{"id":55851,"date":"2023-03-29T19:47:12","date_gmt":"2023-03-29T16:47:12","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?page_id=55851"},"modified":"2023-03-29T19:47:13","modified_gmt":"2023-03-29T16:47:13","slug":"muqaddima","status":"publish","type":"page","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/muqaddima\/","title":{"rendered":"Muqaddima"},"content":{"rendered":"\n<p>Bismillohir rahmonir rahim! <br>Alhamdul-illohi robbil olamin!<\/p>\n\n\n\n<p>Yeru samodagi barcha jonzotlarni yaratgan, ularning yashashlari uchun ma\u2019lum muddat belgilangan, avlodlari paydo bo\u2019lishini, ko\u2019payishini ta\u2019minlagan va bularning hammasini yana o\u2019ziga qaytishini joriy qilgan Ollohga hamdu sanolar bo\u2019lsin. Uning uchun jonzotlarni bittadan yaratish ham, narsalarning hammasini birdaniga yoki bitta-bittadan paydo qilish ham qiyin ish emas. Uning hukmronligi ulug\u2019vorlik bilan chulg\u2019angandir, boshqa hech kim bunday ulug\u2019vor hukmronlikka ega bo\u2019lolmaydi. Ojizlik unga yot narsa. Asrlar ham uni o\u2019zgartira olmaydi, oylar, yillar ham unda daxl qilolmaydi. Olamning yaratuvchisi bo\u2019lgan qudratli, ulug\u2019 bu Ijodkorga hamdu sanolar bo\u2019lsin. Bu ishda Unga \u201ckof\u201d va \u201cnun\u201d bir vosita bo\u2019lib xizmat etadi. Darhaqiqat, bularning hammasi yolg\u2019iz Uning ishidir! \u201cU biror ishni hukm qilsa, unga faqatgina \u201cBo\u2019l!\u201d deydi, xolos. Bas, bu ish bo\u2019ladi\u201d*. (*Asardagi bu o\u2019rinda va bundan keyingi barcha o\u2019rinlarda Qur\u2019oni Karimdan keltirilgan oyatlar ma\u2019no tarjimalarini shunday belgiladik.)<\/p>\n\n\n\n<p>Undan keyin olqishlarimiz va barcha duolarimizni bizni yanglish yo\u2019llarga tushib qolishdan himoyalagan, to\u2019g\u2019ri ishlarga boshlagan, Yaratganning buyurgan hamma amallarini targ\u2019ib etgan Muhammad payg\u2019ambarimizga (Olloh uni hamda uning muborak xonadonidagilarni u dunyoda o\u2019zi qo\u2019llasin va taqdirlasin), uning mashhur, oliyhimmat, safdoshlariga bag\u2019ishladik! Axir Qur\u2019oni Karim va Sunnani qo\u2019llariga tug\u2019 qilib olib, zulmat qo\u2019ynidagi yo\u2019llarimizni sham kabi yoritgan ular emasmidi! Shuningdek, go\u2019zal amallari mushkning yoqimli hidlari singari dillarga rohat bag\u2019ishlagan va imon yo\u2019lida \u201cTo\u2019xtanglar! Tovon to\u2019laymiz!\u201d deya haq so\u2019zni aytib hayqirganlarni ham Yaratgan duolarimizdan bahramand etsin.<\/p>\n\n\n\n<p>Bu so\u2019zlarni sizlarga Ollohning marhamatidan umidvor, o\u2019zining alamlarga to\u2019la umr kosasini sipqorgan, davr epkinlari tufayli kambag\u2019allik balosiga giriftor bo\u2019lgan, hukmdorlarning biridan ikkinchisining qo\u2019liga o\u2019tib yashab musofirlik azoblarini tortgan Muhammad ibn Ahmad ibn Ali ibn Muhammad al-munshiy al-Nasaviy (Olloh uning ishlarini o\u2019ngidan keltirsin va o\u2019zini balo-qazolardan asrasin!) aytmoqda.<\/p>\n\n\n\n<p>Men o\u2019tmishda yashab o\u2019tgan xalqlar tarixiga oid asarlarni o\u2019qiganimda ulardan ko\u2019plab ma\u2019lumotlarni oldim. Ularda insoniyatning otasi bo\u2019lgan Odam Otadan va uning avlodlarining (ular haqiga o\u2019qigan duolarimiz ijobat bo\u2019lsin!) turli tomonlarga tarqalib ketish davridan boshlab shu kunlargacha (ya\u2019ni fitrramazon hayitini o\u2019tkazaish taqiqlab qo\u2019yilgan paytlargacha) bo\u2019lgan voqealar qamrab olingandi. Shunda bir narsani angladimki, har bir tarixchining asosiy maqsadi, avvalo, o\u2019zidan oldingilarning aytganlarini takrorlash, so\u2019ng ularning gaplariga nimanidir qo\u2019shish yoki olib tashlash va nihoyat, o\u2019z davridagi voqealarni hikoya qilib berishdan iborat ekan. Ba\u2019zan shunday bo\u2019ladiki, tarixchi o\u2019tmish haqida batafsil bayon qilib beradi, ammo uning so\u2019zlari boshqalarni to\u2019la ishontirmaydi. Nima uchun? Buning sababi bor, ayrim hollarda asarlarda haqqoniy ma\u2019lumotlarga nisbatan mish-mishlar yetakchilik qiladi. SHuning uchun ming marta eshitgndan ko\u2019ra, bir marta ko\u2019rgan afzal deyishadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Men Ibn al-Asir nomi bilan tanilgan Ali ibn Muhammad ibn Abdulkarim insho qilgan \u201cal-Komil\u201d asarini o\u2019qiganman. Unda turli xalqlar taqdiri haqida ko\u2019plab voqealar hikoya qilinadi. Shuningdek, unda faqat ajamliklarga xos bo\u2019lgan g\u2019aroyib ma\u2019lumotlar ham o\u2019rin olganki, bunday ma\u2019lumotlar boshqa birorta ijodkor asarida uchramaydi. U o\u2019z asarini, ont ichib aytamanki, \u201cal-Komil fit-tarix\u201d (\u201cMukammal tarix\u201d) deb ataganida to\u2019la haq. Hech bir shubha yo\u2019qki, u ajamliklar tarixiga oid asarini ular tilida yaratganida bu xalqlarning qandaydir eng muhim tarixiy manbasiga asoslanganligi aniq. Agar u asarini biror tarixiy manbga muhoyasa qilib yozmaganida bu darajada muvaffaqiyatga erisha olmagan bo\u2019lardi. Chunki asarda odamlar hikoya qilib bergan voqelarga nisbatan aniq ma\u2019lumotlar ko\u2019proq qamrab olingan.<\/p>\n\n\n\n<p>Uning asarini o\u2019qish asnosida ulug\u2019 Sulton Alouvud-dunyo-vad-din Abul Fath Muhammad ibn Takish ibn El-Arslon ibn Otsiz ibn Anushtegin va uning xushbaxt o\u2019g\u2019li, dini islomni mustahkamlash yo\u2019lida behad aziyat chekkan Jaloliddin Manguberdi xususidagi (Olloh ikkalasining ham qabrini nurgan to\u2019ldirsin va joylari jannatda bo\u2019lsin!), taqdir bevafoliklari tufayli ular boshiga tushgan tashvishlar, baxtsizliklar to\u2019g\u2019risidagi ma\u2019lumotlarga ham duch keldim. Shu o\u2019rinda bir narsani aytish kerakki, u (Ibn al-Asir) asarida ba\u2019zi o\u2019rinlarda haqiqatdan bir oz chekingan bo\u2019lsa ham, eng muhim va asosiy voqealardan birortasini e\u2019tibordan chetda qoldirmagan. Shundan keyin o\u2019zimcha bunday xulosaga keldim: haqiqatan ham, ash-Shom mamlakatida yashaydigan odamning Hindistonning eng uzoq chekkalarida, Xitoyning inson qadami yetishi qiyin bo\u2019lgan joylarida yuz berayotgan voqealarni birovlarning hikoyalari orqali yozib olishga qaror qilishi g\u2019aroyib ish emasmi!Axir dunyoda o\u2019tmish voqea-hodisalarini yozish orqali ularni abadiylashtirishdan, ajdodlar tajribalaridan xulosalar chiqarishdan, ibratomuz merosidan avlodlarni manfaatdor qilishdan ko\u2019ra muhimroq hamda ulug\u2019vorroq ish bormikan! <\/p>\n\n\n\n<p>Taqdir Jaloliddinning boshiga ne tashvishlarni giriftor qilmadi: u yiqildi va yana turdi, qalbidagi umid uchquni so\u2019ndi, ammo bu uchqun yana paydo bo\u2019ldi. Yaratganning marhamati bilan bu uchqun olovga aylandi. U bu olovning kuch-qudrati nimalarga qodirligini ko\u2019rsatdi. Bosqinlar ostida toptalgan va qulayotgan davlatni asrab qoldi, uni ulkan mamlakatga, o\u2019zi esa ulug\u2019 hukmdorga aylandi. O\u2019lim bilan necha bor yuzma-yuz keldi. Sizga ma\u2019lumki, u o\u2019z maqsadiga erish yo\u2019lida nihoyatda og\u2019ir sinovlardan o\u2019tdi. Uning hayotiga nazar tashlasangiz taqdirning g\u2019alati o\u2019yinlarini ko\u2019rasiz. Faqat qadimgi afsonalardagina uchraydigan qandaydir mo\u2019jizaviy kuch borligini anglaydiz. Uning boshidan kechirgan sarguzashtlar ham adoqsiz, qo\u2019rqinchli, ayni paytda g\u2019aroyibdir. Buning uchun uning o\u2019n bir yil davomida o\u2019n to\u2019rt marta og\u2019ir va dahshatli, hal qiluvchi janglarda boshchilik qilganini eslashning o\u2019zi kifoya! Shu vaqt ichida u taqdir taqozosiga ko\u2019ra goh turkiylar mamlakatlaridan ketib Hindistonning chekka o\u2019lkalariga borib hukmronlik qilsa, goh Hindistonning oliy joylaridan ar-Rum mamlakatlarining markaziga qaytib kelib hukmdorlik qilishga ulgurdi. U gohida qudratli hukmdorga aylansa, gohida himoyasiz holda sargardon kezishga majbur bo\u2019ldi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Bismillohir rahmonir rahim! Alhamdul-illohi robbil olamin! Yeru samodagi barcha jonzotlarni yaratgan, ularning yashashlari uchun ma\u2019lum muddat belgilangan, avlodlari paydo bo\u2019lishini, ko\u2019payishini ta\u2019minlagan va bularning hammasini yana o\u2019ziga qaytishini joriy qilgan &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/muqaddima\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":0,"parent":0,"menu_order":0,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","template":"","meta":{"footnotes":""},"class_list":["post-55851","page","type-page","status-publish","hentry","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/55851","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/pages"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/page"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=55851"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/55851\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":55852,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/55851\/revisions\/55852"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=55851"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}