tizimi shakllandi. Bunda Navro\u2019z, Mehrjon, Sada, Angom kabi bayramlari ayniqsa muhim ahamiyatga ega bo\u2019ldi. Ularda yaxshilik va yomonlik, yorug\u2019lik va qorong\u2019ulik, issiqlik va sovuqlik, o\u2019lim va hayot o\u2019rtasidagi ziddiyatlar aks etib, bu davr odatlarida ezgulik, mehribonlik, muruvvatlilik, qadr-qimmat, insoniylik kabi ma\u2019naviy-insoniy fazilatlar qadrlana boshlandi.<\/p>\n\n\n\n<p>Islomga e\u2019tiqod qilish davrida diniy bayramlar &#8212; Ro\u2019za hayiti, Qurbon hayiti kabilar ma\u2019naviy hayotga katta ta\u2019sir o\u2019tkazgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Xullas, diniy e\u2019tiqodlar an\u2019anaviy mahalliy bayramlar bilan chambarchas bog\u2019lanib ketgan. Ularsiz o\u2019zbek bayramlarini ham tasavvur qilish qiyin.<\/p>\n\n\n\n<p>5. O\u2019zbek xalqi bayramlarining eng diqqatga sazovor tomonlaridan biri ularning tabiat va mehnat bilan bog\u2019liqligidir. Chunki o\u2019zbek xalqi va uning ajdodlari istiqomat qilgan hududning geografik o\u2019rni, tabiati, yil fasllari kabilarning o\u2019ziga xos xususiyatlari asosida mavsumiy odat, bayram va marosimlar vujudga kelib, ular mahalliy aholining tafakkuri, xarakteri, idroki, his-tuyg\u2019ular, irodasi, qobiliyatlarining shakllanishida muhim o\u2019rin tutadi. Mavsumiy an\u2019analarning shakllanishida mahalliy aholi istiqomat qiladigan hududning tabiat sharoiti, iqlimi bilan bog\u2019liq bo\u2019lgan moddiy madaniyati, mehnat tajribalari, shuningdek, ekologik ongi, xalq e\u2019tiqodlari, xalq ijodi, turmush madaniyati kabi ma\u2019naviy sohalar muhim ahamiyat kasb etadi.<\/p>\n\n\n\n<p>O\u2019zbek xalqi odatlarining bir qator qadriyatlari mavsumiy mehnat faoliyati bilan bog\u2019liq ekanligini ham nazarda tutish kerak. Qadimdan ajdodlarimizning har bir faslga xos an\u2019analar tizimi (sistemasi) shakllanib kelgan. Ular orasida erta bahorda &#8212; mehnat mavsumiga kirishdan oldin, yozda &#8212; hosil yig\u2019ishtirishdan avval, kuzda &#8212; hosil to\u2019plangandan so\u2019ng va qishda &#8212; dalalar \u201cuyquga ketib\u201d, mehnatkashlarning bo\u2019sh vaqti ko\u2019payib, madaniy dam olish ehtiyoji tufayli uyushtiriladigan odat, marosim, bayramlari xalq hayotida muhim hodisa hisoblangan. Asrlar davomida avloddan-avlodga o\u2019tib, an\u2019anaga aylangan: bahorgi &#8212; Qurultoy, Gul bayramlari, Navro\u2019z; yozgi &#8212; Suv sayli, Choymomo; kuzgi &#8212; Uzum sayli, Qovun sayli, Paxta to\u2019yi, Anor sayli, Anjir sayli; qishki &#8212; Yas-yasun, Gap-gashtak, Qor xat kabi marosim va bayramlar dehqonlar hayoti, turmushi, mavsumiy mehnat jarayonida va ma\u2019naviy olamida samarali shakl kasb etib, ularning mazmuni yoshlarning ekologik ongini ravnaq toptirish, tabiat boyliklarini qadrlash, yil fasllarida vujudga keladigan go\u2019zalliklardan zavqlanish mehnatning qadriga yetish, insoniylikni ulug\u2019lash kabi funksiyalarni bajarida yaxshi xizmat qilgan<\/p>\n\n\n\n<p>Hozirgi davrda O\u2019zbekiston bayramlariga oid eng muhim muammolardan biri &#8212; bu o\u2019lkamiz tabiati, iqlimi, ajdodlarimiz tarixi, an\u2019analari kabi ko\u2019plab xususiyatlar asosida vujudga kelgan, ming yilliklar orasida avloddan-avlodga o\u2019tib nishonlanib kelingan bayramlarni tiklash va taraqqiy ettirishdir.<\/p>\n\n\n\n<p>6. O\u2019zbek an\u2019analarining muhim qismini oilaviy marosimlar tashkil qilgani uchun ularni alohida tadqiq etish ehtiyoji yuzaga keladi. O\u2019zbek oilalarida chaqaloq tug\u2019ilgandan to u ulg\u2019ayib, yangi oila qurguniga qadar sodir bo\u2019ladigan muhim voqealarni qayd qiladigan marosimlar tizimi vujudga kelgan. Mazkur tizimga kirgan Chaqaloqning dunyoga kelishi, Ism berish, Chaqaloq chilla, Beshik to\u2019y, Soch to\u2019y, Tish to\u2019y, Birinchi qadam, Sunnat to\u2019y, Muchal yosh, Nikoh to\u2019y kabilar yosh avlodning rivojlanishi va ma\u2019naviy kamol topishi, hayotda o\u2019z o\u2019rnini topishi uchun o\u2019ziga xos ma\u2019naviy \u201czina\u201d sifatida xizmat qiladi. Bu odatlar o\u2019zbek mintalitetini shakllanishida muhim tadbirlar bo\u2019lgan<\/p>\n\n\n\n<p>7. Xalq bayramlarining axloqiy-tarbiyaviy tomonlariga alohida e\u2019tibor berish lozim. Chunki xalq bayramlarida qadimiy va islomiy odatlar chatishib ketib, ular odamlar o\u2019rtasida mehr-oqibat, izzat-hurmat, qadr-qimmat, muruvvat kabi insoniy fazilatlarning ravnaq topishida katta xizmat qiladi. Bayramlarning mazmuniga insoniylik, olijanoblik, saxiylik, rahmdillik, mehr-muruvvatlilik kabi g\u2019oyalar singib ketgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Xalq bayramlari ajdodlarimizning eng yaxshi fazilatlari, fikrlari, tajribalari, yutuqlari, qadriyatlarini mujassamlashtirgani uchun jamiyatimizni axloqiy sog\u2019lomlashtiruvchi, insonparvarlikni barqaror etuvchi va aholining ma\u2019naviy kamol topishiga xizmat qiladigan muhim omil sifatida namoyon bo\u2019ladi. Shuningdek bayramlar odamlar orasida odob-axloq, imon-e\u2019tiqod, insonparvarlik, mehr-muruvvat, saxovat, odillik, halollik, birodarlik, vatanparvarlik, mehmondo\u2019stlik kabi hislatlarni ravnaq toptirishda muhim omil hisoblanadi.<\/p>\n\n\n\n<p>8. O\u2019zbek xalqi bayramlarini siyosiy nuqtai nazardan o\u2019rganish eng muhim masaladir. Chunki siyosiy jarayonda ham bayramlar muhim ahamiyatga ega bo\u2019lgan. Hukmronlar har doim bayramlar orqali o\u2019z siyosiy g\u2019oyalarini targ\u2019ib etishga intilganlar. Tarixda odil hukmronlar xalq bayramlari orqali adolat, insonparvarlik, inoqlik va mehr-oqibatni targ\u2019ib etishga alohida e\u2019tibor berganlar. Bosqinchilar esa aksincha, bayramlarga o\u2019z siyosatini singdirib, ular orqali o\u2019z hokimiyatini mustahkamlamoqchi va obro\u2019ini ko\u2019tarmoqchi bo\u2019lganlar. Buni eplay olmaganlarida esam bayramlarni taqiqlarga harakat qilganlar. Masalan, sho\u2019rolar azaliy, milliy bayramlarni o\u2019ziga xizmat qildira olmaganligi sababli, ularni inkor va taqiq etish yo\u2019lidan bordi. O\u2019z siyosatini targ\u2019ib qilish uchun yangi sovet bayramlarini o\u2019ylab topishdi va hayotga joriy etishga intilishdi. Xalq esa o\u2019z ehtiyojlarini qondiradigan bayramlarni nishonlashga intilgan, sun\u2019iy o\u2019ylab topilgan siyosiy bayramlarga befarq qaragan.<\/p>\n\n\n\n<p>Mustaqilligimizning dastlabki kunlaridanoq ajdodlarimiz yaratgan bebaho merosni va xalq an\u2019analarini tiklash davlat siyosati darajasiga ko\u2019tarilgan nihoyatda muhim vazifa bo\u2019lib qoldi.<\/p>\n\n\n\n<p>9. O\u2019zbekiston bayramlari xalqaro ahamiyat kasb etmoqda. Chunki 10 yildan ortiq vaqt davomida respublikamizda bayramlarni o\u2019zbekona tashkil qilish borasida diqqatga sazovor tajribalar vujudga keldi. Birinchidan, milliy (\u201cNavro\u2019z\u201d kabi) bayramlarimiz jahon hamjamiyatini qiziqtira boshladi, ikkinchidan, mamlakatimizda xalqaro (\u201cSharq taronalari\u201d kabi) anjumanlar uyushtirish tajribasi vujudga keldi.<\/p>\n\n\n\n<p>Ajdodlarimiz merosini tiklash bo\u2019yicha qilinayotgan ishlarimizni nafaqat o\u2019zimiz, balki butun jahon tan olmoqda. Bu boradagi olamshumul ishlarimizni o\u2019rganish uchun dunyoning ko\u2019pgina mamlakatlari (chunonchi, Amerika, Norvegiya, Gollandiya, Fransiya, Germaniya, Turkiya)dan tashrif buyurgan mutaxassis-olimlar an\u2019anaviy madaniyatimiz, jumladan, bayramlarimizni tiklash bo\u2019yicha qilinayotgan harakatlarimizga qoyil qolishmoqda.<\/p>\n\n\n\n<p>Faxr bilan shuni aytish lozimki, O\u2019zbekiston bayramlarini tashkil qilish tajribasi MDH da eng ilg\u2019or deb tan olinmoqda. Shuning uchun bo\u2019lsa kerak, dunyoning ko\u2019pgina mamlakatlaridan kelgan mutaxassis olimlar O\u2019zbekiston bayramlari saviyasiga tan berish bilan bir qatorda bu yerdagi tajribalarni o\u2019rganish bo\u2019yicha tadqiqotlar olib borishmoqda. \u201cOldingdan oqqan suvning qadri yo\u2019q\u201d deganlaridek, o\u2019zbek bayramlarini ko\u2019proq chet el olimlari tadqiq etishmoqda. Balki o\u2019z muvaffaqiyatimizga o\u2019rganib qolgandirmiz. Balki xorijliklar bizning tajribamizni uzoqdan yaxshi ko\u2019rsalar kerak. Yevropa va Amerikadan kelgan olimlar bayram bo\u2019yicha bizlarning tajribalarimizning qiziqib o\u2019rganishmoqda. Xususan, amerikalik sotsiolog olim Lora Adams Vatanimizga kelib, O\u2019zbekiston bayramlariga oid doktorlik dissertatsiyasini yozdi va uni Amerikada yoqladi.<\/p>\n\n\n\n<p>O\u2019zbekiston bayramlarining asosiy amaliy yutug\u2019i shundaki, jahonda anologi yo\u2019q, an\u2019anaviy-tarixiy va zamonaviy tajribalarni uyg\u2019unlashtirgan bayramning yangi bosh tomoshasi &#8212; teatrlashgan musiqali &#8212; xoreografik kompozitsiya vujudga keldi. Aynan shu shakldagi tomosha ko\u2019pchilikka manzur bo\u2019lmoqda.<\/p>\n\n\n\n<p>Shunday qilib, eng qadimgi davrlardan boshlab shakllana borgan o\u2019zbek xalqi bayramlarini maxsus va har tomonlama tadqiq etishga katta ehtiyoj bor.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Xalqni bayram qilishiga qarab, uning taraqqiyot darajasini bilish qiyin emas. Jumladan, bayramlar elning ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy ahvoli haqida yorqin tasavvur bera oladi. Chunki bayramlar ijtimoiy hayotning eng yaxshi tomonlarini &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/ozbek-xalqi-bayramlarini-organish-zaruriyati\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":0,"parent":0,"menu_order":0,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","template":"","meta":{"footnotes":""},"class_list":["post-55190","page","type-page","status-publish","hentry","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/55190","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/pages"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/page"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=55190"}],"version-history":[{"count":6,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/55190\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":55198,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/55190\/revisions\/55198"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=55190"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}