{"id":960,"date":"2021-09-10T07:57:21","date_gmt":"2021-09-10T04:57:21","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?page_id=960"},"modified":"2021-09-10T07:57:22","modified_gmt":"2021-09-10T04:57:22","slug":"turkistonning-xonliklarga-bolinib-ketishi-uning-sabablari-va-oqibatlari","status":"publish","type":"page","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/turkistonning-xonliklarga-bolinib-ketishi-uning-sabablari-va-oqibatlari\/","title":{"rendered":"Turkistonning xonliklarga bo\u2019linib ketishi, uning sabablari va oqibatlari"},"content":{"rendered":"\n<p>XV asr oxiri -XVI asr boshida Xuroson va Movarounnahrning bir necha mustaqil mulklarga bo\u2019linib ketishi, ayrim viloyatlar hokimlari o\u2019rtasida uzluksiz davom etgan o\u2019zaro nizolar avj olishi oqibatida Temuriylar saltanatining iqtisodiy va siyosiy inqirozi tezlashmoqda edi. Masalan, Farg\u2019ona, Xisor, Samarqand, Buxoro singari mulklari markaziy hokimiyat bilan bog\u2019lanmagan mustaqil siyosiy boshqaruviga ega bo\u2019lgan. Xorazmni So\u2019fiylar sulolasining vakili mustaqil boshqargan. Buning ustiga yana ularning ko\u2019plari imperiya markazi Samarqandga bo\u2019lgan da\u2019vogarlik maqsadini amalga oshirish uchun goh mo\u2019g\u2019ullardan, goh ko\u2019chmanchi o\u2019zbeklardan harbiy yordam so\u2019rash yo\u2019liga ham o\u2019tganlar. Natijada, mamlakatda tijorat ishlari va karvon savdosi deyarlik to\u2019xtadi, dehqonchilik va hunarmandchilik izdan chiqdi, xalqning moddiy ahvoli og\u2019irlashdi.<\/p>\n\n\n\n<p>XV asr oxirlariga kelib, Movarounnahrda temuriylarning bir-biridan o\u2019zaro mustaqil bo\u2019lgan uchta hokimiyati vujudga keldi:<\/p>\n\n\n\n<p>1.Samarqandda Sulton Ahmad Mirzo hukumronligi (1469-1493);<\/p>\n\n\n\n<p>2.Toshkentda Sultoy Mahmud Mirzo hukmronligi (1469-1498);<\/p>\n\n\n\n<p>3.Andijonda Umarshayx Mirzo hukmronligi (1469-1494).<\/p>\n\n\n\n<p>Bu uchala davlatning o\u2019zaro urushlari Movarounnahr aholining temuriylardan noroziligini yanada avj oldirdi. Ayniqsa, yuqori tabaqa vakillari markazlashgan davlat tarafida turdilar. Bu temuriyzodalarning davlat boshqaruvida mustahkam tayanchga ega emasligidan dalolat beradi. Bu vaqtda temuriylar huzurida ta\u2019lim olgan Abulxayrxonning nevarasi Muhammad Shohbat Dashti Qipchoqda dasht urug\u2019larini birlashtirib, o\u2019z hokimiyatini mustahkamlamoqda edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Shayboniyxon 1487-1488 yillarda O\u2019tror, Sayram, Yassa (Turkiston), Sig\u2019noq shaharlarini bosib olgan, 1499 yilda Movarounnahrga jiddiy harakat boshladi. U o\u2019zining harbiy, qarashlarida piri Shayx Mansurning \u201co\u2019rtasidan emas, chetlaridan boshlamoq zarur\u201d degan so\u2019zlariga amal qilib, Movarounnahrni istilo etishni Samarqanddan boshladi. Lekin, u Buxoro hokimi Amir Muhammad Boqi Tarxonning Samarqandga yordamga kelayotganligini eshitib, Samarqand qamalini to\u2019xtatadi va Buxoro tomon o\u2019z qo\u2019shinlarini safarbar etib, Dobusiya qal\u2019asi yonida Boqi Tarxonning harbiy qismlarini tor-mor keltiradi.<\/p>\n\n\n\n<p>Bundan tahlikaga tushgan Buxoroning yirik yer egalariga va ruhoniylari xalqni mudofaaga undash o\u2019rniga, sharning jangsiz taslim bo\u2019lish yo\u2019lini tutdilar. Ayni paytda Samarqandda ham ikkilanishlar boshlanib, yirik ruhoniy Xo\u2019ja Ahrorning o\u2019g\u2019li Muhammad Yaxyo boshliq bir guruh amaldorlar Andijon hokimi Temuriy shahzoda Boburdan va Toshkent hokimi Sulton Mahmuddan yordam so\u2019radilar. Bu yashirin harakatdan xabardor bo\u2019lgan Sulton Ali ham Shayboniyxon bilan aloqa o\u2019rnatishga kirishdi. Natijada, 1500 yili Samarqand Shayboniyxonga jangsiz topshirildi. Samarqand 4 oy mobaynida Shayniyxon qo\u2019shinlari tamonidan talin-taroj qilinadi, istilocholar foydasiga katta miqdordagi boj olindi, aholi kutgan tinchlik va yengilliklar ham bo\u2019lmadi. Shahar aholisi keng qatlamlarining va feodal &#8212; zodagonlarning noroziligidan, Shayboniyxonning boshqa joyda istilochilik harakati bilan band bo\u2019lganligidan foydalangan Zahiriddin Bobur 1500 yil kam sonli askarlari bilan Samarqandni ikkinchi marta qo\u2019lga kiritdi. U tezlikda shahardagi Shayboniyxonning 600 kishilik qo\u2019shinini va tarafdorlarini yo\u2019q qildi, 1501 yil aprel oyida Zarafshon atrofidagi Kuxakda olib borilgan shoshilinch jangda hal qiluvchi mag\u2019lubiyatga uchradi. Bobur Samarqandga yashirinishga majbur bo\u2019ldi va uni bir nech oy qamal qilib turishda oddiy aholi, ayniqsa hunarmandlar mudofaa ishida faol qatnashdilar, Shayboniyxonning hujumini bir necha bor qaytardilar. Lekin, shaharda qurol yetishmasligi va dahshatli ocharchilik boshlanishi hamda atrofdan hech qanday yordam olish mumkin bo\u2019lmaganli sababli shaharni Shayboniyxon ikkinchi bor qo\u2019lga kiritdi. Bu voqea Shayboniyxonning navbatdagi istilochilik harakatini amalga oshirishga shart-sharoit yaratdi. Dashti qipchoqliklar qisqa muddat ichida Buxoro (1500), Samarqand (1501), Toshkent (1503), Xisor (1504), Urganch (1505), Balx (1506); Hirot (1507) kabi shahar va viloyatlarni egallab, Sharqiy Turkiston chegaralaridan Markaziy Afg\u2019oniston hududlarigacha cho\u2019zilgan yerlarda markazlashgan Shayboniylar Davlatiga asos soldilar.<\/p>\n\n\n\n<p>Shayboniyxon tasarrufiga o\u2019tgan barcha hududlarni uning qarindoshlari, o\u2019zbek qabilalarining zodagonlari va harbiy qo\u2019mondonlari o\u2019rtasida taqsimladi. Ukasi Mahmud Sultonni Buxoroning, amakilari Kuchkunji Sulton va Suyun Xojalarni Toshkent bilan Sirdaryo bo\u2019yidagi shaharlar hokimlari etib tayinladi. Samarqandni mamlakatning poytaxtiga aylantirildi. Bu bilan Temuriylar davri feodal tarqoqligiga, shahzodalar va amirlar o\u2019rtasidagi o\u2019zaro ur-yiqitlarga chek qo\u2019yildi, mamlakat yaxlitligi ta\u2019minlandi. Shayboniyxonni bu muvaffaqiyatlar ham qanoatlantira olmadi. 1508-1509 yillarda qozoqlar yurtiga hujum uyushtirda, Volga daryosi orqali Rossiyaga, g\u2019arbiy va janubiy-g\u2019arbiy Eronga va Hindistonga eltuvchi yo\u2019llarni ham qo\u2019lga kiritishni rejalashtirdi. Shayboniyxonni janub tomon yurishini Eron shohi Ismoil I to\u2019xtatib, 1510 yil dekabrida Marv shahri yaqinida bo\u2019lgan jangda ko\u2019chmanchi o\u2019zbeklar qo\u2019shinini tor-mor keltirdi. Shayboniyxon halok bo\u2019ldi. Mag\u2019lubiyat natijasida ilgari Shayboniyxon davlati tasarrufida bo\u2019lgan Xorazm va Xuroson (Balxdan tashqari) safoviylar hokimiyati ostiga o\u2019tdi. Shayboniyxon tarixiy kitoblar yozgan, turk va fors tillarini mukammal bilgan. Ruhoniylar o\u2019rtasida yuksak martabali kishi hisoblangan. U kishi hamma vaqt safarlarida kichgina go\u2019zal kitobxonani o\u2019zi bilan birga olib yurgan. Ulamolarni xizmatga olib munosib vazifalar topshirgan. Buxoro, Samarqand, Toshkent shaharlarida masjidlar va madrasalar qurdirgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Shayboniyxon tarqoq mulklarni qisqa vaqt ichida birlashtirib, siyosiy hokimiyatni markazlashtirishga erishdi. U o\u2019zaro ichki urushlar kamayishiga, ochiq talon-tarojlarni, sug\u2019orish ishlari buzilishini bartaraf etishga ma\u2019lum darajada harakat qildi. Natijada, iqtisodiy yuksalishga erishildi. Shayboniyxon qo\u2019lga kiritilgan yerlarni o\u2019z qarindoshlariga, xizmat ko\u2019rsatgan sultonlar va beklarga taqsimlab berdi. Ularning har biri udel boshqaruvini joriy qilib, mustaqil siyosat yuritishga harakat qilar edi. Natijada, boshqaruvning udel tizimi yaxlit davlatni mustaqil bekliklarga bo\u2019linib ketishiga sabab bo\u2019ldi. Lekin, bunday separistik harakatlarga chek qo\u2019yish maqsadida ayrim sultonlar va amirlarni bir udeldan ikkinchisiga o\u2019tkazish tartibini ham joriy etdi. Bunday markazdan qochish harakatining oldini olishga qaratilgan tadbirlar ayrim hollarda istalgan natijani berish o\u2019rniga hukmdorning udel boshliqlari bilan bo\u2019lgan kelishmovchiliklarni keltirib chiqardi. Shayboniyxonning pul islohotini o\u2019tkazishi ham markaziy hokimiyatining siyosiy va iqtisodiy mavqeini kuchaytirishga va mahalliy hokimlar rolining zaiflashtitishga qaratilgan siyosat edi. Uning ichki siyosati, ayniqsa islohotlarni bu sohada muayyan yutuqlarga olib keldi. Shayboniyxon vafotidan keyin uning vorislari o\u2019rtasida taxt uchun bo\u2019lgan kurash natijasida markaziy hokimiyat zaiflashdi va markazlashgan davlat parchalanishi boshlandi. Hirot shahri bilan Janubiy Xuroson Ismoil Safaviy qo\u2019shinlari tomonidan ishg\u2019ol qilindi. Xorazmda ham Eron shohi Ismoil Safaviy hukmronligi o\u2019rnatildi. Lekin, unga qarshi uyushtirilgan fitna natijasida 1511 yilda hokimiyatga Berka sultonning o\u2019g\u2019li Eldare keldi va u Xorazm xoni deb e\u2019lon qilindi. Toshkent udeli ham amalda mustaqil bo\u2019lgan. Unga o\u2019sha davrda Farg\u2019ona, XVI asrning ayrim yillarida Sirdaryo bo\u2019yidagi shaharlar ham kirgan. Shayboniyxonlar qo\u2019lida faqat Movarounnahr saqlanib qoldi. Faqatgina Shayboniyxonning ukasi, Buxoro udelining hokimi Mahmud Sultonning o\u2019g\u2019li Ubaydullaxon (1533-1539) ta\u2019sirli hukmdor bo\u2019ldi. U Xurosonga bir necha bor harbiy yurish uyushtirildi, davlat chegarasini Shayboniyxon davridagi holatga keltirishga harakat qildi, udel hokimlarini ma\u2019lum darajada bo\u2019ysungan holda saqlashga muffaq bo\u2019ldi. Buxoroning siyosiy, iqtisodiy va madaniy markaz sifatidagi ta\u2019sirini kuchaytirib, Shayboniyxonlar davlatining poytaxtiga aylantirildi.<\/p>\n\n\n\n<p>Lekin, Ubaydullaxondan keyin boshlangan siyosiy tarqoqlikning va udellar o\u2019rtasidagi o\u2019zaro kurashlarning oldini olishga faqat Abdullaxon (1557-1598) erishdi. U aslida Karmana viloyatining hokimi Iskandarning o\u2019g\u2019li bo\u2019lib, Buxoro yaqinidagi Jaydar qishlog\u2019ining ta\u2019sirchan shayxlari himoyasida hokimiyatga keldi. Abdullaxon olib borgan tinimsiz urushlar natijasida 1573 yilda Farg\u2019ona, 1584 yilda Samarqand, 1582 yilda Toshkent, Shoxruxiya, Sayram, 1583 yilda Balx shaharlari egallandi. Shu davrga kelib u deyarli butun Markaziy Osiyo yerlarini o\u2019z tasarrufiga o\u2019tkazdi. Navbatdagi harbiy yurishlar natijasida 1584 yilda Badaxshon, 1588 yilda Hirot va 1595 yilda Xorazm ham Abdullaxon II ixtiyoriga o\u2019tkazildi.<\/p>\n\n\n\n<p>Abdullaxonning o\u2019ta qattiq qo\u2019llik va uzoq olib borgan harbiy yurishlari natijasida feodal tarqoqlik hollariga chek qo\u2019yilgan, katta hududda Shayboniylar davlatini qayta tiklashga erishilgan bo\u2019lsa ham qator viloyatlar vayron etildi, tinch aholi qirg\u2019in qilindi va ortiqcha azobu-uqubatlarga duchor bo\u2019ldi. O\u2019sha davrdagi dahshatli voqealar tarixini Hofiz Tanish Buxoriyning Abdullaxon hukmronligiga bag\u2019ishlangan asari \u201cSharafnomaiy shoxiy\u201d (\u201cAbdullanoma\u201d) da o\u2019z aksini topgan. Unda qayd etilishicha, hattoki Abdullaxon II o\u2019z hokimiyatini mustahkamlash maqsadida hukmron sulolaning barcha a\u2019zolarini qidirib tashlagan. Natijada, 1598 yilda Abdullaxonning o\u2019zi, 1599 yilda o\u2019g\u2019li Abdulmo\u2019min o\u2019ldirilgandan keyin Shayboniylardan taxtni egallaydigan biron bir vakil qolmagan va shayboniylar sulolasi sifatida barham topgan. Shayboniylarning qariyb 100 yillik hukmronligi davrida davlat tuzilishi o\u2019ziga xos xususiyatga ega. Hokimiyat tepasida xon turgan. Davlat viloyatlarga bo\u2019linib, ularga sultonlar boshchilik qilganlar.<\/p>\n\n\n\n<p>Ubaydullaxon davrida (1533-1539) poytaxt Samarqanddan Buxoroga ko\u2019chirildi. Saroydagi devonlarga davlat mahkamasi va moliya ishlari boshlig\u2019i devonbegi boshchilik qilgan. Xonlikdagi oily martabali lavozimlar quyidagilar bo\u2019lgan: ko\u2019kaldosh (bir ona sutini emgan ma\u2019nosida) muassasalarni boshqargan va xon to\u2019g\u2019risidagi turli ijobiy va salbiy ma\u2019lumotlarni yig\u2019ish bilan shugullangan; mushrif &#8212; xonning kishilarga beriladigan inomlarni ro\u2019yxatini va soliq yig\u2019ish ishlarini olib borgan; qo\u2019shbegi \u2013 xon va sultonlarning ov qilish anjomlari nazorati bilan shug\u2019ullanuvchi shaxs; munshi (mirza) \u2013 xonning farmonlarini yozgan. Bundan tashqari xon saroyida mirshab, dodxox (aholi shokoyatlarini tinglovchi), miroxo\u2019r (otxona boshligi), parvonachi (yorliqlar topshiruvchi) kabi lavozimlar ham bo\u2019lgan. Xonlikda ruhoniylar: payg\u2019ambar (Muhammad) avlodi hisoblangan sayidlar va payg\u2019ambar xalifalari (\u00c0bubakr, Umar, Usmon va \u00c0li) avlodi xo\u2019jalarning, ayniqsa juybor xo\u2019jalari ta\u2019siri juda katta bo\u2019lgan. Xo\u2019ja Islom Juybari va uning o\u2019g\u2019li Xo\u2019ja Said xonlikning doimiy maslahatchilari edi. Hukmdorlarning siyosiy mavqeini mustahkamlashdagi xizmatlari uchun ularga katta yerlar in\u2019om qilingan, xo\u2019jalik ishlarini bajarishda dehqonlar va hunarmandlar safarbar etilgan, yangi binolar qurib berilgan, hattoki urushlarda qo\u2019lga kiritilgan boyliklarning ham bir qismi berilgan. Shayboniylar Temuriylar davrida shakllangan ijtimoiy-iqtisodiy tuzumni deyarli o\u2019zgartirmadi. Agrar munosabatlar ham eskicha qoldirilib, asosiy \u201cmamlakat &#8212; i &#8212; podshohi\u201d yoki \u201cmamlakat &#8212; i &#8212; sultoni\u201d deb nomlangan davlat yerlarning egasi xon bo\u2019lgan. Bulardan foydalangan feodallar yerlarning ishlash uchun dehqonlarga berganlar. Davlat yerlari foydalanish mazmuniga ko\u2019ra suyurg\u2019ol, iqta, tanho kabi shakllarga bo\u2019lingan. Suyurg\u2019ol hukmron sulola a\u2019zolariga, yirik davlat arboblariga va xizmat ko\u2019rsatilgan harbiy qo\u2019mondonlarga, keyinroq esa taniqli ruhoniylar, shoirlar va olimlarga ham berilgan. Iqtadan shayboniylar avlodlari, yirik davlat va harbiy arboblar foydalanganlar. Tanho XVI asrlardan yuzaga kelgan yangi yer egaligi munosabati bo\u2019lib, u asosan kichik xizmatlarga berilgan. Vaqf o\u2019sha davr yer egaligi munosabatlarining alohida ko\u2019rinishi bo\u2019lgan. Vaqf yerlari xon tomonidan musulmon ruhoniylariga berilib, ulardan tushadigan daromad asosan qozi-kalonlarga, mutavalilarga (vasiylarga) berilardi, madrasa va maktab ishlariga xarajat qilinardi. Yerning turli yo\u2019llari bilan tarqatib berilishi davlat xazinasidagi daromadni kamaytirgan, xon hokimiyatni bo\u2019shashtirgan va mamlakatda separatistik harakat yuzaga kelishiga sabab bo\u2019lgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Temur va temuriylar davrida yuzaga kelgan murakkab soliq, to\u2019lov va majburiyatlar Shayboniylar davrida ham saqlanib qoldi. Dehqonlar ham davlatga, ham feodallarga soliq to\u2019laganlar. Bu soliq \u201cMalvat jihat\u201d deb nomlangan. Yana dorug\u2019asoliq yig\u2019uvchilar va viloyat hokimlari foydasiga, zakot &#8212; mol boshiga, zobitona \u2013 hukmdor foydasiga, tanobona \u2013 yer solig\u2019i, madadi lashkar \u2013 harbiy soliq kabilar bo\u2019lgan. Ekin ekiladigan yerlardan olinadigan hosilning 30-40% ini har-xil soliqlar va to\u2019lovlar tashkil qilgan. Mamlakat aholisidan olinadigan soliqlar va to\u2019lovlar soni 90 dan ortiq bo\u2019lgan. Bundan tashqari kanal qazish, ariq tozalash, yo\u2019l tuzatish kabi majburiyatlar soni ham yildan yilga ko\u2019payib borgan. Majbur etishning mazkur iqtisodiy va boshqa xil yo\u2019llari ko\u2019pincha dehqonlar, hunarmandlar va shahar kambag\u2019allarining noroziligiga, qarshilik ko\u2019rsatish hollariga sabab bolardi. Bular ekin ekishdan bosh torish, qochib ketish, qashshoqlarning ochlik e\u2019lon qilishi, ba\u2019zan qo\u2019zg\u2019olonlar uyushtirish yoki feodal hokimlarni almashtirishga intilish kabi shakllarda namoyon bo\u2019lardi. Fikrimizning isboto sifatida 1501 yili Qorako\u2019lda qo\u2019zg\u2019olonchilar Shayboniy hukmdorga qarshi chiqib shaharni qo\u2019lga olishini, Samarqand viloyatida xon farmonining e\u2019lon qilinishi, XVI asr boshida Kosonda bo\u2019lgan qo\u2019zgolonni bostirish uchun shayboniy sultonlar 3 oydan ko\u2019proq vaqt sarflashgan, 1587 Toshkentda, 1588 yili Xo\u2019jand va Shoxruxiya shaharlaridagi ommaviy harakatlarni bostirish uchun \u00c0bdullaxon II ning aralashuvini ko\u2019rsatish kifoya. XVI asrda hunarmandchilik bir muncha rivojlandi. Buxoro, Toshkent va Samarqand viloyatlarida temir va va cho\u2019yandan turli xil asbob \u2013 uskunalar va buyumlar: qurol &#8212; yaroq, mis va jez idishlarni yasash, to\u2019qimachilik, qog\u2019oz, sovun va o\u2019ymakorlik buyumlari ishlab chiqarish sezilarli darajada taraqqiy etdi. To\u2019qimachilik kengayishi, bo\u2019yoqchilik rivojlanishiga asos soldi. Bobur \u201ceng zo\u2019r qog\u2019oz Samarqandda tayorlangan\u201d, deb yozadi. Qog\u2019oz ipakdan, bilan kanop aralashmasidan ham paxtadan tayorlangan. \u201cQog\u2019ozi ipak\u201d eng oliy navli qog\u2019oz hisoblangan. Ularni tayorlash siri hozirgacha bizga noma\u2019lumligicha qolmoqda. Shayboniylar davrida tashqi va ichki savdo, xalqaro aloqalar kengayishini sezish mumkin. Ma\u2019lumotlarga ko\u2019ra bizning shahrimizdagi savdogarlar Hindistonga, Eron, Qashqar va Nug\u2019ay xonliklariga borib turli xildagi mol olib kelganlar.<\/p>\n\n\n\n<p>Shayboniy Abdullaxon II va uning o\u2019g\u2019li Abdulmo\u2019min o\u2019ldirilganidan keyin Buxoro xonligi taxtini egallagan Pirmuhammadxon (Balx hokimi) ham, 1601 yili yirik amirlar va mahalliy kuchlarga bas kelolmasdan halok bo\u2019ldi. Aniqrog\u2019i, Samarqand hokimi Boqi Muhammadni Markaziy hokimiyat ixtiyoriga tutish niyatida 50 ming qo\u2019shin bilan unga qarshi chiqqan Pirmuhammadxon Bog\u2019ishamol atrofida mag\u2019lubiyatga uchraydi. Buxoro xonligi taxti Boqi Muhammad qo\u2019liga o\u2019tdi. Shu tariqa Shaybonylar hukmronligi tugab, Buxoro xonligida Ashtarxoniylar sulolasi boshqaruviga asos solindi. Ashtarxoniylar kimlar? Ma\u2019lumki, \u041eltin O\u2019rda Davlati zaiflashishi jarayonida XV asrning 30-yillarida Volga bo\u2019yi yerlarida Astraxon xonligi yuzaga kelgandi. \u201cAstraxon\u201d Ashtarxonning ruslashganidir. Ashtarxon esa aslida Xolim Tarxondir. Tarxon Turkiy xalqlar hayotida mavjud siyosiy unvonlardan hisoblanib, mashhur Xazar xonligi (7 &#8212; 11 asrlar) davrlaridanoq ma\u2019lum. 1552 yili Rossiya Qozonni bosib olgach, 1554 yili Ashtarxon (Xoji Tarxon) xonligiga nisbatan bosqinchilik qiladi va uni boshqargan mang\u2019it sulolasi yengiladi. Uning o\u2019rniga shu suloladan Darvishali o\u2019tqaziladi. Lekin, Darvishali ham ruslarga bo\u2019ysinishidan bosh tortgach, 1556 yili xonlik katta kuch bilan Rossiya imperiyasi tasarrufiga o\u2019tkaziladi. Ana shu ruslar bosqini natijasida Ashtarxon xonlaridan Yormuhammadxon o\u2019g\u2019illari Joni Muhammad Sulton, Abbos Sulton, Tursun Muhammad Sulton, Pir Muhammad Sultonlar bilan Movarounnahrga kelgan. Bu yerda Yormuhammadxon Abdullaxon II ning otasi Iskandarxon tomonidan yaxshi kutib olinib, hattoki qizi Zuhrabonuni Joni Muhammad Sultonga beradi. Ulardan Din Muhammad, Boqi Muhammad va Vali Muhammadlar tug\u2019ilib, qarindoshlik aloqalari yuzaga keladi. Qarindoshlik hisobiga Boqi Muhammad Shayboniylar tomonidan Samarqand hokimligini qo\u2019lga kiritadi. \u041exir oqibatda Boqi Muhammad davlatni boshqarish ishini shayboniy Pirmuhammadxondan tortib oladi va Ashtarxoniylar sulolasining bir yarim asrlik 1601-1753 faoliyati boshlanadi. Yangi sulola o\u2019zbek davlatchiligi boshqaruviga biron &#8212; bir keskin o\u2019zgarish kiritmagan bo\u2019lsada, mamlakat yaxlitligini saqlashga qaratilgan siyosat olib bordi. Bu borada Boqi Muhammadxon (1601-1605) Marv, Xorazm, Balx kabi yerlardagi siyosiy kuchlar boshboshdoqlikni oldini olish harakatini qilib ko\u2019rdi. U 1602 yili Balx harbiy yurishini uyushtirib, uni o\u2019z tasarrufiga o\u2019tkazadi va ukasi Vali Muhammadga tortiq qiladi. Boqi Muhammad vaqtni qo\u2019ldan bermay \u00c0ndxiya, Shibirg\u2019on, Chechakti, Maymana, Murg\u2019ob daryosigacha bo\u2019lgan hamda Bolg\u2019on, Badaxshon va Xisorni Movarounnahr tarkibiga kiritadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Imomqulixon (1611-1642) davlatni birmuncha kengaytirishga muvaffaq bo\u2019ldi. U Toshkentni qozoqlardan tortib oldi va unga o\u2019g\u2019li Iskandar sultonni hokim etib tayinladi. Bu harbiy harakatda unga ukasi Balx hokimi Nazar Muhammad Sulton ham qatnashgan. Imomqulixon qabila boshliqlarining hukumronligini bir muncha zaiflashtirishga erishdi. Eron va Hindiston (Boburiylar) bilan ko\u2019proq elchilik aloqalari olib borilgan. Uning davrida mamlakatdagi siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy barqarorlikni manbalardan olingan quyidagi so\u2019zlardan bilishimiz mumkin: \u201cImomqulixon nochorlar ishini yengillashtirdi, arz bilan kelganlarni qaytarmadi, uning zamonasida na kambag\u2019al, na bechora qolmagandi. Chiqargan buyruqlari ijrosi borasida amaldorlarga qattiq turdi, qorong\u2019i tushishi bilan oddiy kiyim kiyib vaziri va qo\u2019rchi bilan bozoru mahallalarni aylanib, oddiy xalqning haqiqiy turmush ahvolidan boxabar bo\u2019lib turardi, buni xalq bilardi. Shuning uchun ham uning hukmronligi yillarida mamlakatda biron marta ham isyon tig\u2019i ko\u2019tarilmadi\u201d. Lekin, baribir ayrim qabilalarning amirlari markaziy hokimiyatni tan olmasdi. Masalan, Samarqand hokimi Yalantushbiy qudratli feodal bo\u2019lib, o\u2019zining ixtiyoridagi kattagina qo\u2019shin bilan qo\u2019shni viloyatlarga yurishlar qilgan, mustaqil shartnomalar tuzgan. Uning mustaqil farmoyishiga ko\u2019ra Samarqandda ikki mashhur madrasa -Sherdor va Tillaqori madrasalari qurilgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Ko\u2019zi ojizlanganligi sababli Imomqulixon Buxoro taxtini Balxda o\u2019ttiz yildan beri hukmronlik qilayotgan ukasi Nazr Muhammadxonlar (1642-1645) beradi. U davlat ishlarida hak qiluvchi rol o\u2019ynaydi. Kishilar bilan til topisha olmaganligi va ko\u2019chmanchilar bosqinining oldini olinmaganligi sababli aholining yalpi noroziligi kelib chiqadi. Nazr Muhammadga qarshi kayfiyatdagi amirlar fitnasi natijasida xonlik taxtiga o\u2019g\u2019li Abdulaziz o\u2019tkazildi (1645-1680).<\/p>\n\n\n\n<p>Abdulazizxon davrida kuchli Markaziy hokimiyatning yo\u2019qligidan va davlat parokandaligidan foydalanib Xiva xoni lashkarlari Buxoro xonligi shaharlari va vohalariga bostirib kira boshladi. Ular 1662 yilda Buxorogacha yetib kelishga ulgurdi. Keksayib qolgan Abdulaziz Xiva qo\u2019shinlariga va feodallar xurujlariga zarba berishga ojizlik qilib, taxtdan ukasi Subxonqulixon foydasiga (1680-1702) voz kechishga majbur bo\u2019ldi. U qatag\u2019on qabilasidan bo\u2019lgan otaliq Mahmudbiy yordamida tez-tez hujum uyushtirayotgan Xivaliklarni quvib yuborishga erishdi. Buning evaziga Mahmudbiy Balx va Badaxshon hokimi etib tayinlandi. U deyarli mustaqil ish tutdi va tezda Subxonqulixon bilan hisoblashmay qo\u2019ydi. Subxonqulixon mahalliy qarshiliklarni sindira olmadi. Tinimsiz olib borilgan urushlar mehnatkash xalq boshiga katta yuk bo\u2019lib tushdi. Aholidan olinadigan soliqlar va poraxo\u2019rlik nihoyatda avj olib ketdi. Xazina bo\u2019shlab qolganida uni alohida qo\u2019shimcha soliq olish yo\u2019li bilan to\u2019ldirishga harakat qilindi. Ma\u2019lumotlarga ko\u2019ra, Subxonqulixon alohida yetti yillik soliqni oldindan to\u2019lashni talab qilgan. Boshboshdoqlik va mamlakat xo\u2019jaligi butunlay izdan chiqqan sharoitda Subxonqulixonning o\u2019g\u2019li Ubaydullaxon taxtga chiqdi (1702-1711). U feodallarning o\u2019zboshimchaligiga chek qo\u2019yishga, markaziy hokimiyatni kuchaytirishga harakat qilgan bo\u2019lsa ham mamlakatdagi eng asosiy viloyatlar va shaharlarda sulola namoyandalari emas, tobora qudratga to\u2019lib kelayotgan amirlar hukmronlik qilardi. Masalan: Samarqand, Shahrisabz, Qarshi, O\u2019ratepa, Hisor, Balx va boshqalarda. 1711 yili Ubaydullaxon ham suiqasd qurboni bo\u2019ldi. Bu to\u2019g\u2019rida Muhammad Amin Buxoriyning \u201cUbaydullanoma\u201d asarida to\u2019liq ma\u2019lumotlar saqlangan.<\/p>\n\n\n\n<p>Mamlakatda mahalliy kuchlar hamda yirik amirlar boshboshdoqligi so\u2019nggi Ashtarxoniy hukmdori Abdulfayzxon (1711-1747) zamonida ham davom etdi. Bundan foydalangan Afg\u2019oniylar sardori Nodirshoh 1770 yili Ashtarxoniylarga hal qiluvchi zarbani berdi. Garchi Nodirshoh Abdulfayzxonni o\u2019z o\u2019rnida qoldirgan bo\u2019lsa ham amalda hokimiyat boshqa bir mahalliy sulola \u2013 mang\u2019itlari namoyandalari Muhammad Xakimbiy va uning o\u2019g\u2019li Muhammad Rahimbiy qo\u2019liga o\u2019tadi. Muhammad Rahimbiy buyrug\u2019i bilan 1747 yili Abdulfayzxon qatl etilib, uning o\u2019rniga o\u2019g\u2019li Abdulmo\u2019min xon deb e\u2019lon qilindi. Ammo, amaldagi hokimiyat Muhammad Rahimbiy ixtiyorida qolaverdi. Bir yildan keyin Muhammad Rahimbiy bu qo\u2019g\u2019irchoq xonni ham o\u2019ldirtirib, o\u2019rniga marhumning ukasi Ubaydulla sultonni o\u2019tkazib tez orada uni ham yo\u2019q qiladi. Shu tariqa Ashtarxoniylar sulolasi faoliyati barham topadi. Ashtarxoniylar ham Shayboniylar davridagidek mamlakatni viloyatlar va tumanlarga bo\u2019linib boshqargan. Ularga asosan xon xonadonining vakillari va o\u2019zbek zodagonlari boshchilik qilgan. Bu davrda markazdagi va joylardagi hokimiyat bir idora &#8212; dargohda mujassamlashib borgan. Xonlar cheksiz hokimiyatga ega bo\u2019lsa ham viloyat hokimlari va qabilalarning obro\u2019li oqsoqollarining o\u2019z tevaraklariga birlashtira olganlaridagina muvaffaqiyatli siyosat yurgiza olganlar. Lekin, viloyatlardagi ayrim hokimlar qudratining oshib borishini, hattoki bo\u2019ysinmay qo\u2019yishni Ashtarxoniylar hukmronligining so\u2019nggi davrlarda sezish qiyin emas. Yalangtushbiy Samarqand hokimi, otaliq Muhammad Rahimbiy (mang\u2019itlar hokimi) va boshqa ayrim amirlar o\u2019zlari boshliq qabilalarning harbiy kuchlariga tayanib, mustaqil siyosat olib borgan va xonlarning butun faoliyatini nazorat qilib turgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Ulamolar orasida shayxulislom, ilohiyot fani bilan shug\u2019ullanuvchi olimlar, qonunshunoslar, madrasa muddarislari alohida o\u2019rin egallanganlar. Sadrlarning asosiy vazifasi in\u2019om etilgan mulklar-vaqflarni boshqarar edi. Vaqf muassasalarining boshliqlari &#8212; mutavalilar ularga bo\u2019ysinganlar. Ularning vazifalari va huquqlari vaqf yorlig\u2019i shartlarida bayin qilinardi. Ular vaqf xo\u2019jaligi daromadining ma\u2019lum qismini olishardi. Sudlov ishlarini, qonunlarga rioya qilinishini shayxulislom ta\u2019minlangan. Bu lavozim avloddan-avlodga o\u2019tgan. Buxoro xonligi poytaxtining qozisi davlatning bosh ruhoniysi, oliy sudi (qozi kalon, qoziyi kuzzot) hisoblanardi. Har bir viloyatda bir nafardan qozi bo\u2019lgan. Ularni amirning o\u2019zi tayinlanardi. Qozi din masalalari bo\u2019yicha ham, oila, meros va qisman jinoyat ishlariga oid masalalar bo\u2019yicha ham qarorlar qabul qilgan. Bu qarorlar Qur\u2019on oyatlariga, shariatga asoslangan. Sudlov ishlarida muftiyning roli katta bo\u2019lgan. U fiqh (hudud) va hadisni yaxshi biladigan huquqshunoslar orasidan tayinlanardi. Muftiyning vazifasi turli diniy-huquqiy masalalar yuzasidan shariatga asoslanib fatvo chiqarishdan iborat edi. Aholi turmushida muxtasib muhim o\u2019rin egallangan. U yaxshilikka ko\u2019maklashib, yomonlikning oldini olishga qaratilgan qonunni himoya qilish bilan shug\u2019ullangan. Bozorda tartib bo\u2019lishini kuzatish, savdo qoidalariga rioya qilish, bozordagi tosh-tarozilar to\u2019g\u2019riligini ta\u2019minlash muxtasib vazifasiga kirgan. Muxtasib yana musulmon axloqi me\u2019yorlariga rioya qilinishini kuzatish, ichkilikbozlik, sudxo\u2019rlik va shu singarilar payini qirqishi zarur edi. Davlat xizmatidagi amaldorlar asosan aholida olinadigan mablag\u2019lar hisobiga yashagan. Buxoro xonligi devonidan xizmatchilar aniq belgilangan ish haqi olishmagan. Ularga yer uchastkasi savdo-hunarmandchilik muassasasi va boshqalardan olinadigan daromadlarning bir qismi ajratilgan. Dehqonlikning barcha sohalari (g\u2019allachilik, paxtachilik, polizchilik, bog\u2019dorchilik) doimiy harakatda bo\u2019lgan. O\u2019sha paytlarda bug\u2019doyning 20 xil navi bo\u2019lgan. Zarafshon, Qashqadaryo va Farg\u2019onada bog\u2019dorchilik mashhur bo\u2019lgan. Asosan olma, o\u2019rik, shaftoli, olxo\u2019ri, olcha, bodom, yong\u2019oq, nok, uzum va boshqalar yetishtirilgan. Zahiriddin Bobur: \u201cAndijon nokidan yaxshiroq nok bo\u2019lmaydi\u201d, -deb yozgandi. Ana shu mevalarning ko\u2019plari quritilgan shaklda boshqa mamlakatlarga yuborilgan. Buxoroning olxo\u2019risidan shifobaxsh meva sifatida foydalanilgan. Hunarmandchilikda ham ilgaridek an\u2019anaviy yo\u2019nalishlar: to\u2019quvchilik, temirchilik, qurolsozlik, duradgorlik, qo\u2019nchilik, zargarlik, qurolsizlik kabilar ishlab turgan.<\/p>\n\n\n\n<p>XVIII asr ikkinchi yarmidan Markaziy \u041esiyoda Buxoro amirligi, Xiva va Qo\u2019qon xonliklaridan iborat uchta mustaqil davlat birlashmasi to\u2019la ravishda faoliyat ko\u2019rsata boshladi.<\/p>\n\n\n\n<p>1753 yili Muhammad Rahimbiy o\u2019zini Buxoro amiri deb e\u2019lon qildi. Shu bilan mang\u2019itlar sulolasi hukm surgan Buxoro amirligiga asos solinadi. Muhammad Rahimbiy to\u2019rt yil ichida Miyonqal\u2019a, Nurato, Hisor, Qubadiyon, Boysun va Shaxrisabz mustaqil feodallariga qarshi bir necha marta qilingan harbiy yurishlar natijasida ularni o\u2019ziga bo\u2019ysindirishga erishdi. 1753 yilda u yana Samarqand, Urgutga, Zarafshonning yuqori oqimiga, O\u2019ratepa va Jizzaxga yangi yurishlar uyushtirdi. Uch yil davom etgan urush harakatlari natijasida Panjakent, Falgar, Qo\u2019shtut, Jizzax va Zominni Buxoroga bo\u2019ysindirdi. Faqat chingiziylar xon unvoniga ega bo\u2019lishlari mumkinligini e\u2019tiborga olib, Rahimbiy \u00c0bulfayzxonning qiziga uylandi va xon avlodlari bilan qarindosh tutindi. Qo\u2019qon, Toshkent, Marv, Balx va Qunduz mulklari ham Rahimbiy Buxoroning qonuniy hukmdori deb tan oldi. Shundan keyin 1756 yili mang\u2019it, baxrin, xitoy-qipchoq va saroy urug\u2019lari amirlari Muhammad Rahimbiyni chingiziylari odatiga ko\u2019ra oq qizida ko\u2019tardilar. Muhammad Rahimbiy Buxoro amirligida o\u2019zining yakka hokimligini o\u2019rnatishga harakat qilishga qaramasdan Hisor bekligi undan ajralib chiqib qoldi, 1757- 1758 yillarda Hisor, Denov, Dushanbe, Boysun va Termizga qilgan harbiy yurishlar katta vayronagarchiliklarga sabab bo\u2019ldi. Xorazm aholisini o\u2019z hokimidan norozi ekanligidan ustalik bilan foydalangan Rahimbiy Xivaga o\u2019z odamini o\u2019tkazdi va Xorazm ham ma\u2019lum vaqt amirlik ixtiyorida bo\u2019ldi. Muhammad Rahimbiyning tinimsiz urushlari ham mamlakatni to\u2019la birlashtirish imkonini bermadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Tez orada bu ichki nizolarga amirlikka vassal hisoblangan O\u2019ratepa uchun Qo\u2019qon xoni \u041elimxon bilan boshlangan urush va qo\u2019qonliklarning Jizzax, Zomin, Xo\u2019jand, O\u2019ratepaga qilgan hujumlari qo\u2019shildi. Ahmad Donishning Buxoro amirlari tarixiga bag\u2019ishlangan \u201cRisola\u201d asarida yozilishicha, \u201cAmir Haydar hukmronligi davrida har 3-6 oyda uzluksiz feodal urushlari bo\u2019lib turibdi\u201d. Amir Haydar vafotidan keyin Buxoro taxtiga uning uchinchi o\u2019g\u2019li Nasrullo (1827 -1860) chiqdi. Nasrulloga to\u2019siq bo\u2019lmasligi uchun Haydarning katta o\u2019g\u2019illari Husayn zaharlangan va Umar qatl etilgan edi. Amir Nasrullo mamlakatdagi feodal tarqoqlikni to\u2019xtatishni keskin kurashdan boshladi. U taxtga o\u2019tirgandan keyin bir oy ichida har kuni 50-100 kishini qatl qilib turdi. Harbiy yurishlar paytida bo\u2019ysinmagan shahar va qishloq aholisini qilichdan o\u2019tkazdi. Nasrullo Buxoroda oddiy odamlar orasidan to\u2019plangan va mashqdan o\u2019tkazilgan sarbozlar, ya\u2019ni muntazam piyoda qo\u2019shin tuzdi. U zamonaviy artileriya vujudga keltirishga harakat qildi. Amir Nasrullo Shahrisabz bekligi bilan uzoq kurash olib borib, 1856 yildagina uni zabt etdi. U qo\u2019shni Qo\u2019qon va Xiva xonliklari hisobiga o\u2019z hukmronligini kengaytirishga harakat qildi. U 1842 yilda Qo\u2019qon xonligini qo\u2019lga kiritib, Muhammad Alixonni qatl ettirdi. Amirning Qo\u2019qon xonligi bilan bandligidan foydalangan Xiva xoni \u041elloqulixon o\u2019z qo\u2019shinlarini Chorjuyga boshlab keldi. Bundan xabar topgan Nasrullo Buxoroga qaytishga majbur bo\u2019ldi. Buxoro amirligi bilan Xiva xonligi o\u2019rtasidagi bunday jiddiy munosabat Rahimqulixon hukmronligi davrida ham saqlanib keldi va nihoyat Nasrullo Xazorasp qamalida mag\u2019lubiyatga uchradi. 1843 yilda Amir Nasrullo Xo\u2019jand va O\u2019ratepani qo\u2019lga kiritish uchun Qo\u2019qon xonligiga yana bostirib kirdi. Qisqasi bu shaharlar o\u2019n yil davomida doimo qo\u2019ldan-qo\u2019lga o\u2019tib turdi.<\/p>\n\n\n\n<p>XVI asr boshlarida Elbarsxon (1511-1523) tomonidan tashkil etilgan Xiva xonligida hukmdorlar tez-tez almashinib turgan. Uning asosiy sababi mamlakatda xonavayronlikni yuzaga keltirgan o\u2019zaro urushlar bo\u2019lgan. Bundan foydalangan Buxoro xoni Abdullaxon 1593 yilda Xiva xonligini bosib oladi. Lekin, Abdullaxon II ning o\u2019ldirilishi munosabati bilan 1598 yilda Xiva xonligi yana o\u2019z mustaqilligini qo\u2019lga kiritadi. Xonlikka qo\u2019shni bo\u2019lgan qalmiqlar, qozoqlar, ural kazaklar ham har safar muvaffaqiyatsiz bo\u2019lsada bir necha bor hujum uyushtirib turganlar. Ayniqsa, Arab Muhammad davrida xonlikdagi o\u2019zaro urushlar yuqori nuqtaga chiqib 1623 yili Turkmanlar yordamida xonlik taxtini Asfandiyorxon (1623-1643) egallaydi. Bu davrda ham Xiva lashkarlari Buxoro xonligini vayron qilarli darajadagi qator harbiy yurishlar qildi. Ana shunday bosqinlardan oxirgisini 1662 yilda Xiva xoni Abulg\u2019ozi amalga oshirildi. U Buxoro xoni Abdulaziz bilan sulh tuzadi. Buxoroga hujumlar Abulg\u2019ozining o\u2019g\u2019li Anusha davrida (1663-1687) ham davom etdi. U hattoki 1685 yili Samarqandni ham zabt qildi. Lekin, G\u2019ijduvon yaqinida tor-mor qilindi. Buxoro xoni Subxonqulixon Anushaxoniyning o\u2019g\u2019li Ernak boshchiligida buxoroliklarning fitnachi guruhini tashkil qilib, 1687 yilda Anushxonning ko\u2019zini ko\u2019r qilinishiga erishdi. Fitnachi guruh 1688 yili Subxonqulixonga vakillar yuborib, Xivani o\u2019z tasarrufiga olishni iltimos qildi. Xon eshikog\u2019a unvoniga ega bo\u2019lgan Shohniyozni Xiva hukmdori etib tayinladi. Shohniyoz Xiva xonligi mustaqilligiga erishish va Buxoroga bo\u2019lgan qaramlikdan qutilish maqsadida imperator Pyotr I ga yashirin elchi yuborib, u orqali xonlikni Rossiya tobeligiga qabul qilinishi so\u2019raydi. Pyotr I 1703 yilda yangi Xiva xoni Arab Muhammadga (1707-1714) yorliq yuborib xonlikning tobe\u2019ligini tasdiqladi lekin amaldagi tobelik bo\u2019lmadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Sherg\u2019ozixon davrida (1715-1728) Xiva xonligida feodal mojarolar shiddatli davom etishdan foydalanib Pyotr I uyushtirgan A. Bekovich Cherkasskiy ekspeditsiyasi xonlikni Rossiya ta\u2019siriga o\u2019tkazish yo\u2019lidagi dastlabki harbiy urinishini qilib ko\u2019rdi. Lekin, xonlik Cherkasskiyning 6000 kishilik otryadining to\u2019laligicha qirib tashladi va ancha vaqtgacha Rossiya tomonidan hujum bo\u2019lish xavfi ostida yashadi. Shu orada Xiva xonligi Xurosonga bir necha bor uyushtirgan harbiy yurishni va Buxoro tomoniga o\u2019tib Nodirshoh qo\u2019shinlariga qarshi chiqishi bilan o\u2019zining janubiy xavfsizligining ham keskinlashtirdi va nihoyat Nodirshoh Buxoroni o\u2019z tasarrufiga o\u2019tkazgandan keyin Xorazmga hujum qilishni boshladi. U Hazorasp va Xonqa janglarida xivaliklar ustidan g\u2019alaba qozondi. Xiva xoni Eldorxon (1728-1740) o\u2019ldirildi. Xivada Nodirshoh noibi tayinlanib va harbiy garnizoni qoldirilib, Eron boshqaruv tizimi o\u2019rnatildi. Ammo ularni hokimiyati xonlikni barcha qismini o\u2019z ichiga ola olmadi va notinchlik ko\u2019rdi. Shu paytdan boshlab tez-tez o\u2019zgarib turgan xonlar aslida hokimiyatni qo\u2019ldan berib qo\u2019ydilar, ularning nomidan 1763 yildan boshlab o\u2019zbeklarning qo\u2019ng\u2019irot qabilasidan bo\u2019lgan inoqlar hukmronlik qildilar. Ular badavlat shaharliklar va ruhoniylarni qo\u2019llab quvvatlashga erishdilar. Chunki, mamlakat iqtisodiyoti feodal tarqoqligidan zarar ko\u2019rayotgan edi. Markaziy hokimiyat zaifligi sababli aholi ko\u2019plab bosqinlarning azobu uqubatlariga bardosh bera olmasdan qo\u2019shni yurtlarga qochib ketmoqda edi. Sug\u2019orish inshootlari qarovsiz qolib ko\u2019pgina yerlar tashlandiq holatga tushib qolgandi. Xiva shahri aholisi soni ham keskin qisqargandi. Ana shu zarurat tufayli inoq Muhammad Amin (1763-1790) 1770 yilda Turkmanlarning, 1782 yilda esa buxoroliklarning hujumlarini daf etib, 1804 yildan Xivada qo\u2019ng\u2019irotlar sulolasining amaldagina emas rasmiy ravishda ham hukmronligini ta\u2019minladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Muhammad Rahim I (1806-1825) Xiva xonligini birlashtirishni nihoyasiga yetkazdi. U soliq islohoti o\u2019tkazdi, o\u2019lponlarni muntazam undirush yo\u2019li bilan davlat daromadini oshirdi, bojxona joriy etdi va oltin pul zarb qilishni yo\u2019lga qo\u2019ydi. U feodallar o\u2019rtasidagi mojarolarga chek qo\u2019yib, ularning yerlarni birlashtirdi. Muhammad Rahim 1811 yilda \u041erollik feodal guruhlar qarshiligini sindirib, ularni o\u2019z itoatiga o\u2019tkazdi. Xonlik qaraqalpoqlarni ham bo\u2019ysundirdi. Xonlikning Xiva, Yangi Urganch, Xazorasp, Xo\u2019jayli, Toshhovuz, Gurlan, Xonqa kabi shaharlarida turli hunarmandchilik sohalari rivojlandi, ular savdo markaziga aylandi. Yangi Urganch bozori chet ellik savdogarlar bilan gavjum bo\u2019ldi. XIX asrning 40-yillardagi ma\u2019lumotlarga ko\u2019ra, Xorazmga tegishli yerlar 70 tumanga, 20 beklik va viloyatlarga bo\u2019lingan. Xonlik chegaralari barqaror bo\u2019lmagan, u davlatdagi va qo\u2019shni mamlakatlardagi siyosiy vaziyatga qarab o\u2019zgarib turgan. Xonlik qozoq xonlarining yerlari, Eron va Buxoro amirligi bilan chegaradosh bo\u2019lgan. XVIII asrdan boshlab uning Rossiya tasarrufidagi yerlar bilan ham chegaralari vujudga ktldi. XIX asrning birinchi yarmida Said Muhammad Rahimxon II davrida Xiva xonligida 900 mingdan ortiq aholi yashagan.<\/p>\n\n\n\n<p>XVIII asr boshida Buxoro xonligida Ashtarxoniylar hukumronligi tanazzuli tezlashgan sharoitda Farg\u2019ona vodiysida Qo\u2019qon xonligi tashkil topdi. Dastlab ming qabilasidan chiqqan Shohruhbiy 1710 yilda Chodak xo\u2019jaliklari hokimiyati o\u2019rniga Buxoro xonligidan mustaqil Farg\u2019ona deb nomlangan mulkga asos soladi. Uning o\u2019g\u2019li Muhammad Rahimbiy (1721-1740) davrida Farg\u2019ona mulki ancha kengayib, Abdulkarimbiy (1740-1760) markaziy hokimiyatini mustahkamlash uchun feodallar o\u2019zboshimchaligiga chek qo\u2019yishga intildi. Norbutabiy (1769-1800) davrida Chust va Xo\u2019jand beklari qarshiligi bostiriladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Norbutabiyning o\u2019g`li \u041elimbek (1800-1809) Qo\u2019qon xonligidagi feodallar o\u2019zboshimchaligini bostirishga erishdi. U harbiy islohot o\u2019tkazdi, 1803-1809 yillarda Toshkent, Chimkent va Sayramni Qo\u2019qon xonligi tasarrufiga o\u2019tkazdi. \u041elimbekning markazlashgan davlatga aylantirish uchun qilgan harakati ba`zi feodal guruhlar o\u2019rtasida keskin norozilikni keltirib chiqardi. Natijada, u ukasi Umarxon boshliq fitnachilar tomonidan 1809 yilda o\u2019ldirdi. Umarxon (1809-1822) xonlik taxtini egallagach Turkiston shahrini va qozoq dashtlarining anchagina qismini Qo\u2019qon xonligiga qo\u2019shib oldi. Aniqrog`i, Uguztog`dan to Xazar (Kaspiy) dengizi sohillarigacha bo\u2019lgan cho\u2019l yerlar Umarxon hukmronligiga bo`sundirildi. Toshkent, Buxoro va Xivadan \u041erenburgga boradigan karvon yo`llari tutashgan joyda \u041eqmachit qal`asi qurildi. Qo\u2019qon xonligi Umarxonning o\u2019g`li Muhammad \u00c0lixon (1822-1842) hukronligi davrida yanada kengaydi. Bu safar Farg`ona vodiysining janubida mustaqillik bilan boshqarilayotgan Qorategin, Darboz va Kulob yerlari egallandi. U yana 1826 yilda Sharqiy Turkistondan musulmonlarini Farg`onaga majburan ko`chirib yuborayotganligi va xo\u2019jalar quvg\u2019in qilinayotganligi to`g`risidagi xabar tarqalishi munosabati bilan qilingan harbiy yurish munosabati bilan \u041eqsuv, Qashg\u2019ar, O\u2019rkyent, Xuton shaharlaridan soliq olish huquqini qo\u2019lga kiritdi. 70 mingga yaqin Sharqiy Turkistonlik musulmonlarni ko\u2019chirib kelib Shahriston va uning astrofidagi qishloqlarga o\u2019rnashtirdi.<\/p>\n\n\n\n<p>Bu davrda Markaziy \u041esiyodagi xonliklar va amirliklar o\u2019rtasida o\u2019zaro qurashlar yana avj oladi. Masalan, Qo\u2019qon hukmdori Alixonning eng obro\u2019li a\u2019yonlarni ta\u2019qib qilishi va qatl qilishidan norozi bo\u2019lgan feodallar va ruhoniylar oshkora bosh ko\u2019tarishga botina olmay Buxoro amiri Nasrulloga yordam so\u2019rab murojaat qiladilar. Alixonning og\u2019ir gunohi &#8212; ikkita tug\u2019ishgan singlisi bo\u2019lgani holda o\u2019gay onasiga uylangani haqida uydirma tarqatishadilar. Din peshvolari uni xudodan qaytgan va dindan chiqqan kofir hukmdor sifatida xalqqa ma\u2019lum qiladi. 1840 yildagi Qo\u2019qon xonligi bilan Buxoro amirligi o\u2019rtasidagi urush \u2013 Alixon mag\u2019lubiyati bilan tugallanib, Ho\u2019jand Nasrullo tasarrufiga o\u2019tdi, xonlik amirlikka tobeligini tan oldi. Lekin, Nasrullo qo\u2019shinlari jo\u2019nab ketishi bilan Alixon yana o\u2019zi bilan kelisha olmagan kishilarni ta\u2019qib va qatl qilishni davom ettirdi. Natijada, Qo\u2019qonda norozilik g\u2019alayonlari boshlandi. 1842 yilda Nasrullo qo\u2019shinlari yana rahbarsiz qolgan Qo\u2019qonga kelib Alixon va unga yaqin kishilarni qatl ettiradi. Shuni qayd etish joizki, Amir Nasrullo qoldirgan noib, amaldorlar va askarlar qisqa vaqtda Farg\u2019ona aholisiga qattiq zulm o\u2019tkazganligi va ko\u2019plab talonchilik ishlarini amalga oshirganligi sababli 1842 yil yozida Qo\u2019qonda qo\u2019zg\u2019olon ko\u2019tarilib, Buxoro amirligi hukmronligi o\u2019rniga Talasda yashayotgan \u041elimxonning jiyani Sherali xon deb e\u2019lon qilindi. Buxoro noibi qochib ketdi, buxorolik qo\u2019shin va amaldorlar qirib tashlandi. Bunga javoban 1843 yili amir Nasrullo o\u2019z mavqeini tiklash maqsadida xonlikka yana kattagina qo\u2019shin bilan kelib Qo\u2019qonni 40 kun qamal qildi. Lekin, Xiva xoni \u041elloqulixonning Buxoroga hujum qilganligi sababli Nasrullo qaytib ketishga majbur bo\u2019ladi. Xo\u2019jand va Toshkent shaharlari yana Qo\u2019qon xonligi tasarrufiga o\u2019tadi va xonlik Umarxon davridagi chegaralarini tiklaydi. Lekin, Sheralixonning taxtga kelishiga va Qo\u2019qonning amir Nasrullo tartibotidan qutultirishda yordam bergan qipchoqlar xonlikdagi asosiy lavozimlarni egallashga kirishdilar. Bunga Sheralixon yo\u2019l qo\u2019ymagach qipchoqlar qo\u2019zg\u2019olon ko\u2019tarib, Qo\u2019qon shahrini egallaydi. Natijada, qipchoq oqsoqollari kengashi Sheralixonni taxtda qoldirsa ham qipchoqlar boshlig\u2019i Musulmonqulni amirlashkar (bosh harbiy qo\u2019mondon) etib tayinlaydi. Xonlikdagi asosiy lavozimlarni endi qipchoqlar egallab, hokimiyatni asosan ular boshqara boshladilar. Sheralixon qo\u2019g\u2019irchoq hukmdor bo\u2019lib qoldi. Ana shu davrda aholidan soliq undirishning kuchayishi Qo\u2019qon xonligining bir qator tumanlarida qo\u2019zg\u2019olonlar boshlanishiga sabab bo\u2019ldi. 1845 yilda Musulmonqulning O\u2019shdagi qo\u2019zg\u2019olonni bostirish bilan bandligidan foydalangan Alixonning o\u2019g\u2019li Murod o\u2019zini xon deb e\u2019lon qilishga ulgurdi va Sheralixonni qatl etdi. Musulmonqul darhol O\u2019shdan Qo\u2019qonga qaytib, Murodni o\u2019ldirdi va uning o\u2019rniga Sheralixonning 13 yashar o\u2019g\u2019li Xudoyorxonni taxtga o\u2019tkazdi. Musulmonqul yosh xonning xomiysi bo\u2019lish bilan chegaralanmasdan qaynotasi ham bo\u2019lib oldi. Aslida hokimiyat Musulmon qo\u2019lida to\u2019planib, davlatni asosan qipchoqlar boshqara boshladi. Lekin, Xudoyorxon voyaga yetgach, 1853 yili Musolmonkulning Toshkent, O\u2019ratepa va Xo\u2019jandga muvaffaqiyatsiz harbiy yurishlari davrida mahalliy aholi yordamiga tayanib fitna uyushtirdi va 20 mingdan ortiq qipchoqlar qirib tashlandi. Musulmonqul Qo\u2019qonda qatl etildi, qipchoq yerlari musodara qilinib, egallangan lavozimlardan chetlatildi.<\/p>\n\n\n\n<p>Bularning barchasi mamlakat iqtisodiyotiga juda og\u2019ir ta\u2019sir ko\u2019rsatardi: xo\u2019jaliklar tushkunlikka uchrar, dehqonlar va mayda hunarmandlar xonavayron bo\u2019lar, ko\u2019p oilalar boquvchisiz qolardi. Natijada, xonliqda isyonlar va xalq harakatlari ko\u2019tarilgan. Masalan, 1745-1746 yillarda Farg\u2019ona vodiyisiga qalmiqlarning talonchilik yurishlariga qarshi hukmdorlar zaruriy chora-tadbirlarni amalga oshirmaganligi uchun qo\u2019zg\u2019alon ko\u2019tariladi. Bundan qipchoq zodagonlari foydalanishga harakat qilishdi. Buning evaziga Qo\u2019qon xoni Qipchoqlarni qirg\u2019in qildi. 1799 yili Chust hokimi Buzrukxo\u2019ja Norbutabiyga qarshi chiqdi. 1808 yili toshkentliklar Alimxonning og\u2019ir soliqlariga qarshi qo\u2019zg\u2019olon ko\u2019tardi. Ana shunday sabab bilan 1809 yili Toshkent atrofidagi ko\u2019chmanchi qozoqlar norozilik harakati uyushtirdi. Umarxon siyosatiga qarshi 1821 yilda Tentak to\u2019ra boshchiligida Sayram va Chimkentda qo\u2019zg\u2019olon bo\u2019lgan. 1832 yilda qirg\u2019izlar qo\u2019zg\u2019oloni, 1839 yilda xalqning og\u2019ir ahvoli sababli ko\u2019tarilgan Qorategindagi qo\u2019zg\u2019alonlar ham ilgarigidek katta harbiy kuch bilan bostirilgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Davlat tepasida xon, amir, qushbegi, sardor, bast, mahram (mansabdorning xususiy xizmatchisi) va boshqa xonning xos kishilari turgan. Ulardan keyin mingboshi, yuzboshi kabi navkarlarga &#8212; qo\u2019shinlarga boshchilik qilgan shaxslar o\u2019rin olgan. Navkarlar dehqonlardan olingan va harbiy xizmatni uzoq muddatda o\u2019taganlar. Xonliklar ko\u2019p tarafdan Amir Temur va Temuriylar davlatini davom ettirganlar. Lekin, shayboniylar o\u2019zlaridan avvalgi boy madaniyatga munosib voris bo\u2019lolmadilar. Me\u2019morchilik sohasida shayboniylar temuriylar an\u2019anasini biroz davom ettirgan bo\u2019lsalar ham, ilm va umuman madaniyat sohasida davom ettira olmadilar. Hatto, qo\u2019shni safaviylar va boburiylar davlatida bo\u2019lgan o\u2019sish shayboniylar davlatining chekkasidan aylanib o\u2019tdi. Natijada, XVI asr oxiriga kelib, shayboniylar davlatida katta madaniy qoloqlik yuzaga keldi. Bu qoloqlik fan, texnika, san\u2019at va siyosatga ham ta\u2019sir ko\u2019rsatdi. Markazdan boshqarish susayib, mahalliy beklar kuchaydi, separatizm va tarqoqlik yuzaga keldi. XVI asrda Xorazm, XVIII asr boshida alohida xonliklarga ajraldi. Toshkent bekligi ham nisbatan mustaqil edi. O\u2019zbek xonliklarida yuz bergan qoloqlik qo\u2019shni musulmon mamlakatlaridan ham kuchliroq edi. Shunday bo\u2019lsa-da, XIX asr boshida uchala xonlikda biroz madaniy yuksalish yuz berdi. Lekin, asosiy illat &#8212; boshbashdoqlik kuchayib bordi. Bu illat shu qadar kuchli ediki, o\u2019tgan asrning 60 yillarida Toshkent va Qo\u2019qon xonligiga nisbatan rus istilosi boshlanganda, Buxoro amirligi ham, Xiva xonligi ham yordam bermadi. O\u2019sha davrdagi xonliklardagi vaziyat shuni taqozo qilar ediki, agar butun kuch va imkoniyatlarni safarbar qilganda, birgina Buxoro amirligining o\u2019zi rus istilosiga to\u2019siq bo\u2019la olardi. \u00c0fsuski, noshud amir va xonlar bu qadar yuksaklikka ko\u2019tarila olmadilar, ularning shaxsiy, mahalliy manfaatlari umummilliy manfaatlaridan ustun kelgandi. Mana 130 yillik mustamlakachilik davri tugadi, dushman deyarli daf bo\u2019ldi. Ko\u2019p og\u2019ir damlarni boshimizdan kechirdik. Shu davrda bizni har usullar bilan egib-bukib ko\u2019rdilar, lekin sindira olmadilar.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>XV asr oxiri -XVI asr boshida Xuroson va Movarounnahrning bir necha mustaqil mulklarga bo\u2019linib ketishi, ayrim viloyatlar hokimlari o\u2019rtasida uzluksiz davom etgan o\u2019zaro nizolar avj olishi oqibatida Temuriylar saltanatining iqtisodiy &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/turkistonning-xonliklarga-bolinib-ketishi-uning-sabablari-va-oqibatlari\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":0,"parent":0,"menu_order":0,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","template":"","meta":{"footnotes":""},"class_list":["post-960","page","type-page","status-publish","hentry","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/960","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/pages"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/page"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=960"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/960\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":961,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/960\/revisions\/961"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=960"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}