{"id":952,"date":"2021-09-10T07:41:04","date_gmt":"2021-09-10T04:41:04","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?page_id=952"},"modified":"2021-09-10T07:41:05","modified_gmt":"2021-09-10T04:41:05","slug":"ozbek-xalqining-etnik-shakllanishi-ilk-orta-asrlar-davlatchiligi","status":"publish","type":"page","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/ozbek-xalqining-etnik-shakllanishi-ilk-orta-asrlar-davlatchiligi\/","title":{"rendered":"O\u2019zbek xalqining etnik shakllanishi, ilk o\u2019rta asrlar davlatchiligi"},"content":{"rendered":"\n<p>O\u2019zbek xalqining kelib chiqishi \u2013 etnogenezi juda kam o\u2019rganilgan, tarix, arxeologiya, etnografiya, antropologiya, tilshunoslik, folklorshunoslik kabi fanlarning ancha jiddiy tadqiqotlarini kutayotgan masalalardan biridir.<\/p>\n\n\n\n<p>1998 yil iyunida Prezident I. Karimov ham tarixchilar va O\u2019R FA ning rahbariyati bilan \u201cTarixiy xotirasiz kelajak yo\u2019q\u201d mavzusidagi uchrashuvida \u201cbiz o\u2019zimizni millat deb bilar ekanmiz, o\u2019zbekchiligimiz haqida aniq tushunchaga ega bo\u2019lishimiz kerak\u201d, deyish orqali xalqimiz etnik shakllanishi masalasini chuqur o\u2019rganish zarurligini ko\u2019rsatgandi.<\/p>\n\n\n\n<p>O\u2019zbeklarning tarixiy vatani &#8212; ular tarqalgan geografik hududdir. Taxminan hozirgi kunda O\u2019zbekiston va unga qo\u2019shni mamlakatlarda yashayotgan o\u2019zbeklar soni 25 mln. ni tashkil qiladi. Bunga Saudiya Arabistoni, Turkiya, Olmoniya, AQSh va boshqa uzoq xorijdagi bir millionga yaqin muxojir o\u2019zbeklar kirmaydi. Mazkur raqamdan 20 milliongacha o\u2019zbek ona yurt O\u2019zbekistonda, 2 mln. ga yaqin Afg\u2019onistonda (Xuroson o\u2019zbeklari), 1,5 mln. Tojikistonda, 0,6 mln. Qirg\u2019izistonda, 0,5 mln. Qozog\u2019istonda va 0,4 mln. Turkmanistonda istiqomat qiladi.<\/p>\n\n\n\n<p>O\u2019zbeklar tarqalgan bu yerlar ruslar istilosiga qadar o\u2019zbek xonliklari tarkibiga kirgan. O\u2019zbeklar millat bo\u2019lib ana shu yerlarda shakllanganlar. Lekin o\u2019tmishda o\u2019zbeklar yashagan hudud bundan ham keng bo\u2019lgan.<\/p>\n\n\n\n<p>O\u2019zbek xalqining etnik shakllanishi urug\u2019chilik jamoasidan to hozirgi davrda yetuk millat darajasiga ko\u2019tarilgan juda uzoq va murakkab jarayonni o\u2019z boshidan kechirdi. Aslida urug\u2019 bir ota-onadan tarqalgan qon-qarindoshlarning uyushuvi natijasida shakllangan jamoadir. Tirikchilik tashvishi va tashqi dushmanlardan saqlanish zaruriyati kishilarning qon-qarindoshlikka asoslangan birlashuviga olib kelgandi. Urug\u2019chilik jamoasi eng qadimgi odamlar to\u2019dasiga nisbatan mustahkamroq va tashkiliyroq bo\u2019lib, shu yo\u2019l orqali kishilarning teng huquqliligi, asosiy ishlab chiqarish qurollarining umumiy mulkligi, jamoa mehnati va iste\u2019mol qilishning umumiyligi ta\u2019minlangan, nikoh va diniy marosimlar tartibga solinib turilgan, joriy urf-odatlar buzilganda aybdorlar jazolangan. Urug\u2019 jamoasi o\u2019zining eng aqlli va botir jangchilaridan birini shu urug\u2019ning boshlig\u2019i etib tayinlagan.<\/p>\n\n\n\n<p>Bir hududda yashagan bir necha urug\u2019 jamoalari birlashib qabilaga aylangan. Qabilalar yagona qabilaviy tilga (shevaga), kengashga va harbiy boshliqqa ega bo\u2019lgan. Urug\u2019 boshliqlari qabila kengashi tarkibiga kirgan, eng kuchli urug\u2019 boshlig\u2019i esa qabila rahnamosi deb e\u2019lon qilingan.<\/p>\n\n\n\n<p>Qabilalar yuzaga kelish jarayoni kishilarning ovchilik va ko\u2019chmanchi chorvachilik bilan birga dehqonchilik va ibtidoiy temirchilikka o\u2019ta boshlagan, boshqacharoq qilib aytganda aqliy tabaqalanish mulkiy tabaqalanishga o\u2019ta boshlagan davrga to\u2019g\u2019ri keladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Elat deyilganda qabilalar ittifoqi kishilarning til, hudud, iqtisodiy va madaniy jihatdan tarixan tarkib topgan birligi tushiniladi. Aksariyat holatlarda qabilalar ittifoqi yaylov va suv uchun tez-tez bo\u2019lib turadigan janglarda o\u2019zini himoya qilishi yoki g\u2019olib chiqish maqsadida barpo etilgan. Elatni xalqning millat bo\u2019lib shakllanishidan oldingi bosqichi deyish mumkin. Kishilarning bir hududda elat bo\u2019lib yashashlari qonqarindoshlik, umumiy manfaatdorlik his-tuyg\u2019ularini kuchaytirgan. Umumiy manfaatdorlik hissi va uni himoya qilish ma\u2019suliyati esa davlatni vujudga keltirgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Xalq deyilganda ko\u2019proq el, elat, millat, aholi, olomon, bir guruh kishilar tushiniladi. Xalq so\u2019zi falsafiy nuqtai-nazardan qaralsa, uni tarixning barcha bosqichlarida jamiyat vazifalarini hal etishga qodir, yurt yumushiga yaroqli va qobiliyatli qatlam, ijtimoiy birlik, tarix ijodkori deyish mumkin. Demak, balog\u2019atga yetmaganlar aholi soniga kirsa ham xalq safiga kirishga hali erta.<\/p>\n\n\n\n<p>Millat kishilarning tarixiy tarkib topgan, umumiqtisodiy turmush, til, hudud birligi, madaniyat, ong va ruhiyat uyg\u2019unligi demakdir. Millatni davlatsiz tasavvur etib bo\u2019lmaydi.<\/p>\n\n\n\n<p>Hozirgi o\u2019zbek millati ham urug\u2019chilik va qabilachilik davrlarini, elat, xalq va millat shakllanishi jarayonlarini o\u2019z boshidan kechirgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Manbalarda ko\u2019rsatilishicha, milodgacha ikki ming yillikning o\u2019rtalari va oxirlari (bronza asri) o\u2019rta Osiyo, Afg\u2019oniston, Hindiston va Eron hududlari tarixi hind va eron qabilalari yoyilishi bilan bog\u2019liq. Ular hattoki, Volga va Ural daryolari hamda janubiy Sibir oralig\u2019idagi yerlarda ham yashaganlar.<\/p>\n\n\n\n<p>Taniqli arxeolog A. Sagdullayev fikricha, ana shu bronza davridayoq o\u2019rta Osiyoda yuqorida eslatilgan qadimgi janubiy va shimoliy qiyofadagi odamlar vakillarining qo\u2019shilishi jarayoni boshlanadi hamda aynan shu davrda o\u2019lkamizda yashagan qabilalar o\u2019rta Osiyoning qadimgi xalqlariga asos solganlar.<\/p>\n\n\n\n<p>O\u2019lkamizning qadimgi aholisi tosh va bronza asrlari davrida qanday nom bilan atalganliklari bizga noma\u2019lum. Ilk bor o\u2019rta Osiyo aholisi xususidagi ma\u2019lumotlar sharq va antik davr yunon-rim manbalarida tilga olinadi. Yunon tarixchilari aytishicha, Yevroosiyoning katta hududlarida yashovchi qabilalar umumiy \u201cskiflar\u201d nomi bilan atalgan. Tadqiqotchi Pliniy esa o\u2019sha davrda o\u2019rta Osiyoda 20 yaqin turli nomad qabilalar borligi to\u2019g\u2019risida xabar bergan. Yana skiflarning 2 ta yirik qabilasi: saklar va massagetlar xususida ham qayd etiladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Yunon olimlaridan Efor (milodgacha 405-330 yillar) quyidagilarni yozgan: \u201cQo\u2019yboqar saklar skiflar tarkibiga kiruvchi qabilalardir. Ular soddadil ko\u2019chmanchilar toifasidan bo\u2019lib, don yetishtiradigan Osiyoda istiqomat qiladilar. Saklar bir joydan ikkinchi bir joyga aravalarda ko\u2019chib yuradilar va biya suti bilan tirikchilik o\u2019tkazadilar\u201d.<\/p>\n\n\n\n<p>Yunonistonlik Strabon (milodgacha 63-28 yillar) va Pompey Trog (milodgacha 1- milodiy I asr) asarlarida saklar va massagetlarning qaysi xalqqa mansubligi, ular egallagan hududlar to\u2019g\u2019risida qimmatli ma\u2019lumotlar beriladi. Pompey Trog shunday yozadi: \u201cKaspiy dengizidan boshlab skiflarning katta qismi daylar (Qoraqumda), ulardan Sharqda yashovchi qismi esa massagetlar va saklar deb ataladi. Skiflarni hamma vaqt eng qadimiy xalq deb hisoblab kelganlar. Qadimiylikda ular misrliklardan qolishmaydilar\u201d.<\/p>\n\n\n\n<p>Milodgacha VI-V asrlarda toshga o\u2019yib yozilgan ahmoniylar yozuvlarida saklarning uchta qabilaviy birlashmalari ko\u2019rsatib o\u2019tilgan: \u201cSaka-Tigraxouda\u201d Sug\u2019diyonaning sharqiy-shimolida, Sirdaryoning o\u2019ng tomonida \u2013 Toshkent viloyati, Yettisuv va janubiy Qozog\u2019iston yerlarida yashaganlar. Ularni \u201ccho\u2019qqayma qalpoq kiygan saklar\u201d deyishgan: \u201cSaka-Tiay-Taradarayya\u201d Sirdaryo va Orol dengizi atrofida yashab, ularni \u201cdaryo narisidagi saklar\u201d deyishganlar; \u201cSaka-xaumavarka\u201d o\u2019rta Osiyoning markaziy va janubiy qismida istiqomat qilishgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Bu qabilalarning bir qismi o\u2019troqlik holatiga o\u2019tib, dehqonchilik bilan shug\u2019ullana boshlasa, boshqa katta qismi esa tog\u2019 va tog\u2019oldida istiqomat qilishgan, cho\u2019llarda ko\u2019chib yurishgan. O\u2019troq bo\u2019lib yashagan qabilalar esa ilk temir asridan (milodgacha XII-IX asr) \u201cso\u2019g\u2019dlar\u201d, \u201cbaqtriyaliklar\u201d, \u201cfarg\u2019onaliklar\u201d va \u201cxorazmliklar\u201d deb atalgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Milodgacha IV-III asrlardayoq o\u2019rta Osiyoning shimoliy-sharqida turkiy tilli qabilalar mavjud bo\u2019lib, ularning xorazm, so\u2019g\u2019d, baqtriya kabi yozuvlari o\u2019sha joy aholisi ichida ishlatilgan. Yettisuvdagi saklarning bir qismi ham turkiy tilda so\u2019zlashgan. Tushunarliki, o\u2019rta Osiyoda qadimdan 2 xil: turkiy va sharqiy eroniy tillarda so\u2019zlashuvchi aholi bo\u2019lgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Hozirgi o\u2019zbek millatining asosini ana shu ikki tilda so\u2019zlashuvchi urug\u2019lar, qabilalar, elatlar tashkil etgan. o\u2019zbek xalqining etnik shakllanishi uzoq davom etgan tarixiy jarayon bo\u2019lib, uning shakllanishidagi asosiy vosita ishlab chiqarishdagi, iqtisodiyotdagi va madaniy hayotdagi o\u2019zgarishlar bo\u2019lgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Antropolog olim T. Xodjayev O\u2019rta Osiyoning turli hududlaridan topilgan 500 dan ortiq antropolgik material asosida hozirgi o\u2019zbek va tojiklarga xos antropologik tip \u2013 \u201cIkki daryo oralig\u2019i irqi\u201d milodgacha birinchi ming yillik oxiri va milodning boshlarida Sirdaryoning o\u2019rta va quyi oqimlarida shakllanib, keyinroq Farg\u2019ona va Xarazm vohalariga, Zarafshon vodiysiga ko\u2019chib o\u2019tganligini isbot qildi. Bu esa fanda yaqingacha keng tarqalgan fikrlar, ya\u2019ni o\u2019zbeklarga xos Markaziy Osiyo \u201cikki daryo oralig\u2019i irqi\u201d avvalo Volga daryosi bo\u2019ylarida va o\u2019rolda sarmat qabilalari tarkibida shakllanib tarqaldi, degan yoki bu irq Baykal ko\u2019li atrofida va Mo\u2019g\u2019uliston cho\u2019llarida shakllanib tayyor holda mahalliy aholiga o\u2019z irqini tarqatdi, degan fikrlarni inkor qiladi.<\/p>\n\n\n\n<p>T. Xodjayovning bu antropologik tadqiqoti natijalari yozma manbalarda ma\u2019lum bo\u2019lgan sak qabilalarining bir tarmog\u2019i hisoblangan yuechjilarning janubga yurishi \u2013 Yunon-Baqtriya podsholigining istilo etilishi va Buyuk Kushon imperiyasining barpo bo\u2019lishi davriga to\u2019g\u2019ri keladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Ma\u2019lumotlarga ko\u2019ra, yuechjilarning janubi-g\u2019arbga yurishi Iskandar vafotidan keyinroq boshlanib, ular Yunon-Baqtriya davlatini inqirozga uchratdi. Ko\u2019chmanchilarning boshqa bir katta qabila ittifoqi O\u2019rta Osiyoning shimoliy qismida yarim o\u2019troq va yarim ko\u2019chmanchi Kang\u2019 davlatini barpo etishda ishtirok etdi (milodgacha III-II asr). Ana shu davrda hozirgi Toshkent viloyati va Janubiy Qozog\u2019istonda \u201cikki daryo oralig\u2019i tipi\u201d bilan birga \u201cqovunchi madaniyati\u201d yuzaga keldi. Bu madaniyat ijodkorlari qang\u2019arlar bo\u2019lishi kerak. Chunki turkiylarning Movarounnahr va Xorazmning ichki hududlariga kirishi ana shu madaniyat yoyilishi davri bilan bog\u2019liq. Milodning IV-V asrlarida shimoldan O\u2019rta Osiyoning markaziy va janubiy tumanlariga xionitlar, kidariylar va eftalitlarning kirib kelishi natijasida yerli aholining moddiy madaniyatidagi qadimgi an\u2019ana kamayib, nozik va nafis sifatli kulolchilik buyumlari o\u2019rnini dag\u2019al, yarim o\u2019troq chorvadorlar hunarmandchiligi egallay boshladi. Demak, bu o\u2019zgarishlar turkiylarning kirib kelishi bilan bog\u2019liq edi va ular bu hududda milodgacha II-I asrlardan to milodiy VI asr o\u2019rtasida ham istiqomat qilishardi.<\/p>\n\n\n\n<p>Milodgacha birinchi ming yillikda Markaziy Osiyo, Sibir hamda shimoliy-g\u2019arbiy Xitoy yerlarida yashagan xalqlarning bir qismi turkiyzabon bo\u2019lganligi manbalarda ma\u2019lum. Issiqko\u2019l yaqinidan milodgacha IV-III asrlarga doir sak qabilalari qabridan qadimgi yozuv namunalari topildi. Bu oromiy imlosida bitilgan yozuv \u201cqadimgi turk yozuvi\u201d deb tan olinmoqda. \u201cTurk yozuvi\u201d qadimgi Xorazm, Sug\u2019d va Baqtriya yozuvlari singari O\u2019rta Osiyoning shimoliy-sharqiy hududlarida istiqomat qiluvchi turkiy tilli aholi yozuvi sifatida yuzaga kelgan. Demak, \u201cTurk yozuvi\u201d qo\u2019llanilgan yerlarda turkiy qabila va elatlar yashagan, ular ham juda erta o\u2019z yozuviga ega bo\u2019lganlar. Markaziy Osiyoning sug\u2019diylar, xorazmiylar va bahtarlar yashagan hududlarda Sharqiy Eron tillar guruhiga kiruvchi sug\u2019d va xorazm tillarida so\u2019zlashsalar, shimoliy-sharqiy qismidagi aholi turkiy tilda so\u2019zlashganlar va o\u2019zlarining turkiy yozuviga ega bo\u2019lganlar.<\/p>\n\n\n\n<p>Hozirgi o\u2019zbek tili turkiy tillar negizida shakllangan bo\u2019lsa, tojik-fors tili Sharqiy Xuroson, ya\u2019ni dariy tili asosida shakllandi. Demak, tojik tili hozirgi Tojikiston hududidan tashqari Amudaryoning narigi tomonida, Murg\u2019ob vohasi, hozirgi Afg\u2019oniston va Shimoliy-sharqiy Eron zonasida shakllanib, asta-sekin eftalitlar davlati va turk xoqonligi sharoitida, ayniqsa somoniylar hukmronligining dastlabki davrida so\u2019g\u2019dlar yurtiga jadal kirib bordi. U dastlab shahar va unga yangi aholi punktlarida yerli sug\u2019d tilini siqib chiqarib, markazlashgan somoniylar davlatining tiliga aylandi. Sug\u2019d tilini hali XII-asrda ham uchratish mumkin bo\u2019lgan.<\/p>\n\n\n\n<p>XI asrda yashagan Mahmud Qoshg\u2019ariy \u201cDevonu lug\u2019otit turk\u201d asarida turklarning ijtimoiy hayoti to\u2019g\u2019risida quyidagi ma\u2019lumotlarni keltiradi: \u201cIskandar Zulqarnayn Turonni bosib olayotgan paytda turklar uzun, uchi cho\u2019ziq burk kiyib, ot chopayotib, orqa tomonidagi dushmanga mahorat bilan yoydan o\u2019q otardi\u201d. Xuddi shunday ta\u2019rifni skiflar davriga oid arxeologik qazilmalarga bag\u2019ishlangan asarida S. Rudenko ham takrorlaydi. Demak, qadimgi skiflar nomi bilan Sirdaryoning o\u2019rta va quyi sohillaridan to Oltoygacha bo\u2019lgan hududda ko\u2019chib yurgan qabilalar turklarning ajdodi bo\u2019lgan. Hozirgi zamon turkiyzabon xalqlarning soni 150 milliondan ortiqroq bo\u2019lib, ular turli diniy e\u2019tiqodga va 32 dan ko\u2019proq bir-biriga yaqin tillarda so\u2019zlashadilar.<\/p>\n\n\n\n<p>O\u2019rta Osiyo xalqlarining shakllanishida ma\u2019lum rol o\u2019ynagan eftalit qabilalar uyushmasi ham etnik jihatdan turkiylar tarkibiga kirgan. Zardushtiylikning muqaddas kitobi \u201cAvesto\u201dda ahmoniylar va sosoniylar asoratiga tushib qolgan xalqlar orasida tur (ko\u2019ra) lar ham tilga olinadi. Sharq manbalarida Amudaryo va Sirdaryo oralig\u2019ida, unga tutash yerlardagi xalqlar \u201cTurk\u201d nomi bilan, ular istiqomat qilgan yerlar esa \u201cTuron\u201d yoki \u201cTurkiston\u201d deb atalib kelingan. Firdavsiyning \u201cShahnoma\u201dsida ham \u201cEron\u201d va \u201cTo\u2019ron\u201d atamalari ko\u2019plab tilga olinadi. Amudaryo va Sirdaryo oralig\u2019ida yashab kelayotgan turkiy xalqlarning keng qatlamiga 639 yildan \u201cTurkiston\u201d degan nom berilgandi.<\/p>\n\n\n\n<p>Milodgacha birinchi ming yillikdan O\u2019rta Osiyo dasht mintaqalarida yashagan xalqlar hududimizning markaziy va janubiy viloyatlariga o\u2019troqlashuv jarayonini o\u2019z boshidan kechirib, ularning janubga siljishi va Yunon-Baqtriya davlatini istilo etishi natijasida Buyuk Kushon saltanatining barpo bo\u2019lishi bilan yakunlangan bo\u2019lsa, G\u2019arbiy Turk hoqonligi hukmronligi sharoitida cho\u2019l aholisi Sirdaryo quyi oqimidan Markaziy Qizilqum orqali Samarqand atrofiga, so\u2019ngra Qashqadaryoning Qarshi shahri orqali Surxandaryo viloyatidagi ko\u2019hna Termiz, Dalvarzin, Shoxtepa, Ayritom kabi qadimiy shahar va yirik manzillarga kelib joylashganlar. Ularning ikkinchi guruhi esa qadimiy Buxoro vohasi orqali Turkmanistonning janubiy viloyatlariga yetib borgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Tarixchi at-Tabariyning \u201cPayg\u2019ambar, podshohlar va xalifalar tarixi\u201d asarida ko\u2019rsatishicha, arab istilosi arafasida Balx, Bodhiz, Xuttalon, Chag\u2019oniyon, Shosh va hatto Buxoro aholisining malun qismini turklar tashkil etgan. Ular mahalliy xalqlar bilan aralash yashash jarayonini o\u2019z boshidan kechirganlar, bu xalqlarga til jihatdan ta\u2019sir o\u2019tkazib, ularning tillarini turkiylashtirib bordilar. O\u2019z navbatida ilgaridan o\u2019troq turmush tarzida istiqomat qiluvchi mahalliy aholi xalqlar ham asosiy kasbi chorvadorchilik bo\u2019lgan turkiy xalqlarga o\u2019z ta\u2019sirini o\u2019tkazganlar. Ammo til nuqtai nazaridan turkiy xalqlarning ta\u2019siri shu qadar kuchli bo\u2019lganki, arablar bosqini arafasida Movarounnahr va Xorazmning tub yerli aholisi turklashib bo\u2019lgan edi.<\/p>\n\n\n\n<p>O\u2019zbek xalqining etnik shakllanishida uchinchi bosqich XV asr oxiri \u2013 XVI asr hisoblanadi. Bu davrda Markaziy Osiyoga Dashti Qipchoq o\u2019zbeklari kirib keladi. Sharofiddin Ali Yazdiyning \u201cZafarnoma\u201d sida O\u2019rta Osiyo va u bilan qo\u2019shni hududlarda XIV-XV asrning birinchi yarimida istiqomat qilgan 44 ta turkiy qabila va urug\u2019larning nomlari qayd etilgan. Shular jumlasiga Sirdaryo va Amudaryo oralig\u2019idagi o\u2019lkalarga XIII asrda Chingizxon va XVI asr boshida Muhammad Shayboniyxon boshchiligida Dashti Qipchoqdan ko\u2019chib kelib, o\u2019troqlashib ketgan qabila va urug\u2019lar orasida uchramagan 10 dan ortiq qabilalar: qang\u2019lilar, lochinlar, qatag\u2019onlar, besh yuzlar, qozoqlar va boshqalar bo\u2019lgan. Chunki, bular mazkur yurtlarda qadimdan istiqomat qilib kelgan turkiyzabon qabilalar bo\u2019lgan.<\/p>\n\n\n\n<p>XVI asr boshida Dashti Qipchoqdan Movarounnahrga ko\u2019chib kelgan turk-mug\u2019ul qabilalari mahalliy turkiyzabon xalqdan son jihatdan juda kam bo\u2019lgan. Ularning umumiy soni 24-26 qabiladan oshmagan. Manbalarda ko\u2019rsatilishicha ularning nomi quyidagilar edi: qushchi, nayman, uyg\u2019ur, qurlovut, girayli, qiyot, qo\u2019ng\u2019irot, tang\u2019ut, echki, do\u2019rmon, yoboqu, xitoy (kidonlar avlodidan), chimboy, shunqorli, shodbaqli, iyjon, qavchin, mang\u2019it, jurg\u2019un, ming, bachqird (bashqird), mojor, solur qozon, echki bahri.<\/p>\n\n\n\n<p>XVI asrda bu qabilalar soni 40 taga yetgan: bahrin, yuz, do\u2019rmon, jaloyir, kenagas, mang\u2019it, ming, mojor, nayman, olchin, orlot, suldus, uyg\u2019ur, xaloj, xitoy, shirin, o\u2019tarchi, qang\u2019li, qatog\u2019on, qipchoq, qo\u2019ng\u2019irot, qiyot, arg\u2019in, yobu, mo\u2019g\u2019ul, tama, keroit, qorliq, saroy, turk, uyshin va h.k. XVII asrga kelib ularning soni 50 dan oshgan, ya\u2019ni quyidagi 20 yaqin qabila qo\u2019shilgan: buyrak, qirq, qurama, yuz, kelachi, o\u2019zz, qulon, uyrot, bulochi, makrit, mesit.<\/p>\n\n\n\n<p>Qisqasi, Oltin o\u2019rdaning \u201cmamlakati o\u2019zbekiya\u201d qismida shakllangan o\u2019zbek xalqining shimoliy qatlami Turkistonda, uning markaziy qismi Movarounnahr va janubiy hududi Xurosonda qadimdan yashab kelayotgan turkiy qatlamga kelib qo\u2019shilgan edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Shimoliy Turkistondan ko\u2019chib kelgan aholi ham, navkarlar ham bu yerda yashovchi xalq bilan qon-qardosh, dindosh, mazhabdosh, tildosh edilar. Jonli so\u2019zlashuv tilida, talaffuzda bir ozgina farq bo\u2019lsa-da, adabiy til bitta-umumiy edi. Turkiy shoirlar Atoyi, Lutfiy, Sayfi Saroyi, Muhammad Shayboniy, Uvaysiy va boshqalarning she\u2019riyat tili Ahmad Yassaviy hikmatlariga juda yaqin.<\/p>\n\n\n\n<p>Turkiyalik qardoshlarimiz ko\u2019p asrlar davomida o\u2019zlarini avvaliga \u201csaljuqiy turklar\u201d, keyin \u201cusmonli turklar\u201d deb davlatlari nomini esa Usmoniylar saltanati, Usmoniylar xalifaligi, Kamol Otaturk zamonida o\u2019zlarini \u201cturk\u201d, davlatini \u201cTurkiya jumhuriyati\u201d deb e\u2019lon qilganlar. 1920 yilda Usmoniylar halifaligi bekor qilinib, yangi davlatga qanday nom qo\u2019yish masalasi munozaraga sabab bo\u2019ladi. Bir guruh kishilar bu jumhuriyatni \u201cTurkiston\u201d deb atashni taklif etganlarida, boshqa uzoqni ko\u2019ra bilgan kishi \u201cTurkiston bizning ona yurtimiz, Turkistonning o\u2019z vorislari bor, turkistonlik yurtdoshlarimiz kelajakda hurriyatga chiqajaklar, o\u2019z mamalakatlarini Turkiston deb atajaklar, qardoshlarimizning milliy qadriyati \u2013 Turkistonga teginmaylik, bu tarixiy va shukuhli nom o\u2019zlariga buyursin\u201d, degan to\u2019g\u2019ri taklifni o\u2019rtaga tashlagan. Shu tariqa yangidan asos solingan jumhuriyatga \u201cTurkiya jumhuriyati\u201d degan nom berilgan. Shu o\u2019rinda atoqli turk tadqiqotchisi Ziyo Ko\u2019kalpning 20-yillarda Turkiyadagi ijtimoiy-siyosiy vaziyatning tahliliga bag\u2019ishlangan \u201cTurkchilik asoslari\u201d maqolasidagi (Fan va turmush, 1990, 2-son) ushbu satrlarni eslash joizdir: \u201cXalq firqasi hukumronlikni millatga, ya\u2019ni turk xalqiga berdi. Davlatimizga \u201cTurkiya\u201d va xalqimizga \u201cturk millati\u201d nomlarini berdi. Holbuki, Onado\u2019li inqilobiga qadar, davlatimizning, xalqimizning, millatimizning hattoki tilimizning nomi \u201cusmonli\u201d degan so\u2019z edi, \u201cturk\u201d degan so\u2019z og\u2019izga olinmasdi\u201d.<\/p>\n\n\n\n<p>Shunday qilib, rasmiy ravishda 1920 yillardan boshlab turk atamasi onado\u2019lilik qardoshlarimizga tegishli bo\u2019lib qoldi. Turk xalqi deganda Turkiya jumhuriyatida yashovchi tub aholi tushinila boshladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Turkiy xalq deganda esa, qadim zamondan boshlab Turonzamin va Turkistonda yashab kelgan o\u2019troq turkiy xalq \u2013 o\u2019zbeklar nazarda tutiladigan bo\u2019ldi. \u201cTurkiy\u201d iborasi o\u2019rniga qarab, yana boshqa ma\u2019nolarni ham anglata boshladi. Masalan, turkiy xalqlar deyilganida barcha turk xalqlari, elatlari va qavmlar tushiniladi, bu tushunchaga turkiyalik turklar ham kiradi. Demak, barcha turkiy xalqlarning ildizlari teran, tomirlari bir ekan.<\/p>\n\n\n\n<p>Milodiy I-III asrlarda yuksalish davrini kechirgan Kushon podsholigi IV asr o\u2019rtalariga kelib inqiroz davriga kirdi. Uning ayrim vohalarida mustaqil mulklar paydo bo\u2019ldi. Bu mulklarning podshochalari o\u2019zlarini turli nom bilan atadilar: Buxoroda \u2013 buxorxudotlar, Chog\u2019aniyonda \u2013 chog\u2019anxudotlar, Vardanzida vardanxudotlar, Chochda \u2013 to\u2019dunlar, Samarqand va Farg\u2019onada \u2013 ixshidlar, Osrushanda \u2013 afshinlar, Xorazmda \u2013 xorazmshohlar, Termizda \u2013 termizshoh, Iloqda \u2013 dehqonlar kabi. Ularning harbiy kuchlari esa chokarlar deyilgan. Markaziy hokimiyat ana shu podshohlar va mulklar uyushmasidan tashkil topgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Kidariylar nomi bilan atalgan qabila (bu nom qabila boshlig\u2019i va podshosi Kidar nomi bilan bog\u2019liq) esa V asrda massaget qabilalaridan ajralib chiqqan. Bunga 456 yilda kidariylarning sosoniylar bilan bo\u2019lgan jangda yengilishi sabab bo\u2019lgan. Jangda halok bo\u2019lgan Kidarning o\u2019g\u2019li Kungas boshchiligidagi kidariylar Shimoliy Hindistonga o\u2019tib, Gupta podsholigini o\u2019zlariga tobe etganlar va u bu yerda 75 yil hukmronlik qilganlar. Qisqasi, nima bo\u2019lganda ham olimlar eftaliylarni asli O\u2019rta Osiyoda ilgaridan yashab kelgan sak \u2013 massaget va xun qabilalarining birikmasidan kelib chiqqan deb hisoblaydilar. Bu qabilalar o\u2019rtasidagi farq etnik xarakter emas, sulolaviy jihatdan bo\u2019lishi mumkin. \u00abEftal\u00bb so\u2019zi esa eftaliylar shohi Vaxshunvor Eftalon nomi bilan bog\u2019liqdir. Vaxshunvor 457 yildan e\u2019tiboran Chog\u2019aniyon, Tohariston va Badaxshonni ham o\u2019ziga bo\u2019ysundirib O\u2019rta Osiyoda yirik davlatga asos soladi. Bundan taxlikaga tushgan Eron shohi Peroz eftaliylarga qarshi uch marta harbiy yurish qilgan va ularda muvaffaqiyatsizlikga uchragan. Natijada, eftaliylar Marv, Qobul va Panjob vodiysi, Qarashar, Kuchu, Qashqar va Xo\u2019tonni ham qo\u2019lga kiritadilar. Eron uzoq davr eftaliylarga xiroj to\u2019lab turgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Taxminiy fikrlarga ko\u2019ra, Eftaliylar davlatining poytaxti Poykand yoki Balx shaharlari bo\u2019lgan. Aholining asosiy qismi dehqonchilik bilan shug\u2019ullangan, qolganlari esa ko\u2019chmanchi chorvachilik hayot tarzini o\u2019z boshidan kechirgan. Eftaliylarning ko\u2019pchiligi mahalliy aholi bilan aralashib, o\u2019troq hayot tarziga o\u2019tgan, yoki shaharliklarga xos yashashga moslashganlar. Eftaliylarning ko\u2019chmanchi aholisi esa kigiz o\u2019tovlarda, keng yaylovlar va suvga boy yerlarga ega bo\u2019lishgan. Ko\u2019rinadiki, ular dastlab ko\u2019chmanchi chorvador bo\u2019lishgan, keyinroq esa, shaharlarni ishg\u2019ol qilib, uning doimiy aholisiga aylanishgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Muhimi shuki, eftaliylar davlatida yer egaligi munosabatlari shakllana boshlagan. Eski tartibdagi shaharlar o\u2019rnida yangi shahar-qal\u2019alar qaror topgan. Eron, Vizantiya, Xitoy va Hindiston kabi davlatlar bilan savdo aloqalari olib borilgan.<\/p>\n\n\n\n<p>O\u2019rta Osiyoda feodal munosabatlari \u2013 yer egaligi yuzaga kelishining o\u2019ziga xos xususiyatlari shuki, bu yerda deqhon ko\u2019proq mulkdor zamindorga emas, yerga bog\u2019lanib qolar edi. Bu esa chorikorlik tartibini vujudga keltirdi.<\/p>\n\n\n\n<p>Feodal munosabatlar yuzaga kelishini yana shundan sezish mumkin ediki, kushonlar podsholigi davrida dehqonchilik uchun yaroqli, sug\u2019oriladigan yerlar asosan qishloq jamoalari ixtiyorida bo\u2019lib, bu jamoa a\u2019zolari \u00abKashovarzlar\u00bb deb atalardi. Yer egasi bo\u2019lib qolgan harbiy zodagonlar esa \u00abdehqon\u00bb deb atalardi.<\/p>\n\n\n\n<p>Bu davrlarda \u00abdehqonlar\u00bb qishloqda ekin yerlari, ariq bo\u2019ylariga joylashib, \u00abKoshavarzlar\u00bbni bo\u2019ysindirganlar va xom g\u2019ishtdan kushk-qo\u2019rg\u2019onlar qurib yashaganlar. Jamoa yerlarini egallagan \u00abdehqon\u00bblarning qullari, bog\u2019-rog\u2019lari, chorva mollari, xizmatkorlari va kanizaklari shaharda savdo-sotiq bilan ham shug\u2019ullanish uchun ularning savdo \u2013 do\u2019konlari hamda hunarmandchilik bilan bog\u2019liq dastgohlari mavjud edi.<\/p>\n\n\n\n<p>V-VI asrlarda dehqonchilik vohalarida kichik-kichik sug\u2019orish kanallari ishga tushuriladi. Hozirgi vaqtda ham mavjud bo\u2019lgan Zag\u2019ariq, Bo\u2019zsuv, Darg\u2019om kanallari V asrda barpo etilgan. Shuningdek, tog\u2019 oldilariga suv olib borish uchun suv chiqarish asboblaridan keng foydalanilgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Qalin mudofaali qo\u2019rg\u2019onlar ilk o\u2019rta asrning o\u2019ziga xos me\u2019morchilik namunalaridan bo\u2019lib, Nahshab vohasidagi Zahoki-Moron qal\u2019asi, Buxorodagi Shahri Vayron, Xorazmdagi Fir qal\u2019asi shular jumlasidandir. Vohalarni tashqi dushmandan himoya qilish maqsadida bir necha chaqirim uzunlikdagi qalin devorlar barpo etilgan. Samarqand vohasidagi 12 ta darvozaga ega bo\u2019lgan \u00abDevori Qiyomat\u00bb, Buxoro vohasidagi uzunligi 336 kilometrli \u00abKampirik\u00bb, Toshkent vohasidagi \u00abKampirdevor\u00bb istehkom devorlari shular jumlasidandir.<\/p>\n\n\n\n<p>Bu davr me\u2019morchiligida qasrlar qurilishi, ayniqsa, ahamiyatlidir. Qasrlar odatda 2 qavatli, shipi tekis, gumbazsimon va ravoqsimon yopilgan bir necha xonadan iborat bo\u2019lgan. Bu davrda qurilgan saroy va ibodatxonalar qurilishida paxsa va xom g\u2019ishtdan tashqari pishiq g\u2019isht ham ishlatila boshlangan. Bularga misol tariqasida Surxandaryodagi Bolaliktepa, Xorazmdagi Tuproqqal\u2019a qasrlari xarobalarini ko\u2019rsatish mumkin.<\/p>\n\n\n\n<p>Shunday qilib, V-VI asrlarda mamlakatimizda, umuman, mintaqada yuz yildan ortiq davr davomida eftaliylar sulolasi hukmronlik qildi. Davlatni boshqarishda ular o\u2019tmishdagi dongdor sulolalaridan qolishmaganlar. So\u2019nggi kushonlar zamonida boshboshdoqlik yo\u2019liga kirgan mamlakatni qaytadan birlashtirib, siyosiy, iqtisodiy, madaniy munosabatlar va tashqi aloqalar taraqqiyotini an\u2019anaviy yuksak darajada tutib turishiga bosh &#8212; qosh bo\u2019lganlar.<\/p>\n\n\n\n<p>VI asr o\u2019rtalariga kelib, Sharqiy Turkiston, Farg\u2019ona, So\u2019g\u2019diyona, Xorazm, Baqtriya, Shimoliy Hindiston va Sharqiy Eronni o\u2019z ichiga olgan Eftaliylar davlati tanazzulga uchray boshlagan. Ayni davrda Oltoy, Yettisuv va Markaziy Osiyodagi turli qabilalar va xalqlar birlashib, yirik turk xoqonligi davlatini tashkil qildilar. Lekin bu turkiy xalqlarning davlatga uyushuvi VI asr o\u2019rtalarigacha bo\u2019lmagan degan xulosani bermaydi. Turkiyshunos olimlar fikricha, eng qadimgi turkiyzabon xalq Xitoy solnomalarida miloddan avvalgi 1756 yildan tilga olinadi. Lekin bu xalq \u00abTurk\u00bb nomi bilan emas, balki \u00abxun\u00bb deb atalgan. \u00abTurk\u00bb so\u2019zi etnik (xalq) nomi sifatida milodimizning V asridan boshlab uchraydi. Xunlar turkiy xalqlarning uzoq ajdodlari bo\u2019lib, juda qadimiy tarixga egadirlar. Xunlar Markaziy Osiyo, Kaspiy dengizi bo\u2019ylari hamda Shimoliy Kavkaz va G\u2019arbiy Yevropa yerlarigacha cho\u2019zilgan hududlarda yashaganlar. Miloddan avvalgi 207 yildan to milodning 216 yiligacha, ya\u2019ni 423 yil hukmronlik qilgan Ulug\u2019 Xun saltanati sharqiy va g\u2019arbiy qismga bo\u2019linib idora qilingan. 374 yildan to 469 yilgacha Yevropoda Xunlar saltanati mavjud bo\u2019lgan. Bu saltanatning asoschisi Balamir (374-400) hisoblanadi. U juda ko\u2019p mamlakatlarni o\u2019z qo\u2019l ostida birlashtiradi. Sharqiy Rus, Ruminiya, Yugoslaviyaning shimoli, Mojariston (Vengriya), Avstriya, Chexoslovakiya, Sharqiy va O\u2019rta Olmoniya mamlakatlari bu saltanatga kirgan. Xun Hukmdorlaridan Attila (434-453) nomi Yevropada hozirgacha ma\u2019lum. Ikkinchisi Oq Xun saltanatidir. Bu O\u2019rta Sharq \u2013 Eftalit saltanati deb ham yuritiladi. Sulolaning asoschisi Kun xon bo\u2019lgan. Uning tarkibiga Hindistonning yarmi, Afg\u2019oniston va Turkiston kirgan. Hindiston bu sulola tarkibida bo\u2019lganligidan ko\u2019k tangridan tashqari buddizm ham yetakchi din hisoblangan. Qayd qilinishicha, V asrning ikkinchi yarmida Xun davlati turli sabablarga ko\u2019ra parchalanib ketgan. Xunlarning uncha katta bo\u2019lmagan bir toifasi o\u2019z atrofiga qisman mo\u2019g\u2019ul va xitoy muhojirlarini birlashtirib, hech qanday hokimiyatga va davlatga bo\u2019ysunmasdan ko\u2019chmanchilik qilib hayot kechirganlar. Ana shu toifani ya\u2019ni ularga qo\u2019shilgan mo\u2019g\u2019ullarni \u00abTurk-utu\u00bb, ya\u2019ni \u00abbo\u2019ri urug\u2019i\u00bb deb ataganlar. Bu degan so\u2019z turklar bo\u2019ridan tarqalgan ma\u2019noni bildirmaydi. Balki barcha xalqlarning uzoq o\u2019tmishida bo\u2019lgani singari har bir qabilaga homiylik qilgan hayvon, daraxt va jismlar nomi bilan atalgan.<\/p>\n\n\n\n<p>VI asr boshlariga kelib, o\u2019sha qabilalar uyushmasi son jihatidan osha borgan. Nomlanishdagi ikkinchi so\u2019z tushib qolib, \u00abTurk\u00bb deb atalavergan. Ana shu tariqa VI asr o\u2019rtalariga kelib, Markaziy Osiyoda Turk xoqonligi tarkib topadi. Unga asos solgan kishi Ashin bo\u2019lgan. 545 yilda Qo\u2019zg\u2019olon ko\u2019targan jo\u2019jonlarga Teles qabilalari zarba beradi va o\u2019z navbatida turklar Teles qabilalarini tor-mor keltiradi. Shundan so\u2019ng 545 yildan e\u2019tiboran Turk xoqonligi Markaziy Osiyo, Mo\u2019g\u2019uliston, G\u2019arbiy Sibir va Dashti Qipchoq yerlarida hukmron davlatga aylanadi. Umuman, birinchi va ikkinchi turk xoqonligi 545 yilda to\u2019liq mustaqillikka erishganlaridan so\u2019ng o\u2019z hukmronliklarini deyarlik ikki yuz yil davom ettirdilar. Turk xoqonlari nihoyatda katta hududlarga ega bo\u2019lgan mamlakatlarini sakkizta tobe xonliklar asosida boshqardi. Sharqiy xoqonlik markazi Oltoyda, G\u2019arbiy xoqonlik Yettisuvda bo\u2019lgan.<\/p>\n\n\n\n<p>563-567 yillarda Turk xoqonligi qo\u2019shinlarining kuchli zarbalari ta\u2019sirida O\u2019rta Osiyodagi eftalitlar davlati barbod bo\u2019ldi. Turk xoqonligi yerlari yanada kengayib, u Amudaryo va Kaspiy dengizi chegaralarigacha yetib bordi. Turk xoqonlari O\u2019rta Osiyoda o\u2019z hukmronligini o\u2019rnatish bilan chegaralanmay, sosoniylar Eroni bilan ham vaqti-vaqtida urushlar olib bordilar. V-VII asrlarda feodal zulmining kuchayishi oqibatida yersiz aholi kadivarlarning ahvoli yomonlashadi va bu davrda dehqonlar zulmiga qarshi Eronda Mazdak, Buxoroda Abro\u2019y boshchiligida qo\u2019zg\u2019olonlar ko\u2019tarilgan va ular shavqatsizlik bilan bostirilgan.<\/p>\n\n\n\n<p>VII asr boshida arab xalifaligi yuzaga kelishi arafasida yarim orolda mavjud ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy taraqqiyot darajasi bir xil emas edi. Yamanda quldorlik munosabatlari hukmronlik qilgan bir paytda mamlakatning shimoliy qismida quldorlik munosabatlari endigina kurtak otayotgan, chorvachilik bilan shug\u2019ullanayotgan qabilalarda patriarxal urug\u2019chilik tuzumi ilk yemirilish bosqichida edi. Aholining asosiy qismi ko\u2019chmanchi chorvachilik bilan mashg\u2019ul edi. Shaqarliklar esa hunarmandchilik va savdo-sotiq bilan band bo\u2019lgan. Ko\u2019chmanchi aholi \u00abbadaviylar\u00bb nomi bilan atalgan. Tushunarliki, Arabiston yarim orolida yashovchi qabilalar o\u2019zlariga qo\u2019shni mamlakatlarga qaraganda tarixiy taraqqiyotning quyi bosqichida edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Ayni vaqtda Arabiston yarim orolining g\u2019arbiy qismidagi qizil dengiz sohillarida geografik qulay hududda joylashgan hijoz tumanida iqtisodiy taraqqiyot ancha ilgarilab ketgandi. Bu hududning markazi bo\u2019lgan Makka shahri diniy markaz sifatida ham o\u2019rni ancha yuqori bo\u2019lgan. Makkadagi Zam-zam Qudug\u2019i qadimdan ko\u2019chmanchi qabilalar va o\u2019tkinchi savdogarlar e\u2019tiborini qozongandi. Nihoyat, Makkada qurilgan birinchi bino-Ka\u2019ba arablarning muqaddas joyiga aylangandi. Demak, Makka arab qabilalarini birlashtirishda muhim rol o\u2019ynashi mumkin edi. Chunki V-VI asrlarda arab qabilalari ittifoqi mustahkam emas edi. Negaki, har bir qabila turla dinlarga sig\u2019inardi. Ko\u2019p xudolilik va ko\u2019p payg\u2019ambarlilik negizida tez-tez kelib chiqadigan va sodir bo\u2019ladigan qabilalar hamda urug\u2019lar o\u2019rtasidagi urushlar xalq ommasiga katta qiyinchiliklar tug\u2019dirardi. Ko\u2019p xudolikka asoslangan qabilaviy urushlar siyosiy parokandalikka olib kelib, bu mamlakatni yagona davlatga birlashtirishga asosiy g\u2019ov bo\u2019lmoqda edi. Ana shu zaruriy ehtiyoj oqibatida yakka xudolikni bosh bayroq qilib olgan, insonlarni to\u2019g\u2019ri va haq yo\u2019lga boshlovchi islom dini vujudga keldi. \u00abIslom\u00bb so\u2019zi arabcha \u00abxudoga o\u2019zini topshirish\u00bb, \u00abitoat\u00bb, \u00abbo\u2019ysinish\u00bb ma\u2019nosini anglatadi. Shu bois bu dinga e\u2019tiqod qiluvchilar \u00abMuslim\u00bb (\u00abbo\u2019yin eguvchi\u00bb) deb ataladi. Islom dinining asoschisi Muhammad alayhissalom (570-632) dir. Uning otasi Abdulloh Kuraysh qabilasining boshlig\u2019i Abutolibning o\u2019g\u2019li bo\u2019lgan. Yana Abutolib Makkadagi Ka\u2019ba maschiti kalitining saqlovchisi edi. Ota onadan yosh yetim qolgan Muhammad dastlab bobosi, so\u2019ng amakisining qo\u2019lida tarbiyalanadi. U 25 yoshida amakining maslahatiga ko\u2019ra badavlat, 40 yoshdagi ayol Xadichaga uylanadi va uning savdo ishlariga boshchilik qiladi.<\/p>\n\n\n\n<p>632 yil 8 iyunda Muhammad alayhissalom vafot etdi. Uning ishlarini noiblari yoki o\u2019rinbosarlari (arabcha xalifalar) davom ettirdilar. Ana shu tariqa Arab xalifaligi paydo bo\u2019ldi. Islom dunyosida asosan to\u2019rtta xalifa alohida diqqatga loyiqdir: Abu Bakr (632-634), Umar (634-644), Usmon (644-656) va Hazrat Ali (656-661). Ulardan so\u2019ng xalifalik 661-750 yillarda ummaviylar sulolasiga o\u2019tgan. Bu sulolaga Muoviya bin Abu So\u2019fyon (661-680) asos solgan. Ummaviylardan so\u2019ng xalifalikni abbosiylar (750-1258) davom ettirdilar. Uning asoschisi Muhammad alayhissalomning amakilari avlodidan Abul Abbos as- Saffoq (749-754) edi. Islom dini bayrog\u2019i ostida Arab xalifaligi VI-VIII asrlarda Shimoliy Afrika, Shom yurti, Falastin, Iroq, Eron va boshqa xududlarni bosib oldi va o\u2019z hukumronligini o\u2019rnatdi. O\u2019rta Osiyo xalqlari qariyb yarim asr davomida arab istilochilariga qattiq turib qarshilik ko\u2019rsatganlar. Bunday qarshilikni arablar boshqa yerlarni bosib olishda uchratmagan edi. Katta kuchga ega markazlashgan xalifalik harbiy qo\u2019shinlari qiyinchiliklariga qaramay O\u2019rta Osiyoda o\u2019z hukmronligini o\u2019rnatadi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>O\u2019zbek xalqining kelib chiqishi \u2013 etnogenezi juda kam o\u2019rganilgan, tarix, arxeologiya, etnografiya, antropologiya, tilshunoslik, folklorshunoslik kabi fanlarning ancha jiddiy tadqiqotlarini kutayotgan masalalardan biridir. 1998 yil iyunida Prezident I. Karimov ham &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/ozbek-xalqining-etnik-shakllanishi-ilk-orta-asrlar-davlatchiligi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":0,"parent":0,"menu_order":0,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","template":"","meta":{"footnotes":""},"class_list":["post-952","page","type-page","status-publish","hentry","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/952","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/pages"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/page"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=952"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/952\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":953,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/952\/revisions\/953"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=952"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}