{"id":954,"date":"2021-09-10T07:42:19","date_gmt":"2021-09-10T04:42:19","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?page_id=954"},"modified":"2021-09-10T07:42:19","modified_gmt":"2021-09-10T04:42:19","slug":"ix-xii-asrlarda-ozbek-davlatchiligi-orta-osiyo-xalqlari-hayotida-yuz-bergan-uygonish-renessans-davri","status":"publish","type":"page","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/ix-xii-asrlarda-ozbek-davlatchiligi-orta-osiyo-xalqlari-hayotida-yuz-bergan-uygonish-renessans-davri\/","title":{"rendered":"IX-XII asrlarda o\u2019zbek davlatchiligi, O\u2019rta Osiyo xalqlari hayotida yuz bergan uyg\u2019onish (renessans) davri"},"content":{"rendered":"\n<p>VIII asr oxiri va XI asr boshida arab xalifaligi og\u2019ir siyosiy vaziyatni o\u2019z boshidan kechirdi. Xalifalik hududida mahalliy xalqlarning hukmron ma\u2019murlar zulmiga qarshi qo\u2019zg\u2019olonlar avj oldi, ayniqsa uning boshqaruv markazida ichki nizolar tinimsiz davom etmoqda edi. Bu vaziyat o\u2019z navbatida joylarda, xususan O\u2019rta Osiyoda ham mustaqil davlatlarning tashkil topishi uchun shart-sharoitlar yaratmoqda edi. Dastlabki bunday davlatlar arablar istilo qilib ulgurmagan O\u2019rta Osiyoning shimoliy va shimoliy-sharqiy hududlarida shakllandi. Ulardan birinchisi qarluqlar davlati bo\u2019lsa, ikkinchisi O\u2019g\u2019uzlar davlati edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Oloy daryosining g\u2019arbida, Irtish daryosining o\u2019rta oqimida istiqomat qilgan qarluqlar qadimdan turkiy elatlar bo\u2019lib, VI-VII asrlarda Turk xoqonligi tarkibida bo\u2019lganlar. VII asr o\u2019rtalarida Yettisuv o\u2019lkasiga kelib joylashgan. qarluqlarning katta guruhi Talos va Chu daryolari adoqlaridan Issiqko\u2019lgacha bo\u2019lgan hududlarda yashaganlar. Ular VIII asr oxirlarida davlat bo\u2019lib birlashdilar. Uning markazi Chu daryosi shimolida joylashgan Siyob shahri bo\u2019lgan. Bu davlat hududiga yana Jo\u2019l, Navkat, Karmankot, Yor, To\u2019n, Barsxon, Panjikent, Beklig\u2019 kabi shaharlar kirgan. Xalqning asosiy mashg\u2019uloti chorvachilik va ovchilik bo\u2019lgan. Daryo vodiylarida esa dehqonchilik bilan shug\u2019ullanganlar. Ular dastlab moniy va nasroniy dinlarini, so\u2019ngra X asr o\u2019rtalarida islomni qabul qilganlar, hattoki, shaharlarda jome masjidlari qurganlar. qarluqlar doimo janubda yag\u2019molar, g\u2019arbda Sirdaryo etaklarida yashovchi o\u2019g\u2019uzlar tazyiqidan aziyat chekkanlar. X asrda qoraxoniylar davlati shakllanganidan keyin qarluqlar uning tarkibiga singishib ketgan. Ular asosan Shosh, Farg\u2019ona va Zarafshon vohalarigi kelib joylashib, mahalliy aholi bilan qorishib ketdilar.<\/p>\n\n\n\n<p>O\u2019g\u2019uzlar esa VII asrga qadar qarluqlar singari Turk xoqonligi tarkibida bo\u2019lgan. Ular tarixda to\u2019quz o\u2019g\u2019uz nomi bilan tilga olinadi. Turk xoqonligi yemirilgach, o\u2019g\u2019uzlarning katta bir qismi g\u2019o\u2019z yoki o\u2019g\u2019uz nomi bilan Sirdaryo havzasi va Orol dengizi atroflarida o\u2019rnashib, IX asr oxiri X asr boshida Turklarning yana bir birlashmasi sifatida \u2013 O\u2019g\u2019uzlar davlatiga asos soldilar. Uning chegaralari shimolda Irtish daryosidan to Ural tog\u2019 tizmalarining janubi sharqiy yonbag\u2019rigacha, janubda Kaspiy dengizining shimoli-g\u2019arbiga qadar cho\u2019zilgan edi. O\u2019g\u2019uzlar asosan chorvachilik, o\u2019troq dehqonchilik bilan shug\u2019ullangan. Shosh va Xorazm yerlariga doimo hujum uyushtirib turgan, shahar va ovullarni talaganlar.<\/p>\n\n\n\n<p>Somoniylar davlatida markaziy va viloyatlar boshqaruvi tizimi yuzaga keldi. Markaziy boshqaruv dargoh (saroy) va devon (mahkama) orqali amalga oshirildi. Boshqaruvda amir (hukmdor)ning shaxsiy lashkari bo\u2019lmish turk g\u2019ulomlarining roli katta bo\u2019lgan. Eng obro\u2019li, iqtidorli g\u2019ulomlar xiyolboshi (otliq askarlar boshlig\u2019i), so\u2019ng hojib lavozimini egallaganlar. Amirning hamma hukm va farmoyishlarini ijro etuvchi sohibi xaros yoki amiri xaros oliy siyosiy hokimiyatni boshqargan. Somoniylar saroyida ham devonboshilar, mirzaboshilar, miroxo\u2019rlar va boshqa mansablar mavjud bo\u2019lgan. Devonlarning eng kattasi vazir devoni hisoblanib, unga boshqalari bo\u2019ysungan.<\/p>\n\n\n\n<p>X asr o\u2019rtalarida Yettisuv va Qashqarda yashovchi Qarluq, chig\u2019il va yag\u2019mo qabilalarining ijtimoiy\u2013iqtisodiy hayotida muhim o\u2019zgarishlar sodir bo\u2019ldi. Avvaldan asosan chorvachilik bilan shug\u2019ullangan bu qabilalar endi o\u2019troq hayotga o\u2019ta bordi va dehqonchilik bilan shug\u2019ullana boshladi. Shaharlar yuzaga keldi, yana bu davrda Issiqko\u2019l janubi va Qashqarda yashagan yag\u2019molarning o\u2019zlaridan shimolda yashayotgan chig\u2019il qabilalari bilan yaqinlashuvi tezlashdi. Ular Yettisuvdagi Qarluqlarni uyushtirib, o\u2019zlariga bo\u2019ysundirdilar. Yag\u2019mo urug\u2019idan chiqqan, o\u2019z qavmi bilan islomni qabul qilgan Sotuq Abdul \u2013 Karim Qoraxon (Bug\u2019raxon) 942 yili Bolasog\u2019un hokimini mag\u2019lub etib, o\u2019zini xoqon deb atadi. Demak, Qoraxon davlati Yettisuv hududida Qarluq davlati o\u2019rnida tashkil topdi. Bu davlatning vujudga kelishida chigillar, tuxsilar, arg\u2019ular, yag\u2019molar, turgashlar, Qipchoqlar, yabaqular, qaylar, o\u2019g\u2019uzlar, qirg\u2019izlar singari urug\u2019-qabilalar muhim rol o\u2019ynagan. Bu davlatga yuqorida qayd etilgan Sotuq Abdul \u2013 Karim Qoraxon asos solgan. Xoqon nomiga ko\u2019ra Qoraxoniylar davlati deb nomlangan. U o\u2019zini Afrosiyob (Alp Er To\u2019nga) ning avlodi deb hisoblar edi. \u00abQora\u00bb iborasi qadimgi turkiy tilda \u00abbuyuklik\u00bb, \u00abulug\u2019lik\u00bb ma\u2019nolarini bildirgan. Odatda Qoraxoniylar hukmdorini \u00abtamg\u2019achxon\u00bb, ya\u2019ni, \u00abxonlar xoni\u00bb deb yuritgan. Sotuq zamonida Qoraxoniylar davlati ikkiga bo\u2019linib ketadi. Birining poytaxti Bolasog\u2019un bo\u2019lib, oliy hokimiyat yoshi katta bo\u2019lgan xoqon tomonidan boshqarilgan. Ikkinchi davlatning poytaxti Taroz, keyinchalik Qashqar bo\u2019lib, kichik xoqon tomonidan boshqarilgan. Qoraxoniylar somoniylar davlatidagi ichki nizolardan ustalik bilan foydalandilar. Hasan Bug\u2019roxonning 992 yili somoniylarga qarshi harbiy yurishi oldidan somoniylar lashkarboshisi Abuali Simjuriy u bilan muzokara olib borgan. Somoniylarning boshqa lashkarboshilaridan Balx hokimi Foyiq Raboti Malik yaqinidagi Bug\u2019roxonga qarshi jangda, har tomonlama ustunlikka ega bo\u2019lishiga qaramasdan taslim bo\u2019ladi. Iloq hokimi Mansur ibn Ahmad esa xoqonga tobelik bildirib, uning nomiga pul zarb etadi. Shu bois Bug\u2019roxon 992 yilgi birinchi hujumdayoq Buxoroni egallashga erishadi. Lekin Bug\u2019roxon kasallangani tufayli Buxoroni tark etdi va yurtiga qaytish chog\u2019ida yo\u2019lda vafot etildi. Bundan foydalangansomoniylar vakili Nuh II ning o\u2019g\u2019li Nasr Somoniy Buxoro taxtini qayta egallaydi. Lekin Qoraxoniylar 996 yili Buxoroni to\u2019liq ishg\u2019ol qiladi. Butun Movarounnahr Qoraxoniylar tasarrufiga o\u2019tadi. 1001 yildagi Mahmud G\u2019aznaviy bilan tuzilgan shartnomaga ko\u2019ra Amudaryoning janubidagi barcha yerlar Qoraxoniylar qo\u2019liga o\u2019tgandi. Shu tariqa Somoniylar davlati o\u2019rnida ikkita turk davlati \u2013 Qoraxoniylar va G\u2019aznaviylar davlatlari tashkil topdi. XI asr o\u2019rtalarida tamg\u2019ochxon unvonini olgan Qoraxoniy Ibrohim ibn Nasr g\u2019arbiy Qoraxoniylar davlatining poytaxtini O\u2019zganddan Samarqandga ko\u2019chirdi. 1068 yilda Movarounnahrda Ibrohim ibn Nasr o\u2019g\u2019illari o\u2019rtasida taxt uchun bo\u2019lgan kurashlarda Shamsulmulk g\u2019alaba qozondi. 1080 yilda Shamsulmulk vafotidan keyin Movarounnahrda hokimiyat uchun kurash yana avj oldi. Bundan foydalangan saljuqiylar sultoni Malikshoh 1089 yilda Movarounnahrga bostirib kirib, Buxoro va Samarqandni zabt etadi. Ahmadxon asirga olinadi. Ahmad bilan sulh qilinib, uni o\u2019z taxtida qoldiradilar. Lekin uning saljuqiylarga itoatkorligi amirlar va ruhoniylar noroziligiga sabab bo\u2019ldi. Natijada Ahmadxon 1095 yilda o\u2019ldiriladi. Undan keyin taxtga o\u2019tirgan Arslonxon (1102-1130) davrida Qoraxoniylar garchi yarim mustaqillik sharoitida siyosat yurgizgan bo\u2019lsalar ham, Samarqandning obodonligi bo\u2019yicha ko\u2019rinarli ishlar qilindi. Lekin Arslonxon siyosatidan harbiy qo\u2019mondonlar va ruhoniylar norozi edilar. Arslonxon sog\u2019ligi yomonlashgani uchun hokimiyat uning o\u2019g\u2019li Nasrga o\u2019tadi. Lekin fitnachilar Nasrni o\u2019ldiradilar. Arslonxon Marvdan Sulton Sanjarni yordamga chaqiradi. Bundan foydalangan Sanjar 1130 yilda Samarqandni egallaydi.<\/p>\n\n\n\n<p>XII asr boshlarida Qoraxitoylar Bolasog\u2019unni egalladilar. 1138 yilda Qoraxitoylar go\u2019rxoni Sulton Sanjarning Qarindoshi, Samarqand hukmdori Mahmudni Xo\u2019jand yaqinida mag\u2019lub etdi. Shahar talanib, katta tovon undirildi. Lekin shahar bosib olinmadi. 1141 yilda Qoraxoniylar yana Movarounnahrga bostirib kirdilar. Bu galgi jang Samarqand yaqinidagi Katvon cho\u2019lida bo\u2019ldi. Jangda Sulton Sanjar va Mahmudning birlashgan qo\u2019shnilari tor\u2013mor qilindi. Qoraxitoylar Samarqand va Buxoroni egalladilar. So\u2019nggi Qoraxoniylar Qoraxitoylarga tobelikdan qutulgan edilar. Lekin 1212 yilda Alovuddin Muhammad Xorazmshoh g\u2019arbiy Qoraxoniylar davlatining xoqoni Usmonni o\u2019ldirib, Samarqandni o\u2019z mulkiga qo\u2019shib oldi. Qoraxoniylar davrida Movarounnahr markazlashgan davlat tizimidan alohida mulk boshqaruv tizimiga o\u2019tdi. Har bir viloyat ma\u2019lum siyosiy mavqega ega holda xondan kichikroq unvonga ega elikxonlar tomonidan boshqariladigan bo\u2019ldi.<\/p>\n\n\n\n<p>Xorazm somoniylar davrida ularga tobe edi. Xorazm davlati o\u2019z mustaqilligiga g\u2019aznaviylar va saljuqiylar hukmronligiga qarshi kurash jarayonida erishdi. 996 yilda Shimoliy Xorazm shoqi Ma\u2019mun ibn Muhammad (995-997) ikki qismga bo\u2019lingan o\u2019lkani birlashtirib, xorazmshoh unvonini oladi va Urganchni o\u2019z poytaxtiga aylantiradi. X asr ikkinchi yarmidan G\u2019azna shahri Xurosonning siyosiy markaziga aylanadi. G\u2019aznaviylar davlatiga dovyurak turk qo\u2019mondoni Sabuqtegin asos solgan (962). Bu davlat uning o\u2019g\u2019li Sulton Mahmud (998-1030) davrida musulmon dunyosining eng kuchli davlatlaridan biriga aylanadi. Mohir siyosat arbobi Mahmud Qoraxoniylar bilan bo\u2019lgan kelishuvga binoan o\u2019zining shimoliy chegaralarini aniqlab, g\u2019arbda Kaspiygacha bo\u2019lgan hududlarni rasmiy jihatdan mustahkamlab oldi. Shu tariqa uning davlati tarkibiga hozirgi Afg\u2019oniston, O\u2019rta Osiyoning katta qismi, Shimoli-Sharqiy Eron va Shimoliy Hind yerlari kirgan. Mahmud G\u2019aznaviy temir intizomli, yaxshi harbiy tayyorgarlik ko\u2019rgan, zamonaviy qurollangan katta qo\u2019shin tashkil qilgan. Unga tayanib, ko\u2019plab istilochilik yurishlarini uyushtirdi va katta boyliklarni qo\u2019lga kiritdi. Jumladan, u Shimoliy Hindistonga 17 marta harbiy yurishlar uyushtirgan. 1019 yilda Kanauja shahrini zabt etdi. 1010-1015 yillarda Xurosonning G\u2019ur viloyati ham unga taslim bo\u2019ldi. Mahmud G\u2019aznaviy Xorazmning moddiy boyliklari va madaniy salohiyatini e\u2019tiborga olib, Xorazm shohini o\u2019ziga tobe etish maqsadida o\u2019z singillarini Xorazmshoh Ali ibn Ma\u2019mun (997-1009); uning ukasi Ma\u2019mun ibn Ma\u2019mun (1009-1016) ga uzatadi. Ma\u2019mun ibn Ma\u2019mun shohligining so\u2019nggi yillarida Mahmud G\u2019aznaviyning Xorazmga tazyiqi kuchaydi. 1017 yilda shohning Xozaraspda turgan qo\u2019shinida Ma\u2019munga qarshi fitna uyushtirilib, suiqasd qilinadi. Isyonchilardan o\u2019ch olish bahonasida Mahmud G\u2019aznaviy Xorazmga bostirib kirib, uni egallaydi. Xorazmda o\u2019z odami Oltuntoshni noib qilib qoldiradi. Mahmud G\u2019aznaviy vafotidan so\u2019ng (1030) uning o\u2019g\u2019li Ma\u2019sud davrida (1030-1041) bu davlat ichki ziddiyatlarning kuchayishi va saljuqiy turklarning ketma\u2013ket hujumlari, ayniqsa, 1040 yildagi Dandanakondagi zarba natijasida o\u2019zini o\u2019nglab ola olmadi. Nihoyat, 1043 yilda Xorazmni saljuqiylar bosib oldi. Saljuqiy sultoni Malikshoh (1072-1092) o\u2019z tashtdori Anushteginni 1076 yilda Xorazm hokimi etib tayinlaydi. Saljuqiylar davlati dastlab IX asrning ikkinchi yarmi va X asr o\u2019rtalarida Orolbo\u2019yi va Kaspiybo\u2019yi hududlarida yashagan o\u2019g\u2019uzlar ittifoqi negizida shakllangan edi. Uning dastlab poytaxti Sirdaryo etaklaridagi Yangikent edi. O\u2019g\u2019uzlar aslida 22-24 qabiladan iborat bo\u2019lgan. Unga chovdir, chandir, sireli, ichdir yazir, salir, qoradoshli, bayot, koyi kabi qabilalar kirgan. O\u2019g\u2019uzlarning muayyan sabablar bilan hozirgi Turkmaniston yerlariga o\u2019tib, islomni qabul qilgan va o\u2019sha joydagi yerli aholi bilan singishib ketgan qismi turkmanlar nomini olgan. O\u2019g\u2019uzlarning yobg\u2019usi (yetakchisi) Saljuqbek Saljuqiylar davlatiga asos solgan. Uning avlodlari \u2013 To\u2019g\u2019rulbek, Chog\u2019irbek va Shakarbeklar bu davlatni buyuk saltanat darajasiga ko\u2019tardilar. O\u2019g\u2019uzlar turli xalqlarning, chunonchi o\u2019zbek, turkman, turk, gagauz va boshqa xalqlarning etnik shakllanishiga ham sezilarli darajada ta\u2019sir ko\u2019rsatganlar. Ko\u2019chmanchi chorvador qabilalar bo\u2019lgan o\u2019g\u2019uz \u2013 turkmanlar XI asr o\u2019rtalariga qadar Qoraxoniylar va g\u2019aznaviylar hukmdorlari bilan kelishuv asosida bu davlatlarga qarashli turli hududlarda o\u2019z ko\u2019ch\u2013ko\u2019roni, chorvasi bilan ko\u2019chib yurganlar. Ba\u2019zi hollarda mahalliy aholi bilan kelisha olmay ularga hujum uyushtirib, talonchilik va bosqinchilik bilan ham shug\u2019ullanganlar. G\u2019aznaviylar roziligi bilan Niso, Farova, Dehiston, Obivard hududlarida joylashgan turkman o\u2019g\u2019uzlari To\u2019g\u2019rulbek boshchiligida tez orada katta kuch bo\u2019lib birlashib, G\u2019azna davlatiga Ham jiddiy xavf sola boshlaydi. To\u2019g\u2019rulbek qisqa vaqtda Xuroson yerlarini ishg\u2019ol Qildi. 1040 yilda Saraxs va Marv o\u2019rtasidagi Dandanakonda qaqshatgich zarbaga uchragan g\u2019aznaviylar hududlari ham saljuqiylar tasarrufiga o\u2019tdi. To\u2019g\u2019rulbek Saljuqiylar davlatining boshlig\u2019i (1038-1063) sifatida istilochilik yurishlarini g\u2019arb tomonga davom ettirib, Fors Iroqi, Ozarbayjon, Kurdiston, Qo\u2019histonni zabt etdi. 1055 yilda xalifalik poytaxti Bog\u2019dodni o\u2019ziga bo\u2019ysindirdi. Ray shahri (Eron) uning poytaxti edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Saljuqiylar davlati, ayniqsa, Sulton Sanjar (1118-1157) davrida o\u2019z hududlarini kengaytirdi. Bu davrda Xorazm ham saljuqiylar nomidan boshqarildi. Qoraxoniylar xoni Arslonxon ham Sulton Sanjar bilan hisoblashishga majbur bo\u2019lgan. Biroq 1141 yilda Katvon cho\u2019lida Qoraxoniylar bilan bo\u2019lgan katta to\u2019qnashuvda saljuqiylar qaqshatqich zarbaga uchragach, ularning hukmdorlari ham inqiroz tomon yuz tutdi. Sulton Sanjar vafotidan keyin (1157) saljuqiylar davlatining Movarounnahrdagi ta\u2019siri amalda barham topdi. Xorazmda anushteginlar sulolasining mustahkamlanishi, o\u2019lkaning ijtimoiy\u2013iqtisodiy rivojlanishida Qutbiddin Muhammad garchi muhim rol o\u2019ynagan bo\u2019lsa-da, biroq uning butun hukmronlik davri saljuqiylar ta\u2019siri doirasida o\u2019tdi. Shuning uchun ham Xorazmning mustaqil davlat sifatidagi o\u2019rni va mavqei ko\u2019proq uning o\u2019g\u2019li Otsiz (1127-1156) hamda anushteginiylarning keyingi avlodlari: El Arslon (1156-1172), Takash (1172-1200) va Alavuddin Muhammad (1200-1220) davrlarida har jihatdan ko\u2019zga tashlandi. So\u2019nggi hukmdorlar Takash va Muhammad Xorazmshohlar davriga kelib, Xorazm davlati o\u2019rta asrlar davridagi eng qudratli saltanatga aylanadi. Ayniqsa, Otsiz hukmronligi davrida Xorazm saljuqiylarga bo\u2019lgan tobelikdan, Qoraxitoylarga 30 ming dinar to\u2019lash majburiyatidan ozod bo\u2019ldi. Bu Xorazm mustaqilligini ta\u2019minlashda juda katta qadam edi. Hattoki, Otsiz o\u2019z hududini kengaytirishga ham harakat qildi. 1141 yilda Qoraxitoylar bilan Sulton Sanjar o\u2019rtasidagi qonli to\u2019qnashuv va unda saljuqiylar mag\u2019lubiyatidan foydalangan Otsiz Xuroson yerlarini, Marv va Nishopur shaharlarini egalladi. Otsizning vorisi El Arslon ham mamlakat mustaqilligini ta\u2019minlash yo\u2019lida Qoraxitoylar bilan jang olib bordi. El Arslon vafotidan foydalangan Qoraxitoylar Xorazm hududiga bostirib kirdilar va uni o\u2019lpon to\u2019lashga majbur qildilar. Ammo Xorazm taxtini egallagan Takash (1172-1200) o\u2019z davlati qudratini yuksaltirishga muvaffaq bo\u2019ldi 1187-1193 yillarda u Nishopur, Ray va Marv shaharlarini bosib oldi. 1194 yilda saljuqiylar sultoni To\u2019g\u2019rul 2 ta zarba berib, Eronni egalladi. Uning yirik va katta markazlashgan hokimiyat boshqaruviga ega bo\u2019lgan. Unda oliy idora \u2013 devon mavjud bo\u2019lib, davlatning ichki va tashqi siyosati vazir tomonidan amalga oshirilgan. Hokimiyatning muhim bo\u2019g\u2019inlarida Takashning xotini \u2013 Turkon xotinga qarashli qipchoq qavmlarining ta\u2019siri kuchli bo\u2019lgan. Xorazm davlatining eng yuksalgan cho\u2019qqisi ham, uning inqirozi ham shu so\u2019nggi Xorazmshoq nomi bilan bog\u2019liq. Binobarin, Muhammad Xorazmshohning hukmdorlik davrining murakkabligi va ziddiyatliligi hamda fojealiligining boisi ham shundadir. Negaki, shuhratparastlik va jahongirlikka nihoyatda o\u2019ch bo\u2019lgan Sulton Muhammad o\u2019zining 20 yillik hukmronlik davrida, bir tomondan to\u2019xtovsiz jangu jadallarda bo\u2019lib, qanchadan\u2013qancha hududlarni bosib olishga erishgan bo\u2019lsa, ikkinchi tomondan, uning davrida katta saltanat turli ichki va tashqi sabablarga ko\u2019ra yemirilish va chuqur tushkinlik holatini boshidan kechirdi. Bu esa oqibatda xorazmshohlar davlatining qulashi va mo\u2019g\u2019ul istilosiga duchor bo\u2019lishiga olib keldi. Dastlab Muhammad Xorazmshoh katta qo\u2019shin tuzib, zafarli harbiy yurishlar qildi, o\u2019z davlatining hududlarini kengaytirdi. Janubda Hindiqush tog\u2019larigacha, janubi \u2013 g\u2019arbda Fors qo\u2019ltig\u2019i, xalifalik davlati chegaralarigacha, Sharqda Yettisuvga qadar bo\u2019lgan hududlarni egallashga muvaffaq bo\u2019ldi. 1210 yilda Talos vodiysida Qoraxitoylar bo\u2019lgan hal qiluvchi jangda ularni ham yyengib, o\u2019z qudratini namoyon etdi. Ushbu g\u2019alabalardan so\u2019ng Xorazmshoh o\u2019ziga ortiqcha bino qo\u2019ydi, o\u2019zini \u00abIskandari soniy\u00bb (\u00abikkinchi Iskandar\u00bb), \u00abXudoning yerdagi soyasi\u00bb deb atashgacha borib yetdi. Biroq aslida esa uning saltanati \u00abusti yaltirog\u2019, ichi qaltiroq\u00bb edi. Buning sababi birinchidan, oliy hokimiyat chuqur ziddiyatga botgan edi. Hukmdorlar bilan uning hokimiyatparast, katta siyosat mavqeiga ega bo\u2019lgan uning onasi Turkon xotin va uning turkiy zodagonlaridan iborat muxolifotchi kuchlari o\u2019rtasidagi ittiloflar kuchayadi. Ikkinchidan, markaziy hokimiyat tizimi bilan mahalliy hokimlar, beklar o\u2019rtasidagi qarama\u2013qarshiliklar, ularning o\u2019zboshimcha hatti\u2013harakatlarining kuchayib borayotganligi saltanatni inqirozga tortmoqda edi. Buning ustiga hukmron tizimdan norozi bo\u2019lgan keng xalq ommasining g\u2019alayonlari faollashib bormoqda edi. 1206 \u2013 1207 yillarda Buxoroda yuz bergan Malik Sanjar boshchiligidagi, 1212 yilda Samarqandda ko\u2019tarilgan kuchli xalq qo\u2019zg\u2019olonlari xorazmshohlar davlatining halokatga borayotganligidan dalolat berdi.<\/p>\n\n\n\n<p>Ma\u2019lumotlarda qayd qilinishicha, Xorazmshohlar davlatining aholisi va uning tarkibidagi turli qatlamlari orasida sayyidlar, imomlar va olimlar, qozilar va hakimlar, tasavvuf vakillari, qishloq, kasaba, urug\u2019-qabila boshliqlari, oqsoqollar, amaldorlar va sipohiylar, islom dini uchun kurashuvchi g\u2019oziylar bo\u2019lganki, hukmdorlar ularni asosiy tayanch sifatida foydalanganlar. Mamlakat mehnatkashlarining qatlami va martabalar o\u2019rtasidagi farqlar somoniylar davlatidagi singari edi. Markaziy Osiyoda IX-XII asrlarda tashkil topgan markazlashgan davlatlar davrida Samarqand, Buxoro, Urganch, Marv, Termez va ko\u2019plab shaharlar ma\u2019muriy va madaniy markazlarga aylandi. Bu shaxarlarda ko\u2019rkam madrasalar, machitlar, maqbaralar va karvonsaroylar qurildi. Ularga X asrda barpo etilgn Ismoyil Samoniy maqbarasi, Samarqand yaqinidagi Arab ota maqbarasi, XI asrda Marvda barpo etilgan Sulton Sanjar va boshqa o\u2019nlab memoriy unshoatlarni aytish mumkin. Bu davrda Markaziy Osiyoda kulolchilikda ijobiy siljishlar ro\u2019y berdi. Ayniqsa badiiy kulolchilik tez taraqqiy etdi.<\/p>\n\n\n\n<p>Fanda \u00abUyg\u2019onish davri\u00bb deb nomlangan davr G\u2019arbiy va Markaziy Yevropadagi mamlakatlarda XIV\u2013XVI asrlardagi rivojlanishning o\u2019ziga xos xususiyatlarini ifodalash uchun ishlatilgan. Birinchi marta \u00abuyg\u2019onish\u00bb atamasini XVI asr italyan rassomi va tarixchisi J. Vazari o\u2019z asarlarida qo\u2019llaydi. Lekin bu atama XIV \u2013 XVI asr ijtimoiy\u2013iqtisodiy rivojlanish mohiyatini ochib bermasdan, ko\u2019proq antik davr merosini, ya\u2019ni, antik madaniyatga o\u2019xshash madaniyatning qaytadan \u00abtirilishi\u00bb, \u00abuyg\u2019onishi\u00bb va \u00abjonlanishi\u00bb ma\u2019nosida ishlatila boshlandi. Keyinchalik bu atama fanda keng qo\u2019llanildi. Shu ma\u2019noda ko\u2019pchilik tadqiqotchilar IX \u2013 XII asrlar O\u2019rta Osiyo xalqlari tarixida madaniyatning rivojlanishiga xos xususiyatlarini ham \u00abuyg\u2019onish\u00bb davri deb atalishi yuqorida qayd qilinganidek, shartlidir deb hisoblaydilar. Haqiqatda XV \u2013XVII asrlarda Yevropa mamlakatlarida birin\u2013ketin madaniy yuksalish ko\u2019zga tashlanadi. Bu madaniy yuksalish, birinchi navbatda, ijtimoiy\u2013iqtisodiy o\u2019zgarishlar bilan, jamiyat hayotida shaharlarning, shahar madaniyatining hunarmandchilik ishlab chiqarishining rivoj topishi bilan uzviy bog\u2019liq edi. Renessans madaniyati birinchi bo\u2019lib Italiyada boshlangan. Ma\u2019lumki, Italiya o\u2019sha davrda O\u2019rta yer dengizda, temir va havo yo\u2019llari bo\u2019lmagan bir davrda, suv yo\u2019li orqali savdo-sotiqni rivojlantirish, boshqa mamlakatlar bilan turli iqtisodiy \u2013 madaniy aloqalarni avj oldirishda markaziy o\u2019rinlardan birini egallar edi. Italiya suv yo\u2019li orqali bevosita rivoj topgan Sharq davlatlari, xususan, arab davlatlari bilan yaqindan aloqada bo\u2019lishga intildi. IX \u2013 XII asrlarda Yaqin va O\u2019rta Sharq xalqlari, musulmon Sharqi madaniyatning yuqori cho\u2019qqiga ko\u2019tarilgani tarixdan ma\u2019lum. Italiyaning bu davlatlar bilan iqtisodiy\u2013 madaniy aloqalari Yevropada Renessans madaniyatining vujudga kelishida muhim rol o\u2019ynagan. Italiyaning Sharqiy qo\u2019shnisi bo\u2019lgan Ispaniyada esa musulmon madaniyatini bevosita rivoj ettirgan arab davlati \u2013 Qordova xalifaligi deyarli XV asrlarga qadar davom etdi. Bularning barchasi Italiyada boshlangan Renessans, Uyg\u2019onish madaniyati shakllanishida IX-XII asrlarda Yaqin va O\u2019rta Sharq Uyg\u2019onish davri madaniyati, fani bilan uzviy bog\u2019liqligini ko\u2019rsatadi. XII-XV asrlarda Italiyada Muhammad Xorazmiy, Ahmad Farg\u2019oniy, Marvoziy, Farobiy, Ibn Sino, Ibn Rushd kabi mashhur Sharq olimlarining asarlari lotin tiliga tarjima etildi, arab ilmiy yutuqlarini o\u2019rganishga intilish kuchaydi. Bu asarlar Yevropaga keng tarqaldi va Renessans madaniyatining muhim qismiga aylandi. Ma\u2019lumki, V asr oxiri va IX asr o\u2019rtalariga kelib, arab xalifasi Sharqda eng rivojlangan imperiyaga aylandi. Xalifalar Mansur, Xorun ar \u2013 Rashid, Ma\u2019mun davrlarida xalifalikning markaziy shaharlari, xususan, Bog\u2019dod iqtisodiy va madaniy jihatdan eng rivojlangan shaharga aylandi. Madaniyat, ilm-fan taraqqiy etdi. Bu yerda turli ilmiy, diniy, muzokaralar avj oldi, turli mamlakatlardan kelgan ilm vakillari tomonidan keng ilmiy muhokamalar uyushtiriladigan bo\u2019ldi, ilmgohlar vujudga keldi, kitob ko\u2019chirish, turli tillardan arab tiliga ilmiy kitoblarni o\u2019girish avj oldi, maxsus tarjimonlar maktabi vujudga keldi, asar yozishga qiziqish kuchaydi. Bu davrda birinchi akademiya \u2013 \u00abDonolik uyi\u00bb tashkil topdi va bu yerda turli ilmlarning rivoji uchun keng imkoniyatlar yaratildi, arab xalifasi Ma\u2019mun uning rivojiga maxsus mablag\u2019 ajratib turdi. Akademiya \u2013 \u00abDonolik uyi\u00bbda xalifalikning turli o\u2019lkalaridan kelgan arab, yahudiy, fors, turk, hind, yunon olimlari birgalikda ish olib bordilar. Uning faoliyatida O\u2019rta Osiyodan borgan olimlar ham muhim rol o\u2019ynadi. Bu davr madaniyati Foydalanilgan adabiyotlarda Yaqin-Sharqda Uyg\u2019onish davri madaniyati sifatida talqin etiladi. Haqiqatda ham bu davrdagi Yaqin Sharqda arab tilidagi madaniyat o\u2019z mazmuni, yo\u2019nalishi, yutuqlari bilan Uyg\u2019onish davri madaniy yuksalishini o\u2019zida ifoda etdi.<\/p>\n\n\n\n<p>Uyg\u2019onish davri madaniyati boshqa o\u2019lkalardagi so\u2019nggi madaniy yuksalishga katta ta\u2019sir ko\u2019rsatdi. Ma\u2019lumki, VIII asrlarda O\u2019rta Osiyo Yaqin Sharqda yangi vujudga kelgan arab xalifaligi tomonidan istilo qilindi. Keskin kurashlar, qarshiliklarga qaramay yerli xalq bosqinchilarga qaram bo\u2019lib qoldi. Buyuk olim Beruniy qayd qilishicha, bosqinchilar yerli xalqlarga ham moddiy, ham ma\u2019naviy jihatdan katta zarar keltirdi \u2013 yerli hokimiyat tugatildi, shaharlar, qadimgi madaniyat, mavjud yozuvlar yo\u2019q qilindi, kitoblar yondirilib yuborildi, arxitektura, san\u2019at namunalari barbod bo\u2019ldi. Ilm &#8212; ma\u2019naviyat fidoyilari qurbon etildi va hokazo. Xalq xalifalikka, dinga qaram qilindi. Ma\u2019naviy norozilik kuchaya bordi, xalq mustaqillikni tiklash uchun kurashga qo\u2019zg\u2019aldi. VIII \u2013 IX asrlarda Abu Muslim, Shariq ibn Shayx, Sumbatmag, Muqanna boshchiligidagi xalq qo\u2019zg\u2019olonlari bo\u2019lib o\u2019tdi. Ular ozodlik uchun kurashdilar. Xalqning ana shu kurashi natijasida Tohiriylar, Somoniylar, Qoraxoniylar, G\u2019aznaviylar va Xorazmshohlar davlatlari vujudga keldi, ular uzoq umr ko\u2019rmay yo\u2019q bo\u2019lib ketgan bo\u2019lsa-da, har qalay Yaqin va O\u2019rta Sharqda yangi shakllangan musulmon o\u2019lkalari o\u2019rtasida iqtisodiy\u2013madaniy aloqalar avj oldi. Madaniyat namunalari bilan almashuv, o\u2019zaro ma\u2019naviy ta\u2019sir kuchaydi. Qadimgi hind, eron, arab, yunon madaniy boyliklari qorishib, foydalanilgan adabiyotlarda \u00abmusulmon madaniyati\u00bb deb nom olgan yangi madaniy qatlam vujudga keldi. Qadimgi madaniyat a\u2019analariga nihoyatda boy bo\u2019lgan O\u2019rta Osiyoda mustaqillikka erishgan xalq bu davr ichida o\u2019z madaniyatini yuksaklikka ko\u2019tara oldi. Shaharlar, shahar madaniyatining tez rivoji hamda madaniy aloqalarning kuchayishi samarasi bo\u2019lgan Uyg\u2019onish, Renessans shu davrda boshlandi. O\u2019rta Osiyo ilm\u2013fan, ma\u2019naviyat, tarixda misli ko\u2019rilmagan namunalar yaratdi.<\/p>\n\n\n\n<p>Forobiy, Ibn Sino, Beruniy, Firdavsiy, Rudakiy, Imom al-Buxoriy, Ahmad Yugnakiy, Mahmud Koshg\u2019ariy, Zamaxshariy kabilar shu davr madaniy yuksalishining cho\u2019qqilaridir. Hattoki, arab xalifasi Ma\u2019mun O\u2019rta Osiyo olimlarini xalifalikning markaziga olib ketgani va ular Bog\u2019dod akademiyasining ko\u2019rki bo\u2019lib, ilm uchun xizmat qilganliklari tarixdan ma\u2019lum. Muhammad Xorazmiy, Ahmad Farg\u2019oniy, Javhariy, Ibn Mansur Marvarudiy kabi olimlar shular jumlasidan. O\u2019rta Osiyoning buyuk o\u2019g\u2019lonlari nomi dunyo madaniyati sahifasida oltin satrlar bilan yozib qoldirilgan. Sotsial utopiya shu davrda shakllandi. Forobiy asarlaridagi yetuk, yuksak jamoa va komil inson haqidagi fikr\u2013xayollar shu davr mahsulidir. O\u2019rta Osiyoda bu davrda uch tilda: arab, fors, turkiy tillarda ijod etildi, tafakkur mevalari yozuvlarga muhrlanib, Sharqning turli burchaklariga yetib bordi. Bu davr madaniyati o\u2019zining kuchli gumanistik ruhi, insonparvarlik nafasi, odamlarni o\u2019zaro do\u2019stlikka chaqirish, aqlni e\u2019zozlashi bilan umuminsoniy qadriyatlarni yuksaklikka ko\u2019tardi. O\u2019rta Osiyo madaniyati tarixida Uyg\u2019onish, birinchi navbatda, qaramlikdan qutulish, mustaqil tafakkur, mustaqil ijod, mustaqil ma\u2019naviylik \u2013 mustaqillikning samarasi bo\u2019ldi. O\u2019rta Osiyoda IX &#8212; XII asrlarda hukm surgan somoniylar, qoraxoniylar, g\u2019aznaviylar va xorazmshohlar davlatlari xalqaro maydonda o\u2019z mavqei va tutgan o\u2019rni jihatidan katta e\u2019tibor va nufuzga ega bo\u2019ldilar. Ahmad Nasr, Ismoil Somoniy, Alptakin, Mahmud G\u2019aznaviy, To\u2019g\u2019rulbek, Sulton Sanjar, Otsiz, Takash singari tadbirkor va uzoqni ko\u2019ra oladigan davlat arboblari davrida O\u2019rta Osiyoda hayotning barcha jabhalarida yuksalishga erishildi, davlat hokimiyati mustahkamlandi, nisbatan tinchlik, osoyishtalik va barqarorlik vujudga keldi. Tarixchi Abu Mansur as\u2013Saolobiyning somoniylar Buxorosiga bergan ma\u2019lumotlari butun O\u2019rta Osiyo davlatlarining IX-XIII asrlardagi ahvoliga tegishlidir: \u00abshon\u2013shuhrat makoni, saltanat ka\u2019basi va zamonasining ilg\u2019or kishilari jamlangan, yer yuzi adiblarining yulduzlari porlagan hamda o\u2019z davrining fozillari yig\u2019ilgan (joy) edi\u00bb.<\/p>\n\n\n\n<p>XII asr o\u2019rtalarigacha bo\u2019lgan besh asrlik davr vatanimiz xalqlari ma\u2019naviy\u2013 madaniy hayotida nihoyatda muhim ahamiyat kasb etadi. Bu davrda madaniyat, uning deyarli barcha sohalari yuksak darajada rivoj topdi va O\u2019rta Osiyoning dunyo madaniyati tarixiga qo\u2019shgan hissasini belgilab berdi. Movarounnahr, Xuroson xalqlari qadimiy madaniy an\u2019analarga boy va ma\u2019naviy mavqei jihatidan yuqori edi. Shu sababli O\u2019rta Osiyo arab xalifaligiga, musulmon dunyosiga kirgandan so\u2019ng VIII \u2013 XII asrlar davomida barcha musulmon o\u2019lkalari madaniyati rivojida yetakchi o\u2019rinlardan birini egalladi. Islom dini, adabiyot, tabiiy fanlar, tarixnavistlik, san\u2019at, falsafa, huquqshunoslik, ijtimoiy tafakkur kabi madaniyatning barcha sohasida ham bu davrda buyuk siymolar, mutafakkir olimlar, zamonasining ilg\u2019or kishilari yetishib chiqdilar. O\u2019rta Osiyoning Buxoro, Marv, Samarqand, Termiz, Urganch, Xo\u2019jand, Aksikent, Marg\u2019ilon, Binkent, Kesh (Shahrisabz), Nasaf (Qarshi) kabi shaharlari o\u2019z davrining taraqqiy etgan shaharlari va savdo markazlari sifatida ma\u2019lum bo\u2019ldi. IX \u2013 XII asrlarda Markaziy Osiyoda fan va madaniyat bobida shu qadar ajoyib fan kashfiyotlari va tadqiqotlari yaratildiki, bu o\u2019tmish ajdodlarimizning jahon madaniyati xazinasiga qo\u2019shgan bebaho hissasigina bo\u2019lib qolmasdan, ularning aql-zakovatining nihoyatda yuksakligidan ham dalolat beradi.<\/p>\n\n\n\n<p>Ahmad Farg\u2019oniy 6 ta kitobi bilan dunyoga mashhur: \u00abFalakkiyot ilmining usullari haqida kitob\u00bb; \u00abAl-Farg\u2019oniy jadvallari\u00bb; \u00abUsturlod bilan amal qilish haqidagi kitob\u00bb; \u00abOy yerning ustida va ostida bo\u2019lganida vaqtni aniqlash risolasi\u00bb; \u00abYetti iqlim Hibi\u00bb; \u00abAstronomiya negizlari\u00bb. Al &#8212; Farg\u2019oniy Yerning shar shaklida ekanligini ochdi, Nil daryosi suvini o\u2019lchaydigan asbob yasadi. Falakiyotga oid asarlari Yevropada Kopernikgacha bo\u2019lgan falakiyot ilmidan asosiy qo\u2019llanma bo\u2019lib qoldi.<\/p>\n\n\n\n<p>Al Farg\u2019oniy proyeksiyalar tuzish nazariyasini yaratdi. Undan ming yil keyin buyuk matematik Eyler geografik xaritalar tuzishga bag\u2019ishlangan asarida undan foydalandi. Undan tashqari, kompleks o\u2019zgaruvchi miqdorlar tekisligi, noyevklid geometriyalar, kosmik geodeziya va kosmografiyalarning mazmunida ham Al Farg\u2019oniy fikrlari yotadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Abu Nasr Farobiy (873-950) Toshkentning shimolidagi Foroba-Utrorda tug\u2019ilib, dastlabki ma\u2019lumotni Shosh (Toshkent), Buxoro va Samarqand shaharlarida oladi. So\u2019ng Bog\u2019dodda uzoq yashab, zamonasining buyuk qomusiy olimi darajasiga yetadi. U turli ilmlarga doir 160 dan ortiq risolalar yozgan. U Aristotel merosini chuqur o\u2019rganadi va uni Sharqda rivojlantirgani uchun \u00abSharq Aristoteli\u00bb degan nomga sazovor bo\u2019lgan. Uning risolalari riyoziyot, falakiyot, tibbiyot, axloqshunoslik, musiqashunoslik, davlatni boshqarish, ayniqsa, falsafa va mantiq ilmi masalalarini o\u2019z ichiga oladi. Farobiyning Aristotelning barcha falsafiy asarlariga yozgan sharhlari \u00abMasalalar bulog\u2019i\u00bb, \u00abIlmlar tavsifi\u00bb, \u00abHikmat xulosasi\u00bb, \u00abFalsafaga oid maqola\u00bb, \u00abLug\u2019atlar haqida kitob\u00bb degan nomlar bilan bitilgan. Farobiy fikricha, olam moddiy, abadiy, yo\u2019q bo\u2019lmaydi va cheksiz. Inson mavjudot rivojining yakuni, rivojining aql idroki orqali dunyoni o\u2019rganadi. U o\u2019zining \u00abGrajdanlik siyosati\u00bb, \u00abFozil shahar aholisi\u00bb, \u00abBaxt-saodatga erishuv haqida\u00bb asarlarida inson uchun adolat, o\u2019zaro hamjihatlik, farovonlik, erkin mehnat qiluvchi yetuk-fozil jamoa haqidagi ta\u2019limotni olg\u2019a surdi. Farobiy musulmon sharqida falsafiy va ijtimoiy-axloqiy ta\u2019limotlarga, dunyoviy musiqashunoslikka asos soldi, mantiqshunoslik, shaharni boshqarish sohalarida ham rivojlanish yo\u2019llarini belgilab berdi. Uning g\u2019oyalari F. Bekon, Spinoza kabi faylasuflar dunyoqarashiga katta ta\u2019sir ko\u2019rsatdi.<\/p>\n\n\n\n<p>Abu Ali Ibn Sino (960-1037) Buxoro yaqinidagi Afshona qishlog\u2019idagi turkiy oilada tavallud topgan. U tinimsiz ilmiy izlanish natijasida falsafa, mantiq, biologiya, geologiya, mineralogiya, fizika, matematika, tibbiyot, falakiyot va fanning boshqa sohalarida 450 dan ortiq asarlar yozgan. Shundan 80 tasi falsafa, ilohiyat va tasavvufga, 43 tasi tabobatga, 19 tasi mantiqqa, 26 tasi ruhshunoslikka, 23 tasi tibbiyot ilmiga, 7 tasi falakiyotga, 1 tasi musiqaga, 2 tasi kimyoga, 9 tasi odob ilmiga, 4 tasi adabiyotga, 8 tasi boshqa fanlarga tegishli bo\u2019lgan. Yevropada \u00abAvisenna\u00bb nomi bilan mashhur bo\u2019lgan Ibn Sino asarlari arab va fors-tojik tillarida yozilgan. Uning \u00abTib qonunlari kitobi\u00bb to XVIII asrning oxirlarigacha Yevropaning barcha tibbiy o\u2019quv yurtlarida asosiy o\u2019quv qo\u2019llanma sifatida foydalanildi. Olimning falsafaga oid \u00abKitob ash-shifo\u00bb (\u00abRuhni davolash kitobi\u00bb) da mantiq, tabiiy fanlar, riyoziyot va ilohiyot bo\u2019yicha falsafiy g\u2019oyalar tahlili berilgan. \u00abIshoralar va tanbehlar\u00bb asarida falsafaning asosiy masalalari qisqacha bayon etiladi. U \u00abDonishnoma\u00bb asarida o\u2019zigacha bo\u2019lgan tabiiy fanlar va falsafa yutuqlaridan foydalanib, Sharqning nazariy bilimlarini umumlashtirdi. Ibn Sino iste\u2019dodli shoir va adib ham edi. Uning badiiy faoliyati \u00abQush risolasi\u00bb, \u00abSalomon va Ibsol\u00bb, \u00abYusuf qissasi\u00bb, \u00abUyg\u2019oq o\u2019g\u2019li Tirik\u00bb asarlarida o\u2019z aksini topgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Xorazmda tug\u2019ilgan, lekin feodal urushlari tufayli Markaziy Osiyo va Eronning qator shaharlarida qochib yurishga majbur bo\u2019lgan, so\u2019ng Urganchda, Jurjonda yashagan, G\u2019aznada uzoq davr xizmatda bo\u2019lgan, Hindistonga safar qilgan Abu Rayxon Beruniy (973-1048) tibbiyot, riyoziyot, astronomiya, astrologiya, geografiya, geodeziya, meterologiya, etnografiya, tarix, falsafa va filologiya kabi fanlarga oid 150 ga yaqin asarlar yozgan. Beruniyning \u00abHindiston\u00bb, \u00abGeodeziya\u00bb, \u00abFarmokologiya\u00bb, \u00abMinerologiya\u00bb, \u00abMas\u2019ud qonuni\u00bb, \u00abO\u2019tmish avlodlar xotiralari\u00bb kabi asarlari gumanitar bilimlar, arab tili, she\u2019riyati, turli xalqlar etnografiyasi, tarixi, urf-odatlari, taqvimi, axloqshunoslik, falsafa muammolari borasida muhim manba bo\u2019lib xizmat qiladi. Bu davrda qomusiy olimlar bilan birga ma\u2019lum ilmlar sohasi bo\u2019yicha mashhur bo\u2019lgan kishilar qatoriga Hakim Termiziy, Ismoil Jurjoniy, Chag\u2019miniy, Zamaxshariy, Narshaxiy, Balxiy, Masixiy, Ibn Iroq, Fahriddin Roziy, Muhammad Buxoriy, Abdurahmon Marvoziy kabilarni kiritish mumkin. Somoniylar davrining eng mashhur tarixchilaridan biri Abubakr Muhammad ibn Ja\u2019far Narshahiy edi. Uning tarjimai holi to\u2019g\u2019risida manbalarda ma\u2019lumotlar saqlanib qolmagan. Ayrim ma\u2019lumotlarga qaraganda Narshahiy 899 yilda tavallud qilgan va 959 yilda vafot etgan. U Buxoro yaqinidagi Narshah (hozirgi Vobkent) qishlog\u2019ida tug\u2019ilgan. Narshahiyning ilmiy asarlari to\u2019g\u2019risida ham ma\u2019lumotlar juda kamdir. Uning faqat \u201cTa\u2019rixi Buxoro\u201d (Buxoro tarixi) asari bizgacha etib kelgan. Bu asar 943 944 yillarda arab tilida yozilgan bo\u2019lib, uning asl nusxasi va nomi hozircha noma\u2019lum. Bizga etib kelgan \u201cTa\u2019rixi Buxoro\u201d asari 1128 yilda Abu Nasr Ahmad ibn Muhammad ibn Nasr al Quboviy (Quva shahridan) tomonidan arab tilidan fors tiliga ag\u2019darilgan. Abu Nasr Quboviy bu asarni fors tiliga do\u2019stlarining iltimosiga binoan tarjima qilgan.<\/p>\n\n\n\n<p>IX asrda musulmon o\u2019lkalarida hadisshunoslik, hadis to\u2019plash, uni o\u2019rganib tartibga solish muhim sohaga aylandi. Ularning hajmi, chinligi, tartibi, ahamiyati bilan musulmon olamida 6 muhandis (hadis to\u2019plovchi) mashhur bo\u2019ldi. Shulardan 3 tasi Markaziy Osiyolikdir. Muhandislar ichida eng obro\u2019lisi va mashhuri Imom Buxoriydir (810-870). Uning dinshunoslikka oid 20 ga yaqin katta hajmdagi asarlar yozgani ma\u2019lum: \u00abAl Jome\u2019 as-Sahih\u00bb, \u00abAt-tarix al-Kabir\u00bb, \u00abAt-tarix-as-Sag\u2019ir\u00bb va boshqalar.<\/p>\n\n\n\n<p>Buxoriy shogirdlaridan biri Imom at-Termiziydir (824-894). U 10 dan ortiq diniy asarlar muallifi hisoblanadi. Termiziyni musulmon olamiga mashhur qilgan asari \u00abJome\u2019 at-Termiziy\u00bbdir. Turkmanistonning qadimgi Niso shahridan bo\u2019lgan Abu Abduraxmon an-Nisoniy (830-915) barcha hadislarning qisqartirilgan \u00abAn-Sunan\u00bb kitobini yozib qoldirgan. 6 ta mashhur hadisshunoslarning qolgan 3 tasi Eron va arab mamlakatlaridan. Burxoniddin Marg\u2019inoniy (1197 y. vafot etgan) ning \u00abHidoya fi-lFuruz\u00bb (\u00abShariat sohalari bo\u2019yicha qo\u2019llanma\u00bb), ya\u2019ni \u00abHidoya\u00bb asari musulmon huquqshunosligi bo\u2019yicha eng yirik va keng tarqalgan tadqiqotdir. U fors, ingliz va rus tillariga o\u2019girilgan. Qur\u2019onga tavsif (sharh) yozish borasida xorazmlik Zamahshariy, Faxriddin Roziy kabilar katta hissa qo\u2019shganlar. Sharq xalqlari tafakkurini asrlar davomida nurafshon etib ma\u2019naviyatimiz va ma\u2019rifatimizga chuqur ta\u2019sir o\u2019tkazgan tasavvuf(sufizm) ta\u2019limoti VIII o\u2019rtalarida payso bo\u2019gan. Dastlab u zoxidlik (tarkidunyochilik- bu dunyo orzu xavaslaidan voz kechish) harakati ko\u2019rinishida bo\u2019lib Bog\u2019dod, Basra, Kufa, Damashq shaxarlarida keng yoyilgan. Asli tasavvuf so\u2019zi \u201cso\u2019fiy\u201d so\u2019zidan, \u201cso\u2019fiy\u201d so\u2019zi esa arabcha \u201cSo\u2019f\u201d so\u2019zidan yasalgan. So\u2019f deb arablar jundan bo\u2019lgan matoni aytadilar. Dastlabki davrlarda so\u2019fiylik yolini tutgan kishilar boshqa oddiy kishilardan ajralib turish uchun jundan to\u2019qilgan chakmon yoki po\u2019stin kiyib yurishni odat qilganlar. Shuning uchun ularni jun chakmon kiyib yuruvchilar, yani so\u2019fiylar deb ataganlar. Biz ajdodlarimiz qoldirgan buyuk merosni IX-XII asrlarda mamlakatimiz hududida yuz bergan chuqur ijobiy o\u2019zgarishlar, ilm-fan, madaniyatning rivojlanishini o\u2019rganar ekanmiz, ularning yaratilishida o\u2019zlarining buyuk hissalarini qo\u2019shgan buyuk allomalar, olimu fuzalolarining jahon tsivilizasiyasi rivojlanishiga qo\u2019shgan ulushlarini alohida ta\u2019kidlaymiz. Jahon madaniyati rivojida ularning o\u2019rinlarini aniqlab olishimiz va ko\u2019rsatishimiz vaqti keldi. Ularning hammasi mustaqil O\u2019zbekistonda yosh avlodni milliy g\u2019oya, milliy mafkura, Vatanga muhabbat, sadoqat, g\u2019urur ruhida tarbiyalashda katta rol o\u2019ynaydi. Ko\u2019rinadiki, IX-XII asarlarda Markaziy Osiyoda madaniy taraqqiyotning barcha sohalarida yuqori darajada rivojlanish yuz bergan. Bu jarayonni esa \u00abuyg\u2019onish\u00bb renessans deyishga asos bor. Uning muhim xislati insonparvarlik bo\u2019lgan va markazida doimo inson, insoniy aql, histuyg\u2019u, inson ma\u2019naviy boyligini egallash, uni yuksaltirish masalalari turgan. Tarixiy sharoitning va davrning bu chaqirig\u2019iga vatandosh donishmandlarimiz va mutafakkirlarimiz talab darajasida javob bera olganlar. Xulosa shuki, uyg\u2019onish madaniyati, birinchi navbatda feodal munosabatlarning tez rivojlanishi, yerli mustaqil davlatlarning yuzaga kelishi bilan bog\u2019liq. U yangi davr ehtiyojlari asosida shakllandi. Yana uyg\u2019onish madaniyati shahar madaniyatining yuksalishi, shaharning jamiyat hayotidagi ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-ma\u2019naviy rolining kuchayib borishi bilan bog\u2019liqligini ham e\u2019tibordan chetga qoldirmasligimiz lozim.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>VIII asr oxiri va XI asr boshida arab xalifaligi og\u2019ir siyosiy vaziyatni o\u2019z boshidan kechirdi. Xalifalik hududida mahalliy xalqlarning hukmron ma\u2019murlar zulmiga qarshi qo\u2019zg\u2019olonlar avj oldi, ayniqsa uning boshqaruv markazida &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/ix-xii-asrlarda-ozbek-davlatchiligi-orta-osiyo-xalqlari-hayotida-yuz-bergan-uygonish-renessans-davri\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":0,"parent":0,"menu_order":0,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","template":"","meta":{"footnotes":""},"class_list":["post-954","page","type-page","status-publish","hentry","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/954","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/pages"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/page"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=954"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/954\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":955,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/954\/revisions\/955"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=954"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}