{"id":55203,"date":"2023-03-05T13:33:29","date_gmt":"2023-03-05T10:33:29","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?page_id=55203"},"modified":"2023-03-05T14:39:46","modified_gmt":"2023-03-05T11:39:46","slug":"rossiya-va-angliyaning-orta-osiyo-uchun-olib-borgan-ozaro-kurashi","status":"publish","type":"page","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/rossiya-va-angliyaning-orta-osiyo-uchun-olib-borgan-ozaro-kurashi\/","title":{"rendered":"<strong>Rossiya va Angliyaning O\u2019rta Osiyo uchun olib borgan o\u2019zaro kurashi<\/strong>"},"content":{"rendered":"\n<p>XIX asr ikkinchi yarmi boshlarida Turkiston xonliklarini bo\u2019ysundirish maqsadida Rossiya olib borayotgan siyosat Buyuk Britaniyaning shu borada uzoqni ko\u2019zlagan rejalariga jiddiy xavf solar edi. Shuning uchun Angliya turli yo\u2019llar bilan O\u2019rta Osiyodagi davlatlarni Rossiyaga qarshi otlantirish payiga tushadi.<\/p>\n\n\n\n<p>1831-1833 yillarda Ost-Indiiya kompaniyasi leytenanti Aleksandr Berns Hindistondan Afg\u2019onistonga, undan Buxoroga sayyoh sifatida keladi. Bu \u201csayohat\u201d natijasida yig\u2019ilgan dalillar va shaxsiy kuzatuvlar \u201cBuxoroga sayohat\u201d deb nomlangan uch jildlik kitobga asos bo\u2019ldi. Bu o\u2019rinda A.Bernsning o\u2019zbek xalqi xususida bildirgan fikrlari diqqatga sazovordir: \u201cO\u2019zbeklar muomalada kamtar va samimiy. Ular mening kim ekanimni bilmaganliklaridan, barcha narsalar xususida, hukmdorlari va siyosatdan tortib, bozordagi ahvol haqida ham tortinmay so\u2019zlashdilar\u201d.<\/p>\n\n\n\n<p>Angliya o\u2019z diplomatlari, sayyohlari hamda ayg\u2019oqchilari vositasida Buxoro, Xiva va Qo\u2019qon xonliklarini Rossiyaga qarshi ittifoqqa uyushtirishga harakat qildi. Ular shu maqsadda fors va turk tillarini yaxshi bilgan Konolli, Berns, Archi Todd, Abbot va Shekspir kabi zobitlarni o\u2019zbek xonliklariga yubordilar. Ayrim manbalarda keltirilgan ma\u2019lumotlarga ko\u2019r, Konolli Xiva xoni bilan uchrashib, unga \u201cO\u2019zbek davlatlarining chet mamlakatlar tomonidan ishg\u2019ol etilishidan asrovchi yagona yo\u2019l bor. U ham bo\u2019lsa, bir-birlaringiz bilan yaxshi munosabatda bo\u2019lib, o\u2019zaro yordamlashishdir\u201d, degan. XIva xoni Olloqulixon esa ruslarning bahorda yana hujum qilmoqchi ekanliklaridan xabar topgach, Istanbulga va inglizar huzuriga o\u2019z elchilarini jo\u2019natib, yordam so\u2019radi. Turkiya davlatidan biror xabar ololmagan Xiva xoni huzuriga ingliz zobitlari Abbot va Shekspir yetib kelishdi. Ular Xiva xoniga poytaxtdagi rus asirlarini ozod qilish va bu bilan bo\u2019lajak to\u2019qnashuvga bahona qoldirmaslik lozimligini uqtirdilar. Haqiqatdan, asirlarning ozod etilishi bilan yangi urush ochishga ortiq bahona qolmagach, Perovskiykiy yurishni kechiktirishga majbur bo\u2019ldi. Xavfning bartaraf bo\u2019lganini ko\u2019rgan Olloqulixon Qutbiddinxo\u2019ja ismli elchisini Istanbulga jo\u2019natib, turklarni vaziyatdan ogoh ildi. Olloqulixon tinchlikni ta\u2019minlashda bergan yordamlari uchun ingliz hukumaatiga ham elchilar yo\u2019llab, o\u2019z minnatdorchiligini bildirgan edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Angliya hukumati bu vaqtda polkovnik Stoddartni Buxoroga yuborgan edi. Stoddatning Buxoroga kelayotganini eshitgan Nasrulloxon unga shaharga kirishda otdan tushib, yayov yurishini va qurolini topshirish zarurligini buyuradi. Ammo, Stoddart Osiyo tartib qoidalarini unutib, Buxoro hukmdorining buyrug\u2019ini mensimaydi. Nasrulloxon esa alamini ichiga yutib, Stoddartni qabul qilishga majbur bo\u2019ladi. Amir uning asl maqsadi ayg\u2019oqchilik emas, do\u2019stona munosabat o\u2019rnatish ekanligiga ishonmay, undan tegishli hujjat so\u2019raydi. Polkovnik Stoddartda bunday hujjat yo\u2019q bo\u2019lgani uchun amir uni hibsga oladi. O\u2019z elchilarining Buxoroda tutib qolinishi Angliya hukumatini ularni ozod etishga urinishga majbur etadi. Ingliz hukumati oldin Xiva xoni vositasida, keyin Turkiya hukumati orqali Buxoro amiriga ta\u2019sir etishga urinadi. Ammo Buxoro amiri tomonidan talab qilingan hujjat kelavermagach, Stoddart zindonga tashlanadi. Bu xabarni eshitgan kapitan Konolli Buxoroga jo\u2019naydi. Ammo uni ham kerakli hujjati yo\u2019qligi uchun hibsga oladi. Ikki ingliz zobiti Buxoro zindonida uchrashadilar. 1842 yilda ular josus sifatida qatl etiladilar.<\/p>\n\n\n\n<p>Angliya Stoddart va Konolli nomi bilan tashkil etilgan maxsus qo\u2019mita ikki zobit taqdirini aniqlash uchun o\u2019z odamlarini Buxoro, Xiva va Qo\u2019qonga yubordi. Ana shu qo\u2019mita nomidan 1844 yil 3 noyabrda olim, tadqiqotchi hamda sayohatchi sifatida tanilgan, pixini yorgan josus Iosif Volf Istanbulga keldi. Angliyaning bu yetdagi elchisi S.Kening unga Buxoro safari uchun zarur hujjatlarni tayyorlab berdi. Turkiya sultonining Buxoro amiri, Xiva va Qo\u2019qon xonlariga yozilgan maktublari Volfning turk sultoni homiyligida ekanligini tasdiqlovchi hujjatlar vazifasini o\u2019tashi lozim edi. Ana shu hujjat o\u2019sha vaqtda Turkiya Rossiya istilosiga qarshi Angliya bilan hamkorlikda o\u2019zbek xonliklarining ittifoqini vujudga keltirishga intilganidan dalolat beradi. 1844-1845 yillar davomida Buxoroda ish olib borgan I.Volf Londonga Qo\u2019qondagi voqealar, xonliklarning o\u2019zaro munosabatlari xususida diqqatga sazovor axborotlar yuborib turdi.<\/p>\n\n\n\n<p>Angliya Turkiya bilan hamkorlikda O\u2019rta Osiyo davlatlarining harbiy ittifoqini vujudga keltirishga ko\u2019p urindi. Ayniqsa, Qrim urushida (1853-1856) Angliya O\u2019rta Osiyo xonliklariga, Afg\u2019oniston va Eronga o\u2019z odamlarini yuborib, bu mamlakatlarni Rossiyaga qarshi otlantirish harakatini kuchaytirdi. Ammo Turkiya ham, Angliya ham Rossiya xurujiga qarshi o\u2019zbek xonliklari birligini vujudga keltirish ta\u2019minlashning uddasidan chiqa olmadi. Chunki xonliklar o\u2019rtasida o\u2019zaro nifoq-nizolar kuchli bo\u2019lib, ularning ildizi chuqur ketgan edi. Buning ustiga, Rossiya diplomatiyasi Buxoro, Xiva va Qo\u2019qon xonliklarini bir-biriga qarshi gij-gijlab, o\u2019zining ig\u2019vogarona siyosatini izchillik bilan yuritar edi. Rossiya bu yo\u2019lda sobit turib, To\u2019rg\u2019ay viloyatini, 1846 yilning kuziga kelib, Sirdaryoning Orol dengiziga quyiladigan yeridagi Qozolini ishg\u2019ol etdi va 1847 yilda Raim, 1848 yilda Kazalinsk istehkomlarini qurdi. Bu ahvol Xivani tashvishga soldi. Xon o\u2019z noroziligini bildirib, elchilarni Peterburgga jo\u2019natdi. Xiva elchilarini rus amaldorlari bu istehkomlar savdoni yo\u2019lga qo\u2019yish va cho\u2019lda tinchlik o\u2019rnatish uchun qurildi, deb aldadilar. Xiva xoni bu istehkomlarni yo\u2019q qilishga harakat qildi, lekin Sirdaryo va Orolbo\u2019yidagi qozoqlar rus istehkomlaridagi qo\u2019shinlarni yo\u2019qotish xususidagi Xiva hukumatining maslahatlariga quloq solmadilar.<\/p>\n\n\n\n<p>Xivaning qozoqlarni o\u2019z ta\u2019siriga olish borasidagi urinishlari Rossiyani tashvishga solib, Orenburg general-gubernatorini faol harakat qilishga undadi. U Orenburgning g\u2019arbiy qismida yashovchi o\u2019ziga tobe qozoq sultoni Boymuhammad Oychuvoqovga maxsus buyruq yuborib, Xiva xoni foydasiga tashviqot yuritayotgan qozoq biylariga qarshi keskin choralar ko\u2019rishni talab qildi.<\/p>\n\n\n\n<p>Rossiya hukumati 1841 yilda Xivaga yuborgan kapitan Nikiforov zimmasiga yuklagan vazifasi Xiva xonini rus qo\u2019shinlari tomonidan Sirdaryoning quyi qismini ishg\u2019ol qilish masalasida betaraf turishga, Sirdaryoning shimolidagi yerlarni va Kaspiy dengizining sharqiy qirg\u2019og\u2019ini Rossiyaga tobe\u2019 deb e\u2019tirof etishga, Rossiya qaramog\u2019idagi qozoqlarga hujum qilmaslik hamda ularning ichki idora ishlariga aralashmaslikka ko\u2019ndirishdan iborat edi. Xon kapitan Nikiforovga Rossiya bilan Angliya munosabatlariga doir jiddiy savollar bergani Xivaning rus-ingliz raqobatidan yaxshi xabardorligidan dalolat beradi. Xiva xoni rus elchisi talablarini rad etgani ham uning Angliya va Rossiyaning O\u2019rta Osiyo masalalarida o\u2019zaro kurashidan foydalanishga uringanligini ko\u2019rsatadi. Ko\u2019p o\u2019tmay, kapitan Nikiforovning uddalar olmagan ishini davom ettirish podpolkovnik G.Danilevskiy zimmasiga yuklatildi. Uning Tashqi ishlar vazirligidan olgan ko\u2019rsatmasida xonni Rossiyaning Xivaga nisbatan beg\u2019araz do\u2019stligiga ishontirish birinchi darajali vazifa sifatida qo\u2019yilgan edi.<\/p>\n\n\n\n<p>O\u2019zbek xonliklarida faol ish ko\u2019rayotgan Angliyaning ta\u2019sirini sindirish niyatida Rossiya Xiva xoni oldiga quyidagi ikki talabni qo\u2019ydi:<\/p>\n\n\n\n<ol class=\"wp-block-list\" type=\"1\">\n<li>Bundan keyin xoh mahfiy, xoh oshkora suratda Rossiyaga qarshi hech bir dushmanlik munosabatida bo\u2019lmaslik<\/li>\n\n\n\n<li>Sahroda yohud Kaspiy dengizi atrofida talonchilik va bosqinchilik ishlarini olib bormaslik. Bordi-yu Xiva xonligiga tobe qabilalar tomonidan talonchilik ishlari sodir etilsa, aybdor kishilarga darhol jazo berib, talangan mollarni egalariga qaytarish.<\/li>\n<\/ol>\n\n\n\n<p>G.Danilevskiyning 1842 yil 27 dekabrda Xiva xoni bilan tuzgan shartnomasida \u201cRossiyaga tobe qochoq va isyonchilarni Xiva hududida yashirmasdan, ularni darhol rus chegara komissariga topshirish\u201d masalasi alohida o\u2019rin olgan edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Shunga qaramay, Rossiya Xivaga nisbatan g\u2019arazli niyatlarini amalga oshirishga qaratilgan siyosatini izchillik bilan davom ettirdi. 1858 yilda polkovnik N.Ignatyev boshchiligidagi diplomatic guruhga topshirilgan vazifalar bunga yaqqol misoldir. Bu guruhga berilgan yo\u2019riqnomada saltanatning asl maqsadi ro\u2019y-rost ifodalangan:<\/p>\n\n\n\n<ul class=\"wp-block-list\">\n<li>Xiva, Buxoro va qozoq cho\u2019llari haqida mumkin qadar ko\u2019proq ma\u2019lumot yig\u2019ish;<\/li>\n\n\n\n<li>Avval olingan xaritalarni tekshirib, tuzatib chiqish vas afar vaqtida kundalik yuritish;<\/li>\n\n\n\n<li>Amudaryoning Kaspiy dengiziga qo\u2019yilgan eski o\u2019zani to\u2019g\u2019risida ma\u2019lumot to\u2019plash;<\/li>\n\n\n\n<li>Turkmanlar va ularning harbiy kuchlari, qo\u2019shni davlatlar bilan aloqalari, bir xonlikdan ikkinchi xonlikka o\u2019tish yo\u2019llari haqida hamda O\u2019rta Osiyo xonliklari va ularga qo\u2019shni bo\u2019lgan mamlakatlarning harbiy qudrati haqida ma\u2019lumot to\u2019plash;<\/li>\n\n\n\n<li>Amudaryoni har tarafdan o\u2019rganish.<\/li>\n<\/ul>\n\n\n\n<p>Guruhning asl maqsadi josuslik qilish ekanligiga polkovnik Ignatyevning o\u2019zi ham iqror bo\u2019lgan edi.<\/p>\n\n\n\n<p>O\u2019zbek xonliklarini zabt etish uchun Rossiya avval o\u2019zining Kavkazda olib borayotgan istilochilik harakatlarini tugallashi kerak edi. Kavkazda esa tog\u2019liklarning sardori imom Shomil musulmon istiqlolchilari davom ettirmoqda edi. Sankt-Peterburg Kavkazdagi rus qo\u2019shinlari faolligini kuchaytirish uchun harbiy-siyosiy doiralardagi nufuzli rahbarlardan A.I.Baryatinskiyni bosh qo\u2019mondonlikka tayinladi. Jangariligi bilan tanilgan bu general podshoga yozgan maktublarida Rossiyaning O\u2019rta Osiyoda o\u2019z ta\u2019sir doirasini kengaytirish zarurligini alohida uqtirgan edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Rossiyaning urushqoq doiralari Orenburg va Sibir orasidagi yerlarning \u201chimoyasini mustahkamlash uchun\u201d Irg\u2019iz va To\u2019rg\u2019ay daryolarining bo\u2019yidagi istehkomlar qurishni jadallashtirdilar. Ular o\u2019zbek xonliklarini asta-sekin bosib olish uchun, birinchi navbatda, Qo\u2019qon xonligining muhim strategik nuqtalarini egallashga diqqatni qaratdi. Oqmachit qal\u2019asiga hujum shu tariqa boshlandi.<\/p>\n\n\n\n<p>1852 yilning 16 aprelida shijoatli lashkarboshi Yoqubbek rahbarligidagi Oqmachit qal\u2019asi himoyachilari dushmanga qarshi qahramonona jang qilib, rus askarlarini Orenburgga chekinishga majbur etishdi. Shundan so\u2019ng o\u2019zbeklar bilan bo\u2019lgan janglarda katta tajriba to\u2019plagan Orenburg general-gubernatori graf V.Perovskiy 1853 yilda tashabbusni o\u2019z qo\u2019liga olib, yana hujumga tayyorlandi. Perovskiy Oqmachit himoyachilariga maktub yo\u2019llab, taslim bo\u2019lishni taklif qildi: \u201cGarchand sizlar qal\u2019a ichida turgan bo\u2019lsalaringiz ham Oqmachit olingan deb hisoblayvering. Men shu yerda turiboq barchangizni bitta qo\u2019ymay qirib tashlashim mumkin. Ammo, men bunday qilmayman, chunki, bub u yerga bir yoki ikki kunga emas, balki abadul-abad keldik, endi orqaga qaytmaymiz:. Qal\u2019a mudofaachilari bu maktubga \u201cbiz bir tomchi qon va ko\u2019chada bir dona kesak qolguncha, hamma qurollarimiz sinib bitguncha kurashaveramiz\u201d, &#8212; deb javob berishdi.<\/p>\n\n\n\n<p>Yordamchi kuchlar olib kelish uchun ketgan Yoqubbekning kechikishidan foydalangan ruslar yigirma ikki kunlik qurshovdan so\u2019ng mudofaa ahamiyati katta bo\u2019lgan Oqmachit qal\u2019asini zabt etdilar.<\/p>\n\n\n\n<p>Oqmachit halokati haqida \u201cTarixi amiri lashkar Alimqul\u201d kitobida shunday ma\u2019lumot keltiriladi: \u201cBu orada Urusiya askaridan bir katta sardor birmuncha askar va to\u2019b-to\u2019bxona birlan kelib, Oqmachitda Abduvalini (qal\u2019a hokimi) muhosara aylab\u2026 muxosarani qattig\u2019 qilib, qo\u2019rg\u2019on devorig\u2019a naqb kavlab, doru to\u2019kub, o\u2019t qo\u2019yib qo\u2019rg\u2019onni yiqib, rahnadin askar shaharg\u2019a yugurib va Abduvali va necha tobe birla o\u2019lub va yarador bo\u2019lg\u2019on. Rusiya askari qahr va g\u2019alaba birla shaharg\u2019a to\u2019lub ketdi\u201d.<\/p>\n\n\n\n<p>Rossiya o\u2019zbek xonliklari hududiga darvoza bo\u2019lgan bu qal\u2019ani \u201cPerovskiy forti\u201d deb qayta nomlaganida olisni ko\u2019zlab ish tutgan edi. Bu voqea xonlik amaldorlariga tegishli saboq bo\u2019lmadi. Shu xususda Muhammad Solih Toshkandiyning e\u2019tiroflari diqqatga loyiqdir: \u201cQo\u2019qonda Oqmachit voqeasini esdan chiqarib aysh-ishrat, kayfu safo, o\u2019yin-kulgi va parvosizlikka berilib, mamlakat ishidan ko\u2019z yumin, Qozog\u2019istondagi xiroj, boj va zakotni g\u2019ayridan millatlarga topshirib, hukmronlikni g\u2019animat bilib, yomon odamlarni, o\u2019g\u2019rilarni va harom kishilarni to\u2019plab amaldor qilib va voliy belgilab, har bir shaharga yubora boshladilar. Ayrim johil mullalar va nodon ulamolar so\u2019ziga ishonib, aholi shariatidan uzoqlashib, ilmsiz johillarni mansabdor qilib, qozi, rais, hokim, voliy lavozimlariga o\u2019tqazdilar. Poraxo\u2019rlik va haromlik rivojlandi, ishni tekshirmay aytuvchilar so\u2019ziga amal qilinib, poraxo\u2019rlar, xushomadgo\u2019ylar va umuman nobop odamlar hokim va mansabdor bo\u2019ldilar. Aksincha, dono, aqlli, fozil va bilimdon kishilar xo\u2019rlandi va oyoqosti qilindi. Kengash va maslahat bila ish yuritishga yo\u2019l berilmadi\u201d.<\/p>\n\n\n\n<p>Amaldorlarning beboshligi va ichki siyosatni yuritishdagi adolatsizliklar xonlikni halokat yoqasiga keltirib qo\u2019ydi. Voqealar rivojini diqqat bilan kuzatayotgan Rossiya bundan o\u2019zi uchun tegishli xulosa chiqarib oldi. Old Sirdaryodagi qozoqlarni idora qiluvchi amaldorning Sirdaryo liniyasi qo\u2019mondoniga 1858 yil 31 mayda yo\u2019llagan axboroti ana shu jihatdan diqqatga loyiqdir: \u201c1858 yilning mart oyida Toshkent hokimi Mirzo Ahmad 3000 askar bilan Avliyoota istehkomiga kelib qozoq biylarini ham chorlab, faqat qo\u2019ylardan emas, balki tuyalar, otlar va qoramollardan ham soliq to\u2019lashni talab qildi. Ilgari faqat qo\u2019ylardan soliq olinardi, xolos. Biylar o\u2019z ovullariga borib mazkur talabni xalqqa ma\u2019lum qilganlarida xalq uni bajarishdan bosh tortdi. Ularga qarshi 100 va 200 kishidan iborat alohida ikki harbiy qism yuborildi. Ular esa zulmni yanada kuchaytirib turmushga chiqaradigan har bir kelindan bir tillodan soliq olishni joriy etdilar. Ayni bir paytda ular odob-axloqsizlik ham qildilar. Zulm va adolatsizlikdan sabr kosasi to\u2019lib-toshgan qozoqlar qo\u2019zg\u2019olon ko\u2019tarib Toshkent hokimining ukasi Mirzobiy va boshqa amaldorlarni o\u2019ldirdilar. Shundan keyin Olmaotadagi qozoqlar, jumladan, qanjig\u2019aliklar, qo\u2019qlanlar, qo\u2019tinchinlar, dug\u2019latlar, bistamchaliklar bosh ko\u2019tarib qo\u2019qonlarni o\u2019z istehkomlariga chekinishga majbur etdilar\u201d.<\/p>\n\n\n\n<p>Mallaxon davrida (1858-1862) ham ichki nizolar va toju tax tuchun kurashlar to\u2019xtamadi. Rossiya tajovuziga qarshi xonlikda yagona harakat tashkil qilish esa hech kimning qo\u2019lidan kelmadi.<\/p>\n\n\n\n<p>1860 yilning yozida polkovnik Tsimmerman boshchiligidagi rus askarlari To\u2019qmoq va Pispak qal\u2019alarini bosib oldilar. Mahalliy muarrixlardan mulla Mirzo Olim Mushrif o\u2019zining \u201cAnsob us-salotin va tavorix ul-havoqin\u201d asarida ruslarning Qo\u2019qon qal\u2019alarini bosib olganligi poytaxtda qanday ask-sado berganligi haqida, bu vaqtda ruslar Pishpakka hujum qilganliklari to\u2019g\u2019risida xabar olingndan keyin, bir masjid tarafiga borib yarog\u2019-aslahalarning barcha turlari bo\u2019yicha mashq o\u2019tkazilganini yozgan: \u201cBir kuni Mallaxon to\u2019pchilarga, sarbozlarga qahr-g\u2019azab bilan mashq buyurib, to\u2019pdan nishonga ottirdi. To\u2019pchilar harchand jon-jahdi bilan otsalar-da, nishonga urolmadilar. Shu onda Qovus dodxoh to\u2019pchining boshini qilich bilan tanasidan judo qildilar. BUndan barcha xaloyiqning hushi ketib, jonlaridan umid uzdilar. Hamma qo\u2019rquv va vahimaga tushdi. Mallaxon qahr-g\u2019azabi pasaygandan keyin o\u2019z qarorgohiga ketdi va ertasi Marg\u2019ilonga jo\u2019nadi\u201d. Xonning amri bilan Shodmonxo\u2019ja va Olimbek dodxoh rahbarligidagi qariyb 20 minglik kishilar lashkar ruslarga qarshi yuborildi.<\/p>\n\n\n\n<p>Mulla Olim Mahdumxo\u2019ja \u201cTurkiston tarixi\u201d asarida bu lashkarning Pishpak atrofidagi Bekat degan manzilida ruslar bilan qilgan jangini quyidagicha tasvirlaydi: \u201cMusulmonlar kofirlarni o\u2019rab olib janggi shaylandilar. Bu vaqtda Olimbek va Qanoatshoh qo\u2019shinlari o\u2019rtasida kim sardorlik qilishi masalari xususida kelishmovchilik yuzaga kelib, Olimbek raqibiga zarba berish uchun qo\u2019shini bilan o\u2019zini chetga tortdi. Bu bilan u or-nomusi va jasoratini yo\u2019qotdi. Toshkentliklar quramaliklar bilan birgalikda \u201ctaqdir\u201d degan so\u2019zni barilla jaranglatib o\u2019zlarini dushman o\u2019qlariga urdilar. Mazkur satlarning muallifi kaminai fqir esa \u201cko\u2019p xudoliklarni o\u2019ldiringlar!\u201d, \u201cEy xudo, din himoyachilarini saqla!\u201d degan xitob so\u2019zlari bilan musulmonlarni ruhlantirib turdim. Musulmonlar o\u2019zlarini kofirlarning o\u2019qlar dengiziga tashlaganda dushman zambaraklaridan va miltialridan shunday o\u2019qlar otildiki, bamisoli osmonu falakdan chaqmoq va yashin yoqqandek bo\u2019ldi. Hatto qiyomat-qoyim kuni kelganday bo\u2019lib, to\u2019plar va miltiqlardan otilgan o\u2019qlarning ovozi farishtalarning karnaylari tovushiga o\u2019xshab ketdi. Ko\u2019p jasoratli va qahramon yigitlar misli ko\u2019rilmagan azob-uqubatlar sharbatini ichib, o\u2019zlarini olov bag\u2019riga otdilar. Ayrim qahramonlar qilich bilan kofirlarning kallasini kesib tashladilar. Jang shu tarzda bir soat davom etdi. Pirovardida, tinimsiz davom etgan o\u2019q yomg\u2019irlarining dastidan qozoqlar va talonchi-ko\u2019chmanchilar qochib tog\u2019ning ichkari tomoniga bekindilar. Ammo qo\u2019shnimiz kofirlardan yuzlarini yuzlarini o\u2019girmay ertalabdan peshingacha urushdilar. Nihoyat, kofirlar musulmon o\u2019qlaridan zaiflashib tepaliklar orqasiga ketdilar. Musulmon qo\u2019shinining ko\u2019p qismi Qanoatshoh boshchiligida jang maydonidan 9 chaqirim nariga joylashdilar. Qo\u2019shinning boshqa qismi kechqurungacha dushmanga o\u2019q uzib uni Kastakkacha chekinishga majbur qildi. So\u2019ngra ular ham Qanoatshoh qo\u2019shiniga qo\u2019shildilar\u201d. Bu jangdan so\u2019ng Qo\u2019qon sarkardasi Qanoatshoh buzib tashlangan Pishpak qal\u2019asini qayta tikladi. Ammo ruslar xonlik hududiga yangi xurujlarni zimdan tayyorlashda davom etdilar. Rossiya josuslik xizmati vaziyatni o\u2019rganish uchun harakatlarini kuchaytira boshladi. Endi Rossiya ayg\u2019oqchilari O\u2019rta Osiyoning ichkarisiga sayyoh, olim, savdogar yoki elchilar niqobi ostida kirib kela boshladilar. Josuslik yo\u2019sunida axborot to\u2019plovchilar orasida P.P.Semyonov \u2013 Tyan-Shanskiyning nomi alohida ajralib turadi.<\/p>\n\n\n\n<blockquote class=\"wp-block-quote is-layout-flow wp-block-quote-is-layout-flow\">\n<p><\/p>\n<cite>Mavzuga oid mushohada<br>\u00a0<br>Sayyoh qiyofasidagi josus<br>\u00a0<br>P.P.Semyonov \u2013 Tyan-Shanskiy nomi maktab darsliklaridan yaxshi tanish. U beozor, tabiatshunoslik olim sifatida qayd etib kelindi. Sharqiy Qozog\u2019iston, Qirg\u2019iziston dashti, Issiqko\u2019l va Tyan-Shan tog\u2019ining o\u2019simliklar dunyosini o\u2019rgangan, geografiya sohasida tadqiqotlar olib borgan. Bu ma\u2019lumotda jon bor. P. Semyonovning yuqorida nomi tilga olingan o\u2019lkalar tabiatini o\u2019rganishdagi xizmatlarini inkor etib bo\u2019lmaydi. Ammo, olim ilmiy faoliyatining ikkinchi tomoni ham borki, bu haqda shu paytgacha bir nima deyilmagan. Gap uning tadqiqotlari Turkistonni batamom bosib olish uchun harbiylarga muhim ma\u2019lumotar sifatida xizmat qilganligi to\u2019g\u2019risida. Podsho generallari P.P.Semyonov \u2013 Tyan-Shanskiyning xohishiga qarshi o\u2019laroq, u to\u2019plagan ma\u2019lumotlardan to\u2019la foydalangan deb bo\u2019lmaydi. Olim harbiylarni \u201crus yerlarini kengaytirish\u201dga da\u2019vat qilibgina qolmay, o\u2019zi to\u2019plagan ma\u2019lumotlarni ularga ikki qo\u2019llab topshirib, ko\u2019pdan-ko\u2019p maslahat va tavsiyalar beradi.<br>Jumladan, qavmlar o\u2019rtasidagi urug\u2019chilik nizolaridan bosqinchilik maqsadlarida foydalanish shu siraga kirar edi. Chunki, bir qaysar qavmni tiyib qo\u2019yish yoki uni bo\u2019ysundiris ishqida yongan ikkinchi bir qavm yo\u2019lboshchilari rus qo\u2019shinidan najot istab, tinmay yordam so\u2019rashar edilar. Bu esa istilochilarning mamlakat ichkarisiga bemalol kirib kelishiga yo\u2019l ochar, o\u2019zaro nifoqni yanada kuchaytirib yuborardi. Shu tariqa, bosqinchilar qisqa muddatda, deyarli talafotsiz, hozirgi Almati shahri (o\u2019sha paytda Verniy qal\u2019asi) gacha kirib kelishdi.<br>Rus qo\u2019shinlari qozoq dashtini (ular qirg\u2019iz dashti deb atashgan) istilo qilar ekanlar, \u201cyangi rus yerlarida\u201d o\u2019nlab harbiy qal\u2019a-istehkomlarni jadallik bilan barpo etishdi. Yov qozoq dashti \u2013 afsonaviy boyliklar Makoni bo\u2019lmish Turkistonning janubini bosib olish uchun shunchaki bir maydon ekanligini yaxshi anglar edi.<br>Turkiston xalqlari taqdiriga tutash voqealar ana shu yo\u2019sinda fojiaviy nuqtaga yetgan bir paytda, 1856 yilda, yurtimizga P.P.Semyonov-Tyan-Shanskiy kirib keladi. Uning asosiy maqsadi: Yevropa faniga hali noma\u2019lum bo\u2019lgan Tyan-Shan (Xon-Tangri) tog\u2019lari silsilasiga kiruvchi o\u2019lkaning tabiati, o\u2019simlik va hayvonot dunyosini tekshirib, ilmiy tadqiqotlar olib boorish edi. U Tyan-Shanga 1856-1857 yillar orasida ikki marta safar qildi va haqiqatan geografiya fani uchun qimmatli ma\u2019lumotlar to\u2019pladi.<br>Rus qo\u2019shinlari P.Semyonov izidan Tyan-Shan tog\u2019lari sari kirib keldi. Chunki, uning birinchi sayohati vaqtida hali Issiqko\u2019l atroflari, Tyan-Shanning asosiy qismi Rossiya qo\u2019liga o\u2019tmagan edi. Demak, ruslarga notanish bo\u2019lgan bu joylar haqidagi, ayniqsa qayerda daryo boru, qay yerda tog\u2019, qay bir go\u2019sha dam olish uchun qulay, qay bir manzil xavfsiz ekanligi-bularning barchasi harbiy yurishlarga bebaho ma\u2019lumot bo\u2019lib xizmat qilardi.<br>Olim sayohati davomida kimlar bilan qayerda uchrashgani haqida ham batafsil ma\u2019lumot qoldiradi. Sibir bilan dasht chegarasini kesib o\u2019tishdan avval u general-gubernator Gustav Gasfort bilan suhbatda bo\u2019ladi. G.Gasfort qozoq-qirg\u2019iz yerlarini bosib olish, o\u2019lkani keng ko\u2019lamda mustamlaka qilishning zo\u2019r tarafdorlari va ishtirokchilaridan biri edi. Gasfort qozoq yerlariga tutash G\u2019arbiy Sibir gubernatori bo\u2019lsa-da, uning ko\u2019zlari Turkistonga qadalgandi. XIX asrda rus jamiyatida hukm surgan poraxo\u2019rlik, davlat xazinasini talon-taroj qilish va o\u2019g\u2019rilik gubernatorni qattiq iztirobga solidi. U tartib o\u2019rnatishga xarchand urinmasin, hech narsaga erisha olmaydi. Shundan u \u201ciztirobli qalbi\u201dga qozoq yerlaridan malham qidiradi.<br>O\u2019zidan oldingi gubernatorlar ko\u2019chmanchi qozoq-qirg\u2019izlarni shomonlikni tark etib, musulmonlikka da\u2019vat etish bilan katta xatoga yo\u2019l qo\u2019yishganini Gasfort tezda anglab oldi, &#8212; deb yozadi Semyonov Tyan-Shanskiy, &#8212; qozoqlarning islom dinini qabul qilishlari Rossiya manfaatlarining qozoq ovullariga kelishi ta\u2019qlanib qo\u2019yiladi. Gubernatorning bunday g\u2019ayriinsoniy ishlari shu bilan yakun topmaydi. U qozoqlar uchun tamoman yangi din kashf qilish kerak, degan qarorga keladi. Qozoqlarning ko\u2019chmanchilikka asoslangan turmush tarsi, ko\u2019pxotinlik nasroniylar odatiga yot, shu bois bu dinni qabul qildirishning iloji yo\u2019q, degan fikr bilan rus davlati manfaatlaridagi so\u2019nggi \u201cpayg\u2019ambar\u201d tez orada o\u2019zi o\u2019ylagan yangi din loyihasini podsho Nikolay birinchiga maktub orqali ma\u2019lum qiladi. \u201cPayg\u2019ambar\u201dning maktubida bu dinga yaxudiylar dini asos qilib olinib, uni talmud rasm-rusmlaridan tozalab, nasroniylik ruhida qozoqlarga singdirish lozimligi ta\u2019kidlanadi. Gubernator nega boshqa dinni emas, aynan yahudiylar dinini tanlagani bizga qorong\u2019u, ammo uning islom diniga nafratining haddi-hisobi yo\u2019qligini payqash qiyin emas. U dashtlik qozoq-qirg\u2019izlarga shunday past nazar bilan qaraydiki, boshiga kelgan bir fikr bilan ularni sun\u2019iy ravishda yaratilgan dinga kiritish mumkin, deb o\u2019ylaydi. Gasforning \u201cyangi dini\u201d loyihasi bilan tanishgan podsho Nikolay I general maktubining hoshiyasiga: \u201cDinlar qonunlar moddasiga o\u2019xshab yaratilmaydi\u201d, deb rezolyutsiya qo\u2019yadi-yu, gubernatorning vasvasasi amalga oshmay qoladi. Achinarlisi shundaki, P.Semyonov-Tyan-Shanskiy Gasfortning g\u2019ayri-insoniy fikr-o\u2019ylarini \u201co\u2019ta adolati\u201d mulohazalar sifatida baholaydi.<\/cite><\/blockquote>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>XIX asr ikkinchi yarmi boshlarida Turkiston xonliklarini bo\u2019ysundirish maqsadida Rossiya olib borayotgan siyosat Buyuk Britaniyaning shu borada uzoqni ko\u2019zlagan rejalariga jiddiy xavf solar edi. Shuning uchun Angliya turli yo\u2019llar bilan &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/rossiya-va-angliyaning-orta-osiyo-uchun-olib-borgan-ozaro-kurashi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":0,"parent":0,"menu_order":0,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","template":"","meta":{"footnotes":""},"class_list":["post-55203","page","type-page","status-publish","hentry","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/55203","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/pages"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/page"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=55203"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/55203\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":55207,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/55203\/revisions\/55207"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=55203"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}