{"id":79473,"date":"2023-05-21T15:33:02","date_gmt":"2023-05-21T12:33:02","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?page_id=79473"},"modified":"2024-03-03T11:09:39","modified_gmt":"2024-03-03T08:09:39","slug":"quldorlik-jamiyati-davrida-samarqand-shaharning-vujudga-kelishi","status":"publish","type":"page","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/quldorlik-jamiyati-davrida-samarqand-shaharning-vujudga-kelishi\/","title":{"rendered":"Quldorlik jamiyati davrida Samarqand. Shaharning vujudga kelishi"},"content":{"rendered":"\n<p>Dehqonchilik va chorvachilik bilan shug\u2019ullanuvchi qadimiy so\u2019g\u2019d qabilalari harbiy-siyosiy qarorgoh uchun joy tanlab, keyinchalik Afrosiyob nomi bilan mashhur bo\u2019lgan yerga joylashdilar. Bu joyning geografik sharoiti (shimol va sharqdan suv bilan to\u2019silishi, g\u2019arbiy qirg\u2019oqning tikligi va hokazo) mudofaa maqsadlari uchun jud ham qulay edi.<br><\/p>\n\n\n\n<p>Bu joy uzoq o\u2019tmishda janubdan shimolga tomon cho\u2019zilib ketgan qiyaliklar davomidan iborat bo\u2019lgan. Ko\u2019p asrlar davomida kishilar faoliyati tufayli yuzaga kelgan madaniy qatlamlarning to\u2019planishi va ilk o\u2019rta asrda janubiy mudofaa qatlamlarning to\u2019planishi va ilk o\u2019rt asrda janubiy mudofaa devorining qurilishi hamda xandaq qazilishi natijasida bu yerda tepalik vujudga kelgan.<\/p>\n\n\n\n<p>O\u2019rta Osiyo vohalaridagi dehqonchilik-chorvachilik jamoalari milodgacha bo\u2019lgan birinchi ming yillik o\u2019rtalarida Sirdaryoning o\u2019ng sohilidagi rayonlarda joylashgan ko\u2019chmanchi chorvador saklar bilan etnik, iqtisodiy va harbiy jihatdan mustahkam aloqada bo\u2019lganlar. Ular bu davrda qattiqqo\u2019l podsholar hukmronligi ostida Midiyaga qarshi urush qilgan Xorazm shohi va saklar hukmroni Amorg va malika To\u2019maris bilan mustahkam ittifoq tuzadilar. Hukmronlik qilgan har bir qabila yoki qabilalar ittifoqi, podsholik qarorgoh va odamlar, chorva mollarni hujumlardan himoya qilish uchun mudofaa punkti barpo etgan. Chunki bu davrda urug\u2019-qabila harbiy aristokratiyasiya qo\u2019shni qabilalarni yuritishning butun og\u2019irliklarini esa asirlar zimmasiga yuklaganlar.<\/p>\n\n\n\n<p>Biroq ekinzor va yaylovlarni dushmandan yashirish imkoni bo\u2019lmagan. Natijada mustahkam va keng istehkomlar \u2013 \u201cvarlar\u201d barpo etish zaruriyati tug\u2019ildi. O\u2019rta Osiyo, Eron va Ozarbayjon xalqlarining dastlabki yozma yodgorligi \u2013 Ovistoda Ahuramazda qadimiy forslarning afsonaviy podshohi Jamshidga odamlar va chorva mollarini saqlash uchun var qurishni maslahat berganligi haqida ma\u2019lumot bor: \u201cJamshid to\u2019rt tomoni ot chopimidagi var qurib: u yerga urug\u2019, buqalar, odamlar, itlar, qushlar va lovullab yonib turgan qizil olovni ko\u2019chirib keltirdi. U butun to\u2019rt tomoni ot chopimi uzunlikdagi varda odamlar uchun boshpana qurdi va bu varni chorva mollari uchun qo\u2019ton qildi. Bu yerga u uzunligi bir xatr (bir yarim km ga yaqin) keladigan ariq orqali suv keltirdi, bu yerda u hamma tomondan yopiq bo\u2019lgan kulba, uy, gumbaz hovli-joy qurdi\u201d.<\/p>\n\n\n\n<p>O\u2019troq dehqonlar yashagan joylar atrofida Ovistoda bayon etilgan davrga qadar ham qal\u2019alar yuzaga kelgan (Miloddan avvalgi II ming yillikning oxiri va I ming yillikning boshlarida, ya\u2019ni Farg\u2019ona vodiysi territoriyasi bronza asrining tugashi bosqichida o\u2019troq dehqonlarning mustahkamlangan qishloqlari). Chust madaniyati deb atalgan bu ajoyib yodgorliklar Chust va Oyim rayonlarida o\u2019tkazilgan qazishma ishlari natijasida ochildi. Aholi zich yashagan va zich qurilgan urug\u2019chilik qishloqlari xom g\u2019isht va paxsadan qilingan mudofaa devorlari bilan o\u2019ralgan edi. Ular jamoalarning cheklangan tabiiy suvli uchastkalardna foydalanishdan, keng tekis maydonlarda sun\u2019iy sug\u2019orish qo\u2019llangan va dehqonchilik-chorvahilik xo\u2019jaligi jadal olib borilgan davrda vujudga kelgan varlardan oldin bunyod etilgandir. Bu ko\u2019chmanchi chorvachilikning o\u2019troq dehqonchilikdan ajralish bosqichi bo\u2019lib, unda qabila ittifoqlari boshliqlari yoki podsholari rahbarligida yer sug\u2019orish ishlariga ancha uyushqoqlik bilan kirisha boshlagan edi. O\u2019sha davrda o\u2019troq dehqonlar yangidan o\u2019zlashtirilayotgan ulkan territoriyalarga ko\u2019chib kelib, joylashib, varlar tipidagi keng qo\u2019tonlar qura boshlaydilar. (Farg\u2019ona vodiysida ko\u2019hna Elaton, Xorazmda Ko\u2019zaliqir, Orol dengizidan sharq tomonda qadimgi sug\u2019oriladigan yerlardagi Chirikrabot). Afrosiyobning eng qadimgi qatlami davr jihatidan ana shunga mos keladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Afrosiyobda shahar xarobasi devorlarining janubiy etagida Shohizinda darvozasi yonida miloddan avvalgi VI asrda qurilgan chaylalarning qoldig\u2019i topdi. Ular materik tuproqda joylashgan. Demak, ular Afrosiyobda yashagan eng ilk odamlar boshpanalarning izlaridir (\u201cAfrosiyob I\u201d qatlami).<\/p>\n\n\n\n<p>Miloddan avvalgi birinchi ming yillikning o\u2019rtalaridan tortib, milodiy XII-XIII asrlarga qadar Afrosiyobda odamlar yashagan davrlar bosqichlari tekshirib ko\u2019rildi. Keyinchalik Afrosiyobning bir necha punktida (Janubiy-sharqiy qismidagi besh punktda, g\u2019arbiy qismidagi besh punktda, shuningdek, shimoli-g\u2019arb va shimoldagi punktlarda) eng qadimiy qatlam izlari aniqlandi Afrosiyob markazida bundy izlar topilmadi, aftidan, shaharning u qismi bir necha yuz yillar mobaynida madaniy qatlamlar \u2013 kishilar mehnati tufayli yuzaga kelgan qatlamlar ko\u2019p marta o\u2019rnini o\u2019zgartirgan.<br>Afrosiyobda miloddan avvalgi birinchi ming yillikning o\u2019rtalarida aholi yashaganligi izlari ko\u2019p, lekin birinchi bor o\u2019tkazilgan qazihmani hisobga olmaganda, u yerda chayla va boshqa inshootlarning qoldiqlari topilmadi. Bu qonuniy bir holdir, chunki o\u2019sha vaqtda Afrosiyobda Ovistoda tilga olingan boshpanalar bo\u2019lgan. Asosiy aholi Afrosiyob atrofida yashab chorva mollari va mol-mulklarini dushman hujumlaridan qal\u2019aga yashirishgan. Qamal uncha uzoq davom etmagan, aholi esa istehkomni tashlab chiqa turib, bu territoriyada o\u2019choqlar, idish siniqlari va shu kabi buyumlarni qoldirib ketgan. \u201cAfrosiyob I\u201d qatlamidagi dastlabki topildirqqa qarab fikr yuritilsa, aholi hozirgi Afrosiyobdan janubroqda yashagan. Eng qadimiy shaharning janubiy devori qayerdan o\u2019tganligini aniqlash qiyin, chunki Samarqandning ana shu qismi ko\u2019p asrlar davomida o\u2019zgargan va hozir bu yerda turar joy kvartallari qad ko\u2019targan. <br>Afrosiyobda shahar hayotining rivojlanishi So\u2019g\u2019d, Movarounnahr va butun O\u2019rta Osiyodagi siyosiy va iqtisodiy hayotning yuksalishi hamda inqirozi bilan muvofiq tarzda kechgan, chunki Samarqand o\u2019sha davr mamlakatlari o\u2019rtasidagi aloqalarning muhim markazi edi. O\u2019rta Yer dengizi bo\u2019yi va Yaqin Sharq mamlakatlari, Hindiston, Sirdaryoning quyi oqimidagi shaharlarga, u yerdan esa Sibir va Sharqiy Yevropa mamlakatlariga diplomatic, savdo va madaniy aloqalarning eng muhim yo\u2019llari Samarqanddan o\u2019tgan. Samarqand jahon savdo va madaniy markazlaridan biri sifatida o\u2019z mavqeini to\u2019la darajada, lekin uzilishlar bilan o\u2019rta asrlarda ham saqlab qoldi.<\/p>\n\n\n\n<p>Makedoniyalik Iskandar Marokanda uchun Spitamen otryadlariga qarshi qurolli kurash olib borishga majbur bo\u2019ldi. Kuchi teng bo\u2019lmagan Spitamen Marokandaga berkinib, u yerdan Iskandarga qarshi partisan urushi olib borishni afzal ko\u2019rdi. Bunda u Sirdaryoning narigi tomonidagi dashtlarda yashayotgan sak qabilalarining istilochiga qarshi umumiy kurashiga umid bog\u2019lagan edi. Iskandar raqibining rejalarini bilib olgan bo\u2019lsa kerak, chunki u dastlab Marokandani emas, balki uning istehkomlarini vayron qildi. Makedoniyaliklarning bu yerga kelishi arafasida ham hukmronlik qilishi paytida Marokandaning kattaligi hamda topografiyasi qanday bo\u2019lganligini aniqlash uchun qo\u2019lida hozircha material yo\u2019q.<\/p>\n\n\n\n<p>Milodgacha bo\u2019lgan IV-I asrlarga oid arxeologik material Afrosiyobning shimol qismida topilgan. Ular Marokandadagi grek-makedon garnizon xuddi shu yerda joylashgan deb taxmin qilish imkonini beradi.<\/p>\n\n\n\n<p>Miloddan avvalgi III asr o\u2019rtalariga yaqin O\u2019rta Osiyoda katta siyosiy o\u2019zgarishlar ro\u2019y berdi. Miloddan oldingi IV asrning oxiri va III asrning boshlarida sak qabilalari ittifoqidan hozirgi Qozog\u2019iston territoriyasida Qang\u2019xa (Xitoy manbalarida esa Kangyuy) podsholigi tashkil topgan. Bu podsholik day (dah) ittifoqi, sak qabilalarini siqib chiqardi. Natijada ular janubga, Iskandar vorislari \u2013 Salavkiylar ixtiyoridagi Sharqiy Turkmaniston va Shimoliy Afg\u2019oniston (hozirgi Baqtriya) territoriyasiga ko\u2019chib ketadi. Eng so\u2019nggi manbalarga ko\u2019ra, ana shu day-dahlar yoki tohariylar milodgacha bo\u2019lgan 250 yilda mahalliy grek-makedon oppozitsiyasi bilan aloqa bog\u2019lab, Salavkiylar hokimiyatini ag\u2019darib tashlaydilar. Natijada Grek-Baqtriya davlati tashkil topadi. Qabilalar o\u2019rtasida podshohlik toji uchun kelib chiqishi mumkin bo\u2019lgan nizo-janjallardan qutulish maqsadida ular grek oppozitsiyasining hokimiyat tepasida o\u2019rnashib olishiga rozilik bergan bo\u2019lsa kerak. Bu oppozitsiya Baqtriyaning mustaqilligi uchun G\u2019arbiy Osyo salavkiylariga qarshi doimo kurashib keldi.<\/p>\n\n\n\n<p>So\u2019g\u2019d bilan Samarqandning ikki podsholik \u2013 janubda Grek-Baqtriya va shimolda Qang\u2019xa podsholigi o\u2019rtasida joylashganligi Samarqandning ham, umuman So\u2019g\u2019dning ham rivojlanishiga qulaylik tug\u2019dirmadi<\/p>\n\n\n\n<p>Kushanlar hukmronligi davrida vaziyat keskin o\u2019zgardi. Milodning boshlanish arafasida Grek-Baqtriya davlati vayronalari o\u2019rnida tashkil topgan bu yangi podsholik milodning dastlabki asrlarida muvaffaqiyatli ravishda rivojlanib, katta territoriyag ega bo\u2019lgan qudratli davlatga aylandi. Shimoliy Hindistondan Sirdaryoning quyi oqimida joylashgan Qang\u2019xa podsholigiga qadar va Qoraqumdan tortib, ichki Xitoy chegaralariga qadar bo\u2019lgan yerlar Kushanlar qo\u2019lida edi. Kushan podsholining harbiy zodagonlari va kohinlari boshqa o\u2019lkalarni talash yo\u2019li bilan boylik orttirishdan voz kechib, tirikchilikning doimiy va ishonchli manbai \u2013 o\u2019sha vaqtda jamoalarning ixtiyorida bo\u2019lgan sug\u2019oriladigan yerlarni qidira boshlaydilar. Bu davrda o\u2019sha davr uchun juda ulkan hisoblangan sug\u2019orish ishlari amalga oshirilib, yirik-yirik kanallar qazilgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Kushan davlatining qo\u2019shni mamlakatlar bilan savdo, madaniy va boshqa aloqalari kengayadi. O\u2019rta Osiyo shaharlarida hayot ancha jonlanadi, yangi shaharlar vujudga keladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Arxeologlarlarning kuzatishlariga ko\u2019ra, Samarqand ham Afrosiyob doirasida sezilarli darajada jonlanadi, kengayadi. Afrosiyobning shimoli va janubi o\u2019tkazilgan qazishmalar Kushan davridagi shahar hayoti to\u2019g\u2019rida anchagina ma\u2019lumot berdi.<\/p>\n\n\n\n<p>Afrosiyob shahar xarobalaridan topilgan arxeologik ma\u2019lumotlarning klassifikatsiyasini birinchi bo\u2019lib A.I.Terenojkin ishlab chiqdi. Keyinchalik olib borilgan ishlar u aniqlagan qatlamlarning mantiqiy ekanligini tasdiqladi, shu bilan birga, klassifikatsiyani to\u2019ldirish, ayrim davrlarning xarakteristikasi va sanasini o\u2019zlashtirish zaruriyatini tug\u2019dirdi:<\/p>\n\n\n\n<p>I-Miloddan avvalgi birinchi ming yillikning o\u2019rtasi.<\/p>\n\n\n\n<p>II-Miloddan avvalgi III-II asrlar.<\/p>\n\n\n\n<p>III-Miloddan avvalgi I asr va milodiy I asr.<\/p>\n\n\n\n<p>IV-Milodiy II-III asrlar.<\/p>\n\n\n\n<p>V-Milodiy IV asr va V asrning birinchi yarmi.<\/p>\n\n\n\n<p>VI-Milodiy V-IV asrlar.<\/p>\n\n\n\n<p>VII-Milodiy VII asr va VIII o\u2019rtasi.<\/p>\n\n\n\n<p>VIII-Milodiy VIII asrning oxiri va IX asrning boshi.<\/p>\n\n\n\n<p>IX-IX-X asrlarning o\u2019rtasi.<\/p>\n\n\n\n<p>X-XI asr.<\/p>\n\n\n\n<p>XI-XII asr va XIII asrning boshi.<\/p>\n\n\n\n<p>Makedoniyalik Iskandar yurishlari vaqtida qadimiy Samarqand g\u2019oyat mustahkam mudofaa shahar bo\u2019lganligi to\u2019g\u2019risida ilm-fanda ma\u2019lum bo\u2019lgan fikr 1958-1965 yillarda olib borilgan arxeologik ishlar tufayli tag\u2019in ham tasdiqlandi. O\u2019sha davrning buzilmagan qatlamlarida joylashgan punktlarning soni ancha ko\u2019paydi, shular bilan bir vaqtda, shahar istehkomlarining qoldiqlari ham aniqlandi. Miloddan avvalgi birinchi ming yillik o\u2019rtalarida to milod boshiga bo\u2019lgan qatlamlar shahar xarobasi janubida va shimoliy-g\u2019arbida topilgan, lekin yangi qazishma ishlaridan olinayotgan ma\u2019lumotlar tufayli bu rayonlarning chegarasi yil sayin kengayib bormoqda. Shahar xarobalarining g\u2019arbiy va shimoliy tomonida Afrosiyob tepaliklarining hozirgi tashqi etagigan 10 metr va bundan ham ko\u2019proq balandlikda soztuproqda qazilgan gorizontal maydonchalar \u2013 vertical kesilgan lessli terrasal borligi aniqlandi. Hozir ular shahar xarobasi tashqi tarafiga qarab ochilgan, lekin qadimda ular shahar perimetri bo\u2019yicha cho\u2019zilib ketgan va inshootga uzun yo\u2019lak ko\u2019rinishini beradigan devor bilan himoya qilingan hamda Samarqandning mashur mudofaa inshootlaridan eng qadimgi bo\u2019lgan bo\u2019lishi mumkin. Istehkomning qancha vaqt mavjud bo\u2019lgan turganligi terrasa uchastkalaridan birida miloddan avvalgi birinchi ming yillikning o\u2019rtalaridan boshlab milodgacha bo\u2019lgan davrga oid kerakmikaning topilishi bilan aniqlandi. O\u2019sha davrga oid topildiqlarning tarqalishi va \u201cterrasalar\u201dning joylashishga ko\u2019ra, ichki istehkom shahar maydonining kamida chorak qismini egallagan.<\/p>\n\n\n\n<p>Shahar xarobalarining jarlik bo\u2019lgan janubiy chekkasida kulolchilik ustaxonasi joylashgan. Uning saqlanib qolgan qismida ikki kulol charxidan mayda toshli sharnirlar topildi. Ustaxonadan shimolroqda ayni bir vaqtdagi qatlamlardan shlakka aylangan soztuproq namunalari qazib olindi. Shahar shimolida \u2013 milodgacha bo\u2019lgan dastlabki ming yillikning o\u2019rtalaridagi qatlamlardan birida juda past joyda ham kulolchilik buyumlari ishlab chiqarilganligi aniqlandi. Bu pastlik qiyalikdan tushgan va orasida sopol siniqlari ko\u2019p bo\u2019lgan jinslar bilan to\u2019lib qolgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Joyning nihoyata past-baland bo\u2019lishi shaharni suv bilan ta\u2019minlashni qiyinlashtirgan. Bu yerga suvni tepalikning faqat janub tomonidan keltirish mumkin bo\u2019lgan. Miloddan avvalgi birinchi ming yillikning o\u2019rtalaridan milodgacha shaharni faqat kanallar orqali suv bilan ta\u2019minlab turgan. Bu kanallardan shahar Chingizxon tomonidan vayron etilgunga qadar ham suv oqib turgan. Shahar tashkil topgan dastlabki davrlardayoq kanallarning mavjud bo\u2019lganligini uning g\u2019arbi-shimolidagi katta tabiiy chuqurlikda joylashgan hovuzlar ham tasdiqlaydi.<\/p>\n\n\n\n<p>Afrosiyobning uncha katta bo\u2019lmagan platosi uni o\u2019rab turgan irmoqlar o\u2019zaniga tik tushgan. Shahar xarobalari relyefning bu xususiyati uning territoriyasidagi joylarni mudofaaning yagona sistemasiga qo\u2019shish imkonini bergan. Shaharning shimolida ichki istehkom (\u201cterrasalar\u201d) qoldiqlaridan g\u2019arbroqda materik sog\u2019tuproqda barpo etilgan va tuzilishi bo\u2019yicha yuqorida qayd etilgan \u201cterrasalar\u201ddan farq qiladigan paxsa devor borligi aniqlandi. Shu boisdan bu devorni shaharning boshqa mudofaa inshooti jumlasiga kiritish kerak bo\u2019ladi. Devorning ichki tomonidan topilgan sopolli chan ana shu inshoot bunyod etilgan sanani aniqlash uchun asos bo\u2019ladi. Bu chan miloddan avvalgi IV asrga oid bo\u2019lganligidan devorni ham o\u2019sha vaqtda qurilgan deb aytish mumkin.<\/p>\n\n\n\n<p>Arrian va Kvint Kurtsiy Ruflarning ma\u2019lumotlariga ko\u2019ra, Marokandada qal\u2019a bo\u2019lgan. Arrianning Spitamen qal\u2019adagi makedon garnizonini qamal qilganligi va Kurtsiyning Spitamen shahar devorlari ichida bekinib olganligi haqidagi ma\u2019lumotlari, agar shahar ichidagi dastlabki va ancha keyin qurilgan qal\u2019ani nazarga olsak, bir-biriga qarama-qarshi bo\u2019lib chiqmaydi. Kvint Kurtsiy Spitamen shaharga kirib, uning \u201cdevorlari orasiga bekinib oldi\u201d va u yerga haydab kiritilgan garnizonli qal\u2019ani qamal qildi, deb yozadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Shudan keyin ikki davrning (Afrosiyob II va III) madaniy qatlamlari shahar o\u2019rnining butun territoriyasida uchraydi. Yuqori tilga olingan qatlamlar yotgan punktlar o\u2019rtasida maydoni jihatidan katta bo\u2019shliqlar bo\u2019lib, ulardagi ilk qatlamlar keyinchalik olib borilgan yer qazish ishlari natijasida yo\u2019q qilib yuborgan. Lekin bu qatlamlarning izlari keyingi vaqtlarda barpo etilgan inshootlarning qurilish materiallarida sopollarning uchrab turishi bilan aniqlanadi. II-III davr qatlamlari stratigrafiyasi shahar o\u2019rnining shimoli-g\u2019arbida aniq ko\u2019rinib turadi, bu yerda qatlamning umumiy qalinligi 3-4 metrga yetadi. Bu rayon II davrning boshlarida juda sust rivojlangan va ko\u2019p o\u2019tmay bu joy qabristonga aylangan. Keyingi bosqichlarda rayonda tez sur\u2019atlar bilan qurilish ishlari olib borilib, bunda sog\u2019onalar buziladi va skeletlarning suyaklari turli vaqtlarda (II davr mobaynida) qurilgan inshootlar ostiga tushib qoladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Afrosiyobning shimoliy chekkasida qariyb 40 metr uzunlikda II davrga oid bo\u2019lgan shahar devori aniqlangan. Unda kvadrat shaklidagi xom g\u2019ishtdan ichki yo\u2019lak bor. Devoriga qo\u2019shilgan I davr sopollari, uning poydevoridagi II davrga doir kuldonlar hamda devor ostidagi Afrosiyob I qatlami bu devorni miloddan avvalgi III asr barpo etilgan deb taxmin qilish imkonini beradi. Devor ayni bir vaqtning o\u2019zida katta masofada qurila boshlagan va jar bo\u2019ylab irmoqning tabiiy burilishlari tomon cho\u2019zilib ketgan. Shahar xarobaining hozirgi relyefida ko\u2019rinib turgan devorning birinchi xalqasi janubiy bo\u2019lagi ham va ikkinchi halqasining qo\u2019shaloq devori ham shaharning dastlab davrlarida bo\u2019lmagan. O\u2019sha davrda shahar tuzilishi oddiy bo\u2019lib, qal\u2019a va tashqi devordan boshqa joylarni o\u2019z ichiga olmagan.<\/p>\n\n\n\n<p>III davrning boshlarida Afrosiyobning shimoli-g\u2019arbida yangi qurilishlar barpo etiladi. Qazilgan shurflardan birida turar-joy hovlisini o\u2019rab olgan kengligi 1,5 metr keladigan devor qoldiqlari va uzoq vaqt foydalanilgan loy o\u2019choq aniqlandi. Hovlili bu inshoot uzoq vaqt turgan, uning devori shu davr ichida yemirila boshlagan va u remont qilingan. Oradan bir qancha vaqt o\u2019tgach, hovli axlat tashlanadigan joyga aylangan.<\/p>\n\n\n\n<p>III davr oxiriga kelib shahar hayotida yana qandaydir o\u2019zgarishlar sodir bo\u2019ladi. Shahar devori eskirib nurab boshlaydi. Magistral kanallarning o\u2019zanlari III davrga oid sopol parchalari bilan to\u2019lib qoladi. Bu esa kanallar territoriyasi atrofida odamlar kelib joylashganligidan va shaharni suv bilan ta\u2019minlash sistemasiga yetarli e\u2019tibor qilinmaganligidan dalolat beradi. Bu faktlar vaqt jihatidan ko\u2019chmanchi qabilalarning hujumi davriga to\u2019g\u2019ri kelib, ularning bu yurishi natijasida Kushan davlati tashkil etilgan hamda Qang\u2019xa podsholigi hokimiyati va ta\u2019siri zaid bolib qolgan edi.<\/p>\n\n\n\n<p>III davrda ham oldingi davrlardagi singari miloddan avvalgi III-I asrlarda qurilgan mustahkam istehkomning kattaligini aniqlab beradigan ma\u2019lumotlar yo\u2019q, lekin to\u2019plangan materiallar bu vaqtda Afrosiyobning butun territoriyasi o\u2019zlashtirilganligi to\u2019g\u2019risida dadil gapirish imkonini beradi.<\/p>\n\n\n\n<p>Ba\u2019zi tadqiqotchilarning milodning dastlabki asrlarida Afrosiyobga oid ma\u2019lumotlar yo\u2019q hamda So\u2019g\u2019dda birinchilik Kushaniylar qo\u2019liga o\u2019tganidan keyin Samarqandda hayot butunlay tushkunlikka uchragan degan xulosalar hozirgi vaqtda tasdiqlanmayotir. Arxeologiya ma\u2019lumotiga ko\u2019ra, III davr oxiridayoq boshlangan tushkunlik juda qisqa vaqt davom etgan.<\/p>\n\n\n\n<p>IV davrning boshlarida shaharning shimoli-g\u2019arbida hashamatli binolar qurilgan. Bu yerda ochilgan shurf maydonchasi kichik bo\u2019lganligi sababli mazkur inshootning xarakteri hozircha aniqlangan emas. Xom g\u2019isht va bloklardan bunyod etilgan 3,2 metrli qalinlikdagi devor binoning qanchalik ulkan bo\u2019lganligidan dalolat beradi. Kuchli yong\u2019indan so\u2019ng, bino remont qilinib kengaytirilgan. Lekin ko\u2019p o\u2019tmay, kishilar bu joyni tashlab ketganlar va yog\u2019in-sochin ta\u2019siri ostida uning devorlari nuray boshlagan. Shunday bo\u2019lsa-da, odamlar devor yoriqlarini paxsa bilan urib, yarim vayron holdagi binodan foydalanganlar. Taxminan o\u2019sha bino bilan bir vaqtda shaharning shimolida oddiy kishilarning turar joylari qurilgan. Ularda xo\u2019jalik uchun kerak bo\u2019lgan xonalar ham bo\u2019lgan. Bu yerda eramizning II-III asrlariga oid bo\u2019lgan yarim doira shaklidagi sopol plitalardan qilingan mehrob va terrakotadan yasalgan haykalchalar topilgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Afrosiyobdagi V davrni belgilaydigan sopollar kompleksi hozircha yetarli darajada emas. Lekin bu davrdagi qatlamlarning Afrosiyob IV davri qatlami bilan bog\u2019liq ekanligini ko\u2019rsatuvchi ma\u2019lumotlar bor.<\/p>\n\n\n\n<p>Xo\u2019ja Doniyor maqbarasi rayonidagi birgina kulolchilik ustaxonasi hozircha V davrni xarakterlab beruvchi ob\u2019yekt hisoblanadi. Ustaxona zaminidan olingan sopollarning ko\u2019rinishi vaza tipidagi idishlar hamda yumaloq va bo\u2019yni uncha uzun bo\u2019lmagan ko\u2019zalar bilan aniqlanadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Kulolchilik ustaxonasida ishini to\u2019satdan to\u2019xtab qolishi va odamlarning qochib ketganligini ko\u2019rsatuvchi aniq belgilar bor. U yerdan olingan sopol buyumlar xususiyatini mazkur ustaxonada qo\u2019qqisdan ishning to\u2019xtalishi fakti bilan taqqoslab ko\u2019radigan bo\u2019lsak, uni shahar hayotia keskin o\u2019zgarish yuz berganligi bilan izohlash mumkin.<\/p>\n\n\n\n<p>Samarqand hayotining milodiy III asri oxiridan to V asr o\u2019rtalarigacha bo\u2019lgan davriga oid aniq ma\u2019lumotlar mavjud emas. Dehqon zodagonlari bilan erksevar jamoalar o\u2019rtasidagi sotsial-siyosiy kurash keskinlashishi tufayli Kushan podsholigi zaiflashgan, shaharlar tushkunlikka uchragan, hayot shaharlardan tashqarida dehqon qal\u2019alari atrofida rivojlana boshlagan.<\/p>\n\n\n\n<p>Shahar istehkomlarining tekshirish olib borilgan uchastkalarida IV asrga oid devor mavjudligi aniqlanmadi. Shahar xarobalarining V-VI asrlarga oid qatlamlari hali yaxshi o\u2019rganilmagan.<\/p>\n\n\n\n<p>V asrning oxiri va VI asrning boshlarida So\u2019g\u2019dda feodalizm rivojlana boshlaydi. Eski shaharlarga tayangan mustaqil dehqonchilik okruglari tashkil topadi. Samarqand asta-sekin iqtisodiy jihatdan mustahkamlanadi va uning tevaragida mustahkam qo\u2019sh halqali istehkomlar qad ko\u2019taradi. VII-VIII asrlarda shahar devorlarining qo\u2019shaloq halqasidan tashqarida, uning g\u2019arbi-shimoliy qismida aholi ko\u2019plab joylashgan. Bu hol IX-X asrlarda qad ko\u2019targan devorlarning ichidan topilgan va o\u2019sha davrga oid bo\u2019lgan to\u2019rtburchakli teshik so\u2019g\u2019d chaqalari va idishlarning mayda bo\u2019laklari bilan bilvosita tasdiqlanadi. Chaqalarning hammasi ham tuproq bilan birga qurilish materiallariga aralashib ketmaganligini nazarga olsak, u holda IX asrda qurilish ishlari natijasida buzilgan VII va VIII asr boshlariga oid qatlamlar ancha qalin bo\u2019lgan bo\u2019lsa kerak. Shahar xarobasining janubi-g\u2019arbida ochilgan qatlamdan V asrga oid so\u2019g\u2019d chaqalari va ilmoqsimon dastali ko\u2019za bo\u2019laklari topildi.<\/p>\n\n\n\n<p>Devorga ishlatilgan materiallar, devorning urilishi hamda sopollar shaharning janubiy devorini milodiy VII asrdan ancha keyin qurilgan deb aytishga asos bermaydi. Shahar xarobasining o\u2019sha rayonidagi Hazrati Xiz machiti yaqinida juda ko\u2019p topildiqlari bo\u2019lgan dafina aniqlanib, unda to\u2019rtburchak teshikli so\u2019g\u2019d chaqalari gam topilgan.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Dehqonchilik va chorvachilik bilan shug\u2019ullanuvchi qadimiy so\u2019g\u2019d qabilalari harbiy-siyosiy qarorgoh uchun joy tanlab, keyinchalik Afrosiyob nomi bilan mashhur bo\u2019lgan yerga joylashdilar. Bu joyning geografik sharoiti (shimol va sharqdan suv bilan &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/quldorlik-jamiyati-davrida-samarqand-shaharning-vujudga-kelishi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":0,"parent":0,"menu_order":0,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","template":"","meta":{"footnotes":""},"class_list":["post-79473","page","type-page","status-publish","hentry","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/79473","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/pages"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/page"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=79473"}],"version-history":[{"count":4,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/79473\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":116624,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/79473\/revisions\/116624"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=79473"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}