{"id":55525,"date":"2023-03-22T15:47:38","date_gmt":"2023-03-22T12:47:38","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?page_id=55525"},"modified":"2023-03-26T15:53:37","modified_gmt":"2023-03-26T12:53:37","slug":"mironshoh-mirzo","status":"publish","type":"page","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/mironshoh-mirzo\/","title":{"rendered":"MIRONSHOH MIRZO"},"content":{"rendered":"\n<p>Amir Temurning uchinchi o\u2019g\u2019li. 1366 yilda tug\u2019ilgan. Uning onasi Menglibek Og\u2019oyi Jon Qurbonidir. Mironshoh Mirzo 1380 yilda 14 yoshidayoq Temurning Xuroson yurishida qatnashgan. Temur ana shu yurish oldidan hali qo\u2019lga kiritilmagan Xurosonga Mironshohni hukmdor qilib tayinlangan edi. Binobarin, Xuroson Temur tomonidan zabt etilgach, Mironshoh Hirotga kelib o\u2019rnashadi. 1393 yilda esa Temur Shimoliy Eron, Iroq va Zakavkaziyadek ulkan mamlakatni (sobiq Xulaguxonga qarashli) idora qilishni Mironshohga topshiradi.<\/p>\n\n\n\n<p>Mironshoh Mirzo yoshligidanoq harbiy san\u2019atdan ma\u2019lum darajada xabardor, jasur va yovga nisbatan shafqatsiz jangchi sifatida nom taratgan edi. Shuningdek o\u2019ta makkor, mayxo\u2019ylik va maishatga berilgan kishi edi. Tarixiy manba\u2019larda naql qilinishicha, Samarqandda bir ziyofat asnosida Hirotning sobiq hukmdorining o\u2019g\u2019li Pir Muhammadning kallasini kulib turib, qilich bilan uzib tashlagan. Keyinchalik o\u2019zining bu qilmishini \u201cmastlik\u201dka yo\u2019ygan.<\/p>\n\n\n\n<p>1376 yilda Jahongir Mirzo vafot etgach, uning bevasi Xonzoda (Sevin beka) begimni 1382 yilda Temur tarafidan Mironshoh Mirzoga nikohlab berilgan. Mironshoh Mirzo O\u2019zbekxonning nabirasi Xonzoda begimga uylangach, otasi Temur kabi \u201cKuragon\u201d degan laqabga musharraf bo\u2019lgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Mironshoh Mirzo o\u2019z poytaxtini Ozarbayjonning Sultoniya shahariga o\u2019rnatilgan edi. U keyingi paytlarda maishatga berilib, tez-tez ovga chiqardi. 1396 yil kuzida navbatdagi ovda otdan yiqilib shikastlanadi. Tarixiy manbalarda yozilishicha, ana shu jarohatdan so\u2019ng unda bir oz miyaning chalg\u2019ish alomatlari vujudga kelgan. Ammo Klavixoning yozishicha, u Mironshohda hech qanday savdoyilik alomatlarini ko\u2019rmagan. Aksincha Mironshoh Kastiliya elchilarni o\u2019z zamnasining qonun-qoidalariga muvofiq tarzda qabul qilgan va qirolning sog\u2019ligini so\u2019ragan.<\/p>\n\n\n\n<p>Tarixiy manbalarning guvohlik berishicha, keyingi vaqtlarda Mironshoh ayshu ishratga berilib ketib, davlat ishlariga qaramay qo\u2019yadi. U shar\u2019iy va noshar\u2019iy xotinlar olishni ko\u2019paytiradi. Uzluksiz davom etgan bazmlar va har xil ko\u2019ngul ochar o\u2019yinlar xazinaga sezilarli ravishda zarba beradi. Bundan tashqari, Sultoniya shaharida eng chiroyli va hashamatli binolardan birini buzdiradi. Shuningdek Tabriz shaharidagi mashhur tarixchi Rashidididdinning maqbarasini buzdirib, marhumning suyaklarini yig\u2019dirib, shahardagi yahudiylar qabristoniga olib ko\u2019mishni buyuradi. O\u2019zining bunday xatti-harakatiga tarixchi Rashididdinning yahudiy mazhabiga mansub ekanligini asosiy sabab qilib ko\u2019rsatdi.<\/p>\n\n\n\n<p>Mironshoh o\u2019z haramidagi xotinlariga ham har xil tuhmat va bo\u2019htonlar qilib, jabr-zulmni haddan oshiradi. Nihoyat, 1399 yilda Mironshohning katta xotini Xonzoda begim eridan yashiriqcha Samarqandga \u2013 qaynotasi Temurning huzuriga borib, Mironshohning kirdikorlridan shikoyat qiladi. Temur sevikli kelinidan bu ahvolni eshitib, qattiq iztirobga tushadi. O\u2019sha davr tarixchilarining yozishicha, Temur bir hafta davomida yig\u2019lab, hech kimga ko\u2019rinish bermagan. Nihoyat, Temur mashhur yetti yillik yurishga bel bog\u2019lab, yo\u2019l-yo\u2019lakay, qo\u2019qqisdan Ozarbayjonga bostirib kiradi. Temur Sultoniyaga kirgach, darhol Mironshoh va uning hamtovoqlari \u2013 arkoni davlatini tutdirib, zindonga tashlatadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Ertasi kun Temur o\u2019zining eng nufuzli kishilarini to\u2019plab, Mironshoh masalasini o\u2019rtaga tashlaydi. Ulug\u2019 devonga yig\u2019ilgan amaldorlardan Mironshoh va uning hamtovoqlariga berilajak jazo nimadan iborat bo\u2019lishi kerakligini aytishlarini talab qiladi. Biroq yig\u2019ilganlardan sado chiqmaydi. Nihoyat Temurning o\u2019zi Mironshoh va uning arkoni davlatiga o\u2019lim jazosini e\u2019lon qiladi. Temurning diniy rahnamosi, piri Sayid Baraka va ayrim amaldorlar bu hukmga qat\u2019iyan qarshi turadilar. Lekin Temur o\u2019z so\u2019zida mahkam turabergah, amir Shoh Malik o\u2019rnidan turib, \u201co\u2019z o\u2019g\u2019lingiz-ku, davlatpanoh\u201d \u2013 deydi. Temur tortishib o\u2019tirishni yoqtirmasdi binobarin, g\u2019azabi qaynab ketadi va o\u2019rnidan turib, amir Shoh Malikka g\u2019azab bilan tikiladi. Shoh Malik esa yana \u201cshahzoda sizning farzandi arjumandingiz erur, davlatpanoh, qatl qildirsangiz Islom qilichiga farzandkushlik isnodi dog\u2019 bo\u2019lib tushmog\u2019i muqarrardur\u201d, &#8212; deydi. Temurning yanada g\u2019azabi avjga chiqarkan, \u201cMen ahkomi shariatda emas, o\u2019z saltanatimda tartib o\u2019rnatmog\u2019im lozim!\u201d \u2013 deydi. Shunda Sayid Baraka o\u2019rnidan turib, &#8212; \u201cBaribir, har bir ishdan alloh-taolo voqifdur, hukmdor\u201d, &#8212; deydi. Shundan so\u2019ng Temur o\u2019zicha bir qarorga keladi-da, g\u2019azabdan tushib o\u2019z o\u2019rniga o\u2019tirgach, kengash tugaganligini ma\u2019lum qiladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Ertasi shahar fuqarosini katta maydonga yig\u2019ib, Mironshoh boshliq uning barcha amir va amaldorlarini qo\u2019llari bog\u2019liq holda zindondan chiqarib, shahar maydoniga olib keladilar. Maydon o\u2019rtasida turgan jallod Temurning so\u2019nggi buyrug\u2019ini kutardi. Nihoyat, Temur qatlini boshlashga ijozat beradi. Jallod Mironshohning o\u2019nga yaqin bek va amaldorlarini birin-ketin qatl qilgach, navbat Mironshohga keladi. Shu asnoda Sayid Baraka boshliq barcha amir va beklar hamda shahzodalar o\u2019rtaga tushib, Mironshohning gunohidan o\u2019tishni Temurdan iltijo qilib, yolboradilar. Shundan so\u2019nggina, Mironshoh banddan ozod qilinib, gunohi kechiriladi. Qatl qilingan bek va amaldorlarning to\u2019plagan mol-mulki musodara qilinib, xazinaga qaytariladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Mironshohning haramidagi xotinlari va kanizaklaridan faqat bolaliklarinigina qoldirilib, bolasizlari esa haramdan chiqarilib, haydaladi. Mironshohni esa hokimiyatdan azl qilib o\u2019rniga uning ikkinchi o\u2019g\u2019li Umar Mirzoni tayinlaydi. Mironshohning katta o\u2019g\u2019li Abubakr Mirzo otasi Mironshohni bundan buyon o\u2019zi bilan birga qolishini bobosi Temurdan iltimos qiladi. Abubakr Mirzoning iltimosi qondirilgach, u otasi Mironshohni olib, o\u2019z hukmida bo\u2019lgan Bag\u2019dodga jo\u2019naydi.<\/p>\n\n\n\n<p>1408 yil 21 apreld Mironshoh Ozarbayjonning Sardrud mavzesida turkman Qora Yusuf bilan bo\u2019lgan jangda o\u2019ldiriladi va Surhob tumaniga dafn qilinadi. Bir necha muddat o\u2019tgach, Shams G\u2019uriy nomli shaxs darvesh kiyimida Surxobga borib, yashiriqcha Mironshohning suyaklarini olib, Movarounnahrga keltiradi va Shahrisabzda temuriylar maqbarasiga dafn qilinadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Keyinchalik, kimningdur tashabbusi bilan Mironshohning xoki Shahrisabzdan Samarqandga keltirilib, Go\u2019ri Amirda \u2013 Temurning yoniga dafn etdiriladi. M.Ye.Masson, har xolda Mironshohning xoki Shahrisabzdan Samarqandga keltirilib, Go\u2019ri Amirga dafn qilinishi Sulton Abusayid Mirzoning hukmronlik davrida amalga oshgan bo\u2019lsa kerak, deb taxmin qiladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Mironshohdan olti o\u2019g\u2019il va bir necha qiz qolgan. Eng katta o\u2019g\u2019li Abubakr Mirzo, ikkinchisi Umar Mirzo, uchinchisi Xalil Sulton Mirzo, to\u2019rtinchisi Suyurg\u2019atmish Mirzo, beshinchisi Iyjal Mirzo va oltinchisi Sulton Muhammad Mirzodir.<\/p>\n\n\n\n<p>ABUBAKR MIRZO 1382 yilda Mironshoh Mirzoning Xonika begim ismli mo\u2019g\u2019ul xotinidan tug\u2019ilgan katta o\u2019g\u2019lidir.<\/p>\n\n\n\n<p>1399 yilda Amir Temur Mironshoh Mirzoni jazolab, uni hokimiyatdan mahrum etgach, uning tasarrufidagi viloyatlarga Abubakr Mirzoni hokim etib tayinlaydi. Ammo Abubakr Mirzo otasi Mironshohga bo\u2019lgan hurmati yuzasidan bobosining tklifini rad etadi. Temur, nabirasi Abubak Mirzoni ko\u2019ngli bo\u2019shlikda ayblab, hokimiyatga Mironshohning ikkinchi o\u2019g\u2019li \u2013 Umar Mirzoni tayinlaydi.<\/p>\n\n\n\n<p>Temur vafotidan so\u2019ng, Umar Mirzo akasi Abubakr Mirzoga nisbatan pinhoniy dushmanlik ruhida bo\u2019lib, 1405 yil aprel oyida Sultoniyaga kelgan akasi Abu Bakr Mirzoni ushlatib, qal\u2019aga qamatadi va unga tegishli haram va barcha mol-mulkni o\u2019ljaha oladi.<\/p>\n\n\n\n<p>1405 yil 15 iyulda Sultoniya qal\u2019asida Abubakr Mirzo bir necha bandilarni o\u2019ziga rom qilib, o\u2019zini o\u2019ldirish uchun yuborilgan Odil xazinachi, Iso ko\u2019chi va Shayx Hojilarni o\u2019ldirib, ko\u2019pgina askarlarini o\u2019zi bilan birga olib, Sultoniyaga kirib, u yerdagi boyliklarini olib, Ray yo\u2019li bilan Xurosonga qarab ketadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Abubakr Mirzo Sultoniyani qo\u2019lga kiritgach, Umar Mirzoga tegishli beklarning ko\u2019pchiligi Abubakr Mirzoga mulozamat qilib keladilar. Abubakr Mirzo zarrin taxt bezatdirib, otasi Mironshohni taxtga o\u2019tkazadi. Biroq Abubak Mirzoga ukasi Umar Mirzo tarafidan xavf-xatar ko\u2019payabergach, Abubakr Mirzoning xos kishilari taxtga Abubakr Mirzoning o\u2019zi o\u2019tirishni lozim ko\u2019radilar. Abubakr Mirzo taxtga o\u2019tirgach, Tukal o\u2019rus Buqoning qizini o\u2019z nikohiga kiritadi.<\/p>\n\n\n\n<p>1408 yil aprel oyida Abubakr Mirzo Ozarbayjonning Sardrud mavzesida turkman amir Qora Yusuf bilan bo\u2019lgan jangda yengilib, orqaga chekinadi. Mazkur jangda Abubakr Mirzoning yosh qizi bir necha kanizaklari bilan birga amir Qora Yusuf qo\u2019liga tushadi. Amir Qora Yusuf qizni yaxshi parvarish qilib, voyaga yetgach, o\u2019z nikohiga kiritadi. Amir Qora Yusuf vafotidan so\u2019ng, Qorabog\u2019ga qishlov uchun borgan Shohruh Mirzoning huzuriga mazkur malika kelib, o\u2019zini tanitadi. Shohruh Mirzo birodarzodasi malikani Shirvon shahzodasi Xalilullohga aqd qildiradi. 1421 yil 4 aprelda katta to\u2019y o\u2019tkaziladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Abubakr Mirzoning ikkita o\u2019g\u2019li bo\u2019lib, kattasi Ilongir Mirzo 1397 yilda, kichigi Usmon Jodiy esa 1401 yilda Sultoniyada tug\u2019ilgan edilar.<\/p>\n\n\n\n<p>UMAR MIRZO Mironshoh Mirzoning ikkinchi o\u2019g\u2019li bo\u2019lib, 1383 yilda Xurosonda tug\u2019ilgan. 1399 yilda Mironshoh Mirzoni Amir Temur hokimiyatdan azl qilgach, o\u2019rniga Umar Mirzoni tayinlab, unga Iroq, Ozarbayjon, Arron, Mug\u2019on, Gurjiston va Shirvon mmlakatlarini, shuningdek, mazkur viloyatlardagi barcha qo\u2019shin boshliqlari, shahzodalar hamda mansabdorlarni itoat etmoqlari haqida oliy farmon berilgan edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Temur vafotidan so\u2019ng, Umar Mirzoda o\u2019z otasi Mironshohga va aka-ukalariga nisbatan shubha vujudga keladi. \u201cAbubakr Mirzo\u201d bobida hikoya qilganimiz voqea aka-uka o\u2019rtasida kechgach, Umar Mirzo akasi Abu Bakr Mirzoga qarshi kurashmoq uchun amakisi Umar Shayx Mirzoning farzandi Rustam Mirzoning huzuriga ko\u2019mak istab boradi. Umar Mirzo Rustam Mirzoga \u201cqadim sultonlar qayg\u2019uli kunlarda va baxtsiz hodisalar ro\u2019y berganda bir-birlaridan boshpana tilab, shafqat topishga umid bog\u2019laganlar va agar bu bobda beparvolikka yo\u2019l qo\u2019ygan bo\u2019lsalar, asrlar bo\u2019yi yaqin va yiroqlar tilida ta\u2019naga uchrab, unutilib ketganlar: aka-ukalar jam bo\u2019lmasangizlar, Mirzo Abubakrga qarshi yurib bo\u2019lmaydi; vazifa shuki, elchi yuborib Pir Muhammad Mirzo va Iskandar Mirzoni chaqiramiz hamda, to ular yetib kelgunicha, Abubakr Mirzoning Suqbuloqda g\u2019ofil o\u2019tirgan ug\u2019ruqini qo\u2019lga tushiramiz\u201d, &#8212; deydi. Shundan so\u2019ng Suqbuloqqa borib, Abu Bakr Mirzoning ug\u2019ruqini o\u2019lja olib, haramdagi xotinlar va bolalarni band qiladi va Sherozga Pir Muhammad Mirzo huzuriga boradilar. Qishni o\u2019tkazib, bahorda Yazddan Iskandar Mirzo ham kelib qo\u2019shilgach, hammalari Isfaxonga qarab yo\u2019l oladilar.<\/p>\n\n\n\n<p>Abu Bakr Mirzo ham o\u2019z qo\u2019shinlari bilan kelib, Isfaxonni qamal qiladi va qattiq janglardan so\u2019ng Isfaxon ham Abu Bakr Mirzo tasarrufiga o\u2019tadi. Shu voqeadan so\u2019ng Umar Mirzo amakivachchalarining ham Abu Bakr Mirzoga bas kelolmasligiga ko\u2019zi yetadi va ulardan ajrab Xurosonga qarab ketadi. 1406 yilda 16 avgust kuni Samalqon yaylovidagi Xoja Qanbar mavzeida ovga chiqqan Shohruh Mirzoning qabuliga musharraf bo\u2019ladi va bir necha muddat Shohruh Mirzo mulozimatida turadi. Umar Mirzo 1407 yilda vafot etadi.<\/p>\n\n\n\n<p>XALIL SULTON MIRZO Mironshoh Mirzoning uchinchi o\u2019g\u2019li bo\u2019lib, 1384 yilda tug\u2019ilgan. Uning onasi O\u2019zbekxonning nabirasi bo\u2019lmish Xonzoda (Sevin beka) begim edi. Xalil Sulton Mirzo yoshligidan boshlab Saroy Mulk Xonim tarbiyasiga topshirilgan edi. <\/p>\n\n\n\n<p>Sharafuddin Ali Yazdiyning yozishicha, Xalil Sulton Mirzo jasoratli, qat\u2019iyatli, harbiy salohiyatga ega, iste\u2019dodli yigit bo\u2019lgan. U hali 15 yoshidayoq bobosi Temurning Hindiston yurishida ishtirok etib, ajoyib harbiy san\u2019atini namoyish qilgan. Bu yurishda Amir Temur qo\u2019shini Dehli ostonasida Sulton Mahmudxon qo\u2019shini bilan to\u2019qnashadi. Sulton Mahmudxon o\u2019zining 500 jangchi fillarini Temur qo\u2019shiniga qarshi janggohga tashlaydi. Jangovar fillar na\u2019ra tortib, olg\u2019a bosib dushman tomon intilarkan, yo\u2019llarida duch kelgan xoh otliq, xoh piyoda, xoh tuya bo\u2019lsin, pora-pora qilib, ayovsiz toptab, dushmanni qal\u2019aga yaqin keltirmaydi.<\/p>\n\n\n\n<p>Kech kirgach, har ikki tomon janggohdan o\u2019z qarorgohiga chekinadi. Amir Temurning qovog\u2019idan qor yog\u2019ar, haligacha uchramagan jangning bunday turiga qarshi chora izlab topmoq zarr edi. Ana shunday tadbirni yosh Xalil Sulton Mitzo topadi va bobosi Temurning roziligini oladi. O\u2019sha kechasi 5-6 yuz kajava savatga eski-tuski latta va uvada paxtalar solib, ustidan moy quyiladi. Tong otarda uch yuz tuyaga savatlar ortilib, har bir tuya yoniga qo\u2019lida kichik mash\u2019ala ushlagan bir askar qo\u2019yiladi. Tong otgach, jangovar qo\u2019shin safga tizadilar va jang boshlanishiga muntazir turadilar.<\/p>\n\n\n\n<p>1398 yil 18 noyabr ertalab yana jang naqoralari chalinadi. Sulton Mahmudxon yana jangovar fillarni jangga soladi. Fillar dushman qo\u2019shiniga qarshi yurishi bilan tuyabonlar savatdagi paxtalarga o\u2019t berib, tuyalarni olg\u2019a qarab yetaklaydilar. O\u2019z ustlarida yonayotga olovni ko\u2019rgan tuyalar dahshatdan bo\u2019kirib, olg\u2019a tomon chopa boshlaydilar. Qarshidan kelayotgan fillar oddiy tuyani ko\u2019p marta ko\u2019rgan bo\u2019lsalar-da, ammo yonib kelayotgan tuyalarni umrlarida birinchi ko\u2019rishlari edi. Binobarin, fillar qo\u2019rquvdan eslarini yo\u2019qotib, orqaga qarab qochadilar. Ular jon achchig\u2019ida qocharkanlar, ularni to\u2019xtatishga harakat qilgan qo\u2019shinni toptab ketadilar. Natijada Sulton Mahmudxon qo\u2019shinida parokandalik vujudga kelib, Temur qo\u2019shinlari g\u2019alabaga erishadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Xalil Sulton Mirzo Temurning 1399-1404 yillarda g\u2019arbga qilgan yetti yillik yurishida ham faol qatnashgan. 1402 yilda Temur Turkiston chegaralarida oliy qo\u2019mondonlikni Xalil Sulton Mirzoga topshirgan edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Temur nabirasi Xalil Sulton Mirzodagi jasorat, iste\u2019dod va harbiy salohiyatga zimdan nazar solar va valiahd nabirasi Sulton Muhammad Mirzo bilan bir qatorda ko\u2019rardi. Binobarin, 1404 yilda Xitoyga qarshi yurishga tayyorgarlik ko\u2019rarkan, qo\u2019shinning o\u2019ng qanotiga (Toshkent va uning atrofidan yig\u2019iladigan askarlarga) boshliq qilib tayinlaydi.<\/p>\n\n\n\n<p>1405 yil 18 fevralda Temur O\u2019trorda vafot etgach, Xalil Sulton Mirzo o\u2019z qo\u2019l ostidagi qo\u2019shin bilan Samarqandga qaytib keladi va poytaxtni o\u2019z tasarrufiga kiritadi. Xalil Sulton Mirzo hokimiyatni qo\u2019lga kiritgach, Temurning avvalgi valiahdi Muhammad Sulton Mirzoning o\u2019g\u2019li Muhammad Jahongir Mirzoni \u201cxon\u201d qilib ko\u2019taradi va davlat ishini asosan o\u2019zi boshqaradi. Xalil Sulton Mirzoning bu jasorati o\u2019z zamonasiga ko\u2019ra katta bir yangilik edi. Zero, \u201cxon\u201dlik mansabini chingiziylar sulolasidan temuriylar sulolasiga o\u2019tkazilishi birinchi hodisa \u2013 qilinmagan ish edi. Hatto Temurning o\u2019zi ham bunday qilishga jur\u2019at qilmagan.<\/p>\n\n\n\n<p>Xalil Sulton Mirzo Samarqandni 1409 yilgacha o\u2019z qo\u2019lida saqlab turdi. Movarounnahrdan tashqarida Xalil Sulton Mirzoning hukmronligini hech kim tan olmadi. Ayniqsa, mamlakatning shimoliy qismidagi isyonchi harbiy boshliqlar u bilan chiqisha olmadilar. 1405 yil dekabr \u2013 1406 yil yanvarida Xorazmni bosib olib, Buxoro chegarasigacha hujum qilib kelgan Oltin O\u2019rda tatarlariga qarshi bir necha marta urushlar qilib turdi. Xalil Sulton Mirzo o\u2019z dushmanlari bilan bo\u2019lgan ochiq janglarda ko\u2019pincha g\u2019olib kelardi. Xalil Sulton Mirzoning Shohruh Mirzo bilan bo\u2019lgan so\u2019nggi jangda esa, yengilishi albatta Shohruh Mirzoning harbiy salohiyatida ustunligi emas, balki Shohruh Mirzo tarafidan uyushtirilgan xilma-xil makr-hiylalar sabab edi.<\/p>\n\n\n\n<p>1409 yil bahorida Shohruh Mirzoning qo\u2019shini Bodxex mavzeida Xalil Sulton Mirzoning qo\u2019shini esa Shahrisabz (Kesh)da urushga tayyor holda turardi. Shu asnoda shimolda amir Xudoydod boshchiligida qo\u2019zg\u2019olon ko\u2019tarilgani haqida xabar keladi. Xalil Sulton Mirzo asosiy qo\u2019shinni Shahrisabzda qoldirib, 4000 askar bilan amir Xudoydodga qarshi borishga majbur bo\u2019ladi. 1409 yil 30 mart kuni Xalil Sulton Mirzo amir Xudoydod tomonidan asirga olinib, Samarqandga keltiriladi. Keyinchalik esa Farg\u2019onaga olib ketiladi. Uning xotini Shodmulk begimni esa Shohruh Mirzoga topshiradilar. O\u2019sha zamon ayrim tarixchilarining yozishiga ko\u2019ra, Shohruh Mirzo Shodmulk begimni tahqirlab, ko\u2019p azoblarga duchor qiladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Nihoyat, Xalil Sulton Mirzoni Farg\u2019onadan O\u2019trorga keltiradilar. Amir Shayx Nuriddinning vositachiligida Shohruh Mirzo bilan Xalil Sulton Mirzo o\u2019rtasida bitim tuziladi. Bitimga muvofiq Xalil Sulton Mirzo Movarounnahr hukmronligidan voz kichadi. Buning evaziga Ray viloyati hokimligiga ega bo\u2019ladi. Xotini Shodmulk begim qaytarib beriladi. Ko\u2019p o\u2019tmay 1411 yil 4 noyabr chorshanba kuni Xalil Sulton Mirzo Ray shaharida kasal bo\u2019lib vafot etadi. Ayrim tarixchilarning yozishicha, u zahardan o\u2019ladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Xalil Sulton Mirzodan Muhammad Bakr Mirzo ismli bir o\u2019g\u2019il qoladi. Uning tug\u2019ilgan yili noma\u2019lum. Muhammad Bakr Mirzo hech qayerda hukmronlik qilmagan. U 1434 yil 10 noyabrda vafot etadi.<\/p>\n\n\n\n<p>SHODMULK BEGIM Xalil Sulton Mirzoning xotinidir. Tarixchi Sharafiddin Ali Yaxdiyning yozishicha, Shodmulk begim Samarqand shahrining quyi tabaqasiga mansub bo\u2019lgan hunarmand oilasidandir. Xalil Sulton Mirzo Shodmulk begimni sevib qolib, o\u2019z zamonasining taomiliga zid o\u2019laroq, ushbu qizga uylanadi. Albatta bunday \u201ctengsiz\u201d nikohga Temur boshliq butun avlod qarshi turadilar. Biroq Xalil Sulton Mirzoning qat\u2019iy qarori g\u2019olib chiqadi Temur avvalida g\u2019azablangan bo\u2019lsa-da, keyinchalik Xalil Sultonga bo\u2019lgan yuksak e\u2019timodi tufayli, uning gunohini kechiradi.<\/p>\n\n\n\n<p>Temur vafotidan so\u2019ng taxtga o\u2019tirgan Xalil Sulton Mirzoning saltanatni boshqarishida Shodmulk begim faol qatnashadi. Shodmulk begimning aralashuvi bilan Xalil Sulton 1406 yilda Temurning beva xotini Tuman Og\u2019oni amir Shayx Nuriddinga xotinlikka beradi. Xazina va saltanat ishlarida Shodmulk begimning faoliyati yanada kuchayadi. Shodmulk begimning irodasi bilan quyi tabaqaga mansub bo\u2019lgan kishilar yuqori lavozimlarga ko\u2019tariladi. Temur safdoshlariga qarama-qarshi o\u2019laroq, Shodmulk begimning xohishiga muvofiq qandaydir Bobo Turmush degan kimsa to\u2019la huquqli vazirlik mansabini egallaydi.<\/p>\n\n\n\n<p>Avvalgi amaldorlardan Ollohdod va Arg\u2019unshohlarga ham hech qanday iltifot ko\u2019rsatilmaydi. Shodmulk begim Temurning barcha beva xotinlari va kanizaklarini harbiy boshliqlar va amaldorlarga in\u2019om qilish haqida Xalil Sulton Mirzoga maslahat beradi va shunga ko\u2019ndiradi. Ibn Arabshohning yozishicha, Temurning eng katta xotini Saroy Mulk xonim va Tukal xonimlar Shodmulk begim tomonidan zaharlab o\u2019ldirilganlar.<\/p>\n\n\n\n<p>1411 yilda Xalil Sulton Mirzo vafot etgach, eridan keyin yashashni istamagan Shodmulk begim zahar ichib o\u2019ladi.<\/p>\n\n\n\n<p>IYJAL MIRZO Mironshoh Mirzoning to\u2019rtinchi o\u2019g\u2019li bo\u2019lib, 1487 yilda tug\u2019ilgan. Iyjal Mirzo Shohruh Mirzo qo\u2019l ostida bo\u2019lgan Badaxshon viloyatlari ustidan hukmronlik qilardi. 1414 yilda Iroq va Fors Shohru Mirzo tasarrufiga o\u2019tgach, Iyjal Mirzoni Badaxshondan olib Ray viloyatiga hukmdor qilib tayinlaydi. Ammo Iyjal Mirzo Rayda ko\u2019p hukmronlik qilmaydi. U 1415 yil aprel oyining boshida qandaydir kasalga uchrab, uch kun yotib, 11 aprel 1415 yilda Ray shaharida vafot etadi.<\/p>\n\n\n\n<p>SUYURG\u2019ATMISH MIRZO Mironshoh Mirzoning beshinchi o\u2019g\u2019li bo\u2019lib, 1399 yilda tug\u2019ilgan. U biror viloyatga hukmronlik qilmasdan, 1411 yildayoq vafot etgan.<\/p>\n\n\n\n<p>SULTON MUHAMMAD MIRZO Mironshoh Mirzoning oltinchi o\u2019g\u2019li deb naql qilinadi. Uning qachon tug\u2019ilib va qachon vafot etgani ham noma\u2019lum. Shuningdek, Sulton Muhammad Mirzoning biror viloyatda hukmron bo\u2019lganligi haqida ham hech qanday asosli ma\u2019lumot uchramaydi.<\/p>\n\n\n\n<p>Biroq Zahiriddin Muhammad Bobur Mirzo o\u2019zining mashhur \u201cBoburnoma\u201d asarida o\u2019z nasli va nasabini mazkur Sulton Muhammad Mirzoga bog\u2019laydi. Shunisi qiziqki, Shohruh Mirzo hayotlik davrida tuzilgan \u201cNasabnoma\u201dda ham Mironshoh Mirzoning Sulton Muhammad Mirzo nomli o\u2019g\u2019li bo\u2019lganligi haqida hech qanday ma\u2019lumot yo\u2019q. Ya\u2019ni, \u201cNasabnoma\u201dda Sulton Muhammad Mirzoning nomi zikr qilinmaydi. Fikrimizcha, Sulton Muhammad Mirzo Mironshohning o\u2019g\u2019l emas, kuyovi bo\u2019lsa ham ajab emas. Tarixiy ma\u2019lumotlarga qaraganda, Mironshohning qizlaridan birini Temur nihoyatda yaxshi ko\u2019rgan va o\u2019z saroyida tarbiyalagan. 1397 yilda mazkur nabirasiga atab Samarqandda Bog\u2019i shamolni qurdirgan. Temur ushbu nabirasini o\u2019zi bosh bo\u2019lib, turmushga chiqargan.<\/p>\n\n\n\n<p>MINUCHEHR MIRZO Sulton Muhammad Mirzoning katta o\u2019g\u2019li bo\u2019lib, 1418 yilda tug\u2019ilgan. U ukasi Sulton Abusayid Mirzo mulozimatida bo\u2019lgan. Ukasi vafotidan so\u2019ng, Mozandaronga kelib hayot kechiradi. Xondamirning yozishicha, Minuchehr Mirzo Rustamdor shahrida Sulton Husayn Boyqaroga qarshi fitna urushtirib, isyonga sabab bo\u2019lgani tufayli 1469 yilda qatl qilinadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Uning Qorako\u2019z begim nomli qizi bo\u2019lib, inisi Sulton Abusayid Mirzoning to\u2019rtinchi o\u2019g\u2019li Umar Shayx Mirzoga nikoh qilingan edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Shuningdek, Minuchehr Mirzoning Malik Muhammad Mirzo ismli o\u2019g\u2019li bo\u2019lib, 1448 yilda tug\u2019ilgan. Hech qayerda hukmronlik qilmay, 1494 yilda vafot etgan.<\/p>\n\n\n\n<p>SULTON ABUSAYID MIRZO Sulton Muhammad Mirzoning ikkinchi o\u2019g\u2019lidir. U 1424 yilda tug\u2019ilgan. Uning yoshlik davriga oid ma\u2019lumot uchramaydi.<\/p>\n\n\n\n<p>1450 yil 8 mayda Abdullatif Mirzoga suiqasd qilinib, qatlga yetkazilgach, Samarqand taxtiga Ulug\u2019bek Mirzoning jiyani hamda kuyovi bo\u2019lmish Abdullo Mirzo (Ibrohim Mirzoning o\u2019g\u2019li) o\u2019tiradi. Bu davrda Sulton Abusayid Mirzo temuriylr davlatining shimoliy chegara shahari Turkiston (Yassi)ni qo\u2019lga kiritgan edi. Endilikda Samarqand taxtiga da\u2019vogar bo\u2019lib, Abdullo Mirzoga qarshi yurish boshlaydi. Abdullo Mirzo Turkiston shahariga qo\u2019shin yuborib shaharni qamal qiladi. Sulton Abusayid Mirzo esa makr-hiyla yo\u2019liga o\u2019tib, bir necha ayg\u2019oqchilarni Samarqand qo\u2019shini orasiga yuboradi. Ular qo\u2019shin orasida \u201cO\u2019zbek xoni Abulhayron Turkiston shahariga yordamga kelayotir!\u201d, &#8212; deb gap tarqatadilar. Samarqandliklar bu gapni rost fahmlab, qamalni tashlab, orqaga chekinadilar. Bu xabar Abdullo Mirzo yergach, shaxsan o\u2019zi katta qo\u2019shinga bosh bo\u2019lib, Sulton Abusayid Mirzoga qarshi urushga chiqadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Abdullo Mirzoning katta qo\u2019shin bilan kelayotgan xabarini eshitgan Sulton Abusayid Mirzo darhol yordam so\u2019rab, o\u2019zbek xoni Abulhayrxonga elchi yuboradi. Abulhayrxon ham fursatdan foydalanib, Samarqandni yana ikkinchi marta talash niyatida o\u2019z qo\u2019shinlari bilan Turkistonga kelib, Sulton Abusayid Mirzo qo\u2019shinlari bilan birgalashib Toshkentga, u yerdan Xo\u2019jandga keladilar. Bu vaqtda Abdullo Mirzoning askarlari endi Sirdaryodan o\u2019tgan edilar. Sulton Abusayid Mirzo bilan Abulhayrxon qo\u2019shinlari Mirzacho\u2019l orqali o\u2019tib, Abdullo Mirzo qo\u2019shinlariga Bulung\u2019urda ro\u2019baro\u2019 keladilar. 1451 yil iyun oyida Bulung\u2019ur dashtining janubidagi Sheroz qishlog\u2019i yaqinida har ikki qo\u2019shin o\u2019rtasida qonli jang bo\u2019ladi. Natijada, Abulhayrxon Abdullo Mirzoning ko\u2019p sonli qo\u2019shini ustidan g\u2019alaba qozonadi. Abdullo Mirzo mardona kurashib, jang maydonidan orqaga qaytayotganda o\u2019q tegib halok bo\u2019ladi. Sulton Abusayid Mirzo esa hech qanday qarshilikka uchramay, Samarqandga kiradi va taxtni egallaydi.<\/p>\n\n\n\n<p>1457 yil mart oyida Mashhadda Abulqosim Bobur vafot etgach, Sulton Abusayid Mirzo Hirotni bosib olib, Xuroson muzofotini o\u2019z tasarrufiga kiritadi. Sulton Abusayid Mirzo Samarqand taxtini o\u2019zining katta o\u2019g\u2019li Sulton Ahmad Mirzoga berib, o\u2019zi Hirotni poytaxt qiladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Sulton Abusayid Mirzo mulkgirlik havasiga mubtalo bo\u2019lgan, shafqatsiz hukmdor edi. U o\u2019zining butun saltanatida jabr-zulm va istibdod asosiga qurgan edi. U Badaxshonni zabt etgach, Badaxshonning sobiq hukmdori Muhammad Badaxshiyning qizini o\u2019z nikohiga olgan. Undan Abu Bakr ismli o\u2019g\u2019li ham bor edi. Muhammad Badaxshiy va uning o\u2019g\u2019lini esa Hirotga keltirib, maxsus nazoratda saqlardi. Badaxshiyning o\u2019g\u2019li Qashg\u2019arga qochib borib, u yerdan kuch to\u2019plab, Badaxshonga kelib isyon ko\u2019taradi. Sulton Abusayid Mirzo isyonni bostirgach, qaynotasi Muhammad Badaxshiy hamda qaynisini qatl qildiradi.<\/p>\n\n\n\n<p>1457 yilda Sulton Abusayid Mirzo Xurosonni qo\u2019lga kiritgach, o\u2019z qarindoshi Ulug\u2019bek Mirzoning nabiralaridan 16 yoshli Ahmad Mirzo, 17 yoshli Abdurazzoq Mirzo hamda Mahmud Mirzzolarni qatl qildiradi. Xuddi shu yili Ulug\u2019bek Mirzoning qarib qolgan onasi \u2013 malika Gavharshod begimni o\u2019z nabirasini saltanatga qarshi isyon ko\u2019tarishda ayblab, shafqatsizlarcha chopib tashlashga hukm qiladi. 1464 yilda Abdullatif Mirzoning o\u2019g\u2019li Muhammad Jo\u2019ki Mirzoni xiyonotkorona Ixtiyoriddin qal\u2019asiga qamatib, keyinchalik o\u2019sha yerda bo\u2019g\u2019ib o\u2019ldirtiradi.<\/p>\n\n\n\n<p>1464 yili Alisher Navoiy Mashhaddan Hirotga keladi. Uning maqsadi Abulqosim Bobur Mirzo o\u2019rniga taxtga o\u2019tirgan Sulton Abusayid Mirzo tomonidan musodara qilib yuborilgan otasidan qolgan hovli-joylarga ega bo\u2019lish va qanday bo\u2019lmasin, tirikchilik uchun zarur bo\u2019lgan sharoitni vujudga keltirish hamda hukmdordan o\u2019zining holiga yarasha rioyat va tarbiyat toppish edi. Ammo Sulton Abu Sayid Mirzo Abulqosim Bobur Mirzo saroyida tarbiyalangan, boz ustiga o\u2019zining taxt dushmani Sulton Husayn Boyqaroning yaqin do\u2019sti bo\u2019lmish Alisher Navoiyga hurmat va marhamat ko\u2019rsatmaydi, aksincha unga nisbatan salbiy munosabatda bo\u2019ladi. Bu haqda \u201cRavzat us-safo\u201dda shunday deb yozilgan \u201cAbusayid Sultonning zamonida Xuroson dorussaltanasiga (Alisher Navoiy \u2013 T.F.) borib, bir necha kunni\u2026 ostoni mulozamatida o\u2019tkazdi\u2026 ammo o\u2019zining holiga yarasha rioyat va tarbiyat topa olmadi\u201d.<\/p>\n\n\n\n<p>Aksincha, Sulton Abusayid Mirzo o\u2019zining \u201costoni mulozimat\u201didan Alisher Navoiyni chetlatishga harakat qiladi. Bu haqda Zahiriddin Muhammad Bobur Alisher Navoiyning Hirotdan Samarqandga quvilishiga doir sabablarni ko\u2019rsatmasa-d, biroq Hirotdan Samarqandga badarg\u2019a qilinganligiga shubha qilmaydi va bu haqda \u201cBoburnoma\u201dda shunday yozadi: \u201cBilmayman ne jarima bilan Abu Sayid (Alisherni \u2013 T.F.) Hirotdan ixroj qildi\u201d.<\/p>\n\n\n\n<p>Sulton Abusayid Mirzoning johilona kirdikorlari haqida Alisher Navoiy o\u2019zining \u201cSaddi Iskandariy\u201d nomli dostonida alohida to\u2019xtalib, shunday yozadi: \u201cSulton Abusayid kuragon hikoyatikim ko\u2019p mamlakatlar oldi va tig\u2019 bilan ko\u2019p muxulif elga oshub soldi va lekin sipohiysi rozi emas erkanidan urush vaqti barcha qo\u2019zg\u2019oldi va o\u2019zi aduv (maydon \u2013 T.F.) aro taxlikaga qoldi\u201d.<\/p>\n\n\n\n<p>Sulton Abusayid Mirzo nechog\u2019liq shafqatsiz bo\u2019lmasin, har holda o\u2019z saltanatida tartib va adolat o\u2019rnatishga harakat qilardi. Chunonchi, 1462 yilda amaldorlardan Shayx Ahmad bilan Muiziddin Xo\u2019ja poraxo\u2019rlikda ayblanadilar. Shayx Ahmadning tiriklayin terisi shilinib olinadi. Muiziddin Xo\u2019jani esa qaynab turgan qozonga tashlatadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Sulton Abusayid Mirzo nechog\u2019lik makkor, tadbirkor va donishmand bo\u2019lmasin va lekin uning tabiatida olamgirlik vasvasasi ustun edi. 1469 yilda Sulton busayid Mirzo turkmn hukmdori Jahonshohning vafotidan so\u2019ng g\u2019arbiy Eron (Iroq)ni zabt etish maqsadida jangga otlanadi va Oq qo\u2019yunlu turkman sulolasi bilan jangda halok bo\u2019ladi. Sulton Abusayid Mirzoning jasadi Hirotga keltirilib, Gavharshod begim madrasasi yonida temuriylar dahmasiga dafn etiladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Sulton Abusayid Mirzodan o\u2019n bir o\u2019g\u2019il va o\u2019n to\u2019rt nafar qiz qoladi. Eng katta o\u2019g\u2019li Sulton Ahmad Mirzo, ikkinchi o\u2019g\u2019li Sulton Muhammad Mirzo, uchinchi o\u2019g\u2019li Sulton Mahmud Mirzo, to\u2019rtinchi o\u2019g\u2019li Umar Shayx Mirzo, beshinchi o\u2019g\u2019li Ulug\u2019bek (Kobuliy yoki Soniy) Mirzo, oltinchi o\u2019g\u2019li Abu Bakr Mirzo, yettinchi o\u2019g\u2019li Shohruh Mirzo, sakkizinchi o\u2019g\u2019li Sulton Murod Mirzo, to\u2019qqizinchi o\u2019g\u2019li Sulton Xalil Mirzo, o\u2019ninchi o\u2019g\u2019li Sulton Valad Mirzo va o\u2019n birinchi o\u2019g\u2019li Sulton Umar Mirzodir.<\/p>\n\n\n\n<p>Qizlari: 1) Mehrlik begim \u2013 Sulton Abusayid Mirzoning Sulton Baxt Begim ismli xotinidan tug\u2019ilgan. 2) Oppoq begim \u2013 Fahri Jahon begimdan tug\u2019ilgan. 3) Kichkina begim \u2013 Fahri Jahon begimdan tug\u2019ilgan. 4) Shoh begim \u2013 Fahri Jahon begimdan tug\u2019ilgan. 5) Oq begim \u2013 Hadicha begim nomli kanizakdan tug\u2019ilgan. 6) Zaynab Sulton begim \u2013 keyinchalik Zahiriddin Muhammad Bobur Mirzoning Kobuldagi saroyia istiqomat qilgan. 7) Sulton Baxt begim \u2013 keyinchalik Kobulda Bobur Mirzo saroyida istiqomat qilgan. 8) Bad\u2019iul Jamol begim \u2013 keyinchalik Kobulda Bobur Mirzo saroyida istiqomat qilgan. 9) Hadicha Sulton begim \u2013 keyinchalik Kobulda Bobur Mirzo saroyida istiqomat qilgan. 10) Fahri Jahon begim \u2013 keyinchalik Kobulda Bobur Mirzo saroyida istiqomat qilgan. 11) Gavharshod begim \u2013 keyinchalik Bobur Mirzo saroyida istiqomat qilgan. 12) Shahribonu begim \u2013 keyinchalik Sulton Husayn Boyqaro o\u2019z nikohiga olgan. 13) Poyanda Sulton begim \u2013 keyinchalik Sulton Husayn Boyqaro Mirzoning xotini. 14) Oq begim \u2013 keyinchalik Kobulda istiqomat qilgan.<\/p>\n\n\n\n<p>SULTON AHMAD MIRZO Sulton Abusayid Mirzoning katta o\u2019g\u2019li bo\u2019lib, Sulton Abusayid Mirzo Samarqand taxtiga o\u2019tirgan yili, ya\u2019ni 1451 yilda Samarqandda tug\u2019ilgan. Onasi O\u2019rda Bug\u2019a tarxonning qizi, Darvesh Muhammad tarxonning egachisi edi. Sulton Abusayid Mirzoning e\u2019tiborli xotini bo\u2019lgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Zahiriddin Muhammad Bobur Mirzoning yozishiga qaraganda, Sulton Ahmad Mirzo baland bo\u2019ylik, qo\u2019ng\u2019ir (qunqor) soqollik, qizil yuzlik, lo\u2019ppi (semiz) kishi edi. Soqoli faqat engakida bo\u2019lib, ikki yanog\u2019ida soqoli yo\u2019q edi. Nihoyatda gapdon va xushmuomala bo\u2019lgan. Sallani o\u2019sha zamon qoidasiga muvofiq to\u2019rt o\u2019ram chirmab, aloqasini qoshinin ustiga qo\u2019yardi. Xanafiy mazhabiga mansub, pokiza e\u2019tiqodli kishi bo\u2019lib, besh vaqt namozni tark qilmas, hatto mayxo\u2019rlik suhbat asnosida ham namozni tark etmas, hatto mayxo\u2019rlik suhbat asnosida ham namozni tark qilmasdi. Hazrat Xoja Ubaydulloga murid edi. Xoja Ubaydullo ham unga murabbiy va rahnamo edi. Ko\u2019p odobli kishi bo\u2019lib, ayniqsa Xojaning suhbatlarida o\u2019ltirganda hech qachon tizzasini tizzasiga tegizib o\u2019tirmagan ekan. Bir marta hazrat Xojaning suhbatida tarki odat qilib, oyog\u2019ini bir-biriga yaqinlashtirib o\u2019tiribdi. Mirzo ketgach, Hazrat Xoja odamlariga buyuribdilarkim, Mirzo o\u2019tirgan yerni qaragaylar. Qarasalar, Mirzo o\u2019tirgan namat ostida bir suyak yotgan ekan. Mirzo o\u2019qimagan, savodsiz bo\u2019lsa-da, bovujudkim, shaharda o\u2019sgan, turk va sodda kishi edi. Ahdiga vafodor va qavli (so\u2019zi)ga ega edi. Undan xiloflik zohir bo\u2019lmadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Shijoatli edi. O\u2019qni yaxshi otar edi. Ilvosinga otgan o\u2019qi aksar tegardi. Qovoqni maydonning u boshidan bu boshiga kirib aksar urar edi. (Maydonning o\u2019rtasiga 40-50 gaz uzunlikda yog\u2019och o\u2019rnatib, uchiga qovoq sanchib qo\u2019yiladi. O\u2019q otuvchilar maydon boshidan otda chopib kelaturib, qovoqqa o\u2019q otadilar.) Keyingi paytlarda semizlik natijasida qirg\u2019ovul va bedanali ham yaxshi ovlay olmay qoldi. Ovchi qushlarga ishqiboz edi. Ko\u2019pgina ovchi qushlarni ovga solardi, yaxshi ovlardi. Ulug\u2019bek Mirzodan keyin ovchi qushga ishqiboz bunchalik odam yo\u2019q edi. Ko\u2019p xayolik edi. Aytishlaricha, xilvat joylarda ham o\u2019z mahramlari va uy ichi kishilaridan oyoqlarini yopib yurar ekan. Ichkilikka bir ruju qilsa, 20-30 kun paydar-pay ichar, so\u2019ngra 20-30 kun ichmas edi. Goho mayxo\u2019rlik majlisida bir o\u2019tirganicha bir kecha-kun o\u2019tirardi. Yaxshi ichar edi. Ichkilik ichmagan kunlar kishini tetiklantiruvchi ovqatlarni ko\u2019p tanovul qilardi. Kamgap va odmi kishi bo\u2019lib, tabiatida baxillik mavjud edi. Inon-ixtiyori baklarning qo\u2019lida edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Otasi Sulton Abusayid Mirzo Samarqand va Buxoro viloyatlarini Sulton Ahmad Mirzoga bergan edi. Shayx Jamolni Abdul Quddus o\u2019ldirgandan so\u2019ng, Toshkent, Shohruhiya va Sayramni o\u2019z tasarrufiga kiritgan edi. Keyinroq Toshkent va Sayramni ukasi Umar Shayx Mirzoga berga edi. Xo\u2019jand bilan O\u2019ratepa ham bir necha muddat Sulton Ahmad Mirzo tasarrufida edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Hukmdorlik yillarida to\u2019rt marta urush qildi. Avval Zomin navohiysida Shayx Jamol arg\u2019unning ukasi Ne\u2019mat arg\u2019un bilan jang qilib, g\u2019olib chiqdi. Ikkinchisi o\u2019z ukasi Umar Shayx Mirzo bilan Xovosda jang qilib, g\u2019olib bo\u2019ldi. Uchinchisi Toshkent navohiysida Chirchiq daryosining yoqasida Sulton Mahmudxonning mo\u2019g\u2019ul askarlari bilan ro\u2019baro\u2019 kelib, bir-ikki otishmadan so\u2019ng har ikki tomon orqalariga qaytib ketdilar. Askarlarning ko\u2019p qismi Chirchiq suviga g\u2019arq bo\u2019ldi. To\u2019rtinchisi Haydar ko\u2019kaltosh bilan Yor yayloq navohiysida jang qilib g\u2019olib chiqadi.<\/p>\n\n\n\n<p>1493 yilda Sulton Ahmad Mirzo o\u2019z kuyovi, mo\u2019g\u2019ul ulusining hukmdori (keyinchalik Toshkent hukmdori) Sulton Mahmudxon bilan ittifoq tuzib, Andijonga \u2013 ukasi Umar Shayx Mirzoga qarshi yurish boshlaydi. Sulton Ahmd Mirzo Xo\u2019jand suvining janub tarafidan, Sulton Mahmudxon esa shimol tarafidan yurib kelib Andijon, Axsi Umar Shayx Mirzo jardan yiqilib vafot etadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Umar Shayx Mirzoning arkon davlat boshliqlari uning katta o\u2019g\u2019li 12 yoshli Zahiriddin Muhammad Bobur Mirzoni taxtga o\u2019tqazadilar. Bek va amirlar yig\u2019ilishib, dushmanga qarshi kurashmoq uchun barcha xalqni safarbarlikka chaqiradilar. Xalq fidoyilari vatan himoyasi uchun misli ko\u2019rilmagan jonbozlik ko\u2019rsatib, dushman hurujlarini barbod qiladilar. Xalqning mardonavor kurashini qaytarishga ojizlik qilgan SUlton Mahmudxon qolgan qo\u2019sinlarini yig\u2019ib olib, o\u2019z yurtiga qaytib ketadi. Suv ustiga qurilgan ko\u2019prik sinib, Sulton Ahmad Mirzoning ko\u2019pgina qo\u2019sini suvga g\u2019arq bo\u2019ladi. Bu xabarni eshitgan Sulton Ahmad Mirzo urush boshlanganiga pushaymon bo\u2019lib turganda Bobur Mirzodan iltimosnoma kelgach, Farg\u2019ona hukmronligini yana Bobur Mirzoga \u201cin\u2019om\u201d qilib, Samarqandga qarab jo\u2019naydi. Biroq bir-ikki manzil yurgach, ahvoli o\u2019zgarib, qattiq isitmalab qoladi. O\u2019ratepa navohiysiga yetgand kasallik og\u2019irlashadi va 1494 yil iyul oyining o\u2019rtalarida Oqsuv mavze\u2019ida qirq to\u2019rt yoshida vafot etadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Sulton Ahmad Mirzoning oltita xotini bor edi. Birinchisi, Mehr Nigor xonim \u2013 Yunusxonning katta qizi edi. Mehr Nigor xonimni Sulton Abusayid Mirzoning o\u2019zi unashtirib, olib bergan edi. Ikkinchisi tarxonlardan bo\u2019lib, Tarxon begim deyishardi. Uchinchisi Qutluq begim bo\u2019lib, Tarxon begim bilan ko\u2019krakdosh (emukdosh) edi. Sulton Ahmad Mirzo Qutluq begimga oshiq bo\u2019lib olgan edi. Binobarin, o\u2019ta suyukli, ammo hukmron, shaddot ayol bo\u2019lib, may ichar edi. Bu xotin hayotligida Sulton Ahmad Mirzo boshqa xotinlarining yoniga bormas edi. Natijada Mirzo Qutluq begimni o\u2019ldirib badnomlikdan qutiladi.<\/p>\n\n\n\n<p>To\u2019rtinchisi Xonzoda begim Termiz xonzodalaridan edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Beshinchisi Latifa begim. Ahmad Hojibekning qizidan tug\u2019ilgan nabirasi edi. Sulton Ahmad Mirzo vafotidan so\u2019ng Latifa begimni shayboniyxonlardan Hamza Sulton oladi. Hamza Sultondan uch o\u2019g\u2019il tuqqan edi. Oltinchisi Habiba Sulton begim bo\u2019lib, Sulton arg\u2019unning birodarzodasi (ukasining qizi) edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Sulton Ahmad Mirzo mazkur xotinlaridan ikki o\u2019g\u2019il va besh qiz ko\u2019rgan edi. O\u2019g\u2019illari yoshligidayoq vafot qilgan edilar. Qizlarining to\u2019rttasi Qutluq begimdan tug\u2019ilgan edi. Eng kattasi Robiya Sulton begim bo\u2019lib, Qorako\u2019z begim ham derdilar. Sulton Ahmad Mirzo bu katta qizini o\u2019zi hayotlik davrida Toshkent hukmroni (keyinchalik) Sulton Mahmudonga uzatgan edi. Sulton Mahmudxondan bir o\u2019g\u2019il tuqqan bo\u2019lib, ismini Boboxon qo\u2019ygan edilar. O\u2019zbeklar Sulton Mahmudxonni Xo\u2019jandda shahid qilganlarida, uning o\u2019g\u2019li Boboxon va yana bir necha norasida go\u2019daklarni nobud qilgan edilar. Sulton Mahmudxon voqeasidan keyin Robiya Sulton begimni Jonibekni Sulton o\u2019z nikohiga oladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Ikkinchi qizi Soliha Sulton begim bo\u2019lib, Oq begim har derdilar. Sulton Ahmad Mirzo vafotidan so\u2019ng, Mirzoning ukasi Sulton Mahmud Mirzo o\u2019zining katta o\u2019g\u2019li Sulton Mas\u2019ud Mirzoga katta to\u2019y qilib olib bergan edi. Keyinchalik Shoh begim Mehr Nigor xonim bilan birga Qashg\u2019arga ketgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Uchinchi qizi Oysha Sulton begim edi. Zahiriddin Muhammad Bobur Mirzo besh yasharligida Samarqandga kelganda, Oysha Sulton begimni unga unashtirilgan. Keyinchalik Zahiriddin Muhammad Bobur Mirzoning darbadarlik yillarida Oysha Sulton begim Xo\u2019jandga keladi va shu yerda Zahiriddin Muhammad bobur Mirzoning nikohiga kiradi. Zahiriddin Muhammad Bobur Mirzo Samarqandni ikkinchi marta qo\u2019lga kiritganda Oysha Sulton begim qiz tuqqan, ismini Faxriniso begim qo\u2019yganlar. Ammo Fahriniso begim 40 kunligida vafot etgan. Oysha Sulton begim keyinchalik egachisining qutqusi bilan Zahiriddin Muhammad Bobur Mirzoning nikohidan chiqib, Toshkentda qoladi.<\/p>\n\n\n\n<p>To\u2019rtinchi qizi Sulton begim edi. Sulton begim Sulton Mahmud Mirzoning Zuhra begim nomli xotinidan tug\u2019ilan o\u2019g\u2019li Sulton Ali Mirzoga (Sulton Ali Mirzo 1499-1501 yillarda Samarqand hukmdori) nikoh qilingan edi. Sulton Ali Mirzoning qatlidan (1501) so\u2019ng Sulton begimni shayboniylardan Temur Sulton o\u2019z nikohiga olgan. Temur Sultondan so\u2019ng esa Mahdi Sulton o\u2019z haramiga kiritgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Beshinchisi eng kichik qizi Ma\u2019suma Sulton begim edi. Onasi Sulton Arg\u2019unning birodarzodasi (ukasining qizi) Habiba Sulton begim edi. Zahiriddin Muhammad Bobur Mirzo Xurosonga borganda Ma\u2019suma Sulton begimni ko\u2019rib yoqtirib qolgan, keyinchalik Kobulga taklif qilgan. Ma\u2019suma Sulton begim bir qiz tuqqan, o\u2019zi esa tug\u2019ish asnosida zoja (qon ketish) kasali bilan vafot etgan. Tug\u2019ilgan qizga onasining ismi Ma\u2019suma Sulton begim deb nom berilgan.<\/p>\n\n\n\n<p>SULTON MUHAMMAD MIRZO Sulton Abusayid Mirzoning ikkinchi o\u2019g\u2019lidir. Sulton Muhammad Mirzo 1452 yilda Samarqandda tug\u2019ilgan. Har holda otasi Sulton Abusayid Mirzo huzurida tarbiyalanib, saroyda istiqomat qilgan bo\u2019lishi kerak. Zero, \u201cXulosatul-axbor\u201d asarining muallifi G\u2019iyosiddin bin Humomiddin Xondamirning yozishicha, 1468 yilda Sulton Abusayid Mirzo Iroqni zabt qilish maqsadida jangga otlanganda o\u2019g\u2019illaridan Sulton Muhammad Mirzoni va Shohruh Mirzoni o\u2019zi bilan birga olib ketadi. Jang asnosida Sulton Muhammad Mirzo va Shohruh Mirzo amir Hasanbek qo\u2019shinlari qo\u2019liga tushib qoladilar va uzoq muddat qamoqda qolib ketadilar. Qamoqdan ozod bo\u2019lganlaridan so\u2019ng o\u2019sha yerda juda og\u2019ir ahvolda kun kechiradilar. Nihoyat 1493 yilda Sulton Muhammad Mirzo Hirotga qaytib keladi va 1499 yilgacha ham hayot edi. Uning bundan keyingi ahvoli haqida ma\u2019lumot uchratolmadik.<\/p>\n\n\n\n<p>SULTON MAHMUD MIRZO Sulton Abusayid Mirzoning uchinchi o\u2019g\u2019li bo\u2019lib, 1453 yilda tug\u2019ilgan. Sulton Ahmad Mirzo bilan bir onadan tug\u2019ishgan aka-uka edi. Onasi O\u2019rda Bug\u2019a tarxonning qizi, Darvesh Muhammad tarxonning egachisi edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Sulton Muhammad Mirzo Zahiriddin Muhammad Bobur Mirzoning ta\u2019rificha, past bo\u2019yli, siyrak soqolli, semiz, gapga no\u2019noqroq kishi bo\u2019lgan. Axloq va atvori yaxshi bo\u2019lib, siyoq (hisob o\u2019yini va uni hisoblash tartiblari \u2013 geometriya) ilmini yaxshi bilgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Zahiriddin Muhammad Bobur Mirzoning yozishicha, Sulton Mahmud Mirzo namozni tark qilmas, saltanatni boshqarish tartibi yaxshi edi. Viloyatda undan so\u2019ramasdan biror dirham yoki biror dinor sarf qilinmasdi. Qo\u2019shinlarining maoshi hech qachon to\u2019xtab qolmas, anjumani, hadyalari, ko\u2019pchilikka beriladigan ovqati (shulon) va mahkamasi yaxshi edi. Hammad ishlari va qoidal va tartibli edi. Uning joriy qilgan tartib va qoidalaridan qo\u2019shin hamda fuqaro chetga chiqmas edi. Ammo zulm va fisq-fasodga ko\u2019p mashg\u2019ul edi. Paydar-pay may ichardi. Qilgan zulm va jabrining kasofatiga barcha o\u2019g\u2019illari juvonmarg bo\u2019ldilar. Ta\u2019bi g\u2019azalga moyil bo\u2019lib, g\u2019azal yozardi. Devon tuzgan edi. Lekin g\u2019azallari juda past va bemaza edi. Yomon e\u2019tiqodli kishi edi. Xoja Ubaydulloga past nazar bilan qarardi. Jur\u2019atsiz kishi edi. Hayosi kamroq edi. Bir necha masxaraboz va beparvolar o\u2019rtasida yurardi. Mahkamada va xaloyiq oldida yoqimsiz, xunuk harakatlar qilardi. Tili zahar bo\u2019lib, so\u2019zini anglab bo\u2019lmas edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Sulton Abusayid Mirzo o\u2019g\u2019li Sulton Mahmud Mirzoga Astorobod viloyatini bergan edi. Sulton Abusayid Mirzoning o\u2019limidan so\u2019ng Termiz, Chag\u2019oniyon, Hisor, Xatlon, Qunduz, Badaxshon va Hindiqush tog\u2019igacha bo\u2019lgan yerlar Sulton Mahmud Mirzo tasarrufiga o\u2019tadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Hisor voqeasidan so\u2019ng Xurosonga keladi. (Iroq voqeasida Sulton Abusayid Mirzo o\u2019ldiriladi.) Shu vaqtda Qanbar Alibek Hisor hokimi edi. Sulton Abusayid Mirzoning buyrug\u2019iga muvofiq Hindiston qo\u2019shinini yig\u2019ib, Iroqqa ketayotib Xurosonda Sulton qo\u2019shinini yig\u2019ib, Iroqqa ketayotib Xurosonda Sulton Mahmud Mirzo bilan uchrashadi. Bu vaqtda Sulton Abusayid Mirzo halokatini va Xurosonga Sulton Husayn Boyqaro Mirzoning kelayotganini eshitgan Xuroson xalqi, Sulton Mahmud Mirzoni Xuroson tuprog\u2019idan haydab chiqaradilar. Sulton Mahmud Mirzo Samarqandga \u2013 akasi Sulton Ahmad Mirzo huzuriga keladi. Bir necha muddat Samarqandda turgach, Ahmad Mushtoq boshliq Said Badr, Xusravshoh va bir necha yigitlar Sulton Mahmud Mirzoni Hisorga \u2013 Qanbar Alibek oldiga qochirib olib boradilar. O\u2019sha davrdan to umrining oxirigacha Qahqa bilan Ko\u2019htang tog\u2019ining janubidagi Termiz, Chag\u2019oniyon, Hisor, Xatlon, Qunduz va Badaxshon viloyatlari to Hindikush tog\u2019igacha Sulton Mahmud Mirzoning tasarrufida edi. Akasi Sulton Ahmad Mirzo vafotidan so\u2019ng, arkon davlat maslahat qilib, Mirzoning ukasi Sulton Mahmud Mirzoni Samarqand taxtiga taklif qilib chopar yuboradilar.<\/p>\n\n\n\n<p>Sulton Mahmud Mirzoga bu xabar yetgach, hayallamay Samarqandga yetib keladi va taxtni egallaydi. Sulton Mahmud Mirzo taxtga o\u2019tirgach, jabr-zulmni haddan oshiradi. Shu bois mamlakatning bir necha katta-kichik aslzodalari, sipohiylar va oddiy xalq har tarafga tarqalib, qocha boshlaydilar.<\/p>\n\n\n\n<p>Sulton Mahmud Mirzo Samarqand taxtiga o\u2019tirgach, taxtga da\u2019voga bo\u2019lib kelgan o\u2019z amakivachchasi hamda kuyovi bo\u2019lmish Malik Muhammad Mirzo ibn Minuchehr Mirzoni va yana to\u2019rtta begunoh yosh Mirzolarni Ko\u2019k saroyda qatl qildiradi. Bu haqda Zahiriddin Muhammad Bobur Mirzo shunday yozadi: \u201cSulton Ahmad Mirzo vafot etgach, Sulton Abusayid Mirzoning akasi Minuchehr Mirzoning o\u2019g\u2019li Malik Muhammad Mirzo saltanat dag\u2019dag\u2019asini qilib, bir necha bebosh takasaltanglar bilan kelib, Samarqandda hech ish chiqara olmadi. Sulton Mahmud Mirzo Malik Muhammad Mirzoni tutdirib, uning yoniga yana to\u2019rtta begunoh mirzolarni qo\u2019shib, Ko\u2019k saroyga chiqarib, shahid qildirdi. Malik Muhammad Mirzo SUlton Mahmud Mirzoning kuyovi ham amakisining o\u2019g\u2019li edi. Aga gunohkor bo\u2019lsa, Malik Muhammad Mirzo gunohkor edi. Qolgan mirzolarda hech qanday gunoh yo\u2019q edi. Ularga podsholik ham tegmas edi. Ular podsholik haqida ta\u2019ma ham qilmasdilar. Yana biri shulki, agarchi mamlakatni boshqarish usul \u2013 idorasi yaxshi bo\u2019lsa ham mahkamaboz edi. SIyoq ilmini bilur edi. Ammo tabiati zulm va fisqu fujurga moyil edi. Samarqand taxtiga o\u2019tirgach, o\u2019zgacha tartib, ravish va xarajatlarni vujudga keltirdi. Yana bir buki, Sulton Mahmud Mirzoning o\u2019zi zolim va fosih (yarams ishlar qiluvchi) bo\u2019lib, beklari, xos xizmatchilari va xizmatkorlari o\u2019ta zolim va fosiq edilar. Hisor eli, umuman Xusravshohga ta\u2019lluqli el hamisha mayxo\u2019rlik va zinoga mashg\u2019ul edilar. Kunlardan bir kun Xusravshohning xos xizmatchilaridan biri biro damning chiroyli xotinni zo\u2019rlik bilan tortib olib ketadi. Mazkur xotinning eri Xusravshoh shunday javob beradi: bu xotin bir necha yildan buyon sening bilan birga edi, qo\u2019y endi bir necha kun u bilan ham bo\u2019lsin!\u201d.<\/p>\n\n\n\n<p>Sulton Mahmud Mirzo o\u2019z hukmronlik davrida ikki marta urush qilgan. Har ikkalasi ham Sulton Husayn Boyqaro bilan bo\u2019lgan. Bir martaba Astrabodda urushib mag\u2019lub bo\u2019ldi. Ikkinchi marta Andxo\u2019y navohiysida Chakman degan yerda ham mag\u2019lub bo\u2019ldi. Ikki marta Badaxshonning janub tarafida Kofiristonga borib, g\u2019azot urushi qilgan. Binobarin, farmonlarining yuboriq qismiga katta harflarda \u201cSulton Mahmud g\u2019oziy\u201d deb yozardi. <\/p>\n\n\n\n<p>Samarqand ahli 25 yil davomida Sulton Ahmad Mirzo qo\u2019l ostida tinchlik va farog\u2019atda yashagan edilar. Sulton Mahmud Mirzodan bunday jabr-zulm, fisqu fujurni ko\u2019rib, ko\u2019p ranj va mashaqqatlar chekdilar. Mamlakatdagi barcha katta-kichik, faqiru miskin Sulton Mahmud Mirzoga la\u2019natlar o\u2019qib, uning haqida duoyi bad qilib, fotiha o\u2019qiydilar. Shubhasiz, jabr-zulm va fisqu fujurning kasofatidan bo\u2019lsa kerak. Samarqand taxtida besh-olti oydan ortiq hukmronlik qila olmadi. 1495 yil yanvar oyida Sulton Mahmud Mirzo og\u2019ir kasallikka mubtalo bo\u2019lib, oltin kun yotib, 43 yoshida vafot etdi.<\/p>\n\n\n\n<pre class=\"wp-block-verse\">Chu bad kardi mabosh emin zi ofot,\nKi vojib shud tabiatro mukofot.\n\n(Yomonlik qildingmi, ofatlardan saqlanolmaysan,\nChunki tabiatning beradigan jazosi, naqqddur).\n<\/pre>\n\n\n\n<p>Sulton Mahmud Mirzoning beshta xotini bo\u2019lib, eng katta xotini Xonzoda begim edi. Mir Buzurg Termiziyning qizi edi. Mirzo bu xotinini nihoyatda sevardi. Xonzoda begim vafot etganda Sulton Mahmud Mirzo ko\u2019p vaqtgacha ta\u2019ziya tutgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Ikkinchi xotini ham Xonzoda begim derdilar. Bu ham Mir Buzurg Termiziyning nabirasi edi. Xonzoda begim bir o\u2019g\u2019il, besh qizning onasi edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Uchinchi xotini Poshsho begim, Qora qo\u2019yunluning Bahorlu aymog\u2019i turkman beklaridan Alisherbekning qizi edi. Jahonshoh Mirzo Boroniy Qora qo\u2019yunluning o\u2019g\u2019li Muhammad Mirzo olgan edi. Ozarbayjon va Iroqni Jahonshoh avlodidan Oq qo\u2019ylik Uzun Hasan olganda, Alisherbekning o\u2019g\u2019illari 4-5 ming uylik Qora qo\u2019yunlu turkmanlar bilan Sulton Abusayid Mirzo xizmatiga kelgan edilar. Sulton Abusayid Mirzo Iroqda shikast yegnda, bu viloyatlarga tushadilar. Sulton Mahmud Mirzo Samarqanddan Hisorg kelganda, mazkurlar Sulton Mahmud Mirzo xizmatiga kelganlar. Sulton Mahmud Mirzo Poshsho begimni o\u2019sha paytda o\u2019z nikohiga kiritgan edi. Bir o\u2019g\u2019il, uch qizning onasi edi.<\/p>\n\n\n\n<p>To\u2019rtinchi xotini Sulton Nigor xonim bo\u2019lib, Yunusxonning qizi, Toshkent hukmdori Sulton Mahmudxonning egachisi, Zahiriddin Muhammad Bobur Mirzoning xolasi edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Beshinchi xotini Zuhra og\u2019a begim edi. Zuhra begim o\u2019zbek kanizaklaridan bo\u2019lib, Mirzo nazdida ancha e\u2019tiborli edi. Sulton Mahmud Mirzo Zuhra begimni Sulton Abusayid Mirzoning hayotligidayoq olgan edi. Zuhra begim bir o\u2019g\u2019il va bir qizning onasi edi. Sulton Mahmud Mirzoning mazkur beshta xotinidan tashqari yana bir necha kanizak va cho\u2019rilari bor edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Sulton Mahmud Mirzodan besh o\u2019g\u2019il va o\u2019n bir qiz qolgan edi.<\/p>\n\n\n\n<p>SULTON MA\u2019SUD MIRZO Sulton Mahmud Mirzoning katta o\u2019g\u2019li bo\u2019lib, 1475 yilda tug\u2019ilgan. Onasi Mir buzurg Termiziyning qizi Xonzoda begim. Sulton Mahmud Mirzo o\u2019g\u2019li Sulton Ma\u2019sud Mirzoga Hisor hukmronligini berib, Xusravshohni otabek qilib tayinlagan edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Zahiriddin Muhammad Bobur Mirzoning yozishicha, Sulton Mahmud Mirzo vafot qilgan chog\u2019da, uning o\u2019g\u2019illari \u2013 Sulton Ma\u2019sud Mirzo Hisorda, Sulton Boysung\u2019ur Mirzo Buxoroda edi. Sulton Mahmud Mirzoning eng yaqin kishisi Xusravshoh Samarqandda edi. Sulton Mahmud Mirzo vafotidan foydalangan Xusravshoh xazinadan boylik o\u2019marishga harakat qiladi. Ammo uning bu harakati saroy a\u2019yonlari hamda Samarqand ahliga ma\u2019lum bo\u2019lib qoladi. Samarqand ahli g\u2019avg\u2019o ko\u2019trib, Xusravshohni jazolamoqchi bo\u2019ladi. Ammo saroy a\u2019yonlaridan Ahmad Hojibek va tarxon beklari janjalni bosib, Xusravshohni Hisorga jo\u2019natadilar.<\/p>\n\n\n\n<p>Shundan so\u2019ng saroy a\u2019yonlari kengashib, Buxorodan Boysung\u2019ur Mirzoni chaqirib keltirishga qaror qiladilar. Boysung\u2019ur Mirzo kelib taxtga o\u2019tiradi. Boysung\u2019ur Mirzo paytda 18 yoshda edi. 1492 yil iyun oyida Sulton Ma\u2019sud Mirzo Samarqand taxtiga da\u2019vogar bo\u2019lib, o\u2019z ukasi Boysung\u2019ur Mirzoga qarshi qo\u2019shin tortib Shahrisabz (Kesh)ga kelib tushadi. Sulton Ali Mirzo ham akasi Boysung\u2019ur Mirzoga qarshi chiqib, Samarqand tomon qo\u2019shin tortadi. Andijonda Zahiriddin Muhammad BObur Mirzo ham bu xabarni eshitgach, amakivachchasi Boysung\u2019ur Mirzoga qarshi Samarqand taxtiga da\u2019vo qilib, qo\u2019shin tortadi. Biroq shahzodalar Samarqandda Boysung\u2019ur Mirzoga qarshi biror ish chiqaraolmay, o\u2019z viloyatlariga qaytib ketadilar. Faqat Sulton Ma\u2019sud Mirzo Shayx Abdullo Barlosning qiziga moyil bo\u2019lgani tufayli, ushbu qizni o\u2019z nikohiga kiritgach, Hisorga qaytib ketadi.<\/p>\n\n\n\n<p>1497-1498 yilda Xusravshohning qutqusi bilan Boysung\u2019ur Mirzo qo\u2019shin tortib, Chag\u2019oniyonga kelib, makr-hiyla ishlatib, \u201cKeling, Samarqand ustiga yuraylik, birimiz Samarqandda, birimiz Hisorda hukmron bo\u2019laylik\u201d, &#8212; degan mazmunda Sulton Ma\u2019sud Mirzoga elchi yuboradi. Ayni vaqtda Sulton Ma\u2019sud Mirzoning qaynotasi Shayx Abdullo Barlos Boysung\u2019ur Mirzodan ranjib, kuyovining viloyati \u2013 Hisorga ko\u2019chib kelgan, Sulton Ma\u2019sud Mirzo Shayx Abdullo Barlosga Xatlon viloyatini in\u2019om qilgan edi. Garchi Xatlonda boshqa beklarning ham mulki bo\u2019lsa-da, biroq Shayx Abdullo Barlos hamma mulklarni o\u2019z tasarrufiga kiritgan edi. Bunday o\u2019zboshimchalikdan beklar ranjib, sekin-asta Boysung\u2019ur Mirzoning mulozamatiga o\u2019tib ketaboshlagan edilar.<\/p>\n\n\n\n<p>Xusravshoh bilan Boysung\u2019ur Mirzo yolg\u2019on so\u2019zlar bilan Sulton Ma\u2019sud Mirzoni g\u2019avlatda qoldirib, yarim tunda qo\u2019shin bilan kelib, Hisor qal\u2019asini qamal qiladilar. O\u2019sha tunda Sulton Ma\u2019sud Mirzo shahar tashqarisidagi Davlat saroy nomli saroyda edi. Qal\u2019a qamalidan xabar topgan Sulton Ma\u2019sud Mirzo Xatlonga \u2013 Shayx Abdullo Barlos huzuriga qochib boradi. Xatlondan esa qaynota-kuyov birgalashib qochadilar. Yarim yo\u2019lda Sulton Ma\u2019sud Mirzo Shayx Abdullo Barlosdan ajralib, Uboj orqali yurib Xurosonga \u2013 Sulton Husayn Boyqaro huzuriga jo\u2019naydi. Shayx Abdullo Barlos esa Shahrisabzga ketadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Sulton Husayn Boyqaro Sulton Ma\u2019sud Mirzoni yaxshi kutib oladi va o\u2019z qizlaridan birini berib, o\u2019ziga kuyov qilmoqchi bo\u2019ladi. Biroq Xusravshohning ukasi Boqi Chag\u2019oniyoniy Sulton Husayn Boyqaroning saroyida xizmatda edi. Sulton Ma\u2019sud Mirzo ana shu kishining qutqusi bilan Sulton Husayn Boyqaroning ruxsatisiz Xurosondan qochib, Xusravshohning oldiga boradi. Ana shu paytda Ulug\u2019bek Mirzo Kobuliy (soniy)ning o\u2019g\u2019li Mironshoh Mirzo otasi bilan nizolashib, Hazoraga kelib, u yerda ham e\u2019tiqodsizlik qilib, turaolmay, u ham Xusravshoh oldiga borgan edi. Xusravshoh Hisordan Boysung\u2019ur Mirzoni ham chaqirtirib keltiradi. Ba\u2019zi bir kalta o\u2019ylovchi beklar, har uchala shahzodani o\u2019ldirib, xutbani Xusravshoh nomiga o\u2019qilishini maslahat beradilar. Ammo Xusravshoh qabul qilmaydi va o\u2019zi yoshligidan tarbiyalab o\u2019stirgan Sulton Ma\u2019sud Mirzoni ushlatib, oyoq-qo\u2019lini bog\u2019lab, ko\u2019ziga mil tortdiradi.<\/p>\n\n\n\n<p>Shundan so\u2019ng, Sulton Mirzoning bir necha emikdosh, qarindosh va yaqin kishilari Mirzoni Samarqandga \u2013 ukasi Sulton Ali Mirzoning oldiga olib borish niyatida yo\u2019lga chiqib, Shahrisabzga kelib tushadilar. Biroq Sulton Ali Mirzoning Sulton Ma\u2019sud Mirzoa nisbatan niyati yaxshi emasligini eshitgach, Shahrisabzdan qochib, Chorjo\u2019y orqali yurib, Sulton Husayn Boyqro mamlakati \u2013 Xurosonga boradilar. Sulton Husayn Boyqaro Sulton Ma\u2019sud Mirzoni avvalgidek ehtirom bilan qabul qilib, Popo Og\u2019acha nomli xotinidan tug\u2019ilgan Begim Sulton ismli qizini Mirzoga nikohlab beradi. Sulton Ma\u2019sud Mirzodan bir o\u2019g\u2019il va bir qiz tug\u2019iladi. Qizini Sulton Husayn Boyqaroning xotini Opoq begim tarbiyalaydi. Sulton Ma\u2019sud Mirzoni shayboniylar o\u2019ldirgach, qizi Hirotdan Kobulga keladi va Sayid Mirzo Opoqqa nikohlanadi. Begim Sulton esa o\u2019g\u2019lini olib Ka\u2019batulloga ketadi.<\/p>\n\n\n\n<p>BOYSUNG\u2019UR MIRZO Sulton Mahmud Mirzoning ikkinchi o\u2019g\u2019li bo\u2019lib, 1477 yilda Hisorda tug\u2019ilgan. Onasi Poshsho begim edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Zahiriddin Muhammad Bobur Mirzoning ta\u2019riflashicha, Boysung\u2019ur Mirzo katta ko\u2019zlik, yumaloq yuzlik, o\u2019rta bo\u2019ylik, turkman chehralik, malohatlik yigit bo\u2019lgan. U ancha odmi, xushtabiatli, adolat va fazilatli shahzoda bo\u2019lgan. Uning ustozi Sayid Mahmud shia mazhabiga mansub bo\u2019lganligi tufayli Boysung\u2019ur Mirzo ko\u2019p malomatlarga qolgan edi. Keyinchalik Mirzo Samarqandda hukmronlik qilgan davrida shia mazhabidan voz kechib, sunna mazhabiga iqtidor qilgani haqida ma\u2019lumotlar bor. Mayga ancha mayli bor bo\u2019lib, may ichmagan vaqtlarida namoz o\u2019qirkan. Sahobati va in\u2019omi o\u2019rta darajada edi. Nasta\u2019liq xatini ancha yaxshi yozar, g\u2019azalni ham yaxshi aytardi. \u201cOdiliy\u201d taxallus qilur edi. G\u2019azallari devon tartib berishga ozlik qilardi. Samarqandning deyarli har bir uyida Boysung\u2019ur Mirzoning g\u2019azallari ardoqlab saqlanardi.<\/p>\n\n\n\n<p>Sulton Mahmud Mirzo Boysung\u2019ur Mirzoga Buxoro viloyatini bergan edi. Sulton Mahmud Mirzo vafot etganda Boysung\u2019ur Mirzo Buxoroda edi. Saroy a\u2019yonlari mashvarat qilib, Boysung\u2019ur Mirzoni Buxorodan chorlab keltirib Samarqand taxtiga o\u2019tqazadilar. Buxoroda tarxonlar isyoni boshlangunga qadar Buxoro viloyati ham Boysung\u2019ur Mirzo tasarrufida edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Shu fursatda, ya\u2019ni 1494 yilda Sulton Mahmudxon Sulton Junayd barlosning qutqusi va Samarqandning ba\u2019zi bir ulug\u2019larining maslahati bilan Samarqandni zabt qilish fikricha Kanboy navohiysiga keladi. Samarqanddan Boysung\u2019ur Mirzo katta qo\u2019shin bilan chiqib, Knboyda Sulton Mahmudxon qo\u2019shini bilan jang qilib, g\u2019olib chiqadi. Uch-to\u2019rt ming mo\u2019g\u2019ullarning kallasini kesishga buyuraadi. Bu jangda Sulton Mahmudxonning eng ishonchli kishisi va maslahatchisi Haydar Ko\u2019kaltosh halok bo\u2019ladi.<\/p>\n\n\n\n<p>1496 yil may-iyun oylari Samarqandda tarxonlarning isyoni davom etardi. Mazkur isyonga sabab, Boysung\u2019ur Hisor beklri va qo\u2019shin boshliqlari bilan juda yaqin aloqada bo\u2019lib, Samarqand va boshqa yerlik beklari bilan unchalik inoq emas edi. Shuningdek, Shayx Abdullo barlos ulug\u2019 ixtiyorli bek darajasida bo\u2019lib, uning o\u2019g\u2019illari Boysung\u2019ur Mirzoning eng yaqin kishilariga aylangan edilar. Tabiiyki, bundan tarxon beklari va Samarqand beklari qattiq ranjigan edilar.<\/p>\n\n\n\n<p>Darvesh Muhammad tarxon Buxorodan kelib, Qarshidan Sulton Ali Mirzoni olib kelib, podshoh deb e\u2019lon qiladi. Boysung\u2019ur Mirzo Samarqandning Bog\u2019inavida edi. Darvesh Muhammad tarxonning odamlari Bog\u2019inavga borib, Boysung\u2019ur Mirzoni ushlab, yigitlaridan ayirib, arkka olib keladilar. Sulton Ali Mirzo bilan Boysung\u2019ur Mirzoni bir joyga o\u2019tkazadilar. Kech namoz asrga yaqin Boysung\u2019ur Mirzoni Ko\u2019k saroyga chiqarishga (qarl Ko\u2019k saroyda bo\u2019lardi) qaror qiladilar. Boysung\u2019ur Mirzo tahorat qilish bahonasi bilan Bo\u2019ston saroyning sharqi-shamol tarafidagi imoratlardin biriga kiradi. Eshik oldida tarxonlar qorovulda turadilar. Boysung\u2019ur Mirzo uy ichiga kirgach, uyning yuqori qismida orqa maydonga chiqadigan eshik bo\u2019lib, eshik ustidan g\u2019isht terib devor qilinganini ko\u2019radi. Boysung\u2019ur Mirzo darhol devorni buzib, maydonga chiqib, suv ombordan o\u2019tib, saroy devoridan oshib qochadi. Boysung\u2019ur Mirzo Xoja Kashfirga Xojaka Xojaning huzuriga qochib boradi.<\/p>\n\n\n\n<p>Ertasi tarxon beklari yig\u2019ilishib Xojaka Xojaning huzuriga boradilar. Xoja shahzodani tarxon beklariga bermaydi. Tarxon beklari kuch ishlatib olish mumkin emasligiga ko\u2019zlari yetgach, noiloj qaytib ketadilar. Chunki Xojaning obro\u2019si juda katta edi. Bir-ikki kundan so\u2019ng Xoja Makorim, Ahmad Xojibek va yana ba\u2019zi bir beklar, begimlar, qo\u2019shinlar hamda shahar xalqi tarxon beklariga hujum qilib, Sulton Ali Mirzo bosliq tarxon beklarini arkka qamab, Boysung\u2019ur Mirzoni Xojaning uyidan olib keladilar.<\/p>\n\n\n\n<p>Boysung\u2019ur Mirzoni Ahmad Hojibekning uyiga olib kirib huzuriga Darvesh Muhammad tarxonni olib keladilar. Boysung\u2019ur Mirzo Darvesh Muhammad tarxondan bir-ikki og\u2019iz so\u2019z so\u2019raydi. U esa munosib javob berolmaydi. Boysung\u2019ur Mirzo uni o\u2019limga hukm qiladi. Darvesh Muhammad tarxon qo\u2019rqib ketganidan ayvon ustunini mahkam quchoqlab oladi. Uni o\u2019sha yerdayoq qatl qiladilar. Boysung\u2019ur Mirzo o\u2019z ukasi Sulton Ali Mirzoni Ko\u2019k saroyga chiqarib, ko\u2019ziga mil tortishga farmon beradi.<\/p>\n\n\n\n<p>Zahiriddin Muhammad Bobur Mirzo Ko\u2019k saroy haqida shunday yozadi: \u201cTemurbek solg\u2019on oliy imoratlardin biri Ko\u2019k saroydurkim, Samarqandning arkida voqe\u2019 bo\u2019libtur. Ajab hosiyatliq imorattur. Temurbek avlodidan har kim bosh ko\u2019tarib taxtqa o\u2019rtursa ham shunda o\u2019ltirur, har kim taxt doiyasi bila bosh qo\u2019ysa ham munda qo\u2019yar, hattokim kinoyati bo\u2019lub ediki, falon podshohzodani Ko\u2019k saroyga chiqardilar, ya\u2019ni o\u2019lturdilar\u201d.<\/p>\n\n\n\n<p>Farmonga muvofiq, Sulton Ali Mirzoni Ko\u2019k saroyga chiqarib ko\u2019zlariga mil tortadilar. Jallodning xohishi bilanmi yoki nashtarning xato ketishidanmi, harqalar, Sulton Ali Mirzoning ko\u2019ziga zarar yetmaydi. Ammo Sulton Ali Mirzo bu haqda hech kimga hech narsa demydi va o\u2019zini ko\u2019rlikk solib, ikki-uch kundan so\u2019ng Buxoroga \u2013 tarxon beklari yoniga qochib ketadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Mana shu bahona bilan, mashhur Xoja Ubaydullo o\u2019g\u2019illari orasiga nifoq tushadi. Ularning kattasi Xojaka Xoja shahzoda Boysung\u2019ur Mirzoni, kichigi Xoja Yahyo esa shahzoda Sulton Ali Mirzoni o\u2019z himoyalariga oladilar. Bir necha kundan so\u2019ng Hoja Yahyo ham Buxoroga ketadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Boysung\u2019ur Mirzo qo\u2019shin tortib, Sulton Ali Mirzoga qarshi yuradi. Sulton Ali Mirzo ham tarxon beklari boshchiligida katta qo\u2019shin to\u2019plab, Buxoro yaqinida Boysung\u2019ur Mirzo bilan jang qiladi. Urush ko\u2019pga cho\u2019zilmay Boysung\u2019ur Mirzoning mag\u2019lubiyati bilan tugaydi. Urushda Ahmad Hojibek va yana bir necha beklar qo\u2019lga tushadilar. Ularning ko\u2019pchiligi qatl qilinadi. Ahmad Hojibekni esa Darvesh Muhammad tarxonning xuni evaziga sharmandalarcha o\u2019ldiriladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Boysung\u2019ur Mirzoga qarshi Sulton Ali Mirzo Samarqandga qo\u2019shin tortadi. Bu xabar Andijonga Zahiriddin Muhammad Bobur Mirzoga yetgach, 1496 yil iyun oyida Samarqand taxtiga da\u2019vo qilib, qo\u2019shin tortib keladi. Shu asnoda Hisordan Sulton Ma\u2019sud Mirzo ham qo\u2019shin bilan Shahrisabzga keladi. Samarqandni uch tarafdan uch shahzoda 3-4 oy davomida qamal qiladilar. Nihoyat Xoja Yahyo Sulton Ali Mirzo tarafidan vakil bo\u2019lib, Zahiriddin Muhammad Bobur Mirzo huzuriga kelib, sulh va hamjihatlikni o\u2019rtaga tashlaydi.<\/p>\n\n\n\n<p>Bitimga muvofiq Sug\u2019d tarafidan Zahiriddin Muhammad Bobur Mirzo, narigi tarafidan Sulton Ali Mirzo kelib, Ko\u2019hak suvidan o\u2019tib, ot ustida bir-birlari bilan ko\u2019rishadilar. Ular \u201cyozda yana kelib Samarqandni qamal qilamiz\u201d, &#8212; degan bitimga kelishishgach, Zahiriddin Muhammad Bobur Mirzo Andijonga, Sulton Ali Mirzo Buxoroga qaytib ketadilar. Chunki qish yaqinlashib qolgan edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Ana shu bitimga muvofiq, 1497 yil may oyida Zahiriddin Muhammad Bobur Mirzo Andijondan qo\u2019shin tortib, Samarqandga yuradi.<\/p>\n\n\n\n<p>Samarqand hukmdori Boysung\u2019ur Mirzo dushmanga yakka o\u2019zi dosh berolmasligiga ko\u2019zi yetgach, Shayboniyxondan yordam so\u2019rab, Turkistonga elchilar yuboradi. Shayboniyxon qulay fursatdan foydalanish maqsadida tezlik bilan qo\u2019shin tortib, Samarqandga yetib keladi va Bobur Mirzo qo\u2019shini bilan to\u2019qnashadi. Biroq hech bir ish chiqaraolmay orqaga chekinadi. Boysung\u2019ur Mirzo esa kutgan maqsadi ro\u2019yobga chiqmagach, Shayboniyxonga nisbatan yetarlik ehtirom va iltifot ko\u2019rsatmaydi. Bobur Mirzodan yengilgach, Boysung\u2019ur Mirzodan iltifotsizlik ko\u2019rgan Shayboniyxon alamzadalik bilan Turkistonga qaytib ketadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Shundan so\u2019ng Boysung\u2019ur Mirzo yetti oy qamalni boshidan kechiradi. Nihoyat shaharda ocharchilik boshlanadi. Sabr kosasi to\u2019lgan Boysung\u2019ur Mirzo ochlikdan tinkasi qurigan uch-to\u2019rt yuz qo\u2019shini bilan Samarqandni tashlab chiqib, Qunduzga \u2013 Xusravshoh huzuriga qarab ketadi. Boysung\u2019ur Mirzo Termiz navohiysida Amudaryodan kechayotganda Temir hokimi Sayid Husayn Akbar, uni asir olishga harakat qiladi. Sayid Husayn Akbar Sulton Ma\u2019sud Mirzoning avlodi va eng yaqin, hurmatli kishisi edi. Boysung\u2019ur Mirzo epchillik bilan suvdan kechib o\u2019tadi. Ammo uning barcha mol-mulki hamda bir necha mo\u2019tabar kishilari Sayid Husayn Akbar qo\u2019lida asirlikda qoladilar.<\/p>\n\n\n\n<p>Xusravshoh Boysung\u2019ur Mirzoni yaxshi kutib oladi. 1498 yilda Xusravshoh bilan Boysung\u2019ur Mirzo hiyla ishlatib, Chag\u2019oniyonni bosib oladilar. Shundan so\u2019ng Hisor hukmdori Sulton Ma\u2019sud Mirzoga hiyla ishlatib, yolg\u2019on maktublar yozib, Hisor qal\u2019asini bosib oladilar. Sulton Ma\u2019sud Mirzo Hisordan chiqib, o\u2019z yaqin kishilarini olib, Sulton Husayn Boyqaro huzuriga \u2013 Xurosonga qochib ketadi.<\/p>\n\n\n\n<p>1499 yili Xusravshoh Balx ustiga qo\u2019shin tortishni o\u2019ylab, Boysung\u2019ur Mirzoni Hisordan chaqirtirib keladi va Balx ustiga yurish boshlaydi. Qo\u2019shin Uyoj mavze\u2019iga yetganda, Xusravshohning fe\u2019li buzilib, taxtgirlik vasvasasiga uchrab, Boysung\u2019ur Mirzoni bir necha beklari ba yaqin kishilari bilan birga bandga soladi. 1499 yil 17 avgustda Boysung\u2019ur Mirzoning bo\u2019yniga chilvir solib, bo\u2019g\u2019ib o\u2019ldiradi. Beklaridan va yaqin kishilaridan bir nechasini qatl qildiradi. Boysung\u2019ur Mirzo 24 yoshida shahid bo\u2019ladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Boysung\u2019ur Mirzo o\u2019z hukmronlik yillarida biror kishini tarbiyalab yuqori mansabga yoki beklik martabasiga chiqararaolmagan edi. Uning yonida beklar va amaldorlar uning uchun jon kuydiradigan kishilar emas edilar.<\/p>\n\n\n\n<p>Boysung\u2019ur Mirzo Samarqandni Zahiriddin Muhammad Bobur Mirzoga oldirib, Xusravshohning panohiga qochib borgandan so\u2019ng, amakisi Sulton Xalil Mirzoning qiziga uylangan edi. Boysung\u2019ur Mirzodan mutlaqo avlod qolmagan. Kanizak va cho\u2019rilar ham yo\u2019q, boshqa xotini ham bo\u2019lmagan.<\/p>\n\n\n\n<p>SULTON ALI MIRZO Sulton Mahmud Mirzoning uchinchi o\u2019g\u2019li bo\u2019lib, 1483 yilda tug\u2019ilgan. Onasi Zuhra begim edi. <\/p>\n\n\n\n<p>Sulton Ali Mirzo otasi Sulton Mahmud Mirzo vafotidan so\u2019ng Qarshi viloyatiga hokim bo\u2019lib, keyinchalik Buxoroni akasi Boysung\u2019ur Mirzodan tortib olgan edi. 1497 yil dekabrda Boysung\u2019ur Mirzodan Samarqandni Zahiriddin Muhammad Bobur Mirzo tortib oladi. Biroq Samarqandda yetti oylik qamaldan so\u2019ng qattiq ocharchilik boshlanib, qo\u2019shin uchun oziq-ovqat topilmas, ot-ulov uchun yem-xashak masalasi ham dushvor edi. Ana shunday mushkul vaziyatda, Bobur Mirzoning ota meros shahri Andijon ham dushman qo\u2019liga o\u2019tish xavfi bor ekanligi haqida xabar keladi. Bobur Mirzo Andijonni qo\u2019lda saqlab qolish uchun qolgan qo\u2019shinni yig\u2019ib, Samarqandga o\u2019z beklaridan birini qo\u2019yib, Andijonga yuradi. Shundan so\u2019ng Sulton Ali Mirzo 1498 yil fevral-mart oyida Samarqandni ishg\u2019ol qiladi.<\/p>\n\n\n\n<p>1499 yilda Sulton Ali Mirzo bilan Mazid tarxonning orasida nizo vujudga keladi. Chunki tarxonlar Buxoroda juda katta e\u2019tiborga va ehtiromga molik edilar. Buxoro viloyatini Vali tarxon o\u2019z qo\u2019liga olgan va viloyatdan tushadigan daromadning aqalli belgilangan oltidan bir ulushini ham xazinaga to\u2019lamas edi. Muhamamd Mazid tarxon esa Samarqandda hokimi Mutlaq edi. U Samarqand va uning atrofidagi mulklarni o\u2019z o\u2019g\u2019illari, qarindosh-urug\u2019lari va yaqin kishilari ixtiyoriga berib qo\u2019ygan edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Sulton Ali Mirzo taxtga muqim o\u2019rnashib olgach, Muhammad Mazid tarxonga qarshi siyosat yurita boshlaydi. Hukmdorning maqsadini tushungan Muhammad Mazin tarxon barcha urug\u2019lari, yaqinlari, navkarlari hamda beklaridan Sulton Husayn arg\u2019un, Pir Ahmad arg\u2019un, Xoja Husayn, Uzun Hasanning inisi Qaro barlos, Solih Muhammad va yana ba\u2019zi yigitlari bilan shahardan chiqib ketadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Ayni shu paytda Sulton Mahmudxon o\u2019z jiyani Xon Mirzo ibn Sulton Mahmud Mirzo boshchiligida Muhammad Husayn dug\u2019lat, Ahmadbek va yana bir necha mo\u2019g\u2019ul beklarini qo\u2019shin bilan ta\u2019minlab (Xon Mirzo Sulton Ali Mirzoning ukasi), Samarqandni zabt etish uchun jo\u2019natadi. Muhammad Mazid tarxon bir necha odamni Xon Mirzo huzuriga yuborib (Xon Mirzoni Mirzoxon ham derdilar), ularni taklif qiladi hamda o\u2019zi Shavdor navohiysiga kelib, Mirzoxonni ziyorat qilgach, mo\u2019g\u2019ul beklari bilan uchrashadi. Ammo Muhammad Mazid tarxon mo\u2019g\u2019ul beklari bilan murosa qilaolmaydi. Mo\u2019g\u2019ul beklari Muhammad Mazid tarxonga yordam berish uyoqda tursin, balki uni ushlab qolishga harakat qiladilar. Buni sezgan Muhammad Mazid tarxon o\u2019z odamlarini olib, mo\u2019g\u2019ullar qarorgohidan qochib ketadi. Shundan so\u2019ng mo\u2019g\u2019ullar ham orqaga qaytib, Yor yayloqqa kelganlarida Sulton Ali Mirzo kichik qo\u2019shin bilan Samarqanddan chiqib, Xon mirzo boshliq mo\u2019g\u2019ul qo\u2019shiniga hujum qilib, tor-mor qiladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Shu voqeadan so\u2019ng Muhammad Mazid tarxon Abduvahob ismli mo\u2019g\u2019ulni Andijonga \u2013 Zahiriddin Muhammad Bobur Mirzo huzuriga jo\u2019natadi. Zahiriddin Muhammad Bobur Mirzo darhol qo\u2019shin tortib Samarqand ilinjida yo\u2019lga tushadi. Biroq Darg\u2019omga yetganda Shayboniyxonning Buxoroni olib, Samarqand tomon yurgani haqidagi xabarni eshitib, qo\u2019shinni Shahrisabzga olib boradi. Chunki Samarqand beklarining ko\u2019pchiligini ko\u2019chlari shu yerda edi. 1500 yilda Sulton Ali Mirzo Samarqandni Shayboniyxonga topshirib, degan ovozalar tarqaydi. Bu xabar bejiz emas edi. Sulton Ali Mirzoning onasi Zuhrabegim nodonlik va beaqllik yuzasidan Shayboniyxonga maxfiy ravishda maktub yo\u2019llab: \u201cAgar Shayboniyxon menga uylansalar, o\u2019g\u2019lim Sulton Ali mirzo Samarqandni xon hazratlariga topshirgay, Xon xazratlari Samarqandni olganlaridan so\u2019ng uni (Samarqandni) in\u2019om tarzida yana Sulton Mirzoga qaytarsalar\u201d,- deydi.<\/p>\n\n\n\n<p>Shayboniyxon Zuhrabegimnign va\u2019dasiga muvofiq Bog\u2019i maydonga kelib o\u2019rnashadi. Zuhrabegim o\u2019g\u2019li Sulton Ali Mirzoning boshini aylantirib, o\u2019z rejasiga ko\u2019ndiradi. Sulton Ali Mirzo arkoni davlatidagi hech kim bilan maslahatlashmay, bir necha katta-kichi yaqin kishilari bilan birga Samarqandning Chorraha darvozasidan chiqib, Bog\u2019i maydonga Shayboniyxon huzuriga boradi. Shayoniyxon Sulton Ali Mirzoga iltifot qilmaydi va o\u2019tirish uchun pastroqdan joy ko\u2019rsatadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Sulton Ali Mirzoni Shayboniyxon huzuriga ketganini eshitgan Xoja Yahyo qattiq iztirobga tushadi. Mirzoni qutqarib qolish yo\u2019lini topilmagach, o\u2019zi ham Shayboniyxon huzuriga boradi. Shayboniyxon Xoja Yahyo bilan o\u2019tirgan joyida ko\u2019rishadi va bir necha kalima achchiq kinoyali so\u2019zlarini aytadi. Xoja Yahyo o\u2019rnidan turib ketishga jazm qilgach, Shayboniyxon o\u2019rnidan turib Xoja Yahyoga ta\u2019zim qiladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Zuhra begim o\u2019zining erga tegish havasi bilan o\u2019g\u2019lining xonumonini barbod qiladi. Shayboniyxon Zuhra begimga parvo ham qilmaydi, aqalli kanizak yoki cho\u2019ri o\u2019rnida ham nazariga ilmaydi. Sulton Ali Mirzo ham qilgan ishidan hayron va shahardan chiqqaniga pushaymonda edi. Sulton Ali Mirzodan ba\u2019zi bir yaqin kishilari Shayboniyxonning kayfiyatidan xavotirlanib, Mirzoni olib qochish fikriga tushadilar. Lekin Sulton Ali Mirzo rozi bo\u2019lmydi. Sulton Ali Mirzo Temur Sulton nazorati ostida edi. 1500 yil Sulton Ali Mirzoni Ko\u2019lba yalangligiga olib chiqib, qatl qiladilar.<\/p>\n\n\n\n<p>Sulton Ali Mirzo qatl qilingach, Shayboniyxon Xoja Yahyoga ikki o\u2019g\u2019li Xoja Muhammad Zikriyo va Hoji Boqi bilan Xurosonga ketish uchun ijozat beradi. Biroq Hoja Yahyo ikki o\u2019g\u2019li bilan yo\u2019lga chiqib, Koruzan navohiysiga yetishganda, orqadan o\u2019zbeklar borib, uchalasini ham shahid qiladilar. Shayboniyxon Hoja Yahyoni ochiq maydonda qatl qildirishdan cho\u2019chirdi. Binobarin, Hojani maxfiy ravishda yo\u2019qotishga harakat qilardi.<\/p>\n\n\n\n<p>SULTON HUSAYN MIRZO Sulton Mahmud Mirzoning to\u2019rtinchi o\u2019g\u2019li bo\u2019lib, 1481 yilda tug\u2019ilgan. Onasi Mir Buzkurning nabirasi Xonzoda begim edi. Sulton Husayn Mirzo O\u2019ratepa viloyatida hokim edi. 1493 yilda otasining hayotlik davridayoq, 13 yoshida vafot etgan.<\/p>\n\n\n\n<p>SULTON VAYS MIRZO Sulton Mahmud Mirzoning beshinchi o\u2019g\u2019li bo\u2019lib, 1485 yilda tug\u2019ilgan. Onasi Yunusxon qizi Nigor xonim edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Sulton Vays Mirzo otasi Sulton Mahmud Mirzo vafotidan so\u2019ng, tog\u2019asi Toshkent xoni \u2013 Sulton Mahmudxonning saroyida istiqomat qilardi.<\/p>\n\n\n\n<p>1500 yilda Samarqandda Sulton Ali Mirzo bilan Muhammad Mazid tarxon o\u2019rtasida nizo chiqib, Muhammad Mazid tarxon Samarqanddan qochib chiqqa chog\u2019da, Sulton Mahmudxon jiyani Sulton Vays (Mirzoxon) Mirzoga Muhammad Husayn dug\u2019lat, Ahmadbek va bir necha mo\u2019g\u2019ul beklarini hamroh qilib, katta qo\u2019shin bilan Samarqand ustiga \u2013 Sulton Ali Mirzoga qarshi jo\u2019natgan edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Muhammad Mazid tarxon Shavdor navohiysiga kelib, Sulton Vays Mirzoni ziyorat qilgach, Sulton Ali Mirzoga qarshi kurashda yordam berishini so\u2019raydi. Ammo mo\u2019g\u2019ul beklari Muhammad Mazid tarxon va uning beklari bilan chiqisha olmaydilar. Aksincha Muhammad Qaltis vaziyatni sezgan Muhammad Mazid tarxon Sulton Vays Mirzo lashkargohidan xufiyona chiqib qochadi. Ular ketgach, mo\u2019g\u2019ul qo\u2019shinlari ham orqaga qaytib Yor yayloqqa kelib, istirohat uchun to\u2019xtaydilar. Shu asnoda Samarqanddan Sulton Ali Mirzo oz sonli qo\u2019shin bilan yetib kelib, mo\u2019g\u2019ul qo\u2019shinini bosadi. Mo\u2019g\u2019ul qo\u2019shini dushman zarbasiga dosh berolmay har tomonga parokanda bo\u2019lib ketadi. Sulton Vays Mirzo ham noumid bo\u2019lib, Toshkentga qaytadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Zahiriddin Muhammad Bobur Mirzo Kobulni o\u2019z tasarrufiga kiritgach, Sulton Vays Mirzo onasi Nigorxonim bilan birga Bobur Mirzo mulozamatiga kelgan edi. Zotan, Sulton Vays Mirzo Zahiriddin Muhammad Bobur Mirzoga otasi tomonidan amakivachcha, ona tarafidan xolavachcha edi.<\/p>\n\n\n\n<p>1506 yilda Zahiriddin Muhammad Bobur Mirzo Sulton Husayn Boyqaro ruhiga fotiha o\u2019qimoq uchun Kobuldan Xurosonga jo\u2019nagah, Kobul taxtiga Sulton Vays Mirzoni o\u2019tqazibdilar, degan xabarni eshitadi. Shundan so\u2019ng Bobur Mirzo Kobulni bir hamla bilan qo\u2019lga kiritib, Mirzoxonni qidirtiradi. Mirzoxon qo\u2019rqqanidan onasi Nigorxonimning uyiga kirib, bekinib oladi. Uni tutib Bobur Mirzo huzuriga keltiradilar. Bobur Mirzo Mirzoxonning gunohini kechirgan va xolasining ko\u2019ngli uchun avvalgidek muomalada bo\u2019lgan ekan. Keyinchalik Mirzoxonning Xurosonga ketishiga ruxsat bergan. 1507 yilda Bobur Mirzo Mirzoxonni Badaxshonga hokim qilib jo\u2019natadi. 1526 yilda Mirzoxon (Sulton Vays Mirzo) Badaxshonda vafot etadi.<\/p>\n\n\n\n<p>SULAYMON MIRZO Mirzoxonning (Xon Mirzo) o\u2019g\u2019li bo\u2019lib, 1514 yilda tug\u2019ilgan. Mirzoxon Badaxshonda vafot etgach, 1526 yilda Zahiriddin Muhammad Bobur Mirzo, Sulaymon Mirzoni otasining o\u2019rniga \u2013 Badaxshonga hokim qilib tayinlaydi. Sulaymon Mirzo Humoyunshoh davrida ham Badaxshonda barqaror qoladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Sulaymon Mirzo tabiatan xushfe\u2019l, hazil-mutoyibaga moyil kishi bo\u2019lgan. U \u201cZukko\u201d taxallusi bilan forscha va turkcha g\u2019azallar bitgan. Sulaymon Mirzoning mijozi bir oz zaifroq bo\u2019lib, haramidagi xotinlari orasida unchalik obro-e\u2019tiborga sazovor bo\u2019lmagan. Uning xotinlari orasida eng zabardast, tadbirkor va oqilasi Haram begim ismli xotin edi. U qo\u2019loblik Sulton Vaysning qizi bo\u2019lib, Sulaymon Mirzoning makr-hiylasiga uchib, uning nikohiga kirib qolgan edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Haram begim davlat ishlariga faol aralashar va kezi kelganda saltanatni boshqarar edi. U erining asosiy maslahatchi va rahnamosi edi. Sulaymon Mirzoning Haram begimdan Ibrohim Mirzo nomli o\u2019g\u2019li bo\u2019lib, ota-bola Badaxshonda hukmronlik qilardilar.<\/p>\n\n\n\n<p>Sulaymon Mirzo Humoyunshoh vafotidan eshitgach, o\u2019g\u2019li Ibrohim Mirzo biln birgalikda 1556 yilda Kobulni bosib olish qasdida qo\u2019shin tortib kelib, shaharni to\u2019rt oy davomida qamal qiladi. Biroq Akbarshoh o\u2019z tarafidan bir necha sarkardalarni Kobul hukmdori \u2013 ukasi Muhammad Hakim Mirzoga yordam uchun yuboradi. Sulton Mirzo ko\u2019mak kelayotgan xabarini eshitgach, Kobulni qamaldan bo\u2019shatib, noumid bo\u2019lib Badaxshonga qaytib ketadi.<\/p>\n\n\n\n<p>1559 yilda Sulaymon Mirzo qandaydir vasvasa bilan Balxni zabt qilish orzusida qo\u2019shin to\u2019plab, harbiy yurish boshlaydi. Balx hukmdori o\u2019zbek Pir Muhammad Sulaymon Mirzo qo\u2019shinini tor-mor keltiradi. Jangda Sulaymon Mirzoning og\u2019li Ibrohim Mirzo dushman tarafidan asirga olinadi. Sulaymon Mirzo esa Badaxsonga qaytib ketadi. O\u2019sha yili Pir Muhammad Ibrohim Mirzoni qatl qildiradi.<\/p>\n\n\n\n<p>Sulaymon Mirzo Balxni zabt etolmagach, yana Kobulni bosib olish harakatiga tushadi. 1563 yilda Kobulda Abdulmaoli fitnasi vujudga kelgach, Kobul hukmdori Muhammad Hakim Mirzo Sulaymon Mirzodan ko\u2019mak istab, elchi yuboradi. Sulaymon Mirzo fursatdan foydalanib, darhol qo\u2019shin bilan Kobulga yetib kelib, Abdulmaoli qo\u2019shinini mag\u2019lubiyatga uchratib, o\u2019zini asirga oladi. Shu yili aprel oyida Muhammad Hakim Mirzo va Sulaymon Mirzolar tanta bilan Kobulga kiradilar. Sulaymon Mirzo o\u2019z qizini Muhammad Hakim Mirzoga nikolab beradi.<\/p>\n\n\n\n<p>Sulaymon Mirzo Kobuldan Badaxshonga qaytayotib, o\u2019zining ishonchli beklaridan bir nechasini Kobul, G\u2019azna va boshqa shaharlarga qo\u2019yib ketadi. O\u2019zi Badaxshonga yetib borgach, u yerdan yana bir necha beklarni Kobulga jo\u2019natadi. Mazkur beklar Kobulga saroy to\u2019ntarishini vujudga keltirishlari lozim edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Ammo Sulaymon Mirzoning mash\u2019um niyatidan voqid bo\u2019lgan Kobul beklari voqeani Muhammad Hakim Mirzoga xabar qiladilar. Muhammad Hakim Mirzo farmoniga muvofiq Badaxshon beklari qo\u2019lga olinadilar. Ulardan ayrimlari qochib Badaxshonga borib, Sulaymon Mirzo huzurida voqeani bayon qiladilar. Sulaymon Miroz huzuziga voqeani bayon qiladilar. Sulaymon Mirzo g\u2019azab otiga minib, qo\u2019shin tortib Kobulga keladi. Bu xabarni eshitgan Muhammad Hakim Mirzo Kobul mudofaasini ishonchli beklardan biri Boqi Qoqsholga topshrib, o\u2019zi Peshvorga \u2013 akasi Jaloliddin Muhammd Akbarshoh huzuriga ketdi. Sulaymon Mirzo Muhammad Hakim Mirzoni Jalolobodgacha quvlab boradi, ammo tuta olmay orqag qaytadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Akbarshoh ukasi Muhammad Hakim Mirzodan voqeani eshitgach, Kobulga katta qo\u2019shin jo\u2019natadi. Akbarshoh qo\u2019shiniga bardosh bera olmasligiga ko\u2019zi yetgn Sulaymon Mirzo Kobulni tashlab Badaxshonga qaytib keladi. Kobul yana Muhammad Hakim Mirzo tasarrufida qoladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Akbarshoh Mir Muhammadxonni Muhammad Hakim Mirzoga otabek qilib tayinlaydi. Biroq Muhammad Hakim Mirzoning noittifoqligi tufyli ko\u2019p o\u2019tmasdan Mir Muhammadxon Kobulni tashlab, Akbarshoh saroyiga qaytib ketadi. Shundan so\u2019ng Kobulda Muhammad Hakim Mirzo mustaqil hukmron bo\u2019lib qoladi.<\/p>\n\n\n\n<p>1565 yil Sulaymon Mirzo Kobulda Muhammad Hakim Mirzoning yolg\u2019iz qolganini bilgach, yana qo\u2019shin to\u2019plab to\u2019rtinchi marta Kobulga qarab yuradi. Bu xabarni eshitgan Muhammad Hakim Mirzo Kobulga o\u2019zining ishonchli kishisi Ma\u2019sumxonni qo\u2019yib, o\u2019zi Shakar darasiga ketadi. Sulaymon Mirzo Kobulni qamal qiladi. Biroq, Ma\u2019sumxon Kobul mudofaasini yaxshi uyushtirganligi tufayli, Sulaymon Mirzo Kobulni ololmay, makr-hiyla yo\u2019li bilan Muhammad Hakim Mirzoni qo\u2019lga tushirishga harakat qiladi. Ammo Muhammad Hakim Mirzo bu hiyladan voqif bo\u2019lib, Jalobodga qochadi. U yerda Peshovarga borib, Akbarshohni mojarodan xabardor qiladi. Akbarshoh ukasining ixtiyoriga Panjob qo\u2019shinini yuboradi. Biroq qish yaqinlashib qolgani tufayli Sulaymon Mirzo Kobulni ololmay Badaxshonga qaytib ketadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Sulaymon Mirzo Kobulni olish niyatiga to\u2019rtinchi marta ham eshiraolmagach, o\u2019z qo\u2019l ostidagi bek va amaldorlariga nisbatan ishonchsizlik bildirib, ularni mansab va lavozimlarini o\u2019zgartira boshlaydi. Jumladan Qunduz hokimi Muhammad Qulining o\u2019rniga Hoji Tumanbegini tayinlaydi. Shundan so\u2019ng bek va amaldorlar Sulaymon Mirzodan qochib, Hoji Tumanbegi tomoniga o\u2019tadilar. Muhammad Quli esa isyon ko\u2019taradi.<\/p>\n\n\n\n<p>Sulaymon Mirzoning o\u2019g\u2019li Ibrohim Mirzo Muhtarama begim nomli ayolga uylangan edi. Muhtarama begim ilgari Komron Mirzoning xotini edi. Komron Mirzo vafotidan so\u2019ng Ibrohim Mirzo nikohiga kirgan edi. Muhtarama begimning Ibrohim Mirzodan Shohruh Mirzo ismli o\u2019g\u2019li bor edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Sulaymon Mirzoga qarshi MuhammadQuli boshchiligida saroy a\u2019yonlari isyon ko\u2019tarishgach, Muhtarama begim yetti yoshli Shohruh Mirzo bilan birga isyonchilar tomoniga o\u2019tadi. Sulaymon Mirzo isyonni daf etishga harakat qilib, Qunduzni 40 kun qamal qiladi. Natijada Muhammad Quli qaytadan Qunduz hokim etib tayinlanadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Biroq ko\u2019p o\u2019tmay Muhammad Quli Shohruh Mirzoni Badaxshon taxtiga o\u2019tqazish uchun yana isyon ko\u2019taradi. Sulaymon Mirzo Qunduzga hujum qilib, Muhammad Qilini yengadi. Qunduz qo\u2019ldan ketgach, Muhtarama begim o\u2019g\u2019li Shohruh Mirzoni olib, Hindikush tomon yuradi v Andrabodni qo\u2019lga kiritadilar. Sulaymon Mirzo nevarasi Shohruh Mirzo ketidan quvib borib, uni tor-mor keltiradi. Shohruh Mirzo onasi bilan qochib ketayotib, muhofazasiz qolgan Qunduz qal\u2019asiga kirib, qal\u2019ani hech bir qarshiliksiz qo\u2019lga oladi. Qal\u2019adagi barcha mol-mulk Shohruh qo\u2019liga o\u2019tadi. Shundan so\u2019ng Sulaymon Mirzo nevarasi Shohruh Mirzo bilan bitim imzolashga va bitimga muvofiq, Shohruh Mirzoning otasi Ibrohim Mirzoga tegishli bo\u2019lgan yerlarni qaytarib berishga majbur bo\u2019ladi. Lekin bir oz vaqt o\u2019tgach, Shohruh Mirzo Tolqonga hujum qiladi. Ayni vaqtda hokimiyat ikkiga bo\u2019lingach, Sulaymon Mirzoning avvalgi harbiy kuchi qolmagan, binobarin nevarasi Shohruh Mirzoga qarshi kurashmoqqa qurbi yetmas edi. Binobarin, muqaddam joylarni ziyorat qilish bahonasida Badaxshonni Shohruh Mirzoga tashlab ketadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Sulaymon Mirzo kuyovi Kobul hukmdori Muhammad Hakim Mirzo huzuriga boradi. U esa Sulaymon Mirzoni Peshovarga jo\u2019natadi. Sulaymon Mirzo Peshovardan Agraga \u2013 Akbarshoh mulozamatiga boradi. Akbarshoh Sulaymon Mirzoni yaxshi kutib oladi va Badaxshonni unga qaytarib olib berishga va\u2019da qiladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Lekin ko\u2019p o\u2019tmay Akbarshoh saroyiga Shohruh Mirzoning vakillari keladilar. Qizig\u2019i shuki, Akbarshoh Shohruh Mirzo elchilarini ham juda yaxshi kutib oladi va Shohruh Mirzo elchilarini ham juda yaxshi kutib oladi va Shohruh Mirzoni Badaxshon hokimi deb, tan oladi. Albatta, bu yerda Akbarshoh uzoqni o\u2019ylab ish tutgan bo\u2019lishi mumkin. Zotan, ayni paytda Buxoro hukmdori Abdullaxon Badaxshonga ko\u2019z tikib turar va qulay fursatni kutardi. Agar Akbarshoh Shohruh Mirzo qo\u2019llab-quvvatlamasa, u holda Shohruh Mirzo Abdullaxondan yordam so\u2019rashi va natijada Badaxshon Buxoro ta\u2019siriga tushib qolish ehtimoli bor edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Shu voqeadan so\u2019ng, aldanganini sezgan Sulaymon Mirzo 1575 yilda Makka ziyoratiga jo\u2019nab ketadi. Makkada besh yil turib, qaytishda Eron shohi Ismoil II huzuriga keladi. U Badashonni qaytarib olishda Sulaymon Mirzoga yordam berishga va\u2019da baradi. Ammo Sulaymon Mirzo Badaxshonga yetmasdanoq Ismoil II vafot etadi. Sulaymon Mirzo uchun endilikda bitta yo\u2019l qolgan edi. U ham bo\u2019lsa Buxoro hukmdori Abdullaxondan yordam olishi mumkkin edi. Lekin Shohruh Mirzo bu ko\u2019ngilsiz voqeaning oldini olish maqsadida bobosi Sulaymon Mirzo bilan bitim tuzgan, degan rivoyatlar ham bor. Biroq Hofiz Tanish Buxoriyning bergan ma\u2019lumotiga qaraganda, Sulaymon Mirzo kuyovi Muhammad Hakim bilan birga ikki yil davomida Shohruh Mirzoga qarshi jang qiladilar. Jangd Sulaymon Mirzo g\u2019olib chiqadi. 1580 yilda har ikki tomon sulh tuzadi. Sulhga muvofiq Tolqondan Hidikushgacha bo\u2019lgan yerlar Sulaymon Mirzo tasarrufiga kiradi. Natijada, Badaxshonda yana qo\u2019sh hokimiyat vujudga keladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Ammo Sulaymon Mirzo bilan Shohruh Mirzo o\u2019rtasidagi kurash mazkur sulh bbilan tinchimadi. Ular orasida nizo kundan-kun chuqurlashib, qonli to\u2019qnashuvlarga sabab bo\u2019lardi.<\/p>\n\n\n\n<p>\u201cMirot ul-Olam\u201dda yozilishicha, 1584 yilda Shohruh Mirzo bobosidan yengilib, Akbarshoh saroyiga qochib keladi. Darvoqe\u2019, bu jangd Sulaymon Mirzo Buxoro hukmdori Abdullaxondan yordam olgan edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Yuqorida keltirilgan ma\u2019lumotlarga qaraganda, bobo bilan nabira o\u2019rtasida to\u2019xtovsiz kurash davom etgan. Natijada har ikki tomonning kuchsizlanishi tufayli Abdullaxon uchun qulay fursat vujudga kelgan. Zotan, ko\u2019p o\u2019tmay Buxoroga qo\u2019shini Badaxshonga hujum qilib, zabt etadi. Sulaymon Mirzo bilan Shohruh birin-ketin hokimiyatdan mahrum bo\u2019lib, Agraga \u2013 Akbarshoh huzuriga borib, sig\u2019inadilar. Badaxshon uchun bo\u2019lgan urushda buxoroliklar Shohruh Mirzoning o\u2019g\u2019li Muhammad Zamon Mirzoni asirga tushiradilar.<\/p>\n\n\n\n<p>Sulaymon Mirzo Lamg\u2019onda yashab, yangidan kuch to\u2019plab, 1587 yilda Tolqonga hujum qiladi. Biroq Balx hokimi Abdumo\u2019minxon Sulaymon Mirzoni tor-mor keltiradi. Sulaymon Mirzo Akbarshoh saroyida ikki yil yashab, 1590 yil 77 yoshida Loxurda vafot etadi. Akbarshoh Shohruh Mirzoga Malva o\u2019lkasida jogir beradi.<\/p>\n\n\n\n<p>\u201cAkbarnoma\u201d muallifining bergan ma\u2019lumotiga ko\u2019ra, Shohruh Mirzoning ikkinchi o\u2019g\u2019li Hasan Mirzo Badaxshonda Abdullaxonga qarshi kurashib, hech bir ish chiqara olmagach, Hindistonga kelib, Akbarshoh saroyidan boshpana topadi. 1601 yil yanvar oyida Hinddan qochib Eronga \u2013 Shoh Abbos huzuriga boradi. Shoh Abbos uni Hirot hokimi Husaynxon ixtiyoriga yuboradi. Husaynxon Hasan Mirzoni qo\u2019shin bilan ta\u2019minlab Badaxshonga jo\u2019natadi. Hasan Mirzo bus afar ham Badaxshonda biror ish chiqara olmay Hazoraga qaytib keladi va Hazora qabilalarini o\u2019z orqasidan ergashtirib, Qandahorning shimoliy qismida isyon ko\u2019taradi. Qandahorning Akbarshoh tomonida qo\u2019yilgan hokimi Shohbek Hasan Mirzo isyonini bostiradi. Hasan Mirzo Shohbek ta\u2019qibidan qochib, Chaxcharon tog\u2019iga ketadi va o\u2019sha yerdan panoh topadi.<\/p>\n\n\n\n<p>BEKABEGIM Sulton Mahmud Mirzoning Xonzoda begim ismli xotinidan tug\u2019ilgan qizi.<\/p>\n\n\n\n<p>Zahiriddin Muhammad Bobur Mirzoning yozishicha, Sulton Husayn Boyqaro Sulton Mahmud Mirzoga hujum qilib, Hisorni qamal qiladi. Shunda Sulton Husayn Boyqaro Sulton Mahmud Mirzoga, agar qizi Bekagimni kelinlikka bersa, Hisor qamalini bo\u2019shatib ketajagini bildiradi. Sulton Mahmud Mirzo bu talabga rozi bo\u2019ladi. Sulton Husayn Boyqaro o\u2019zining Poyanda Sulton Begim nomli xotinidan tug\u2019ilgan o\u2019g\u2019li Haydar Mirzoga Bekabegimni aqd qilib, Hisorni qamaldan bo\u2019shatib ketadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Sulton Mahmud Mirzoning Xonzoda begimdan tug\u2019ilgan uchinchi qizining ismi Oqbegim edi.<\/p>\n\n\n\n<p>OYBEGIM Sulton Mahmud Mirzoning Xonzoda begimdan tug\u2019ilgan to\u2019rtinchi qizi edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Sulton Husayn Boyqaro Qunduz viloyatiga bostirib kirganda, Sulton Mahmud Mirzoning ukasi Andijon hukmdori Umar Shayx Mirzo o\u2019z o\u2019g\u2019li Jahongir Mirzoni qo\u2019shin bilan Sulton Husayn Boyqaroga qarshi yuborgan edi. O\u2019sha paytda Oybegim Jahongir Mirzoga aqd qilingan edi.<\/p>\n\n\n\n<p>1504 yilda Amudaryo yoqasida Boqi Chag\u2019niyoniy o\u2019z ko\u2019ch-ko\u2019roni bilan Zahiriddin Muhammad Bobur Mirzo mulozamatiga kelib qo\u2019shiladi. O\u2019sha paytda marhum Sulton Mahmud Mirzoning xotin va qizlari Termizda edilar. Ular ham Boqi Chag\u2019oniyoniy bilan birga keladilar. Bobur Mirzo qo\u2019shinlari Kohimardga yetganda Jahongir Mirzo Oybegimni o\u2019z nikohiga oladi. Oybegim faqat bittagina qiz tug\u2019adi. Keyingi paytlarda Oybegimning qizi buvisi Xonzoda begim bilan birga Badaxshonda istiqomat qiladi.<\/p>\n\n\n\n<p>ZAYNAB SULTON BEGIM Sulton Mahmud Mirzoning Xonzoda begimdan tug\u2019ilgan beshinchi qizi edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Zahiriddin Muhammad Bobur Mirzo Kobulni olgandan so\u2019ng, onasi Qutluq Nigorxonimning qistovi bilan Zaynab Sulton begimni o\u2019z nikohiga kiritadi. Biroq Zaynab Sulton begimdan Bobur Mirzoning ko\u2019ngli to\u2019lmaydi. Ikki-uch yildan so\u2019ng Zaynab Sulton begim chechak (obila) kasali bilan vafot etadi.<\/p>\n\n\n\n<p>MAHDUMA SULTON BEGIM Sulton Mahmud Mirzoning Zuhra begim ismli xotinidan tug\u2019ilgan qizi edi. Sulton Ali Mirzoning singlisi edi. Mahduma Sulton begim Badaxshonda istiqomat qilgan.<\/p>\n\n\n\n<p>RAJAB SULTON BEGIM Sulton Mahmud Mirzoning kanizak xotinidan tug\u2019ilgan qizi edi.<\/p>\n\n\n\n<p>MINUCHEHR MIRZO Sulton Muhammad Mirzoning katta o\u2019g\u2019li. Sulton Abu Sayid Mirzoning akasi. Minuchehr Mirzo saltanat tuzmagan.<\/p>\n\n\n\n<p>MALIK MUHAMMAD MIRZO Minuchehr Mirzoning o\u2019g\u2019li edi. Malik Muhammad Mirzo amakivachchasi Sulton Mahmud Mirzoning eng katta qiziga uylangan edi. Bu qiz Boysung\u2019ur Mirzo bilan bir onadan \u2013 Poshshobegimdan tug\u2019ilgandi.<\/p>\n\n\n\n<p>1494 yilda Sulton Ahmad Mirzo vafot etib, o\u2019rniga ukasi Sulton Mahmud Mirzo Samarqand taxtiga o\u2019tirgach, Malik Muhammad Mirzo Samarqand taxtiga da\u2019vogar bo\u2019lib, qo\u2019shin tortib keladi. Holbuki, hech bir ishni uddalay olmaydi va bu jangda qaynotasi Sulton Mahmud Mirzo qo\u2019liga asir tushadi. Sulton Mahmud Mirzo kuyovi Malik Muhammad Mirzoni o\u2019z qarindoshi ekaniga ham qaramay, Ko\u2019k saroyga chiqarib, qatl qildiradi.<\/p>\n\n\n\n<p>SULTON MUROD MIRZO Abusayid Mirzoning beshinchi o\u2019g\u2019li bo\u2019lib, 1456 yilda Samarqandda tug\u2019ilgan edi. Tarixchi Xondamirning \u201cXulsat ul-axbor\u201d asarida yozilganiga qaraganda, Sulton Abusayid Mirzo bu o\u2019g\u2019liga Garmser va Qandahor viloyatlarining hokimligini in\u2019om qilgan edi. Binobarin, Sulton Murod Mirzo mazkur viloyatlard otasi Sulton Abusayid Mirzoning Iroqda halokatga uchraguniga qadar hukmronlik qiladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Sulton Abusayid Mirzo Iroqqa qarshi qo\u2019shin tortarkan, Sulton Murod Mirzoga ham qo\u2019shini bilan Iroqqa yetib borishini ta\u2019kidlab xabar yuboradi. Sulton Murod Mirzo farmoniga muvofiq yo\u2019lga chiqib Kirshonga yetganda, otasining halokatga uchragani haqidagi xabarini eshitadi va Garmserga qaytib keladi.<\/p>\n\n\n\n<p>1469 yilda Sulton Husayn Boyqaro Hirot taxtiga o\u2019tirgach, Sulton Murod Mirzo hukmdor huzuriga mulozimatga keladi. Sulton Husayn Boyqaro Sulton Murod Mizoni Samarqandga \u2013 akasi Sulton Ahmad Mirzo huzuriga jo\u2019natadi. Ammo Sulton Murod Mirzo o\u2019z akasi Sulton Ahmad Mirzodan iltifot ko\u2019rmagach, yana Hirotga \u2013 Sulton Husayn Boyqaro xizmatiga qaytib keladi. Xondamirning yozishicha, Sulton Murod Mirzo bir necha kun yana Sulton Husayn Boyqaro tarbiyasida yurib, 1475 yil iyun oyida Sultonning ba\u2019zi bir mulozimlari biln birgalikda Neratu qal\u2019asiga jo\u2019nab ketadi. Shundan so\u2019ng uning taqdiri haqida hech kim hech narsa bilmdi, &#8212; deb yakunladi Xondamir.<\/p>\n\n\n\n<p>SHOHRUH MIRZO Sulton Abusayid Mirzoning oltinchi o\u2019g\u2019li bo\u2019lib, 1458 yilda Hirotda tug\u2019ilgan. Onasi Alouddavlar Mirzoning qizi Sulton begim edi.<\/p>\n\n\n\n<p>\u201cXulosat ul-axbor\u201dda yozilishicha, Shohruh Mirzo otasi Sulton Abusayid Mirzoning Iroq yurishida birga bo\u2019lib, jang asnosida akasi Sulton Muhammad Mirzo bilan birga Muhammad Yodgor Mirzoning yaqin kishilaridan amir Hasanbeknign qo\u2019liga tushib qoladilar va uzoq muddat davomida qamoqda yotadilar.<\/p>\n\n\n\n<p>Shohruh Mirzo bir necha muddatdan so\u2019ng qamoqdan ozod bo\u2019lsa-da, biroq Xurosonga qaytib kelishga iloj topolmay ko\u2019p yillar mashaqqatli og\u2019ir ahvolda kun kechiradi. Nihoyat, 1493 yilda Hirotga qatib kelayotib, yo\u2019lda vafot etadi. Uning jasadini Hirotga keltirib, Gavharshod begim madrasasining xonaqohiga dafn etadilar.<\/p>\n\n\n\n<p>ABUBAKR MIRZO Sulton Abusayid Mirzoning badaxshonlik xotinidan 1458 yilda tug\u2019ilgan edi. Otasi unga Badaxshon hokimligini in\u2019om qilgan edi. Binobarin, otasi vafot qilgan chog\u2019da shahzoda Badaxshonda turardi. Abubakr Mirzo shijoatli, jasur va baland himmatli shahzoda edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Sulton Husayn Boyqaro Chakman jangida Hisor hukmdori Sulton Mahmud Mirzo ustidan g\u2019alaba qilgach, Abubakr Mirzoda shahanshoh bilan uchrashib, uning mulozimatiga kirish istiyoqi paydo bo\u2019ladi. Uning Sulton Husayn Boyqaroga ixlosi oshib, xatto unga kuyov ham bo\u2019lish orzusida edi. Shu bois o\u2019zining yaqin a\u2019yonlaridan biri amir Jaloliddin Mazid arg\u2019un bilan yo\u2019lga chiqib, Jayxun bo\u2019yiga yetganida shahanshoh huzuriga o\u2019z elchisini yuboradi. Bu xabar shahanshohga yetgach, u xursand bo\u2019lib shahzodaning huzuriga ulug\u2019 amir Alisher Navoiyni jo\u2019natadi. Amir Alisher Navoiy shahzodaning huzuriga borib, shahanshohning unga bo\u2019lgan yuksak ehtiromini bir necha dalillar bilan isbotlab, uni Hirot dorussaltanasiga olib keladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Abubakr Mirzo shahanshoh huzurida yuksak ehtiromga noil bo\u2019lib, iltifotlarga sazovor bo\u2019ladi. Shuningdek, shahanshoh Abubakr Mirzoga va u bilan birga kelgan kishilarga qimmatbaho in\u2019omar hadya qiladi. Abubakr Mirzo bir necha kun Hirotda shohona aysh-ishratda kun kechiradi. Nihoyat shahanshoh o\u2019zining eng katta qizi Sultonim begimni shahzoda Abubakr Mirzoga unashtiradi. Shundan so\u2019ng Abubakr Mirzo Badaxshonga jo\u2019nab ketadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Shahzoda Badaxshonga qaytib kelgandan so\u2019ng, ko\u2019p o\u2019tmay amir Jaloliddin Mazid arg\u2019undan ranjib, uni o\u2019ldiradi. Har holda Abubakr Mirozning bundan keyingi baxtsizliklari ana shundan boshlanadi. Tez orada Sulton Mahmud Mirzo Badaxshonni zabt etishga harakat boshlaydi.Abubakr Mirzo esa yana Sulton Husayn Boyqaro huzuriga panoh istab boradi. Shahanshoh unga yuksak iltifotlar ko\u2019rsatib, saroydan muayyan joy belgilaydi.<\/p>\n\n\n\n<p>Shu paytda Balx hokimi Ahmad Mushtoqning oliy saltanatga qarshi maxfiy isyon tayyorlab, Samarqand hukmdori Sulton Mahmud Mirzoga va Hisor hukmdori Sulton Mahmud Mirzo huzuriga elchilar yuborib, ko\u2019mak so\u2019ragani haqida xabar keladi. Sulton Husayn Boyqaro amir Abduxoliqni bir necha ishbilarmon a\u2019yonlar bilan bir guruh qo\u2019sinni hamroh qilib Balxga jo\u2019natib, ketidan katta qo\u2019shin bilan o\u2019zi ham ketadi. Ammo Balx hokimiga ko\u2019mak berish bahonasi bilan Samarqand va Hisor qo\u2019shinining yetib kelishi shahanshohni orqaga chekinishga majbur qiladi. Shahanshoh o\u2019z qo\u2019shini bilan Faryobga kelib to\u2019xtaydi. Bu paytda shahanshohning ko\u2019rsatmasiga muvofiq, Abubakr Mirzo Faryobda istirohatda edi. Biroq shahanshohning kelayotganini eshitgan shahzoda darhol o\u2019z yaqinlari bilan birga Faryobdan Badaxshonga qochadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Abubakr Mirzo akasi Sulton Mahmud Mirzoning Balxda ekanligidan foydalanib, Hisorga bostirib kirib, aholini talaydi. Biroq Sulton Mahmud Mirzoning kelayotganini eshitgach, Hisorni tashlab, Badaxshon tog\u2019lariga qochib ketadi. U yerdan qo\u2019shin to\u2019plab, Xuroson hududiga o\u2019tib, Marv yaqiniga keladi. Bu xabar shahanshohga yetgach, amir Abduxoliq, amir Feruzsohh va Muiziddin Yasovul va amir Ahmad Yoriyni bir ming askar bilan shahzodaga qarshi jo\u2019natadi. Abubakr Mirzo shahanshoh qo\u2019shinidan shikastlanib, Balxga qochadi. U yerdan Kobul yo\u2019li orqali Seyistonga ketadi. Seyisondan esa Kermonga borib, shaharning to\u2019rt tomonidan to\u2019satdan karnay-surnay chaldirib, shovqin-suronni falakka yetkazadi. Kermon shahrining dorug\u2019asi (boshlig\u2019i) Alixon Mirzo esa nogohoniy qiy-chuvdan esankirab, shaharni tashlab qochadi. Abubakr Mirzo tantana bilan shaharga kirib, bir necha oy davomida ayshu ishratda hayot kechiradi. Iroq va Ozarbayjon podshohi bu voqeani yaxshilab aniqlagach, Abubakr Mirzoga qarshi askar yuboradi. Shahzoda jang qilishga qurbi kelmay, Kermondan chiqib yana Seyistonga keladi. Shu asnoda Sulton Husayn Boyqaroning kasal bo\u2019lib yotgan xabarini eshitadi. Shundan so\u2019ng Abubakr Mirzo Bayrambek, Pir Ali Turkman bilan ittifoq tuzib, Hirot ustiga qo\u2019shin tortadi. Ammo shahanshoh shahzoda Abubakr Mirzoning qora niyatidan voqif bo\u2019lib, kasalning shiddatiga qaramay, besh yuz jangovar askarga bosh bo\u2019lib, taxtirvonda jangga chiqadi. Har ikki tomon jangga kirishib, jang nihoyasi Abubakr Mirzoning mag\u2019lubiyatga uchrab, jang maydonini tashlab qochishi bilan yakunlanadi. Abubakr Mirzo Faroh viloyatiga kelib o\u2019rnashadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Sulton Husayn Boyqaroning muxlislaridan biri Jon Ahmad Cho\u2019li nomli kishi bo\u2019lib, u ilgari Sulton Abusayid Mirzo xizmatida ham bo\u2019lgan edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Jon Ahmad Cho\u2019li shahanshohdan ijozat olib, Farohga boradi. Yo\u2019l asnosida kechasi Sabzavor chegarasiga yetganda, Abubakr Mirzo tomonidan qo\u2019yilgan qorovullarga duch keladi. Uni ushlab, darhol shahzoda huzuriga olib boradilar. Shahzoda Jon Ahmad Cho\u2019lidan shahanshoh haqida ayrim ma\u2019lumotlarni so\u2019raydi. U esa hozir Hirotda 10-15 ming qo\u2019shin jangovar holda turgani va atrofga ayg\u2019oqchilar yuborilgani haqida so\u2019zlarb, \u201cbu bandaning zimmasida marhum padari buzrukvoringiz Sulton Abusayid Mirzoning haq va huquqlari benihoya ko\u2019pdir, binobarin, shahardan yashirincha qochib, sizni qidirib topib, dushmanlarning kirdikorlaridan ogoh qilishga jazm qildim\u201d, &#8212; deydi.<\/p>\n\n\n\n<p>Abubakr Mirzo bu so\u2019zni eshitgach, Jon Ahmad Cho\u2019liga bir ot hadya qiladi. O\u2019sha tun Jon Ahmad Cho\u2019li shahzoda bilan bo\u2019lib, ertasi tong saharda Hirotga jo\u2019naydi. Shahzoda esa Hirotga hujum qilish niyatidan qaytib, o\u2019z jonini saqlash maqsadida Astrobod tomonga qochadi. Jon Ahmad Cho\u2019li esa Hirotga kelib, shahanshohga barcha voqeani bayon qiladi. Shahanshoh shahzodaning ketidan quvib, Astrobod tomon yuradi. Shahzoda Gurgon daryosiga yetib borgach, undan ketib o\u2019tib sohilda tunaydi. Ammo shahanshoh ham shitob bilan saharda sohilga yetib boradi. Bu paytda shahzoda noz uyquda edi. Shovqin surondan uyg\u2019onib ketgan shahzoda otga qamchi bosib, Dehiston tomonga qarab qochadi. U mazkur mavze kattalaridan birining uyiga kirib, ot so\u2019raydi. Uy sohibi qabul barmog\u2019ini peshonasiga qo\u2019yib, shahzodani ehtirom bilan uyga olib kiradi va oldiga dasturxon yozib, o\u2019zi shahanshoh huzuriga borib, voqeani bayon qiladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Shahanshoh darhol Qanbar Ali jallodni bir necha bahodirlarga hamroh qilib, shahzoda Abubakr Mirzoni qo\u2019lga olish uchun jo\u2019natadi. Ular shahzoda o\u2019ltirgan uyga bosib kirib, shahzodani bandga oladilar va 1479 yil oktabr oyida qatl qiladilar.<\/p>\n\n\n\n<p>ULUG\u2019BEK MIRZO Sulton Abusayid Mirzoning sakkizinchi o\u2019g\u2019li bo\u2019lib, 1460 yilda Hirotda tug\u2019ilgan. Ko\u2019pgina tarixiy asarlarda Ulug\u2019bek Mirzoni \u2013 Ulug\u2019bek Mirzo Soniy yoki Ulug\u2019bek Mirzo Kobuliy deb ham yozganlar. Ulug\u2019bek Mirzoni \u201cKobuliy\u201d deb nom olishiga sabab, Sulton Abusayid Mirzo bu o\u2019g\u2019liga Kobul viloyatining hukmdorligini bergan edi. Ikkinchidan, Movarounnahrning sobiq hukmdori Ulug\u2019bek Mirzo Kuragondan farqli o\u2019laroq \u201cKobuliy\u201d iborasini qo\u2019shib aytilardi.<\/p>\n\n\n\n<p>Ulug\u2019bek Mirzo Kobuliy umrining oxirigacha, ya\u2019ni 1501 yilgacha Kobulda hukmronlik qiladi. Undan ikki o\u2019g\u2019il va bir necha qiz qoladi.<\/p>\n\n\n\n<p>ABDURAZZOQ MIRZO Ulug\u2019bek Mirzo Kobuliyning katta o\u2019g\u2019li bo\u2019lib, 1480 yilda Kobulda tug\u2019ilgan edi. U otasi vafotidan so\u2019ng Kobulda hukmronlik qiladi. Biroq ko\u2019p o\u2019tmay Zunnun arg\u2019un Kobulni Abdurazzoq Mirzodan tortib oladi. 1504 yilda Zahiriddin Muhammad Bobur Mirzo Kobulni Zunnun arg\u2019unning o\u2019g\u2019li Muhammad Muqimdan tortib oladi. Shundan so\u2019ng Abdurazzoq Mirzo amakivachchasi Zahiriddin Muhammad Bobur Mirzo xizmatida bo\u2019ladi.<\/p>\n\n\n\n<p>1507-1508 yillarda Zahiriddin Muhammad Bobur Mirzo Hindiston ustiga qo\u2019shin tortayotganda Qolot va Tarnuk viloyatlarini Abdurazzoq Mirzoga in\u2019om qiladi. Biroq shayboniylar Qandahorni bosib olgach, Abdurazzoq Mirzo Qolotda turolmay, Kobulga qaytib keladi. Shundan so\u2019ng Bobur Mirzo Abdurazzoq Mirzoni Kobulga qo\u2019yib, o\u2019zi Hindiston sari yo\u2019l oladi. Ammo Hindistonga borolmay Kobulga qaytib kelgach, Abdurzzoq Mirzoga Nanginahor tumani ham Mindarovar, Darayi Nur, Qoz va Nurgulni in\u2019om qiladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Abdurazzoq Mirzo 1525 yilda vafot etadi va G\u2019azna shahrida otasi Ulug\u2019bek Kobuliyning dahmasiga dafn qilinadi.<\/p>\n\n\n\n<p>MIRONSHOH MIRZO Ulug\u2019bek Mirzo Kobuliyning kichik o\u2019g\u2019li bo\u2019lib, 1484 yilda tug\u2019ilgan edi. Mironshoh Mirzo Kobulda otasi Ulug\u2019bek Mirzo Kobuliy xizmatida edi. Ammo, 1498 yilda otasi bilan janjallashib, Hazoraga keladi. Hazorada ham e\u2019tiqodsizlik qilib, u yerda ham tura olmaydi. Nihoyat, Xusravshoh huzuriga boradi. Ayni shu paytda Xusravshoh huzuriga Sulton Ma\u2019sud Mirzo ham kelgan edi. Sulton Ma\u2019sud Mirzoning Xusravshoh huzuriga kelishining sababi, Hisor viloyatini o\u2019z ukasi Boysung\u2019ur Mirzo zabt etgach, Sulton Ma\u2019sud Mirzo Hisordan qochib, Hirotga \u2013 Sulton Husayn Boyqaro saroyiga panoh tortib borgan edi. Biroq Sulton Husayn Boyqaro saroyida xizmat qilayotgan Xusravshohning ukasi \u2013 Boqi Chag\u2019oniyoniy Sulton Ma\u2019sud Mirzoni yo\u2019ldan uradi. Garchi Sulton Husayn Boyqaro Sulton Ma\u2019sud Mirzoni yuksak ehtirom bilan kutib olgan bo\u2019lsa-da, Xusravshoh huzuriga borishga qaror qiladi va Sulton Husayn Boyqarodan yashiriqcha jo\u2019nab ketadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Xusravshoh Sulton Ma\u2019sud Mirzo bilan Mironshoh Mirzo huzuriga Hisordan Boysung\u2019ur Mirzoni taklif qiladi. Shundan so\u2019ng Xusravshoh o\u2019z beklari bilan kengash o\u2019takazadi. Kengashda beklar har uchalar shahzodani o\u2019ldirib, saltanati Xusravshoh qo\u2019liga topshirmoqchi bo\u2019ladilar. Ammo Xusravshosh bu maslahatni qabul qilmaydi.<\/p>\n\n\n\n<p>Kengashdan so\u2019ng, Mironshoh Mirzoning yoniga Sayid Komilni yordamchi tayinlab Bomiyonga jo\u2019natadi. Shundan so\u2019ng undan darak bo\u2019lmaydi.<\/p>\n\n\n\n<p>SULTON UMAR MIRZO Sulton Abusayid Mirzoning o\u2019g\u2019li bo\u2019lib, tug\u2019ilgan yili noma\u2019lumdir. \u201cXulsat ul-axbor\u201dda xabar berilishicha, Sulton Abusayid Mirzo Iroqqa yurish boshlaganda, Sulton Umar Mirzo Samarqandda edi. Otasining halokatidan so\u2019ng, akasi Samarqand hukmdori Sulton Ahmad Mirzo yonida qoladi. Bir necha muddat aka-uka inoq yashashadi. Keyinchalik aka-ukalar o\u2019rtasida qarama-qarshilik vujudga kelib, Sulton Ahmad Mirzo ukasi Sulton Umar Mirzoni Movarounnahr hududidan chiqarib yuborishga farmon beradi.<\/p>\n\n\n\n<p>Sulton Umar Mirzo birodari Abubakr Mirzo huzuriga \u2013 Badaxshonga borib, o\u2019sha yerda yashaydi. Abubakr Mirzo qatl qilingach, Sulton Umar Mirzo ham Sulton Husayn Boyqaro mulozimlari qo\u2019liga tushadi. 1479 yil oktabrda uni Hirotda Ixtiyoriddin qal\u2019asiga qamaydilar va keyinchalik Neratu qal\u2019asiga jo\u2019natadilar. Uning bundan keyingi taqdiri haqida ma\u2019lumot yo\u2019q.<\/p>\n\n\n\n<p>SULTON VALAD MIRZO Sulton Abusayid Mirzoning o\u2019g\u2019lidir. Ammo Sulton Valad Mirzoning tarjimon holi haqida hozircha ma\u2019lumot uchramadi. Faqat tarixchi Xondamirning \u201cXulosat ul-axbor\u201d asarida qisqacha ma\u2019lumot uchraydi. U ham bo\u2019lsa, Sulton Valad Mirzo umrining oxirigacha Arlot umarolari o\u2019rtasida oddiy kishilardek hayot kechirgan.<\/p>\n\n\n\n<p>SULTON XALIL MIRZONING ham qachon va qayerda tug\u2019ilgani hamda vafoti haqida hozircha ma\u2019lumot uchramadi. Faqat Xondamirning bergan ma\u2019lumotiga qaraganda, Sulton Xalil Mirzo otasi Sulton Abusayid Mirzoning halokati vaqtida, Hirotda yashab turgan. Hirot taxtiga Sulton Husayn Boyqaro o\u2019tirgach, Sulton Xalil Mirzoning Movarounnahrga jo\u2019natadi.<\/p>\n\n\n\n<p>UMAR SHAYX MIRZO Sulton Abusayid Mirzoning to\u2019rtinchi o\u2019g\u2019li bo\u2019lib, 1456 yilda Samarqandda tug\u2019ilgan edi. Otasi Sulton Abusayid Mirzo Kobul viloyatini Umar Shayx Mirzoga bergan edi. Umar Shayx Mirzo hali yosh bo\u2019lganligi tufayli unga Boboyi Kobuliyni otabek (bekatka) qilib tayinlab, Kobulga jo\u2019natgan edi. Lekin ko\u2019p o\u2019tmay, mirzolarning xatna to\u2019yini o\u2019tkazish munosabati bilan Darayi Gazdan qaytarib, Samarqandga keltiradi.<\/p>\n\n\n\n<p>To\u2019y o\u2019tgach, Sulton Abusayid Mirzo ulug\u2019 bobosi Temurga taqlid qilib, Andijon viloyatini Umar Shayx Mirzoga borib, Xudoyberdi tug\u2019chi Temurtoshni otabek tayinlab jo\u2019natadi. (Temur o\u2019zining ikkinchi o\u2019g\u2019li Umar Shayx Mirzoga Farg\u2019ona viloyatini bergan edi).<\/p>\n\n\n\n<p>Zahiriddin Muhammad Bobur Mirzoning yozishicha, Umar Shayx Mirzo past bo\u2019ylik, uzun va paxmoq soqolli, yumaloq yuzli, semiz, lo\u2019ppi kishi edi. Kiyimni tor tiktirib kiyar, sallani chirmab o\u2019rardi. Yeyish-ichishda betakalluf edi. Yoz kezlarda, arkoni davlatdan tashqari joylarda aksar mo\u2019g\u2019uliy bo\u2019rk kiyardi.<\/p>\n\n\n\n<p>Umar Shayx Mirzo axloq va atvorda Xanafiy mazhablik, pokiza e\u2019tiqodli bo\u2019lib, besh vaqt namozni tark qilmas edi. U ravon savodli bo\u2019lib, \u201cxamsatayn\u201d, masnaviy kitoblar va tarixlarni o\u2019qirdi. Ayniqsa, \u201cShohnoma\u201d ni ko\u2019p o\u2019qirdi. Ta\u2019b nazmi ham bo\u2019lgan, biroq she\u2019rga unchalik parvo qilmagan. Adolatli edi. Bunga misol shulki, Xitoydan Andijonga kelayotgan ming kishilik katta karvonni Andijonning sharqiy tarafidagi tog\u2019lardan qor ko\u2019chib (ko\u2019chkina) bosadi. Bu mudhish fojiadan faqat ikki kishi omon qoladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Umar Shayx Mirzo bir necha odamlarni yuborib, qor ostida qolgan mol-mulklarni oldirib kelib, xat-hisob qildirib, xazinaga qo\u2019ydiradi. Garchi, mazkur mol-mulk egalarinign vorislari qidirib kelmasa-da, uni ikki yil davomida \u201comona\u201d deb saqlaydi. Ikki yil o\u2019tgach Samarqand va Xurosondan vorislarni topib kelib, mol-mulklarini batamom topshiradi.<\/p>\n\n\n\n<p>Umar Shayx Mirzo xushxulq, saxovatli va mardona kishi bo\u2019lgan. Kamondan o\u2019q otishi o\u2019rtacha bo\u2019lsa-da, mushtining zarbi nihoyatda qattiq bo\u2019lgan. Uning musht zarbidan yiqilmagan yigir kam topilgan. Mulkgirlik (bosqinchilik) dag\u2019dag\u2019asi jihatidan ko\u2019pgina sulhlar urushga, do\u2019stliklar dushmanlikka aylanib ketgan. Avvallari ko\u2019p ichgan, keyinchalik haftada bir-ikki marta suhbat qurgan. Suhbatlarda maydan tashqari qora dori ham yeb turgan. Yetimparvar, hamsuhbat, o\u2019yin-kulgini haddan tashqari sevgan, hamisha nard o\u2019ynagan va goho-goho qimor ham o\u2019ynab turgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Umar Shayx Mirzoga otasi Sulton Abusayid Mirzo Farg\u2019onani bergan edi. Keyinchalik Mirzoning akasi Sulton Ahmad Mirzo Toshkent bilan Sayramni beradi. Shohruhiyani esa hiyla-nayrang bilan olib, o\u2019z tasarrufiga kiritadi. Keyingi yillarda Toshkent va Shohruhiya qo\u2019ldan keyin, Mirzoning tasarrufida faqat Farg\u2019ona, Xo\u2019jand va O\u2019ratepa qolgan edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Zahiriddin Muhammad Bobur Mirzoning naql qilishicha, \u201cUmar Shayx Mirzo uch masof urush qilib edi. Avval Yunusxon bila Andijonning shimol tarafida Sayhun daryosining yoqasida Takasekirgan yerda, bu jihattin ul mavzu\u2019 bu ismg\u2019a mavsumdurkim, tog\u2019 domanasi jihatidin bu daryo andoq tor orqarkim, rivoyat qilurlarkim, ul yerdin taka sekrigandur, mag\u2019lub bo\u2019lib ilikka tushdi. Yana Yunusxon yaxshilik qilib viloyatiga ruxsat beradi. BU yerda urush bo\u2019lg\u2019on uchun Takasekirgan urushi so\u2019zi ul viloyatga tarix bo\u2019lubtur. Yana Turkistonda Ars suyi yoqasida, Samarqandning navohisini chopib boradurg\u2019on o\u2019zbak bila Ars suyini muz bila kechib, yaxshi bosib, asir va molni ayirib, tamom egalariga yonduraberib, hechnima ta\u2019ma qilmadi. Yana bir Sulton Ahmad Mirzo bilan Shohruhiya va O\u2019ratepa orasida Xavos degan kentg urushib mag\u2019lub bo\u2019lgan\u201d.<\/p>\n\n\n\n<p>Zahiriddin Muhammad Bobur Mirzoning yozganiga qaraganda, Umar Shayx Mirzo baland himmatlik, yuksak orzu-havaslik podshoh bo\u2019lgani tufayli hamisha o\u2019z saltanat hududini kengaytirishga harakat qilgan. Umar Shayx Mirzoning o\u2019zboshimcha harakatlaridan ranjigan akasi \u2013 Samarqand hukmroni Sulton Ahmad Mirzo o\u2019z kuyovi \u2013 Toshkent hukmroni Sulton Mahmud bilan ittifoq tuzib, 1494 yilda Umar Shayx Mirzo ustiga qo\u2019shin tortib keladi. Biroq taqdirning taqozasi bilan Axsikentda g\u2019aroyib bir voqea sodir bo\u2019ladi. Chunonchi, Umar Shayx Mirzo Axsikent saroyida kaptar boqar, kaptarxona esa baland jarlik yoqasida o\u2019rnatilgan edi. Umar Shayx Mirzo bo\u2019sh paytlarida kaptarbozlik ham qilgan. 1494 yil 9 iyunda navbatdagi kaptar uchirish asnosida kaptarxona bilan birga jarga qulab, halok bo\u2019ladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Umar Shayx Mirzoning yettita xotini hamda uch o\u2019g\u2019il va besh qizi bor edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Birinchi xotini \u2013 Qutluq Nigor xonim bo\u2019lib, Chig\u2019atoyxonning naslidan bo\u2019lgan Yunusxonning ikkinchi qizi, shuningdek Toshkent hukmdori Sulton Mahmudxonning elchisi edi. 1505-1506 yilda Qutluq Nigor xonim Kobulda hasba kasali bilan vafot etadi. Qutluq Nigor xonimdn bir qiz va bir o\u2019g\u2019il tug\u2019ilgan bo\u2019lib, Xonzoda begim va Zahiriddin Muhammad Bobur Mirzo edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Ikkinchi xotini Ulus Oqo begim bo\u2019lib, Xoja Husaynbekning qizi edi. Undan garchi bir qiz tug\u2019ilgan bo\u2019lsa-da, yoshligida vafot etgan edi. Shundan bir yarim yil o\u2019tgach, o\u2019zini ham haramdan chiqarib yuborganlar.<\/p>\n\n\n\n<p>Uchinchisi Fotim Sulton begim bo\u2019lib, mo\u2019g\u2019ul tuman beklaridan birining qizi edi. Fotima Sulton begim Jahongir Mirzoning onasi edi.<\/p>\n\n\n\n<p>To\u2019rtinchisi Mahzuma Sulton begim bo\u2019lib, uni Qorako\u2019z begim ham deb atardilar. Umar Shayx Mirzo Mahzuma Sulton begimni keyingi paytlarda olgan edi. Mirzoning sevikli xotini bo\u2019lgan. Binobarin, Umar SHayx Mirzoga xushomad yuzasidan Mahzuma Sulton begimnign nasl-nasabini Sulton Abu Sayid Mirzoning akasi Minuchehr Mirzoga olib borib taqardilar. Mahzuma Sulton begim Umar Shayx Mirzoning o\u2019limidan so\u2019ng qiz tuqqan. Bu qizga Ruqiya Sulton begim deb nom qo\u2019yganlar.<\/p>\n\n\n\n<p>Beshinchisi Og\u2019a Sulton begim bo\u2019lib, kanizaklardan edi. Umar Shayx Mirzoning vafotidan so\u2019ng Og\u2019a Sulton begim qiz tuqqan. Bu qizga Yodgor Sulton begim deb ism qo\u2019yganlar.<\/p>\n\n\n\n<p>Oltinchi xotini Umid xonim andijonlik kanizaklardan bo\u2019lgan. Umid xonim ikki qiz va bir o\u2019g\u2019ilning onasi bo\u2019lib, kattasi Mehrbonu begim, kichigi Shahrbonu begim, o\u2019g\u2019lining ismi esa Nosir Mirzo edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Yettinchi xotini Tursun Sulton begim edi. Umar Shayx Mirzo Tursun Sulton begimni hayotining so\u2019nggi yillarida olgan edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Umar Shayx Mirzoning eng katta qizi XONZODA BEGIM edi. U 1478 yilda tug\u2019ilgan. Zahiriddin Muhammad Bobur Mirzo 1501 yilda Samarqandni oxirgi marta zabt qilganda, Shayboniyxon kelib shaharni qamal qiladi. Qamal ko\u2019pga cho\u2019ziladi. Shaharda dahshatli ocharchilik va o\u2019lim avjiga chiqadi. Bobur Mirzoning ko\u2019pgina odamlari shaharni tashlab qochadilar. Bobur Mirzo nihoyat darajada kuchsizlanib qoladi va qamalni yorib chiqib ketish imkoniyati ham bo\u2019lmay qoladi. Ana shunday vaziyatda Shayboniyxon Bobur Mirzoga sulh taklif qiladi. Keyinchalik shu voqeani Zahirididn Muhammad Bobur Mirzo quyidagicha tasvirlaydi: \u201cBu mahalda Shayboniyxon sulh so\u2019zini oraga soldi. Agar bir tarafdin umidvorlik bo\u2019lsa edi, yo zahira bo\u2019lsa, sulh so\u2019ziga kim quloq solar erdi. Zarurat bo\u2019ldi, sulhgina qilib, kechadan ikki pahr bo\u2019la yovushib edikim Shayxzoda darvozasidan chiqildi. Volidam xonimni olib chiqdim. Yana ikki xotin kishi chiqdi: biri Bichka xalifa edi, yana biri Minglik ko\u2019galtosh edi. Mening egachim Xonzoda begim ushbu chiqqanda Shayboniyxonning ilkiga tushdi\u201d. Voqea aslida sulhga muvofiq, Xonzoda begimni Shayboniyxonga xotinlikka berishga rozi bo\u2019lingach, o\u2019z navbatida Shayboniyxon ham Bobur Mirzoga shahar darvozalaridan biri bo\u2019lgan Shayxzoda darvozasidan o\u2019z haramini olib chiqib ketishiga imkoniyat yaratib bergan. Shunday qilib, Xonzoda begim Shayboniyxonga xotin bo\u2019lib, undan bir o\u2019g\u2019il tug\u2019ib, ismini Xurrambek deb ataganlar.<\/p>\n\n\n\n<p>Shayboniyxon vafotidan so\u2019ng, uning o\u2019g\u2019li Xurrambek ham vafot etadi. Xonzoda begim esa Kobulga \u2013 ukasi Zahiriddin Muhammad Bobur Mirzo huzuriga qaytib keladi. Xonzoda begim o\u2019zining aql-idrok va tadbirkorligi natijasida Bobur Mirzo saroyidagi xotin-qizlar orasida maxsus e\u2019tiborga ega edi. Zotan, Xonzoda begim Bobur Mirzo va uning o\u2019g\u2019li Humoyunshoh saroyida maslahatchi vazifasini bajargan. 1544 yilda Xonzoda begim Qobilhaq degan joyda vafot etadi. Oradan uch oy o\u2019tgach, xokini Kobulga keltirib, Bobur podshoh maqbarasiga dafn qiladilar.<\/p>\n\n\n\n<p>MEHRBONU BEGIM Umar Shayx Mirzoning Umid begim nomli xotinidan 1481 yilda tug\u2019ilgan ikkinchi qizi edi. U Nosir Mirzo bilan bir onadan tug\u2019ilgan edi.<\/p>\n\n\n\n<p>SHAHRBONU BEGIM Umar Shayx Mirzoning Umid begim nomli xotinidan 1491 yilda tug\u2019ilgan uchinchi qizi edi.<\/p>\n\n\n\n<p>YODGOR SULTON BEGIM Umar Shayx Mirzoning Og\u2019a Sulton begim ismli kanizagidan 1494 yilda tug\u2019ilgan bo\u2019lib, otasi vafotidan so\u2019ng tug\u2019ilganligi uchun shu nom bilan ataganlar.<\/p>\n\n\n\n<p>1504 yilda Shayboniyxon Axsi va Andijonni o\u2019z tasarrufiga kiritgach, Yodgor Sulton begimni Hamza Sultonning o\u2019g\u2019li Abdullatif Sultonga nikoglab beradi.<\/p>\n\n\n\n<p>RUQIYA SULTON BEGIM Umar Shayx Mirzoning Mahzuma Sulton begim ismli xotinidan 1494 yilda otasi vafotidan so\u2019ng tug\u2019ilgan edi.<\/p>\n\n\n\n<p>1504 yilda Shayboniyxon Axsi va Andijonni o\u2019z tasarrufiga kiritgach, Ruqiya Sulton begimni Jonibek Sultonga nikohlab bergan edi.<\/p>\n\n\n\n<p>JAHONGIR MIRZO Umar Shayx Mirzoning Fotima Sulton ismli xotinidan 1485 yilda tug\u2019ilgan ikkinchi o\u2019g\u2019li edi. Umar Shayx Mirzo Sulton Tanbal ismli bekni Jahongir Mirzoga otabek qilib tayinlagan edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Umar Shayx Mirzo vafotidan so\u2019ng, Jahongir Mirzoning yoshligidan foydalangan Sulton Tanbal o\u2019z ixtiyoricha hukmronlik qilish maqsadida Jahongir Mirzoni Zahiriddin Muhammad Bobur Mirzoga qayrab, otalari marhum Umar Shayx Mirzodan meros qolgan Farg\u2019ona mamlakatini ikkiga taqsimlanishini talab qilishni uqtiradi. Mazkur rejaning pirovard oqibatiga ko\u2019zi yetgan Bobur Mirzo avval bu talabni rad etadi. Ammo keyinchalik noiloj bo\u2019lib, rozilik beradi. Kelishuvga muvofiq, Sirdaryoning Axsi tarafiga doil yerlar Jahongir Mirzoga va Andijon tarafiga doxil yerlar Zahiriddin Muhammad Bobur Mirzo hukmronligida qoladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Kelishuv bitimning yana bir sharti shu ediki, har ikkalar shahzoda harbiy kuchlarini birlashtirib, Samarqand ustiga yurish qilishlari lozim edi. Agar Samarqand qo\u2019lga kiritilsa, u holda Andijon hukumati ham Jahongir Mirzo qo\u2019l ostiga o\u2019tishi lozim edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Biroq bu dabdabali rejalar oxiriga yetmay, Shayboniyxon avval Bobur Mirzoni, so\u2019ngra Jahongir Mirzoni tor-mor keltiradi. Sulton Tanbalni esa qo\u2019lga tushirib, qatl qildiradi. Jahongir Mirzo yana akasi Zahiriddin Muhammad Bobur bilan birgalikda darbadar bo\u2019lib qoldi.<\/p>\n\n\n\n<p>Zahiriddin Muhammad Bobur Mirzo Samarqand va Andijon taxtidan noumidvor qaytgach, Xuroson tarafiga qarab yuradi. Jahongir Mirzo ham akasi Bobur Mirzo bilan birga Xurosonga ketadi.<\/p>\n\n\n\n<p>1504 yilda Zahiriddin Muhammad Bobur Mirzo Kobul va G\u2019aznani qo\u2019lga kiritgach, G\u2019azna viloyatining hokimligini ukasi Jahongir Mirzoga in\u2019om qiladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Jahongir Mirzoning vafoti haqida ma\u2019lumot uchramadi. Har holda \u201cBoburnoma\u201dda ishora qilinishiga qaraganda, 1508 yilda vafot etgan bo\u2019lsa kerak.<\/p>\n\n\n\n<p>NOSIR MIRZO Umar Shayx Mirzoning uchinchi o\u2019g\u2019li bo\u2019lib, 1487 yilda tug\u2019ilgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Nosir Mirzo akasi Zahiriddin Muhammad Bobur Mirzo bilan birga Xurosonga keladi. Bobur Mirzo Kobul va Qandahorni qo\u2019lga kiritgach, 1504 yilda Nanginahor tumani va Mandinovar, Darayi Nur, Qanru, Nurgul va Jig\u2019on saroyni ukasi Nosir Mirzoga in\u2019om qiladi.<\/p>\n\n\n\n<p>1508 yilda Bobur Mirzo Qandahorni o\u2019z tasarrufiga kiritgach, Qandahor hokimligiga Nosir Mirzoni tayinlaydi. Ammo tez orada Shayboniyxon Qandahorni qamal qiladi. Nosir Mirzo qamaldan chiqib, G\u2019aznaga qochadi. Bobur Mirzo G\u2019aznani Nosir Mirzoga inoyat qiladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Nosir Mirzo keyinchalik ichkilikka ko\u2019proq mayl qilib, 1515 yilda G\u2019aznada hukmronlik davrida, odatdagidek kechasi me\u2019yoridan ko\u2019p may ichib, o\u2019z yotog\u2019ida uyda o\u2019lib qoladi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Amir Temurning uchinchi o\u2019g\u2019li. 1366 yilda tug\u2019ilgan. Uning onasi Menglibek Og\u2019oyi Jon Qurbonidir. Mironshoh Mirzo 1380 yilda 14 yoshidayoq Temurning Xuroson yurishida qatnashgan. Temur ana shu yurish oldidan hali qo\u2019lga &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/mironshoh-mirzo\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":0,"parent":0,"menu_order":0,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","template":"","meta":{"footnotes":""},"class_list":["post-55525","page","type-page","status-publish","hentry","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/55525","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/pages"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/page"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=55525"}],"version-history":[{"count":4,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/55525\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":55722,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/55525\/revisions\/55722"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=55525"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}