{"id":958,"date":"2021-09-10T07:56:17","date_gmt":"2021-09-10T04:56:17","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?page_id=958"},"modified":"2021-09-10T07:56:18","modified_gmt":"2021-09-10T04:56:18","slug":"amir-temur-va-temuriylar-davrida-ozbek-davlatchiligining-yuksalishi-ijtimoiy-siyosiy-iqtisodiy-va-madaniy-hayot","status":"publish","type":"page","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/amir-temur-va-temuriylar-davrida-ozbek-davlatchiligining-yuksalishi-ijtimoiy-siyosiy-iqtisodiy-va-madaniy-hayot\/","title":{"rendered":"Amir Temur va Temuriylar davrida o\u2019zbek davlatchiligining yuksalishi, ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayot"},"content":{"rendered":"\n<p>XIV asr o\u2019rtalarida Chingizxon tasarrufidagi yerlar uning vorislari qo\u2019l ostida bo\u2019lsa ham, ular mayda bo\u2019laklarga bo\u2019linib, idora qilinmoqda edi. O\u2019zaro hokimiyat uchun ichki kurashlar va nizolar natijasida 1348 yilda Sharqiy Turkistonda Chig\u2019atoy avlodidan bo\u2019lgan Tug\u2019luq Temur hukmronligida Mo\u2019g\u2019uliston nomi bilan yangi davlat barpo yetiladi. Tug\u2019luq Temur o\u2019z yerlarini kengaytirish maqsadida Movarounnahrga bir necha bor harbiy yurishlar uyushtirdi. Bu harakatlar Movarounnahr ichidagi barqaror bo\u2019lmagan ijtimoiy-siyosiy vaziyat, boshboshdoqlik tufayli sodir bo\u2019lgandi.<\/p>\n\n\n\n<p>Ana shunday ichki o\u2019zaro urushlar avj olib, ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy inqiroz kuchayib borgan davr Amir Temur faoliyati bilan bog\u2019liq. Amir Temur Shahrisabz yaqinidagi Xo\u2019ja Ilg\u2019or qishlog\u2019ida barlos beklaridan bo\u2019lgan Muhammad Tarag\u2019ay oilasida 1336 yil 9 aprelda tavallud topadi. Uning yoshligi Keshda kechadi, harbiy mashq, diniy va dunyoviy bilim o\u2019rganadi. 1360-1361 yillarda Tug\u2019luq Temur qarshiliksiz Movarounnahr yerlariga bostirib kirganida Temurning amakisi Kesh hokimi Hoji barlos Xurosonga qochib ketadi. Yosh Temur amakisi hokim bo\u2019lib turgan yerlarni qo\u2019lda saqlash maqsadida Tug\u2019luq Temur xizmatiga kiradi va uning ishonchini qozonib, Kesh viloyati yerlariga hokimlik qilish uchun yorliq oladi. Temurning bu harakati Movarounnahrda siyosiy tarqoqlik, o\u2019zaro nizolar va boshboshdoqlik hukm surgan davrdagi birdan-bir to\u2019g\u2019ri yo\u2019l yedi. Chunki kelajakda mahalliy hukmdorlarning Mo\u2019g\u2019uliston xoniga qarshi kurashining yuzaga kelishi, shubhasiz edi. Tug\u2019luq Temur 1361 yilda Movarounnahr yerlarini boshqarishni o\u2019g\u2019li Ilyosxo\u2019jaga topshiradi. Shundan boshlab Amir Temur Tug\u2019luq Temur xizmatidan asta-sekinlik bilan uzoqlashib, Balx hokimi Amir Qozog\u2019onning nabirasi Amir Husayn bilan ittifoq tuzadi. Uni mustahkamlash maqsadida Temur Amir Husaynning singlisiga ham uylanadi. Muhimi, birgalikda mo\u2019g\u2019ullarga qarshi kurashni ham boshlab yuboradi. U mahalliy hokimiyat uchun bo\u2019lgan janglarning birida, aniqrog\u2019i, Seyistonda turkmanlarga qarshi bo\u2019lgan janglarda o\u2019ng qo\u2019li va oyog\u2019idan yaralanib, bir umrga oqsoq bo\u2019lib qoladi.<\/p>\n\n\n\n<p>1363 yili Tug\u2019luq Temurning vafoti Movarounnahr uchun bo\u2019lgan kurashlarni kuchaytirib yubordi. Lekin mo\u2019g\u2019ul bosqinchilari osonlikcha Movarounnahrni bermasligi ma\u2019lum edi. Shu munosabat bilan Temur va Amir Husaynning birlashgan kuchlari 1365 yilda Movarounnahrdan haydalgan Ilyosxo\u2019ja qo\u2019shinlariga qarshi kurash boshlaydilar. Toshkent va Chinoz oralig\u2019ida bo\u2019lgan mashhur \u00abLoy jangi\u00bb ittifoqchilar o\u2019rtasidagi kelishmovchilik tufayli mag\u2019lubiyat bilan tugaydi. Ana shu voqeadan so\u2019ng Amir Temur va Amir Husayn o\u2019rtasida ixtilof boshlanadi. \u00abLoy jangi\u00bbda g\u2019alaba qilgan Ilyosxo\u2019ja yesa Movarounnahrdagi harbiy harakatlarini kengaytirdi. Endi u katta qo\u2019shinlar bilan Samarqandga yurish boshlaydi. Bu paytda Samarqanddagi Mavlonozoda va Abu Bakr Kalaviy boshliq sarbadorlar Ilyosxo\u2019jaga qarshi chiqadilar. Mahalliy aholining vatanparvarlik namunalarini ko\u2019rsatib qarshilik ko\u2019rsatganliklari tufayli Samarqandni qamal qilib turgan mo\u2019g\u2019ul qo\u2019shinlari Movarounnahrni butunlay tashlab ketishga majbur bo\u2019ldilar. Samarqandliklarning mo\u2019g\u2019ullar ustidan erishgan g\u2019alabasi to\u2019g\u2019risidagi xabarni eshitgan Amir Temur va Amir Husayn Movarounnahrga yo\u2019l olishib, Samarqand yaqinidagi Konigilda sarbadorlar rahbarlari bilan uchrashadilar. Bu uchrashuvda o\u2019zaro kelishmovchilik kelib chiqib, sarbadorlarning rahbarlari xiyla yo\u2019li bilan o\u2019ldiriladi. Movarounnahrda Samarqand taxtini Amir Husayn egallab, uning hukmronligi o\u2019rnatiladi. Shundan boshlab Temur va Husayn o\u2019rtasidagi munosabat yanada keskinlashadi. Demak, bu vaqtga kelib Movarounnahrda o\u2019zaro urushlarga barham bera oladigan markazlashgan davlat tuzish o\u2019ta zaruriyatga aylangandi. Buni anglagan Amir Temur Amir Husaynga qarshi zimdan kurash olib borib, Balxni qamal qilish paytida o\u2019z ittifoqchisi Xuttalon hokimi Kayxusrav qo\u2019li bilan 1370 yili Husaynni chetlashtiradi. Mana shu davrdan e\u2019tiboran Amir Temurning Movarounnahrda yakka hukmronlik faoliyati boshlanadi. Bu esa uning qariyb 35 yillik hukmronligi va ko\u2019plab jahongirlik harbiy yurishlari uchun qulay shart-sharoit yaratadi. Amir Temur o\u2019zini Amir Kuragoniy deb atay boshladi. Chunki, u Amir Husaynning beva xotini Chingizxon avlodidan bo\u2019lgan Saroymulkxonimni o\u2019z nikohiga olgan yedi. Keyinchalik unga atab maqbara qurdiradi.<\/p>\n\n\n\n<p>Temur qisqa vaqt ichida Amudaryo bilan Sirdaryo oralig\u2019idagi yerlarni, Farg\u2019ona va Shosh mulklarini o\u2019ziga bo\u2019ysindirdi. 1372-1388 yillar orasida Xorazmga 7 marta harbiy yurish qilib, uni ham o\u2019ziga bo\u2019ysundirdi. Temur Oltin O\u2019rda xoni To\u2019xtamishga qarshi 1389, 1391, 1394-1395 yillarda 3 marta yurish qilib, uni ham yengdi. Oltin O\u2019rda qudrati to\u2019lasincha sindirildi. 1395 yilda Shimoliy Kavkaz hamda Terak daryosi bo\u2019yida Temur va To\u2019xtamish o\u2019rtasida shiddatli jang bo\u2019lib, bu jang Temur g\u2019alabasi bilan tugadi. Bu g\u2019alabalar Temur qo\u2019shinlarining quyi Povolje, Astraxon, Shimoliy Kavkaz, Azov bo\u2019ylariga chiqish uchun keng yo\u2019l ochildi. Temurning Xorazm, Movarounnahr yerlariga va Oltin O\u2019rdaga yurishlari, poytaxtning Keshdan Samarqandga ko\u2019chirilishi O\u2019rta Osiyoda markazlashgan davlatni tashkil qilishga qaratilgan bo\u2019lsa, uning Yeron, Kavkaz, Hindiston, Old va Kichik Osiyoga harbiy yurishlari imperiyani kengaytirish maqsadida amalga oshirilgandi. Temur o\u2019zining uch yillik (1386-1388), besh yillik (1392-1398), yetti yillik (1399-1405) yurishlari davomida Ozarbayjonda jaloyirlar, Sabzavorda sarbadorlar davlatini, Hirotda kurdlar davlatini tugatib, Eron va Xurosonni o\u2019z tasarrufiga kiritdi. Amir Temur 1398 yilda Hindistonga qilgan harbiy yurishida Dehli shahrini, 1400 yilda Suriyaga qilgan yurishida esa Halab va Beyrut shaharlarini, 1401 yilda Damashq shahrini egallaydi. 1402 yilda usmoniylar imperiyasining sultoni Yildirim Boyazidga qarshi yurishida uni mag\u2019lubiyatga uchratadi. Bu g\u2019alaba bilan Temur Yevropaning usmoniylar asoratiga tushishini bir necha o\u2019n yillar orqaga suradi. Temur 1404 yilda Kichik Osiyodan Samarqandga keladi va Xitoyga harbiy yurish taraddudini ko\u2019radi. Aslida Temur yirik sarkarda bo\u2019lib, kuchli hafbiy boshqaruv tizimini yaratadi.<\/p>\n\n\n\n<p>1404 yil qishida Temur 200 minglik qo\u2019shin bilan Xitoy safariga otlandi. Ammo Temur qattiq betobligi sababli chegara shahari O\u2019trorda to\u2019xtaydi va shu yerda 1405 yilning 18 fevralida vafot etadi. Natijada Xitoyni tobe etish rejasi amalga oshmay qoladi. Amir Temur hayotining so\u2019nggi yillarida o\u2019zining esdaliklari va tuzuklarini yozib qoldirdi \u201cTemur tuzuklari\u201d da davlat tuzilishining asosiy bo\u2019g\u2019inlari, ularning vazifa, funksiyalari, vazirlarning faoliyatlari, turli hil ijtimoiy guruhlar, tabaqalarga munosabat, qo\u2019shin tuzilishi davlatning moliya va soliq siyosati, mulkiy munosabatlar hamda shu singari dolzarb masalalar, ularni hal etish yo\u2019llari aniq ifodalangan. Amir Temur davlatni mustahkamlashda qonun-qoidalarning tutgan o\u2019rniga keng e\u2019tibor berdi. U bu haqda quyidagilarni yozdi: \u00abDavlat ishlarini saltanat qonun \u2013 qoidalariga asoslangan holda boshqardim. To\u2019ra va tuzukka tayanib saltanatda o\u2019z martaba va maqomimni mustahkam saqlab turdim\u00bb. Amir Temur turk-mo\u2019g\u2019ul an\u2019analariga amal qilgan holda o\u2019z davlati hududlarini suyurg\u2019ol (ulus) tariqasida in\u2019om qilish yo\u2019li bilan boshqargan. Temur Movarounnahrdan tashqaridagi yerlarni to\u2019rt ulusga bo\u2019lib, farzandlariga in\u2019om yetdi. Bu masalaning e\u2019tiborli tomoni shundaki, bo\u2019lib berilgan yerlar ichki mustaqillikka ega bo\u2019lsalar-da, lekin amalda markaziy hokimiyatga bo\u2019ysunganlar. Uluslar o\u2019rtasida turli nizolar va kelishmovchiliklar bo\u2019lmasligi uchun ularning faoliyatini shaxsan o\u2019zi nazorat qilib turgan. Temur davlat mafkurasining kuchli hokimiyat va tayanch ekanligini tushunib yetganligi bois davlat, saltanat ishlarini yuzaga keltirishda kamchilikka yo\u2019l qo\u2019ymaydigan vazirlarni tanlashga alohida e\u2019tibor bergan. Amir Temur vazir to\u2019rtta sifatga ega bo\u2019lishi lozim deb hisoblagan: asillik, toza nasllik; aql-farosatlilik; sipohi raiyat ahlidan xabardorlilik; sabr-chidamlilik va tinchliksevarlik.<\/p>\n\n\n\n<p>Temur davrida davlat markaziy ma\u2019muriyati boshida devonbegi, ark begi va to\u2019rt vazir turgan. Vazirlar soliq yig\u2019ish, meros ishlari, askarlar maoshi va ularni oziq-ovqat bilan ta\u2019minlash va saroy xarajatlari bilan bog\u2019liq ishlar bilan shug\u2019ullangan.<\/p>\n\n\n\n<p>Temur davridagi ilm-fan, me\u2019morchilik, san\u2019at sohalari o\u2019z davriga nisbatan yuqori darajada rivojlanib, yuksak ma\u2019naviy boylik darajasiga ko\u2019tarildi. Sohibqiron mamlakat obodonchiligiga ham juda katta e\u2019tibor berdi. Samarqandni poytaxt qilib olgach dunyoning turli joylaridan keltirilgan binokorlar, me\u2019morlar tomonidan masjidlar, madrasalar, maqbaralar qurildi. Hattoki g\u2019ariblarga oziq-ovqat beradigan g\u2019aribxonalar, yo\u2019lovchilar qo\u2019nib o\u2019tadigan maxsus joylar ham qurilgan. Shahar atrofi mustahkam devorlar bilan o\u2019ralib, Ohanin, Shayxzoda, Chorsu, Korizgoh, So\u2019zangaron, Feruza kabi nomlar bilan darvozalar quriladi. Temurning qarorgohi sifatida noyob ma\u2019muriy bino Ko\u2019ksaroy va Bo\u2019stonsaroylar qad ko\u2019taradi. Samarqand atrofida atab go\u2019zal bog\u2019lar yaratgan. Temur tug\u2019ilgan joyi Keshda Oqsaroy, Jome masjidi, madrasalar barpo ettirdi. Turkiston shahrida Xoja Ahmad Yassaviy maqbarasini qurdiradi. Bu davrda Buxoro, Samarqand, Shahrisabz va Toshkent kabi shaharlar hunarmandchilik va savdo markazlariga aylandi. Amir Temur savdo yo\u2019llari rivojiga va uning tinchligiga alohida e\u2019tibor berdi. U boy o\u2019ljalar bilan cheklanib qolmay, balki jahon karvon savdosi yo\u2019llari (Yevropa va O\u2019rta Osiyo mamlakatlarining Uzoq Sharq bilan) ustidan hukmronlik qilishni ham o\u2019z oldiga maqsad qilib qo\u2019ygandi. Sohibqiron Oltin O\u2019rda hududidan o\u2019tgan shimoliy savdo yo\u2019lini ishdan chiqarish va savdo yo\u2019lini O\u2019rta Osiyo orqali o\u2019tgan eski ipak yo\u2019liga yana burib yuborishga zo\u2019r berib harakat qildi.<\/p>\n\n\n\n<p>Amir Temur davlatining mafkurasi ijtimoiy-iqtisodiy hayotni izga solib yo\u2019naltirishdan tashqari siyosiy hayotda ham katta kuchga aylandi. U chet davlatlar bilan aloqani kengroq yo\u2019lga soldi. U davr shart-sharoitlaridan kelib chiqib, tashqi siyosatda qat\u2019iy faol harakat qilib, o\u2019z saltanati dovrug\u2019ini jahon miqyosiga olib chiqa oldi. Amir Temurning Yildirim Boyazid ustidan bo\u2019lgan g\u2019alabasidan so\u2019ng Fransiya, Angliya, Genuya va Vizantiya erkin aloqalarni, savdogarlar va mol almashishni taklif yetgan. U Yevropa mamlakatlari bilan yaqin qo\u2019shnichilik qilish, savdo karvon yo\u2019llarini rivojlantirish niyati borligini ko\u2019rsatib, o\u2019z davlati shuhratini Yevropaga tarqata oldi. Uning saltanatining dovrug\u2019i bu mamlakatlarga borib yetishi bilan Fransiya, Angliya, Genuya, Vizantiya va Ispaniya kabi davlatlarning qirollari sohibqiron bilan siyosiy, iqtisodiy, savdo aloqalari o\u2019rnatishga intilganlar. Shu bois ular Temur huzuriga muntazam elchilar yuborib turganlar. Amir Temur davrida diniy ilmlar va dunyoviy fanlar barqaror bo\u2019lgan. U o\u2019z davrining fan va madaniyat homiysi sifatida ham shuhrat qozondi. Doimo kamsitilgan va e\u2019tibordan chetda bo\u2019lgan mazhab tarafdorlarini o\u2019z homiyligiga olgan. Darvesh, faqir-miskinlarni o\u2019ziga yaqin tutib, ularni ranjitmaslikni o\u2019zining insoniy burchlaridan biri deb bilgan. Amir Temur vafotidan so\u2019ng uning yirik imperiyasi parchalana boshladi. Temuriy shahzodalarning taxt uchun o\u2019zaro kurashlari qudratli davlatning bo\u2019linishidagi asosiy sabablardan biri edi. Amir Temur taxtiga valiahd qilib nabirasi Pirmuhammadni qoldirgan bo\u2019lsa-da, eng katta o\u2019g\u2019li Jahongir Mirzoning farzandi, ko\u2019pgina amirlar va amaldorlar uning hukmronligini tan olmadilar. 1405 yil mart oyida Temurning nabirasi Xalil Sulton o\u2019zboshimchalik bilan Samarqand taxtini egalladi. Undan tashqari, Xurosonda Shohruh, Balx, G\u2019azna va Qandahorda Pirmuhammad, G\u2019arbiy Yeron va Ozarbayjonda Mirzo Umar va Abubakr Mirzo, Turkiston, Sabron, O\u2019tror, Sayramda Amir Berdibek, O\u2019ratepa va Farg\u2019onada Amir Xudoydod, Xorazmda Idiku o\u2019zlarini hukmdor deb e\u2019lon qildilar.<\/p>\n\n\n\n<p>Temuriy hukmdorlardan Shohruh (1405-1447), Mirzo Ulug\u2019bek (1409-1449), Sulton Husayn (Boyqaro) (1469-1506), qisman Sulton Abu Said (1451-1469) davrlarida ichki osoyishtalik, ma\u2019rifat va madaniyatga e\u2019tibor tufayli ilmu-fan va madaniyat yuksalib, Movarounnahr va Xuroson yana Sharqning ma\u2019rifat va madaniyat markazi nomini qaytarib oladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Bu vaqtda nafaqat Hirot va Samarqand, balki Movarounnahr va Xurosondagi boshqa shaharlarda ham olimu-fuzalo, shoiru-me\u2019morlar, bastakoru naqqoshlar guruhlari to\u2019plana boshlaydi. Buxoro, Xorazm, Balx, Mashhad, Sheroz ham o\u2019ziga xos madaniy markazlar rolini o\u2019ynay boshlaydi. Ma\u2019rifatparvarligi va aqlli bilan nom chiqargan Shohruh davrida asriy ilm-fan, madaniyat an\u2019analari qayta jonlana boshlagan edi. Shahar qayta qurildi. Hirotdagi eng gavjum joylardan biri Shohruhning o\u2019g\u2019li Boysunqur tashkil etgan kitobxona nomini olgan joy bo\u2019lib qoldi. Bu yerda o\u2019z davrining yeng sara kitoblari qayta ko\u2019chirilar, sotib olinar va sotilar edi. Bu paytda hukmdor va amaldorlarning homiyligi natijasida tasviriy san\u2019at, amaliy san\u2019at, xattotlik san\u2019ati o\u2019z rivojini maromiga yetqazdi. Mirak Naqqosh boshchiligidagi sharq miniatyura san\u2019ati ham o\u2019z faoliyatini shu yerdan boshlagan edi. Hirotlik va xurosonlik ko\u2019plab badavlat zodagonlar, savdogarlar ham ilm-fan, madaniyatga homiylik qila boshlaydilar. Masalan, Shohruh hukmronligi davrida zodagon Hoji Arslon Tarxon o\u2019zining ma\u2019rifatparvarligi bilan nom chiqargan edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Movarounnahr yerlarini 1409 yildan boshlab Shohruhning katta o\u2019g\u2019li Ulug\u2019bek Mirzo boshqara boshladi. Ulug\u2019bekning hukmronlik davri (1409-1449) asosan Movarounnahrda ijtimoiy-iqtisodiy hayot, ilm-fan va madaniyatning rivojlanishi bilan izohlanadi. Mirzo Ulug\u2019bek Movarounnahrni musulmon olamining ilmiy markaziga aylantirishga harakat qildi. Xususan, Samarqand, Buxoro, Kesh ilm-fan markazlariga aylandi. U 1417 yilda Buxoro, 1420 yilda Samarqand va 1433 yilda G\u2019ijduvonda madrasalar barpo etdi. Samarqandni obodonlashtirish ishlariga bosh-qosh bo\u2019lib, Go\u2019ri Amir, Shohizinda me\u2019moriy majmualarini oxiriga yetqazdi. Marvda ham bir qator diniy muassasalar qurdiradi. Hadisi sharifdagi \u00abIlm olmoqqa intilmoq har bir muslim va muslima uchun ham farz va qarz\u00bb degan iborasi Buxoro madrasasi peshtoqiga shior sifatida o\u2019yib yozdirib qo\u2019yiladi. Xususan, Samarqandga o\u2019z zamonasining yirik, taniqli olimlarini chorlashga harakat qilgan. Uning sa\u2019y-harakatlari tufayli zamonasining 100 dan ortiq olimlari Samarqandga yig\u2019ildilar. Ular orasida Taftazoniy, Mavlono Ahmad, o\u2019z zamonasining \u00abAflotuni\u00bb deb nom olgan Qozizoda Rumiy, G\u2019iyosiddin Koshiy, Muhammad Xavofiylar va boshqa taniqli olimlar ham bor edi. 1420 yilda Samarqand madrasasi ochilganda unda 90 dan ortiq olim qatnashgan. Ilk ma\u2019ruzani Mavlono Havofiy o\u2019qigan vaqtida, uni faqat 2 kishi \u2013 Mirzo Ulug\u2019bek va Qozizoda Rumiy tushungan, xolos. Keyinchalik o\u2019z zamonasining taniqli kishilari Abdurahmon Jomiy, Xo\u2019ja Ahror va boshqalar ham Samarqand madrasasida tahsil olganlar.<\/p>\n\n\n\n<p>Shuningdek, Samarqandda bu davrda bir necha madrasalar ham bo\u2019lib (Xonim, Feruzshoh, Shohmalik, Qutbiddin va boshqalar) ularda ham salohiyatli olimlar dars berishar edi. 1424-1429 yillarda Samarqand yaqinidagi Obirahmat anhori yaqinida Mirzo Ulug\u2019bek rasadxona qurdiradi. U o\u2019sha davrning noyob inshootlaridan bo\u2019lib, doira shaklida barpo etilgan, imoratning aylanasi 47 m., balandligi 31 m. dan iborat 3 qavatli bino bo\u2019lgan. Binoning ichida maxsus tekshirish xonalari bo\u2019lib, unda yerlarda maxsus asbob-uskunalar joylashtirilgan. Samoni kuzatish va o\u2019rganish borasida G\u2019iyosiddin Jamshid yordamida astronomik o\u2019lchov asbobi &#8212; ulkan sekstant o\u2019rnatilgandi. Bu sekstant Sharqdagi eng katta astronomik o\u2019lchov asbobi hisoblangan. Shuningdek, mahalliy ustalar (Iso Usturlobiy, Abu Mahmud Xo\u2019jandiy, usta Ibrohim) qo\u2019li bilan ko\u2019plab zaruriy astronomik o\u2019lchov asboblari ham yasaladi va o\u2019rnatiladi. Rasadxona qoshida 15 ming nusxadan iborat boy kutubxona ham bo\u2019lgan. Uning atrofida olimlar yashaydigan yer-chorbog\u2019lar Bog\u2019imaydon va Chinnixona nomi bilan shuhrat topdi. Ulug\u2019bek Samarqandda o\u2019ziga xos astronomiya maktabini yaratdi. Rasadxonada Ulug\u2019bek bilan birga o\u2019z zamonasining mashhur matematigi va astronomlari Qozizoda Rumiy, G\u2019iyosiddin Jamshid, Koshiy, Ali Qushchi kabilar tadqiqot ishlarini olib borgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Ulug\u2019bek davrida, shuningdek, Samarqand Sharqning madaniy markaziga aylanganligi uchun mashhur faylasuf Ali ibn Muhammad Jurjoniy, taniqli tabib Mavlono Nafis, shoir Xayoliy Buxoriy, \u00abYusuf va Zulayho\u00bb dostonining muallifi Durbek, qasida janrining taniqli namoyandasi o\u2019zbek shoiri Sakkokiy, mashhur xattot Abdurahim Xorazmiy va boshqalar Ulug\u2019bek homiyligi ostida Samarqandda yashab ijod qilganlar. Yana Sharqning ko\u2019plab taniqli olim va shoirlari, fuzaloi ulamolari Samarqandga tez-tez kelib turdilar. Ulug\u2019bek davridagi madaniy markaz keyinchalik Ulug\u2019bek akademiyasi nomini olib, dastavval mashhur fransuz yozuvchisi va olimi Volter (1694-1778) tomonidan e\u2019tirof etilgandi. Ulug\u2019bek atrofiga uyushgan ko\u2019plab buyuk qomusiy olim sohiblari &#8212; Qozizoda Rumiy, G\u2019iyosiddin Jamshid Koshiy, Muxammad Ali Qushchi, Muxammad Xavofiylar ilm-fanning turli soxalarida, ayniqsa, astronomiya, matematika singari aniq fanlar bo\u2019yicha barakali ijod qildilar hamda o\u2019zlaridan ulkan meros qoldirib ketdilar. Temuriylar davri tasviriy san\u2019atining ulkan namoyandasi, tengsiz talant soxibi, o\u2019nlab mohir musavvirlarning ustozi, benazir ijodi hozirgacha ham insoniyat ahlini lol qoldirib kelayotgan Kamoliddin Behzod (1455- 1537) ham Hirot ijodiy muhitida faoliyat ko\u2019rsatdi.<\/p>\n\n\n\n<p>Temur va temuriylar davrida tarixshunoslik fani rivoj topdi. Bu davrda yashab ijod qilgan muarrixlarning asarlarida o\u2019sha zamon tarixiy voqealarning mufassal tafsilotlari, sharxlaridan tashqari ularning chuqur ijtimoiy mohiyati, mazmuni uzining butun ziddiyatliligi va murakkabliligi bilan ifoda etilgan. Bu davr tarixchilaridan Nizomiddin Shomiy, Xofizu Abru, Sharofiddin Ali Yazdiy, Fosix Xavofiy, Abdurazzoq Samarqandiy, Ibn Arabshox, G\u2019iyosiddin Ali, Mirxond, Xondamir o\u2019sha davr ijtimoiy hayoti jarayonining talab va ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda temuriy hukmdorlarning turli-tuman faoliyati, sa\u2019y-harakatlari bilan bog\u2019liq tarixiy hodisalar, voqealarni holis va haqqoniy aks ettirishga intilganlar.<\/p>\n\n\n\n<p>1447 yilda Shohruh Mirzo vafotidan so\u2019ng Temurzodalar o\u2019rtasidagi kurash boshlanib ketdi. Oqil va dono hukmdor Ulug\u2019bek bu kurashlarga barham berishga harakat qilib ko\u2019rdi. Lekin buning uddasidan chiqolmadi. Aksincha, o\u2019g\u2019li Abdullatifning bevosita ishtiroki tufayli o\u2019zi bu kurashlarning qurboni bo\u2019ldi. Xullas, XV asr o\u2019rtalariga kelib, Mirzo Ulug\u2019bek vafotidan keyin (1449) temuriy shahzodalar o\u2019rtasida hokimiyat uchun kurash yana avj oldi. Abdullatif xurofotchi din ahllari, darveshlar guruhi bilan yaqinlashib, o\u2019zini himoya qilishga urindi. Lekin qotil padarkush taxtda uzoq o\u2019tira olmadi. 1450 yilning 8 mayida shahar qandag\u2019i yonida, Bog\u2019inavdan nariroqda unga suiqasd qilinib, o\u2019ldirildi. O\u2019ldirganlar hattoki qo\u2019rqmasdan Abdullatifning kesilgan boshini Registondagi Ulug\u2019bek qurdirgan madrasa peshtoqiga namoyishkorona tarzda ilib qo\u2019ydilar. Endi Samarqand taxtiga temuriylardan Mirzo Ulug\u2019bekning kuyovi hamda jiyani Mirzo Abdullo o\u2019tiradi. Buxoroda esa hokimiyat Mironshohning nevarasi Sulton Abu Said qo\u2019liga o\u2019tadi. Mirzo Abdullo o\u2019zining bir yillik hukmronlik davrida mamlakatda barqarorlikni tiklashga, Mirzo Ulug\u2019bekning madaniy sohadagi ishlarini davom ettirishga, markaziy hokimiyatni kuchaytirishga harakat qildi. U Samarqand taxti da\u2019vogarlari Alouddavla va Abu Saidlar bilan kurash olib borib, Samarqandga qarshi yurish qilgan Abu Said qo\u2019shinini tor-mor keltirdi. Abu Said Sirdaryo ortiga qochib, Dashti Qipchoq o\u2019zbeklari xoni Abdulxayrxondan yordam so\u2019rab murojaat qiladi. 1451 yilning yozida Samarqand yaqinidagi Sheroz qishlog\u2019ida bo\u2019lgan jangda Mirzo Abdullo o\u2019ldirilib, taxt Sulton Abu Said Mirzo (1451-1469) qo\u2019liga o\u2019tadi. Temur davlatining Xuroson yerlari Shohruhning boshqa bir nevarasi Boysunqurning o\u2019g\u2019li Abdulqosim Bobur qo\u2019lida saqlanib qolib, u to vafoti (1457) ga qadar Hirot taxtini boshqarib turadi. Bu vaqtga kelib o\u2019zaro siyosiy tarqoqlik yanada avj oladi. Birgina Xurosonning o\u2019zi o\u2019ndan ortiq qismga bo\u2019linib ketadi. O\u2019zaro taxt uchun muttasil kurashlar mamlakat iqtisodiy va madaniy hayotiga katta zarar yetqazib, inqiroziy holatlarga sabab bo\u2019la boshladi. Abulqosim Bobur Xurosonni o\u2019z qo\u2019li ostida birlashtirishga, Shohruh davridagi madaniy hayotni tiklashga harakat qildi. 1454 yilda uning Samarqandga yurishi muvaffaqiyatsiz tugab, 40 kunlik shahar qamalidan keyin yana orqaga qaytishga majbur bo\u2019lgan edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Ulug\u2019bek vafotidan so\u2019ng madaniy markaz Xurosonga va uning poytaxti Hirotga ko\u2019chdi. Hirot madaniy va ilmiy markazning shakllanishida Huroson hukmdori Sulton Husayn (Boyqaro) va buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiyning roli nihoyatda beqiyos bo\u2019ldi. Ma\u2019rifatli hukmdor bo\u2019lmish Sulton Husayn butun Xurosonda ilm-fan, adabiyot, madaniyat homiysiga aylandi. Uning o\u2019zi \u00abHusayn\u00bb taxallusida g\u2019azallar bitgan. Hozirgi kungacha uning she\u2019riy \u00abDevon\u00bbi va Nasriy \u00abRisola\u00bb asarlari yetib kelgan. Alisher Navoiy (1441-1501) yoshligidan temuriy shahzoda Sulton Husayn bilan do\u2019st edi, keyinchalik ular Xuroson hokimi Abdulqosim Bobur (1451-1457) xizmatida birga bo\u2019lganlar. Husaynning xizmat davrida Alisher Navoiy Mashhad va Hirot madrasalarida tahsil ko\u2019radi. Keyinchalik Movarounnahr hokimi Sulton Abu Said tazyiqi bilan Samarqandga ketishga majbur bo\u2019ladi va u yerda 2 yil turib, o\u2019z bilimini yanada takomillashtiradi. 1469 yilda Xuroson taxti Sulton Husaynga tekkanidan so\u2019ng, uning taklifi bilan yana Hirotga keladi va bu yerda dastlab muhrdorlik, so\u2019ngra vazirlik qiladi. Alisher Navoiy vazirlik davrida (1472-1476) mamlakatda iloji boricha osoyishtalik va adolat o\u2019rnatishga harakat qildi, shaharlar yuksaldi, suv chiqarilib ko\u2019pgina yerlar obod bo\u2019ldi, hunarmandchilik va savdo-sotiq ishlari yanada rivojlandi. Navoiy ilm-fan, ma\u2019rifat va madaniyat ahliga shaxsan o\u2019zi homiylik qildi. Garchi toju taxt uchun kurashlarda va fitna-nizolar natijasida Navoiyning Sulton Husayn bilan oralari biroz sovugan bo\u2019lsa-da, lekin Navoiy umrining oxiriga qadar davlatning tayanch shaxslaridan biri bo\u2019lib qoldi. Jumladan, u vazirlik lavozimidan ketar ekan, Navoiyga shohona to\u2019n kiygizib, uning iltimosi hech qachon yerda qolmasligini qayd qiladi. Ma\u2019lumotlarga ko\u2019ra, Alisher Navoiy 300 dan ortiq turli qurilish, obodonchilik ishlariga bosh-qosh bo\u2019lgan. Hirotdagi Injil daryosi bo\u2019yida uning rahnamoligida \u00abIxlosiya\u00bb, \u00abShifoiya\u00bb majmualari, Tus viloyatidagi Turuqband suv ombori va kanali, Hirot va Mashqaddagi sug\u2019orish inshootlari, Astroboddagi saroy va masjid, Marvdagi madrasa ishga tushirildi. Navoiy o\u2019z daromadlarini ham xayriya ishlariga sarflaydi. Shaxsan uning mablag\u2019lari hisobidan 52 ta rabot, 19 ta hovuz, 16 ta ko\u2019prik, 9 ta hammom va boshqalar qurilgan. Xurosonda 12 dan ortiq minora, masjid va rabotlar ta\u2019mirlandi.<\/p>\n\n\n\n<p>Navoiy homiyligida Sharq miniatyurasi maktabining yetuk namoyandasi \u00abSharq Rafayeli\u00bb nomini olgan Kamoliddin Behzod, tabiblar Abdulxay Muniy, Darvish Ali, xattotlardan Sulton Ali Mashhadiy, musiqachilardan Husayn Udiy, tarixchilardan \u2013 Sohib Doro, Muhammad Nizomiy, Kamoliddin Binoiy, Davlashoh Vosifiy, Muiniddin Muhammad, Mirxond va boshqalar yetishib chiqdilar. Alisher Navoiy turkiy tilda 1483-1485 yillarda 5 ta dostondan iborat \u00abHamsa\u00bb asarini yaratdi. Buyuk shoirning 20 dan ortiq asarlari ham ana shu tilda yaratildi. Ularning mazmunida tarixiy, falsafiy, axloqiy mezonlar bo\u2019lib, insoniyatga xos bo\u2019lgan barcha ijobiy xislatlar ulug\u2019lanadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Amir Temur va temuriylar davri madaniyatining tudakonli mazmuni, manzarasi va ko\u2019lami o\u2019sha zamonda har taraflama gurkirab ravnaq topgan badiiy adabiyotda yaqqol namoyon bo\u2019ldi. Eng muhimi shundaki, bu davrda badiiy tafakkurda an\u2019anaviy bayroqdor bo\u2019lib kelgan fors-tojik adabiyoti bilan yonma -yon turkiy-uzbek adabiyoti ham rivojlanib, uning namoyandalari safi ko\u2019payib bordi. Bu o\u2019rinda o\u2019zbek mumtoz adabiyoti taraqqiyotiga salmoqli hissa qo\u2019shgan Lutfiy, Haydar Xorazmiy, Durbek, Gadoiy, Atoiy, Sakkokiy, Husayniy singari badiiy so\u2019z ustalari nomini alohida tilga olib o\u2019tish joizdir. Shoir Lutfiy (1366 1465) o\u2019zining 20 dan ortiq asarlari bilan Navoiygacha ham mashhur bo\u2019lgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Ana shu davrda Sharofiddin Ali Yazdiyning (vafoti 1454 y) Temur tarixiga doir Nizomiddin Shomiydan so\u2019ng yozilgan bir xil nomdagi \u00abZafarnoma\u00bb asari yaratildi.<\/p>\n\n\n\n<p>Fors-tojik adabiyotida mashhur bo\u2019lgan Abduraxmon Jomiy (1414-1492) ning ham roli buyuk bo\u2019ldi. Temuriyzodalar o\u2019rtasidagi o\u2019zaro urushlar, birodarkushliklar nafaqat quyi tabaqa ahlining, balki yirik zodagonlarning ham noroziliklariga sabab bo\u2019ldi. Temuriylar davlatidagi siyosiy tarqoqlik, ayrim hukmdorlarning ajralib, mustaqillikka intilishi bu davlatning yemirilishiga olib keldi. Natijada Amir Temur asos solgan ulkan saltanat tanazzulga yuz tutdi va tugatildi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>XIV asr o\u2019rtalarida Chingizxon tasarrufidagi yerlar uning vorislari qo\u2019l ostida bo\u2019lsa ham, ular mayda bo\u2019laklarga bo\u2019linib, idora qilinmoqda edi. O\u2019zaro hokimiyat uchun ichki kurashlar va nizolar natijasida 1348 yilda Sharqiy &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/amir-temur-va-temuriylar-davrida-ozbek-davlatchiligining-yuksalishi-ijtimoiy-siyosiy-iqtisodiy-va-madaniy-hayot\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":0,"parent":0,"menu_order":0,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","template":"","meta":{"footnotes":""},"class_list":["post-958","page","type-page","status-publish","hentry","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/958","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/pages"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/page"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=958"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/958\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":959,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/958\/revisions\/959"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=958"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}