{"id":55246,"date":"2023-03-06T12:52:50","date_gmt":"2023-03-06T09:52:50","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?page_id=55246"},"modified":"2023-03-06T12:54:43","modified_gmt":"2023-03-06T09:54:43","slug":"ozbeklar-turmush-tarzi-va-madaniyati","status":"publish","type":"page","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/ozbeklar-turmush-tarzi-va-madaniyati\/","title":{"rendered":"O\u2019zbeklar: Turmush tarzi va madaniyati"},"content":{"rendered":"\n<p class=\"has-text-align-center\">Muqaddima<\/p>\n\n\n\n<p><em>\u201cJamiyatning eng oliy boyligi bo\u2019lgan xalq &#8212; abadiy qadriyatlarni, qudratli salohiyatni o\u2019zida jamlagan. Bu salohiyatni yuzaga chiqarish jamiyatimizni rivojlantirish va taraqqiy ettirishning kuchli omili bo\u2019lib xizmat qiladi\u201d. <strong>Islom Karimov<\/strong><\/em><\/p>\n\n\n\n<p>O\u2019zbek xalqining kelib chiqish, etnik tarixi va xususiyatlari nihoyatda murakkab va uzoq davrni qamrab oladi. Antik zamonlarda yuksak madaniyat yaratgan iste\u2019dodli, zahmatkash ajdodlarimiz, o\u2019rta asrlarga kelib ilk Uyg\u2019onish, ya\u2019ni Sharq Uyg\u2019onishi davrini boshdan kechiradilar. Ayniqsa, buyuk xorazmshohlar va temuriylar hukmronlik qilgan asrlarda o\u2019zbeklarning etnik qiyofasi qadimiy tsivilizatsiya zaminida shakllanib bitgan edi. Bunday jarayonning oqibatida o\u2019ziga xos moddiy va ma\u2019naviy madaniyat yuzaga kelgan va o\u2019zining milliy xususiyatlarini hozirgacha asosan saqlab qolgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Yurtboshimiz Islom Karimovning ta\u2019rificha, xalq &#8212; o\u2019zining ming yillik an\u2019ana va tajribalari, so\u2019nmas xotirasi va buyuk tuyg\u2019ulari bilan yashab kelayotgan qudratli kuch. Xorazmshohlar va temuriylar saltanati davrida xalq shaklida tarix sahnasida paydo bo\u2019lgan o\u2019zbeklar ajoyib siymolari bilangina emas, balki so\u2019nmas zo\u2019r tarixiy xotirasi, yuksak ruhiyati va ma\u2019naviy madaniyati, noyob hayotiy tajribasi bilan ham hozirgi zamonaviy tsivilizatsiyani yaratishdagi eng faol bunyodkor etnoslardan biri desa bo\u2019ladi. Uning etnos sifatida to\u2019la shakllanishi ham Sharq Uyg\u2019onishining oxirgi mahsuloti hisoblanadi. Shuning uchun o\u2019zbek xalqining etnik tarixini o\u2019rganish jahon tsivilizatsiyasi tarixini o\u2019rganish bilan uzviy bog\u2019liq.<\/p>\n\n\n\n<p>Mustaqillik tufayli yangicha boshlangan davlat qurilishi o\u2019lkamizda nafaqat umuminsoniy qadriyatlar va siyosiy-huquqiy ta\u2019limotlar, balki o\u2019zimizning juda boy o\u2019tmish tajribamiz asosida to\u2019plangan noyob g\u2019oyaviy merosimizga suyangan holda amalga oshirilmog\u2019i lozim. Biz endi o\u2019zimizni ilg\u2019or mamlakatlarda keng tarqalgan va amal qilinayotgan davlatni boshqarish siyosatini, qonunchilik va huquqshunoslikni qabul qilish bilan birga, faqat o\u2019zbek eliga xos tarix sinovidan o\u2019tgan milliy mintalitet, ijobiy tajriba, qonun-qoidalar va tartib-tuzuklar, milliy madaniyat va ma\u2019naviyat, axloq, odob va odat, o\u2019z-o\u2019zini boshqarish kabi qadimiy an\u2019analarimizni har tomonlama o\u2019rganib hayotga tatbiq qilishimiz lozim.<\/p>\n\n\n\n<p>Barcha etnoslar, jumladan, o\u2019zbeklar ham, ayrim qabila va urug\u2019lar, qavm-qarindosh va jamoa, ijtimoiy guruhlar va tabaqalardan tashkil topgan. Olimlar mazkur birliklarni yaratishda va ularni o\u2019zaro qo\u2019shib, jipslashtirishda asosiy omillardan eng muhimi milliy til deb biladilar. Chunki muayyan etnik birliklarning bir-biri bilan erkin munosabatda bo\u2019lishi, muomala qilishi, his-tuyg\u2019ularini izhor etishi va tushunishi, iqtisodiy va madaniy aloqalar o\u2019rnatishda til bosh omil hisoblanadi. Chunki til tufayli nafaqat tarixiy birlik, balki umumiy ijtimoiy-iqtisodiy, ayniqsa, madaniy va ma\u2019naviy birlik o\u2019rnatiladi. Ko\u2019pchilik xalq va elatlarga nom ham ularning tiliga qarab berilgan. Ammo ko\u2019p asrlik tarixiy jarayonda ayrim etnoslar bir necha tillarni o\u2019zlashtirib, oqibatda, o\u2019ziga xos milliy tilni yaratadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Ma\u2019lumki, xalqlar muayyan hududda shakllanadi va rivojlanadi. Albatta, ular bir hududdan ikkinchisiga ko\u2019chishi, ularning joylashgan yeri kengayishi yo kamayishi, ayrim guruhlar yoki shaxslar ajralib ketishi mumkin. Ammo, umumiy-tarixiy birlikka va tilga ega bo\u2019lgan elatlar doimo o\u2019zaro yaqin hududda joylashib yashaganlar. Turli sabablarga ko\u2019ra uzoq tarixiy davrda shakllanib kelgan etnoslar ona yerini tashlab juda uzoq yurtlarga ko\u2019chibgina qolmay, ayrim qismlari yoki guruhlari butun Yer yuziga tarqalib, boshqa xalq va elatlar orasida musofirlikda yashashga ham majbur bo\u2019lganlar. Ko\u2019p asrlik tarixiy taraqqiyot davomida ayrim xalqlar, hatto bir joydan ikkinchisiga ko\u2019chib, turar joylarini bir necha marta o\u2019zgartirib ham turganlar. Masalan, vengrlar keyingi ming yil ichida uch-to\u2019rt marta hududini o\u2019zgartirganlar. Turk xoqonligi o\u2019z davlatini tashkil qilganidan keyin (VI asr) bir necha asr davomida katta-katta guruhlarga ajralib, ko\u2019plab yurtlarga tarqab ketganlar. Arablar esa avvaliga kichkina Arabiston esa avvaliga kichkina Arabiston yarim orolining bir burchagida yashab, qisqa muddat ichida keng hududga tarqalib, islom madaniy dunyosining shakllanishida mahalliy elatlar bilan birgalikda katta xizmat qilganlar. Shuning uchun ham jahonda bir tildagi, ammo har xil nomdagi xalqlar ko\u2019p uchraydi. Masalan, ingliz, ispan, arab, turk, eroniy tillarda gapiradigan, ammo turli nomdagi xalq va elatlar butun dunyoga tarqalgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Ba\u2019zi tadqiqotchilar maishiy turmush va madaniyatiga qarab muayyan elat va xalqlarni ajratadilar. Vaholanki, bir xil turmush tarziga ega bo\u2019lgan bir necha etnoslar ham bo\u2019lishi mumkin. Bunday elatlar O\u2019rta Osiyoda yoki Volga bo\u2019yida, Sibirda yoki Shimoliy Amerikada uchraydi. Aksincha, tillari har xil, xo\u2019jalik-madaniy turmushi o\u2019xshash xalq va elatlar ham bir hududda joylashgan bo\u2019lishi mumkin. Ovchilik, bug\u2019uchilik bilan shug\u2019ullanuvchi, sug\u2019orma dehqonchilik bilan tirikchilik qiluvchi turli til va irqdagi elatlarni biz Afrikada, Osiyo va Amerikada uchratamiz. Shuni alohida qayd qilish lozimki, O\u2019rta Osiyo va Qozog\u2019iston xalqlari uzoq va murakkab mashaqqatli tarixiy jarayonning mahsuli bo\u2019libgina qolmay, ular ma\u2019naviy madaniyat va hissiyot tuyg\u2019ulari bilan ham nihoyatda chirmashib ketgan muayyan mintaqada shakllangan o\u2019ziga xos etnoslardir. Bu xalqlarning etnik xususiyatlari va umumiy belgilarini aniqlash uchun dastavval tarixning ayrim sahifalarini varaqlash zarur. Tarixiy ma\u2019lumotlarga qaraganda, uzoq o\u2019tmishda 3-4 ming yillar muqaddam O\u2019rta Osiyoning saxovatli tuprog\u2019idan g\u2019arbdan sharqqa tomon qadimiy hind-yevropa tillarida gapiradigan turli qabilalar Oltoy va Mo\u2019g\u2019uliston tomon ko\u2019chib o\u2019tgan. Miloddan avvalgi 1 ming yillikning oxiridan boshlab sharqdan g\u2019arbga tomon Buyuk dasht orqali katta ko\u2019chish jarayoni ro\u2019y beradi. Dastlab turkiy tilda gapiradigan qadimiy-qabilaviy birliklar o\u2019tgan 1 ming yillikning o\u2019rtalarigacha ko\u2019chib o\u2019tgan va ular etnik jihatdan sezilarli iz qoldirgan. Turkiy elatlarning besh-olti asr davom etgan ko\u2019chishida ayrim mo\u2019g\u2019ul qabilalarining ko\u2019chib o\u2019tishi (migratsiyasi) ham ro\u2019y bergan. O\u2019sha vaqtlarning o\u2019zida O\u2019rta Osiyoda ilgaridan ayrim mo\u2019g\u2019ul qabilalarining mavjudligi diqqatga sazovordir. VII asrga kelib O\u2019rta Osiyoni bosib olgan arablar etnik jarayonga ta\u2019sir qilmasa-da, islom dini hukmronligini o\u2019rnatgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Etnogenetik muammolar va o\u2019zbek eli shajarasi<\/p>\n\n\n\n<p>O\u2019zbeklarning moddiy madaniyati xususiyatlari<\/p>\n\n\n\n<p>Aholi joylanishi, uy qurilishi va jihozlanish an\u2019analari<\/p>\n\n\n\n<p>Milliy kiyim-kecha, bezaklar va pardoz-andozlar<\/p>\n\n\n\n<p>O\u2019zbek taomlari, pazandachilik va mehmonnavozlik<\/p>\n\n\n\n<p>Ijtimoiy va oilaviy-maishiy turmush<\/p>\n\n\n\n<p>Xalq bayramlari, o\u2019yin va marosimlari<\/p>\n\n\n\n<p>Diniy tasavvurlar, urf-odatlar va irimlar<\/p>\n\n\n\n<p>O\u2019zbek milliy madaniyati va ma\u2019naviyati<\/p>\n\n\n\n<p>Xalq teatri va milliy raqslar <\/p>\n\n\n\n<p>An\u2019anaviy o\u2019zbek hunarmandchiligi va bozor iqtisodi<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Muqaddima \u201cJamiyatning eng oliy boyligi bo\u2019lgan xalq &#8212; abadiy qadriyatlarni, qudratli salohiyatni o\u2019zida jamlagan. Bu salohiyatni yuzaga chiqarish jamiyatimizni rivojlantirish va taraqqiy ettirishning kuchli omili bo\u2019lib xizmat qiladi\u201d. Islom Karimov &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/ozbeklar-turmush-tarzi-va-madaniyati\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":55232,"parent":0,"menu_order":0,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","template":"","meta":{"footnotes":""},"class_list":["post-55246","page","type-page","status-publish","has-post-thumbnail","hentry","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/55246","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/pages"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/page"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=55246"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/55246\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":55247,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/55246\/revisions\/55247"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/55232"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=55246"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}