{"id":55504,"date":"2023-03-20T14:46:55","date_gmt":"2023-03-20T11:46:55","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?page_id=55504"},"modified":"2023-03-22T11:11:27","modified_gmt":"2023-03-22T08:11:27","slug":"zahiriddin-muhammad-bobur-mirzo","status":"publish","type":"page","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/zahiriddin-muhammad-bobur-mirzo\/","title":{"rendered":"ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR MIRZO"},"content":{"rendered":"\n<p>Zahirddin Muhammad Bobur Mirzo Umar Shayx Mirzoning katta o\u2019g\u2019li bo\u2019lib, 1483 yil fevral oyida Andijonda tug\u2019ilgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Zahiriddin Muhammad Bobur Mirzoning bolalik va yoshlik davri asosan Andijon hamda Axsi shaharlarida o\u2019tgan. U yoshligidanoq otasi saroyida ham ma\u2019naviy, ham harbiy ta\u2019limni chuqur o\u2019zlashtiradi. Garchi Andijon ilm-ma\u2019rifatda Samarqandchalik ravnaq topmagan bo\u2019lsa-da, biroq, Umar Shayx Mirzo Samarqand hukmdori bo\u2019lmish akasi Sulton Ahmad Mirzoga taqlidan o\u2019z saroyiga ko\u2019plab odamlar, adib va shoirlarni taklif qilgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Umar Shayx Mirzo vafot etgach, 1494 yil 10 iyun seshanba kuni, hali balog\u2019atga yetmagan 12 yoshli Zahiriddin Muhammad Bobur Mirzo Farg\u2019ona ulusining sifatida taxtga o\u2019tiradi.<\/p>\n\n\n\n<p>Zahiriddin Muhammad Bobur Mirzo o\u2019ziga ishonchli beklari bilan Axsidan Andijonga kelganda, to\u2019rt yog\u2019och masofada bo\u2019lgan Quva shaharida o\u2019z amakisi \u2013 Movarounnahr hukmdori Sulton Ahmad Mirzo qo\u2019shin bilan Andijon qasdida turganligi haqida xabar keladi. Ikkinchi tomondan Toshkent hukmdori (Bobur Mirzoning tog\u2019asi) Sulton Mahmudxon Kosonni zabt etib, Axsini qamal qiladi. Uchunchi tomondan Qashqar xoni Abubakr dug\u2019lot o\u2019z qo\u2019shini bilan Farg\u2019ona ulusiga bostirib kelib, O\u2019zgandni o\u2019rab oladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Ammo Farg\u2019ona beklari va amaldorlari o\u2019z mustaqilliklarini saqlab qolish yo\u2019lida qo\u2019llaridan kelgan barcha chora-tadbirni ishga soladilar. Jumladan, ular Farg\u2019ona taxtiga Zahiriddin Muhammad Bobur Mirzoni mavrusiy hukmdor etib tayinlashni Sulton Ahmad Mirzodan talab qilgan holda Xoja Qozi va Uzun Hasanni elchi qilib jo\u2019natadilar. Mazkur elchilar talabnoma bilan birga Zahiriddin Muhammad Bobur Mirzoning maxsus maktubini ham olib boradilar. Maktubda \u201c\u2026 bu viloyatg\u2019a albatta Sizning mulozimlaringizdan biro kishi tayinlanmog\u2019i lozim. Men Sizga ham mulozim, ham farzandmen, agar bu xizmatni menga topshirsalar osonroq va yaxshiro hal bo\u2019lg\u2019usidir\u201d, &#8212; deb yozilgan edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Zotan Bobur Mirzo ta\u2019riflaganidek, Sulton Ahmad Mirzo har bir ishni beklarining ra\u2019yidan tashqari qilmas edi. Bu safar ham shunday bo\u2019ldi. Elchilarning so\u2019zini beklar qabul qilmay, olg\u2019a qarab hujumga o\u2019tadilar. Quvaning botqoq qora suvidan faqat ko\u2019prik orqali o\u2019tish mumkin edi. Ko\u2019prik esa ko\u2019p mingli otliq qo\u2019shinga dosh beraolmay sinib, ko\u2019p kishilar suvga g\u2019arq bo\u2019lganlar. Buning ustiga otlarga o\u2019lat kelib, yuzlab otlar yerga yumalab o\u2019laboshlaydi. Nihoyat, dushman qo\u2019shini orasida vahima va sarosimalik avj olib, parokandalik boshlanib ketadi. Bu vaqtda mahalliy xalq o\u2019z ozodligi yo\u2019lida jondan kechib, bosqinchilarga qarshi qaqshatqich hujumni boshlaydi. Bunday chigal vaziyatda chorasiz qolgan Sulton Ahmad Mirzo sulhga rozi bo\u2019lib, orqasiga qaytib ketadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Farg\u2019ona xalqi Sulton Ahmad Mirzodek zabardast dushmandan xotirjam bo\u2019lgach, Sulton Mahmudxon va Qashqar xoni Abubakr, dug\u2019lot askarlariga ham birin-ketin zarba berib, Farg\u2019ona mustaqilligini qo\u2019lda saqlab qoladilar.<\/p>\n\n\n\n<p>Bu vaqtda Zahiriddin Bobur Mirzo yosh bo\u2019lganligi tufayli, saltanat ishlarini asosan ishonchli beklardan biri Xoja Qozi va Bobur Mirzoning buvisi Eson Davlat begim (Yunusxonning xotini \u2013 Qutluq Nigor xonimning onasi) boshqaradilar.<\/p>\n\n\n\n<p>XV asrning oxirida Movarounnahr va Xurosonda feodal tarqoqlik hukm surar, har bir bek o\u2019z ixtiyoricha ish tutishga harakat qilardi. Shayboniyxonning tarixchisi Muhammad Solihning ta\u2019biricha, \u201chamma bir-biridan qo\u2019rqar, o\u2019zicha shohlik talab qilib, mamlakatda ig\u2019vo urug\u2019ini sochardilar\u201d. Movarounnahr tuprog\u2019ida avj olgan o\u2019zaro janglarda Bobur Mirzo ham qatnashishga majbur bo\u2019ldi. Xalq ommasi og\u2019ir ahvolda qolgan edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Sulton Mahmud Mirzo vafotidan so\u2019ng, 1495 yil yanvar oyida uning ikkinchi o\u2019g\u2019li Boysung\u2019ur Mirzoni Samarqand taxtiga o\u2019tqazadilar. 1496 yil may-iyun oylarida Boysung\u2019ur Mirzoga qarshi Samarqandda tarxonlar isyoni boshlanadi. Bundan xabar topgan Bobur Mirzo ham Samarqand taxtiga da\u2019vogar bo\u2019lib 17 iyunda o\u2019z qo\u2019shini bilan Shavdor tumaniga yetib kelib, Samarqand qamaliga kirishadi. Ayni shu paytda Sulton Ma\u2019sud Mirzo Samarqandning ikkinchi tarafidan, Sulton Ali Mirzo esa uchinchi tarafdan qamal qiladilar.<\/p>\n\n\n\n<p>Ammo qish yaqinlashib qolgani tufayli mazkur shahzodalar Samarqandni qamaldan bo\u2019shatib, o\u2019z yurtlariga qaytib ketadilar.<\/p>\n\n\n\n<p>1497 yil may oyida Bobur Mirzo Samarqandga ikkinchi marta qo\u2019shin tortib kelib, Yor yayloq tumaniga o\u2019rnashib, Boysung\u2019ur Mirzoga qarshi urush ochadi va Boysung\u2019ur Mirzoni shahar ichiga qamaydi. Samarqand shahari ittifoqchilar tomonidan yana qamal qilinadi. Biroq qish yaqinlashgani tufayli qamalni to\u2019xtatib, shahardan chekinadilar. Ammo bus afar Bobur Mirzo uzoqqa ketmaydi. U Xo\u2019ja Diydor qal\u2019asini o\u2019ziga lashkargoh qilib belgilab, o\u2019sha yerda qishlaydi.<\/p>\n\n\n\n<p>Bu vaqtda shahar ichida oziq-ovqat tanqiligi boshlanib, Boysung\u2019ur Mirzo qo\u2019shinlari orasida parokandalik vujudga keladi. Boysung\u2019ur Mirzo ittifoqchilarga bas kelaolmasligini sezib, Shayboniyxondan ko\u2019mak so\u2019rab, Turkistonga odam yuboradi. Shayboniyxon fursatdan foydalanib, darhol qo\u2019shin tortib kelib, shahar tashqarisida Bobur Mirzo lashkargohining ro\u2019parasida o\u2019rnashadi. Bobur Mirzo Shayboniyxon bilan jang qilish maqsadida maydonga chiqsa-da, biroq Shayboniyxon urush maydoniga chiqmay, shahar ichiga kirishga harakat qiladi. Lekin Boysung\u2019ur Mirzo Shayboniyxonni shaharga kiritmaydi. Bu iltifotsizlikdan ranjigan Shayboniyxon o\u2019z qo\u2019shinini olib, Turkistonga qaytib ketadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Shundan so\u2019ng Boysung\u2019ur Mirzo Samarqandni saqlab qololmasligiga aqli yetib, shaharni tashlab chiqib, Qunduz hukmroni Xusravshoh huzuriga ketadi. Nihoyat Samarqand arkoni davlati kengashib, navqiron Bobur Mirzoni shaharga kiritadilar va saltanatni boshqarishni taklif qiladilar. Shunday qilib, 1497 yil noyabr oyining oxirida Bobur Mirzo tantanali ravishda Samarqand taxtiga o\u2019tiradi va Temur taxtining haqiqiy sohibi deb e\u2019lon qilinadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Uzoq davom etgan o\u2019zaro urushlar natijasi Samarqand va uning atrofidagi aholi nihoyat darajada qiynalgan va ezilgan edi. Shahar deyarlik vayronaga aylangan, aholining mol-mulki esa talangan edi. Binobarin, Bobur Mirzo Samarqandda uzoq turaolmadi. Qo\u2019shinni boqish, ot-ulovni yem-xashak bilan ta\u2019minlash uchun hech narsa yo\u2019q edi. Aholiga biror narsa bilan ko\u2019maklashish haqida gapirmasa ham bo\u2019lardi. Bunday vaziyatdan sarosimaga tushgan beklar birin-ketin Bobur Mirzoni tashlab qocha boshlaydilar. Buning ustiga Andijondan Uzun Hasanning saltanatga qarshi isyoni haqidagi xabar keladi. Yuz bergan siyosiy va iqtisodiy tanglikni mushohida qilgan Bobur Murzo, qanday bo\u2019lmasin Andijonni saqlab qolish payiga tushadi. Mazkur sabablarga ko\u2019ra, Bobur Mirzo Samarqandda 100 kun hukmronlik qilgach, uni taqdirning irodasiga havola qilib, tashlab chiqib ketishga majbur bo\u2019ladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Bobur Mirzo Samarqanddan chiqib, Xo\u2019jandga yetganda, Andijonning qo\u2019ldan ketganligi, Uzun Hasan hokimiyatni qo\u2019lga olib, Bobur Mirzoning diniy murabbiysi va homiysi Xoja Qozini asirga olib, qatl qilingani haqida xabar keladi. Xo\u2019jandda esa Muhammad Husayn Kuragon o\u2019z hokimiyatini o\u2019rnatgan edi. Samarqandni esa Sulton Ali Mirzo egallagan edi. Garchi Bobur Mirzo ikki yil davomida Samarqand bilan Andijon orasida sargardon bo\u2019lsa-da, biro har ikki shahardan aqalli birini qo\u2019lga kiritishga muvaffaq bo\u2019lolmadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Farg\u2019ona viloyatida Uzun Hasanning hukmronligi mustahkam emas edi. Chunki xalq og\u2019ir soliqlar, o\u2019lpon va turli jarimalarning ko\u2019pligi oqibatida so\u2019ng darajada qashshoqlashgan edi. Boz ustiga uzluksiz o\u2019zaro qirg\u2019inlar mehnatkash xalqning tinkasini quritgan edi. Nihoyat xalq qo\u2019zg\u2019olonlari boshlanib, Uzun Hasan hokimiyati larzaga kelaboshlaydi. Vaziyatdan mohirlik bilan foydalangan Nosir Mirzo (Bobur Mirzoning kichik ukasi) shaharga hujum qilib, Uzun Hasan hokimiyatini tugatib, shaharni qo\u2019lga oladi va keyin akasi Bobur Mirzoga topshiradi. Bobur Mirzo Andijon taxtiga ikkinchi marta o\u2019tirishi 1499 yil iyul oyiga to\u2019g\u2019ri keladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Biroq Andijon taxtiga bo\u2019lgan jangu jadallar tinchimadi. Bobur Mirzoning eng xavfli raqibi Sulton Ahmad Tanbar Umar Shayx Mirzoning ikkinchi o\u2019g\u2019li Jahongir Mirzoni Bobur Mirzoga qarshi qayray boshlaydi. Mazkur aka-uka shahzodalar va ularning orqasida turgan guruhboz bek va amaldorlarning o\u2019zaro qonli nizolari har ikki tomonga ham biror manfaat keltirmadi. Aksincha, xalq ommasining og\u2019ir ahvoli yanada mushkullashdi. Mamlakatda oziq-ovqat tanqisligi kuchayabordi. Nihoyat 1500 yil fevral oyining oxirida Bobur Mirzo bilan Jahongir o\u2019rtasida tinchlik sulhi imzolandi.<\/p>\n\n\n\n<p>1500 yilda Muhammad Shayboniyxon Samarqandga hujum qiladi. Ammo hujum muvaffaqiyatsiz tugaydi. Shayboniyxonning Buxoroni zabt etishi Samarqand beklarini ancha tashvishga solidi va ular Sulton Ali Mirzoning siyosatiga qarshi turadilar. Ayni paytda Samarqandda oziq-ovqat tanqisligi boshlanib, ocharchilik avjiga chiqadi. Xalq noroziligi kuchayadi va saroydagi beklarning orasi buziladi. Bu tanglikdan qutulish uchun Sulton Ali Mirzo Shayboniyxon bilan muzokara boshlashga majbur bo\u2019ladi. Sulton Ali Mirzoning tutgan siyosatidan norozi bo\u2019lgan bek va amirlar Bobur Mirzoga odam yo\u2019llab, Samarqandga taklif qiladilar. Ammo Bobur Mirzo kechikadi. 1500 yilda Sulton Ali Mirzoning roziligi bilan Samarqand Shayboniyxonga urushsiz taslim bo\u2019ladi. Shayboniyxon Samarqandga kirgach, temuriy shahzodalarga nisbatan o\u2019ta shafqatsizlik qiladi va ularni qilichdan o\u2019tkazadi. Bu jazodan Sulton Ali Mirzo ham benasib qolmaydi.<\/p>\n\n\n\n<p>1500 yilda Shayx Abul Mukarram boshchiligida Samarqand shaharining Feruza darvozasini Bobur Mirzoga ochib beradilar. Bobur Mirzo to\u2019satdan shaharga bostirib kirib, Shayboniyxonning asosiy kuchini qirib tashlaydi. Bu paytda Shayboniyxon Konigilda edi. U qolgan qo\u2019shinini yig\u2019ib, Turkistonga chekinishga majbur bo\u2019ladi. Bobur Mirzo Samarqand taxtiga ikkinchi marta o\u2019tirishga musharraf bo\u2019ladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Lekin Bobur Mirzo bu safar ham Samarqandda uzoq muddat turaolmaydi. Chunki shaharda vayronalik hamda dahshatli ocharchilik hukm surardi. Bu haqda Bobur Mirzoning o\u2019zi shunday yozadi: \u201cElga bisyor tanqislik bo\u2019ldi. Anga yettikim, faqir va miskin it etini, eshak etini yeya kirishtilar\u201d. Ana shunday bir vaziyatda Shayboniyxon Bobur Mirzoga sulh haqida muzokara yuritishni taklif qiladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Bobur Mirzo hech qayerdan hech qanday yordam ololmagach, noiloj sulhga rozi bo\u2019ladi. Sulh bitimining shart-sharoiti haqida Bobur Mirzo o\u2019zining \u201cBoburnoma\u201d asarida hech narsa demaydi. Mazkur sulhning shart-sharoitlarini Bobur Mirzoning qizi Gulbadanbegim o\u2019zining \u201cHumoyunnoma\u201d asarida quyidagicha izohlaydi: \u201cAna shunday vaqtda Shohibekxon (Shayboniyxon) \u201cagar o\u2019z singlingiz Xonzoda begimni menga bersangiz, oramizda sulh tuziladi va ittifoqchilik aloqalari o\u2019rnatiladi\u201d, &#8212; deb aytgizib yubordi. Oxir Xonzoda begimni o\u2019sha xonga berib, o\u2019zlarining qaytishlari zarur bo\u2019ladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Bobur Mirzo Samarqandni tashlab chiqqach, o\u2019ziga sodiq kishilari bilan Toshkent hukmdori \u2013 tog\u2019asi Sulton Mahmudxon huzuriga keladi va Shayboniyxondek makkor dushmanga qarshi birlashib kurashmoqqa da\u2019vat qiladi. Ko\u2019p iltijolardan so\u2019ng, Sulton Mahmudxon rozi bo\u2019lib, Qashqar hukmdori Sulton Ahmadxon bilan harbiy ittifoq tuzishadi. Ammo har ikki hukmdor Shayboniyxonga qarshi borishdan avval Farg\u2019ona viloyatidagi qo\u2019sh hokimiyatchilikni tugatishga qaror qiladilar. 1503 yilda 30 minglik qo\u2019shin bilan Farg\u2019onaga \u2013 Sulton Ahmad Tanbalga qarshi yurish boshlaydilar.<\/p>\n\n\n\n<p>Ittifoqchilarning yurish xabarini eshitgan Sulton Ahmad Tanbal Shayboniyxondan yordam so\u2019rab, uning huzuriga o\u2019z ukalari Bek Telba va Shoh Boyazidlarni jo\u2019natadi. Shayboniyxon qulay fursatdan foydalanib, Samarqanddan chiqib, O\u2019ratepa va Xo\u2019jand orqali o\u2019tib Toshkent yaqinida ittifoqchilarga qattiq zarba beradi. Ana shundan so\u2019ng Farg\u2019ona viloyatida ham temuriylar hukmronligi inqirozga uchrab, halokatga yuz tutadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Bobur Mirzoning endilikda o\u2019zaro jangler va qirg\u2019inlar natijasida nihoyatda ezilgan va qashsoqlashgan Farg\u2019onani dushman qo\u2019lidan qaytarib olishga ko\u2019zi yetmaydi. Chunki mamlakatdagi ichki ahvol beqaror, bek va amirlarning xalqqa nisbatan o\u2019tkazilgan istibdodi xalqning hukmdorlarga bo\u2019lgan ishonchini butunlay yo\u2019qqa chiqargandi. Shuningdek, Shayboniyxondek kuchli dushman qarshisiga chiqmoqlik uchun ham Bobur Mirzoda yetarli kuch-qudrat yo\u2019q edi. Zero Bobur Mirzoga kelib qo\u2019shilgan qo\u2019shin ahilining ko\u2019pchiligi mahalliy bek va amirlarga qarashli kishilardan iborat edi. Bunday kishilar ko\u2019pincha beqaror bo\u2019lib, ayni jang asnolarida pand berib qo\u2019yardilar. Holbuki, Bobur Mirzoga sadoqatli kishilar qo\u2019shinda juda oz qolgan edi. Ular ikki yuzdan ortiq emas edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Bobur Mirzo mazkur vaziyatni o\u2019zining o\u2019tkir idroki bilan aql tarozusida o\u2019lchab, Movarounnahrda bundan buyon sargardon bo\u2019lib yurish befoyda ekanligiga imoni komil bo\u2019lgach, qolgan askarlari va yaqin kishilarini olib, Hisor tomon ketadi.<\/p>\n\n\n\n<p>1503 yil iyul oyida Hisor yayloqlaridan biri Ilok yaylog\u2019iga kelib tushadi. Bobur Mirzo Hisorga kelishidan maqsadi Hisor hukmdori Xusravshohdan umidvor edi. Biroq Xusravshohga yuborgan kishisi undan yaxshi xabar olib kelmaydi. Shundan so\u2019ng, Bobur Mirzo Iloqdan ko\u2019chib, Qubidiyonga keladi. Ko\u2019p o\u2019tmay Xusravshohning inisi Boqi Chag\u2019oniyoniy o\u2019z qo\u2019shini va ko\u2019ch-ko\u2019roni bilan kelib, Bobur Mirzoga mulozimat ko\u2019rsatadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Boqi Chag\u2019oniyoniy Termiz, Shahrisafo va Chag\u2019oniyonning hukmdori edi. Muhammad Shayboniyxon Badaxshon va Hisorga bosib kelayotganini eshitgan Boqi Chag\u2019oniyoniy vaqt g\u2019animatida Bobur Mirzoga kelib qo\u2019shilgan edi. Ana shu asnoda Xuroson hukmdori Sulton Husayn Boyqarodan Bobur Mirzoga maktub keladi. Maktubda \u201cXolo ham agar o\u2019zbek mutavajjih bo\u2019lsa, man Murg\u2019ob yoqasini berkitay, Badiuz-Zamon Mirzo Balx va Shibirg\u2019on va Andxo\u2019y qo\u2019rg\u2019onlariga mazbut kishilaarini qo\u2019yib, o\u2019zi Gurzivon va Darayi Zangda ul Ko\u2019histonni berkitsun. Sen (Bobur Mirzo \u2013 T.F.) Kohmard va Ojarda ul Ko\u2019hpoyani berkitib, Xusravshoh, Hison va Qunduz qo\u2019rg\u2019onlarida e\u2019tmodli kishilarini qo\u2019yib, o\u2019zi va inisi Vali Badaxshon va Xatlon tog\u2019larini berkitsunlar. O\u2019zbek ish qilolmay yongisidur\u201d, &#8212; deyilgan edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Ammo Bobur Mirzoning ta\u2019biricha, Kohmard va Ojar tog\u2019 istehkomlari Sulton Husayn Boyqaro aytganday mudofaaga bardosh beraoladigan darajada emas edi. Ikkinchidan, Shayboniyxondek kuchli dushmanga zarba beraoladigan qo\u2019shin ham yo\u2019q edi. Uchinchidan, Shayboniyxonning Hisorga yaqinlashayotganini eshitgan Boqi Chag\u2019oniyoniy va boshqa beklar ayni zamonda Shayboniyxonga ro\u2019para kelmaslikni talab qiladilar. Bobur Mirzo ham qo\u2019shinning ozligini nazarda tutib, Samtu yo\u2019li bilan Qizil suv tomonga yuradi. Xuddi shu asnoda Hisor va Qunduzda bo\u2019lgan mo\u2019g\u2019ul beklari o\u2019zlarining uch to\u2019rt ming uylik kishilari bilan kelib, Bobur Mirzoga qo\u2019shiladilar. Bu xabarni eshitgan Xusravshoh o\u2019z kuyovi Ya\u2019qub Ayubni maktub bilana Bobur Mirzo huzuriga yuboradi. Maktubda \u201cagar ahd (bitim) qilsalar, qullikga kelgumdir\u201d, &#8212; deyilgan edi. Bobur Mirzo Ya\u2019qub Ayub bilan bitim tuzadi. Bitimga muvofiq Xusravshoh o\u2019z qo\u2019shini bilan kelib qo\u2019shiladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Xusravshoh o\u2019z qo\u2019l ostidagi aholiga, sipohlariga jabr-zulmni haddan oshirgan edi. Binobarin, el va ulusining xatti-harakatlarida Xusravshohga nisbatan dushmanlik alomatlari zohir edi. Uning zolimligi shu darajaga yetgan ediki, o\u2019z tarbiyasidagi Ma\u2019sud Mirzoni ko\u2019ziga mil tortib ko\u2019r qilgan. Boysung\u2019ur Mirzoni bo\u2019g\u2019ib o\u2019ldirgan edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Xusravshohning zolimligi, bee\u2019tiqodligidan bezgan barcha qo\u2019shinlari Bobur Mirzo tomoniga o\u2019tadilar. Bunga chiday olmagan Xusravshoh Bobur Mirzodan ijozat olib, Xurosonga ketadi. Shayboniyxon Xurosonni olganda, Xusravshohni tutdirib qatl qildiradi. <\/p>\n\n\n\n<p>Bobur Mirzo Kobul tomonga yurib, 1504 yil sentabr oyida Kobulni Zunnun arg\u2019unning o\u2019g\u2019li Muhammad Muqimdan tortib oladi. Shunday qilib, Kobul va uning atrofi Bobur Mirzo tasarrufiga o\u2019tadi.<\/p>\n\n\n\n<p>1505 yilda Husayn Boyqaro barcha o\u2019g\u2019illari qatori Bobur Mirzoni ham Hirotga chaqirtiradi. Bu yig\u2019ilishdan maqsad \u2013 Shayboniyxonga qarshi ittifoq tuzib, urushga tayyorgarlik ko\u2019rish edi. Bobur Mirzo bu kengashga albatta borajagini aytib, Sayyid Afzalni jo\u2019natadi.<\/p>\n\n\n\n<p>1506 yil 5 may kuni Sulton Husayn Boyqaro Shayboniyxon ustiga qo\u2019shin tortib, Bobo Ilohiy mavzeiga yetganda vafot etadi. Bobur Mirzo fotiha zarurati bilan Hirotga boradi va Sulton Husayn Boyqaroning o\u2019g\u2019illari bilan uchrashib, ularning o\u2019zaro ichki nizo va xusumatlarini sezadi hamda bu shahzodalar bilan ittifoq tuzib, Shayboniyxonga qarshi kurashib bo\u2019lmasligiga aqli yetib, noumid bo\u2019lib qaytib keladi. Kobulga yaqinlasharkan, amakivachchasi Mirzoxon Kobulda isyon ko\u2019tarib, o\u2019zini shoh deb e\u2019lon qilgani haqida xabar keladi. Bobur Mirzo ko\u2019p qiyinchiliklardan so\u2019ng, Kobulni isyonchilardan tozalab, o\u2019z qo\u2019liga oladi. Isyon boshlig\u2019i Muhammad Husayn Mirzo bilan Mirzoxonni Xurosonga jo\u2019natadi.<\/p>\n\n\n\n<p>1507 yilda Shayboniyxon Hirot bilan butun Xurosonni zabt etgach, Qandahorga yurishga jazm qiladi. Bu paytda Bobur Mirzo Qandahorni aka-uka Shohbek va Muhammad Muqim arg\u2019unlardan tortib oladi va ukasi Nosir Mirzoni Qandahor hokimligiga tayinlab, o\u2019zi Kobulga qaytib keladi. Qandahorning sobiq hukmdorlari Shayboniyxon huzuriga borib, arz qiladilar. Shayboniyxon Bobur Mirzoni Qandahorda deb gumon qilib, o\u2019z qo\u2019shini bilan kelib, shaharni qamal qiladi. Nosir Mirzo shaharda turolmay, Kobulga qochib keladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Bu xabarni eshitgan Bobur Mirzo Shayboniyxon bilan uchrashishdan ko\u2019ra har holda ko\u2019zidan nariroq turishga qaror qiladi. Bobur Mirzoning fikricha, mavjud vaziyat taqozosiga ko\u2019ra, Shayboniyxon ko\u2019zidan yiroqroq turish maqsadida Badaxshonga yoki Hindistonga yurmoqlik lozim edi. Nihoyat, Hindiston tomonga yurishga qaror qiladi.<\/p>\n\n\n\n<p>1507 yil sentabr oyida Bobur Mirzo Kobulga amakivachchasi Abdurazzoq Mirzoni (Ulug\u2019bek Mirzo Kobuliyning o\u2019g\u2019li) qo\u2019yib, Hindiston safariga yo\u2019l oladi. Ammo Shayboniyxon Qandahorni ololmay, sulh qilib, orqaga qaytgan xabarini eshitgan Bobur Mirzo yana Kobulga qaytib keladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Nosir Mirzoga G\u2019azna viloyatini va Abdurazzoq Mirzoga Nanginahor, Mindaravur, Darayi Nur, Kaz va Nurgul hokimligini in\u2019om qiladi.<\/p>\n\n\n\n<p>1508 yil mart seshanba kechasi Bobur Mirzoning katta o\u2019g\u2019li Humoyun Mirzo tug\u2019iladi. Shu munosabat bilan Bobur Mirzo o\u2019zini bundan buyon Bobur podshoh deb atashlarini buyuradi.<\/p>\n\n\n\n<p>1510 yilda Marv yaqinida Shayboniyxonning o\u2019limidan so\u2019ng, Bobur podshoh Eron shohi Ismoil Safaviy bilan harbiy bitim tuzib, Samarqandga yurish boshlab, shaharni qo\u2019lga kiritadi va bitimga muvofiq, shoh Ismoil Safaviy nomiga xutba o\u2019qitdiradi. Sunna mazhabiga mansub bo\u2019lgan Movarounnahr xalqi, ayniqsa Samarqand beklari shia mazhabiga mansub bo\u2019lgan shoh Ismoil Safaviy nomiga xutba o\u2019qitilishidan qattiq norozi bo\u2019ladilar. Natijada shahar xalqi orasida \u201cBobur podshoh shia mazhabini qabul qilibdi\u201d, degan mish-mishlar tarqaladi. Ruhoniylar ta\u2019siri ostida bo\u2019lgan keng xalq ommasi, mish-mishlarga ishonib, Bobur podshohga nisbatan dushmanlik kayfiyatida bo\u2019ladilar. Shunga qaramay, Bobur podshoh Samarqandda sakkiz oy hukmronlik qiladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Bu asnoda Shayboniylardan Ubaydulloxon besh ming qo\u2019shin bilan Buxoroga yurish boshlaydi. 1512 yil 28 aprelda Hayrobod bilan Qorako\u2019l o\u2019rtasidagi Ko\u2019limalik yonida hal qiluvchi jang bo\u2019ladi. Bu jangda Ubaydullaxon qo\u2019shini kutilmaganda Bobur podshoh qo\u2019shinini tor-mor keltiradi. Bobur podshoh tezlik bilan Samarqandga qaytib keladi va o\u2019z yaqinlari va qolgan askarlarini olib, Hisor orqali Kobulga ketadi. Bobur podshoh endilikda Movarounnahrga hukmronlik qilishni hayolidan butunlay chiqarib tashlaydi va taqdiriga tan berib, yana Hindiston tomon yurish masalasini kun tartibiga qo\u2019yadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Bobur podshoh Kobuldan Hindistonga besh marta yurish qiladi. Beshinchi yurishda, ya\u2019ni 1526 yil 21 aprelda tarixda mashhur jang \u2013 Panipat janggi bo\u2019ladi. Bu jang Dehli hukmdori Sulton Ibrohim ibn Sulton Iskandar ibn Baxlul Lo\u2019diy bilan bo\u2019lib o\u2019tadi. Tarixchilarning hamjihatlik bilan bergan ma\u2019lumotlariga qaraganda, Sulton Ibrohim Lo\u2019diyning yuz mingga yaqin askar va mingtaga yaqin jangari fillari bo\u2019lgan. Bobur podshohning esa jami o\u2019n-o\u2019n ikki ming askari bor ekan.<\/p>\n\n\n\n<p>Bobur podshohning qizi Gulbadanbegimning \u201cHumoyunnoma\u201d asarida yozishicha, Sulton Ibrohimning bir yuz sakson ming otliq askari, bir ming besh yuzga yaqin harbiy jangari fillari bo\u2019lgan. Bobur podshohning esa qo\u2019shini savdogarlar va yaxshi-yomon bilan qo\u2019shganda, o\u2019n ikki ming kishidan iborat bo\u2019lib, bular ichida jangga yaroqlilari olti-yetti ming kishidan iborat bo\u2019lgan. Bu jangda Bobur podshoh yangicha harbiy san\u2019at \u201cto\u2019lg\u2019ama\u201d usulini qo\u2019llaydi. Yetuk sarkardaning ko\u2019p janglarda orttirgan harbiy tajribasi Sulton Ibrohimning tartibsiz ko\u2019p sonli qo\u2019shini ustidan g\u2019alaba qozonishiga sabab bo\u2019ladi. Bobur podshoh bu jangda shimoliy Hindistonni Dehli va Agra shaharlari bilan qo\u2019lga kiritadi va o\u2019z hukmronligini o\u2019rnatadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Bobur podshoh shimoliy Afg\u2019oniston va shimoliy Hindistonda o\u2019z hukmronligini o\u2019rnatib, yevropalilar ta\u2019biri bilan aytganda, \u201cBuyuk mo\u2019g\u2019ul imperiya\u201dsini tuzadi va boburiylar sulolasiga asos solar. 1526 yil 27 aprel kuni Dehlida Bobur podshoh nomiga xutba o\u2019qiladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Zahiriddin Muhammad Bobur podshoh bir-biri bilan dushmanlik kayfiyatida bo\u2019lgan mustaqil knyazlik (roja)larni sekin-asta qurol va muzokara yo\u2019llari bilan birlashtirib, to umrining oxirigach, ya\u2019ni 1530 yilgacha markazlashgan yirik imperiyani vujudga keltiradi. Tabiiyki, bunday katta markazlashgan imperiyani vujudga keltirish, bebosh bek va amirlarning boshini qovushtirish osonlikcha bo\u2019lmaydi. Bundan tashqari ayrim erksevar qabilalarning bo\u2019ysunmasligi natijasi ko\u2019tarilgan isyon hamda qo\u2019zg\u2019olonlarni shafqatsizlik bilan bostirishga, yuzlab, minglab kishilarni qilichan o\u2019tkazishga to\u2019g\u2019ri kelgan. Masalan, Bobur podshoh Panipat janggi haqida yozarkan, \u201cTangri taolloh fazl va karami bilan mundoq dushvor ishni bizga oson qildi va andoq qalin cherikni yarim kunda andoq yer bila yakson qildi. Besh-olti ming kishi Ibrohimning yaqinida bir yerda \u2013 o\u2019q qatlga yetibturlar. O\u2019zga har yerda o\u2019lganlarni bu ma\u2019rakada o\u2019n besh \u2013 o\u2019n olti ming taxmin qilur edik. So\u2019ngra Ograga kelganda Hinduston eli taqriridin andoq ma\u2019lum bo\u2019ldikim qirq-ellik ming kishi bu ma\u2019rakada o\u2019lgon ekandur\u201d, &#8212; deydi.<\/p>\n\n\n\n<p>Gulbadan begim Bobur podshohning Hindistonni fath qilganidan keyin voqealar haqida yozarkan, Bobur podshohning so\u2019nggi hukmronlik davrlarini hamda o\u2019limi sabablarini quyidagicha izohlaydi: \u201cBobur podshoh Sulton Ibrohim Lo\u2019diyni jangda halok etgach, butun hokimiyatni qo\u2019lga oladi. Sulton Ibrohim Lo\u2019diyning Bayda ismli onasi bo\u2019lib, Bobur podshoh insof va diyonat yuzasidan sobiq shoh avlodiga shafqat ko\u2019rsatib, mazkur malika Baydani o\u2019z huzuriga chorlab: \u201cSiz mening ham onamsiz, meni o\u2019g\u2019lingiz Sulton Ibrohim qatorida o\u2019g\u2019lim deb qarang\u201d, &#8212; deb katta iltifotlar ko\u2019rsatadi. Unga maxsus qasr, bog\u2019 va yerlar in\u2019om qiladi. Biroq malika Bayda o\u2019z o\u2019g\u2019lining xunini olish maqsadida Bobur podshohning bakovuli (oshpaz) Ahmad Chashnagirni bir bo\u2019lak zaharni podshoh oshiga qo\u2019shib berishga undaydi va katta boylik evaziga rozi qiladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Ahmad Chashnagir mazkur zaharni nonga qo\u2019shib beradi. Bobur podshoh mazkur nondan ozroq tanovul qiladi. Zahar asta-sekin ta\u2019sir qiluvchi kuchga molik bo\u2019lgan. Ana shu voqeadan so\u2019ng, Bobur podshoh kundan-kun ozib, darmonsizlanib, kasalga chalinadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Gulbadan begimning yozishicha, ana shu kunlarda Bobur podshoh hukmdorlikdan ko\u2019ngli sovib, tabiatida darveshlik, uzlatga chekinish ishtiyoqi namoyon bo\u2019ladi. Hatto kunlardan bir kun o\u2019z ahli ayoli, farzandlari hamda yaqin kishilarini huzuriga yig\u2019ib, \u201cko\u2019nglim saltanat va podshohlikdan olindi. Shu Zarafshon bog\u2019ida bir burchakda o\u2019tirsam, mening xizmatim uchun Tohir oftobachi ham yetib ortadi, podshohlikni Humoyunga bersam\u201d \u2013 deydi. Ammo saroy ahli yig\u2019i-sig\u2019i qilib, qabul qilmaydi. Buning ustiga yosh o\u2019g\u2019li Olur Mirzo qorin og\u2019rig\u2019iga uchrab, vafot etadi. Olur Mirzoning vafotiga chidaolmagan onasi \u2013 Dildor begim savdoyi bo\u2019lib qoladi. Bu musibatlardan ortiq darajada ezilgan Bobur podshoh Debalpurga sayr qilmoq va bir oz ko\u2019ngulni yozmoq uchun ketadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Shu asnoda Sumbulga hokim qilib tayinlangan Muhammad Humoyunning betobligi haqida xabar keladi. Humoyunni Sumbuldan kemada olib kelishadi. Bobur podshoh Debalpurdan qaytib kelib, Humoyunning ahvoli og\u2019irligidan qattiq tashvishga tushadi. Shu payt Mohim begim eriga, \u201cSiz mening farzandimga beparvosiz, chunki podshohsiz, nima g\u2019amingiz bor, sizning boshqa farzandlaringiz ham bor, mening esa bitta, yakkayu-yagona farzandim bor\u201d, &#8212; deydi. Bu tahqiromuz so\u2019zdan qattiq ta\u2019sirlangan Bobur podshoh darhol bir kishini topib, hazrat Murtazo Alining mozorini ziyorat qilmoq uchun jo\u2019natarkan, unga o\u2019z nomidan \u201cXudoyo, agar jon berish mumkin bo\u2019lsa, menki Boburmen, umri jonimni Humoyunga bag\u2019ishlaymen\u201d, &#8212; deb duo qilishini so\u2019raydi.<\/p>\n\n\n\n<p>Gulbadan begimning yozishicha, shu kunning o\u2019zidayoq Bobur podshohning tobi qochadi. Humoyun Mirzo esa o\u2019z boshidan suv qo\u2019yib, g\u2019usl qilib, tashqariga chiqadi va ko\u2019rgani keluvchilarni qabul qilaboshlaydi. Bobur podshoh esa shu yotgancha kasali og\u2019irlashib, qaytib o\u2019rnidan turmaydi. Nihoyat, bir kun barcha shahzodalar, malikalar, amaldorlar beklar va o\u2019ziga yaqin kishilarni huzuriga chorlab, podshohlik taxtiga Humoyun Mirzoni munosib ko\u2019rgnligini va hamma katta-kichik unga bo\u2019ysunishi lozim ekanligi haqida vasiyat qiladi. Shundan so\u2019ng 1530 yil 25 dekabr dushanba kuni 47 yoshida vafot etadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Zahiriddin Muhammad Bobur podshoh aqlli, o\u2019qimishli, ziyrak, tadbirkor va jasur kishi bo\u2019lgan. Yosh Boburning ota taxtiga o\u2019tirish davri \u2013 Movarounnahrda feodal tarqoqlikning kuchaygan hamda o\u2019zaro qonli kurashlarning avjiga chiqqan davriga to\u2019g\u2019ri keladi. Binobarin, davr taqozasi Boburni ham bu mojarolarda faol qatnashmoqqa majbur qiladi. O\u2019n yildan ziyodroq olib borilgan to\u2019xtovsiz urushlar va nihoyat Movarounnahrning Shayboniyxon tarafidan bosib olinishi, Boburni o\u2019z vatanini tashlab, Afg\u2019oniston tomonga bosh olib ketishga majbur qiladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Zahiriddin Muhammad Bobur podshoh garchi shimoliy Afg\u2019oniston bilan shimoliy Hindistonni birlashtirib, yirik saltanat barpo etib, buyuk hukmdor shoh darajasiga ko\u2019tarilgan bo\u2019lsa-da, biroq u o\u2019z vatanini esdan chiqaraolmadi. U vatanni orziqib qo\u2019msadi, unga yanada muhabbati ortdi. U umrining oxirigacha o\u2019z vatanini Movarounnahrda sodir bo\u2019layotgan voqealardan doimo ko\u2019z-quloq bo\u2019lib yashadi. Bobur begona yurtlarga borib qolib, vatanni sog\u2019inib, zamondan norozi bo\u2019lib, taqdirga e\u2019tiroz bildirib, o\u2019zining mashaqqatli qismatidan achchiq-achchiq nolidi:<\/p>\n\n\n\n<pre class=\"wp-block-verse\">Yana mahrumi xonumon qilding,\nYana ovorayi jahon qilding.\nTol\u2019e yo\u2019qu jonimga balolig\u2019 bo\u2019ldi.\nHr ishniki ayladim, xatolig\u2019 bo\u2019ldi.\nO\u2019z yerni qo\u2019yub Hind sori yuzlandim,\nYorab netayin, ne yuz qarolig\u2019 bo\u2019ldi.\n<\/pre>\n\n\n\n<p>Zahiriddin Muhammad Bobur podshoh o\u2019z zamonasining iste\u2019dodli davlat arbobi, yetuk sarkarda, hassos shoir, talantli adib, adabiyot va san\u2019atning qadrini ulug\u2019lovchi hamda ilmu fan ravnaqi uchun qayg\u2019urgan buyuk donishmand alloma bo\u2019lgan. Binobarin, bizning davrimizgacha yetib kelgan asarlari jahon tarixchilari va sharqshunoslarini hamon qiziqtirib kelmoqda. Boburning fikr doirasi nihoyatda keng, xotirasi esa kishini hayratga soladigan darajada yorqindir Uni tabiatning barcha mavjudotlari, shuningdek ijtimoiy hayotning turli-tuman sohalari-yu, hodisalari qiziqtirgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Javoharlal Neru o\u2019zining \u201cHindistonning kashf etilishi\u201d nomli asarida Boburga baho berib, shunday yozadi: \u201cBobur dilbar shaxs, uyg\u2019onish davriga xos hukmdor, dovyurak, serg\u2019ayrat va epchil inson, u hayot nafossatidan lazzatlana bilgan\u201d. Yana \u201cBobur Hindistonga kelishi bilan u yerdaa yangi davr va yangi saltanat boshlandi. Mamlakat qudrati va shuhrati oshib, boburiylar saltanatining shuhrati butun Osiyo va Yevropa bo\u2019ylab tarqaldi\u201d, &#8212; deb yozadi. Muallif yana Bobur haqida gapirarkan, uni diniy jaholat (mutaassiblik)dan holi hukmdor bo\u2019lganligi va Hindistonliklarning milliy urf-odatlari, rasm-rusmlarini barbod qilmaganligini alohida ta\u2019kidlaydi. \u201cBoburnoma\u201dni 1826 yilda ingliz tiliga tarjima qilgan V. Erskin hamda Djon Leyden Boburga baho berarkanlar \u201cBiz Osiyodagi hukmdorlar ichida Bobur singari zukko va talantli kishilarni kamdan-kam uchratamiz. Undagi aqlning aktiv faoliyati, xushchaqchaq, sovuqqonlik, bevago taqdirning nayranglaariga qaramay, ruhining tetiklifi, podshohlar orasida kamdan-kam uchraydigan saxiylik, mardligi, iste\u2019dodliligi, fanga, san\u2019atga muhabbati va ular bilan muvaffaqiyatli shug\u2019ullana olishi jihatdan olib qaraganda, Osiyodagi podshohlar orasida Boburga teng keladigan birorta ham podshoh topaolmaymiz\u201d, &#8212; deb yozadilar.<\/p>\n\n\n\n<p>XIX asrning ingliz olimi Eduard Xolden Bobur haqida quyidagi so\u2019zlarni yozib qoldirgan: \u201cBobur olijanoblikda qanday xislatlar bor bo\u2019lsa, ularning barchasini egallagan. Agar vaqt va sharoitning xilma-xilligini nazarga olinsa, u paytda Bobur lashkarboshi, ma\u2019mur va adabiyotchi sifatida Tsezar bilan bir qatorda turishga arzimaydigan bo\u2019lib ko\u2019rinmaydi. Boburning xarakteriga qaraganda sevishga arziydigan xarakterdir\u201d.<\/p>\n\n\n\n<p>Shuningdek, yirik sharqshunos S.P.Tolstov ham Bobur haqida quyidagi satrlarni yozgan: \u201cFarg\u2019onalik Zahiriddin Muhammad Bobur \u2013 Sharqdagi uyg\u2019onish davrining eng atoqli siyosat va madaniy arboblaridan biridir\u201d. Boburning merosi xilma-xildir. U ham shoir, ham yozuvchi bo\u2019lgan, u muzika ilmi, she\u2019riy uslub hamda harbiy san\u2019at haqida ilmiy risolalar yozgan. Ammo uning bu asarlaridan ko\u2019plari hozirgacha topilamagan yoki bizgacha yetib kelmagan. Uning \u201cBoburnoma\u201ddan tashqari \u201cShe\u2019rlar devoni\u201d bo\u2019lib, mazkur devon Boburning Lutfiy va Navoiydan qolishmaydigan darajada yetib bir lirik shoir ekaniga dalildir. Bobur o\u2019zining \u201cMubayyin\u201d nomli asarida soliq soliq tartiblari, ekin maydonlarini tayinlash, qanday yerlardan qaysi hajmda soliq olishni shariat mezoni bilan o\u2019lchab, chiroyli nazm bilan yozgan. Taxminlarga ko\u2019ra, har holda, Bobur mazkur asarini o\u2019g\u2019li Humoyun Mirzoga atab yozgan bo\u2019lishi kerak. Chunki quyidagi misralar yuqorida aytilgan taxminni yoritadi.<\/p>\n\n\n\n<pre class=\"wp-block-verse\">Bilgaysen, ey xujastayi farzand,\nJigarim bilan jonimga payvand.\nMas\u2019alalarkim, ul zarur erdi.\nYetdi ko\u2019nglimga kim, yig\u2019ishtirsam\nTonglaliq kundakim hisob o\u2019lg\u2019ay,\nManga ajru sanga savob o\u2019lg\u2019ay.\nJa\u2019mida sa\u2019yu ehtirom qilay.\nSeni otingg\u2019a men tamom qilay.\nDinu donishda har kun afzun bo\u2019l,\nDavlatu baxt ila Humoyun bo\u2019l.\nKomron bo\u2019l, jahonda davlat ko\u2019r.\nYuz tuman obro\u2019-yu izzat ko\u2019r.\nBu demakdin g\u2019arazkim erdi bas.\nShe\u2019ru shoirlik ermas erdi havas.\nYil to\u2019qqiz yuz yigirma sekiz edi,\nFiqhda Bobur ushbu nazm dedi.\n<\/pre>\n\n\n\n<p>Zotan mazkur g\u2019azalda o\u2019z o\u2019g\u2019li Humoyun Mirzo bilan Komron Mirzolarning nomini tilak sifatida zikr qilib o\u2019tgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Bundan tashqari, Bobur Xo\u2019ja Axrorning tasavvufga doir \u201cVolidiya\u201d nomli asarini nazmga solib, eski o\u2019zbek tiliga tarjima qilgan. Shuningdek, Bobur aruz ilmiga mansub bo\u2019lgan \u201cMuxtasar\u201d nomli qimmatli asarning ham muallifidir. Bu asarning yagona mo\u2019tabar nusxasi Parij Milliy kutubxonasi fondida saqlanayotir. Parij Milliy kutubxonasida saqlanayotgan, 1533-1554 yillarda Hoji Muhammad Samarqandiy tomonidan ko\u2019chirilgan mazkur qo\u2019lyozma nusxasi 1971 yilda O\u2019zbekiston Fanlar akademiyasi Alisher Navoiy nomidagi adabiyot muzeyi tarafidan birinchi marta nashrga tayyorlandi.<\/p>\n\n\n\n<p>Bobur alifbe masalalari bilan ham shug\u2019ullangan. U alohida xat turi \u2013 \u201cXatti Boburiy\u201dning ixtirochisidir.<\/p>\n\n\n\n<p>Zahiriddin Muhammad Bobur ismi lug\u2019aviy ma\u2019nosi \u2013 \u201cYo\u2019lbars\u201ddir. Uning jismi ismiga monand bo\u2019lib, yo\u2019lbarsdek kuchli, dovyurak, abjir va epchil bo\u2019lgan. Epchillikda unga teng keladigan odam kam topilgan. U shunchalik kuchli va chapdast bo\u2019lganki, ikki qo\u2019ltig\u2019iga ikki odamni olib, qal\u2019a devori ustida yugurib mashq qilgan. Har qanday xavf-xatar va qiyinchiliklarni pisand qilmagan. Barcha mushkul masalalarni sovuqqonlik va aql tarozusi bilan hal qilgan. U ajoyib suzuvchi va g\u2019avvo ham bo\u2019lgan. Binobarin, o\u2019z yo\u2019lida uchragan barcha daryolardan (Ganga daryosi bundan mustasno) suzib o\u2019tgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Naql qilishlaricha, Bobur podshoh bir kun o\u2019z mulozimlari bilan ulkan daryo bo\u2019ylab sayr qilib yurardi. Podshohdan norozi bo\u2019lgan bir guruhlar uni qatl qilish uchun mohir xanjarboz hinduni yollashadi. Mazkur hindu uzoqdan turib o\u2019z raqibiga xanjar otishda shunchalik chapdast ekanki, otilgan xanjar raqibning tomog\u2019iga bexato sanchilib, til tortmay o\u2019ldirar ekan. Hindu xanjarini eng ichiga berkitib asta-sekin yurib Bobur podshohga yaqinlasha boshlaydi. Shu payt qirg\u2019oqda yugurishib o\u2019ynab yurgan norasida bolalardan biri \u2013 olti yoshlik hindu bolasi nogoh daryoga tushib ketadi va qudratli daryo mavjlari uni o\u2019rab, oqizib keta boshlaydi. Bu fojiali voqeani ko\u2019rgan Bobur podshoh atrofidagi mulozimlarga hech narsa demay, darhol o\u2019zini daryoga otib, hindu bolasini halokatdan qutqarib olib chiqadi. Podshoh tomonidan sodir bo\u2019lgan ajoyib insonparvarlik, mehr-shafqat va oliy fazilatni ko\u2019rgan haligi hindu hang-mang bo\u2019lib qoladi-da, bir ozdan so\u2019ng es-hushini yig\u2019ib olgach, podshoh huzuriga borib ta\u2019zim qilgach, xanjarini podshohga uzatib, \u201cEy olampanoh! Mana bu xanjarni qo\u2019lingga ol-da, mening ko\u2019ksimni pora-pora qilib tashla. Chunki men sening oldingda gunohkormen. Zero, shirin joningga qasd qilmoqchi edim. Ammo sening insonga bo\u2019lgan mehr-shafqating, muruvvating va bahodirliging qarshisida boshimni egib, taslim bo\u2019laman. Hamda sening qatlingga meni oyoqlantirgan mal\u2019unlarga la\u2019natlar o\u2019qiyman! Ey olijanob podshohim, olampanohim! Agar istasang o\u2019la-o\u2019lgunimcha huzuringda qolib, sadoqat kamarini belga bog\u2019lab xizmatingda bo\u2019lay\u201d, &#8212; deydi.<\/p>\n\n\n\n<p>Darhaqiqat, Zahiriddin Muhammad Bobur podshohning hayot tarzini ifodalovchi tarixiy asarlar, rivoyatlar va naqllarda uning adolatli, imoni barkamol musulmon va oq ko\u2019ngilli pok inson ekanligi haqida yozilgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Zahiriddin Muhammad Bobur mashhur \u201cBoburnoma\u201d asarining bir necha sahifalarida o\u2019zining xotinlari va farzandlarining ismini yozib qoldirgan. Lekin Bobu podshohning xotinlari, o\u2019g\u2019illari va qizlarining mukammalroq ro\u2019yxatini uning qizi Gulbadan begimning \u201cHumoyunnoma\u201d asarida uchratish mumkin. Chunonchi, Bobur besh yasharlik vaqtidayoq Samarqandda o\u2019z amakisi \u2013 Samarqand hukmdori Sulton Ahmad Mirzoning qizi Oysha Sulton begimga beshikketti qilingan va unga uylangan. Biz avvalgi sahifalarda Boburning ikki xotini Oysha Sulton begim va Zaynab Sulton begim haqida eslatib o\u2019tdik.<\/p>\n\n\n\n<p>Bobur Mirzoning uchinchi xotini Muhim begim edi. Mohim begim Bobur podshoh haramidagi barcha xotinlaridan o\u2019ktami edi. Mohim begim husn-latofatda beniyoz, aql-idrokda benuqson, tadbirkor va xushfe\u2019l ayol bo\u2019lgan. Kezi kelganda saltanat ishlarida yetuk maslahatdon ham edi. Mohim begimdan besh farzand dunyoga keladi. Jumladan, Humoyun Mirzo, Borbo\u2019l Mirzo, Mehr Jahon begim, Eshon Davlat begim va Foruq Mirzo. Bulardan faqat Humoyun Mirzodan boshqasi yoshligidanoq o\u2019lib ketadilar.<\/p>\n\n\n\n<p>Bobur podshohning to\u2019rtinchi xotini Gulruh begim edi. Bobur podshoh Gulruh begimga 1508 yilda uylangan edi. Gulruh begimdan Komron Mirzo, Askariy Mirzo, Shohruh Mirzo, Sulton Ahmad Mirzo va Guli\u2019zor begimlar tug\u2019ilgan. Biroq Komron Mirzo bilan Askariy Mirzodan boshqalari yoshligida vafot qilganlar.<\/p>\n\n\n\n<p>Bobur podshohning beshinchi xotini Dildor begim edi. Dildor begimdan Gulrang begim, Gulchehra begim, Hindol Mirzo, Gulbadan begim va Olur Mirzolar tug\u2019ilganlar. Olur Mirzo o\u2019limidan keyin savdoyi bo\u2019lib qolgan onasi Dildor begim har holda keyinchalik yana sog\u2019ayib ketgan bo\u2019lishi ehtimol, chunki Dildor begimning Humoyunshoh hukmdorlik davrida ham saroy yig\u2019ilishlarida, anjumanlarida ishtirok qilgani haqida Gulbadan begim mufassil ma\u2019lumot beradi. Oltinchi xotini Ma\u2019suma Sulton begim haqida o\u2019tgan sahifalarda eslatildi.<\/p>\n\n\n\n<p>Bobur podshohning yettinchi xotini Mehri begim edi, undan bitta qiz tug\u2019ilib, ismini Mehrjon begim deb ataganlar.<\/p>\n\n\n\n<p>Bobur podshohning sakkizinchi xotini Afg\u2019oniy og\u2019acha edi. U Malik Mansur Yusufzayning qizi edi. Afg\u2019oniy Og\u2019achaning asl nomi Bibi Mubarakadir.<\/p>\n\n\n\n<p>Afg\u2019oniston va Pokistonning Subai Sarhad viloyatidagi pashtunlarning folklore asarlarida Bobur nomi alohida ehtirom bilan tilga olinadi. Ayniqsa, Yusufzay qabilasi orasida \u201cBobur va Bibi Muboraka\u201d nomli afsona qadimdan hikoya qilib kelinadi. Mazkur asarda naql qilinishicha, yoz kunlarining birida Bobur podshoh darvesh libosida Yusufzay tog\u2019 yon bag\u2019ridan oqib chiqayotgan buloqdan ko\u2019zachada suv olayotgan Bibi Muborakaga ro\u2019para kelib qoladi. \u201cDarvesh\u201d bilan go\u2019zal qiz orasida otashin va pok muhabbat paydo bo\u2019ladi. Pashtun malagining chiroyiga mahliyo bo\u2019lgan \u201cdarvesh\u201d ertasiga uning ota-onasiga sovchi yuboradi. Shundan so\u2019ng Bobur podshoh bilan Bibi Muborakaning to\u2019yi bo\u2019ladi. Keyinchalik Bobur podshoh Bibi Muborakani o\u2019zi bilan Hindistonga olib ketadi. Afg\u2019onistonlik Habibiyning ma\u2019lumotiga qaraganda, Bobur podshoh bilan Bibi Muborakaning nikohi 1516 yilda bo\u2019lgan. Bibi Muboraka Yusufzay qavmidan Shoh Mansur Bojavuriyning qizi edi. \u201cHumoyunnoma\u201d da Bibi Muborakani \u2013 Afg\u2019oniy Og\u2019acha deb berilgan. Bibi Muboraka Sher Shoh Suriy zamonasida Boburning xokini Kobulga keltirib dafn ettiradi. So\u2019ngra u Hindistonda to Akbar podshoh zamonasigacha yashagan. Bibi Muborakaning Bobur podshohdan farzandi bo\u2019lmagan.<\/p>\n\n\n\n<p>Bobur podshoh to\u2019qqiz o\u2019g\u2019il va to\u2019qqiz qizning otasi bo\u2019lgan. Biroq ularning o\u2019n bittasi yoshligida vafot qilganlar. Bobur podshoh vafotida hayot bo\u2019lgan farzandlari \u2013 Humoyun podshoh, Komron Mirzo, Askariy Mirzo, Hindol Mirzo, Gulrang begim, Gulchehra begim va Gulbadan begim edilar.<\/p>\n\n\n\n<p>Gulrang begim va Gulchehra begimlar Bobur podshohning Dildor begimdan tug\u2019ilgan qizlaridir. Bobur podshoh o\u2019lim to\u2019shagida yotgan chog\u2019ida katta xotini Mohim begimni o\u2019z huzuriga chorlab, \u201cGulrang begim bilan Gulchehra begimni shavharga (erga) uzatish lozim. Binobarin, fikrimcha, Gulrang begimni Eson Temur Sultonga, Gulchehra begimni esa To\u2019xta Bug\u2019a Sultonga uxzatilsa xo\u2019bro\u2019q bo\u2019lur\u201d, &#8212; degan buyruqni beradi.<\/p>\n\n\n\n<p>GULBADAN BEGIM Bobur podshohning Dildor begim nomli xotinidan tug\u2019ilgan uchinchi qizidir. Gulbadan begim 1523 yilda Kobulda tug\u2019ilgan. Gulbadan begim otasi Bobur podshohning farmoniga ko\u2019ra, katta onasi Mohim begim qo\u2019lida tarbiyalanadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Gulbadan begim 1529 yilgacha Kobulda yashaydi. Bobur podshoh Hindistonni qo\u2019lga kiritgach, Mohim begim bilan birga podshoh otasining huzuriga \u2013 Agraga boradi. Otasi Bobur podshoh vafotidan so\u2019ng, akasi Humoyun podshoh saroyida yashaydi. 1539 yilda Gulbadan begimni Hizr Xo\u2019jaxonga turmushga chiqadilar. U bir o\u2019g\u2019il tug\u2019adi, ismini Saodatyor qo\u2019yadilar. 1556 yil Humoyun podshoh vafotidan so\u2019ng saltanat taxtiga uning o\u2019g\u2019li Jaloliddin Akbarshoh o\u2019tigach, shohning onasi Hamida bonu bilan Gulbadan begim saroyga \u2013 Dehliga qaytib keladilar. Ana shundan so\u2019ng, Gulbadan begim to umrining oxirigacha jiyani Akbar podshoh saroyida yashaydi.<\/p>\n\n\n\n<p>Gulbadan begim o\u2019z zamonasining eng o\u2019qimishli, oqila va donishmand ayollaridan edi. U jiyani Jaloliddin Akbar podshohning \u201cFirdavs makon va jannat oshyon Hazrat haqidagi voqealardan nimaiki bilsangiz, yozingiz, degan ishorasifa muvofiq, \u201cHumoyunnoma\u201d nomli ajoyib va muhim asarni yozadi. \u201cHumoyunnoma\u201d Bobur podshoh bilan Humoyun podshohning hayot tarzi va sarguzashtlarining muxtasar tarixi bo\u2019lib, mantiqan \u201cBoburnoma\u201dning davomidir. Bu asarning muhimligi yana shundaki, \u201cBoburnoma\u201d asaridagi ayrim voqealarning kelib chiqish sabablarini mukammal ochib beradi. Ammo asarning oxirgi qismi o\u2019sha zamonning suronli yillarida yo\u2019qolib ketgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Gulbadan begimning \u201cHumoyunnoma\u201d asari tarix, jug\u2019rofiya, etnografiya, til va adabiyot faniga qiziquvchilar uchun muhim manba bo\u2019lib xizmat qiladi.<\/p>\n\n\n\n<p>\u201cAkbarnoma\u201d muallifining yozishiga qaraganda, 1575 yilda Gulbadan begim Makka ziyoratiga ketadi va 1582 yilda ko\u2019p qiyinchiliklar bilan ziyoratgohdan qaytib keladi. <\/p>\n\n\n\n<p>Gulbadan begim 1603 yilda 80 yoshida vafot etadi. Akbar podshoh uni katta hurmat bilan dafn etadi. \u201cAkbarnoma\u201d muallifi Abulfazlning yozishicha, Akbar podshohning o\u2019zi o\u2019g\u2019il sifatida uning tobutini ko\u2019tarib, dafn marosimida o\u2019g\u2019illik vazifasini e\u2019timomiga yetkazadi.<\/p>\n\n\n\n<p>NOSIRIDDIN HUMOYUN PODSHOH Zahiriddin Muhammad Boburning eng katta o\u2019g\u2019li bo\u2019lib, 1508 yil mart oyida Kobul arkida Mohim begimdan tug\u2019ilgan. Humoyun yaxshi ma\u2019lumotli, yumshoq tabiatli oddiy odam edi. Garchi qahramonlikka xos xislatlari mavjud bo\u2019lsa-da, biroq qat\u2019iyatsizlik undagi asosiy nuqson edi. U 1530 yil dekabr oyida 23 yoshida taxtga o\u2019tiradi va o\u2019zini Humoyun podshoh deb ataydi. Humoyun o\u2019zining qat\u2019iyasizligi tufayli o\u2019z ukalariga nisbatan taxtga \u2013 podshohlikka noloyiqroq ko\u2019rinardi.<\/p>\n\n\n\n<p>Bobur podshoh vafot qilganda hali Bengaliya qo\u2019lga kiritilmagan, ko\u2019pgina afg\u2019on amirlari markaziy hokimiyatni tan olmas edilar. Bu ham yetmagandk, Humoyun taxtga o\u2019tirishi bilan janjalkash ukalari har xil ig\u2019vo va fasodni qo\u2019zg\u2019ay boshlaydilar. Humoyun podshoh ukalarining da\u2019vosini tinchitish maqsadida, katta ukasi Komron Mirzoga Kobul bilan Qandahordan (Kobul va Qandahor avvaldan Komron Mirzo tasarrufida edi) tashqari Panjob va Hind vohasini, o\u2019rtancha ukasi Askariy Mirzoga Mevatni, o\u2019z ulusi bo\u2019lmish Sumbulni esa kichik ukasi Hindol Mirzoga in\u2019om qiladi. Humoyun podshohning mazkur tadbiri o\u2019z manfaatlariga zid bo\u2019lib, markaziy saltanat qudratini nihoyat darajada mushkul ahvolga solib qo\u2019ygan edi. Natijada, markaziy saltanat, qo\u2019shinning moddiy taqdirini hal qiluvchi iqtisodiy markazlardan mahrum bo\u2019lib qolgan edi. Ikkinchidan, Gujarot podshohligi hamda Bengaliya va Biharda hukmronlik qilayotgan zabardast afg\u2019on feodallari Humoyunga qarshi kurashga hozirlik ko\u2019rayotgan edilar.<\/p>\n\n\n\n<p>Humoyun podshoh o\u2019z hukmronligining dastlabki yillarida afg\u2019on feodallariga qarshi kurashda katta mahorat ko\u2019rsatdi. Shuningdek, marhum Ibrohim Lo\u2019diyning ukasi Muhammad Lo\u2019diyga qarshi qattiq jangler olib bordi. 1532 yilda Muhammad Lo\u2019diy mamlakatning sharqiy chegarasiga bostirib kiradi. Biroq Laknau yaqinidagi jangda qattiq zarbaga uchraydi. Shuni ham aytish lozimki, Muhammad Lo\u2019diyning tarafdorlaridan Sherxon (Shershoh) nomi bilan mashhur bo\u2019lgan afg\u2019on amir bor edi. Sherxon afg\u2019on amirlari orasida o\u2019zining qat\u2019iyatli va jasurligi bilan dong chiqargan edi. Sherxon yoshligida Dehlining sobiq sultoni marhum Ibrohim Lo\u2019diyning saroyida bir guruh askarga boshchilik qilardi. Ibrohim Lo\u2019diy Bobur podshoh tomonidan tor-mor etilgach, Sherxon Bobur podshoh xizmatiga o\u2019tib, lashkarboshilik mansabiga ko\u2019tarilgan hamda Bobur podshoh qo\u2019shinida ko\u2019zga ko\u2019ringan lashkarboshilardan edi. Keyinchalik, Bobur podshoh Sherxonni Bihar viloyatiga hokim qilib tayinlagan edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Bobur podshoh vafotidan so\u2019ng Humoyun shohning hukmronlik davrida ichki va tashqi nizolarning vujudga kelishidan foydalangan Muhammad Lo\u2019diy qo\u2019ldan ketgan hokimiyatni, ya\u2019ni akasi marhum Ibrohim Lo\u2019diyning hokimiyatini qayta tiklashga jazm qiladi. Muhammad Lo\u2019diy Biharni bosib olganda Sherxon unga bay\u2019at bildiradi va uni tomonida turib Humoyunga qarshi kurashadi. Biroq tez kunda Muhammad navbatdagi janglardan birida o\u2019ldirilgach, Sherxon Bihar viloyatida o\u2019zini mustaqil hukmdor deb e\u2019lon qiladi. 1537-1540 yillar mobaynida Sherxon Humoyunga qarshi bir necha marta urush qilib, nihoyat 1540 yilda Dehlini bosib oladi va Humoyunni ta\u2019qib qilib, sekin-asta uning yerlarini tasarruf qila boshlaydi. Nihoyat, oxirgi jangda Sherxon Humoyun lashkargohiga shabixun urib, Humoyunning deyarlik barcha askarlarini qirib tashlaydi. Humoyunni o\u2019zi esa o\u2019ng qo\u2019lidan yaralanib, mo\u2019jiza yuz berib omon qoladi. Hatto Humoyun haramining bir qismi Sherxon qo\u2019liga tushib qoladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Humoyun qolgan askarlari bilan Kobulga qochadi. Lekin Kobul hukmroni Komron Mirzo akasi Humoyunni Kobulga kiritmaydi. Humoyun ko\u2019p qiyinchiliklar bilan ikkinchi ukasi Qandahor ko\u2019p qiyinchiliklar bilan ikkinchi ukasi Qandahor ukasi Qandahor hokimi Askariy Mirzo huzuriga boradi. Biroq Askariy Mirzo ham akasini shaharga kiritmaydi. Ana shundan so\u2019ng Humoyunning darbadarlik davri boshlanib, u viloyatdan bu viloyatga o\u2019tib, biridan marhamat kutib, ikkinchisidan quvg\u2019in bo\u2019lib, sarson-sargardonlikda yuradi. Ayni paytda Shershoh Humoyunni ta\u2019qib qilib Loxurgacha keladi. Humoyun Loxurdan Rojputga boradi. Rojput hokimi Humoyunni shaharga kiritmaydi. Humoyun nochor ahvolga tushib, dashtu sahrolarda izg\u2019ib yurishga majbur bo\u2019ladi. Humoyun ana shunday ayanchli holda och-nahor qochib yurgan kezlarida ham dushman ta\u2019qibidan qutilmaydi. U qaysi viloyat yaqinidan o\u2019tsa, o\u2019sha viloyat hukmdorlari uning ketidan quvib jang qilardilar. Shershoh esa hali ham Humoyunni ta\u2019qib qilardir. Humoyun qayerga borsa, u yerda ko\u2019p turolmas va qarorgohni yangilashga majbur bo\u2019lardi. Humoyun bir yil davomida darbadarlikda yurgach, nihoyat Qandahor hukmroni \u2013 ukasi Askariy Mirzodan ko\u2019mak istab shaharga yaqin boradi. Biroq Askariy Mirzo yordam berish o\u2019rniga uni asir olishga urinadi. Humoyun ukasidan qochib Kazvinga keladi. Gulbadan begimning yozishicha, Eron shohi Taxmosp Humoyunni yaxshi qabul qiladi va u 1544 yilgacha Eronda qoladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Humoyun Eron shohi Taxmospdan (1524-1576) yodam so\u2019raydi. Shoh Taxmosp esa Qandahorni Eronga qo\u2019shib olish ilinjida, Humoyunga 14 ming piyoda askar beradi. Humoyun shu yili Qandahorga hujum boshlaydi. 1545 yilda Humoyun ukasi Askariy Mirzoni yengib, Qandahorni qo\u2019lga kiritgach, shaharni Shoh Taxmospning o\u2019g\u2019liga topshiradi. Biroq ko\u2019p o\u2019tmay shoh Taxmospning o\u2019g\u2019li shahzoda vafot etadi. Qandahorga esa Bayramxon hokim qilib tayinlanadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Humoyun endi Kobulga \u2013 ukasi Komron Mirzoga qarshi yurish boshlaydi. Bu xabarni eshitgan Komron Mirzo Kobulmni tashlab Hindistonga qochadi. 1545 yilning kuzida Komron Mirzo Hindikushdan o\u2019tib, Badaxshonni egallaydi. Humoyun Badaxshonga askar tortib boradi va Badaxshonni qo\u2019lga kiritgach, o\u2019zi kasal bo\u2019lib yotib qoladi. Komron Mirzo Badaxshondan qochib chiqarkan, akasi Humoyunning betobligini eshitgach, tezlikda Kobulga kelib, qal\u2019ani egallaydi. Gulbadan begim bu voqeani quyidagicha izohlaydi: \u201cMirzo Komronning odamlari Hisor (qal\u2019a) darbonlarini (soqchilarini) ushlab oldilar va Mirzo Komron oldiga olib keldilar. U kishi qamanglar deb buyurdilar. Shundan keyin Mirzo Komronning odamlari Hisorning tepasiga chiqib ketishdi. Haram ahlining behisob narsalarini talon-taroj qilib, Mirzo Komron sarkorining qo\u2019liga topshirdilar. Begimlarning kattalarini Mirzo Askariyning uyiga kiritib, uyning eshitini g\u2019isht bilan urib, ganch bilan suvab berkitdilar. Shu uy to\u2019rt devorining tepasida begimlaar osh va suv berar edilar\u201d.<\/p>\n\n\n\n<p>Bu xabarni bemor yotgan Humoyunshoh eshitgach, noiloj to\u2019shakdan turib, Badaxshondan Kobulga kelib, shaharni muxosara qiladi. Komron Mirzo qamalga dosh berolmasligini sezib, Kobulni tashlab qochadi. Humoyunshoh Kobulni qo\u2019lga kiritadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Komron Mirzo Kobuldan qochib, Badaxshonga boradi hamda u yerni ishg\u2019ol qiladi. Humoyun Mirzo tezlikda Badaxshonga borib, Komron Mirzoni qarorgohi Toliqonni qamal qiladi. Komron Mirzo noiloj qolib, taslim bo\u2019ladi. Humoyun uning gunohini kechirib, unga Ko\u2019lob viloyatini beradi. Shundan so\u2019ng Humoyun ichki nizolarni biroz tinchitgach, Balx hukmdori Pir Muhammadxonga qarshi yurish qiladi. Biroq, Humoyun askarlari Balx qal\u2019asini ololmay, Dashti Qipchoq tomon yuradi. Humoyun Dashti Qipchoqda boshidan yaralanib Badaxshonga qaytadi. Biroz vaqt o\u2019tgach, Kobulga qaytib keladi. Ammo Komron Mirzo yana Humoyunga qarshi bosh ko\u2019taradi. Aka-uka o\u2019rtasida yana jang boshlanadi. Biroq jangda Komron Mirzo qattiq shikastlanib, Lamg\u2019onot tomonga qochadi.<\/p>\n\n\n\n<p>1553 yilda Komron Mirzo yana qo\u2019shin to\u2019plab Humoyunga qarshi urush boshlaydi. Ammo jangda yengilib, Shershoh Suriyning o\u2019g\u2019li Salimshohning oldiga qochib boradi. Salimshoh Komron Mirzoga yaxshi iltifot ko\u2019rsatmagach, u yerdan kechasi Xushobga qochadi. Lekin chegaraga qo\u2019yilgan odamlar uni ushlab Humoyunga topshiradilar. Bu safar Humoyun ukasi Komron Mirzoning har ikkala ko\u2019ziga mil tortib, ko\u2019r qilish haqida farmon beradi. Humoyun Komron Mirzodan hotirjam bo\u2019lgach, ikkinchi ukasi Askariy Mirzoning gunohini kechirib, uning iltimosiga ko\u2019ra Badaxshonga ketishiga ijozat beradi.<\/p>\n\n\n\n<p>Humoyunshoh noahil ukalaridan forig\u2019 bo\u2019lgach, qo\u2019ldan ketdan Hindiston mamlakatini qaytadan musaxxar qilishga kirishadi. Bu vaqtda Humoyunshohni darbadarlikka mahkum qilgan Shershoh Suriy vafot etgan edi. Shershoh Suriy 1545 yilda Rajputni zabt etgach, Chittorani qamal qiladi. Qamal asnosida shahar ichidan otilgan daydi o\u2019q Shershohga tegib, halok qilgan edi. Taxtga uning kichik o\u2019g\u2019li Jalolxon o\u2019tiradi. Odilshoh qat\u2019iyatsizlik va aysh-ishrat bandasi bo\u2019lgani tufayli saltanatni boshqarolmaydi. Tez kunda uning nabirasi Feruz taxtga o\u2019tiradi. Biroq 1554 yilda Feruz amakishi Odilshoh nomi bilan mashhur bo\u2019gan Muborizxon tarafidan o\u2019ldiriladi. Ayni paytda taxtga yana ikki da\u2019vogar bor edi. Bular Iskandarshoh va Ibrohimshohlar bo\u2019lib, ular o\u2019zlarini shoh deb e\u2019lon qilgan edilar. Chunonchi, Agradan to Malvgacha bo\u2019lgan yerlar Muhammad Odilshohga, hamda Himalay tog\u2019laridan to Gujarotgacha bo\u2019lgan yerlar Ibrohimshohga qaram edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Hindistonni qaytadan qo\u2019lga kiritish uchun Humoyunshohda hamma imkoniyatlar mavjud edi. Chunki, asosiy dushman Sur sulolasining o\u2019z ichida hamjihatlik yo\u2019q edi. Binobarin, Humoyunshoh Kobuldan Hindiston tomon yuradi. 1555 yil fevral oyida Humoyunshoh Loxurni qo\u2019lga kiritadi va iyul oyida Iskandarshohning qo\u2019shiniga qattiq zarba berib, Dehlini qo\u2019lga kiritadi hamda Hindistonda Buyuk mo\u2019g\u2019ul imperiyasining asosini tiklaydi. Ammo Hindiston hali butunlay fath etilmagan edi. Biroq Dehli fathidan yetti oy o\u2019tgach, tasodifiy hodisa ro\u2019y berib, Humoyunshoh olamdan o\u2019tadi. Chunonchi, kunlardan bir kun o\u2019rda ichidagi kutubxonada Humoyunshoh munajjimlar bilan suhbatlashayotgan chog\u2019da masjid mezanasidan kechki namozga da\u2019vat etayotgan muazzinning ovozi eshitiladi. Humoyunshoh namozni qazo qilmaslik uchun shoshilib kutubxonadan chiqib, pillapoyaga qadam qo\u2019yadi va nogahon oyog\u2019i toyib, yiqilib pillapoyadan yumalab yerga tushadi. Boshi yorilib, ikki kun yotgach, 1556 yil 24 yanvar kuni 49 yoshida vafot qiladi. Humoyunshoh hammasi bo\u2019lib 25 yil hukmronlik qiladi. Jumladan 15 yil Kobul, Qandahor va Shimoliy Afg\u2019oniston viloyatlarida hukmdorlik qiladi. Humoyunshoh otasi Boburshohdek zahmatkash va faol kishi edi. U ham o\u2019zining qisqa umri davomida juda ko\u2019p zahmatlar chekdi. Lekin noumid bo\u2019lmadi, oqibatda, Hindistondek ulug\u2019 mamlakat hukmronligini qo\u2019lda saqlab qolaoladi. Javohirla\u2019l Neru yozganidek, \u201cHumoyun madaniyatli va o\u2019qimishli kishi edi, ammo, u otasi kabi jangchi emasdi\u201d.<\/p>\n\n\n\n<p>Humoyunshoh yumshoq tabiatli kishi edi. U kitob o\u2019qishni yoqtirari, binobarin, o\u2019zining jang safarlarida ham bir necha kitoblarni birga olib yurardi. U dunyoviy ilmlardan matematika va falakiyotga qiziqar, shuningdek, musiqa tinglashni ham yoqtirar va haftada ikki marta musiqa anjumanida qatnashardi. U asirga tushganlar orasidan musiqa ilmidan xabardor bo\u2019lgan kishilarni ajratib olib, ularga alohida e\u2019tibor bilan qarardi. Humoyunshoh saroydagi faylasuflar, munajjimlar, shoirlar, ruhoniylar va boshqa ahli ilmlar bilan suhbatlar o\u2019tkazardi. U Erondan ikki mohir rassomni Dehliga taklif qilgan, hamda ulardan o\u2019ziga va o\u2019g\u2019li Akbarga rassomlikdan dars berishlarini iltimos qilgan edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Humoyunshoh oxirgi vaqtlarda af\u2019yun yeyishga o\u2019rgangan edi. Uning she\u2019riyatga iqtidori kuchli edi, turkiy va forsiy tilida g\u2019azallar bitardi. O\u2019zining g\u2019azallarini to\u2019plab bir devon tartib bergan. Humoyunshohning yettita xotini bo\u2019lib, ulardan besh o\u2019g\u2019il va olt qiz ko\u2019rgan edi. To\u2019ng\u2019ich o\u2019g\u2019li Al\u2019amon Mirzo, keyingisi Ibrohim Sulton Mirzo va Farruhfol Mirzo degan o\u2019g\u2019illari yoshlikda vafot qilganlar. Humoyunshohning birinchi xotini Hamida Bonu begim bo\u2019lib, Jaloliddin Muhammad Akbarshohning onasidir. Ikkinchisi Mohi Chuchuk begim bo\u2019lib, u Muhammad Hakim Mirzo, Farruhfol Mirzo, Baxtiniso begim, Omina Bonu begim va Sakina Bonu begimlarning onasi edi. Uchinchisi Xonish og\u2019o begim bo\u2019lib, u Ibrohim Sulton Mirzoning onasi edi. To\u2019rtinchisi Beka begim bo\u2019lib, u Aqiqa begimning onasi edi. Beshinchisi Bibi Gunnor begim bo\u2019lib, u Baxshi Bonu begimning onasi edi. Oltinchisi Chon begim va yettinchisi Mevajon begim bo\u2019lib, Hadang Yasovulning qizi edi. Humoyunshohning oltinchi qizi \u2013 Jahon Sulton begim Kobulni Komron Mirzo zabt qilgan, ikki yoshligida qamalda vafot etgan.<\/p>\n\n\n\n<p>KOMROM MIRZO Zahiriddin Muhammad Boburshohning ikkinchi o\u2019g\u2019lidir. U 1509 yilda Kobulda tug\u2019ilgan. Onasi \u2013 Gulruh begim. Komrom Mirzo ham akasi Humoyunshoh kabi o\u2019qimishli va bilimdon kishi edi. Ammo uning tabiatida o\u2019jarlik, takabburlik va shuhratparastlik alomatlari bo\u2019lib, biroq Humoyunshohdan farqli o\u2019laroq jur\u2019atli, qat\u2019iyatli va jang talab kishi edi. U ilm-fan ahliga xayrixoh bo\u2019lib, o\u2019z saroyiga olimlar, shoirlar va adiblarni yig\u2019ar, maxsus anjumanlar o\u2019tkazardi. Kitob yig\u2019ish va kitob mutolaa qilish uning sevimli mashg\u2019uloti edi. O\u2019zi ham turkiy va forsiy tillarda g\u2019azallar yozardi.<\/p>\n\n\n\n<p>Otasi Zahiriddin Muhammad Boburshoh vafot qilganda, Komron Mirzo Kobul va Qandahorda hukmron edi. Ota taxtiga o\u2019tirgan akasi Humoyunshohga nisbatan dushmanlik alomatlari zohir bo\u2019la boshladi. Komron Mirzo ukasi Askariy Mirzo birgalashib, taxtga da\u2019vogar bo\u2019lib, Humoyunshohga qarshi urush harakatlarini boshlaydi. Humoyunshoh janjalkash ukalarini tinchitish maqsadida Komron Mirzoga Panjob va Hind vohasini in\u2019om qiladi. Shunga qaramay Komron Mirzo Humoyunshohga bo\u2019ysunishdan bosh tortadi va dushmanlik harakatlarini to\u2019xtatmaydi. Humoyunshoh Shershoh Suriy bilan jang qilib turgan bir paytda, Komron Mirzo Humoyunshohga yordam berish o\u2019rniga Agraga kelib, Humoyunshohga qarshi bosh ko\u2019targan ukasi Hindol Mirzoga qo\u2019shilib, Agrani ishg\u2019ol qiladi. Natijada Humoyunshoh qo\u2019shinlari Shershoh Suriydan yengilib, Eron chegarasiga qochishga majbur bo\u2019ladi. Eron shohi Tahmospdan yordam olgan Humoyunshoh 1545 yilda Askariy Mirzoni yengib, Qandahorni olgach, Kobulga \u2013 Komron Mirzoga qarshi yurish boshlaydi. Komron Mirzo esa Kobulni tashlab Hindistonga qochadi va 1545 yilning kuzida Badaxshonni zabt qiladi. Humoyunshoh Badaxshonga boradi. Komron Mirzo Badaxshondan qochib kelib Kobulni egallaydi. Humoyunshoh yana Kobulga qaytishga majbur bo\u2019ladi. 1548 yili Komron Mirzo Kobuldan qochib Badaxshonga borib, u yerda egallaydi. Humoyunshoh yana Badaxshonga borib, Komron Mirzoni jangda yengib, uning gunohini kechirib Ko\u2019lob hukmronligini beradi. Ammo bir yildan so\u2019ng Humoyunshohning Balxga qarshi qilgan yurishi muvaffaqiyatsiz tugagach, bundan foydalangan Komron Mirzo yana akasiga qarshi jang taraddudiga tushadi. Nihoyat 1550 yilda Kobul yaqinidagi Tangio degan joyda urush boshlanadi. Atrofni xandaq bilan o\u2019rab, ushbu xandaqning ikki tomonida ikki hukmdorning qo\u2019shinlari saf tortadi. Komron Mirzo odamlari tomonidan otilgan o\u2019q xandaq yaqinida turgan Hindol Mirzoga tegib, halok qiladi. Shundan so\u2019ng har ikki qo\u2019shin bir-biri ustiga yopirilib, jang boshlanadi. Jang nihoyasida Komron Mirzo yengilib, jangohni tashlab qochadi. Uning ukasi Askariy Mirzo asirga olinadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Komron Mirzo Shershoh Suriyning o\u2019g\u2019li Salimshohning oldiga qochib borib, o\u2019z ahvolini bayon qiladi va undan yordam berishni so\u2019raydi. Gulbadan begimning yozishicha qaraganda, Salimshoh Komron Mirzoning iltimosiga ochiq javob bermaydi, Komron Mirzo tashqariga chiqqach, \u201co\u2019z ukasini (Hindol Mirzoni) o\u2019ldirgan kishiga yordam berish joizmikan, aksincha bunday odamni yo\u2019qotib yuborish kerak\u201d \u2013 deydi. Salimshohning bu so\u2019zi Komron Mirzoning qulog\u2019iga chalingach, o\u2019z odamlari bilan ham kengashmay, kechasi qochib ketadi. Komron Mirzo Xushobga kelib, shu yerda yana yangi isyonga hozirlik ko\u2019rayotgan chog\u2019da, ya\u2019ni 1553 yili shu yerga qo\u2019yilgan Humoyunshoh odamlari uni ushlab, Humoyunshoh huzuriga olib boradilar.<\/p>\n\n\n\n<p>Gulbadan begimning yozishicha, Komron Mirzo dastidan g\u2019am tortgan xonlar, sultonlar va barcha kishilar Humoyunshohga: \u201cDavlat tepasida podshoh bo\u2019lib hukm egasi bo\u2019lgan kishiga birodarlik rasmi manzur bo\u2019lmaydi. Agar birodarlik ro\u2019yxotirini qilsangiz, podshohlikdan keching, agar podshohlikni xohlasangiz birodarlikdan keching\u201d \u2013 degan talabni qo\u2019yadilar va \u201cMamlakatga raxna solganning boshi kesilgani yaxshi\u201d, degan qarorga keladilar. Humoyunshoh noiloj ko\u2019pchilikning talabiga rozi bo\u2019lib, Komron Mirzoning ikki ko\u2019ziga mil torttirib, ko\u2019r qilishni buyuradi.<\/p>\n\n\n\n<p>Komron Mirzoning ko\u2019ziga mil tortilib, ko\u2019r qilingach, u Ka\u2019batullo ziyoratiga jo\u2019nab ketgan. Komron Mirzo bir necha muddat Makkada yashab, 1557 yil 6 dekabrda o\u2019sha yeda vafot etgan. O\u2019sha zamon tarixchilarining yozishiga qaraganda, Komron Mirzoning jasadi Makka shahrining qabristonida, Muhammad payg\u2019ambarning katta xotinlari \u2013 Hadichayi Kubroning qabrlarining oyoq tomoniga dafn qilingan.<\/p>\n\n\n\n<p>Komron Mirzodan ikki o\u2019g\u2019il va ikki qiz qolgan. Uning xotini Xonim begim deb atalgan. Katta qizi \u2013 Habiba begimni o\u2019zi hayotlik davrida Oq Sulton ismli bekka nikohlab bergan edi. Komron Mirzoning Humoyunga qilgan befoyda jangu-jadallaridan zerikkan kuyovi Oq Sulton qaynotasiga e\u2019tiroz bildirib: \u201c\u2026 Siz hamma vaqt hazrat Humoyunshohga qarshi chiqasiz, buning nima ma\u2019nisi bor, sizga bu munosib emas. Hazratning farmonlarini bajaring va itoat qiling yoki menga shunday qilishga ijozat bering, chunki odamlar buni bizdan gumon qilmoqdalar\u201d \u2013 deydi. Komron Mirzo esa: \u201cEndi sen ham menga nasihat qiladian bo\u2019lib qoldingmi?\u201d, &#8212; deb g\u2019azablaadi. Qaynotasidan bu tariqa istehzoli kinoyani eshitgan Oq Sulton nihoyat darajada achchig\u2019lanib: \u201cMen bundan buyon sizning huzuringizda bo\u2019lsam, halol xotinim xarom bo\u2019lsin!\u201d, &#8212; deb, xotinini olib, Komron Mirzodan ajralib Bakharga jo\u2019nab ketadi. Uning ketidan Komron Mirzo Shoh Husayn Mirzoga farmon yuboradi. Farmonda \u201cOq Sulton bizni xafa qilib ketdi. Agar o\u2019sha tomonga borsa, uni xotini bilan ketishga yo\u2019l qo\u2019ymang. Xotinini ajratib oling, o\u2019ziga xohlagan tarafiga ketishiga ijozat bering\u201d \u2013 deyilgan edi. Shoh Husayn farmonga muvofiq, Habiba begimni Oq Sultondan ajratib oladi va o\u2019zi Ka\u2019batullo ziyoratiga ketishga ruxsat beradi.<\/p>\n\n\n\n<p>Komron Mirzoning ikkinchi qizi Oysha Sulton begim edi. Komron Mirzoning katta o\u2019g\u2019li Abulqosim Mirzo bo\u2019lib, 1528 yilda tug\u2019ilib, 1559 yilda vafot etgan. Ikkinchi o\u2019g\u2019li Ibrohim Sulton Mirzo 1530 yilda tug\u2019ilgan va 1553 yilda vafot etgan. Mazkur shahzodalarning hayot tarsi va taqdiri haqida hozircha ma\u2019lumot uchramadi.<\/p>\n\n\n\n<p>ASKARIY MIRZO Zahiriddin Muhammad Boburning uchinchi o\u2019g\u2019lidir. U 1512 yilda Kobulda. Komron Mirzo bilan bir onadan \u2013 Gulruh begimdan tug\u2019ilgan. Bobur vafotidan so\u2019ng taxtga o\u2019tirgach, Humoyunshoh ukasi Askariy Mirzoga Mevat viloyatining hukmronligini bergan edi. Gulbadan begimning yozishiga qaraganda, Askariy Mirzo o\u2019z tug\u2019ishgan akasi Komron Mirzoning ta\u2019siriga berilib, Humoyunshohga nisbatan dushmanlik kayfiyatida bo\u2019lib, bir necha marta isyon ko\u2019targan. Askariy Mirzoni qanoatlantirish maqsadida keyinchalik Qandahor viloyatini ham unga topshirgan. Biroq, 1542 yilda Humoyunshoh Shershoh Suriydan yengilib, qayoqqa borishini bilmay, sargardon bo\u2019lib yurgan kezlarida, najot istab Qandahorga \u2013 ukasi Askariy Mirzo huzuriga borganda, u akasiga boshpana berib, yordam ko\u2019rsatish o\u2019rniga uni ushlab, asirga olmoqchi bo\u2019ladi. Humoyunshoh ukasining niyatidan voqif bo\u2019lib qolgach, unga chap berib qochadi va shundan so\u2019ng Eronga o\u2019tib ketadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Humoyunshoh Erondan yordam olib qaytib kelgach, birinchi navbatda Qandahorga \u2013 ukasi Askariy Mirzoga qarshi jang boshlaydi va undan Qandahorni tortib oladi. Keyinchalik Askariy Mirzoning gunohidan o\u2019tib unga G\u2019azna viloyatini beradi. Humoyunshoh Qandahorga uchinchi ukasi Hindol Mirzoni hokim qilib tayinlagan edi. Komron Mirzoning qutqusi bilan Askariy Mirzo yana Qandahorni qo\u2019lga kiritish uhcun shaharni qamal qiladi. Komron Mirzo bilan Askariy Mirzo ukalari Hindol Mirzoni aldab, agar shahar darvozasini ochib, Qandahorni topshirsa, unga G\u2019azna viloyatini berishga va\u2019da qiladilar. Qamal cho\u2019zilib xalq og\u2019ir ahvolda qolganini hisobga olga Hindol Mirzo akalarining taklifini qabul qiladi va Qandahorni tashlab chiqib G\u2019aznaga boradi. Biroq Askariy Mirzo Qandahorga kirib olgach, Hindol Mirzoga G\u2019aznani emas, Lamg\u2019onotni beradi. Bunday riyokorlikdan ranjigan Hindol Mirzo Badaxshonga ketadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Humoyunshoh Qandahorga bostirib kelib, Askariy Mirzoni asir oladi va yana uning gunohidan o\u2019tib, unga Toliqonni beradi. 1550 yilda Askariy Mirzo akasi Komron Mirzo bilan birlashib yana Humoyunshohga qarshi bosh ko\u2019taradi. 1551 yilda Kobul yaqinida bo\u2019lgan jangda Askariy Mirzo yana asirga olinadi. Bu safar uning gunohidan kechirilmaydi. O\u2019zining iltimosiga ko\u2019ra, Badaxshonda ham yashay olmaydi. Nihoyat Askariy Mirzo irodayi haj qilib, Ka\u2019batullo ziyoratiga jo\u2019naydi. 1554 yilda, Abul Fazlning ma\u2019lumotiga ko\u2019ra, 1558 yilda Askariy Mirzo Shom (Suriya) bilan Makka oralig\u2019idagi vodiyda olamdan o\u2019tadi va Makka shahridagi qabristonda akasi Komron Mirzo qabrining ro\u2019baro\u2019siga dafn qilinadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Tarixchilarning bergan guvohligiga qaraganda, Askariy Mirzo harbiy ishda salohiyatli, o\u2019qimishli, adib va shoirtabiat kishi bo\u2019lgan. Uning xotini Sultonim begim edi. Undan farzand qolgan-qolmaganligi ma\u2019lum emas.<\/p>\n\n\n\n<p>HINDOL MIRZO Zahiriddin Muhammad Boburshohning to\u2019rtinchi o\u2019g\u2019li bo\u2019lib, 1518 yilda Kobulda tug\u2019ilgan. Onasi Dildor begim edi. Hindol Mirzoning tug\u2019ilgan xabari kelganda, Boburshoh Bahrani olgan, ya\u2019ni Hindistonni fath qilishga kirishgan davri edi. Binobarin, yangi tug\u2019ilgan farzandiga \u201cHindni ol!\u201d ramziy ma\u2019nosida Hindol deb ism qo\u2019ygan edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Boburshoh hayotlik davrida Badaxshon hukmroni Mirzoxon vafot (1526) etgach, Badaxshonni idora qilish uchun Humoyun Mirzoni Badaxshondan o\u2019z huzuriga chaqirib olganda, Humoyun Mirzo o\u2019z o\u2019rniga ukasi Hindol Mirzoni qo\u2019yib kelgan edi. Biroq vaqt o\u2019tgach, Boburshoh Mirzoxonning o\u2019g\u2019li Sulaymon Mirzoni Badaxshonga hokim qilib tayinlaydi va u yerdan o\u2019g\u2019li Hindol Mirzoni o\u2019z huzuriga chaqirib oladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Humoyunshoh taxtga o\u2019tirgach, ukasi Hindol Mirzoga Mevat va Olur viloyatlarining hukmronligini bergan edi.<\/p>\n\n\n\n<p>1538 yili Humoyunshohning qat\u2019iyatsizligi tufayli vujudga kelgan ichki nizolardan foydalangan Shershoh Suriy Bihar, Jinpur va Kanaujgacha bo\u2019lgan yerlarni bosib oladi. Shu asnoda Hindol Mirzo Humoyunshohga qarshi bosh ko\u2019taradi va Agra shaharini bosib oladi hamda o\u2019zini podshoh deb e\u2019lon qiladi. Biroq Komron Mirzo o\u2019z qo\u2019shini bilan kelib, Hindol Mirzoni o\u2019ziga bo\u2019ysundirib, Agrani undan tortib oladi. Ammo tez fursatda Shershoh Suriy Agra va boshqa shaharlarni birin-ketin bosib olgach, Komron Mirzo bilan Hindol Mirzo Kobulga qochib, borib, jon saqlaydilar.<\/p>\n\n\n\n<p>1544 yilda Humoyunshoh Erondan qaytib kelgach, boshqa ukalari qatori Hindol Mirzoning ham gunohini kechiradi va u umrining oxirigacha akasi Humoyunshohga sodiq qoladi.<\/p>\n\n\n\n<p>1551 yildagi \u201chandaq janggi\u201dda Hindol Mirzo Komron Mirzo odamlari tomonidan yaralanadi va o\u2019sha kuni olamdan o\u2019tadi. Hindol Mirzoning jasadi Kobulda otasi Boburshoh maqbarasi yoniga dafn etiladi. 1607 yilda Nuriddin Muhammad (Salim) Jahongirshoh bobokaloni Zahiriddin Muhammad Boburshoh qabrini ziyorat qilish uchun Kobulga kelganda Hindol Mirzoning qabriga lavha o\u2019rnatishga farmon beradi.<\/p>\n\n\n\n<p>O\u2019sha davr tarixnavislarining yozishicha, Hindol Mirzo dilovar va olim kishi bo\u2019lgan. Uning saroyida olimlar, shoirlar va din ahllari tarbiyat topganlar. U she\u2019riyatga qiziqar, o\u2019zi ham turkiy va forsiy tillarda g\u2019azallar bitardi. Hindol Mirzoning xotini Mahdi Xo\u2019janing singlisi Sultonim begim edi. Hindol Mirzodan farzand bor-yo\u2019qligi haqida ma\u2019lumot uchratmadik.<\/p>\n\n\n\n<p>JALOLIDDIN MUHAMMAD AKBARSHOH Humoyunshohning katta o\u2019g\u2019lidir. U 1542 yil 15 oktabrda harbiy safar paytida tug\u2019iladi. Onadi Hamdi Bonu begimdir. Akbarshohning yoshlik davri otasi Humoyunshohning uzluksiz jangu jadallar va darbadarlikda yurgan davriga to\u2019g\u2019ri keldi. Humoyunshohning Sirhinddagi g\u2019alabasidan so\u2019ng, 1555 yil 22 iyunda Akbarshoh rasmiy ravishda valiha deb e\u2019lon qilinadi. Shu yili noyabr oyida esa Humoyunshoh o\u2019g\u2019li Akbarshohni Panjobga hokim qilib, yoniga Bayramxonni otabek qilib tayinlaydi. 1556 yil yanvar oyida Humoyunshohning to\u2019satdan vafot qilgan xabari Panjobga yetib keladi. 14 fevralda esa Panjobning Kalanaur bog\u2019ida Akbarshohni taxtga o\u2019tirish marosimi bo\u2019lib o\u2019tadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Humoyunshohning fojiali o\u2019limi sabab, taxt talashuvlar boshlanib ketadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Chunonchi, Dehli taxtiga da\u2019vogarlardan afg\u2019on Odilshoh bor edi. U Xemu nomli sardorini 50 ming otliq askarga lashkarboshi tayinlab, mingga yaqin jangari fillar hamda 51 dona zambarak bilan Dehliga yurish boshlaydi. Dehli noyibi Turdibekxon harchand qarshilik ko\u2019rsatsa-da, biroq Xemu uni yanchib tashlaydi. Shu asnoda Panjobdan Akbarshoh bilan Bayramxon o\u2019n ming qo\u2019shin bilan Dehliga yetib kelib, Xemuning zambaraklarini qo\u2019lga kiritadilar. Bu jangda Akbarshoh qo\u2019shini zo\u2019r harbiy iste\u2019dod va mahurat ko\u2019rsatadi. Jangda Xemuga o\u2019q tegib, yarador holda asirga olinadi va qatl qilinadi. Natijada, Sur sulolasiga mansub bo\u2019lgan afg\u2019onlar harakati butunlay tarqalib ketadi. Endilikda Dehli va Agra uchun hech qanday xavf qolmagan edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Akbarshoh hokimiyatga kelishi bilanoq, otasi Humoyunshoh davri qo\u2019ldan ketgan yerlarni yana imperiyaga qayta qo\u2019shish boshlangan edi. Akbarshoh butun Shimoliy Hindistonni, hatto, janubni ham fath etgandi. U Gujarot, Bangola, Sind, Kashmir va Orissani o\u2019z tasarrufiga kiritadi. U hatto Markaziy va Janubiy Hindistonda ham g\u2019alaba qozonib, u yerlardan o\u2019lpon undiradi.<\/p>\n\n\n\n<p>Jahonga mashhur davlat arbobi Javohirla\u2019l Neru Akbarshoh haqida ehtiros bilan shunday yozadi: \u201cAkbar 1556 yildan to 1606 yilgach, qariyb ellik yil Hindistonda hukmronlik qildi. Akbar nomi Hindiston tarixida buyuk nom bo\u2019lib, ayrim jihatlari Ashokani eslatadi. Ajablanarlisi shuki, Hindistonning eramizdan avvalgi uchinchi asrida yashagan buddoyi imperatori Ashoka bilan Hindistonda eramizning o\u2019n oltinchi asrida yashagan musulmon imperatori Akbar deyarli aynan bir xil mavzularni tilga olib, bir so\u2019zlarni ishlatishgan. Butun Hindiston shu ikki buyuk farzandining tilida so\u2019zlagan bo\u2019lsa ajab emas\u201d.<\/p>\n\n\n\n<p>Akbarshoh Zahiriddin Muhammad Boburshoh asos slogan sulolaning uchinchi hukmdori edi. Akbarshoh aql-idrok va o\u2019tkir zehn sohibi edi. Akbarshoh cheklanmagan hokimiyat egasi \u2013 mustabid shoh edi. Akbarshoh garchi mustabid hukmron bo\u2019lsa-da, lekin hokimiyatni boshqarishda aql mezoni bilan ish tutib, o\u2019ta tadbirkorlik bilan dono siyosat yuritadi. Binobarin, ana shu davrdan boshlab Zahiriddin Muhammad Boburshoh asos slogan davlat butun dunyoga mashhur bo\u2019ladi va Yevropada bu davlatni \u201cBuyuk mo\u2019g\u2019ul imperiyasi\u201d deyish odat tusiga kiradi.<\/p>\n\n\n\n<p>Akbarshoh davrida Buyuk mo\u2019g\u2019ul imperiyasiga shimolda Tibet chegaralaridan janubdagi Godavari daryosigacha va g\u2019arbda Gujarotdan shaqda Bangol qo\u2019ltig\u2019igacha bo\u2019lgan ulkan yerlar kirgandi. Rajputan hokimliklari \u2013 Mevar, Marvar (Amber) hamda Gondvanadagi bir necha mayda hind rojaliklari ham Akbarshoh qo\u2019l ostida edi. Shuningdek, Malva, Berar, Xandesh, Gujarot, Kashmir va Ahmadnagardagi musulmon hokimliklarning bir qismi, keyinchalik Qandahor ham Akbarshoh imperaiyasiga qo\u2019shib olingan edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Akbarshoh bobosi Boburshohga o\u2019xshash mard jangchi va iqtidorli sarkarda edi. U hech qchon urush qilishdan qochmasdi, lekin qilich bilan qozonilgan g\u2019alabadan ko\u2019ra, mehr-shafqat va hamiyat bilan erishilgan g\u2019alabani afzal ko\u2019rardi. U hind xalqining farovonligi yo\u2019ida juda ko\u2019p va g\u2019ayrat sarfladi. Akbarshoh Hindistonda mavjud bo\u2019lgan islom dini bilan hinduizm dinini bir-biriga yaqinlashtirishga harakat qiladi. Natijada uning o\u2019zi ijod etgan yangi din \u2013 \u201cdini ilohiy\u201dni vujudga keltirdi. Ammo uning bu \u201cyangi dini\u201d ravnaq topmadi. Aksincha, musulmon ruhoniylarining g\u2019azabini keltirib, o\u2019ziga dushman orttirdi. Shunga qaramay, Akbarshoh asta-sekin hind ommasining va hind zodagonlarining e\u2019tiborini qozona boshladi. U musulmon bo\u2019lmagan kishilardan olinadigan jon solig\u2019i \u2013 juziyani bekor qildi. O\u2019zi esa aslzoda Rajput oilaasiga mansub bo\u2019lgan qizga uylandi. O\u2019z o\u2019g\u2019lini ham keyinchalik Rajput qiziga uylantirdi. U hind zodagonalarini o\u2019z saroyidagi eng yuqori mansaablarga tayinladi. Zotan, Akbarshohning eng jasur lashkarboshilari, eng iste\u2019dodli va tadbirkor vazirlari hamda viloyatlardagi noiblarning ko\u2019pchiligi hindlardan edi. Mana shunday tadbirkorlik natijasida omma orasida zo\u2019r shuhrat qozondi. U bilimga ishtiyoqmand bo\u2019lib, juda ko\u2019p narsalarga qiziqardi. Chunonchi, harbiy bilim va siyosat sohasida yetuk bilimdon bo\u2019libgina qolmay, ko\u2019pgina kasb-hunarlardan ham yaxshi xabardor edi. Akbarshoh o\u2019z atrofiga ko\u2019pgina iqtidorli, sadoqatli kishilarni to\u2019plashga erishgandi. Chunonchi, Abulfazl, Birbol eng yaqin yordamchilari edi. Uning moliya vaziri Todar Mal Akbarshohning farmoniga ko\u2019ra soliq solish nizomini qaytadan ishlab chiqdi. Jaypurlik Roja Man Singx shohning eng iste\u2019dodli lashkarboshisi edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Akbarshoh jismonan g\u2019oyat kuchli, g\u2019ayratli odam edi, u o\u2019ta xavfli vahshiy hayvonlarni ov qilishni yaxshi ko\u2019rardi. Uning biror kimsadan dili og\u2019risa ham unga nisbatan muloyim va marhamatli bo\u2019lishga harakat qilardi. U kamdan-kam g\u2019azablanardi, agar g\u2019azablanguday bo\u2019lsa, atrofidagilar uning g\u2019azabiga dosh berolmasdilar. Lekin g\u2019azabi uzoqqa cho\u2019zilmadi. U g\u2019oyat darajada besaranjom umr kechirdi. Chunki uning umri o\u2019zining ulkan mamlakatini birlashtirish tashvishida va bosqinchilik yurishlarda o\u2019tdi. U o\u2019zini qiziqtirgan savollarga javob beraoladigan har qanday odamni o\u2019z huzuriga chorlab undan javoblar olardi. Shuningdek, xilma-xil din va mazhablarga mansub bo\u2019lgan ruhoniylarni yig\u2019ib, diniy mavzularda munozaralar olib borardi.<\/p>\n\n\n\n<p>Akbarshoh ilm-ma\u2019rifatga nihoyatda tashna edi. Uning hukmronlik davrida (1556-1605) maxsus davlat tasviriy san\u2019at korxonasi va rasmlar bo\u2019lmasi \u2013 naqqoshlik ta\u2019sis etilgan. Naqqoshxonada Hirot rangli nafis suratlar (minityura) maktabi namoyandalarining nodir tasviriy san\u2019at asarlari ko\u2019z qorachig\u2019idek saqlanar va bu ijodiy kamolot namunalari asosida talablarga dars berilardi. Akbarshohnign farmoniga muvofiq \u201cBoburnoma\u201d, \u201cTemurnoma\u201d, \u201cChingiznoma\u201d, Sharafiddin Ali Yazdiyning \u201cZafarnoma\u201d, \u201cKalila va Dima\u201d, Jomiyning \u201cBahoriston\u201di, Nizomiyning \u201cHamsa\u201dsi, \u201cMahabharata\u201d ning fors tilidagi tarjimasi \u201cRazmnoma\u201d, \u201cRamayana\u201d va boshqa ko\u2019pgina asarlar qo\u2019lyozma rangli nafis suratlar bilan bezatiladi. Bu ajoyib san\u2019at namunalarini ijod etishda Mir Sayyid Ali va Xo\u2019ja Abdusamadlar bilan birgalikda talantli hind musavvirlari Basavan, Dasvant, Madhu, Miskin, La\u2019l, Kesu va boshqalar ham faol ishtirok etganlar.<\/p>\n\n\n\n<p>Hind ayollari orasida beva qolgan hind ayoli o\u2019zini gulxanga tashlab o\u2019ldirish (sati) urfi qadim zamonlardan buyon davom etib kelardi. Akbarshohning farmoni bilan mazkur udum bekor qilingan.<\/p>\n\n\n\n<p>Agra shahri Akbarshohning dastlabki poytaxti bo\u2019lgan. Keyinchalik Agradan o\u2019n besh milya narida Fotihpur \u2013 Sikrida yangi bir shaharni bunyod etadi. Bu yerda Shayx Cheshtiy yashagani sababli Akbar shu joyni tanlagan edi. Chunki Akbarshoh mazkur Shayx Salim Cheshtiyga ixlosmand edi. Akbarshoh bu yerda haqiqatan ham ajoyib bir shahar qurdiradi. Fotihpur \u2013 Sikra qariyb o\u2019n besh yil davomida mamlakat poytaxti bo\u2019lib turdi. Keyinchalik esa Akbarshoh Loxurni o\u2019ziga poytaxt qilib oladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Xitoy tarixchisi Chen Xanshengning yozishiga qaraganda, Akbarshoh uzoq vaqt farzand ko\u2019rmaydi. U rajputlik malikadan bitta valiahd tug\u2019ilishini ko\u2019p intizorlik bilan kutadi. Bir necha ibodatxonalarga borib, mozorlarga borib, Xudodan farzand so\u2019raydi. Nihoyat, 1569 yil 30 avgust iltijosi ijobat bo\u2019lib, valiahd tug\u2019iladi. Akbarshoh o\u2019zining diniy rahnamosi Shayx Salim Cheshtiyga bo\u2019lgan ixlosi tufayli, valiahdga Salim deb nom qo\u2019yadi. Salim 32 yoshga yetgach, otasidan taxtni tortib olishga harakat qiladi. U Hindistonning janubida joylashgan portugaliyaliklar kuchiga suyangan holda, Ollohobodga askar tortib kelib mustaqillik e\u2019lon qiladi. Akbarshoh kichik o\u2019g\u2019li shahzoda Fozilni Dekan viloyatidan Agraga qarab askar tortishga buyruq beradi. Ammo yo\u2019lda shahzoda Salimning odamlari shahzoda Fozilni o\u2019ldirishadi.<\/p>\n\n\n\n<p>1501 yilda Akbarshoh Salimning gunohini kechirib, Ollohobodga hokim qilib tayinlaydi. Shahzoda Salim u yerda yana otasi Akbarshohga qarshi bosh ko\u2019taradi. 1603 yilda ota-bola yarashadilar. Shahzoda Salim yana Ollohobodga hokim qilib tayinlanadi. Shahzoda Salim Ollohobodda deyarli mustaqil yashaydi. Ayni shu paytlarda Akbarshoh saroyida guruhbozlik kuchaya boshlagan edi. Shahzoda Salimning Xusrav ismli 17 yoshli o\u2019g\u2019li bor edi. Bu payda taxt valiahdligiga kimni tayinlash masalasi dolzarb masala bo\u2019lib turardi. Akbarshoh saroyidagi eng nufuzli amaldor beklardan Man Singh (Xusravning tog\u2019asi) va Aziz Ko\u2019ki (Xusravning qaynotasi)lar valiahdlikka Xusrav nomzodini qo\u2019yishga harakatni boshlab yuboradilar. Voqeaning bunday tus olishi shahzoda Salimni tinch qo\u2019ymaydi va u otasi Akbarshoh huzuriga bosh egib keladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Akbarshoh o\u2019z farzandlari va ishongan beklaridan bunday fisq-fasodlarni ko\u2019rgach, juda qattiq iztirob chekadi va kasal bo\u2019lib, 1605 yil 17 oktabrda 64 yoshida vafot etadi. Akbarshohdan uch o\u2019g\u2019il bor edi. Ulardan Doniyol, Murod (Fozil) Akbarshohdan avvalroq vafot qilgan edilar. Faqat Salim qolgan edi.<\/p>\n\n\n\n<p>MUHAMMAD HAKIM MIRZO Humoyunshohning ikkinchi o\u2019g\u2019li bo\u2019lib, 1544 yilda Mohi Chuchuk begimdan tug\u2019ilgan. Humoyunshoh Muhammad Hakim Mirzoga Kobul hokimligini bergan edi. Shahzoda yosh bo\u2019lgani sababli davlat ishlarini onasi Mohi Chuchuk begim olib borardi. Humoyunshoh vafotidan so\u2019ng, uning beklaridan biri termizli Abulmaoli bek Akbarshoh saroyida xizmatda edi. Ko\u2019p o\u2019tmay Abulmaoli Akbarshohga qarshi fitna uyushtirib, fitna fosh bo\u2019lgach, saroydan qochib ketadi. Abulmaoli ko\u2019p sargardonlikdan so\u2019ng nihoyat shahzoda Muhamamd Hakim Mirzoning onasi Mohi Chuchuk begimga maktub yozib, Kobulga kelishi haqida ijozat so\u2019raydi. Mohi Chuchuk begim ijozat bergach, Abulmaoli Kobulga keladi va biroz vaqt o\u2019tgach, Mohi Chuchuk begimning ijozati bilan uning qizi ya\u2019ni shahzoda Muhammad Hakimning singlisi Faxrinisoni o\u2019z nikohiga kiritadi. Abulmaoli Kobulda yosh shahzodaning ishonchiga kirib olgach, saroy berklarini birin-ketin har xil ig\u2019volar bilan yo\u2019qotishga harakat qiladi. Unign maqsadi Kobul viloyatini Akbarshoh qo\u2019l ostidan chiqarib olish edi. Yosh shahzodaning otabegi Haydar Qosim va Mohi Chuchuk begim Abulmaolining g\u2019arazli kirdikorlaridan voqif bo\u2019lib, uni yo\u2019ldan qaytarishadi. Shundan so\u2019ng, 1564 yil mart oyining oxirida Abulmaoli o\u2019z qaynonasi Mohi Chuchuk begimni va bir necha beklarni o\u2019ldirib, yosh shahzodani o\u2019z himoyasiga olib, Kobulda mustaqillik bayrog\u2019ini ko\u2019taradi.<\/p>\n\n\n\n<p>Shahzoda Muhammad Hakimning otabegi Haydar Qosim Kobuldan qochib, Badaxshonga boradi. U Badaxshon hukmroni Sulaymon Mirzoga voqeani tushuntiradi hamda Kobulni musaxxarq qilishga undaydi. Sulaymon Mirzo tezda qo\u2019shin to\u2019plab, Kobulga qarab yuradi. Bu xabarni eshitgan Abulmaoli Kobul qo\u2019shini bilan Sulaymon Mirzoga qarshi yo\u2019lga chiqadi. Har ikki tarafning qo\u2019shini Puli G\u2019urband yaqinida uchrashadilar. Qattiq jang bo\u2019ladi. Jangda Abulmaoli qo\u2019shini mag\u2019lubiyatga uchrab, uning o\u2019zi esa asirga olinadi va Kobulga keltirib, qatl qilinadi. Sulaymon Mirzo bir necha muddatdan beri Kobulni qo\u2019lga kiritish ishtiyoqida yurgan edi. Binobarin, u o\u2019zining ishonchli beklaridan uch-to\u2019rttasini Kobulda qoldirib, o\u2019zi Badaxshonga ketadi va u yerdan yana bir necha beklarni Kobulni zabt etish chorasini ko\u2019rish uchun jo\u2019natadi. Sulaymon Mirzoning bunday qabih rejasini sezgan Kobul a\u2019yonlari bu xabarni shahzoda Muhammad Hakimga yetkazadilar va o\u2019zlari Badaxshonlik beklarni yo\u2019qotish chorasini ko\u2019radilar. Bu xabar Sulaymon Mirzoga yetgach, tezda qo\u2019shin bilan Kobulga keladi. Shahzoda Muhammad Hakim esa Kobulga ishonchli beklardan birini qo\u2019yib, o\u2019zi Jalolobodga \u2013 akasi Akbarshoh huzuriga ketadi. Sulaymon Mirzo shahzodaning orqasidan quvlab, Jalolobod yaqinigacha boradi, biroq uni qo\u2019lga tushira olmaydi. 1564 yilda Akbarshoh Sultaymon Mirzoga qarshi katta qo\u2019shin bilan yuboradi. Sulymon Mirzo Akbarshoh qo\u2019shiniga chidash berolmasligiga ko\u2019zi yetib, Kobulni tashlab, Badaxshonga ketadi. Shahzoda Muhamamd Hakim yana Kobul hukmroni bo\u2019lib qoladi.<\/p>\n\n\n\n<p>1580 yilda Bengaliya va Biharning harbiy boshliqlari markaziy hukumatga qarshi qo\u2019zg\u2019olon ko\u2019taradilar. Qo\u2019zg\u2019olonga sabab Akbarshohning mamlakatda diniy va ma\u2019muriy o\u2019zgarishlar joriy qilishida edi. Rivoyatlarga qaraganda, shariat qozisi tarafidan \u201cdindan ozgan hukmronga (shohga) qarshi qo\u2019zg\u2019olon ko\u2019tarish gunoh emas\u201d, degan fatvo beriladi. Shu asnoda mamlakatda qo\u2019zg\u2019olonchilar Akbarshohning o\u2019gay ukasi Muhammad Hakim bilan til biriktirib harakat qilmoqdalar, degan gaplar tarqaladi. \u201cMirotul olam\u201d asarining muallifi Baxtovarxonning yozishicha, shahzoda Muhammad Hakim Mirzo hatto Hindiston taxtini egallash uchun urinib ko\u2019rgan. Ammo shahzoda Murod (Akbarshohning o\u2019g\u2019li) uni tor-mor qiladi. Akbarshoh esa o\u2019gay ukasining gunohini kechib, unga yana Kobul viloyatini qaytarib beradi. \u201cAbdullanoma\u201d asarining muallifi Hofiz Tanish Buxoriyning ma\u2019lumotiga qaraganda, Muhammad Hakim Mirzo akasi Akbarshoh hokimiyatini nomigagina tan olardi. Amalda esa mustaqil edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Muhamamd Hakim Mirzo bo\u2019sh va qat\u2019iyatsiz kishi edi. U ichkilikka nihoyatda ruju qilgandi. Lekin Bengaliyadagi qo\u2019zg\u2019olondan tashqari Muhammad Hakim Mirzoning shoh saroyidagi ayrim yirik mansabdorlar bilan maxfiy aloqasi bor deb gumon qilishardi. Bu ishda moliya ishlari boshlig\u2019i Shoh Mansurdan hadiksirashardi. 1581 yilda Muhammad Hakim Mirzo 15 minglik qo\u2019shin bilan Loxurgacha boradi. Biroq Man Singx unga zarba berib, Kobulga qaytib ketishga majbur qiladi. Biroq Akbarshoh 50 minglik otliq askar va 500 janggari fillari bilan ukasi Muhamamd Hakim Mirzoni ta\u2019qib qilib, Kobul tomon yuradi. Akbarshoh yo\u2019ldayoq Shoh Mansurni dorga ostiradi, o\u2019zi esa 1581 yilning avgust oyida Kobulga kiradi. Muhamamd Hakim Mirzo akasi Kobulga kirishi bilan, toqqa qarab qochadi. Bovujud, Akbarshoh yana o\u2019z ukasi Muhammad Hakim Mirzoning gunohidan o\u2019tadi va Kobulni unga qoldirib, qaytib ketadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Muhammad Hakim Mirzo Badaxshon hukmdori Sulaymon Mirzoning qiziga uylangan edi. U aysh-ishratga mukkasidan ketgan va shuning oqibati o\u2019laroq, 1585 yilda navbatdagi mayxo\u2019rlikdan so\u2019ng u o\u2019z yotoqxonasida o\u2019lib qoladi. Uni bobokaloni Zahiriddin Muhammad Boburshoh maqbarasini janubiy tarafiga dafn qiladilar. Muhammad Hakim Mirzodan ikki o\u2019g\u2019il qolgan edi. Kattasi Afrosiyob Mirzo \u2013 14 yashar, kichigi Kayquboq Mirzo \u2013 11 yashar edi.<\/p>\n\n\n\n<p>AFROSIYOB MIRZO 1571 yilda, KAYQUBO MIRZO esa 1574 yilda Kobulda tug\u2019ilgan edilar. Mazkur shahzodalarning onasi Badaxshon hukmdori Sulaymon Mirzoning qizi edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Muhammad Hakim Mirzo vafotidan so\u2019ng Kobul va Zobulistonda ancha tartibsizliklar kuchaydi. Bu voqealarning rivojlanishida Buxoro hukmdori Abdullaxonning ham qo\u2019li edi. Chunki Abdullaxon Badaxshonni Shohruh Mirzodan tortib olgach, endilikda Kobulni ham o\u2019z tasarrufiga kiritish fikrida edi. Hatto, Abdullaxonning ayg\u2019oqchilari Kobul hokimining saroyida ham ish olib borardilar. Zotan, Faridun nomli shaxs marhum hukmdor Muhammad Hakim Mirzoning o\u2019g\u2019illari Afrosiyob Mirzo va Kayqubod Mirzolarni o\u2019zbeklar tomoniga (Buxoroga) qochib ketishga undaydi. \u201cTarixi Akbarshohiy\u201d asarining muallifi Abulfazl Allomiyning yozishiga qaraganda, agar Faridunning mazkur rejasi amalga oshguday bo\u2019lsa, Abdullaxon Kobulga ham da\u2019vogar bo\u2019lishi mumkin edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Ammo Akbarshoh Kobuldagi tartibsizliklarning oldini olish maqsadid zudlik bilan harakat qilib, lashkarboshi Man Singhga tezlik bilan Kobulni ishg\u2019ol qilishga buyruq beradi va Kobul qaytadan imperiyaga qo\u2019shib olinadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Man Singh qo\u2019shinlari Kobulni zabt etgach, Faridunni qo\u2019lga tushiradilar. Man Singh Faridunni Akbarshoh huzuriga keltirdi. Taftish natijasi Faridunning sotqinligi ma\u2019lum bo\u2019ladi. \u201cTarixi Akbarshohiy\u201d asarining muallifi Abulfazl Allomiyining yozishicha, Faridunni \u201cgunohlarini yuvib kelish uchun\u201d Ka\u2019batulloga badarg\u2019a qiladilar. Akbarshoh jiyanlari \u2013 Afrosiyob Mirzo va Kayqubod Mirzolarni o\u2019z saroyiga olib ketadi. Kobul hukmronligini esa viloyatda tartib o\u2019rnatish maqsadida Man Singhga topshiradi.<\/p>\n\n\n\n<p>NURIDDIN MUHAMMD JAHONGIRSHOH (SHAHZODA SALIM) 1569 yil 30 avgust oyida Agra (Fatxpur)da tug\u2019ildi. U Akbarshohning katta o\u2019g\u2019li edi. Uning onasi Javdoboiy rajput rojasi Udiy Singhning qizi edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Shahzoda Salim otasining saroyida barcha ilm-fanlardan bahramand bo\u2019lgan murabbiy va ustozlar qo\u2019l ostida voyaga yetadi. Otasi Akbarshoh unga Ollohobod viloyatining hokimlgini beradi. Shahzoda Salim Ollohobodda o\u2019ziga maxsus saroy qurdiradi hamda o\u2019z nomidan farmonlar chiqara boshlaydi. 1601 yilda esa otasi Akbarshohdan mustaqil hukmronlik qila boshlaydi. 1601-1605 yillar davomida Akbarshohning bu sevimli o\u2019g\u2019li \u2013 shahzoda Salim uning boshiga ko\u2019pgina notinchliklarni keltiradi. Akbarshohning bu davrda qayg\u2019u va hasratining chegarasi yo\u2019q edi. Nihoyat, 1603 yilda ota-bola o\u2019rtasida sulh vujudga keladi. Mazkur voqea xususida shahzoda Salim keyinchalik o\u2019zining \u201cTuzuk-i Jahongiriy\u201d nomli asarida: \u201cO\u2019z otasiga qarshi kurashgan hukmdorning davlati uzoqqa bormasligini men yaxshi bilardim\u201d, &#8212; deb yozgan edi. Ana shu sulhdan so\u2019ng Akbarshoh Salimni Mevardagi urush harakatlariga boshchilik qilishi haqida buyruq beradi. Biroq Salim bu vazifani bajaridan qat\u2019iy bosh tortadi. Shundan so\u2019ng unga Ollohobodga qaytib ketishga ijozat beriladi. Salim Ollohobodga qaytib kelib, yana mustaqil hukmron bo\u2019lib yashaydi. Ayni shu paytlarda Akbarshoh saroyidagi yirik amaldorlar orasida Salimni valiahdlikdan mahrum qilish haqida maxfiy fitna uyushtirilayotgan edi. Bu fitnadan xabar topgan Salim nima qilishini bilmay, nihoyat otasi Akbarshoh huzuriga borib bosh egadi. 1603 yil noyabrda Akbarshohning otalik mehri jo\u2019sh urib, Salimni biroz koyigach, o\u2019n kunlik qamoqqa solib, so\u2019ngra ozod qilib yuboradi. Biroq 1605 yilda Akbarshoh qattiq iztiroblar natijasida kasal bo\u2019lib yotib qoladi. Bu vaqtda hatto saroyda taxtga valiahd belgilash haqida maxsus kengashlar ham bo\u2019lib o\u2019tadi. Saroy a\u2019yonlarining ko\u2019pchiligi taxt vorisligiga Salimning nomzodini yoqlab chiqadilar. Akbarshoh o\u2019z o\u2019limi oldidan saroy a\u2019yonlarini chorlab, shahzoda Salimga shoxlik kiyimini kiydiradi va boshiga salla o\u2019ratib, beliga o\u2019zining xos xanjarini tqib qo\u2019yadi. Bu bilan Akbarshoh saroy a\u2019yonlariga \u201cmendan keyin taxt sohibi faqat shahzoda Salimdir\u201d, &#8212; degan ma\u2019noni bildiradi. Zotan, Akbarshohning uch o\u2019g\u2019lidan hozir tirik qolgani faqat shahzoda Salim edi. Shahzoda Murod 1600 yilda va shahzoda Doniyol esa 1601 yilda vafot etgan edilar. 1605 yil 17 oktabrda Akbarshoh vafot etgach, 1605 yil 24 oktabrda Agra shahrida Salim taxtga o\u2019tiradi va o\u2019ziga Nuriddin Muhammad Jahongir podshoh g\u2019oziy nomini oladi. Jahongirshoh taxtga o\u2019tirgach, to\u2019ng\u2019ich o\u2019g\u2019li shahzoda Xusravni ushlatib, Agra qo\u2019rg\u2019onida maxbus tariqasida saqlaydi. Bu vaqtda Man Singh uzoq Bengaliyada edi. Shahzoda Xusrav qo\u2019rg\u2019ondan qochib chiqib, Panjobga ketadi. U yerda o\u2019ziga qo\u2019shin to\u2019playdi. Tez kunda uning qo\u2019shini 12 ming kishiga yetadi. Shahzoda Xusrav Lohurni qurshab turganda, Jahongirshoh qo\u2019shini yetib keladi. Ota va o\u2019g\u2019ilning qo\u2019shini jangga kiradi. Bu jangd shahzoda Xusrav yengilib, Kobulga ketmoqchi bo\u2019lib kemaga o\u2019tiradi. Ammo kema Chinob mavzeiga yetganda qumga tiqilib qoladi. Uning orqasidan quvib kelayotgan qo\u2019shin uni ushlab Agraga olib ketadilar. Jahongirshoh 19 yoshli o\u2019g\u2019li shahzoda Xusravsni ko\u2019ziga mil tortishni buyuradi. Shundan so\u2019ng Jahongir shahzoda Xusravni nazorat qilib turishni uchinchi o\u2019g\u2019li shahzoda Xurramga (keyinchalik Shoh Jahon nomi bilan mashhur bo\u2019ladi) topshiradi. Shahzoda Xurram esa 1622 yilda akasi Xusravni bo\u2019g\u2019ib o\u2019ldiradi va otasiga shahzoda Xusrav sanchi kasalidan vafot qildi, deb yolg\u2019on xabar yuboradi.<\/p>\n\n\n\n<p>Shahzoda Xusravdan Dovar Baxsh nomli o\u2019g\u2019il qolgan edi. Jahongirshoh vafot etgan chog\u2019da shahzoda Xurram Dekanda edi. Uning qayinotasi Osafxon saroyda ishboshqaruvchi lavozimida edi. Binobarin, kuyovi shahzoda Xurram Dekandan yetib kelgungacha taxtga shoh avlodidan biror kishini muvaffaq o\u2019tkazib turish uchun hiyla ishlatib, marhum shahzoda Xusravning o\u2019g\u2019li iste\u2019dodsiz, bo\u2019shang Dovar Baxshni taxtga o\u2019tqazadi. Shahzoda Xurram 1628 yil fevralda poytaxtga yaqinlashgach, Osafxon Dovar Baxshni qochirib yuboradi. U Eronga o\u2019tib ketadi va u yerda Eron shohi tomonidan nafaqa belgilanadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Jahongirshohning hukmronlik davri deyarli Akbarshoh davrining davomidir. Jahongirshoh shimoliy va janubiy Hindistonda deyarli otasining olib borgan siyosatini davom ettirdi. Jahongir o\u2019z hukmronligining birinchi yilida o\u2019zining ikkinchi o\u2019g\u2019li shahzoda Parvez boshchiligida 20 minglik askarni Mevarga qarshi yuboradi. Biroq mazkur jang har ikki tomonga ham hech qanday yutuq keltirmaydi. 1608 yilda yana Mevarga qarshi yurish boshlanadi, biroq lashkarboshilarni almashtirish siyosati kutilgan natijani bermaydi va urush harakatlari yana bir necha yil so\u2019nadi. 1613 yilda Jahongir yana Mevarga qarshi urush harakatlarini boshlab yuboradi. Bu safar uchinchi o\u2019g\u2019li shahzoda Xurram boshchiligida Mevarga qarshi qo\u2019shin jo\u2019natadi. Jahongir qo\u2019shinlari rajputlarni o\u2019rab olib, ularni ochlik girdobida qamal qiladi. Nihoyat, rajputlar orasida ocharchilik vav abo kasali dahshatli tus olgach, Mevar hokimi Amar Singh sulh so\u2019raydi. 1615 yilda sulh tuzilib, Mevar viloyati yana imperaiyaga qo\u2019shib olinadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Buyuk mo\u2019g\u2019ul imperiyasining sharqiy qismida joylashgan Bengaliyada doim g\u2019alayonlar qaynab turardi. Bu yerda afg\u2019on mustaqil zodagonlari markaziy hukumatga qarshi isyon ko\u2019tarib turardilar. Nihoyat, 1612 yil 12 mart Dakka yaqinida bo\u2019lgan jangda Bengaliyadagi eng so\u2019nggi mustaqil afg\u2019on rahnamosi Usmon yaralanib vafot etadi. Shundan so\u2019ng, boshliqsiz qolgan afg\u2019onlar ustindan hukmronlik o\u2019rnatiladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Jahongirning eng muhim yutuqlaridan biri, deyarli olib bo\u2019lmaydiga tog\u2019 qo\u2019rg\u2019oni \u2013 Nagarkotni imperaiyaga qo\u2019shishi bo\u2019ldi. Bu qo\u2019rg\u2019on 1620 yilda uzoq qamaldan so\u2019ng qo\u2019lga kiritiladi. Jahongir qo\u2019rg\u2019onni borib ko\u2019rgach, qo\u2019rg\u2019onda 23 harbiy istehkom bo\u2019lib, 7 darvozasi borligi, hamda bu xushmanzara vodiyga maftun bo\u2019lganligi haqida yozgan. Dekanda asl kelib chiqishi habashistonlik Malik Ambar ismli sarkarda rahnamolik qilardi. Bu sarkarda o\u2019zining o\u2019tkir aql va idroki, harbiy salohiyati tufayli Jahongir qo\u2019shinlariga bir necha marta zarba yetkazib kelardi. 1623 yilda Malik Ambar Bijopurni qamal qiladi. Shu asnoda Jahongirning uchinchi o\u2019g\u2019li shahzoda Xurram o\u2019z otasiga qarshi bosh ko\u2019taradi va Malik Ambarga kelib qo\u2019shilib, Burxonpurni qamal qiladi. Jahongir tezlikda ikkinchi o\u2019g\u2019li shahzoda Parvez va amir Mahobatxonni shahzoda Xurramga qarshi yuboradi. Jangda Xurram taslim bo\u2019ladi. Malik Ambar orqaga chekinadi. 1626 yilda Malik Ambar vafot etadi. Ana shundan so\u2019ng Jahongir qo\u2019shinlari Dekanning Akbarshoh davridagi qisminigina qo\u2019lga kirita oladilar.<\/p>\n\n\n\n<p>Jahongir hali saltanat tepasiga kelmagan vaqtlaridayoq Eron shohi Shoh Abbos (1587-1628) ga nisbatan yaxshi fikrda bo\u2019\/lgan edi. U taxtga o\u2019tirgandan so\u2019ng ham shunday fikrda edi. Jahongir o\u2019zining Shoh Abbosga yo\u2019llagan maktublarida uni \u201cbirodarim\u201d, \u201cqadrdonim\u201d deb yozardi. Biroq Shoh Abbos, aksincha Jahongirga nisbatan g\u2019arazli rejalar tuzib, Hindistonga qarashli Qandahor viloyatini Eronga qo\u2019shib olish harakatida edi. Shuningdek, Dekan yarim orolidagi Bijopur, Golkonda va Ahmadnagar hokimlarini shahzoda Xurramni ham Jahongirga qarshi qo\u2019zg\u2019olon ko\u2019tarishga undayotgandi.<\/p>\n\n\n\n<p>Jahongir 1611 yilda 35 yoshli Mehriniso nomli juvonga uylanadi. Jahongirshoh o\u2019qimishli va ma\u2019rifatparvar kishi edi. Jahongirshoh o\u2019zining bobokaloni Zahiriddin Muhammad oburga taqlidan o\u2019z tarjimai holi va o\u2019n yetti yillik hukmronlik davrini qamrab olgan \u201cTuzuk-i Jahongiriy\u201d (Jahongir tuzuklari) nomli asarini yaratgan. Mazkur asar \u201cJahongirnoma\u201d nomi bilan mashhurdir.<\/p>\n\n\n\n<p>Jahongirshoh hind-musulmon ijtimoiy birligini yanada mustahkamlash yo\u2019lida bir qator muhim tadbirlarni amalga oshiradi. U islom dinining mavjud qonun-qoidalariga xilof bo\u2019lishiga qaramay, \u201cQur\u2019onni \u2013 rexta \u2013 hindistoniy tiliga tarjima qilishni buyurgan. Hindlar orasida asrlar osha hukm surib kelayotgan ba\u2019zi bir zararli urf-odatlarni bekor qilishga qaratilgan farmonlar chiqargan. Chunonchi, Bangola viloyatida soliqni to\u2019lay olmagan kishilarning norasida farzandlarini tortib olish tartibi joriy qilingan bo\u2019lib, bunday go\u2019daklar \u201cxojasaro\u201d (mahram) deb nomlanganlar. \u201cJahongir tuzuklari\u201dda aytilishicha, Jahongirshoh bu xususda: \u201cBundan buyon hech kim bu qabih ish bilan shug\u2019ullanmasin, norasida xojasarolarni xarid etish va sotish man etilsin!\u201d deb farmon chiqargan. Jahongirshoh o\u2019z zamonasining sohibi qalamlaridan biri edi. U tarix, adabiyot va ayniqsa, tasviriy san\u2019at bilan qiziqqan. Buxorolik Abulhasan va Usto Mansurlar uning tarbiyasi va homiyligi tufayli tasviriy san\u2019atda kamolot pog\u2019onalariga ko\u2019tarilganlar. Zotan, Abulhasan mo\u2019yqalamiga mansub bo\u2019lgan asarlardan Jahongirshoh va Shoh Jahonning suratlari bizgacha yetib kelgan.<\/p>\n\n\n\n<p>\u201cJahongir tuzuklari\u201dda yozilishicha, XVII asrda Hindistonda muomalada bo\u2019lgan pullar oltin, kumush va jez (bronza)dan zarb etilgan. Chunonchi, oltin tangalar \u2013 muhr, kumush tangalar \u2013 rupiya deyilgan. Bir to\u2019lalik (bir to\u2019la \u2013 12 grammga teng) oltin tanga \u201cnuri jahoniy\u201d (\u201cjahon nuri\u201d) deb yuritilgan. Ayrim rivoyatlarga qaraganda, Jahongirshoh o\u2019zining sevimli xotini Nurjahon begim sharafiga mazkur \u201cNur jahoniy\u201d \u2013 oltin tangani zarb ettirgan, degan fikrlar ham mavjud. \u201cNuri sultoniy\u201d (\u201cSultonlik nuri\u201d) \u2013 50, \u201cNuri davlat\u201d (\u201cdavlat nuri\u201d) \u2013 20, \u201cNuri karam\u201d, (\u201cIltifot nuri\u201d) \u2013 10, \u201cNuri mehr\u201d (\u201cMehr nuri\u201d) \u2013 5, \u201cNuroniy\u201d yarim va \u201crivojiy \u2013 chorak to\u2019lalik bo\u2019lgan. Kumush tanga \u2013 rupiyaning \u201cJahongiriy\u201d nomi bilan yuritilgani bir to\u2019la og\u2019irlikda zarb qilingan. Shuningdek, \u201ckavkabi tol\u2019e\u201d (\u201cTole\u2019 yulduzi\u201d) \u2013 100, \u201ckavkabi iqbol\u201d (\u201cIqbol yulduzi\u201d) \u2013 50, \u201ckavkabi murod\u201d (\u201cMurod yulduzi\u201d) \u2013 10, \u201cKavkabi sa\u2019d\u201d (\u201cbaxt yulduzi\u201d) \u2013 5, \u201csultoniy\u201d yarim \u201chayri qabul\u201d (\u201cqabul xayri\u201d) \u2013 chorak to\u2019la og\u2019irlikda bo\u2019lgan. Jezdan zarb etilgan chaqalar ham shu xildagi vazn va qiymatga bo\u2019lingan.<\/p>\n\n\n\n<p>Jahongirshoh o\u2019z saroyiga olimlar, shoirlar, rassomlar, musiqachilar va turli kasb-hunar egalaridan yetuk kishilarni yig\u2019ib, ularga homiylik qilardi. Saroyda g\u2019azalxonlik anjumanlari bo\u2019lib turar, Jahongirshohning o\u2019zi ham she\u2019r aytardi.<\/p>\n\n\n\n<p>Jahongirshohning til va adabiyot sohasidagi iste\u2019dodi uning \u201cTuzuk-i Jahongiriy\u201d asaridan ma\u2019lum. U turkiy til, ya\u2019ni eski o\u2019zbek tilini mukammal bilishi bilan faxrlangan. Jahongirshoh saroyida bo\u2019lgan ingliz fuqarosi Terri uning tabiati haqida so\u2019z yuritib, shunday deydi: \u201cBu hukmdorning tabiati doim menga qiziq tuyuladi. Ba\u2019zan u dahshatli, gohida esa juda muloyim va adolatli bo\u2019lib ko\u2019rinadi.\u201d Haqiqatan ham Jahongirshohning tabiatiga tushunish mushkul edi. Jahongir o\u2019z qarshisida tiriklayin terisi shilib olinayotgan odamning qimatiga beparvolik bilan qarab, tamosho qilib o\u2019tiravergan. Ayni zamonda esa nihoyatda nazokatli va nozik ta\u2019bga molik kishi bo\u2019lgan. Biroq Jahongirshoh otasi Akbarshohdan farqli o\u2019laroq aysh-ishratni va mayxo\u2019rlikni yaxshi ko\u2019rardi.<\/p>\n\n\n\n<p>NURJAHON BEGIMning yoshlikdagi ismi Mehriniso bo\u2019lib, asli kelib chiqishi eronlik edi. Uning ota-onasi kambag\u2019allik natijasida Erondan Hindistonga ko\u2019chib kelgan edi. Mehrinisoning otasi Akbarshoh xizmatiga yollanadi. Shahzoda Salim (Jahongir) Mehrinisoni bozorda uchratib qolib, unga oshiqi beqaror bo\u2019lib, uning isqida yonadi. Shahzoda Salim Mehrinisoni xotinlikka olmoqchi bo\u2019lganda, Akbarshoh yo\u2019l qo\u2019ymaydi. Akbarshoh Nurjahonni tezlikda saroy a\u2019yonlaridan biri Ali Quli Istajliy (Sher Afkan)ga turmushga chiqishga majbur qiladi. Sher Afkan bilan Nurjahonning to\u2019ylari o\u2019tgach, Sher Afkanni Bengaliya qo\u2019shinlari sardor qilib tayinlab, Bengaliyaga ko\u2019chirib yuboradi.<\/p>\n\n\n\n<p>Nihoyat, Jahongirshoh taxtga o\u2019tirgandan so\u2019ng, Sher Afkam kunlardan bir kun Bengaliya hokimi Qutbiddinning qabulida bo\u2019lib, hokim bilan acchiqlashib qoladi va uni o\u2019sha yerda pichoqlab o\u2019ldiradi. Fojia ustiga kirgan soqchilar Sher Afkanni ham o\u2019ldiradilar. Shundan so\u2019ng, beva qolgan Mehrinisoni Agraga \u2013 saroyga jo\u2019natadilar. Bu davrda Mehriniso 35 yoshda edi. Bir necha vaqt o\u2019tgach, 1611 yilda Jahongirshoh Mehrinisoni o\u2019z nikohiga kiritadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Mehriniso o\u2019zining maftunkor go\u2019zalligi, oqila va bilimdonligi bilan butun saroy ahlini o\u2019ziga rom qiladi. U saroyda katta e\u2019tiborga sazovor bo\u2019ladi. Endi uni Mehriniso emas, Nurmahal (\u201cSaroyning nuri\u201d) deb atay boshlaydilar. Darhaqiqat, u o\u2019tkir zehn sohibasi, bilimdon va tadbirkor, nozik ta\u2019b shoira ham bo\u2019lgan. (Uning otasi Jahongirshoh saltanati davrida E\u2019timod-ud Davla nomi bilan saroyda bosh vazirlik lavozimida bo\u2019lib, uning o\u2019g\u2019li, ya\u2019ni Nurjahonning akasi Osafxon esa saroy boshqaruvchisi mansabida qoyim bo\u2019lgan. Nurjahon keyingi yillarda davlat ishlarida Jahongirshohga maslahatchi bo\u2019lib qolgan edi. Keyinchalik, Jahongirshohning salomatligi tez-tez yomonlasha boshlagach, davlat idora ishlarini Nurjahonning o\u2019zi boshqarar edi. U Jahongirshoh vafotidan so\u2019ng Lohurda hayot kechirib, 1645 yilda vafot etadi. Maqbarasi Lohurdadir.<\/p>\n\n\n\n<p>SHAHZODA XUSRAV 1587 yilda tug\u2019ilgan edi. Jahongirshohning katta o\u2019g\u2019li edi. Bu shahzoda tarjimai holi, tabiati va taqdiri haqida \u201cJaloliddin Muhammad Akbarshoh\u201d va \u201cNuriddin Muhammad Jahongirshoh (Salim)\u201d bobolarida aytib o\u2019tildi.<\/p>\n\n\n\n<p>SHAHZODA PARVEZ Jahongirshohning ikkinchi o\u2019g\u2019li bo\u2019lib, u 1586 yilda tug\u2019ilgan edi. Jahongirshoh taxtga o\u2019tirgach, Mevar viloyatini qaytadan imperiyaga qo\u2019shib olish uchun o\u2019g\u2019li shahzoda Parvez boshchiligida 20 ming kishilik qo\u2019shin yuboradi. 1616 yilda bundan tashqari shahzoda Parvezga Ollohobod viloyatining hokimligi topshiriladi. Jahongirshohning sog\u2019ligi yomonlashgach, taxtga valiahd qilib shahzoda Parvez tayinlangan edi. 1601-1605 yillar mobaynida shahzoda Xurramning otasi Jahongirga qarshi ko\u2019targan g\u2019alayonlarni bostirishda shahzoda Parvez faol ishtirok etadi. 1626 yil oktabr oyida shahzoda Parvez to\u2019satdan vafot etadi.<\/p>\n\n\n\n<p>1596 yilda tug\u2019ilgan SHAHZODA SHAHRIYOR \u2013 Jahongirning to\u2019rtinchi o\u2019g\u2019li. U irodasiz va qat\u2019iyatsiz kishi edi. U Nurjahon begimning avvalgi eri Sher Afkandan bo\u2019lgan qizi Lodila begimga uylanadi va butun faoliyati davomida Nurjahon begimdek tadbirkor ayolning qo\u2019lida qo\u2019g\u2019irchoqqa aylanadi. Nurjahon begim shahzoda Shahriyorni valiahdlikka tayinlash niyatida edi. Shuning uchun ham uning birodari shahzoda Xurram bilan munosabatlari keskinlashib ketadi. Nihoyat, Jahongir vafotidan so\u2019ng taxt da\u2019vosi bilan bosh ko\u2019targan shahzoda Shahriyorni Osafxon qattiq zarbaga uchratadi va uni asirga olib, ko\u2019ziga mil torttiradi.<\/p>\n\n\n\n<p>SHOH JAHON Shahzoda Xurram Jahongirning uchinchi o\u2019g\u2019li bo\u2019lib, 1592 yil yanvar oyida Loxurda tug\u2019iladi. U 1612 yilda 21 yoshida ya\u2019ni Nurjahonning akasi Osafxonning 19 yoshli Arjumand bonu nomli qiziga uylanadi. Nurjahonning otasi E\u2019timod-ud-Davla bilan Osafxon keyingi o\u2019n yil davomida saroyning eng yirik amaldorlari, shahzoda Xurramga yaqin turgan kishilar edi. Biroq, 1622 yilda E\u2019timod-ud-Davla vafot etgach, Nurjahon begim bilan shahzoda Xurram orasida zimdan adovat vujudga keladi. Bunga sabab, Nurjahon begimning niyati taxtga shahzoda Shahriyorni valiahd qilib tayinlatish edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Shahzoda Xurram o\u2019z kelajagi haqida taraddudlanib, 1622 yilda o\u2019z qaramog\u2019ida turgan nogiron akasi shahzoda Xusravni pinhona o\u2019ldiradi. Mana shu zaylda saroy ichida asta-sekin guruhbozlik avj olib, kundan-kun saltanatdan putur keta boshlaydi. Ana shunday vaziyatni ko\u2019pdan beri kutib turgan Eron shohi Shoh Abbos 1622 yilda to\u2019satdan Qandahorni qamal qiladi va 45 kunlik qamaldan so\u2019ng shaharni qo\u2019lga kiritadi. Jahongirshoh Qandahorni qaytarib olish maqsadida katta qo\u2019shin to\u2019plab, shahzoda Xurram boshchiligida Qandahorga yubormoqchi bo\u2019ladi. Lekin shahzoda Xurram bunday notinch vaziyatda Hindistondan uzoqlashishni istamay, Qandahorga borishdan bosh tortadi va tez kunda otasi Jahongirsohga qarshi qo\u2019zg\u2019olon ko\u2019taradi. Qandahor esa Eronga qo\u2019shib olinadi. Jahongirshohning tarixchisi uning Shoh Jahon haqidagi fikrini quyidagicha ifodalagan edi: \u201cShoh Jahon mening iltifotimga noloyiqdir, ishonchimni oqlamadi\u201d. Binobarin, taxt valiahdi qilib ikkinchi o\u2019g\u2019li shahzoda Parvezni, kichik o\u2019g\u2019li shahzoda Shahriyorni esa Qandahor uchun yuboriladigan qo\u2019shinga sarkarda etib tayinlagan edi. Biroq bu davrda Shoh Jahonning qo\u2019zg\u2019oloni tufayli bu yurish amalga oshmay qoladi. 1623 yil mart oyida Shoh Jahon Billochpurdagi jangda yengilib, Manduga va u yerdan Dekang qochadi. Shahzoda Parvez bilan Mahobatxon boshchiligidagi shoh qo\u2019shini uni ta\u2019qib qiladi. Shoh Jahon Dekandan Orissa orqali Bengaliyaga borib, Rajmahalni zabt qiladi va undan Patna tomon yurib, Biharni qo\u2019lga kiritadi. Bihardan yana qo\u2019shimcha kuch to\u2019plab, Ollohobodni qamal qiladi. Shu asnoda shoh qo\u2019shib yetib kelib, Shoh Jahon qo\u2019shinini tor-mor qiladi. Shoh Jahon qolgan qo\u2019shinini yig\u2019ib, Dekanga qochadi va u yerda Malik Ambarga qo\u2019shilib, Birxonpurni qamal qiladi. Shahzoda Parvez bilan Mahobatxon yaqinlashib kelgach, Shoh Jahon shaharni qamaldan bo\u2019shatib, ulardan kechirim so\u2019raydi. Shoh Jahon taslim bo\u2019lgach, uning tasarrufida bo\u2019lgan Raxtas va Asirgarh qo\u2019rg\u2019onlari g\u2019oliblar ixtiyoriga o\u2019tadi. Shuningdek, o\u2019zining ikki o\u2019g\u2019li \u2013 Doro Shukuh bilan Avrangzebni kafil tariqasida otasi Jahongirshoh ixtiyoriga topshiradi. Shundan so\u2019ng Shoh Jahonning gunohi kechirilib, Balagxat hokimligi unga topshiriladi. Biroq Shoh Jahonning qo\u2019zg\u2019oloni bostirilgan bo\u2019lishiga qaramay, mamlakatning iqtisodiy va siyosiy ahvoli tobora tanazzulga yuz tutmoqda edi. Chunonchi, saroydagi guruhbozliklar, fitnalar va nihoyat ota bilan o\u2019g\u2019il o\u2019rtasidagi kelishmovchiliklar mamlakatning ichki va tashqi mavqeiga salbiy ta\u2019sir ko\u2019rsatmoqda edi. Ayniqsa, Shoh Jahonning uch yildan ko\u2019proq davom etgan qo\u2019zg\u2019oloni bu jarayonni yanada tezlashtiradi. Jahongirshohning ta\u2019biricha, \u201cShoh Jahonning qo\u2019zg\u2019olonlari uning o\u2019z (kelajakda) saltanatining asosiga bolta urgan edi\u201d.<\/p>\n\n\n\n<p>Darhaqiqat, uch yildan ko\u2019proq davom etgan ichki g\u2019alayon va fitnalar natijasi o\u2019laroq, mamlakat o\u2019zining bir necha iste\u2019dodli lashkarboshilari-yu, jangovar qo\u2019shinlaridan ajraldi. Endilikda, hatto Qandahorni ham qaytarib olishga qurbi yetmay qoldi.<\/p>\n\n\n\n<p>Jahongirshohning salomatligi kundan-kun yomonlashardi. Davlat ishlarini Nurjahon begim boshqarardi. U o\u2019zining niyatlarini amalga oshirish maqsadida Jahongirshohga sodiq lashkarboshi Mahobatxonni saroydan chetlatib, Bengaliyaga jo\u2019natadi. Uning mol-mulkini ro\u2019yxatga oldiradi. Bundan norozi bo\u2019lgan Maxobatxon saltanatga qarshi bosh ko\u2019taradi. Bu voqeadan ko\u2019p o\u2019tmay, Jahongirshoh Nurjahon begim bilan birga poytaxtdan Kobulga qarab safar qiladi. Maxobatxon o\u2019zining rajputli qo\u2019shini bilan yo\u2019lga chiqib, shoh kofilasi (karvon)ni o\u2019rab oladi. Maxobatxonning barcha shartlari Jahongirshoh tomonidan nochor qabul qilinadi. Nurjahon begim Maxobatxonga qarshilik ko\u2019rsatmoqchi bo\u2019ladi, lekin kuchlar teng emasligiga ko\u2019zi yetgach, makr-hiyla yo\u2019lini qidiradi. Shoh karvoni Mahobatxon nazorati ostida Kobulga qarab yo\u2019l oladi. Kobulga kirilgach, Nurjahon begim Jahongirshohni Maxobatxon soqchilari qo\u2019lidan qutqarib olishga muvaffaq bo\u2019ladi va Kobul qo\u2019shinini Maxobatxonga qarshi qo\u2019yadi. Endi Maxobatxon uchun qochishdan boshqa iloji qolmaydi. U Kobuldan qochib, Dekanga borib, Shoh Jahonga qo\u2019shiladi. Ammo bu vaqtda Shoh Jahonning avholi achinarli tarzda bo\u2019lib, Eronga qochib o\u2019tish fikrida edi. Biroq keyingi voqealarning rivojlanishi uning so\u2019ngan umidlarini yana jonlantirib yuboradi. Chunonchi, 1626 yil oktabr oyida shahzoda Parvez to\u2019satdan vafot etadi. Kelasi yil, ya\u2019ni 1627 yilda Jahongirshoh Kashmirga sayohat qiladi va sayohatdan qaytayotganda yo\u2019lda 1627 yil oktabr oyida 22 yillik hukmronlikdan so\u2019ng 60 yoshida vafot etib Loxurda dafn etiladi. Bu xabarni eshitgan shahzoda Xurram taxtni egallash uchun Dekandan Agraga yo\u2019l oladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Shahzoda Xurram Dekandan Agraga yetib kelgunga qadar, uning qaynotasi Osafxon taxtga muvaqqat ravishda marhum shahzoda Xusravning o\u2019g\u2019li Dovar Baxshni o\u2019tqazadi. Shahzoda Shahriyorni esa ushlatib, ko\u2019ziga mil torttirib, ko\u2019r qiladi. Shahzoda Xurram 1628 yil fevral oyida Agraga kirib keladi va hech qanday qarshiliksiz taxtga o\u2019tiradi. Shahzoda Xurram taxtni o\u2019z tasarrufiga kiritgach, o\u2019zini \u201cShoh Jahon\u201d nomi bilan atashni buyuradi.<\/p>\n\n\n\n<p>Shoh Jahon saltanat tepasiga kelganda, imperiya iqtisodiy va siyosiy jihatdan ancha kuchsizlanib qolgan edi. Shoh Jahon oldida taqalib ketish xavfi tug\u2019ilayotgan imperiyani saqlab qolish, Dekan viloyatini batamom bo\u2019ysundirish va Qandahorni qaytadan qo\u2019shib olishdek ulkan va murakkab vazifalar turardi.<\/p>\n\n\n\n<p>Jahongirning vafotini eshitgan BALX HOKIMI NADR MUHAMMADXON Hindistondagi ichki ziddiyatlardan foydalanib, Kobulga hujum qilib, shaharni bir necha vaqt qamalda tutadi. Lekin Maxobatxon boshchiligidagi hind qo\u2019shinlari Kobulni ozod qilishga muvaffaq bo\u2019ladilar.<\/p>\n\n\n\n<p>Imperiyadagi ichki ahvolning nihoyatda mushkullashganligi, Eron bilan bo\u2019lgan munosabatlarini keskinlashishi va Kobuldagi voqealar Shoh Jahonga Buxoro xonligi va Balx hokimi bilan yaxshi do\u2019stona munosabatda bo\u2019lishni taqozo etadi. Binobarin, Shoh Jahon Buxoro xonligi bilan uzoq yillar mobaynida do\u2019stona munosabatni uzmadi.<\/p>\n\n\n\n<p>1636 yilda shoh Jahon 50 minglik qo\u2019shin bilan Dekang yurish qilib, Golkonda va Bijopurni imperiyaga bo\u2019ysundiradi. Ahmadnagacha bo\u2019lgan yerlarni ishg\u2019ol qiladi hamda o\u2019zining uchinchi o\u2019g\u2019li Avrangzebni Dekanga hukmron qilib, o\u2019zi poytaxtga qaytadi.<\/p>\n\n\n\n<p>1629 yilda Eron hukmdori Shoh Abbos vafot etgach, Eronda ichki feodal kurashlar kuchayadi. Ayniqsa, Turkiyaning Eronga qarshi uzluksiz hujumlari natijasi o\u2019laroq, Eron avvalgi qudratini yo\u2019qotadi. Turkiya-Eron janglaridan foydalangan Shoh Jahon Qandahor hokimiya o\u2019z saroyida katta lavozim va\u2019da qilib 1638 yilda Qandahorni Hindistonga qo\u2019shib oladi.<\/p>\n\n\n\n<p>BUXORO XONI NADR MUHAMMADNING (1642-1645) hukmronlik davri uzoq davom etmaydi. U Qashi viloyatida bo\u2019lgan vaqtida saroy a\u2019yonlaridan bir guruhi uning katta o\u2019g\u2019li Abdulazizni Xo\u2019jandda xon ko\u2019taradilar. Vaziyatning nihoyatda mushkullashganini sezgan Nadr Muhammadxon Balxga qochadi. Nadr Muhammadxonning o\u2019g\u2019illari uning so\u2019zini va buyruqlarini qabula qilmaydilar. U o\u2019g\u2019illarig qarshi kurashish maqsadida Shoh Jahondan yordam sorashga majbur bo\u2019ladi. \u201cTarixi Muqimxoniy\u201d muallifining yozishicha, Shoh Jahon esa Nadr Muhammadxonning Kobulga qilgan hujumlari uchun qasos olish, shuningdek, Balxni o\u2019z imperiyasiga qo\u2019shib olish uchun qulay fursatni qo\u2019ldan bermay, darhol \u201cyordam\u201d berishga qaror qiladi. Shoh Jahon o\u2019zining o\u2019g\u2019li shahzoda Murodbaxshni katta qo\u2019shinga boshliq tayinlab Balxga jo\u2019natadi. Oradan ko\u2019p vaqt o\u2019tmay hind qo\u2019shinlari Balxni zabt qiladi. Nadr Muhammadxon Eronga qochadi. Eron shohi Abbos II (1642-1667) Nadr Muhammadxonni yaxshi qabul qiladi. Faqat Balxni emas, hatto Buxoro taxtini qayta egallashga da\u2019vat qilib, bu ishda katta qo\u2019shin bilan yordam berajagini aytadi. Lekin Nadr Muhammadxon Eron qo\u2019shini bilan Buxoroga bostirib kirishni ma\u2019qul ko\u2019rmay, Abbos II ning taklifini qabul qilmaydi. Nadr Muhammadxon biror rejali qarorga kelaolmay, Eronda ikki yarim yil turib qoladi. 1645 yilda Shoh Jahon Balxdan shahzoda Murodbaxshni chaqirib olib, o\u2019rniga uchinchi o\u2019g\u2019li Avrangzebni hokim qilib tayinlaydi.<\/p>\n\n\n\n<p>Bu vaqtga kelib, Buxoro xoni Abdulazizxon katta qo\u2019shin to\u2019plab Balxni hind hukmronligidan ozod qilish uchun hozirlik ko\u2019rardi. Nihoyat 1645 yilda Abdulazizxon qo\u2019shinlari Balxni qamal qiladi va to\u2019rt oy davom etgan jangdan so\u2019ng hind qo\u2019shinlari shaharni tashlab chiqadilar. Abdulazizxon Balx hukmronligini ukasi Subxonqulixonga in\u2019om qilib, o\u2019zi Buxoroga qaytadi. Shunisi diqqatga sazovorki, hali hind qo\u2019shinlari Balxni tashlab chiqmay turib, Shoh Jahon Balx hokimligini Abdulazizxonga emas, balki darveshlikda yurgan uning otasi Nadr Muhammadxonga topshirishni afzal ko\u2019radi. Binobarin, uni Balxga chaqirtirgan edi. Biroq, Subxonqulixon Balxga qaytib kelgan otasi Nadr Muhammadxon bilan to\u2019qnashib qolib, uni yengadi. Endi hokimlikdan umidini uzgan Nadr Muhammdxon \u201cirodayi haj\u201d qilib Makkaga ketadi. Ammo Nadr Muhammadxon Makkaga yetib borolmaydi. U 1651 yilda Eronning Simnon shahriga yetganda vafot qiladi.<\/p>\n\n\n\n<p>1649 yil fevral oyida Qandahorni Eron qo\u2019shinlari bosib oladilar. Shoh Jahonning Qandahorni qaytarib olish maqsadida 1649 yil may oyida, 1652 yil va 1653 yil aprel oylaridagi qilgan harakatlari muvaffaqiyatsizlikka uchraydi. 1657-1660 yillar mobaynida Shoh Jahonning katta o\u2019g\u2019li valiahd Doro Shukuh bilan uchinchi o\u2019g\u2019li Avrangzeb o\u2019rtasida taxt uchun bo\u2019lgan qonli jangler Qandahorni uzoq vaqt eronliklar tasarrufida qolib ketishiga sabab bo\u2019ladi. Alqasos ul min-al-haq deganlaridek, Shoh Jahonning hukmronlik yillarining so\u2019nggilarida taxtni o\u2019z o\u2019g\u2019illaridan muhofaza qilish bilan o\u2019tadi. Nihoyat, 1658 yilda Avrangzeb otasi Shoh Jahonni asirga olib, uy qamog\u2019ida saqlaydi. Qarib qolgan Shoh Jahon kasalga chalinib, yig\u2019ining zo\u2019ridan ko\u2019zidan ham judo bo\u2019lib, 1666 yilda vafot etadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Xitoy tarixchisi Chen Xanshengning yozishicha, Shoh Jahon bobosi Akbarshoh vafot qilgan 13 yashar ekan. Bobosi uni nihoyatda yaxshi ko\u2019rarkan. Shoh Jahon o\u2019rta bo\u2019yli, qora ko\u2019zli, oq yuzlik, keng peshonali, o\u2019ng ko\u2019zida, barmoqlarida va chap oyog\u2019ida xoli bo\u2019lgan. U besh yoshidayoq savodi chiqib, kitob o\u2019qiy boshlagan. Fors tilida ravon gapirar hamda turk va hind tillarini ham o\u2019rganib olgan edi. U ichkilikni unchalik yoqtirmas, lekin qilichbozlik, ov qilish, she\u2019riyat, musiqa va go\u2019zal san\u2019atga juda qiziqqan. Har kuni o\u2019ziga atir sepib, atir hididan lazzatlanardi.<\/p>\n\n\n\n<p>Shoh Jahon tong saharda o\u2019rnidan turib, namozni o\u2019qigach, hukumat ishlari bilan shug\u2019ullanardi. Davlat ishlaridan bo\u2019shagach, qurilishlarni borib ko\u2019zdan kechirardi. Tushlik qilish uchun ichki o\u2019rdaga kirib, u yerda Mumtoz begim bilan ovqatlanardi. Kechqurun yana devonga chiqib odamlar bilan maslahatlashar va ularga o\u2019z amr-farmonlarini bergach, ichki o\u2019rdaga qaytib kirardi. Kechki taomdan so\u2019ng, xotinlarning ashulasini tinglashni yaxshi ko\u2019rardi. U o\u2019ringa kirib yotishi bilan parda orqasida qissaxon hozir bo\u2019lib, biror sayyohning safarnomasi, tarix yoki Muhammad payg\u2019ambarning tarjimai hollaridan o\u2019qib Berardi. Shoh Jahon uxlab qolguncha qissaxon qissa o\u2019qishdan to\u2019xtamasdi. Shoh Jahon bobosi Akbarshoh va otasi Jahongirshohga o\u2019xhamadi. U hind diniga va katolik diniga befarq qarardi.<\/p>\n\n\n\n<p>Shoh Jahon poytaxtni Agradan Dehliga ko\u2019chiradi. U 1639 yildan 1656 yilgach Dehlida \u201cqiziltosh qal\u2019a\u201d, o\u2019rda, bog\u2019lar, masjid va boshqa bir necha qurilishlarni vujudga keltiradi. Bir masjidning qurilishiga bir million rupiya sarflanadi. Uning taxti tarixda \u201cShoh Jahonning tovus monand taxti\u201d deb nom olgan bo\u2019lib, bu taxtning o\u2019sha davrdagi qiymati o\u2019n million rupiya deb belgilangan edi. Shoh Jahon marhum xotini Mumtoz Mahalning vasiyatiga ko\u2019ra, Agrada \u201cToj Mahal\u201d nomli maqbara qurdiradi. Bu maqbarani yaltiroq oq marmardan qurdiradi. Maqbara qurilishiga 20 ming ishchi jalb qilinib, 18 yilda qurilib tugallandi. Toj Mahalning qurilishiga 40 million rupiya mablag\u2019 sarflanadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Umuman, Shoh Jahon hukmronlik qilgan davrda qurilish inshootlari ko\u2019payib, xazinaga ancha zarar yetkazgan. Shuningdek, mamlakatni birlashtirish uchun olib borilgan urush harakatlari yuz millionlab mablag\u2019 sarflashni talab qilib, bu davrda mamlakatning iqtisodiy ahvoli ancha zaiflashgan edi. Zotan, ko\u2019pgina viloyatlarda, chunonchi, Gujarot, Panjob, Bengaliya va boshqa viloyatlarda vabo, ocharchiliklar bo\u2019lib, mehnatkash xalq yana og\u2019ir ahvolga duchor bo\u2019lgan edi.&nbsp; Ocharchilik va ofatning dahshati shunchalikki, odamlar it go\u2019shtidan hazar qilmaganlar. Odam suyagini yanchib, unga qo\u2019shib sotganlar. Mana shunday ahvollar albatta Shoh Jahonga saltanatni larzaga keltirmay iloji yo\u2019q edi. Buning ustiga Shoh Jahon hukmronligining so\u2019nggi yillarida uning o\u2019g\u2019illari o\u2019rtasida boshlanib ketgan taxt uchun kurashlar Shoh Jahon saltanatini inqirozga uchratdi.<\/p>\n\n\n\n<p>MUMTOZ MAHAL BEGIMNING asl nomi Arjumand bonu edi. Uning kelib chiqishi eronli bo\u2019lib, bobosi, ota-onasi kambag\u2019allik yuzasidan Akbarshoh davrda Erondan Hindistonga ko\u2019chib kelgan edilar. Arjumand bonuning bobosi Akbarsohh xizmatiga kiradi. Arjumand bonuning ammasi Nurjahon begim 1611 yilda Jahongirshohga turmushga chiqqach, Arjumand bonuning bobosi E\u2019timod-ud Davla bosh vazirlik lavozimiga ko\u2019tariladi. Otasi E\u2019tiqodxon \u2013 (keyinchalik) Osafxon saroy boshqaruvchisi lavozimiga belgilanadi. 1613 yilda 19 yoshli Arjumand bonu 21 yoshli shahzoda Xurramga (Shoh Jahon) turmushga chiqadi. O\u2019tkir aql-idrok sohibasi bo\u2019lmish Arjumand bonu tez kunda o\u2019zining tadbirkorligi, nozik tabiati, iffati va tengi yo\u2019q husni bilan saroy a\u2019yonlari o\u2019rtasida katta e\u2019tibor qozonadi. Xususan, Jahongirshoh kelini Arjumand bonuni nihoyatda e\u2019zozlardi. Shuning uchun bo\u2019lsa kerak, ko\u2019p o\u2019tmay Arjumand bonu saroyda Mumtoz Mahal begim (saroyning ko\u2019rki) nomi bilan atala boshlaydi.<\/p>\n\n\n\n<p>Jahongirshoh bilan shahzoda Xurramning oralarida chiqqan ayrim kelishmovchiliklarni Mumtoz Mahal hal qilishga kirishar va bu ishni uddasidan chiqardi ham. Shuning uchun har ikki tomonning iltifotiga sazovor bo\u2019lardi.<\/p>\n\n\n\n<p>Shoh Jahon 1628 yil fevral oyida taxtga o\u2019tirgach, yosh malika Mumtoz Mahal begim davlat ishlarida eriga yordamlashar va doim rejalik maslahatlari bilan erini to\u2019g\u2019ri yo\u2019lga boshladi. Binobarin, u saroyda shoh maslahatchisi va muhrdorlik lavozimlarini egallaydi. Mumtoz Mahal begim yaxshi kunlarda ham, harbiy safarlarda ham eriga vafodor hamroh va jafokash Hamdard bo\u2019lgan. Mumtoz Mahal begim 1631 yili navbatdagi safarlardan birida, Burhonpur shahrida o\u2019n to\u2019rtinchi farzandini tug\u2019ish asnosida 38 yoshida vafot etadi. Mumtoz Mahal begim hayot bilan vidolasharkan, eri Shoh Jahondan farzandlariga mehribon bo\u2019lishini, boshqa uylanmaslikni va nihoyat unga atab dunyoda tengi yo\u2019q hashamatli bir maqbara bunyoda ettirishni iltimos qiladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Shoh Jahon sevimli malikasi Mumtoz Mahal begimning vasiyatlarini bajaradi. Zotan, u keyingi 36 yillik umri davomida uylanmay o\u2019tadi. Munis, vafodor rafiqasining nomini abadiylashtirish maqsadida unga atab yaltiroq marmardan maqbara qurdiradi. Maqbaraga Mumtoz Mahalning boshiga qo\u2019yilgan toj ramzida \u201cToj Mahal\u201d deb nom beradi.<\/p>\n\n\n\n<p>Mumtoz Mahal begim o\u2019lim oldidan o\u2019z bolalari bilan vidolasharkan, Shoh Jahonning ahvolidan xabardor bo\u2019lib, unga g\u2019amxo\u2019rlik qilib turishni katta qizi Jahonoro begim zimmasiga yuklaydi.<\/p>\n\n\n\n<p>JAHONORO BEGIM Shoh Jahonning katta qizidir. 1614 yilda tug\u2019ilgan. Shoh Jahonning taxtga o\u2019tirish marosimida Jahonoro begim 14 yoshda edi. Shoh Jahon unga 40 ming dona yoqut javohirlar in\u2019om etib, yana yiliga 600 ming rupiya miqdorda nafaqa ham belgilagan edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Onasi Mumtoz Mahal begim vafot etganda Jahonoro begim o\u2019n yetti yoshda edi. Endilikda shoh oilasini boshqarish uning zimmasida edi. Shoh Jahonning qiziga bo\u2019lgan mehri yanada ortadi. U Mumtoz Mahal begimdan qolgan barcha boylik va mulklarni qiziga topshiradi. Oqila Jahonoro begim bilan akasi Doro Shukuh bir-birlariga o\u2019ta mehribon bo\u2019lib, ukasi Avranzeb esa bemehr va xudin edi. Jahonoro begim oilada aka-ukalarini, hatto otasi bilan ukasi Avrangzebning oralarida kelib chiqadigan mojarolarni ustalik bilan bartaraf qilishga mohir edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Jahonoro begim saroyda obro\u2019-e\u2019tibori ortaborib, asta-sekin onasi Mumtoz Mahal begimning mavqeini egallaydi. Uning jismi ismiga monand bo\u2019lib, husn-latofatda, aql-idrokda va ilmu odobda tabiat unga saxiylik qilgan edi. Jahonoro begim davlat ishlarini boshqarish, ichki va tashqi siyosat hamda diplomatiya masalalarida otasiga o\u2019zining jo\u2019yali maslahatlari bilan yordamlashardi. Unda bobokaloni Boburshoh kabi me\u2019morchilik va obodonchilikka katta qiziqish va havas bor edi. Binobarin, u Agradagi jome\u2019 masjidining tarxini tuzadi. Dehli, Surat, Ambola, Bahol va Panipat shaharlarida karvonsaroylar qurdiradi. Loxurda esa orombaxsh katta bog\u2019 barpo qildiradi. Jahonoro begim mamlakatdagi g\u2019arib-g\u2019urabo va faqirlarga moddiy yordam urushtirib, kambag\u2019allar uchun uy-joylar qurdiradi. Shuningdek, u Kashmisrda \u201cPari Mahal\u201d (\u201cParilar saroyi\u201d) nomli ajoyib bog\u2019 bunyod ettiradi. Shahdxonobodda esa Ali Mardonxon arig\u2019ini qazdirib, naqshinkor hovuz qurdiradi. Jahonoro begim ilm-fan bobida ham qalam tebratgani tarixdan ma\u2019lum. \u201cRisolayi sohibiya\u201d (\u201cDo\u2019stlik haqida risola\u201d) nomli asar uning qalamiga mansubdir.<\/p>\n\n\n\n<p>1658 yilda Avrangzeb taxt talashib, o\u2019z akasi Doro Shukuhni mag\u2019lubiyatga uchratib, ukasi Murod Baxshni zindonga tashlaydi. Bemor, hasta otasi Shoh Jahonni asirga olib, Agradagi qizil tosh saroydagi qamoqda saqlaydi. Ukasi Avrangzebning hatti-harakatlaridan norozi bo\u2019lgan Jahonoro begim mamlakatni aka-ukalar o\u2019rtasida taqsimlashni, jumladan Doro Shukuhga \u2013 Panjobni, Murod Baxshga \u2013 Gujarotni, Shoh Shuj\u2019oga \u2013 Bangolani, Avrangzebning katta o\u2019g\u2019li Muhamamd Sultonga \u2013 Dekanni bo\u2019lib berishni maslahat beradi. Ammo Avrangzeb qabul qilmaydi.<\/p>\n\n\n\n<p>Aka-ukalarning, ota-bolaning va do\u2019stlarning orasiga tushgan nizo va ularning fojiali qismati Jahono begimni qattiq iztirobga solidi. Dilxasta malika dunyo ishlaridan qo\u2019l yuvib, otasiga xizmat qilish bilan o\u2019ziga taskin beradi. U 1658 yildan 1666 yilgacha bemor otasi xizmatida bo\u2019ldi. 1666 yilda Shoh Jahon g\u2019aribliqda, Toj Mahal maqbarasidan ko\u2019z uzmay, qizi Jahonoro begim qo\u2019lida hayotgan ko\u2019z yumadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Jahonoro begim 1681 yilda oltmish yetti Yoshida vafot etadi. Garchi, u shoh qizi bo\u2019lsa-da, tabiatan kamtar va oliy himmatliligi tufayli boylik hamda shon-shuhratlarga qiziqmaydi. Har holda o\u2019zining vasiyatiga muvofiq bo\u2019lsa kerak, uning qabriga qo\u2019yilgan oddiy qabr toshiga: \u201cMening qabrimni yashil maysalar qoplasin, zero bir g\u2019arib ojiza uchun yashil maysaning o\u2019zi kifoyadir\u201d, degan so\u2019zlar yozib qo\u2019yilgan.<\/p>\n\n\n\n<p>DORO SHUKUH Shoh Jahonning katta o\u2019g\u2019li bo\u2019lib, u 1616 yilda Mumtoz Mahal begimdan tug\u2019ilgan. Doro Shukuh Ollohobod, Panjob va Mo\u2019ltonda hukmronlik qilgan, uning ixtiyorida 40 ming otliq askar bor edi. Shoh Jahon Doro Shukuhni o\u2019zining valiahdi qilib tayinlangan edi. Binobarin, u hukmron sifatida harakat qilardi. Shoh Jahon Doro Shukuhni juda yaxshi ko\u2019rardi. Shuning uchun bo\u2019lsa kerak, u erka o\u2019sib, harbiy salohiyati past va davlat boshqarishda unchalik uquvi yo\u2019q edi. U garchi, bir necha janglarda ishtirok qilgan bo\u2019lsa-da, o\u2019z atrofidagi kishilarning kayfiyatini chuqur imtihondan o\u2019tkazish, ularni og\u2019ir paytlarda ahvoli ruhiyasini sinash kabi mulohazalardan yiroq edi. U hatto o\u2019z qo\u2019l ostidagi qo\u2019shinning ahvolidan bevosita xabardor bo\u2019lolmasdi. Uning loqayd va kaltabinligi shu darajada ediki, hatto o\u2019ziga berilgan viloyatlarni ham o\u2019zi boshqarmas, balki uning yordamchilari boshqarar edilar.<\/p>\n\n\n\n<p>Shoh Jahon so\u2019nggi yillarda kasalga chalinib, ko\u2019rpa-to\u2019shak qilib yotib qoladi. Binobarin, saltanat ishlarini Doro Shukuh olib borar va shu yo\u2019sin bilan o\u2019z mavqeini mustahkamlayotgan edi. Shuningdek, barcha viloyat hokimlarini yangidan tayinlab, o\u2019zgartirishga qaror qilgan edi. Shoh Jahonning kasalligidan foydalangan shahzodalar \u2013 Shoh Shuj\u2019o, Avrangzeb va Murod Baxshlar o\u2019z akalari Doro Shukuhga qarshi o\u2019zaro ittifoq tuzib, jangga otalanadilar.<\/p>\n\n\n\n<p>1657 yil noyabr oyining o\u2019rtalarida Shoh Jahon biroz tuzalgandek bo\u2019ladi. Ammo inqiroz chuqurlashib qolgan edi. Bundan keyingi voqealar yashin tezligida rivojlana bordi. Mazkur yilning dekabrida Ollohobodda Murod Baxsh Shoh Shuj\u2019o esa Bengaliyada o\u2019zlarini podshoh deb e\u2019lon qiladilar. 1658 yil mart oyida Avrangzeb o\u2019z qo\u2019shini bilan Burxonpurdan chiqib, Narbodga o\u2019tadi. Murod Baxsh esa qo\u2019shini bilan Ujayna yaqiniga kelib, Avrangzebga qo\u2019shiladi. Ushbu uchrashuvda Avrangzeb bilan Murod Baxsh o\u2019rtasida tantanali bitim imzolanadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Aka-ukalar o\u2019rtasidagi o\u2019zaro birinchi to\u2019qnashuv 1658 yil 14 fevralda Banoras yaqinidagi Bahodirpurda sodir bo\u2019ladi. Valiahd Doro Shukuh ukalari Avrangzeb va Mrod Baxshga qarshi Qosimxon hamda roja Jasvan Singh boshchiligidagi qo\u2019shinni yuboradi. Doro Shukuhning 35 minglik qo\u2019shini bo\u2019lsa-da, biroq qo\u2019shin orasida hamjihatlik yo\u2019q edi. Zotan, jang asnosida Qosimxon Jasvan Singhga hech qanday ko\u2019mak bermaydi. Natijada Doro Shukuhning qo\u2019shini Avrangzebning birinchi hamlasidayoq parokandalikka uchrab, tarqalib ketadi.<\/p>\n\n\n\n<p>1658 yil 29 mayda Agra yonidagi Samugarxda eng katta hal qiluvchi jang bo\u2019ladi. Bu jangda Doro Shukuh 50 minglik qo\u2019shinga o\u2019zi qo\u2019mondonlik qiladi. Biqo mazkur qo\u2019shin turli-tuman harbiy bo\u2019linmalardan tashkil topgan edi. Binobarin, rajputlar hamda Doro Shukuhning shaxsiy bo\u2019linmalaridan boshqa bo\u2019linmalarga ishonib bo\u2019lmasdi. Chunonchi, Doro Shukuhning e\u2019tiborli amirlaridan biri Xalilulloxon hang boshlanmasdanoq Avrangzebga sotilib ketadi. Jang Doro Shukuhning mag\u2019lubiyati va Avrangzebning g\u2019alabasi bilan yakunlanadi. Doro Shukuh qo\u2019shinidan o\u2019n mingdan ortiq kishi jang maydonida qirilib ketadi. Halok bo\u2019lganlar orasida Doro Shukuhning bir necha yetuk sarkardalari, jumladan 9 rajput va 19 musulmon sarkardalari bor edi. Mazkur jang taxt uchun kurashning hal qiluvchi yakuni bo\u2019ladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Samugarh jangidan so\u2019ng Doro Shukuh Panjobga qochadi. 1658 yil iyun oyida Avrangzeb poytaxt Agraga kiradi va otasi Shoh Jahonni asir olib, uy qamog\u2019iga solidi. Shundan so\u2019ng Avrangzeb ittifoqchisi, ukasi Murod Baxshni ham ushlatib zindonga tashlaydi.<\/p>\n\n\n\n<p>Doro Shukuh o\u2019ziga tobe\u2019 oz sonli askarlari bilan bir necha oygacha Bias daryosi qirg\u2019oqlarida jon saqlaydi. Avrangzeb har xil makr-xiylalar ishlatib, Doro Shukuh askarlari orasida nizo chiqarishga muyassar bo\u2019ladi. Natijada Doro Shukuh Lohurni tashlab Mo\u2019ltonga, u yerdan Sindga, keyinchalik Gujarotga qochadi. Bu paytda Roja Jasvant Singh Doro Shukuhga yordam berish istagini bildirgan edi. Biroq Avrangzeb Roja Jay Singh yordami bilan Roja Jasvant Singhni o\u2019ziga og\u2019dirib oladi.<\/p>\n\n\n\n<p>1659 yil mart oyida Avrangzeb Doro Shukuh qo\u2019shinining orqa tomonidan o\u2019tib, qattiq zarba baeradi. Bu muvaffaqiyatsizlikdan so\u2019ng Soro Shukuh Ahmadobodga borib, u yerda Qandahor orqali Eronga o\u2019tish maqsadida Sindga chekinadi. Doro Shukuh belujlarning Dadar viloyatining sultoni Malik Jevondan boshpana so\u2019raydi. Zero, bir vaqtlar Doro Shukuh Malik Jevonning hayotini saqlab qolgandi. Endilikda o\u2019zining boshiga og\u2019ir kun tushganda uning sadoqatiga umid bog\u2019lagan edi. Ammo Malik Jevon nonko\u2019rlik qilib, Doro Shukuhni ushlab, Avrangzeb kishilariga topshiradi. 1659 yil 30 avgustda Doro Shukuh qatl qilinib, kesilgan boshni laganga solib, qamoqda bemor yotgan Shoh Jahonga kiritadilar.<\/p>\n\n\n\n<p>Doro Shukuhning o\u2019g\u2019li Sulaymon Shukuh 1658 yilda Garxvil rojasining huzuriga qochib borgan edi. Biroq 1660 yilda Avrangzeb odamlari tarafidan qo\u2019lga olinib, Gvalior qal\u2019asiga qamaladi. U yerda Avrangzebning buyrug\u2019iga binoan shahzoda Sulaymon Shukuhga asta-sekin ta\u2019sir qiluvchi zahar berilib, natijada 1662 yilda qamoqda vafot qiladi.<\/p>\n\n\n\n<p>SHOH SHUJ\u2019O Shoh Jahonning ikkinchi o\u2019g\u2019li bo\u2019lib, 1617 yilda Mumtoz Mahal begimdan tug\u2019ilgan. Shoh Jahon bu o\u2019g\u2019liga Bengaliya viloyatining hokimligini in\u2019om qilgan edi. Shoh Shuj\u2019o Bengaliyada 17 yil hukmronlik qildi. Shoh Shuj\u2019o tabiatan yalqov va dangasa kishi edi. Garchi gohida g\u2019ayrati jo\u2019sh urib, katta ishlarga bel bog\u2019lasa-da, biroq ko\u2019zlagan ishini oxirigacha olib boraolmas edi.<\/p>\n\n\n\n<p>1658 yil 14 fevralda aka-uka shahzodalar o\u2019rtasida birinchi o\u2019zaro urush boshlanib ketadi. Bu jang Banoras yaqinidagi Bahodirpurda bo\u2019lib, Doro Shukuh o\u2019z o\u2019g\u2019li Sulaymon Shukuh boshchiligidagi yirik qo\u2019shinni ukasi Shoh Shuj\u2019o qo\u2019shiniga qarshi tashlaydi. Shahzoda Sulaymon Shukuh jangda g\u2019olib kelib, amakisi Shoh Shuj\u2019o qo\u2019shinini mag\u2019lubiyatga uchratadi. Shoh Shuj\u2019o jang maydonidan qochib Ollohobod tomonga borib jon saqlaydi va yangidan qo\u2019shin yig\u2019ib Agraga yurmoqchi bo\u2019ladi. Ammo 1659 yil 5 yanvarda Xajvda bo\u2019lgan jangda Avrangzeb o\u2019zining ittifoqchisi bo\u2019lgan kichik akasi Shoh Shuj\u2019o Xajvdagi jangda ukasi Avrangzebdan yengilib mag\u2019lubiyatga uchragach, qoldiq qo\u2019shinlari bilan Bengaliyaga ketadi. Ammo Avrangzeb Shoh Shuj\u2019oni ta\u2019qib qilishni o\u2019zining katta o\u2019g\u2019li Muhammad Sulton bilan saroy bosh vaziri Mir Jumlaga topshiradi. Shoh Shuj\u2019o jiyani Muhammad Sulton bilan maxfiy ravishda muzokara yuritib, o\u2019z qizi Gulruh begimni Muhammad Sultonga xotinlikka berishni va\u2019da qiladi. Lekin shoh qo\u2019shiniga qo\u2019mondonlik qiluvchi Mir Jumla Shoh Shuj\u2019oning qarorgohi Tandani o\u2019rab, xavf ostida qoldiradi. 1660 yil may oyida Shoh Shuj\u2019o o\u2019z oilasi va qirq nafar navkarlari bilan Bengaliyadan chiqib, Birma chegarasidan o\u2019tib, Arakan o\u2019rmoniga qochib boradi. Keyinchalik gollandiyaliklarning ma\u2019lumotiga qaraganda, 1661 yili Shoh Shuj\u2019o va uning bola-chaqalari Arakandagi mahalliy Magh qabilasi tomonidan o\u2019ldirib yuborilgan.<\/p>\n\n\n\n<p>MUROD BAXSH Shoh Jahonning to\u2019rtinchi kenja o\u2019g\u2019li bo\u2019lib, 1621 yilda Mumtoz Mahal begimdan tug\u2019ilgan. Shoh Jahon Murod Baxshga Gujarot hokimligini in\u2019om qilgan edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Murod Baxsh akasi Shoh Shuj\u2019odan farqli o\u2019laroq, g\u2019ayratli bo\u2019lsa-da, biroq huzur-halovat va kayf-safoning ketidan quvgan, nodon kishi edi. U qanchalik shijoatli bo\u2019lmasin, akasi Avrangzebning hiyla-nayranglari qarshisida dosh berolmasdi. Uning bemulozahaza xatti-harakatlari o\u2019zi uchun ham, saltanat uchun ham foyda keltirmasdi.<\/p>\n\n\n\n<p>1657 yilda Murod Baxsh kichik akasi Avrangzebni makriga uchrab akasi Doro Shukuhg qarshi kurashishg jazm qiladi. Bu paytd otasi Shoh Jahon kasal yotardi. Murod Baxsh akalari Shoh Shuj\u2019o va Avrangzeblar bilan ittifoq tuzadi. 1657 yil dekabr oyida Ollohobodda Murod Baxsh o\u2019zini podshoh deb e\u2019lon qiladi. 1658 yil mart oyida Avrangzeb o\u2019z qo\u2019shini bilan Burxonpurdan chiqib Narbodga keladi. Murod Baxsh ham o\u2019z qo\u2019shini bilan Ujayna yaqinida Avrangzebga qo\u2019shiladi.<\/p>\n\n\n\n<p>1658 yil 15 aprelda Doro Shukuh o\u2019zining 35 minglik qo\u2019shiniga roja Jasvant Singh va Qosimxonni sarkarda tayinlab, Avrangzeb va Murod Baxshga qarshi yuboradi. Har ikki tomonning qo\u2019shinlari Ujayna yaqinida bir-bilari biln to\u2019qnashadilar. Biroq Doro Shukuh qo\u2019shinida hamjihatlik yo\u2019q edi. Binobrin, jang Doro Shukuhning mag\u2019lubiyati bilan tugaydi.<\/p>\n\n\n\n<p>1658 yil 29 mayda hal qiluvchi eng katta jang Agra yonidagi Samugarxda bo\u2019lib o\u2019tadi. Bu jangda garchi Doro Shukuh 50 minglik qo\u2019shinga shaxsan o\u2019zi qo\u2019mondonlik qilgan bo\u2019lsa-da, biroq uning amirlaridan ayrimlari jang boshlanmasdanoq Avrangzeb va Murod Baxsh bilan til biriktirgan edilar. Shu bois jang natijasi Doro Shukuhning batamom mag\u2019lubiyati va ittifoqchilarning g\u2019alabasi bilan yakunlanadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Keyingi voqealar o\u2019z-o\u2019zidan rivojlana boradi. Samugarh jangidan so\u2019ng, 1658 yil iyun oyida Avrangzeb Agraga kirib, taxtni egallaydi. Shu oyning o\u2019zidayoq ukasi Murod Baxshni ham ushlatib zindonga tashlaydi. Murod Baxsh Gvalior zindonida uch yil azob-uqubatda kun kechiradi. Nihoyat, 1661 yilda Avrangzebning buyrug\u2019i bilan Murod Baxshning boshi kesiladi. U 41 yoshida olamdan o\u2019tadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Abu Zafar Muhiyiddin Muhammad Avrangzeb Olamgir.<\/p>\n\n\n\n<p>Avrangzeb Shoh Jahonning uchinchi o\u2019g\u2019li bo\u2019lib, 1619 yil 24 sentabrda (1028 yil 15-zulqa\u2019da oyida) tug\u2019ilgan. Onasi Mumtoz Mahal begimdir. Avrangzeb yoshligidanoq aka-ukalariga nisbatan ancha qobiliyatli, sovuqqon, uddaburon, hiyla va nayrang ishlatishga mohirligi bilan ajralib turardi. U yoshligidanoq dindorlik bilan nom chiqarishga harakat qilar va riyokorlik bilan \u201cumrimni ibodat bilan o\u2019tkazmoq uchun Makkatilloga borib, bu foniy dunyo ishlaridan qo\u2019l yuvaman\u201d, deb yurardi. U oddiy xalq ko\u2019ziga o\u2019zini avliyo qilib ko\u2019rsatardi. Zotan, Avrangzeb o\u2019qimishli va bilimdon kishi bo\u2019lib, Qur\u2019onni yoddan bilar, talaygina g\u2019azalarni yoddan o\u2019qir, o\u2019zi ham g\u2019azallar yozardi. Ammo qattiqqo\u2019l, kuchli, irodali, birovning haqida qo\u2019qmaydigan, qon to\u2019kishni oddiy bir zarurat deb biluvchi toshbag\u2019ir kishi edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Otasi Shoh Jahon 1636 yilda Avrangzebni Dekan viloyatiag hokim qilib tayinlaydi. 1644 yilda Avrangzeb otasi Shoh Jahonga qarshi harakat boshlaydi. Shoh Jahon bu isyonkor o\u2019g\u2019lini Dekan hokimligidan azl qilib, Balx viloyatida turgan qo\u2019shinlarga boshliq qilib jo\u2019natadi. Keyinchalik Gujarot va u yerda Badaxshonga yuboradi. 1652 yilda Avrangzeb yana Dekan viloyatiga hokim qilib tayinlanadi.<\/p>\n\n\n\n<p>1656 yil fevralda Avrangzeb Golkonda bekligiga qarshi urush boshlaydi. 1657 yilda Bijopur bekligini qo\u2019shib olish uchun otasi Shoh Jahonga hiyla ishlatadi. Chunonchi, 1656 yil noyabr oyida Bijopurning hukmdori Muhammad Odilshoh vafot etadi. Uning o\u2019rniga marhumning yosh o\u2019g\u2019li Ali Odilshoh II keladi. Avrangzeb mazkur yosh hukmdor haqida Shoh Jahonga shunday xabar yo\u2019llaydi: \u201cGo\u2019yo Bijopurning hozirgi hukmdori Ali Odilshoh II marhum Muhammad Odilshohning o\u2019g\u2019li emas, balki kelib chiqishi noma\u2019lum, faqat u marhum hukmdorning haramida tarbiyalangan, xolos\u201d.<\/p>\n\n\n\n<p>Shoh Jahon Bijopur masalasini hal qilishni Avrangzebgning ixtiyoriga topshiradi. Bundan foydalangan Avrangzeb Bidorni zabt qiladi va Bijopurga tajovuzkorona hujum boshlaydi. Bijopur sulton Ali Odilshoh II Dehli bilan muzokara boshlaydi. Shoh Jahon bu masalani adolatli hal qilishni katta o\u2019g\u2019li Doro Shukuhga topshiradi. Doro Shukuh ishni mufassil tekshirib ko\u2019rib, masalani Sulton Ali Odilshoh II foydasiga hal qiladi. Shoh Jahon Bijopurga qarshi urush harakatlarini darhol to\u2019xtatish haaqida Avrangzebga farmon yuboradi. Avrangzeb Bijopur sultoni bilan sulh tuzib, orqaga qaytishga majbur bo\u2019ladi. Mana shu voqeadan so\u2019ng ko\u2019p o\u2019tmay Shoh Jahon kasal bo\u2019lib yotib qoladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Temuriy shahzodalarning orasida taxt uchun kurash tasodifiy hole mas, balki odat tusiga kirib qolgan edi. Biroq Shoh Jahonning farzandlari o\u2019rtasida vujudga kelayotgan taxt uchun o\u2019zaro kurash qonli urushlarga aylanib ketdi. Chunki ularning harbiy kuchlari bir-biridan kame mas, boz ustiga saroy a\u2019yonlari guruhlarga bo\u2019linib, har bir guruh bir shahzoda tomonida turardi.<\/p>\n\n\n\n<p>Garchi asli nomi Muhiyiddin Avrangzeb (taxt bezagi, taxt yarashig\u2019i) bo\u2019lsa-da, taxtga o\u2019tirgach, o\u2019zini Abu Zafar Muhiyiddin Muhammad Avrangzeb Olamgir deb e\u2019lon qiladi. Binobarin, tarixda \u201cAvrangzeb Olamgir\u201d nomi bilan mashhurdir.<\/p>\n\n\n\n<p>Avrangzebning hukmronlik davri (1658-1707) Hindistonda boburiylar saltanati quyoshning qiyimga chiqqan davri bo\u2019ldi. Agar ramziy ma\u2019noda taqqoslansa \u2013 boburiy saltanatning mezanasiga o\u2019rnatilgan hilol oy \u2013 14 kunlik to\u2019lin oyga aylangan edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Avrangzeb taxtga o\u2019tirgach, o\u2019z hokimiyatini kengaytirish uchun to\u2019xtovsiz jangler olib bordi. Avrangzebning hukmronlik davrini tarixchilar ikki faslga bo\u2019ladilar. Birinchi fasl 1658-1681 yillar bo\u2019lib, Avrangzebning diqqat markazida asosan g\u2019arbi-shimoliy va sharqi-shimoliy Hindistondagi voqealar turardi. Avrangzeb bu yerda rajputlrga qarshi jangler olib borish va shimoliy Hindistonning sharqiy va g\u2019arbiy chegaralarini mustahkamlashga harakat qiladi. Uning hukmronligining ikkinchi fasli \u2013 1682-1707 yillarda esa, u asosan o\u2019z diqqatini mamlakatning janubiy qismidagi voqealarga qaratadi. Zotan, bu yerda Shivadji maratxlar davlatini tuzgan edi. Bu davlat aslida 1674 yilda rasman mustaqil deb e\u2019lon qilingan bo\u2019lsa-da, Avrangzeb saltanatiga tinchlik bermas edi. Binobarin, Avrangzeb o\u2019z hukmronlik davrining ikkinchi pallasid, eng yaxshi harbiy sarkardalari va saroy a\u2019yonlari bilan janubda yashashga majbur bo\u2019ladi. Chunki bu yerda muhim voqealar sodir bo\u2019layotgan edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Avrangzeb o\u2019zining 49 yillik hukmronlik davrida, ota-bobolari kabi me\u2019morchilik, qurilish, adabiyot va san\u2019at rivoji uchun qayg\u2019urmadi. Akbarshohning dinlar tengligi siyosatiga amal qilmadi. U islom dinidan boshqa dinni va sunna mazhabidan boshqasini tan olmadi. Uning rahbarligida Hindistond \u201cShar\u2019iy fatvolar majmuasi\u201d yaratilib, unga \u201cFaravoiy Olamgiriy\u201d deb nom berildi. Bundan keyingi adolatli sud ishlari mazkur qonunlar to\u2019plami asosida olib boriladigan bo\u2019ldi.<\/p>\n\n\n\n<p>Avrangzeb hind xalqining boshiga ko\u2019p kulfatlar soldi. U 1679 yilda msulmon bo\u2019lmagan xalqlarga solinadigan \u201cJuz\u2019i jon\u201d solig\u2019ini qaytadan joriy qildi. Hind xalqining ibodatxonalaridagi oltin va kumush jihozlarini xazina (baytulmom) foydasiga tortib olib, ibodatxona binolarini esa masjidga aylantirdi. Masalan, Udaypur va Chitorning o\u2019zida 200 ibodatxona buzib tashlangani tarixdan ma\u2019lum. 1665 yilda boj to\u2019lovi haqida farmon e\u2019lon qilinadi. Farmonga muvofiq musulmon savdogarlaridan 2.5 foiz, hindi savdogarlaridan 2.5 foiz, hindi savdogarlaridan esa 5 foiz boj olish qonun bilan tasdiqlangan edi. 1669 yil Avrangzeb barcha viloyat hokimlariga musulmon bo\u2019lmagan aholining hamma maktab va ibodatxonalarini buzib tashlashga farmon beradi. 1671 yilda barcha mahkamalarda ishlovchi kotiblar va boshqa xizmatchilar musulmonlardan bo\u2019lishi lozimligi haqida ko\u2019rsatma bergan edi. Biroq, kotiblar hindlardan bo\u2019lmasligi mumkin emasligi ma\u2019lum bo\u2019lgach, yarim hindlardan, yarmi musulmonlardan bo\u2019lishi haqida qo\u2019shimcha farmon beriladi. 1695 yilda rajputlardan tashqari barcha hindlarning taxtiravonda, fil va zotli otlarga minib yurishi shuningdek, qurolga ega bo\u2019lishi man etiladi. Avrangzebning bunday ichki siyosati mamlakatda juda katta noroziliklarga olib keldi. Tinimsiz jangu jadallarda tinkasi qurigan xaalq uchun bu farmonlar og\u2019ir yuk edi. Binobarin, mamlakatning har yer-har yerida xalq qo\u2019zg\u2019olonlari, hokimlar fitnasi va amaldorlar isyoni ko\u2019tarila boshladi. 1690 yilga kelganda Avrangzeb saltanati o\u2019zining eng yuqori pog\u2019onasiga chiqqan edi. Go\u2019yo butun Hindiston mamlakati Avrangzeb oyog\u2019i ostida turgandek edi. Biroq haqiqatni olganda hamma narsa qo\u2019ldn ketgan, mamlakatda boburiylaar saltanati inqirozga yuz tuta boshlagan edi. Mamlakatda rajputlar, maratxlar qo\u2019zg\u2019oloni avjga chiqdi. Hatto Avrangzebning to\u2019rtinchi o\u2019g\u2019li Muhammad Akbar ham rajputlar tomoniga o\u2019tib, 1681 yil yanvar oyida o\u2019zini podshoh deb e\u2019lon qiladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Avrangzeb 49 yil hukmronlikdan so\u2019ng, 1707 yilda 89 yoshida Ahmadobod shahrida vafot etadi. \u201cTazkirat-ul-havotun\u201d nomli asarda yozishicha, Avrangzebning besh o\u2019g\u2019li va besh qizi bo\u2019lgan. O\u2019g\u2019illari \u2013 Muhammad Sulton, Muazzam Shoh (keyinchalik Bahodirshoh), A\u2019zam Shoh, Muhammad Akbar va Kom Baxsh, qizlari \u2013 Zubdatniso, Zebunniso, Ziynatniso, Badriniso va Mehrinisolardir.<\/p>\n\n\n\n<p>ZEBUNNISO BEGIM- Boburning pannevarasi, Abu Zafar Muhiyiddin Muhammad Avrangzeb (taxt bezagi) Olamgirning qizidir. Uning onasi Dilrasbonu begim Shohnavozning qizi bo\u2019lib, Boburning Gulbadan ismli qiziga borib tutashadi. Zebunniso begim 1639 yil fevral oyida (1048 yil, shavvol oyi) Dehlida tug\u2019ilgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Zebunniso begim o\u2019z zamonasining fozila ayollaridan Hafiza Maryam qo\u2019lida savod chiqargan. Avrangzeb Zebunniso begimning shoirlik iste\u2019dodini sezgach, unga o\u2019z davrining yetuk olimlarida Mullo Muhammad Ashraf Isfaxoniy va Mullo Jevonni Muallim qilib tayinlaydi. Zebunniso begim zabardast shoira, yetuk olima, tanbur chertuvchi usta sozanda va mohir hattor bo\u2019lib yetishadi. Arab va fors tillarining sarfu nahf (morfologiya va sintaksis)ini, fiqh (qonunshunoslik), mantiq, falsafa, tarix fanlarini puxta o\u2019zlashtiradi. U nasta\u2019liq, nash va shikasta xatlarini zo\u2019r mahurat bilan yozgan. Shu bois Qur\u2019onni bir necha marotaba husnixatda ko\u2019chirgan va yoddan qiroat bilan o\u2019qigan.<\/p>\n\n\n\n<p>Zebunniso begimning chiroyli bir devoni bo\u2019lgan. Yana tasavvuf falsafasiga oid \u201cMunis ul-arvoh\u201d nomli asari ham bor. Tafsir sohasida 769 varaqli qo\u2019lyozmadan iborat \u201cZab at-tafosir\u201d (Go\u2019zal tafsirlar)ni yozadi. Bundan tashqari, ilohiyotga oid \u201cZeb an-nashaot\u201d nomli asar yozib, uni ustoziga bag\u2019ishlaydi. Shuningdek, Hindiston musulmonlari orasida dasturulamal bo\u2019lib qolgan \u201cFatavoyi Olamgiriy\u201d (\u201cShariat qonunlari majmuasi) nomli asarni fors tiliga tarjima qildiradi. Zebunniso begim oliy himmatli va saxovatli bo\u2019lgan. U o\u2019z zamonasining olimlari, shoirlari va san\u2019at ahllariga g\u2019amxo\u2019rlik va homiylik qilgan, xullas ilm va fanning rivojiga muhim hissa qo\u2019shgan. Zotan, \u201cOlami islom\u201d tazkirasida qayd etilgan \u201cOtasi Avrangzeb hukmdorlik bilan qozonaolmagan shuhratni, Zebunniso begim ilm va odob bilan qo\u2019lga kiritdi\u201d, iborasi fikrimizning dalilidir.<\/p>\n\n\n\n<p>Zebunniso begim umrining oxirigacha juftlikni ixtiyor qilmadi. \u201cMuntahabut-tavorix\u201d muallifining yozishicha, Zebunniso begim kunlarda bir kun opasinikiga mehmon bo\u2019lib boradi. Ittifoqo, opasining to\u2019lg\u2019oq tutib, qattiq azob chekim, o\u2019lim bilan olishayotgan paytiga to\u2019g\u2019ri keladi. Shunda Zebunniso begim, agar juftlikning oqibati shu bo\u2019lsa, dunyodan toq o\u2019tganim bo\u2019lsin, &#8212; deb ahd qilgan ekan. Ko\u2019pgina tarixiy asarlarning guvohlik berishicha, Zebunniso begim yoshligida Oqilxon Roziy ismli shoir tabiat bir yigitga ko\u2019ngil beradi. Oqilxon Roziy ham Zebunniso begimga ishqiy misralar yo\u2019llab turgan. Ammo Oqilxon Roziyning qaysi bir jihati shoh Avrangzebga ma\u2019qul kelmas, binobarin, oshiq-ma\u2019shuqlarning pinhona uchrashuvlarini ta\u2019qib ostiga oladi. Rivoyatlardan birida aytilishicha, kunlardan bir kun Zebunniso begim bilan Oqilxon Roziy bog\u2019da uchrashib turganlarida, tasodifan Avrangzeb boqqa kirib keladi. Darhol oshiq-ma\u2019shuqlar o\u2019zlarini panaga olishadi. Bog\u2019ning bir chetida katta ziyofatlar uchun qazilgan yer o\u2019choqqa o\u2019rnatilgan katta doshqozon mis qopqog\u2019i bilan turar edi. Oqilxon Roziy shoh g\u2019azabidan cho\u2019chib, ana shu qozon ichiga tushib olib, ustidan qopqoqni yopadi. Shoh Avrangzeb Oqilxon Roziyning berkinganini ko\u2019rib qoladi va to\u2019g\u2019ri kelib qozon qopqog\u2019ining ustiga chiqadi va bakovulini chaqirib, o\u2019choqqa olov yoqishni buyuradi. O\u2019choqqa olov yoqilib, qozon qiziydi, qopqoq ostidan jizg\u2019anak hid bilan tutun chiqadi-yu, ammo hech qanday nido eshitilmaydi. Avrangzeb qopqoqdan tushib, bakovulga qopqoqni ochishni buyuradi. Qopqoq ochilganda qozon ichida yarim qoraygan Oqilxonning jasadi ko\u2019rinadi. Ikkinchi bir rivoyatda, ko\u2019zoynakli ilon solingan qafasga tashlab, ilon zahri bilan o\u2019ldirilgan, deyiladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Oqilxon Roziyning o\u2019limidan so\u2019ng Zebunniso begim qalbida yangi yor uchun o\u2019rin qolmaydi. U poyoniga yetmagan ishqiy dostonini kuylab o\u2019tadi. Zebunniso begim 1702 yilda 63 yoshida Dehlida vafot etadi. U Dehlidagi \u201cZarzari\u201d qabristoniga dafn etilgan. Zebunniso begimning qabr toshiga shoiraning g\u2019oyat kamtarlik bilan aytgan quyidagi bayti yozilgan: \u201cBag\u2019ayri sabza napo\u2019shad kase mazori maro, ki qabrpo\u2019shi g\u2019aribon hamin giyoh bas ast\u201d. (Hech kim mening qabrimni sabzadan o\u2019zga narsa bilan yopmasin, g\u2019ariblar qabrini yopmoq uchun shu giyohning o\u2019zi basdir).<\/p>\n\n\n\n<p>Zebunniso o\u2019z davri an\u2019anasiga ko\u2019ra, fors va arab tillarini qunt bilan o\u2019rgangan. Shu tillarda g\u2019azallar bitgan. Zebunniso begim Mirza Bedilning qiziga murabbiylik qilib, uni kamolga yetkazgan.<\/p>\n\n\n\n<p>MUHAMMAD SULTON Avrangzebning katta o\u2019g\u2019li bo\u2019lib, 1637 yilda tug\u2019ilgan. Muhammad Sulton bobosi Shoh Jahonning otasi Avrangzeb bilan birga qatnashgan. Binobarin, harbiy salohiyati ancha bor edi.<\/p>\n\n\n\n<p>1659 yil 5 yanvarda Avrangzeb o\u2019z akasi Shoh Shuj\u2019oni Hajvda tor-mor qilgach, Shoh Shuj\u2019o Bengaliyaga qochadi. Ammo, Avrangzeb Shoh Shuj\u2019oni ta\u2019qib qilishni o\u2019g\u2019li Muhammad Sulton bilan sarkarda Mir Jumlaga topshiradi. Shoh Shuj\u2019o maxfiy ravishda Muhammad Sulton bilan kelishuv tuzadi. Kelishuvga ko\u2019ra, Shoh Shuj\u2019o o\u2019z qizi Gulruh begimni Muhammad Sultonga, xotinlikka bermoqchi bo\u2019ladi, shahzod taklifni qabul qiladi. Garchi endilikda Shoh Shuj\u2019o uchun Muhammad Sulton tarafidan xavf-xatar bo\u2019lmasa-da, biroq Mir Jumlaning jangovarlik faoliyati kundan-kunga o\u2019sib borardi. Nihoyat, Shoh Shuj\u2019o joylashgan qarorgohi Tanda shahari Mir Jumla qo\u2019shinlari tomonidan o\u2019rab olinadi. 1660 yil may oyida Shoh Shuj\u2019o o\u2019zining qirqta tarafdorlari va oilasi bilan Bengaliyani tashlab, Birma chegarasidan o\u2019tib \u2013 Arakan o\u2019rmoniga qochadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Shoh Shuj\u2019o qochib ketgach, Bengaliyadagi urush harakatlari to\u2019xtaydi. Muhammad Sulton otasi Avrangzeb huzuriga qaytib keladi. Biroq Muhammad Sultonning amakisi Shoh Shuj\u2019o bilan bo\u2019lgan maxfiy muzokaralari Mir Jumla tomonidan Avrangzeb qulog\u2019iga yetkazilgan edi. Avrangzeb Muhammad Sultonning qilmishlaridan g\u2019azablanib, go\u2019yo uni taxtga da\u2019vogar sifatida ayblab, zindonga tashlaydi. Xitoy tarixchisining yozishichaa, Avrangzebning kichik qizi otasining bu harakatiga qarshi turgani uchun uni ham akasi yoniga qamaydi. Nihoyat aka-singil qolgan umrlarini xor-zorliklar bilan qamoqqa o\u2019tkazib, zindonda vafot qiladilar. Muhammad Sulton zindonda vafot etganda 35 yoshda edi.<\/p>\n\n\n\n<p>A&#8217;ZAM SHOH Avrangzebning ikkinchi o\u2019g\u2019li bo\u2019lib, 1643 yilda tug\u2019ilgan. Shahzoda A\u2019zam Shoh otasi Avrangzeb vafot etganda ukasi Kom Baxsh bilan birga Dekanda hokim edi. Otasining vafotini eshitgach, taxtg da\u2019vogar bo\u2019lib, Agraga qarab yuradi. A\u2019zam Shoh 65 ming otliq va 45 ming piyoda askar bilan poytaxt Agraga yaqinlashadi. Ammo Agrada hokimiyatni qo\u2019lga olgan ukasi shahzoda Muazzam (Shoh Olam)ning qarshiligiga uchraydi. 1707 yil 18 iyunda Agra yonida bo\u2019lgan jangda Avrangzeb davrida zo\u2019r e\u2019tiborga ega bo\u2019lgan Asadxon va uning o\u2019g\u2019li Zulfiqorxon A\u2019zam Shoh tarafida turardilar. Shunga qaramay, A\u2019zam Shoh jang maydonida katta talafot ko\u2019rib, mag\u2019lubiyatga uchraydi. Bu jangda har ikki tomondan 10 ming kishi halok bo\u2019ladi. A\u2019zam Shoh butunlay tor-mor qilinib, uning o\u2019zi va ikki o\u2019g\u2019li jangda halok bo\u2019ladilar.<\/p>\n\n\n\n<p>MUHAMMAD AKBAR Avrangzebning to\u2019rtinchi o\u2019g\u2019li bo\u2019lib, 1647 yilda tug\u2019ilgan. Muhammad Akbar Avrangzebning bir necha janglarida qatnashadi. 1679 yilda maxarajlar ustiga qilingan yurishda asosan Muhammad Akbar boshchilik qilardi. Maxarajlar jangda yengilsalar-da, biroq jangni to\u2019xtatmaydilar. Ular tog\u2019 va sahrolarga tarqalib, shoh askaarlariga tinchlik bermaydilar. Muhammad Akbar bir necha marta tasodifiy hamlalardan qutilib qoladi va ularga qarshi kurashda hech bir ish chiqara olmaydi. Bu ahvoldan g\u2019azablangan Avrangzeb o\u2019g\u2019li Muhammad Akbarni Marvga jo\u2019natib, Marvardagi qo\u2019shinga boshliq qilib ikkinchi o\u2019g\u2019li A\u2019zam Shohni sarkarda qilib tayinlaydi.<\/p>\n\n\n\n<p>Xuddi shu paytda Muhammad Akbar Shohga qarshi qo\u2019zg\u2019olon ko\u2019targan rajputlarga kelib qo\u2019shiladi va 1681 yil yanvarda o\u2019z otasini taxtdan tushirilgan deb, o\u2019zini podshoh deb e\u2019lon qiladi. Muhammad Akbarning bu xiyonati maharaj Raj Singhning ta\u2019siri edi. Biroq, 1680 yil oktabr oyida Raj Singh vafot qiladi. Uning o\u2019rniga o\u2019tirgan Jay Singh bir necha vaqt davomida hech qanday harakatga boshchilik qilmaydi. Natijada, Muhammad Akbarning qilgan harakati ancha kechikishga sabab bo\u2019ladi. Shunga qaramay, 1681 yilda Muhammad Akbar Ajmirga qarshi yurish boshlaydi. Chunki bu paytda Shoh Avrangzeb Ajmirda edi. U tezkorlik bilan harakat qilmaydi. Aksincha, ikkilanib, sustkashlik qiladi. Bu davrda shoh qo\u2019shinining qudrati ikki barobar oshib ketadi. Bu jangda Muhammad Akbarning o\u2019ng qo\u2019li Tahovarxon o\u2019ldirilgach, qo\u2019shin orqaga chekinadi. Xuddi shu asnoda Avrangzeb Muhammad Akbar nomiga yozilgan qalbaki \u201cmaktub\u201dni rajputlar qarorgohiga xufyona tashlattiradi. Maktub Avrangzeb qo\u2019li bilan yozilgan bo\u2019lib, go\u2019yo o\u2019g\u2019li Muhammad Akbarni \u201chech narsadan xabarsiz, anqov rajputlarni o\u2019limga yetaklab kelishning eng yaxshi usulini o\u2019ylab topgani uchun\u201d uni ko\u2019klarga ko\u2019tarib maqtagan edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Bu maktub rajputlar orasiga kelib tushgach, Muhammad Akbarga ishonchsizlik kuchyib, undan yuz o\u2019giradilar. Muhammad Akbarning hayoti xavf ostida qoladi. Birlashgan kuchlar tarqaydi va Muhammad Akbar o\u2019z hayotini saqlab qolish uchun qochishga harakat qiladi. Ammo Durgadas maktubining soxtaligini aniqlagach, Muhammad Akbarni o\u2019z panohiga oladi va qurolli kishilar nazorati ostida maratx hukmdori Sambxujining saroyiga olib borib qo\u2019yadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Maratxlar hukmdori Shivajining o\u2019g\u2019li Sambxuji jasoratli odam edi. Lekin maishatni yaxshi ko\u2019rardi. U Shoh Avrangzeb tomonidan yaqinlashib kelayotgan xavfni xatarli darajada tahlil qilmas, binobarin asosiy kuchni shohga qarshi qo\u2019yish o\u2019rniga, mayda bo\u2019laklarga bo\u2019lib tashlab, mayda dushmanlarga qarshi kurashishga harakat qilardi. 1682 yil 22 martda Avrangzeb o\u2019zining uch o\u2019g\u2019li va eng jasoratli lashkarboshilari bilan birga Avrangobodga keladi. Uning maqsadi maratxar hukmroni Sambxujiga qat\u2019iy zarba berish va isyonkor o\u2019g\u2019li Muhammad Akbarni qo\u2019lga kiritish edi. Bu payda Muhammad Akbar maraxtlar hukmdori injiq va tajang Sambxuji bilan janjallashib qoladi va dengiz orqali qayiqda suzib Eronga o\u2019tib ketadi. U 1705 yilda Eronda vafot etadi. Muhammad Akbaarning katta o\u2019g\u2019li Shoh Olam 1677 yildaa Golkonda hukmdori bilan o\u2019z sulolasi va toj-taxtni saqlab qolish maqsadida muzokara yuritadi. Biroq Shoh Olamning bu harakati xoinlik deb qaraladi va Avrangzeb nabirasi Shoh Olamni zindonga tashlaydi. Shoh Olam zindonda yetti yil yotgach, ozodlikka chiqadi.<\/p>\n\n\n\n<p>KOM BAXSH Avrangzebning beshinchi o\u2019g\u2019li bo\u2019lib, 1667 yilda tug\u2019ilgan. Kom Baxsh Avrangzeb vafot etganda Dekanda edi. Otasi Avrangzeb taxtiga o\u2019tirgan Shoh Olam (keyinchalik Bahodirshoh) ukasi A\u2019zamshohni o\u2019ldirgandan keyin ham tinchimadi. U qo\u2019shin tortib mamlakatining janubiga, ya\u2019ni kichik ukasi shahzoda Kom Baxshga qarshi yurish qiladi. 1709 yil 13 yanvarda Bahodirshoh o\u2019z qo\u2019shini bilan Haydarobodga kelib Kom Baxshni tor-mor qiladi. Urushda Kom Baxsh yaralanib o\u2019ladi.<\/p>\n\n\n\n<p>MUAZZAM-SHOH Avrangzebning uchinchi o\u2019g\u2019li bo\u2019lib, 1645 yildaa tug\u2019ilgan. U g\u2019ayratsiz va qo\u2019rqoq odam edi. Dekanda o\u2019n bir yil hokimlik qildi. Uning asosiy yordamchisi Dalirxon ochiq-oydin unga qarshi chiqardi. Shoh Olam bilan Dalirxon ochiq-oydin unga qarshi chiqardi. Shoh Olam bilan Dalirxon o\u2019rtasidagi dushmanlik (xusumat) shu darajaga borib yetadiki, go\u2019yo Dekanda shohga tegishli mulklarda o\u2019zaro urush ketayotgandek edi. Umuman, Shoh Olam hokimiyatni boshqarishda tadbirsiz hukmron edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Avrangzeb vafotidan so\u2019ng taxt uchun kurash avjiga chiqdi. Bu vaqtda Shoh Olam taxt uchun bo\u2019lajak kurashlarga xufiyona tayyorlik ko\u2019rayotgan edi. Binobarin, otasining vafotini eshitgach, darhol Agraga qarab yurdi. Uning ikkinchi o\u2019g\u2019li Azim ush-Shon Bengaliyada hokim edi. Tezlikda Azim ush-Shonga xabar yuborilib, u Bengaliyaning boyliklarini ortib Agraga qarab yuradi va shaharni qo\u2019lga kiritadi. Biroq shahar qal\u2019asi hali taslim bo\u2019lmagan edi. Agraga Shoh Olamning yaqinlashishi bilan qal\u2019a boshlig\u2019i qal\u2019ani taslim qiladi. Shoh Olam o\u2019z ukalariga qarshi kurash boshlaydi. Taxtga da\u2019vogar sifatida poytaxtga 110 minglik qo\u2019shin bilan yaqinlashib kelgan A\u2019zam Shohga qarshi 1707 yil 18 iyunda Agra yaqinida qattiq zarba beradi. Bu jangda har ikki tomondan 10 mingdan ortiq kishi halok bo\u2019ladi.<\/p>\n\n\n\n<p>A&#8217;zam Shoh va uning ikki o\u2019g\u2019li bu jangda o\u2019ldiriladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Ammo Panjobda singhlar qo\u2019zg\u2019oloni davom etayotgan edi. Garchi, Shoh Olam (keyinchalik Bahodirshoh) singhlarning Loxgarx qal\u2019asini zab etgan bo\u2019lsa-da, singhlar toqqa qochib, u yerdan shoh qo\u2019shiniga tinchlik bermasdilar. Marvar hukmdori Ajit Singh Bahodirshohga taslim bo\u2019ladi. Ko\u2019p o\u2019tmay yana bosh ko\u2019taradi va yana taslim bo\u2019ladi. Nihoyat, Ajit Singh xon xizmatiga qabul qilinadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Bahodirshoh shunday lalaygan qat\u2019iyatsiz ediki, hatto o\u2019ziga vazir tanlashda ham bir fikrga kelolmagan. U o\u2019zining avvalgi vaziri Munimxon bilan otasi Avrangzeb davrida xizmat ko\u2019rsatgan va Avrangzebga obro\u2019-e\u2019tibor keltirgan Asadxonni farq qila olmay, qaysi birini vazirlika tayinlashni ham hal etolmay, nihoyat, mamlakat idora ishlarini har ikkoviga bo\u2019lib beradi. Buning oqibatida har ikki vazir o\u2019rtasida tuganmas kurash boshlanib, bu esa mamlakatning siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayotiga salbiy ta\u2019sir ko\u2019rsatadi. Bahodirshoh 1712 yil fevral oyida vafot etadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Jahondor Bahodirshohning katta o\u2019g\u2019li bo\u2019lib, 1668 yilda tug\u2019ilgan. Otasi Bahodirshoh vafotidana so\u2019ng, uning to\u2019rt o\u2019g\u2019li o\u2019rtasida taxt uchun kurash boshlanib ketadi. Bahodirshohning ikkinchi o\u2019g\u2019li Azim ush-Shon boshqa aka-ukalariga qaraganda ancha tadbirkorroq edi. Zulfiqorxon avval uch aka-uka \u2013 Jahondorshoh, Rofi ush-Shon va Jahon Shohlarni birlashtirib, Azim ush-Shonga qarshi kurash boshlaydi. Natijada, Azim ush-Shon (1670-1712) tor-mor etilib, uning o\u2019zi esa qatl qilinadi. Azim ush-Shon o\u2019rtadan olib tashlangach, Jahondorshoh, Rofi ush-Shon (1672-1712) va Jahon Shohlar (1674-1712) o\u2019rtasida nizo boshlanib, Rofi ush-Shon bilan Jahon Shohlar o\u2019ldiriladi. Shundan so\u2019ng, yengiltak, hukmdorlikka noloyiq Jahondorshoh taxtga o\u2019tiradi. Zotan, voqeaning bunday tus olishi Zulfiqorxonning foydasi bo\u2019lib, iste\u2019dodsiz hukmronni har maqomga solish mumkin edi. Ammo Zulfiqorxonning sevinchi uzoqqa bormaydi, Oradn bir yil o\u2019tmasdan Azim ush-Shonning o\u2019g\u2019li Farrux Siyar, aka-uka sayyidlar \u2013 Hasan Ali (keyinchalik Abdullaxon nomi bilan mashhur bo\u2019lgan) va Zulfiqorxonga Agra yaqinida zarba beradi. 1713 yilda Jahondorshoh bilan Zulfiqorxon o\u2019ldiriladi.<\/p>\n\n\n\n<p>FARRUH SIYAR 1688 yilda tug\u2019ilgan. Azim ush-Shonning o\u2019g\u2019lidir. U 1713 yilda hokimiyatga keladi. Farrux Siyar iste\u2019dodsiz, bo\u2019shang, yolg\u2019onchi, qo\u2019rqoq odam edi. Binobarin, 1713-1720 yillar mobaynida davlat ishlarini yuqorida eslatganimiz aka-uka sayyidlar boshqardilar. Hasan Ali vazirlik mansabini, Husayn Ali esa Mir-baxshi amalini qo\u2019lga kiritgan edilar. Bundan tashqari sayyidlar yana ikki viloyat (suba)ni ham o\u2019z ixtiyorlariga kiritgan edi. Ammo Farruh Siyar sayyidzodalardan qutilish yo\u2019lini qidirib, maxfiy ravishda ularga qarshi fitna tayyorlaydi. Shoh bilan sayyidlar orasida tez-tez nizolar vujudga kelaboshlaydi. Farruh Siyar maxfiy ravishda Mevar hukmdori Ajit Singhni tezlab qo\u2019yib, Husayn Alini Ajit Singhni bo\u2019ysundirishga jo\u2019natadi. Husayn Ali Mevarga borib, Ajit Singhni bo\u2019ysundirib qaytadi. Farruh Siyar Bengaliyaga o\u2019zining bosh mushovii Mir Jumlani yuborish istagida edi. Dekan hukmdorligini Nizom ul-Mulk o\u2019rniga Husayn Ali o\u2019z qo\u2019liga oladi. Farruh Siyar esa yangidan-yangi fitnalarni uyushtira boradi. Nihoyat, Husayn Ali o\u2019z qo\u2019shinlarini yig\u2019ib, shimolga \u2013 Farruh Siyarga qarshi yurish boshlaydi. Uning bu yurishida maratxlar ham o\u2019z hissalarii qo\u2019shadilar. Husayn Ali poytaxtga bosib kelib, Farruh Siyarni asirga oladi. Farruh Siyarning uzr va zori \u2013 tavallosi inobatga olinmaydi. Shoh saroyi qo\u2019lga kiritilib, ikki oyga o\u2019tgach, Farruh Siyarni qatl qiladilar. Rivoyatlarga qaraganda, \u201cAhkomi olamgiri\u201d asarida Avrangzebning o\u2019z farzandlariga vasiyatnomasi ilova qilingan ekan. Vasiyatnomada Avrangzeb o\u2019z bolalariga Barxiy sayyidlariga nisbatan qanday muomala yuritish haqida quyidagilarni yozib qoldirgan deyiladi: \u201cBarxiy sayyidlari bilan bo\u2019ladigan munosabatda nihoyatda ehtiyotkor bo\u2019lmoqlaringiz lozim. Qalblaringizda ularga nisbatan mehr bo\u2019lmasa ham, ammo zohiran uni aks ettirmang, ularni katta mansablarga qo\u2019yib, darajalarini balang ko\u2019tarmang. Zero, hokimiyatda hukmdor uchun kuchli yordamchi tez orada hokimiyatni o\u2019z qo\u2019liga kiritishga harakat qiladi. Agar siz ularga hokimiyatni bir lahza boshqarishni topshirsangiz, buning oqibati sizning halokatingiz bilan yakunlanadi\u201d. (1719 yilda Farruh Siyar o\u2019z nodonligi va beparvoligi tufayli ularning qurboni bo\u2019ldi. 1719 yilda Farruh Siyar halokatidan so\u2019ng, taxtga Bahodirshohning nabirasi Rofi ush-Shonning o\u2019g\u2019li kasalmand Rofi ud-Darajot (1692-1719) o\u2019tiradi. U sil kasaliga mubtalo bo\u2019lib, tez kunda kasallik uni so\u2019litib qo\u2019yadi. U 1719 yilda taxtni o\u2019z ukasi Rofi ud-Davlaga (Shoh Jahon II 1696-1719) beradi. Biroq, Rofi ud-Davla ham kasalmand edi. 1719 yilning sentabrida u ham olamdan ko\u2019z yumadi.<\/p>\n\n\n\n<p>MUHAMMAD SHOH 1719 yil sentabr oyida Bahodirshohning nabirasi, Jahonshohning o\u2019g\u2019li Ravshan Axtar (1692-1748) taxtga o\u2019tiradi. Ravshan Axtar keyinchalik o\u2019zini Muhammadshoh deb ataydi. Muhammadshoh taxtga o\u2019tirgan vaqtda, aka-uka sayyidlarning zo\u2019ravonligi haddan oshgan edi. Ular deyarlik mamlakatning hamma joyida o\u2019z hukmronligini o\u2019rnatgan, shohni esa qo\u2019g\u2019irchoqq aylantirgan edilar. Ammo ularning xatti-harakatlariga qarshi, shoh saroyida va butun mamlakatda norozilik alomatlari vujudga kelayotgan edi. Saroy a\u2019yonlari orasida ham aka-uka sayyidlarga qarshi guruh paydo bo\u2019ladi. Bu guruh Dekanda mustaqil o\u2019rnashib olgan Nizom ul-Mulk boshchiligida harakat qilardi. Husayn Ali podshoh Muhmmadshohni majburan Dekan hokimi Nizom ul-Mulkka qarshi jangga majbur qilib, katta qo\u2019shin bilan Dekanga yurish boshlaydi. Ammo Husayn Ali bir necha kishilar tomonidan o\u2019ldiriladi. Podshoh qotillarni jazolash o\u2019rniga ularga xayrixohlik bildiradi. O\u2019z ukasi Husayn Alining o\u2019ldirilganini eshitgan Hasan Ali taxtga boshqa shahzoda \u2013 Rofi ush-Shonning o\u2019g\u2019li Muhammad Ibrohimni o\u2019tqizadi. Lekin Muhammadshoh \u2013 (janubga keyotgan) o\u2019z qo\u2019shinini shimolga qarab buradi va Jamna daryosi yaqinida Bilochpurga yaqin joyda Hasan Ali qo\u2019shini bilan ro\u2019baro keladi. Qattiq jangda Hasan Ali batamom yengiladi va asirga olinadi. Oradan ikki yil o\u2019tgach, 1721 yild Hasan Ali zindonda zaharlanib o\u2019ldiriladi. Muhammad shoh mazkur aka-uka sayyidlarni o\u2019z valine\u2019matlariga qarshi kurashganliklari uchun birini \u201charom namak\u201d, ikkinchisi esa \u201cnamak harom\u201d deb atashga buyuradi. Aka-uka sayyidlarning hukmronlik davrida sikhlar harakati shafqatsizlik bilan bostirilgan edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Muhammadshoh maishatparast kishi edi. U boburiylar davlatining avvalgi obro\u2019-e\u2019tiborini, shuningdek, qo\u2019shinning qadimiy jangovarlik salohiyatini qaytadan tiklashga qodir emas edi. U kechayotgan voqealar jarayoniga tamoman befarq qarar, imperiyani halokatdan qutqarib qolish borasida deyarli hech qanday chora-tadbir ko\u2019rmas edi. Uning qariyb o\u2019ttiz yillik (1719-1748) hukmronlik davrida Akbarshoh, Jahongirshoh, Shoh Jahon va Avrangzeblar davridagi barcha shon-shavkatlar birin-ketin qo\u2019ldan keta boshladi. Bobur asos slogan qudratli davlat endilikda kuchsiz va o\u2019zini-o\u2019zi boshqara olmaydigan tarqoq davlatga aylanib qoladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Muhammadshohning iste\u2019dodsizligidan foydalangan Nizom ul-Mulk va shunga o\u2019xshash bek hamda amaldorlar o\u2019z vaqtida qulay fursatdaan foydalandilar. Nizom ul-Mulk yana ikkinchi marta Dekanga (1724-1748) hokim bo\u2019lib oladi. U rasman shoh hokimiyatini tan olsa-da, amalda mustaqil hukmron edi. Nizom ul-Mulk Haydarobod xonligini vujudga keltirib, unga asos slogan edi. Hatto, 1739 yilda Hindistonga bosib kirgan Nodirshoh Hindiston shohlik tojini qaytadan Muhammadshoh boshiga kiydirayotib, Nizom ul-Mulkdan doim ogoh bo\u2019lishni, chunki u Dehli saroyida eng ayyor, o\u2019z manfaati yo\u2019lida hech qanday ishdan qaytmaydigan, uddaburon, maslaksiz a\u2019yonlardan biridir, deb uqtirgan edi. Ammo, Muhammadshohning irodasizligi, qat\u2019iyatsizligi natijasida Avdda Saodaatxon, Bengaliyada Aliverdixon mustaqil hokim bo\u2019lib oladilar. Marathar esa Malva, Bundelkxand, Gujarot, Berar va keyinchalik Orissani bosib oladilar.<\/p>\n\n\n\n<p>1739 yil fevral oyida Eron hukmdori Nodirshoh Hindistonga bosib kiradi. Nodirshoh 1737 yilda afg\u2019onlar qal\u2019asi Qandahorni bosib oladi. Afg\u2019onlarning ko\u2019pchiligi Qandahordan qochib, Kobulga keladilar. Nodirshoh o\u2019zining norozilik bayonotini elchi orqali Dehliga jo\u2019natadi. Nodirshoh talabini bajarish o\u2019rniga, uning elchisini Dehlida bir yilcha ushlab turadilar. Nodirshoh Hindistonga bostirib kirishga qaror qiladi. Tanazzulga yuz tutaboshlagan Hindiston hukumati Afg\u2019oniston va Panjob chegaralarini mustahkamlashga e\u2019tiborsiz qaraydi. Nodirshoh bir zarba bilan Afg\u2019onistonni zabt etib, Haybar o\u2019tish yo\u2019lini muhofaza qilayotgan Hind qo\u2019shinlarini tor-mor qiladi. Nodirshoh 1738 yil noyabrida o\u2019zining otliq va piyoda askarlari bilan Peshovarga kirib, dekabrda Panjobga qarab yuradi. Panjobning hukmdori Zakariyoxon bir oz qarshilikdan so\u2019ng taslim bo\u2019ladi. Nodirshoh Loxurdan Karnalga qarab yuradi va Panipat yaqinida hind qo\u2019shinlari bilan to\u2019qnashadi. Nodirshoh hind qo\u2019shinining orqa tomonidan hujum qilib, Panipatni qo\u2019lga oladi va shoh qo\u2019shinining sakkiz mingdan ziyodroq hind askari qilib ketadi. Jang uch soat davom etadi. Sulh muzokaralari boshlanadi. Ko\u2019p tortishuvlardan so\u2019ng, Dehli hukumati eronliklarga besh million rupiya to\u2019lov to\u2019lasa, Eron qo\u2019shini Dehli saltanatidan chiqib ketishga qaror beradi.<\/p>\n\n\n\n<p>Biroq hindlar uchun mana shunday og\u2019ir vaziyatda Dehli saroy a\u2019yonlari orasida hasad va baxillikka yo\u2019l ochuvchi bir voqea sodir bo\u2019ladi. Jangda yaralangan Mir-baxshi lavozimidagi Xon Davron vafot etadi. Nizom ul-Mulk esa mazkur Mir-baxsh lavozimiga o\u2019z o\u2019g\u2019lini tayinlatishga Muhammadshohni ko\u2019ndiradi. Nodirshoh qo\u2019lida bandilikda turgan Saodatxon bu xabarni eshitgach, hasad o\u2019tida qovrilib, Nodirshohni Dehliga bosib kirishga va u yerdan besh million emas, balki 200 million rupiylik qimmatbaho javohirlarga ega bo\u2019lishini uqtiradi. Nodirshoh navbatdagi uchrashuvda Muhammadshoh bilan Nizom ul-Mulkni qo\u2019lga kiritib, Dehliga qarab yuradi.<\/p>\n\n\n\n<p>Nodirshoh Dehliga kelgandan so\u2019ng xalq orasida \u201cNodirshoh o\u2019ldirilibdi\u201d degan gap tarqab ketadi. Buning natijasida Nodirshoh askarlari orasida tartibsizlik boshlanib, qo\u2019shinning bir qismi qirilib ketadi. Ana shundan so\u2019ng, Nodirshoh Dehlida qatli om e\u2019lon qiladi. Natijada, 20 ming begunoh kishilar qatl qilinadi. Nodirshoh Dehlida ikki oy turib qoladi. Masjidlarda o\u2019zining nomiga xutba o\u2019qittiradi ham o\u2019z o\u2019z nomidaan pul zarb qildiradi. Nodirshoh 700 million rupiyaga teng o\u2019lja oladi. Mazkur o\u2019lja ichida Boburshoh tomonidan o\u2019g\u2019li Humoyunshohga hadya qilingan dunyoda eng yirik olmos \u201cKo\u2019hi nur\u201d, shuningdek, Shoh Jahonning mashhur \u201ctovus taxti\u201d (qiymati 10 million rupiyaga teng) ham bor edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Muhammadshoh bitimga muvofiq Hind daryosining shimoli-g\u2019arbiy qismidagi yerlarni Nodirshohga beradi. Dehli hukumati Afg\u2019onistondan mahrum bo\u2019ladi. Buning ustiga hindlarga qarashli Lohur hukmdori har yili 2 million rupiyani Nodirshohga yuborib turish majburiyatini oladi. Ana shunday qilib, boburiylar davlati kuchsiz bir davlatga aylanib qoladi. Uning ilgarigi shon-shuhratidan asar ham qolmagan edi. Muhammadshoh 1748 yilda vafot etadi.<\/p>\n\n\n\n<p>AHMADSHOH Muhammadshohning o\u2019g\u2019li bo\u2019lib, 1715 yilda tug\u2019ilgan edi. Uning qisqa muddatli saltanati davrida mamlakatning ahvoli yanada og\u2019irlashadi. U otasidan so\u2019mng 1748 yilda taxtga o\u2019tiradi. Biroq, Ahmadshohning saltanat davri afg\u2019on hukmdori Ahmadshoh durri-duroniy tomonidan Hindistonga qarshi bir necha marta tajovuzkorlik urushlari bilan yakunlanadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Ahmadshoh Durroniy afg\u2019on qabilalaridan Abdal qabilasiga mansub kishi edi Ahmadshoh yoshligidanoq Eron hukmdori Nodishoh qo\u2019shinida xizmat qilib, uning Hindistonga qilgan barcha yurishlarida ishtirok qilgan va nihoyat iqtidorli sarkarda bo\u2019lib yetishga kishi edi. 1747 yilda Nodirshoh o\u2019ldirilgandan so\u2019ng Ahmadshoh o\u2019z vataniga qaytib, afg\u2019on qabilalarining mustaqil Afg\u2019oniston hukumatini barpo qilish yo\u2019lidagi harakatlariga faol qatnashadi. 1747 yilda Ahmadshoh afg\u2019on qabilalari xonlari tarafidan Afg\u2019onistonning podshohi deb e\u2019lon qilinadi. Ahmadshoh keyinchalik tarixda Ahmadshoh Durroniy nomi bilan mashhur bo\u2019ladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Ahmadshoh Durroniy Hindistonga birinchi marta 1748 yilda hujum qilib, Loxurni bosib oladi. Lekin Muhammadshohning o\u2019g\u2019li Ahmadshoh qo\u2019mondonligidagi hind qo\u2019shini tarafidan Sirhind yaqinida talafot ko\u2019rib, orqaga chekinadi. U 1750 yilda ikkinchi marta Hindistonga bosib kiradi. Bu paytda Dehlida saroy a\u2019yonlari orasida guruhbozlik avjiga chiqqan bo\u2019lib, Loxur hukmdori Mir Mannu Dehlidan madad ololmagach, taslim bo\u2019lishga majbur bo\u2019ladi. Mir Mannu Hindning sharqiy qismida joylashgan to\u2019rtta viloyatdan keladigan soliq mablag\u2019ini Ahmadshoh Durroniy 1752 yilda uchinchi marta Hindistonga hujum qilib, Loxur yaqinida Mir Mannuni yengadi va Kashmirni bosib oladi. Ahmadshoh mamlakatning sharqiy qismini to Sirhindgacha bo\u2019lgan qismini Ahmadshoh Durroniyga berishga majbur bo\u2019ladi. Ahmadshoh 1754 yilda vafot etadi<\/p>\n\n\n\n<p>1754 yilda Ahmadshoh vafot etgach, taxtga Jahondor Shoohning o\u2019g\u2019li OLAMGIR II o\u2019tiradi. Olamgir II 1727 yilda Dehlida tug\u2019ilgan edi. Olamgir II ham Muhammadshoh va Ahmadshohlarga o\u2019xshash iqtidorsiz va qat\u2019iyatsiz kishi edi. Uning qisqa muddatli saltanat davrida ham mamlakatda guruhbozlik va jangu jadallar kuchayadi.<\/p>\n\n\n\n<p>1756 yilda Mir Mannu to\u2019satdan vafot etadi. Uning vafoti natijasida Panjobda to\u2019s-to\u2019poonlar kuchayadi. Bu qulay fursatni qo\u2019ldan bermay Ahmadshoh Durroniy to\u2019rtinchi marta Hindistonga hujum qiladi. U Loxurni qo\u2019lga kiritib, Dehliga qarb yuradi. Rohil sultonligining hukmdori Najib ud-Davla to\u2019g\u2019ridan-to\u2019g\u2019ri Ahmadshoh Durroniy tomoniga o\u2019tadi. Olamgir II ning vaziri Imod ul-Mulk jangsiz taslim bo\u2019ladi. Ahmadshoh Durroniy qo\u2019shinlari shahar va qishloqlarni ayovsiz ravishda talaydilar. Natijada juda katta o\u2019ljani qo\u2019lga kiritadilar. Ularning o\u2019ljalari 120 million rupiyga tenge di. Ular hali-beri Hindistondan chiqib ketishni o\u2019ylamasdilar, talon-tarojni davom ettirardilar, ammo qo\u2019shin orasida vabo kasali vujudga kelgach, qaytib ketishga majbur bo\u2019ladilar. Olamgir II Ahmadshoh Durroniyga Panjob, Kashmir va Sindni berishga majbur bo\u2019ladi. Bu viloyatlarni boshqarib turish uchun Ahmadshoh Durroniyning o\u2019g\u2019li Temurshoh noib qilib qoldiriladi. Ammo bir yil o\u2019tgach, marathlar Ragxunaka Rao rahnamoligida Panjobga kirib, Temurshohni haydab chiqaradilar. Bu esa kelajakda Ahmadshoh Durroniy bilan marathlar orasida hal qiluvchi janglar bo\u2019lishidan xabar Berardi.<\/p>\n\n\n\n<p>Haqiqatan ham 1759 yilda Ahmadshoh Durroniy to\u2019satdan hujum boshlaydi. Jang Panipatda bo\u2019lib, Ahmadshoh g\u2019alabasi bilan tugasa-da, biroq unga hech qanday foyda keltirmaydi. Uning qo\u2019shinlari orasida norozilik kuchayadi. Ulaar maoshlarini to\u2019lanishini va uylariga qaytishni talab qiladilar. Ahmadshoh Durroniy 1761 yilda Hindistondan chiqib ketishga majbur bo\u2019laadi. Olamgir II 1759 yilda vafot etadi.<\/p>\n\n\n\n<p>SHOH OLAM II Olamgir II ning o\u2019g\u2019li bo\u2019lib, 1743 yilda tug\u2019ilgan. Otasi Olamgir II vafot etgach, 1759 yilda taxtga o\u2019tiradi. U nomigagina podshoh edi. Uning davrida Hindistonda Ahmadshoh Durroniy yana bir necha marta bosqinchilik urushlrini qiladi. U Panjob, Sirhind, Kashmir va Sindni qo\u2019lga kiritgach, endi Dehli, Agra, Mathura va boshqa viloyatlarga bosib kirib, talonchilik qilishni rejalashtiradi. Biroq uning bu rejalarini singhlarning o\u2019sib borayotgan kuchlari barbod qiladi. Ahmadshoh Durroniy Hindistonga 1762, 1764, 1765 va 1767 yillarda yurish qiladi. Lekin singhlar uning barcha hujumlarini mardonalik bilan qaytaradilar.<\/p>\n\n\n\n<p>Shoh Olam II Hindiston taxtini dushmandan saqlab qoladigan g\u2019ayratli, shijoatli hukmdor emas edi. Binobarin, uning saltanati davrida mamlakatning hamma viloyatlarida mustaqil va yarim mustaqil xonliklar vujudga kelib, ular markaziy hokimiyatni tobora siqib kelayotgan edilar. Buning ustiga Hindistonning janubi-g\u2019arbiy qismi \u2013 Kalkuttada mustahkam o\u2019rnashgan inglizlar mahalliy hukmdorlarni zimdan bir-biriga gij-gishlash va har xil hiylalar bilan o\u2019z ta\u2019sir doiralarini kengaytirib, shimol tomonga siljimoqda edilar.<\/p>\n\n\n\n<p>Ana shunday harakatlardan biri 1757 yilda Bengaliyada bo\u2019lib o\u2019tadi. Angliyaning Ost-Indiya kampaniyasi Bengaliyaga o\u2019z tarafidan Mir Qosimni hukmdor qilib tayinlangan edi. Mir Qosim inglizlar hukmronligidan qutulish maqsadida ularga qarshi qo\u2019zg\u2019olon ko\u2019taradi. Ammo inglizlar katta kuch bilan qo\u2019zg\u2019olonni bostiradilar. Mir Qosim Bengaliyag qochib, Audga boradi. U Audning hukmroni hamda Dehli hukmdori Shoh Olam II bilan bitim tuzib, ittifoqchi qo\u2019shinlarni birlashtirib, 1764 yilda Buksar yaqinida inglizlar bilan to\u2019qnashadi. Inglizlar qo\u2019shini yana Mir Qosim boshliq ittifoqchilar qo\u2019shinini tor-mor qiladi. Mir Qosim Dehliga qochadi. Shoh Olam II asirga tushadi. Buksar jangidan so\u2019ng Bengaliya gubernatori etib tayinlangan Klayv yangidan qo\u2019lga kiritilgan viloyatlar Kalkuttadan ancha uzoq bo\u2019lganini nazarda tutib, bu yerlarni boshqarishni Shoh Olam II ga topshiradi. Buning evaziga Shoh Olamdan Bengaliyada moliya boshqarmasi inglizlar kampaniyasi ixtiyoriga berilgani haqida farmon yozdirib oladi. Natijada, Bengaliyada qo\u2019sh hokimiyatchilik siyosati amalga oshiriladi: chunonchi, ichki idora ishlari, tartibni saqlash masalalari mahalliy amaldorlar qo\u2019lida bo\u2019lib, yerlardan olinadigan soliqlar bevosita kampaniya qo\u2019liga o\u2019tadi.<\/p>\n\n\n\n<p>1772 yilda Bengaliya gubernatorligiga Uorren Xeystings tayinlanadi. U Bengaliyada kampaniyaning manfaatini yanada oshiradigan bir necha chora-tadbirlarni joriy qiladi. Chunonchi, Bengaliya noibiga to\u2019lanadigan nafaqaning yarmini kesib tashlaydi. Shuningdek, Klayv tomonidan Shoh Olam II ga tayinlangan nafaqani bekor qiladi. Shoh Olam II ning kun kechirishi uchun berilgan Qora va Ollohobod viloyatlarini Aud hukmdoriga sotib yuboradi. Ana shundan so\u2019ng Shoh Olam II va uning avlodi faqat Dehlidagi saroyda hukmron bo\u2019lib qoladilar.<\/p>\n\n\n\n<p>1803 yilda Angliya bilan marathlar orasida ikkinchi hal qiluvchi jang bo\u2019ladi. Ingliz generali Uelsli marathlarga o\u2019nglanmas zarbani bergan, uning qo\u2019shinlari Dehli va Agraga kiradilar. 1803 yili sentabrida general Uelsli Shoh Olam II ni o\u2019z panohiga oladi. Shoh Olam II bu paytda qarib qolgan va rohil qabilasi tomonidan ko\u2019r qilingan edi. General Uelsli Shoh Olam II bilan hech qanday bitim imzolanmaydi. Faqat, 1805 yil 23 mayda chiqarilgan farmonga muvofiq, unga doimiy nafaqa tayinlanadi. Dehli saroyi unga qaytarib beriladi. Biroq podshohning hech qanday siyosiy va ijtimoiy huquqi yo\u2019q edi. Aqalli viloyat noiblariga beriladigan huquq ham podshohda yo\u2019q edi. Zotan, 1803 yil dekabr oyida tuzilgan bitimga muvofiq, Hindistonda boburiylar hukmronligi siyosiy jihatdan butunlay tugatildi. Podshoh va uning avlodi inglizlar boqimida qolgandilar.<\/p>\n\n\n\n<p>Shoh Olam II 1806 yilda vafot etadi. Uning o\u2019rniga Akbar II taxtga o\u2019tiradi. Bu taxt nomigagina edi xolos. Akbar II ham o\u2019z umrining oxirigacha inglizlar qo\u2019lida qo\u2019g\u2019irchoq bo\u2019lib, ulardan nafaqa olib yashaydi. U 1837 yilda vafot etadi. Uning o\u2019rniga o\u2019g\u2019li Bahodirshoh II taxtga o\u2019tiradi.<\/p>\n\n\n\n<p>BAHODIRSHOH II 1776 yilda Dehlida tug\u2019ilgan. U o\u2019ta jur\u2019atsiz, qo\u2019rqoq va g\u2019ayratsiz odam bo\u2019lib, otasi Akbar II vafotidan so\u2019ng, 1837 yilda taxtga o\u2019tiradi. Bahodirshoh II ham inglizlar nafaqasi hisobiga kun kechirardi. Uning davrida Hindiston mamlakati deyarli hammasi mustaqil va yarim mustaqil xonliklarga bo\u2019linib ketgan, ularning ko\u2019pchiligi inglizlar qo\u2019liga o\u2019tgan edi. Hatto Bahodirshoh II ning Dehlidagi o\u2019z saroyidan tashqariga hukmi o\u2019tmas edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Mamlakatning mayda bo\u2019laklarga bo\u2019linib ketishi, inglizlar istibdodining kuchayishi mamlakatning ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy ahvolini inqirozga olib keldi. Buning natijasida mamlakatda 1844, 1849, 1850 va 1852 yillarda qo\u2019zg\u2019olonlar bo\u2019lib o\u2019tadi. 1857 yilda esa tarixda mashhur sipohiylar qo\u2019zg\u2019oloni boshlanadi. Bu qo\u2019zg\u2019olonga asosan ingliz qo\u2019shinlarida xizmat qiluvchi sipohiylar boshchilik qiladilar. Ular Dehliga kelib, boburiylar sulolasining so\u2019nggi vakili Bahodirshoh II ni podshohlik taxtiga o\u2019tqizib, uning boshchiligida ingliz mustamlakachiligiga qarshi muqaddas urush (jihod) e\u2019lon qiladilar. Sipohiylar harakatida oliy bosh qo\u2019mondonlik lavozimini Bahodirshoh II ning katta o\u2019g\u2019li Mo\u2019g\u2019ul Mirzo egallaydi. Kichik o\u2019g\u2019li Hizr Sulton Mirzo va nabirasi Abu Bakr mirzolar qo\u2019shin bo\u2019linmalarining rahbarligini o\u2019z qo\u2019llariga oladilar. Holbuki, shahzodalar harbiy salohiyatdan hech qanday bilimlari yo\u2019q edi. Bahodirshoh esa bu paytda 82 yoshda bo\u2019lib, ancha qarib qolgan, buning ustiga butun umrini saroy ichida yarim mahbuslikda o\u2019tkazgan, hokimiyat ishlaridan ancha yiroq odam edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Bahodirshoh II garchi sipohiylarning talabi bo\u2019yicha podshoh qilib ko\u2019tarilgan bo\u2019lsa-da, sipohiylarning harakatiga ishonmas va o\u2019z tinchligini ko\u2019zlardi. Binobarin, qo\u2019zg\u2019olonning ilk kunlaridayoq u hokimiyat ishlariga yaroqsiz ekanligini ko\u2019rsatib qo\u2019ygan edi.<\/p>\n\n\n\n<p>1857 yil 2 iyuda sipohiylarning harbiy qo\u2019shilmasi Baxtxon boshchiligida Dehliga keladi. Baxtxon sipohiylar qo\u2019shiniga oliy bosh qo\u2019mondon va Dehli gubernatori qilib tayinlanadi. Baxtxon har bir joyga qo\u2019zg\u2019olonga jonkuyar kishilardan belgilab, Dehlida porox zavodini yo\u2019lga solidi. Lekin jasur va serg\u2019ayrat Baxtxon yo\u2019liga to\u2019g\u2019onoq bo\u2019luvchilar ko\u2019payadi. Dehli ma\u2019muriy shoh idora mansabdorlari va shahzodalar Baxtxonga qarshi ig\u2019vo va fitnalar uyushtiradilar. Kimdir porox zavodini portlatadi. Zambaraklar zimdan buzib qo\u2019yiladi. Ana shunday yo\u2019llar bilan xiyonat sodir bo\u2019ladi. Hatto, shahzodalar o\u2019z maxfiy josuslari orqali inglizlar qo\u2019mondonligi bilan aloqa bog\u2019lab, jumladan, agar hayotlarini saqlab qolishga kafolaat berilsa, shaharni inglizlarga topshirish haqida muzokara yuritishga rozilik beradilar. Natijada sipohiylar qo\u2019shini orasida tarqoqlik yuz beradi. 65 ming kishilik sipohiy qo\u2019shinlari olti minglik ingliz qo\u2019shiniga bardosh berolmadilar. Parokandalik va xiyonat natijasi o\u2019laroq, sipohiylar qo\u2019shini kundan-kunga kamayib, inglizlar qo\u2019shinining qudrati oshib borardi.<\/p>\n\n\n\n<p>1857 yil sentabrning o\u2019rtasida ingliz qo\u2019shini qo\u2019mondni A.Vilson Dehlini qamal qilishga buyruq beradi. Qamal besh kun davom etadi. 19 sentabr kuni Baxtxon Dehlini tashlab chiqishga majbur bo\u2019ladi va Farruhobodga qarab ketadi. Baxtxon Dehlidan o\u2019z qo\u2019shinlari (4 piyoda va bir otliq) bilan chiqib ketayotib, Bahodirshoh II ni ham o\u2019zi bilan birga ketishni taklif qiladi hamda yangi ozodlik kurash markazi tashkil qilajagini aytadi. Ammo Bahodirshoh II (bu taklifni) qabul qilmaydi. U shaharga inglizlar kirib kelishi oldida Dehlidagi Humoyun maqbarasiga qochib borib berkinadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Inglizlar Dehliga bostirib kirgach, qochishga ulgurmaganlarni yoppasiga qirg\u2019in qiladilar. Ko\u2019chalarda, uylarda bolalar, xotinlar, erkaklar jasadi g\u2019aram-g\u2019aram bo\u2019lib ketadi. Bombeyning gubernatori Lord Elfinston Dehlidagi inglizlarning vahshiyligi haqida quyidagilarni yozgan edi: \u201cBizning qo\u2019shinlarimiz tomonidan Dehli qo\u2019lga kiritilganidan so\u2019ng qilingan jinoyatni ta\u2019rif qilish og\u2019ir masala. Biz hammadan \u2013 do\u2019stlarimizdan ham, dushmanlarimizdan ham qasos oldik. Bosqinchilik va talonchilikda biz Nodirshohdan ham o\u2019tib ketdik\u201d.<\/p>\n\n\n\n<p>1857 yil 21 sentabrda inglizlar Bahodirshoh II va uning o\u2019g\u2019illarini asirga oladilar. Keyinchalik 82 yoshli Bahodirshohni sud qilib, Rangunga (Birma) badarg\u2019a qiladilar. Podshoh 1862 yilda 87 yoshida surgunda vafot etadi. Uning o\u2019g\u2019illari \u2013 Mo\u2019g\u2019ul Mirzo (1796-1858) va Hizr Sulton Mirzo (1799-1859) hamda nevarasi Abu Bakr Mirzolarni (1821-1858) Dehliga olib ketayotgan ingliz ofitseri Xodson yo\u2019lda birin-ketin otib tashlaydi.<\/p>\n\n\n\n<p>Mana shu bilan Hindistonda 332 yil hukm surgan boburiylar sulolasi tugatiladi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Zahirddin Muhammad Bobur Mirzo Umar Shayx Mirzoning katta o\u2019g\u2019li bo\u2019lib, 1483 yil fevral oyida Andijonda tug\u2019ilgan. Zahiriddin Muhammad Bobur Mirzoning bolalik va yoshlik davri asosan Andijon hamda Axsi shaharlarida o\u2019tgan. &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/zahiriddin-muhammad-bobur-mirzo\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":3469,"parent":0,"menu_order":0,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","template":"","meta":{"footnotes":""},"class_list":["post-55504","page","type-page","status-publish","has-post-thumbnail","hentry","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/55504","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/pages"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/page"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=55504"}],"version-history":[{"count":9,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/55504\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":55521,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/55504\/revisions\/55521"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/3469"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=55504"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}