{"id":956,"date":"2021-09-10T07:46:28","date_gmt":"2021-09-10T04:46:28","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?page_id=956"},"modified":"2021-09-10T07:46:30","modified_gmt":"2021-09-10T04:46:30","slug":"mogullar-istilosi-va-ularning-zulmiga-qarshi-kurash-jaloliddin-manguberdi-jasorati","status":"publish","type":"page","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/mogullar-istilosi-va-ularning-zulmiga-qarshi-kurash-jaloliddin-manguberdi-jasorati\/","title":{"rendered":"Mo\u2019g\u2019ullar istilosi va ularning zulmiga qarshi kurash. Jaloliddin Manguberdi jasorati"},"content":{"rendered":"\n<p>Markaziy Osiyo va O\u2019rta sharq mamlakatlarining XII-XIII asrlardagi tarixiy davrni yoritishda ilmiy manba xizmatini o\u2019taydigan talaygina tarixiy asarlarning mavjudligi tadqiqotchilarga allaqachon ma\u2019lum. Ulardan biri Mirzo Ulug\u2019bek qalamiga mansub, 1425 yilda yozilgan \u00abTarix-i Arba\u2019 Ulus\u00bb (To\u2019rt ulus tarixi) asaridir. Asarda Markaziy Osiyo xalqlarining XII-XIII asrlardagi tarixi hamda Mug\u2019ullar imperiyasining to\u2019liq tarixi yoritilgan. Ushbu mavzuga oid yana bir muhim manba oliy nasab va toju taxt sohibi, yirik olim Abulqozixonning \u00abShajarayi turk\u00bb asaridir. Bu asar 1663-1664 yillarda yozilgan bo\u2019lib, kirish va 9 bobdan iborat. Asarda Odam Atodan to turklarni qadimgi xonlaridan Mo\u2019g\u2019ul xongacha kechgan hodisalar zikri, Mo\u2019g\u2019ul xondan Chingizxongacha bo\u2019lgan tarix, Chingizxonning tug\u2019ilganidan to vafotigacha tarixi va uning o\u2019g\u2019illari podsholik qilgan davr hamda Shayboniylar tarixi keng yoritilgan. Ulardan tashqari bu mavzuga oid yana bir muhim manba Herman Vamberining \u00abBuxoro yoxud Movarounnahr tarixi\u00bb asaridir. Asarning \u00abMug\u2019ullar istilosi. Xijriyning 615 624 yillari (1218-1226) bo\u2019limida Chingizxonning Movarounnahrga qilgan istilochilik harakatlari bayon etilgan. Akademik B.V. Bartoldning \u00abTurkistan v epoxu mongalskogo nashestviya\u00bb (Soch, tom I, Moskva; Nauka, 1963), V. G. Yanning \u00abChingizxan\u00bb (Nukus, 1981), \u00abBat\u044by\u00bb (Nukus, 1982) va M.Ivaninning \u00abIkki buyuk sarkarda. Chingizxon va Amir Temur\u00bb (Toshkent; fan, 1994 yil) asarlari bu mavzuni o\u2019rganishda muhim manba bo\u2019lib xizmat qiladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Markaziy Osiyoda tashkil topgan Xorazmshoxlar davlati 1017 yilda Maxmud G\u2019aznaviy boshchilik G\u2019azniviylar davlatiga 1044 yildan Saljuqiylar davlatiga qaram bo\u2019ldi. Xorazmning mustaqilligi uchun kurash XII asrning ikkinchi choragidan boshlandi. Bu harakat xorazmshox Otsiz (1127-1156) davrida boshlanib, Alouddin Takash (1172-1200) davrida nihoyasiga yetdi. Takash davrida Xorazm davlati mustaqillikga erishdi, mamlakat hududlari ikki baravar kengaydi. Natijada Old va O\u2019rta Osiyoda yirik va qudratli feodal davlati tashkil topdi. Alouddin Takash vafotidan so\u2019ng taxtga uning o\u2019g\u2019li Sulton Muhammad (1200 1220) o\u2019tirdi. Uning davrida mehnatkash aholining ahvoli og\u2019irlashdi, mahalliy hukmdorlarning talon-tarojlar avjiga chiqdi, to\u2019xtovsiz urushlar xalq xo\u2019jaligini xonavayron qildi, mamlakatda ichki ziddiyatlar keskinlashdi. Bu shubxasiz shahar va qishloq mehnatkashlarining xorazmshoxlarga qarshi noroziligini oshirdi. Natijada 1210 yilda Utrorda, 1212 yil Samarqandda yirik xalq harakatlari bo\u2019lib o\u2019tdi. Xorazmshoxlar davlatidagi bunday ichki ziddiyatlar, uning sharqdagi dushmani mo\u2019ng\u2019ullarga ayni muddat edi. Mo\u2019g\u2019ullar XII asrda ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayotda Markaziy Osiyoda eng qoloq aholi edi. Ular asosan chorvachilik bilan shug\u2019ullanuvchi ko\u2019chmanchi aholi edi. XII asrdan boshlab ularning hayotida urug\u2019chilik munosabatlari yemirilib, sinfiy tabaqalanish boshlanadi. XII asrning oxiridan boshlab hozirgi Mug\u2019iliston hududida bir-biri bilan kelisha olmaydigan tatar, nayman, merket kabi o\u2019nlab qabilalar yashab kelishgan, ammo ular bilan hamjins bo\u2019lgan turklar bir-necha asrlar mobaynida G\u2019arbiy Osiyoning hayotiga kuchli ta\u2019sir ko\u2019rsatib kelgan.<\/p>\n\n\n\n<p>\u00abMug\u2019ul\u00bb atamasi etnik mazmundan ko\u2019ra, siyosiy mazmunga ega. Xalq o\u2019zining ko\u2019p sonli qabilalari nomi bilan \u00abtatar\u00bb deb atar edi. Shu sababli bu xalqlar tarixda \u00abmongolo-tatarlar\u00bb deb yuritilgan. XII asrning oxiri va XIII asr boshlarida mug\u2019ul urug\u2019 boshliqlari orasidan ichki kurashlarda Timuchin degan kishi g\u2019olib chiqadi. 1204-1205 Mug\u2019ilistondagi ko\u2019chmanchi qabilalarni birlashtirib, markazlashgan davlat tuzadi. 1206 yilda Timuchin Onon daryosi bo\u2019yida o\u2019ziga buysundirilgan mo\u2019ng\u2019ul urug\u2019 va qabila boshliqlarini quriltoyini chaqiradi. Unda Timuchinga \u201cChingiz\u201d- beg\u2019ubor, toza, musaffo, baquvvat laqabi beriladi. U o\u2019z davlatini kuchaytirib, uning barqarorligini mustahkamlash maqsadida kuchli armiya tuzishga kirishadi. Jangchilar zarur qurollar bilan (o\u2019q-yoy, sadoq, nayza, qilich, qalqon) qurollantirildi. Ushbu qurultoyda qo\u2019llanma sifatida Chingizxon mamlakatni boshqarishda \u201cYoso\u201d nomi bilan mashhur bo\u2019lgan o\u2019z qonunlaridan foydalanishni taklif etadi. Bu qonunlar M. Ivanovning \u201cIkki buyuk sarkarda. Chingizxon va Amir Temur\u201d, nomli kitobida bayon qilingan. Unda aytilishicha jinoyatchilar, o\u2019g\u2019rilar qattiq jazolangan. Agarda kimda kim ot, tuya o\u2019g\u2019irlasa o\u2019lim jazosiga, o\u2019g\u2019rilik miqdori kichikroq bo\u2019lsa 7-700 tagacha qamchi urish bilan jazolangan. Mug\u2019ullarda o\u2019tkir spirtli ichimliklar ichish 1 oyda 3 marta ruxsat berilgan. Qonunlarda tabiat, uning muhofazasi, hayvonot dunyosiga ham e\u2019tibor berilgan. Mart va oktyabr oylarida cho\u2019lda yashovchi kiyik, yovvoyi echki, ko\u2019lon, quyon va parrandalarni ovlash man etilgan. Qonunda suv nihoyatda e\u2019zozlangan. Uni isrof qilgan kishi jazolangan. Qonunda ayollarni muhofaza etuvchi maxsus bo\u2019limlar bo\u2019lgan. Chingizxon soldatining markazi qoraqurum bo\u2019lib, markazlashgan davlatni boshqarish uchun savodli kishilar kerak edi. Ular savodli uyg\u2019urlardan hamda Mug\u2019iliston bilan qadimdan savdo aloqasi bo\u2019lgan musulmon savdogarlardan o\u2019rganishgan. Chingizxon markazlashgan davlat tuzgach o\u2019z hududini kengaytirishga e\u2019tibor berib 1206 yilda naymanlarni, 1207-1208 yillarda enasoy havzasi, so\u2019ng Yettisuv viloyatining shimoliy qismini, uyg\u2019urlarni buysuntirdi. 1211-1214 yillarda u Xitoyga yurish qildi. 1215 yilda Shimoliy Xitoyning markazi Chjundu (Pekin) shahrini egalladi. U yerdan katta boylik, cho\u2019rilar, harbiy qurol yasaydigan, ularni ishlata biladigan moxir hunarmandlarni olib ketdi.<\/p>\n\n\n\n<p>Chingizxon Xitoyni bosib olgach, o\u2019z madaniyati, boyligi, buyukligi bilan shuxrat qozongan \u2013 Xorazmshohlar davlatiga yo\u2019l ochildi. Chingizxon 1218-1219 yillarda sharqiy Turkiston va Yettisuv viloyatlarini deyarli talofatsiz egalladi. Endi uning chegaralari Sulton Muhammad Xorazmshox saltanatini chegarasiga tutashib ketgan edi. Shraqning bu ikki buyuk davlati bir-birini kuch qudratini, harbiy ma\u2019lumotlar to\u2019plash uchun elchilik munosabatlarini yo\u2019lga qo\u2019ygan. Bunday ishni amalga oshirishda Chingizxon o\u2019z huzuridagi musulmon savdogarlardan xususan Mahmud Yalovachdan, Sulton Muhammad esa Bohovuddin G\u2019oziy boshchiliq elchilardan foydalangan. Ikki o\u2019rtada elchilik munosabatlari qariyib ikki yil davom etgan. Elchilar har ikki tomondan ham yaxshi kutib olingan. Ularga va mamlakat hukumdorlariga qimmatbaho savdo salomlar berilgan. Bu orada ikki mamlakat bir-biri haqida qimmatli ma\u2019lumotlarni to\u2019plashga erishgan. Bu haqda XIII asr muallifi Nasaviy yozib qoldirgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Xorazmshohlar davlatidagi bunday og\u2019ir siyosiy vaziyatdan Chingizxon xabardor edi. Ichki nizo boshboshdoqlik va aholining noroziligi kuchayib, mamlakat siyosiy hayoti inqirozga yuz tutgan bir paytda Xorazmshohlar davlati ko\u2019chmanchi Mung\u2019ul qabilalarining bosqiniga duchor bo\u2019ldi.<\/p>\n\n\n\n<p>\u00abO\u2019tror voqeasi\u00bb va Chingizxon elchisi Ibn Kafroj Bug\u2019roning o\u2019ldirilishi Chingizxonning Movarounnahrga bostirib kirishi uchun bahona bo\u2019ldi. Chingizxonning Xorazm ustiga yurish qilishining yana bir sababi Shayx Najmiddin Kubroning muruti shayx Majiddin Bog\u2019dodiyning Xorazmshoxning onasi tomonidan qastdan o\u2019ldirilishi bo\u2019ldi. Bu hujum shunchaki tartibsiz bosqin bo\u2019lmay, avvaldan rejalashtirilgan vaxshiyona hujum edi. Unga Chingizxon katta ahamiyat berib puxta tayyorgarlik ko\u2019rgan edi. Urush boshlanishida Xorazmshox qo\u2019shinlari Mo\u2019g\u2019ullardikiga nisbatan ko\u2019p sonli edi. Ammo armiyani bir joyda to\u2019plashdan qo\u2019rqqan Sulton Muhammad uni tarqoq holda jangga tayyorladi, jang boshlanganda esa mudofaa taktikasini qo\u2019llaydi. Bu Muhammadning jangdagi eng katta xatosi edi. U hatto sarkarda Shohobudin Xivakiyning \u00abdushmanni o\u2019zini o\u2019nglab olmasdan to\u2019satdan zarba berish kerak\u00bb &#8212; degan fikrini ham inobatga olmadi. Oqibatda 615 (1218 y) mug\u2019ul jahongiri o\u2019z o\u2019g\u2019illari Chig\u2019atoy, O\u2019qtoy va Jo\u2019ji bilan birga 200 000 qo\u2019shin bilan Xorazmshoh ustiga yurish boshladi. Bu yurishda unga Uyg\u2019ur xoni Edikut va Olmaliq hukumdori Sig\u2019noq ham hamrox bo\u2019ldi. Ular Farg\u2019onadan o\u2019tib O\u2019tror ustiga yurish boshlaydi. Shu yerda Chingizxon armiyani to\u2019rt qismga bo\u2019ladi: 1. Chig\u2019atoy va O\u2019qtoy rahbarligidagi armiya O\u2019trorni qamal qilib turish uchun qoldiriladi. 2. Jo\u2019ji boshchiliq armiya Sirdaryo etagiga yuborilib Sig\u2019noq, O\u2019zgan, Jand, Yangikent shaharlarini bosib olish buyuriladi. 3. Besh ming kishilik armiyaga Oloqno\u2019yon va Sintubuqa nomlarida sarkardalar Sirdaryoning o\u2019ng sohili va Binkentni bosib olish uchun yuborildi. 4. Chingizxonning o\u2019zi muntazam askarlari bilan O\u2019rta Osiyoning markazi \u2013 Buxoroga qarshi harakat boshlaydi. O\u2019tror chegara qal\u2019a bo\u2019lib, uning noibi Inalxon qo\u2019lida 50000 otliq qo\u2019shin bor edi. Qal\u2019ani mudofa qilish uchun Qoracha Hojib qo\u2019mondonligida yana 10000 kishilik qo\u2019shin keladi. Juvoyning ma\u2019lumotlariga qaraganda shahardagi musulmonlar Mo\u2019g\u2019ullar hujumidan sarosimaga tushadi. Shahar 5 oy davomida mudofaada bo\u2019ladi. Ammo kuchlar nisbatan teng bo\u2019lmaganligi sababli shahar taslim bo\u2019ladi, Inalxon asir tushadi, O\u2019qtoy uning quloqlariga kumush eritilib qo\u2019yib Samarqanddagi Ko\u2019ksaroy maydonida o\u2019ldiriladi. Chingizxon o\u2019zining asosiy kuchlarini Buxoroga tashlaydi. Ular Sirdaryoning janubida joylashgan Zarinuq va Nur qal\u2019asini jangsiz ishg\u2019ol qiladi. Shu sababli mo\u2019g\u2019ullar bu shaharga \u00abQutlug\u2019 baliq\u00bb deb nom beradi.<\/p>\n\n\n\n<p>1220 yil fevralida Chingizxon Buxoroga yetib keladi. Shaharda 20000 kishilik qo\u2019shin bo\u2019lib, unga Sevinchxon, Qo\u2019shlixon va Ko\u2019kxon boshchilik qilardi. Ikki o\u2019rtada qonli jang bo\u2019lib o\u2019tdi. Buxoro ahli taslim bo\u2019lishga majbur bo\u2019ldi, Shahar yondirildi, 16 fevralda egallandi. Shahardan 30000 kishi mo\u2019g\u2019ullar tomonidan o\u2019ldirildi. Ilm va ma\u2019rifat egalari, shayxlar qul qilib sotildi. Qozilar eshak va xachir boqishga majbur qilindi. Buxorodan keyin navbat Samarqandga keldi. Bu ulug\u2019 shaharni mudofaa qilish uchun 110000 qo\u2019shin bor edi. Ularning 60000 turk va 50000 tojik edi. Ular qo\u2019l ostida 20ta fil ham bor edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Bu vaqtda shahar noibi To\u2019g\u2019ayxon edi. Ammo jangchilar o\u2019rtasida birdamlik yo\u2019q edi. Samarqandni bosib olish uchun Chingizxon O\u2019trordan olib kelingan asirlardan foydalandi. Jang 3 kun davom etdi. Natijada To\u2019g\u2019ayxonning barcha qo\u2019shinlari qirib tashlandi. Mo\u2019g\u2019ullar Samarqandni suv bilan ta\u2019minlovchi \u00abQo\u2019rg\u2019oshinnova\u00bbni buzib tashladi, shahar suvsiz qoldi. 50000 ga yaqin sog\u2019 qolgan shaharliklar tashqariga olib chiqildi. Lekin ular kun botishi bilan qatl etildi. Shaharda qolgan 5000 aholi 20000 oltin tanga to\u2019lash sharti bilan ularni aybi kechirildi. Shunday qilib butun Movarouannaxr mo\u2019g\u2019ullar tomonidan bosib olindi.<\/p>\n\n\n\n<p>Chingizxonning yaqinlashib kelayotganligini eshitgan Sulton Muhammad Jayxun orqali Xurosonga qochadi. Keyin u Rayga so\u2019ngra Mozondoronning o\u2019tib bo\u2019lmas tog\u2019lari orqali xozirgi Astrobod shahriga keladi. Keyinchalik Kaspiy dengizining janubidagi bir orolchaga borib joylashadi va u yerda hor-zorlikda, g\u2019ariblikda zotiljam kasali bilan o\u2019ladi.<\/p>\n\n\n\n<p>1220 yil aprelda Samarqand taslim bo\u2019lgach mo\u2019g\u2019ullar Sig\u2019noq, O\u2019zgan, Jandga qarshi hujum boshlaydi. Lekin bu shaharlar tezda taslim bo\u2019ladi. Endi navbat Sirdaryo bo\u2019yidagi Binokat va Xo\u2019jand shahriga yetib keladi. Mo\u2019g\u2019ullarga qarshi kurash olib borgan oxirgi Xorazmshohlar vakili Jaloliddin Manguberdi edi. U Mo\u2019g\u2019ullarga qarshi 11 marta jang olib borib mag\u2019lubiyat nimaligini bilmagan buyuk vatanparvar edi. Mo\u2019g\u2019ul qo\u2019shinining eng atoqli lashkarboshilari Jaloliddinga qarshi tura olmaydilar. U Parvona dashtidagi jangda mug\u2019ul lashkarboshisi Shiki-Xutuhu No\u2019yon boshliq 45000 qo\u2019shinni mag\u2019lub etadi. Jaloliddin jangda yangi harbiy taktikani qo\u2019llaydi ya\u2019ni dushman suvoriylariga qarshi ot yonida turib piyoda jang qilish uslubini. Mo\u2019g\u2019ullarning bu mag\u2019lubiyati ularni esankiratib qo\u2019yadi. Chunki ular shu vaqtgacha mag\u2019lubiyat nimaligini bilmagan. Bu mag\u2019lubiyatdan keyin barcha harbiy harakatlarni endi Chingizxon o\u2019z qo\u2019liga olishga majbur bo\u2019ladi. Afsuski bu vatanparvarning xalq oldidagi xizmati Sovet tarixshunosligida noto\u2019g\u2019ri talqin etilgan. Xatto M. Shayxzodaning \u00abJaloliddin Manguberdi\u00bb dramasidagi bosh qahramon obrazi nihoyatda ideallashtirilgan \u2013 deb ayb qo\u2019yilib sahna yuzini ko\u2019rmagan. O\u2019zbekiston Mustaqilligi tufayli Jaloliddin Manguberdi siymosi qaytadan tiklanmoqda. Jaloliddin Manguberdi xotirasini abadiylashtirish maqsadida O\u2019zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 1998 yil 24 sentyabrda 408-sonli maxsus qaror qabul qilindi. Ushbu qarorga muvofiq buyuk sarkardaning tavallud to\u2019yi keng miqyosda nishonlanishi qayd qilib o\u2019tildi.<\/p>\n\n\n\n<p>1999 yil noyabrda Jaloliddin Manguberdi tavalludining 800 yilligi Xorazmda keng nishonlandi. Unda ishtirok etgan yurtboshimiz Jaloliddin Manguberdi faoliyatiga yuqori baho berdi: \u00abG\u2019anim oldida bosh egmagan, tiz cho\u2019kmagan, Vatan deb halok bo\u2019lgan\u00bb milliy qahramonimizga xalqimizning ehtiromi, muhabbati, ajdodlar xotirasini muqaddas saqlashi ramzi bo\u2019lib qoldi. Jaloliddinning Parvona dashtidagi g\u2019alabasi unga qimmatga tushdi. G\u2019alabadan so\u2019ng olingan o\u2019ljani taqsimlashda uning lashkarboshilari Sayfutdin Ug\u2019roq, A\u2019zam Malik va Muzaffar Maliklar o\u2019rtasida nizo kelib chiqadi. Sulton Jaloliddinning kuchi ancha zaiflashadi. Chunki Sayfutdin Ug\u2019roq o\u2019zining 30000 kishilik askari bilan ketib qoladi. Fursatdan foydalangan Chingizxon G\u2019aznaga lashkar tortadi. Jaloliddin esa urushsiz Hind daryosi sohillariga chekinadi. Daryo bo\u2019yida 1221 yilning noyabrida qattiq jang bo\u2019lib o\u2019tadi. Chingizxon Hind daryosiga yaqinlashganda Jaloliddin keyingi kuni daryoni kechib o\u2019tmoqchi ekanligini eshitib shu kechaning o\u2019zidayoq daryoning kechuv yo\u2019lini to\u2019sdi. U Sulton qo\u2019shinining orqadagi qismiga yetib olib uni tor-mor qildi. \u00abSulton Jaloliddin bin Sulton Muxammad Xorazmshox &#8212; deb yozadi Mirzo Ulug\u2019bek, &#8212; o\u2019zini Suv va olov o\u2019rtasida ko\u2019rdi, chunonchi bir tarafida keskir qamchilar olov sochardi, boshqa tarafida esa qohur daryo turardi. Hyech bir tomondan chiqib ketishning iloji yo\u2019q edi. Noiloj jangga kirishdi\u00bb. Kuchlar nisbati va jang qilish befoyda ekanligini tushungan Jaloliddin, oilasini mo\u2019g\u2019ullar qo\u2019liga asr tushishini istamaganligi uchun rafiqasi, onasi va bolalarini daryoga uloqtirib suvga g\u2019arq qiladi, o\u2019zi esa Hind daryosining narigi qirg\u2019og\u2019oga suzib o\u2019tib ko\u2019zdan g\u2019oyib bo\u2019ladi. Uning qahramonligiga tan bergan Chingizxon Jaloliddinni taqib etishni man qiladi va o\u2019g\u2019illariga qarab \u00abKo\u2019rdingiz! Bunday otaning o\u2019g\u2019li shunday bo\u2019lishi kerak\u00bb-deb ta\u2019kidlaydi. Jaloliddin mo\u2019g\u2019ullarga qarshi kurashda kavkazda kuchli davlat barpo etmoqchi bo\u2019ladi, ammo mahalliy hokimlar o\u2019rtasidagi nizolar uning rejasini ro\u2019yobga chiqishga to\u2019sqinlik qiladi. Shunday qilib eng so\u2019nggi Xorazmshohning hukumdorligi shu tariqa 1231 yilning kech kuzida tugaydi. 140 yil hukmronlik qilgan buyuk Xorazmshohlar davlati va uni boshqargan xonadon barham topadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Mo\u2019g\u2019ullar istilosidan so\u2019ng Movarounnahr va Xorazmning yashnab turgan obod dehqonchilik viloyatlari halokatga uchradi, Buxoro, Samarqand, Urganch, Marv kabi shaharlar xarobazorga aylandi. Samarqand va Marv vohasining sug\u2019orish tarmoqlari vayron etildi, Urganch suvga bostirildi, natijada o\u2019lkaning tub aholisi boshqa joylarga ko\u2019chib ketishga majbur bo\u2019ldi. Sharq va G\u2019arbni bog\u2019lab turgan Ipak Yo\u2019li butunlay barham topdi. Ilm, ma\u2019rifatga ulkan ziyon yetkazildi. Chingizxon biroz vaqt Movarounnahrda turgach 1224 yil o\u2019z vataniga qaytadi va u yerda qurultoy chaqirib o\u2019z imperiyasini o\u2019g\u2019illari, nabiralariga taqsimlab beradi. Xitoy va Mug\u2019uliston O\u2019qdoyga, uyg\u2019urlardan to Xorazmgacha bo\u2019lgan, Movarounnahr va Turkistonning bir qismi Chig\u2019atoyga, Xorazm va Dashti Qipchoq to\u2019ng\u2019ich o\u2019g\u2019li Jo\u2019jiga va keyin nabirasi Botuga; Xuroson, Eron va Hindiston To\u2019liga meros qilib berildi. Mo\u2019g\u2019ullar bosib olgan viloyatlarni uluslarga taqsimlanib uzel asosida boshqariladi. 1227 yil Chingizxon 70 yoshida vafot etadi. Mo\u2019g\u2019ullar hukmronligi davrida xalqning ahvoli nihoyatda og\u2019irlashadi, ular ikki tomonlama eziladi, ba\u2019zi oqsuyaklar o\u2019zlarining molu davlatlaridan ayrilishidan qo\u2019rqib mo\u2019g\u2019ullar xizmatiga o\u2019tadi. Mo\u2019g\u2019ullar mamlakatni boshqarishda Mahmud Yalavochga o\u2019xshash mahalliy savdogarlardan yaxshi foydalangan. Uning qarorgohi Xo\u2019jand shahri bo\u2019lib, Movarounnahr noibi va soliqlarni o\u2019z vaqtida yig\u2019ishtirib olish bilan shug\u2019ullangan. Mahalliy aholi mo\u2019ng\u2019ullarga \u00abkalon\u00bb &#8212; yer solig\u2019i hosilning 1\/10 qismi hajmida, \u00abqopchun\u00bb &#8212; chorva solig\u2019i \u2013 har 100 chorvadan bar boshdan, \u00abzakot\u00bb solig\u2019i, \u00abshulen\u00bb deb ataladigan oziq-ovqat soliqlari to\u2019langan. Bunday soliq turlarining ko\u2019pligi mahalliy aholi boshiga ko\u2019p kulfatlar keltirgan. Aholining bunday azoblari natijasida Buxoroda 1238 yil yirik qo\u2019zg\u2019olon ko\u2019tariladi. Unga asli kasbi elakchi bo\u2019lgan Mahmud Tarobiy boshchilik qiladi. Unga yaqindan yordam bergan kishi Shamsiddin Maxbubiy edi. Mahmud shahardagi mo\u2019g\u2019ullarning tarafdorlari bo\u2019lgan sadrlar, feodallar, badavlat kishilarni saroyga to\u2019plab o\u2019zini hukmdor deb e\u2019lon qiladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Movarounnahrdagi bu o\u2019zgarishlarni XIV asrning 30-yillarida bu yerga kelgan arab sayyohi Ibn Batuta ham yozib qoldirgan. U Samarqand, Termiz, Xuroson, Balx kabi shaharlar to\u2019g\u2019risida ko\u2019p ma\u2019lumot bergan. Chig\u2019atoy ulusi Kebekxon (1318-1326) davrida nihoyatda rivojlangan. U Nasaf shahri yonida o\u2019ziga bir saroy qurdirib mo\u2019g\u2019ul tilida Qarshi deb atagan. U mamlakatda ijtimoiy hayotni yo\u2019lga solish maqsadida ma\u2019muriy va pul islohoti o\u2019tkazgan. Unga ko\u2019ra davlat viloyatlarga bo\u2019linib, mo\u2019g\u2019ulcha tuman deb atalgan, lekin uning bu islohoti Movarounnahrdagi qadimiy an\u2019analarga barham bera olmagan, feodal davlatni mustahkamlashda ijobiy rol o\u2019ynagan. Uning davrida ikki xil pul: dinor \u2013 kumush tanga, dirham \u2013 mayda kumush tanga zarb etilgan. Bu pullar Temuriylar davrida ham aholi o\u2019rtasida muomalada bo\u2019lgan. XIV asrning 40-yillarida Mo\u2019g\u2019ullar o\u2019rtasida taxt talashlar, ichki nizolar, boylikka xirs qo\u2019yish natijasida Chig\u2019atoy ulusi 2 ga bo\u2019linib ketadi. Uning sharqiy qismida \u2013 Sharqiy Turkiston va Yettisuv mo\u2019g\u2019ullarning Dug\u2019lat amirligi, g\u2019arbiy qismida esa Mavorounnahr amirligi tashkil topadi. \u00abXorazm sharqiy qismi ham g\u2019arbiy ulusga qaragan\u00bb.<\/p>\n\n\n\n<p>1348 yilda boshlab Movarounnahr \u2013 ya\u2019ni Chig\u2019atoy ulusi yerlariga hukumronlik qilish Mo\u2019g\u2019ullardan bo\u2019lgan Tug\u2019lug\u2019 Temurga, 1363 yilda uning vafotidan so\u2019ng esa o\u2019g\u2019li Ilyosxo\u2019ja qo\u2019liga o\u2019tadi. Demak Movarounnahr mo\u2019g\u2019ullarning hukumronligi bir yarim asr davom etgan. Ma\u2019ruzaning yakunida Chingizxon boshliq mo\u2019g\u2019ullarning Mavorounnahrga bosqinchilik siyosati va uning oqibatlarini gapirish bilan bir qatorda ba\u2019zi ijobiy tomonlarni aytib o\u2019tish ham zarur. Lekin ularni bosqinchi ekanligini esdan chiqarmaslik zarur. Keyingi Chig\u2019atoy xonlari davrida Urganch va Buxoro shaharlari qayta tiklandi, Andijon, Qarshi, Olitin O\u2019rdada Saroy Botu va Saroy Berke, Eronda Sulaymoniya kabi yangi shaharlar barpo etildi. Ularni qurishda mahalliy aholining hissasini yoddan chiqarmaslik zarur. Mo\u2019g\u2019ul xonlari Movarounnahrga kelib fan va madaniyatdan bahramand bo\u2019ldi. Ular xat savodni shu yerdan o\u2019rgandi. Chunki tashkil topayotgan davlatni boshqarish uchun savodli kishilar zarur edi. Shu yerda ma\u2019ruzachi Movarounnahrni yana bir karra madaniyat markazi ekanligini \u00abNur Sharqdan chiqishini\u00bb ta\u2019kidlab o\u2019tishi lozim bo\u2019ladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Bu davrda Movarounnahrda ko\u2019plab maqbaralar, me\u2019moriy ansambillar \u00abma\u2019suriya va Xoniya\u00bb kabi madrasalar barpo etildi. bu davrda fors \u2013 tojik poeziyasining yirik namoyondalari Jaloliddin Rumiy, Sa\u2019di-Sheroziy, Amir Xisrav Dehlaviy kabi buyuk siymolar yashab ijod etganlar. Shunday qilib XIII XIV asrning I-yarmi vatanimiz tarixida eng og\u2019ir davr bo\u2019ldi. Chunki Mo\u2019g\u2019ullar istilosi va zulmi o\u2019lkamiz xalqlari hayotida og\u2019ir iz qoldirdi. Mamlakatimiz hayoti taraqqiyotini bir necha o\u2019n va yuz yillab orqaga surib yubordi, ammo uni to\u2019xtatib qololmadi. Ozodlik, xurlik va mustaqillikga tashna bo\u2019lgan avlodlarimiz mo\u2019g\u2019ullar zulmiga qarshi kurashdilar, va nihoyat mo\u2019g\u2019ul bosqinchilarini mamlakatimiz tuprog\u2019idan uloqtirib tashladilar. Bu ozodlik kurashi ulug\u2019 bobomiz Amir Temur faoliyati bilan chambarchas bog\u2019liqdir.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Markaziy Osiyo va O\u2019rta sharq mamlakatlarining XII-XIII asrlardagi tarixiy davrni yoritishda ilmiy manba xizmatini o\u2019taydigan talaygina tarixiy asarlarning mavjudligi tadqiqotchilarga allaqachon ma\u2019lum. Ulardan biri Mirzo Ulug\u2019bek qalamiga mansub, 1425 yilda &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/mogullar-istilosi-va-ularning-zulmiga-qarshi-kurash-jaloliddin-manguberdi-jasorati\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":0,"parent":0,"menu_order":0,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","template":"","meta":{"footnotes":""},"class_list":["post-956","page","type-page","status-publish","hentry","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/956","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/pages"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/page"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=956"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/956\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":957,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/956\/revisions\/957"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=956"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}