{"id":55333,"date":"2023-03-08T13:53:40","date_gmt":"2023-03-08T10:53:40","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?page_id=55333"},"modified":"2023-03-08T13:53:40","modified_gmt":"2023-03-08T10:53:40","slug":"xiva-xonligining-zabt-etilishi","status":"publish","type":"page","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/xiva-xonligining-zabt-etilishi\/","title":{"rendered":"Xiva xonligining zabt etilishi"},"content":{"rendered":"\n<p>Chor hukumati Xiva xonligini bosib olish uchun katta tayyorgarlik ko\u2019rdi. Vaholanki, Xiva xonligida 1869 yilgi ma\u2019lumotlarga ko\u2019ra, bir yarim ming kishidan iborat muntazam armiya bo\u2019lib, harbiy texnikasi nihoyatda past darajada edi. Shunga qaramay, chor hukumati xonlikka qarshi uch tarafdan, ya\u2019ni Turkiston general-gubernatorligi, Orenburg va Kaspiy dengizi tomonidan o\u2019z harbiy kuchlarini tashlaydi. Qo\u2019shini yaxshi qurollangan 12 ming kishidan iborat edi. Hatto qo\u2019shinga imperator xonadonidan buyuk knyaz Konstantin Konstantinovich Romanovskiy va knyaz Yevgeniy Maksimilyanovich Romanovskiy ham qo\u2019shildi. Aftidan, bu bilan harbiy yurish mavqeini yanada oshirish mo\u2019ljallangan bo\u2019lsa kerak. Qo\u2019shinga general K. P. Kaufman umumiy qo\u2019mondonlik qiladi. Chor qo\u2019shinlari uzoq va mashaqqatli yo\u2019lni bosib o\u2019tib, Xiva xonligi chegarasiga yetib keladilar. 1873 yilning may oyida yo\u2019lma-yo\u2019l xivaliklar qarshiligini yengib borgan chor istilochilar 28 mayda Xiva shahri ostonasiga kelib to\u2019xtaydilar. Bu vaqtda Said Muhammad Rahimxon qochishga ulgurgan. Qo\u2019shin general Veryovkin boshchiligida Xiva shahriga hujum boshlaydi. Pirovardida urush to\u2019xtatiladi va general K.P.Kaufman Said Muhammad Rahimxon Xivaga kelib Rus davlatining vassal sifatida o\u2019z taxtini egallaydi. 1873 yil 12 avgustda o\u2019zaro sulh tuzilib, Xiva xonligi o\u2019z siyosiy mustaqilligini yo\u2019qotadi. Shuningdek tovon to\u2019lashni va Rossiya savdogarlari xonlikda bemalol ish yuritishi uchun sharoit yaratib berishni bo\u2019yniga oladi. Amudaryoning o\u2019ng qirg\u2019og\u2019i Rossiya ixtiyoriga o\u2019tkazilib, u yerda general gubernatorlikning Amudaryo bo\u2019limi tashkil etiladi. Shunday qilib, Buxoro va Xiva xonliklari o\u2019z mustaqilliklarini qo\u2019ldan boy berib, Rossiya tarkibiga kiradi. Garchand xonlik saqlanib qolgan bo\u2019lsada, ular Rus davlati manfaatlari doirasida ish yuritganlar. Chor hukumati minglab kishilarning yostig\u2019ini quritgani va nogiron qilgani yetmagandek, urush harakatlarini undirish uchun Buxoro xonligini 500 ming so\u2019m, Xiva xonligini esa 2 million 200 ming so\u2019m tovon to\u2019lashga majbur etadi. Bu og\u2019ir jarima mehnatkash ommaning mushkul hayotini yanada og\u2019irlashtiradi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Chor hukumati Xiva xonligini bosib olish uchun katta tayyorgarlik ko\u2019rdi. Vaholanki, Xiva xonligida 1869 yilgi ma\u2019lumotlarga ko\u2019ra, bir yarim ming kishidan iborat muntazam armiya bo\u2019lib, harbiy texnikasi nihoyatda past darajada &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/xiva-xonligining-zabt-etilishi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":0,"parent":0,"menu_order":0,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","template":"","meta":{"footnotes":""},"class_list":["post-55333","page","type-page","status-publish","hentry","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/55333","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/pages"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/page"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=55333"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/55333\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":55334,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/55333\/revisions\/55334"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=55333"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}