{"id":55337,"date":"2023-03-08T14:52:46","date_gmt":"2023-03-08T11:52:46","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?page_id=55337"},"modified":"2023-03-08T14:52:46","modified_gmt":"2023-03-08T11:52:46","slug":"qoqon-xonligining-tugatilishi","status":"publish","type":"page","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/qoqon-xonligining-tugatilishi\/","title":{"rendered":"Qo\u2019qon xonligining tugatilishi"},"content":{"rendered":"\n<p>Chor istilochilarining galdagi niyati Qo\u2019qon xonligini tugatish edi. Ular Turkiston, Chimkent, Toshkent va boshqa joylarni bosib olib, Qo\u2019qon xonligiga qattiq zarba bergan edi. Qo\u2019qon xoni Xudoyorxon qo\u2019rqoq va tadbirsiz bo\u2019lganligi uchun vatan himoyasi yo\u2019lida biron arzigulik ish qilmadi. Aksincha, Chor hukumati nigohida o\u2019z taxtida o\u2019tirishni o\u2019ylardi, xolos. U 1868 yili chorizm bilan sulh tuzib, amalda Rossiyaga qaram bo\u2019lib qoladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Bunga ko\u2019ra xonlik yerlarida rus savdo sanoat vakillariga katta imtiyozlar berildi. Xudoyorxonning itoatkorligini taqdirlagan Chor hukumati uni Rossiya davlati ordeni bilan mukofotladi va unga \u201cAslzoda\u201d degan faxriy unvon berildi. Xudoyorxonning mazkur siyosati aholining g\u2019azabini toshirib yubordi. Buning ustiga xonning zulmi tobora kuchayib bordi. Natijada 1873 yilda Po\u2019latxon boshchiligida Rossiya tajovuzi va unga sotilgan Xudoyorxonga qarshi xalq qo\u2019zg\u2019oloni ko\u2019tarildi. Xalq nafratiga uchragan Xudoyorxon o\u2019zining boy xazinasini 40 ta aravaga yuklab Xo\u2019jandga qochib ketadi. Bu yerdan Toshkentga yuboriladi. General Kaufman uning boyliklarini hukumat foydasiga musodara qilib, o\u2019zini Orenburgga surgun qiladi. Rus arxiv manbaalariga ko\u2019ra, u bu yerdan qochib Afg\u2019oniston orqali Hindistonga va so\u2019ngra Saudiya Arabistoniga borib xaj qilgan. Shundan keyin yana Afg\u2019onistonga qaytib ko\u2019p o\u2019tmay vafot etgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Qo\u2019zg\u2019olonchilarga xonlikdagi hukmron doiralarning vakillari Abduraxmon Oftobachi, Mulla Iso Avliyo, Sulton Murodbek va boshqalar ham qo\u2019shilib Chor hukumatiga qarshi kurash olib bordilar. Bu harakat shu darajada keng yoydiki, butun Farg\u2019ona vodiysini qamrab oldi. Qulay fursatni kutayotgan Chor hukumati 1875 yil 6 avgustida Farg\u2019ona vodiysiga bostirib kiradi. Qo\u2019zg\u2019olonchilar bosqinchiliklarga qarshi qattiq jang qiladilar. Shafqatsiz dushman qo\u2019shinlari bilan bir necha aholi turar joylarini yer bilan yakson etadi va minglab odamlarni qirib tashlaydi. Birgina Andijondagi jangda qo\u2019zg\u2019olonchilardan 20 ming kishi yovuzlarcha yer bilan yakson etildi. Bu fojea general Skobelevning buyrug\u2019i va bevosita ishtirokida ro\u2019y beradi.<\/p>\n\n\n\n<p>Xalq qo\u2019zg\u2019oloni shafqatsizlik bilan bostirilib, 1876 yil 16 fevralda Qo\u2019qon xonligi tugatiladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Shunday qilib Chor hukumti 1853-1876 yillarda, o\u2019zbek xonliklariga qarashli shahar va qishloqlarni birin-ketin bosib olib, O\u2019rta Osiyoni hukmdori bo\u2019lib qoladi. Minglab oddiy xalq vakillari bolta, tayoq bilan qurollanib, o\u2019zidan har jihatdan bir necha barobar kuchli va yaxshi qurollangan chor qo\u2019shinlariga qarshi mardonavor kurashadi. Ular askarlarning to\u2019plar va miltiqlardan otilgan o\u2019t-yomg\u2019irlariga ko\u2019kraklarini tutadilar. Xonlar esa mamlakat mudofaasini mustahkamlash va miltiqlardan otilgan o\u2019t-yomg\u2019irlariga ko\u2019kraklarini tutadilar. Xonlar esa mamlakat mudofaasini mustahkamlash va harbiy texnikani takomillashtish o\u2019rniga o\u2019zaro kurashlarni davom ettiraverardilar. Ayniqsa Buxoro xonligining Qo\u2019qonga nisbatan olib borgan dushmanlik siyosati Chor hukumati uchun katta foyda keltiradi. Urush harakatlari shuni ko\u2019rsatadiki, uchala xonlikning hukmdorlari harbiy jihatdan mutlaqo savodsiz kimsa bo\u2019lib chiqdi. Bundan Qo\u2019qon lashkarboshisi Alimxon mustasnodir. U Chor hukumatiga qarshi kurashda qo\u2019shinga va xalq qasoskorlariga jasorat bilan boshchilik qildi. U jo\u2019shqin vatanparvar va qahramon shaxs sifatida jang maydonida halok bo\u2019ladi.<\/p>\n\n\n\n<p>O\u2019zbek xonliklarining yerlarining bosib olinishi Chor Rossiyasining yuqori tabaqasi tomonidan zo\u2019r xursandchilik bilan qarshi olindi. Rossiya moliya vaziri Vishnegorodskiy bu joylarni \u201crus tojidagi eng qimmatbaho dur\u201d deb baholadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Turkiston general-gubernatorligining chegarasi vaqt o\u2019tishi bilan kengayib bordi. Pirovardida Sirdaryo, Farg\u2019ona, Samarqand, Yettisuv va Kaspiy orti yerlarini o\u2019z qaramog\u2019iga kiritdi.<\/p>\n\n\n\n<p>Buxoro amirligida 28 beklik: Chorjo\u2019y, Karmana, Ziyovuddin, Nurota, Kitob, Shahrisabz, Chiroqchi, Yakkabog\u2019, G\u2019uzor, Boysun, Qorategin, Denov, Hisor, Darvoz, Boljuvan, Shugnon, Rushon, Qulob, Qo\u2019rg\u2019ontepa, Sherobod, Xalif, Kirki, Burdaliq, Qarshi va Norizm singari joylarni o\u2019z ichiga olgan edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Xiva xonligi esa Pitnak, Xazarasp, Xonqa, Urganch, Qo\u2019shko\u2019prik, G\u2019azovot, Qiyot, Shohobod (Shovot), Toshhovuz, Ombor, Manoq, Gurlan, Mang\u2019it, Qilich Niyozboy, Qipchoq, Porsu, Ilyoli, Ko\u2019hna Urganch, Xo\u2019jayli, Shumanay va Qo\u2019ng\u2019irot degan joylarini qamrb olgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Ko\u2019rinib turibdiki, ikki xonliklarning yerlari ilgari vaqtlargacha juda qisqargan. Bundan, ayniqsa Buxoro amirligi katta talofat ko\u2019rdi. Qo\u2019qon xonligi esa butunlay tag-tomiri bilan qo\u2019porib tashlandi. Shuni ta\u2019kidlash lozimki, Turkiston xalqlarining o\u2019ta vatanparvarligi va erksevarligi orqasida Rus davlati uni tezkorlik bilan bosib ololmadi. Natijada, urush o\u2019rta hisobda 25 yil davom etdi. Xalq ommasida miltiqparvarlik tuyg\u2019ulari shu darajada kuchli ediki, agar harbiy mahurat va texnika talabga javob berarli darajada bo\u2019lganda Rus davlatini yovuz niyatini yuzaga chiqmasligi turgan gap edi. Nachora, o\u2019lka hukmdorlarining nodonligi va ojizligi hamda bir guruh kishilarning xoinligi Turkiston o\u2019lkasini Rossiya panjasiga tushishiga sabab bo\u2019ldi Chor hukumati tub aholi vakillarini Oliy va o\u2019rt amansablardan mahrum qilib o\u2019lkani boshqarish rus generallarini va ofitserlarini qo\u2019liga o\u2019tdi. Shu ravishda milliy davlat tugatilib rus tili davlat tili hisoblanadi. Milliy tilni va milliy madaniyatni rivojlanishiga yo\u2019l berilmay \u201culug\u2019 millatchilik\u201d siyosati amalga oshirildi. Butun o\u2019lkada mustamlakachilik va milliy zulm hukm surdi. Turkiston Rossiyaning xom-ashyo manbaiga va tayyor mahsulotlar bozoriga aylantirilib xalqning boshiga son-sanoqsiz azob-uqubatlar tushdi. Shuning uchun ham xalq ommasining milliy-ozodlik kurashlari davom etdi. Masalan, 1892, 1898 va 1916 yillardagi xalq harakatlari shular jumlasidandir.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Chor istilochilarining galdagi niyati Qo\u2019qon xonligini tugatish edi. Ular Turkiston, Chimkent, Toshkent va boshqa joylarni bosib olib, Qo\u2019qon xonligiga qattiq zarba bergan edi. Qo\u2019qon xoni Xudoyorxon qo\u2019rqoq va tadbirsiz bo\u2019lganligi &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/qoqon-xonligining-tugatilishi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":0,"parent":0,"menu_order":0,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","template":"","meta":{"footnotes":""},"class_list":["post-55337","page","type-page","status-publish","hentry","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/55337","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/pages"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/page"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=55337"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/55337\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":55338,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/55337\/revisions\/55338"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=55337"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}