{"id":962,"date":"2021-09-10T07:58:42","date_gmt":"2021-09-10T04:58:42","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?page_id=962"},"modified":"2021-09-10T07:58:43","modified_gmt":"2021-09-10T04:58:43","slug":"chor-rossiyasining-turkistonni-bosib-olishi-chorizm-istibdodiga-qarshi-turkiston-xalqlarining-milliy-ozodlik-kurashi-jadidchilik","status":"publish","type":"page","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/chor-rossiyasining-turkistonni-bosib-olishi-chorizm-istibdodiga-qarshi-turkiston-xalqlarining-milliy-ozodlik-kurashi-jadidchilik\/","title":{"rendered":"Chor Rossiyasining turkistonni bosib olishi, chorizm istibdodiga qarshi turkiston xalqlarining milliy-ozodlik kurashi. Jadidchilik"},"content":{"rendered":"\n<p>Tahlillarga ko\u2019ra, XVI asr boshidan, Temur va temuriylar saltanati inqirozidan keyin boshlangan ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy turg\u2019unlik natijasida Turkiston XVIII-XIX asrlarga kelib dunyoning ko\u2019pgina mamlakatlaridan orqada qolayotganligi sezilayotgandi. Bunga quyidagilar sabab bo\u2019lmoqda edi:<\/p>\n\n\n\n<p>Birinchidan, asrlar davomida bir butun bo\u2019lib kelgan mamlakatning, bir iqtisodiy va madaniy makonda yashab kelgan xalqning uchga bo\u2019linib ketishi, xonliklar o\u2019rtasidagi to\u2019htovsiz urushlar, har bir xonlik ichidagi boshboshdoqlik va hokimiyat uchun o\u2019zaro tinimsiz davom etgan ichki nizo va yurushlar butun mamlakatni xonavayron qildi. Bu jarayon guruhbozlikni keltirib chiqardi, qabilalarning etnik aralashuviga, bir xalq bo\u2019lib qovushishiga, jipslashishga halaqit berdi. Davlat darajasida ham, viloyatlar darajasida ham yagona xalq, yagona Vatan tushunchasining qadri anglab olinmadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Ikkinchidan, aholi xon va beklarning, turli lavozimdagi mansabdorlarning zo\u2019ravonligidan, o\u2019zboshimchaligidan, mansabni suiste\u2019mol qilishidan, g\u2019ayriqonuniy soliq va jarimalaridan himoya qilinmadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Uchinchidan, asosiy boylik bo\u2019lgan yerga mulkchilikning eski usuli bir necha asrlardan beri o\u2019zgarmadi. Xonliklarda oliy hukmdor yerning birdan-bir egasi bo\u2019lib, yer ishlovchilarga \u2013 dehqonlarga ijara tarzida hatlab biriktirilgan edi. Dehqon yer egasi emas, yerda olinadigan hosilning egasi edi, holos. Shu bois dehqon yerni asrab \u2013 avaylashga, uning unumdorligini oshirishga intilmadi.<\/p>\n\n\n\n<p>To\u2019rtinchidan, xonliklarda sanoat rivojiga e\u2019tibor bo\u2019lmadi. Oltingugurt, rangli metallar, marmar, toshko\u2019mir, neft kabi tabiiy boyliklarga serob konlar bo\u2019lsada, ularni qazib olish, tog\u2019-kon ishlarini rivojlantirish, kemasozlikni yo\u2019lga qo\u2019yish masalalari hal qilinmadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Beshinchidan, tovar-pul munosabatlari rivojlantirilmadi. Daromaddan, iste\u2019mol va qo\u2019shin harajatlari zo\u2019rg\u2019a kopanlar, kapitalga aylanmasdi. Pul, oltin-kumush xon va amaldorlarning xazina to\u2019plash manbai bo\u2019lib qolgan edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Oltinchidan, xonliklarning savdo munosabatlarida hamon ayirboshlash usuli davom etardi. O\u2019rta Osiyo jahon bozoridan ajralib qolgani ustiga bu yerda ichki bozor ham tashkil topmadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Yettinchidan, eng muhimi, XIX asr ikkinchi yarmida O\u2019rta Osiyo hududidagi xonliklarda o\u2019z millati, xalqi va Vatani istiqboli uchun qayg\u2019uradigan, odamlarni bir g\u2019oya va bir ezgu maqsad yo\u2019lida birlashtira oladigan hamda ortidan ergashtira oladigan yo\u2019lboshchi ham topilmadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Turkiston xonliklari uchun bo\u2019lgan ana shunday og\u2019ir sharoitda dunyoning bosqinchi davlatlari, xususan Rossiya va Angliya o\u2019lkamizga ko\u2019z olaytira boshladi. Aslida Rossiya Turkistonni bosib olish rejasining amalga oshishiga XVI asr o\u2019rtasida Ivan Grozniy zamonidayoq Qozon (1552), Astraxon (1556) va Sibir (1581-1590) xonliklari qo\u2019lga kiritilganidan keyin kirishgandi. Ana shu maqsadda 1558-1559 yillarda Antoni Jenkinsonning Buxoroda bo\u2019lishi, XVII asrda Rossiyadan Buxoro va Xivaga 9 marta elchilarning kelishi jarayonida esa xonliklarning iqtisodiy va harbiy ahvoli o\u2019rganilishi amalga oshirilgandi. Imperator Pyotr I davrida xonliklarning g\u2019arbiy, shimoliy va sharqiy chegaralarida harbiy istehkomlar qurish maqsadida harbiy ekspeditsiyalar yuborilishi amalga oshirilgandi. XVIII asrda Rus davlati qozoqlarining Kichik juz, O\u2019rta juz va Katta juz hududlarini qo\u2019lga kiritgandan keyin o\u2019zbek xonliklarining bosib olinishida qulayliklar yaratish uchun 46 ta katta va 96 ta kichikrok harbiy qal\u2019a va istehkomlar quriladi va ularga o\u2019zining harbiy qismlarini joylashtiradi.<\/p>\n\n\n\n<p>Lekin Rossiyaning bu harakati Angliya manfaatlariga zid edi. Chunki Angliya o\u2019z tasarrufidagi Hindiston va Afg\u2019oniston orqali O\u2019rta Osiyo davlatlari bilan savdo-sotiq qilardi. U rus savdogarlarini bu hududlardan siqib chiqarishga intilardi hamda ruslarning chegaralari Afg\u2019onistongacha yetib borishini xoxlamasdi. Inglizlar rejasiga ko\u2019ra xonliklar ikkala mustamlakachi davlat o\u2019rtasidagi \u00abbetaraf maydon\u00bb bo\u2019lishi zarur edi. Undan tashqari Angliya O\u2019rta Osiyo xonliklarining bu davrdagi kuchsizlanayotganligidan foydalanib, Rossiyaning harbiy bosqini boshlanishi mumkinligini ham e\u2019tibordan chetda qoldirmayotgandi.<\/p>\n\n\n\n<p>Rossiya va Angliya o\u2019zaro munosabatlarini yahshilash va raqobatchilikni yumshatish uchun 1856 yilning 19 martida o\u2019zaro bitim tuzdi. Rus general\u2013leytenanti Hrulevning fikricha, bu bitim o\u2019zaro munosabatlarni o\u2019zgartirmadi, chunki u mahalliy savdo va hukmronlik qilish masalalarini o\u2019z ichiga olmagandi. 1858 yil martida Angliya parlamenti Hindistonni o\u2019z mustamlakasiga aylantirish va Turkistonda savdo aloqalarini kengaytirish maqsadida mahsus qo\u2019mita ta\u2019sis etdi. Natijada Turkistonda rus-ingliz raqobatchiligi yil sayin kuchayib bordi. Angliya o\u2019z diplomatlari, sayyohlari va ayg\u2019oqchilari vositasida Buxoro, Xiva va Qo\u2019qon xonliklarini Rossiyaga qarshi ittifoqqa uyushtirishga harakat qildi. Angliya bunda Turkiya hamkorligidan ham foydalanmoqchi bo\u2019ldi. Lekin bu urinishlar natija bermadi.<\/p>\n\n\n\n<p>O\u2019rta Osiyoda ruslar va inglizlar o\u2019rtasida raqobatchilikning keskinlashuvi harbiy to\u2019qnashuvga olib kelishi mumkin edi. Lekin 1869 yilda har ikkala davlat o\u2019rtasida muzokaralar boshlanishi bunga yo\u2019l ko\u2019ymadi. Natijada ikkala davlat o\u2019rtasida betaraf davlatlar bo\u2019lishi zarur, degan xulosaga kelindi. Rossiya uchun bu Afg\u2019oniston bo\u2019lishi mumkin edi. Angliya esa Afg\u2019oniston va O\u2019rta Osiyo bo\u2019lishini xoxlardi. Natijada masala ochiq qoldirildi. Chorizm o\u2019zining mustamlakachilik siyosatini davom ettiradi. Bu inglizlarning noroziligiga sabab bo\u2019ladi. Shu bois Buyuk Britaniya vakili Forsayt 1873 yilda Toshkentga kelib, general-gubernator Kaufman bilan uchrashadi va u Qo\u2019qon xonligining butunlay Rossiya tomonidan bosib olinishiga rozilik bildiradi. Buxoro amirligining esa Rossiya tasarrufida mustaqil qolishligiga kelishildi. Natijada amirlikning batamom bosib olinishi kechiktirildi.<\/p>\n\n\n\n<p>Turkistonning chor Rossiyasi tomonidan bosib olinishi inglizlarning Turkiston uchun qiziqish harakatlarining kuchayishi chor Rossiyasini ko\u2019proq tashvishga soldi. U xonliklarga bevosita chegaradosh bo\u2019lganligidan foydalanib harbiy harakatlarni boshlab yubordi. Orenburg general-gubernatori V. A. Perovskiy 1834 yilda Kaspiy dengizi qirg\u2019og\u2019idagi Mang\u2019ishloqda harbiy istehkom qurib, unga Novo \u2013 Aleksandrovskoye deb nom berdi. 1845 yilda Orenburg va Yoyiq, 1847 yilda Sirdaryoning Orol dengiziga quyilish joyida Rayim harbiy istehkomlarini qurdi. Perovskiy qo\u2019shinlari 1853 yilda Qo\u2019qon xonligiga qarashli Oq masjid (hozirgi Qizil O\u2019rda) ni bosib oldi. Xonliklarning shimoliy-sharqiy tomonidagi G\u2019arbiy Sibir general-gubernatori G. Gosford 1847 yilda Yettisuvdagi Ulutov yakinida ikkita harbiy istehkom, Olmati yonidagi Verniy istehkomini kurib harbiy kuchlarni joylashtirdi. 1860 yilda Qo\u2019qon xonligiga qarashli To\u2019qmoq va Pishpakni egalladi. 1864 yil mayida Chernyayev otryadi Avliyo otani bo\u2019ysundiradi. Qisqasi, 1847-1864 yillarda rus qo\u2019shinlari Qo\u2019qon xonligining hozirgi Qozog\u2019iston va Qirg\u2019iziston hududlaridagi joylarini egallab oladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Endi navbat Qo\u2019qon xonligining tayanch shaharlari hisoblangan Turkiston va Chimkent uchun harakatlar boshlanib ketadi. Qo\u2019qondan sarkarda Alimqulning qarshiligiga qaramasdan 1864 yil 12 iyulida Turkiston egallanadi. 1864 yil sentyabrining boshlarida esa Chimkentni ham egallashga muvaffaq bo\u2019ladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Chernyayev 1864-1865 yil kishida harbiy tayyorgarlik ko\u2019rib, Sibir va Orenburgdan qo\u2019shimcha qurol-yarog\u2019, yangi batalonlar, sapyorlar rotalari oldi. Mahalliy aholi orasidan Chernyayev foydasi ishlovchi sotqinlar ham topildi. 1865 yil bahoridan Chernyayev Toshkentga yangi hujum boshladi. Chernyayev 28 aprelda Chirchiq yoqasidagi Niyazbek qal\u2019asini egallab, Toshkentni suv bilan ta\u2019minlovchi Kaykovuz anhoriga Chirchiqdan suv chiqarib beruvchi to\u2019g\u2019on buzib tashlanadi. Shu orada lashkarboshi Alimqul ham Toshkentga yetib keldi. 9 may kuni Solar arig\u2019i yaqinida bo\u2019lgan katta jangda Alimqul yarador bo\u2019lib, halok bo\u2019ldi. Nihoyat shaharliklar qarshiligi sindirildi, 15 iyun kuni Toshkent zabt etildi. Chernyayev 1866 yil yanvarida Jizzaxga hujum qiladi va mag\u2019lubiyatga uchraydi. O\u2019zboshimchaligi uchun Chernyayev Rossiya markaziga chaqirilib, o\u2019rniga general Romanovskiy yuboriladi. U Orenburgdan yordam olib Buxoro amirligiga yurish boshlaydi. 1866 yil mayida Yerjarda bo\u2019lgan jangda amir Muzaffar qo\u2019shinlari yengiladi va Jizzaxga qochadi. Romanovskiy harakatni Ho\u2019jand tomon yo\u2019naltiradi va uni 19-22 may kunlari uni qo\u2019lga kiritadi. 1866 yil avgustida Orenburgdan general-gubernator Krijanovskiy Toshkentga kelib, Romanovskiy bilan birgalikda Buxoro amirligini tor-mor qilishni kelishadi. 1866 yil oktyabrida O\u2019ratepa viloyati, Zomin qal\u2019asini bosib oladi. Endi Jizzax uchun jang boshlanadi. Jizzax balandligi 4 metr, eni 3 metrlik ikki qavat devor bilan o\u2019rab olingan qal\u2019a edi. Shaharda 10 ming himoyachi ham bor bo\u2019lgan. Shaharga kiradigan darvozalar ham tuproq bilan to\u2019ldirilgandi. Lekin 11-18 oktyabr kunlari bo\u2019lgan jang bosqinchilari foydasiga hal bo\u2019ldi va shahar egallandi. Shundan keyin imperator Aleksandr II 1867 yil 14 iyulda 1865 yilda tuzilgan Turkiston viloyatini Turkiston general\u2013gubernatorligiga aylantirish, Turkiston harbiy okrugini tuzish to\u2019g\u2019risida farmon berdi.<\/p>\n\n\n\n<p>General\u2013gubernator va okrug qo\u2019mondoni etib general\u2013ad\u2019yutant K. P. Fon Kaufman tayinlandi. U Buxoro amirligini bosib olishni tezlashtirib 1868 yil 1-2 may kunlari Samarqand uchun Zarafshon yonidagi Cho\u2019ponotada kattik janglar olib borib uni egalladi. Kaufman Zirabuloqda amir qo\u2019shinlari bilan urishayotgan bir paytda Qarshi, Shahrisabz va Kitob beklari Jo\u2019rabek va Bobobek hamda amirning o\u2019g\u2019li Abdumalik To\u2019ra 27 may kuni Samarqandga qo\u2019shin bilan yetib kelib Samarqandda ko\u2019tarilgan qo\u2019zg\u2019olonga qo\u2019shildilar. Ular Kaufman Samarqandda qoldirgan polkovnik Nazarov va mayor Shtemko boshliq harbiy qismlar bilan 8 kun jang qilib, ularning 500 kishidan iborat armiyasidan 275 tasini halok va yarador qiladi. Bundan habar topgan Kaufman zudlik bilan Zirabuloqdan Samarqandga kelib 8 iyun kuni Samarqand aholisi qirg\u2019in qildi.<\/p>\n\n\n\n<p>Chorasiz qolgan amir Muzaffar 1868 yil 23 iyunda Kaufman bilan sulh tuzishga majbur bo\u2019ldi va Rossiyaning vassaliga aylandi. Shunga ko\u2019ra, Buxoro amirligi mustaqilligini yo\u2019qotish bilan birga barcha Samarqand, Kattaqo\u2019rg\u2019on va Zarafshon daryosining yuqori qismidan ham ajraldi. Yana 500 ming oltin to\u2019lash va xorijiy mamlakatlar bilan mustaqil aloqalar qilmaslik majburiyatini ham oldi. Amirlikdan tortib olingan hududlarda 1868 yilda Zarafshon okrugi tuzilib, unga general mayor Abramov boshliq etib tayinlandi. Amirning bu harakatlari xalqning yuqori tabaqasi noroziligiga va unga qarshi harakatlar boshlanishiga sabab bo\u2019ldi. Ayniqsa Shahrisabz va Qarshida kuchli norozilik bo\u2019ldi. Muzaffarning to\u2019ng\u2019ich o\u2019g\u2019li Abdumalik To\u2019ra, erksevar beklar Jo\u2019rabek, Bobobek va Sulton Sodiklar birgalikda ozodlik kurashini boshlab yubordilar. Ular dastlab Muzaffarga qarshi urushib Shahrisabzni va Qarshini egalladilar. So\u2019ngra Karmana va Chiroqchi ham ular qo\u2019liga o\u2019tdi. Muzaffar 1868 yil kuzida Kaufmandan yordam so\u2019radi. Bunga javoban dastlab Abramov boshliq harbiy qismlar yuborildi. Kuchlar teng bo\u2019lmaganligidan Abdumalik va Sulton Sodiq xon huzuriga yordam so\u2019rab bordi. Ular keyin Afg\u2019oniston tomon bordi. U yerdan yordam ololmagach Hudoyorxon huzuriga bordi. Bu yerdan Qashqarga Yoqubbek huzuriga keldi va shu yerda panoh topib, 1909 yilda vafot qiladi. Ko\u2019rinadiki, amir Muzaffar bosqinchilarga qarshi emas, Kaufman yordamida o\u2019z vatandoshlariga qarshi urushga kirishadi, 1870 yil avgustida ularni dushman \u2013 bosqinchi kuchlari yordamida yengib, o\u2019z taxtini saqlab qoladi. Shahrisabz va Kitob bekliklari ham amirlik tarkibida qoladi. Chor Rossiyasi Buxoro amirligi va Qo\u2019qon xonligi yerlaridan tarkib topgan Turkiston general-gubernatorligini O\u2019rta Osiyoni bosib olishdagi tayanch markaziga aylantirgach, Xiva xonligini bosib olishga kirishadi. Ular bu ishga Bekovich-Cherkasskiy ekspeditsiyasining halokati va 1839 yilda Perovskiy harbiy yurishining barbod bo\u2019lganligini e\u2019tiborga olib, 1872 yil oxirlarida Orenburg general-gubernatori, Kavkazdagi podsho noibi va Turkiston general-gubernatori harbiy vazir ishtirokida Peterburgdagi mahfiy kengashda Xiva xonligini bosib olishga kelishildi. Bunga ko\u2019ra, Turkiston general-gubernatorligi sharqdan, Orenburg general-gubernatorligi harbiy qismlari shimoliy-g\u2019arbdan harakat qilishlari zarur edi. Xiva xoni Muhammad Rahim bundan xabardor bo\u2019lgani holda Angliyadan yordam so\u2019ragandi. Lekin Angliya Rossiya bilan ochik to\u2019qnashuvdan havfsiradi. Demak xonlik faqat o\u2019zining ichki imkoniyatlariga qarab ish tutishga majbur bo\u2019ldi. Kaufman 1873 yil bahorida 12 mingdan ortiq zobit va askar, 56 ta to\u2019p-zambaraklar bilan Xiva xonligiga qarshi harakat boshladi. Ayni paytda, Xivaga qarshi Orenburg, Mang\u2019ishloq, Krasnovodsk, shuningdek, Kavkaz okrugi qo\u2019shinlari ham harbiy yurishni boshlagan edi. Umumiy qo\u2019mondonlik Kaufman zimmasiga yuklatilgandi. Amudaryo bo\u2019ylarida qirg\u2019inbarot janglar bo\u2019ldi. 1873 yil 18 may kuni Kaufman harbiy qismlari Amudaryodan o\u2019tib Hazoraspni egallaydi, Qo\u2019ng\u2019irot va Ho\u2019jayli shaharlari, Mang\u2019it qal\u2019asi zabt etiladi. Istilochi qo\u2019shinlar Xivaga yaqinlashib qolganda Muhammad Rahim poytaxtni tashlab chiqadi va Izmiksho\u2019r yaqinidagi bir turkman ovuliga yashirinadi. Kaufman shaharni zabt etadi va 1873 yil 12 avgustida Xivaga yaqin Gandimiyon qishlog\u2019ida Kaufman bilan Muhammad Rahimxon shartnoma imzolaydi. Bunga ko\u2019ra Xiva Rossiyaning vassaliga aylantiriladi, Amudaryo quyi oqimining o\u2019ng tomoni Rossiya tarkibiga kiritiladi, 2 mln 200 ming so\u2019m tovon to\u2019lash kelishiladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Kaufman Xiva xonligini tugatgach, Qo\u2019qon xonligini tugatishga kirishdi. U Qo\u2019qon xonligidan bosib olingan yerlarni Rossiya tarkibiga kirganligini qonunlashtirish uchun polkovnik Shaufusni Hudoyorxon huzuriga yubordi va xon 1868 yil 13 fevralda shartnomaga muhr bosdi. Unga ko\u2019ra, rus savdogarlariga katta imtiyoz berildi, mahalliy savdogarlar esa o\u2019z general \u2013 gubernatorligida faoliyat ko\u2019rsatadigan qilib belgilandi. Umuman shartnoma Qo\u2019qon xonligini og\u2019ir ahvolga solib ko\u2019ydi. Xonlik tashqi olamdan mahrum bo\u2019ldi, Rossiyaning qaram o\u2019lkasiga aylandi. Bu shartnomadan qoniqmagan kuchlar Hudoyorxonga qarshi bo\u2019la boshladi. Buning ustiga xon hudud qisqarganligini ro\u2019kach qilib, xazinani to\u2019ldirish uchun yangi soliqlar joriy qildi, o\u2019zini bosqinchilarga yaqin tutdi, Qo\u2019qon va Rossiyani bir davlat deb hisoblaydigan bo\u2019ldi. Bu vaziyat xonlikda Hudoyorxonga qarshi xalq qo\u2019zg\u2019olonini keltirib chiqardi. Qo\u2019zg\u2019olonchilarning bir qismiga 1873 yilda mullo Ishoq boshchilik qildi. Bu qo\u2019zg\u2019olonni tinch yo\u2019l bilan bostirishga Abdurahmon Oftobachi harakat qilib ko\u2019rdi. Lekin uni Hudoyorxon qo\u2019llab-quvvatlamadi. Natijada g\u2019alayon qurolli qo\u2019zg\u2019olonga aylandi va Hudoyorxonni tahtdan mahrum etish harakati boshlandi. Buning uchun xonlar avlodlaridan kerak edi. Lekin rozilik bildirgan shaxs bo\u2019lmadi. Shundan keyin qo\u2019zg\u2019olon boshlig\u2019i Mullo Ishok Hasan o\u2019g\u2019li o\u2019zini Qo\u2019qon xoni Olimxonning nabirasi Po\u2019latxon deb e\u2019lon qiladi. Xonlikda Hudoyorxonning o\u2019g\u2019illari Nasriddinbek va Aminbek, ukasi Sulton Murod, nevarasi Nazarbek, Sherali dodhoh, Abdurahmon Oftobachi va boshqalar ham bosh ko\u2019taradilar. Ular ham Chor Rossiyasiga, ham Hudoyorxonga qarshi kurash boshladilar. Xalq ham qo\u2019zg\u2019olonchilarga ergashdi va 1873 yildan butun vodiyda qo\u2019zg\u2019olon boshlandi.<\/p>\n\n\n\n<p>Hudoyorxon qo\u2019zg\u2019olonni bostirishga ojizlik qilib, Toshkentga qochib ketadi. Kaufman Hudoyorxonning 40 ta aravadagi boyliklarini musodara qilib, o\u2019zini Orenburga surgun qiladi. Xon u yerdan qochib hajga ketadi va hayoti ayanchli yakun topadi. Hudoyorxon qochib ketgach, qo\u2019zg\u2019olonchi kuchlarning bir qismi Nasriddinxonni hokimiyatga ko\u2019tarishni hohlasa, boshqa qismi Po\u2019latxonni taxtga o\u2019tkazishni taklif qilardi. Natijada ziddiyat yanada kuchaydi. Kaufman ana shu ichki kelishmovchiliklardan ustamonlik bilan foydalanib, 1875 yil avgustida Qo\u2019qon xonligini batamom bosib olish uchun katta qo\u2019shinni safarbar etdi. Xonlikni bosib olishda genarallar Skobelev, Golovachev va boshqalar rahbarlik qildilar. Nasriddinbek, lashkarboshi Abdurahmon Oftobachi tezlikda dushmanga taslim bo\u2019lishdilar va ular tomoniga o\u2019tdilar. 1876 yil fevralida Po\u2019latxon boshchiligidagi qo\u2019zg\u2019olonchilar vahshiylik bilan bostirildi. Po\u2019latxon 1876 yil 1 martida dorga osildi, uning safdoshlari esa ayovsiz jazolandi. 1873-1876 yillardagi Farg\u2019ona vodiysidagi qo\u2019zg\u2019olonlar xalqning milliy-ozodlik harakati edi. Keyin imperatorlik xonlik o\u2019rnida Farg\u2019ona viloyati tuzilib, Turkiston general-gubernatorligiga tarkibiga kiritildi. Harbiy gubernator qilib general Skobelev tayinlandi. U tez orada Oloy vodiysini ham o\u2019z tasarrufiga kiritdi. Endi bosqinchilar turkmanlar yashaydigan hududlarni bosib olishga kirishib, 1877 yilda Qizil Arvot, 1881 yilda Ashabod, 1877 yilda Marv bosib olinadi. Bosib olingan hududda Kaspiyorti viloyati tuzilib, u ham Turkiston general-gubernatorligi tarkibiga kiritildi. Shunday qilib, Rossiya 20 yil davom etgan qonli urushdan keyin O\u2019rta Osiyoni to\u2019laligicha bosib oldi. Bosib olingan hududlarda mustahkam o\u2019rnashib olish maqsadida 1881 yilda Rossiya \u2013 Eron chegara konvensiyasi imzolanib, ikki o\u2019rtadagi chegara aniqlandi. 1885-1887 yillarda esa Rossiya va Angliya hukumatlari tomonidan Rossiya Afg\u2019oniston chegarasi, 1895 yilda esa Pomirdagi chegaralar belgilandi. Bu Chor Rossiyasining O\u2019rta Osiyodagi bosqinchilik, talonchilik harakatining yakunlovchi nuqtasi bo\u2019ldi.<\/p>\n\n\n\n<p>Turkiston general-gubernatorligi tashkil topishi bilan bir vaqtda Turkiston harbiy okrugi ham yuzaga keldi. General-gubernator bir vaqtning o\u2019zida okrug qo\u2019mondoni ham hisoblangan. Viloyatlarning harbiy gubernatorlari va uyezd boshliqlari ham o\u2019z ixtiyoridagi harbiy qismlarning qo\u2019mondonlari bo\u2019lishgan. Shu tariqa \u00abharbiy xalq boshqaruvi\u00bbdagi harbiy hokimiyat chor zobitlari va harbiylari qo\u2019lida to\u2019plangan. \u00abXalq boshqaruvi\u00bb &#8212; yuzboshi, oqsoqollar, \u00abxalq sudyalari\u00bb \u2013 qozilar aholi tomonidan saylangan. O\u2019lkaning markaziy boshqaruv general-gubernator hamda uning Kengashi va Mahkamasidan iborat bo\u2019lgan. General-gubernatorlikning &#8212; bosh boshqarmaning ijroiya organi bo\u2019lgan general-gubernator mahkamasi dastlab to\u2019rt bo\u2019limdan iborat edi. Birinchi bo\u2019lim ma\u2019muriy va nazorat ishlarini boshqargan. Ikkinchisi bosh boshqarmaning moliyaviy va xo\u2019jalik ishlariga qaragan. Uchinchi bo\u2019lim soliqlar va shahar ishlariga doir masalalar bilan shug\u2019ullangan. To\u2019rtinchi bo\u2019lim esa maxsus bo\u2019lim hisoblanib uning faoliyati serqirra bo\u2019lgan. 1886 yilgacha mustaqil ish ko\u2019rgan bu bo\u2019lim harbiy va adliya vazirlari ishlaridan mustasno ravishda sud qarorlarini ham qayta ko\u2019rib chiqish huquqiga ega bo\u2019lgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Shaharlar o\u2019zlarining mavqeiga ko\u2019ra siyosiy, harbiy, iqtisodiy va madaniy markazlar vazifasini bajargan. Toshkent, Samarqand, Qo\u2019qon, Andijon, Marg\u2019ilon, Namangan, Buxoro, Ashhobod o\u2019lkaning eng yirik shaharlari hisoblangan. Yana mahalliy ahamiyatga bo\u2019lgan Chimkent, Jizzax, Kattaqo\u2019rg\u2019on, Qarshi, Termiz kabi shaharlarda iqtisodiy hayot tez rivojlana borgan. Mustamlakachilik yangi shaharlarni ham yuzaga keltirdi. Jumladan, Kazalinsk, Petro Aleksandrovsk, Skobelev, Chernyayevka qabilar. Bosib olingan shaharlarda ruslar uchun maxsus ajratilgan manzilgohlar paydo bo\u2019ldi. Shaharlar ikki qismga bo\u2019linib, biri eski shahar (mahalliy aholi yashaydigan qism), ikkinchisi yangi shahar (ruslar yashaydigan qism) deb ataladigan bo\u2019ldi. Toshkentning rus qismini tashkil qilish uchun maxsus qo\u2019mita tuzildi. Rejaga kirgan joylardan mahalliy aholi majburan ko\u2019chirildi.<\/p>\n\n\n\n<p>Shaharlarni ruslashtirish va rus aholisiga qulaylik yaratish maqsadida Turkiston shaharlarida savdo-sotiq, hunarmandchilik va sanoat bilan shug\u2019ullanuvchi rus fuqarolari uchun alohida imtiyozlar yaratildi. 1877 yilda maxsus Muvaqqat komissiya tuzilib, saylovlar tartibi belgilandi. Unga ko\u2019ra saylovchilar mulkdorlik darajasiga qarab uch toifaga bo\u2019lindi. Bunda shahar ziyolilari, ishchilar va hunarmandlar yetarli miqdorda mulki bo\u2019lmaganligi uchun saylov huquqidan mahrum etildi. 2400 saylovchi ishtirokida o\u2019tgan saylovda shahar Dumasi va boshqarmasi saylandi. Ruslar uchun noiblarning uchdan ikki qismi miqdorida o\u2019rin ajratildi. Shahar boshqaruv faoliyatini nazorat qiluvchi viloyat idorasi tuzildi. Uning raisi Sirdaryo harbiy gubernatori edi. 1888 yilda esa bu vazifa general-gubernatorga yuklandi. Ichki ishlar vaziri huquqi harbiy okrug qo\u2019mondoni zimmasiga yuklandi. Duma oqsoqoli harbiy vazir tomonidan tayinlangan. Toshkent shahar Dumasining oqsoqoli vazifasini 1877-1907 yillarda \u2013 shahar boshlio\u2019i \u2013 hokim to\u2019raning o\u2019zi boshqardi. 1870 yilda Toshkentda 80 ming aholi bo\u2019lib, ulardan 7 mingi dehqon, 6 ming kishi hunarmand, 4 mingi \u2013 savdogar, 4 mingi \u2013 mardikor kishilar edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Chor ma\u2019murlari dastlab yer-suv ishlari bilan shug\u2019ullanmadilar. Istilo vaqtida o\u2019lkadagi yer-suv davlat mulki, vaqf va xususiy mulkdan iborat bo\u2019lgan. Xo\u2019jalik yuritishning asosini dehqonchilik va chorvachilik tashkil kilgan. Sun\u2019iy sug\u2019orish uning negizi hisoblangan. 1873 yilda Kaufman rus podshosiga yer-suvga egalik qilishni o\u2019zgartirish to\u2019g\u2019risidagi loyihasini taqdim qiladi. Unga ko\u2019ra amlok yerlar uni ishlatib turgan kishilar tasarrufiga o\u2019tishi zarur edi. Lekin bu qoidani vaqf yerlarga joriy etish taklifi rad etiladi. Yer-suv masalasini Kaufman ko\u2019proq o\u2019z bo\u2019yniga olib, juda ko\u2019p yerlar davlat ixtiyoriga olindi, mulkiy va vaqf yerlarga soliq joriy qilindi. 1886 yilda Turkistonni boshqarish to\u2019g\u2019risida yangi Nizom joriy qilib, uning asosiy maqsadi yerli aholi zodagonlarini zaiflashtirishdan va mustamlakachilarni esa kuchaytirishdan iborat bo\u2019lgan. Qisqasi, bu tadbirlar natijasida harbiy-feodal yer egaligi tugatildi. Qishloqlarni boshqarish uchun ko\u2019chmanchi aholiga ikki bosqichli (volost va ovullar), o\u2019troq aholiga esa bir bosqichli (oqsoqollar) boshqaruvchi joriy qilindi. Volost asosini ming xonadondan ikki ming xonadongacha, ovul jamoalarini esa yuz o\u2019tovdan ikki yuz o\u2019tovgacha aholi tashkil kilgan. Chorizm bu o\u2019zgarishlar bilan ko\u2019chmanchi aholining urug\u2019chilik asosidagi tarihiy bo\u2019linishini bekor qildi. 1886 yildagi \u00abNizom\u00bbga ko\u2019ra o\u2019troq aholining bir bosqichli boshqaruvchi ikki bosqichga aylantirilib, oqsoqollar volostlarga birlashtirildi. Ovul jamoalari va oqsoqolliklar vakillari yig\u2019ini barcha saylovchilar yig\u2019ini bilan almashtirildi.<\/p>\n\n\n\n<p>Turkiston shaharlarida polismeyster lavozimi joriy etilgandi. U huquq jihatidan tumanboshilarga tenglashtirilgan. Ularga politsiya pristavlari bo\u2019ysungan. Mahalliy ma\u2019muriyat \u2013 volost boshqaruvchilari va oqsoqollari ham quyi politsiya zobitlari vakolatlari huquqlariga ega bo\u2019lib, ularga yollangan mirshablar xizmat qilgan. Mustamlakachilik ma\u2019muriyatining muhim huquqiy bo\u2019yinlaridan biri sud organlari hisoblangan. Sudlar ikki ko\u2019rinishga ega bo\u2019lib, sudlar va xalq sudlaridan tashkil topgan. Ularning birinchisi mustamlakachilik shaklida bo\u2019lsa, xalq sudlari shariat asosida ish yurituvchi qozilik idorasi edi. Sudlar hududiy ko\u2019rinishga ko\u2019ra, tuman sudlari, xalq palatasi huquqidagi viloyatlar boshqarmalari, dunyoviy masalalar bo\u2019yicha ish yurituvchi sudlar qurultoylari, harbiy sud komissiyalari joriy etildi. 1886 yilgi \u00abNizom\u00bbga ko\u2019ra mavjud sud tartiblari saqlangan holda unga ayrim o\u2019zgarishlar kiritildi. Tuman sudlari bekor qilindi. O\u2019lkada viloyat sudlari joriy qilindi. Viloyat prokuror va uning muovini, sud tergovchisi lavozimlari joriy qilindi. Imperiya sudida mustamlakachilik tuzumiga qarshi maqsadlarda sodir etilgan \u00abjinoyatlar\u00bb ko\u2019rilgan. Uning asosiy vazifasi mahalliy xalq orasidan chiqqan vatanparvarlarning davlat hokimiyatini zaiflashtirish, hokimiyatga qarshi siyosiy jinoyatchilikning ustidan hukm chiqarish edi. Rus imperiyasi Davlat Kengashi tomonidan sud islohoti tizimlari 1893 yil 2 iyunda tasdiqlandi. Toshkent shahrida sud palatasi, viloyatlarda okrug sudlari ta\u2019sis qilindi. Toshkent sud palatasi o\u2019lkaning barcha sud organlari faoliyatini boshqarar va nazorat qilardi. Chor hukumatining siyosiy tusga ega bo\u2019lmagan barcha fuqarolik ishlari shariat va biy sudlariga topshirilgan. Mustamlakachilar shariat qonun-qoidalaridan istibdod negiziga qurilgan o\u2019z tuzumlarini barqaror qilishda unumli foydalanganlar. Shu maqsadda uni uch xil qilib tuzishgan. Sirdaryo, Samarqand, Farg\u2019ona va Yettisuv viloyatlarining o\u2019troq aholisi uchun qozi sudi, shu viloyatlarning ko\u2019chmanchi aholisi uchun biy sudlari hamda Kaspiyorti viloyati uchun maxsus xalq sudlari faoliyat ko\u2019rsatgan. Chorizm harbiy kuch bilan o\u2019lkani uzoq ushlab turishi mumkin emasdi. Shu bois u Turkistonda assimilyatsiya, ya\u2019ni ruslar bilan mahalliy aholini aralashtirib yuborish siyosatini yurgizdi. Uning bosh maqsadi Turkistonda doimiy yashaydigan rus va slavyan aholini yuzaga keltirishdan iborat tadbirlarni amalga oshirish zarur edi. Bu podshoning ko\u2019chirish siyosatidan boshlandi. Ko\u2019chirish siyosati Turkiston general-gubernatorligi tashkil bo\u2019lgan 1867 yildayoq boshlangandi. Yettisuvda 1869-1682 yillarda 25 ming aholini o\u2019z ichiga olgan 29 ta rus qishlog\u2019i, Sirdaryoda esa 13 ming aholisi bo\u2019lgan 19 ta rus qishlog\u2019i tashkil etildi. 1910 yilda Turkistondagi Sirdaryo, Samarqand va Farg\u2019ona viloyatlarda 124 ta rus qishlog\u2019i bo\u2019lib ularda 70 mingga yaqin rus aholisi yashardi.<\/p>\n\n\n\n<p>Chor ma\u2019murlari o\u2019lkaga ko\u2019chib kelgan kishilarni qurollantirib, mahalliy aholidan o\u2019zlarini \u00abhimoya\u00bb qilmoqchi bo\u2019lgandi. Ayniqsa ko\u2019chib kelgan rus kazaklariga qurol sotish kuchayadi. O\u2019lkada temir yo\u2019l qurilishining amalga oshirilishi ham mustamlakachilikdan iborat iqtisodiy va harbiy strategiya maqsadlarini ko\u2019zlab amalga oshirilgandi. Temir yo\u2019lsiz katta hududni ko\u2019lda saqlash va o\u2019lkaning katta boyliklarini olib ketish mumkin emasdi. 1888 yil noyabridan Zakaspiy temir yo\u2019l qurilishi boshlandi. Bu yo\u2019l Qizil Arvot va Ashhobod orqali o\u2019tkazilib, Samarqandga yetkazildi. 1888 yil 15 mayida bu yerga birinchi poyezd keldi. U 1889 yilda Mari va Kushka orqali o\u2019tkazilib, o\u2019sha yili Toshkent hamda Andijonga yetkazildi. 1900 yilda Orenburg \u2013 Toshkent temir yo\u2019l qurilishi boshlandi. 1905 yilda unda birinchi poyezd qatnadi. Temir yo\u2019l qurilishining ishga tushirilishi o\u2019lkada dastlabki sanoat korxonalarining paydo bo\u2019lishiga turtki bo\u2019ldi. Bu korxonalar rus kapitalistlari uchun Turkiston hom ashyosini tayyorlashga xizmat qildi. Shu bois bu yerda paxtani dastlabki qayta ishlash bilan bog\u2019liq sanoat korxonalari tashkil etildi.<\/p>\n\n\n\n<p>Birinchi paxta tozalash zavodi 1879 yilda Toshkentda savdogar Nazarov tomonidan ishga tushirildi. Shunday ikkinchi zavod 1885 yilda Andijon uyezdida savdogar Ho\u2019jayev, uchinchisi esa Toshkentning Ko\u2019kcha dahosida savdogar Isabek Hakimbekov tomonidan qurildi. 1867-1900 yillar orasida Turkistonda ishga tushirilgan 170 korxonaning 70 tasi Farg\u2019ona viloyatida edi. Endi yog\u2019 ishlab chiqaruvchi korxonalar paydo bo\u2019ldi. Choy qadoqlash, aroq-vino ishlab chiqaruvchi korxonalar ham paydo bo\u2019ldi.<\/p>\n\n\n\n<p>Rus kapitalistlari yer osti boyliklarini qazib olib ketishga ham e\u2019tibor bera boshladi. Romanov va Semichevlar Qo\u2019qon tumanida toshko\u2019mir, D. Petrov va G. Aleksandrov esa Qamishboshi va Laqqon qishloqlarida 25 ta neft konlarini ishga tushirdi. Yangi zavod va fabrikalar ish boshladi. Birgina Qo\u2019qonning o\u2019zida 16 ta aksioner va yirik savdo firmalari ochilgan edi. Rossiya sarmoyadorlari Turkistondagi tabiiy boyliklarni talashga xizmat qiluvchi korxonalar tarmog\u2019ini keng quloch yoydirishdi. Bu ishda ular mahalliy xalqlarning boy va savdogarlari bilan kelishib ish ko\u2019rdilar. Ammo mustamlakachilar Turkiston o\u2019lkasida hech qachon tom ma\u2019nodagi og\u2019ir sanoat mahsulotlari ishlab chiqadigan korxonalarni qurishga e\u2019tibor bermaganlar. Mustamlakachilar qanchalik boyib borsa, arzon ishchi kuchi bo\u2019lgan mahalliy aholi shunchalik kambag&#8217;allashib, qashshoqlashib borardi. Dehqonlar og\u2019ir shartlar asosida qarz olardi, qarzini to\u2019lay olmay o\u2019ziga tegishli yerini sotib, yersiz qolardi, mardikorlik, chorikorlik qilishga majbur bo\u2019lardi. Natijada yer egalari qo\u2019lida yollanib batraklik qilishga yoki yangi ochilayotgan korxonalarga arzimagan ish haqi evaziga ishlashga majbur bo\u2019lardi. Yerni Rossiya banklari yoki puldor mahalliy boylar sotib olardi. Shu tariqa, o\u2019lkada 90-100 gektarcha sug\u2019oriladigan yeri bo\u2019lgan boy xo\u2019jaliklar vujudga keldi. XX asr boshlaridagi ma\u2019lumotlarga ko\u2019ra o\u2019lka aholisining 70 foizi kambag\u2019al va qashshoqlar, 1,7 foizi o\u2019rta hol, 13 foizi o\u2019ziga to\u2019q, boy oilalar hisoblanardi. Rossiyalik sarmoyadorlar o\u2019lkada paxta tozalash, yog\u2019 va spirt ishlab chiqarish, pivo, tamaki, un, qand, sovun, g\u2019isht, ko\u2019n, mis eritish, jun yuvish, oxak qizdirish zavodlari va oziq-ovqat korxonalari qurib, ulardan mo\u2019may daromad olishni yo\u2019lga qo\u2019ydilar. 1908 yilda o\u2019lkada 378 ta sanoat korxonalari faoliyat ko\u2019rsatgan bo\u2019lsa, 1917 yilda ularning soni Buxoro amirligi Xiva xonligida qurilgan korxonalarni ham qo\u2019shib hisoblaganda 1200 taga yetgan. Bu jarayon aholining tabaqalanishiga ta\u2019sir etib milliy burjuaziya va ishchilar sinfi vujudga keldi. 1914 yilgi ma\u2019lumotlariga ko\u2019ra, o\u2019lkada 49,5 ming ishchi bo\u2019lib, ulardan 25,5 minggi sanoatda, 24 minggi temir yo\u2019l va unga xizmat qiluvchi ustaxonalarda ishlagan. Mahalliy ishchilarga rossiyalik ishchilarga nisbatan 2,5-3,5 baravar kam ish haqi to\u2019langan. Turkiston Rossiyaning jahon bozorlarida o\u2019tmaydigan tovarlari sotiladigan bozorga aylantirildi. Rossiya imperiyasi Turkiston xalqini ma\u2019naviy-madaniy tutqunlikka solish, o\u2019zining uzoqqa mo\u2019ljallangan manfaatiga bo\u2019ysundirish siyosatini yuritdi. Uning mohiyati, mazmuni mahalliy xalqni milliy, tarixiy ildizlaridan uzib tashlash, xalqning ma\u2019naviy, madaniy, tarixiy merosini yo\u2019q qilish, xullas ruslashtirishdan iborat edi. Farg\u2019ona harbiy gubernatori Skobelev shunday deb yozadi: \u00abMillatni yo\u2019q qilish uchun uni qirish shart emas, uning madaniyatini, san\u2019atini, tilini yo\u2019k qilsang bas, tez orada o\u2019zi tanazzulga uchraydi\u00bb. Turkistonda mustamlakachilar ana shunday siyosat olib bordi. Turkistonning noyob tarixiy, ma\u2019naviy, madaniy boyliklari talon-taroj qilindi. 1870 yilda Toshkentda ochilgan Xalq kutubxonasi va 1876 yilda tashkil topgan Toshkent tabiat muzeyida o\u2019lkaning ma\u2019naviy-madaniy hayotini aks ettiruvchi oltin, kumush, misdan yasalgan qimmatbaho buyumlar, gilamlar, amaliy san\u2019at namunalari, tarixiy yodgorliklar, arxiv xujjatlari, qo\u2019lyozma kitoblar va boshqalar to\u2019plandi. Ular ko\u2019rikdan o\u2019tkazilib, qimmatbaho va nodir deb hisoblanganlari Peterburg va Moskvaga tashib ketildi. San\u2019at darajasida ishlangan Muhammad Rahim taxti, Amir Temur maqbarasining naqshinkor darvozasi, undagi bitimlar, oynalar, oltin koshinlar, Ahmad Yassaviy maqbarasidagi naqshinlar, katta qozon (\u00abNazir niyoz qozoni\u00bb) shular jumlasidandir.<\/p>\n\n\n\n<p>Islom diniga e\u2019tiqod, masjid va madrasalar oyoqosti qilina bordi. Rossiya ma\u2019murlari musulmon muassasalari, madrasa ishlariga aralashib, ularning faoliyatini tobora cheklab bordi. Maorif va madaniyat sohasida ruslashtirish siyosati yuritiladi. Turkistonlik bolalarni ruslar bilan aralashtirib o\u2019qitish va tarbiyalash g\u2019oyasi ilgari surildi. 1884 yilda Toshkentda dastlab rus-tuzem maktabi ochildi. XIX asr oxirida ularning soni yuztadan ortiq bo\u2019ldi. Bu maktablarda bir vaqtning o\u2019zida rus va o\u2019zbek o\u2019qituvchilari mashg\u2019ulotlar olib boradigan bo\u2019ldi. Maqsad mahalliy yoshlarga rus tilini, ruscha yashash tarzini singdirishdan iborat edi. Yerli aholi farzandlarini qiziqtirish uchun rus-tuzem maktablarini bitirganlarni, rus tilini bilganlarni mahalliy ma\u2019muriy organlarga, boshqaruvga ham jalb qildi. Asta \u2013 sekinlik bilan o\u2019lkada ish yuritish ham rus tiliga o\u2019tkazila bordi. Bu tadbirlardan maqsad ruslashtirishdan iborat bo\u2019lgan. Mustamlakachilarning yerli aholi turmushiga ma\u2019naviy-ruhiy tazyik o\u2019tkazish dasturida o\u2019lka xotin-qizlarini ruscha hayot tarziga o\u2019tkazishga alohida ahamiyat berdi. Shu maqsadda shaharlarda xotin-qizlar ambulatoriyalari tashkil etilib, ularda rus shifokorlari faoliyat ko\u2019rsatdi. Ambulatoriyada ayollarga zaruriy tibbiy maslahatlar, tibbiy yordam ko\u2019rsatildi, bu, albatta ijobiy hol. Shu bilan birga, ayollarga ruscha hayot tarziga o\u2019tish, ularning farzandlari tarbiyasiga pravoslavcha ta\u2019sir etish, paranji zulmidan xalos bo\u2019lish, \u00abochilish\u00bb zarurligi to\u2019g\u2019risida tashviqot va targ\u2019ibot ham qilinardiki, bu sekin-sekin salbiy ta\u2019sir ko\u2019rsatardi.<\/p>\n\n\n\n<p>Chorizmning Turkiston xalqlariga nisbatan yurgizgan mustamlakachilik, ulug\u2019 davlatchilik va shovinistik siyosati konuniy suratda mahalliy aholining milliy ozodligi, erki va insoniy hak-hukuklarini himoya qilish uchun muqaddas jangga otlantirdi. \u00abO\u2019rta Osiyoning Rossiyaga ixtiyoriy qo\u2019shilganligi\u00bb g\u2019oyasining tarafdorlari xalq ommasining chorizmga va uning mustamlakachilik zulmiga qarshi ko\u2019tarilgan qo\u2019zg\u2019olonlarini soxtalashtirib, go\u2019yo bu qo\u2019zg\u2019olonlar Rossiyaga qarshi emas, balki mahalliy amaldorlarga, din peshvolari va ulamolarga qarshi ko\u2019tarilgan deb \u00abisbotlamokchi\u00bb bo\u2019ldilar. Tarix shuni ko\u2019rsatadiki, aslida chorizm tomonidan asoratga solingan, mustamlaka qilingan xalqlar dastlabki kunlardan boshlab o\u2019z mustaqilligi, ozodligi uchun milliy-ozodlik kurashini olib borganlar:<\/p>\n\n\n\n<p><strong>-Qozog\u2019iston mintaqasida 1783-1793 yillarda Sirim Botir qo\u2019zg\u2019oloni;<\/strong><\/p>\n\n\n\n<p><strong>-1822-1823 yillarda Jo\u2019lamo Tilamchi qo\u2019zg\u2019oloni;<\/strong><\/p>\n\n\n\n<p><strong>-1836-1838 yillarda Isatoy Toyman qo\u2019zg\u2019oloni;<\/strong><\/p>\n\n\n\n<p><strong>-1837-1843 yillarda Sulton Kenasarin qo\u2019zg\u2019oloni;<\/strong><\/p>\n\n\n\n<p><strong>-1856 yilda Sirdaryoda Jonho\u2019ja Nurmuhammad qo\u2019zg\u2019oloni;<\/strong><\/p>\n\n\n\n<p><strong>-1868 yilda Samarqand mudofaasi va Buxoro amirligi, Buxoro shahri;<\/strong><\/p>\n\n\n\n<p><strong>-1871 yilda Esxon Eshmuhammad qo\u2019zg\u2019oloni;<\/strong><\/p>\n\n\n\n<p><strong>-1871 yilda Yetimxon qo\u2019zg\u2019oloni;<\/strong><\/p>\n\n\n\n<p><strong>-1872 yilda Chirchiqdagi isyon;<\/strong><\/p>\n\n\n\n<p><strong>-1873-1876 yillarda Po\u2019latxon boshchiligidagi Qo\u2019qon xonligida qo\u2019zg\u2019olon;<\/strong><\/p>\n\n\n\n<p><strong>-1892 yildagi Toshkentdagi qo\u2019zg\u2019olon;<\/strong><\/p>\n\n\n\n<p><strong>-1898 yildagi Andijon Dukchi Eshon boshchiligidagi qo\u2019zg\u2019olon;<\/strong><\/p>\n\n\n\n<p><strong>-1899 yilda sodir bo\u2019lgan Sirdaryodagi harakatlar<\/strong> va boshqalarni kiritish mumkin. 1887-1897 yillarda jami bo\u2019lib Farg\u2019ona, Samarqand va Sirdaryo viloyatlarida mustamlakachilar siyosatiga qarshi 663 marta harakatlar bo\u2019lganligi ma\u2019lum. Farg\u2019onadagi vaziyatdan cho\u2019chigan viloyat harbiy gubernatori Veryovskiy ahvolidan ko\u2019z-quloq bo\u2019lib turish uchun Markaziy hukumatga mahfiy siyosiy politsiya xizmatini tashkil etish taklifini ilgari suradi. Uni tashkil etishni o\u2019z mablag\u2019i hisobidan amalga oshiradi. O\u2019lkaning oliy harbiy \u2013 siyosiy doiralari tobora kuchayib borayotgan norozilik to\u2019lqinini pasaytirish uchun ta\u2019sirchan vosita izlay boshladi. Politsiya va harbiy kuchlar uchun 5,5 mln so\u2019m sarflandi.<\/p>\n\n\n\n<p>1892 yil boshida Toshkentda bo\u2019lib o\u2019tgan \u00abvabo isyoni\u00bb eng yirik xalq qo\u2019zg\u2019olonlaridan biri edi. U Toshkentda boshlanib, unga 2 mingdan ortiq kishilarning yostig\u2019ini quritgan vabo kasaliga qarshi mustamlakachi ma\u2019murlar ko\u2019rgan choralar sabab bo\u2019ldi. Iyun oyida Toshkentda vabo tarqaldi. Shahar ma\u2019murlari shoshilinch choralar ko\u2019rib, vabodan o\u2019lganlarni shahardagi 12 ta qabristonga ko\u2019mish man etiladi, shahar tashqarisida 4 ta qabriston ochilishi rejalashtiriladi. Lekin shundan bittaginasi ishga tushiriladi. Shahardan chiqish va kirish qattiq nazorat ostiga olinadi. Shaharda vabo kasaliga uchraganlarni yo\u2019k qilar ekan, degan gap tarqaladi. Lekin ma\u2019muriyat aholi o\u2019rtasida yetarli tushuntirish ishlarini olib bormadi. Kelishilgan 4 ta qabristondan bittaginasi ochilgani bois o\u2019lganlarni ko\u2019mish ishlari cho\u2019ziladi. Aholi eski qabristonlarga ko\u2019mishga majbur bo\u2019ldi. Politsiya buni hisobga olmay hibsga ham ola boshladi, qabristonni ochib, o\u2019lganlarning ruhi haqorat qilindi. Shunday sharoitda shaharning eng taniqli kishilaridan Azizyor Eshon, Abulqosim Ho\u2019ja, bozor oqsoqoli Ziyomuhammad va boshqalar boshchiligidagi mingga yaqin kishi shahar mahkamasi boshlig\u2019i Putinsev va eski shahar oqsoqoli Muhammad Yokub bilan to\u2019qnashishdi. Ular aholini tinchitish o\u2019rniga dag\u2019dag\u2019a qildi, qo\u2019rqitmoqchi bo\u2019ldi. Xalq oqsoqol ustiga tosh yog\u2019dira boshladi. Oqsoqol shahar hokimi idorasiga yashirinishga ulgurdi. Ana shu bilan \u00abToshotar\u00bb voqeasi boshlandi. Putinsev qo\u2019lidagi qurolini ishlatmoqkchi bo\u2019ldi, oqsoqolni himoya qildi. Sabr kosasi to\u2019lgan xalq o\u2019ylab ham o\u2019tirmay hokimga qarshi harakatga o\u2019tdi, Putinsev va uning mirshablarini do\u2019pposladilar, haloyiq mahkamani tezda ostin-ustin qilib tashladi. Qurollangan soldatlar kelganidan keyin xalq ayamay o\u2019qqa tutildi; o\u2019n kishi o\u2019ldirildi va yaralandi. O\u2019lganlarning hisobiga ham yetib bo\u2019lmadi, lekin bir kun o\u2019tganidan keyin Anhordan 80 dan ortiq o\u2019lganlar jasadi olindi. Qo\u2019lga olingan 60 kishi esa hibsga solindi. Bu zo\u2019ravonlik ham xalqning ozodlik harakatini to\u2019xtata olmadi. 1898 yilda Andijon yaqinidagi Mingtepada bo\u2019lgan qo\u2019zg\u2019olonni davomi deyish mumkin. Unga shu qishloqda yashovchi Ali Eshon boshchilik qildi. U otasining ishini davom ettirib duk yasardi, shuning uchun uni Dukchi Eshon ham deyishadi.<\/p>\n\n\n\n<p>XIX asr ohiri \u2013 XX asr boshlarida Turkiston ijtimoiy-siyosiy hayotida jadidchilik harakati keng kuloch yoyib rivojlandi. \u00abJadid\u00bb so\u2019zi arabcha bo\u2019lib, yangi usul degan ma\u2019noni anglatadi. Ammo jadidchilar harakati faqat madaniy-ma\u2019rifiy harakat, ya\u2019ni eski maktablarning qiyin o\u2019qitish tizimiga nisbatan yangi usuliga asoslangan yangi metod asosidagi o\u2019qitishga o\u2019tishdangina iborat emasdi. U ayni chog\u2019da keng, chuqur mazmundagi ma\u2019naviy-ma\u2019rifiy milliy taraqqiyot va milliy istiqlol muammolarini ham o\u2019z ichiga olgan edi. Bu harakatning yuzaga kelishida O\u2019rta Osiyoning o\u2019zidagi demokratik harakatdan tashqari O\u2019rta va Yaqin Sharq mamlakatlarida keng quloch yoyib rivojlangan falsafiy-diniy oqimlar va Turkiyadagi \u00abIttihod va Tarakkiy\u00bb, \u00abYosh turklar\u00bb harakatining ta\u2019siri ham katta bo\u2019ldi. Turkistonda o\u2019rnatilgan mustamlakachilik XIX asr ohiri \u2013 XX asr boshlarida kuchayib, chorizm mahalliy aholini iqtisodiy jihatdan talash, ezish bilan birga ularni jaholatda, savodsizlikda tutib turli, ma\u2019naviy qashshoqlantirishga intildi. Mustamlakachilar shu maqsadda o\u2019lkaga chinovniklar, harbiy, bankirlar, savdo-sanoatchilar, muhandis-tehniklar, ruxoniylar, ilmiy kuchlar, ishchilar, mujiklardan iborat malaylarini safarbar etgan edilar. Biroq ular qanday urinmasin mahalliy aholining ozodlik uchun intilishini so\u2019ndirolmadi. Tarixiy vaziyat millat ravnaqini o\u2019ylovchi ziyolilar mahalliy burjuaziya vakillari ulamolar orasidan xalqni uyg\u2019otish, milliy ongini oshirish, birlashtirish uchun kurashuvchi kuchlarni tayyorlab yetishtirdi.<\/p>\n\n\n\n<p>Sharq bilan G\u2019arbni taqqoslab, musulmonlar va turkiylar dunyosi, xususan Rossiya tassarrufidagi musulmonlarning jahon taraqqiyotidan uzilib qolayotganini qrim-tatar farzandi Ismoil Gaspirali (1851-1914) birinchi bo\u2019lib angladi. U turkiy xalqlardagi jaholatni yo\u2019q qilish, ma\u2019naviyat-ma\u2019rifat orqali taraqqiy topgan mamlakatlar darajasiga qo\u2019qitish harakatini boshlab berdi. U maorifni isloh qilish, maktablarda dunyoviy fanlarni o\u2019qitish masalalarini ko\u2019tardi. Gaspirali 1884 yilda Qrimdagi Bokchasaroyda birinchi jadid maktabiga asos soldi. U tashkil qilgan maktab o\u2019quvchilari uchun o\u2019quv dasturi tuzdi va darsliklar yozdi. 40 kun ichida 12 ta o\u2019quvchining savodini chiqarib, tezda shuhrat qozondi. \u00abTarjimon\u00bb gazetasini chiqarib, o\u2019z g\u2019oyalarini tarqata boshladi. 1888 yilda \u00abRahbari muallimin yoki muallimlarga yo\u2019ldosh\u00bb kitobini nashr etib, jadid maktablarining qurilishi, dars o\u2019tish mazmuni, jihozlanishi, sinov va imtixonlar olish usullarini ko\u2019rsatdi. Ismoil Gaspirali g\u2019oyalari Turkiston, Buxoro amirligi va Xiva xonligiga ham kirib keldi. U 1893 yilda O\u2019rta Osiyoga kelib, ilg\u2019or ziyolilar bilan uchrashdi. Buxoro amiri huzurida bo\u2019lib, bitta jadid maktabi ochishga rozilik oldi. Ana shundan keyin Turkiston ziyolilari jadidlar g\u2019oyasini qo\u2019llab maorifni isloh qilish, \u00abusuli jadid\u00bb maktablarini ochishga kirishdilar. 1898 yilda Qo\u2019qonda Salohiddin domla, 1899 yilda Andijonda Shamsiddin domla va Toshkentda Mannon kori jaded maktablariga asos soldilar. 1903 yilda Turkistonda 102 ta boshlang\u2019ich va 2 ta o\u2019rta jadid maktablari faoliyat ko\u2019rsatdi. O\u2019rta Osiyoda jadidchilik harakatining yirik vakillari: Munavvar qori Abdurashidxonov, Mahmudho\u2019ja Behbudiy, Abdulla Avloniy, Abdulhamid Cho\u2019lpon, Ubaydullaho\u2019ja Asadullaho\u2019jayev, Abdurauf Fitrat, Sadriddin Ayniy, Usmonxo\u2019ja Po\u2019latxo\u2019jayev, Fayzulla Ho\u2019jayev, Ahmadjon Mahdum, Abdulvohid Rafiy va boshqalar edi. Talabalarga Turkiston tarixi, turkiylar tarixini o\u2019rganishga alohida e\u2019tibor berildiki, bu ularning milliy ongini uyg\u2019otishga, jamiyatni etnik jihatdan birlashtirishga xizmat qilardi. M.Behbudiyning \u00abo\u2019z urug\u2019ining otini bilmagan, yetti otasini tanimagan qul-manqurtdir\u00bb degan so\u2019zlari talabalarni milliy o\u2019zligini anglashga chaqirar edi. Munavvar Qorining \u00abAdibi avval\u00bb, \u00abAdibi soniy\u00bb, M. Behbudiyning \u00abKitobatul atfol\u00bb, \u00abBolalar maktubi\u00bb, \u00abMuhtasari tarixi islom\u00bb, \u00abO\u2019g\u2019g\u2019rofiya\u00bb, A. Avloniyning \u00abAdabiyot\u00bb, \u00abBirinchi muallim\u00bb, \u00abTurkiy guliston\u00bb, \u00abMaktab gulistoni\u00bb kabi darsliklari milliy maktab va milliy tarbiyani yuqori saviyaga ko\u2019tarishga xizmat qildi.<\/p>\n\n\n\n<p>Jadid maktablarida har tomonlama bilimli, ma\u2019naviy yetuk, o\u2019z xalqining tarixini va dunyo ishlarini yaxshi o\u2019zlashtirgan kadrlar tayyorlab chiqildi.<\/p>\n\n\n\n<p>Jadidlar yoshlarni chet ellarga o\u2019qishga yuborish tashabbusi bilan chiqdilar. Boy tabaqalarning ilg\u2019or vakillari bu tashabbusni ma\u2019qullab, tegishli mablag\u2019 bilan ko\u2019maklashdilar. Ko\u2019pgina umidli yoshlar Germaniya, Misr, Turkiya va Rossiyaning markaziy shaharlariga o\u2019qishga yuborildi. 1910 yilda Buxoroda muddaris Hoji Rafiy va boshqalar \u00abBolalar tarbiyasi\u00bb hayriya jamiyatini tashkil etib, 1911 yilda 15 ta, 1912 yilda 30 ta talabani Turkiyaga o\u2019qishga jo\u2019natdi. 1909 yilda Munavvar Qori tuzgan \u00abJamiyati hayriya\u00bb ham miskin va ojiz talabalarga yordam berar, yoshlarni chet elga o\u2019qishga yuborishga yordamlashardi. Jadidlar Turkistonda milliy matbuotga asos soldilar. Ularning sa\u2019y-harakatlari natijasida Turkistonda turli davrlarda: \u00abHurshid\u00bb (\u00abKuyosh\u00bb) (1906), \u00abOsiyo\u00bb, \u00abTuron\u00bb, \u00abSadoi Turkiston\u00bb, \u00abTurk eli\u00bb, \u00abNajot\u00bb, \u00abKengash\u00bb, \u00abUlug Turkiston\u00bb, \u00abSho\u2019roi Islom\u00bb, \u00abOyna\u00bb, \u00abHurriyat\u00bb, \u00abBuxoroi Sharif\u00bb, \u00abSadoi Farg\u2019ona\u00bb, \u00abTirik so\u2019z\u00bb, \u00abYurt\u00bb, \u00abFarg\u2019ona nidosi\u00bb, \u00abFarg\u2019ona sahifasi\u00bb, \u00abSamarqand\u00bb kabi gazeta va jurnallar nashr etildi. M.Behbudiy 1913 yilda \u00abSamarqand\u00bb gazetasi va \u00abOyna\u00bb jurnalini chiqara boshladi. U \u00abNashriyoti Behbudiya\u00bb xususiy nashriyotini, uning huzurida \u00abKutubxonai Behbudiya\u00bbni tashkil etdi. Gazeta va jurnalda millat va ona yurt dardi, xalqni ma\u2019rifatli qilish, erkinligini ta\u2019minlash masalalariga bagishlangan dolzarb maqolalar chop etildi. Ular chor Rossiyasi tasarrufidagi turkiy xalqlarga, Eron, Afg\u2019oniston, Hindiston, Turkiyagacha yetib borardi. Taraqqiyparvar o\u2019zbek ziyolilarining yetakchisi Asaddulla o\u2019g\u2019li Ubaydullaxo\u2019ja 1913 yilda \u00abTaraqqiyparvar\u00bb nomli ziyolilarning firqasini tuzadi va 1914 yilda firqaning \u00abSadoi Turkiston\u00bb, \u00abSadoi Farg\u2019ona\u00bb gazetalari chiqariladi. Bu gazetalar sahifalarida e\u2019lon qilingan maqolalar xalqni mustabid tuzumga qarshi qo\u2019zg\u2019atishga xizmat qiladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Jadidlar milliy teatrga ham asos soldilar. Munavvar Qori rahnamoligida 1913 yilda musulmon drama san\u2019ati havaskorlari jamiyati \u2013 \u00abTuron\u00bb truppasi tuzildi. 1914 yil 27 fevralda Toshkentda \u00abKolizey\u00bb teatri binosida o\u2019zbek milliy teatrining birinchi rasmiy ochilishi marosimi bo\u2019ldi. Munavvar Qori o\u2019zbek milliy teatrining birinchi pardasini ochar ekan shunday degan edi. \u00abTurkiston tilida hanuz bir teatr o\u2019ynalmaganligi barchangizga ma\u2019lumdir\u2026 Teatrning asl ma\u2019nosi \u00abibratxona\u00bb yoki \u00abulug\u2019lar maktabi\u00bb degan so\u2019zdir. Teatr sahnasi har tarafi oynaband qilingan bir uyga o\u2019xshaydirki, unga har kishi kirsa o\u2019zining husn va qabihini, ayb va nuksonini ko\u2019rib ibrat olur\u00bb. O\u2019sha kuni sahnada M. Behbudiyning \u00abPadarkush\u00bb pyesasi namoyish etildi. Unda islom dining Turkistondagi buzilishlari tasvirlanib, tomoshabin e\u2019tiborini najot yo\u2019li \u2013 maorif, maorifni esa \u00abpoklangan din\u00bb bera oladi, degan g\u2019oyaga karatadi. \u00abTo\u2019y\u00bb, \u00abZaharli hayot\u00bb, \u00abJuvonmarg\u00bb, \u00abBahtsiz kuyov\u00bb kabi pyesalarda hotin-qizlarning huquqsizligi, ko\u2019pxotinlilik, majburiy nikoh oqibatlari kabi muammolar ochib tashlanadi. Milliy teatr san\u2019ati odamlarga millatda mavjud bo\u2019lgan qusurlar va ijobiy tomonlarni tushuntiruvchi oyna bo\u2019lib xizmat qildi. Jadidlar matbuoti va teatrida mutassib ruxoniylarning poraho\u2019rligi, axloqsizligi ham qattiq tanqid ostiga olindi. Abdurauf Fitrat \u00abMunozara\u00bb nomli asarida Buxoro ulamolarining nodonligi va poraho\u2019rligini ochib tashladi. \u00abHind sayyohining sarguzashtlari\u00bb asarida esa Buxoro, Qarshi va boshqa shaharlardagi iqtisodiy tanazzulga ayrim ruxoniylarning o\u2019z mavqeyini suistemol qilganliklarini asosiy sabab qilib ko\u2019rsatadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Jadidlarga, bir tomondan, mutassib ruhoniylar, ikkinchi tomondan, mustamlakachi ma\u2019murlar qarshilik ko\u2019rsatdilar. Mutaassib ruhoniylar jadidlar ko\u2019targan barcha yangiliklarga qarshi chiqdilar. Ular jadidlarni padarkushlar, maktablari haqida esa \u00abbu hil maktabda o\u2019quvchi \u2013 talabalar birinchi yili gazeta o\u2019qiy boshlaydi, ikkinchi yili ozodlikni talab qilishadi, uchinchi yili esa janobi oliylarini taxtdan ag\u2019darib turmaga tiqib qo\u2019yishadi\u00bb der edilar. Mutaassiblar tarixni tasvirlash, o\u2019qitishni, be\u2019manilik, dahriylik, deb hisoblashdi. M. Behbudiy ularni fosh qilar ekan, Qur\u2019oni Karim ham, Muhammad payg\u2019ambarning hadislari ham tarixga dahldor ekanligini, Qur\u2019oni Karimning chorak qismi tarixiy ma\u2019lumotlardan iboratligini ko\u2019rsatdi.<\/p>\n\n\n\n<p>Mustamlakachi ma\u2019murlar, shuningdek, Buxoro amiri va Xiva xoni jadidlar harakatini jilovlash choralarini ko\u2019rdilar. Ular ustidan nazorat o\u2019rnatar, gazeta va jurnallarni man etib, nashriyotlarini buzib tashlar, kitob do\u2019konlari, qiroatxonalarini yopib qo\u2019yar edi. Jadidlardan o\u2019ng qanot ajralib chiqib reaksion lageriga qo\u2019shildi. Qadimchilar deb atalgan bu guruh Rossiyaning obro\u2019si bizning obro\u2019miz, Xudodan qo\u2019rq, podshohni hurmat qil, podshohlarning amri fuqarolar uchun vojibdir, deb chiqdilar. Ular islohotlarga qarshi chiqib, qadimgi tartibni himoya qildilar. Jadidlar tobora olg\u2019a yurdilar. Mustamlakachilarning jadidlarga nisbatan qo\u2019llagan zo\u2019ravonlik choralari, ularni ma\u2019naviy-ma\u2019rifiy islohotdan siyosiy qarshilik ko\u2019rsatish darajasiga olib keldi. Shu orada dastlabki siyosiy uyushma va firqalar vujudga keldi. XIX asr oxiri \u2013 XX asr boshida Turkistonda vujudga kelgan jadidchilik madaniy-ma\u2019rifiy, milliy, ijtimoiy-siyosiy harakat edi. U o\u2019sib mustamlakachilarga qarshi ko\u2019tarilgan milliyozodlik harakatining mafkurasiga aylandi.<\/p>\n\n\n\n<p>1914-1916 yillarda chor ma\u2019murlarining jahon urushi bahonasida milliy mustamlakachilik zulmi va istibdodini ko\u2019paytirganliklari munosabati bilan Turkiston xalqlari kurashga yanada faolroq kirishdilar. 1914 yilning kuzida Sulyukta, ko\u2019mir koni ishchilari, Yettisuv temir yo\u2019li hodimlari va Andijon paxta zavodi ishchilari, 1916 yilda Toshkent va Qizil Arvot temir yo\u2019l parovoz ta\u2019mirlash korxonalari ishchilarining ishtashlash harakatlari Turkistonda kuchli ommaviy larzalar yaqinlashib kelayotganligidan darak berardi. Buning ustiga urushda holdan toydirilayotgan Rossiya o\u2019n minglab o\u2019z askarlarini yo\u2019qotmoqda edi. Ana shu og\u2019ir vaziyatda talvasaga tushayotgan chorizm Oliy Bosh qo\u2019mondonligi shtabi harbiy vazirlikdan \u00abarmiya ehtiyojlari uchun salmoqli miqdorda kuch ajratish\u00bbni so\u2019rab qoldi. Bu kuchni harbiy vazirlik mustamlakalardan to\u2019plashga umid bog\u2019ladi. Natijada Rossiya imperatori Nikolay II 1916 yil 25 iyunda Turkiston, Sibir va Kavkazdagi 19 yoshdan 43 yoshgacha bo\u2019lgan erkaklarni front orqasidagi xizmatlar uchun safarbar qilish to\u2019g\u2019risida farmon chiqardi.<\/p>\n\n\n\n<p>Turkiston general-gubernatorliga zudlik bilan topshiriqni amalga oshirish buyurilib, Sirdaryo viloyati zimmasiga 87 ming, Samarqandga 38 ming, Farg\u2019onaga 50 ming kishi yuborish majburiyati yuklandi. O\u2019lkada safarbar qilinadiganlarning ro\u2019yxati tuzila boshlandi. Xalq bu tadbirni mardikorlikka olish deb nomladi. Bu xabar tezlikda o\u2019lkaga tarqaldi va uning asosiy yuki mehnatkashlar tabaqasiga tushdi. Mardikorlikka olish ro\u2019yhatlarini tuzish volost boshqaruvlari, oqsoqollar va ellikboshilarga yuklatilgandi. Bular o\u2019z manfaatlari yo\u2019lida foydalanib, ro\u2019yxatga asosan kambag\u2019al, himoyasiz kishilar farzandlarini kiritdilar. Mahalliy boylar katta poralar evaziga boylar va amaldorlar bolalarini mardikorlikdan qoldirib, hatto ularning o\u2019rniga yollash usulini qo\u2019lladilar. Bunday nohaqlik, adolatsizlik va firibgarlik busiz ham biri ikki bo\u2019lmay, nochor hayot kechirayotgan xalq ommasining sabr kosasini to\u2019ldirib yubordi, ular bosh ko\u2019tarishga majbur bo\u2019ldi.<\/p>\n\n\n\n<p>1916 yil 4 iyulda Ho\u2019jand shahrida norozilik namoyishi boshlanib ketdi. Unda dehqonlar, mardikorlar, chorakorlar, ayollar, jami 3000 dan ortiq kishi qatnashib, namoyish \u00abMardikor bermaymiz!\u00bb shiori ostida o\u2019tdi. Politsiya namoyishchilarni bostirishga kirishdi. Namoyishchilar ustiga tosh yog\u2019dirdilar. Harbiy qismdan soldatlar yetib kelib, polisityachilar bilan birgalikda namoyishni bostirdi, ikki kishi o\u2019ldi va bir kishi yarador qilindi. Ho\u2019jand voqeasi butun o\u2019lkaga tarqaldi. 5 iyulda Samarqand uyezdining Urgut qishlog\u2019ida g\u2019azabga kelgan 2000 kishilik dehqonlar volost boshqaruvining mahkamasi oldida to\u2019plandi. Mahkama hodimlari kaltaklandi. O\u2019sha kuni Samarqand uyezdining Siyob, Mahalla, Ho\u2019ja Ahror va Angar volostlarida ham namoyishlar bo\u2019lib o\u2019tdi. 11 iyulda Toshkentda katta g\u2019alayon boshlanib ketdi. Hunarmandlar, ishchilar, shahar kambag\u2019allari va shahar atrofidagi dehqonlar Beshyog\u2019ochdagi politsiya boshqarmasi tomon yo\u2019l oldilar. Bu yerda katta olomon to\u2019plandi. Namoyishchilar \u00abbolalarimizni bergandan ko\u2019ra o\u2019zimiz o\u2019lkanimiz yahshiroq, podsho o\u2019lib ketsin\u00bb deya maydonni larzaga keltirdi. Mahalliy aholi faollaridan Yo\u2019lchi Ibrohimov (ko\u2019nchi), G\u2019ulom Kamolov (g\u2019isht teruvchi), ishchi ayol Zuhrabibi Musayeva va boshkalar xalqni podshoh hujjatiga qarshi kat\u2019iy kurash boshlashga da\u2019vat etdilar. \u00abUr polisiyachilarni!\u00bb degan qichkiriqlar bilan boshqarmaga hujum qildilar. Qamal va otishma boshlanganidan bir soat o\u2019tganidan keyin yordamga jazo qo\u2019shini yetib keldi. Kazak qismlar 5 kishini otib o\u2019ldirishdi, 15 kishi yarador bo\u2019ldi. Halok bo\u2019lganlar orasida Zuhrabibi ham bor edi. Qo\u2019zg\u2019olonchilar chekinishdi. Sal keyinroq yana chinakam jang boshlandi. Endi podshoh askarlari chekinishga majbur bo\u2019ldilar, ular boshqarma ichiga kirib olib, barrikada qurib himoyalandi. Polkovnik Saviskiy boshliq jazo otryadi, uning orqasidan kelgan general Galkin kuchlari jangga kirib, qo\u2019zg\u2019olonni bostirishga erishdilar. Toshkent atrofidagi qishloqlardagi dehqonlarning g\u2019alayonlari politsiya va qo\u2019shinlar bilan to\u2019qnashuvga aylandi. Bunday to\u2019qnashuvlar 12 iyulda Yangibozor, To\u2019ytepa qishloqlarida, 14 iyulda Troisk, Xonobod va Pekent qishloqlarida bo\u2019lib o\u2019tdi. Noroziliklar Rossiyaning asosiy paxta yetishtiruvchi hududiga aylangan Farg\u2019ona vodiysida tobora kuchaya boshladi. G\u2019alayonlar Qo\u2019qon shahri, Kattako\u2019rg\u2019on, Rishton, Ganjiravon qishloqlarida ham bo\u2019lib o\u2019tdi! Noroziliklar Rossiyaning asosiy paxta yetishtiruvchi hududiga aylangan Farg\u2019ona vodiysida tobora kuchaya boshladi. G\u2019alayonlar Qo\u2019qon shahri, Kattaqo\u2019rg\u2019on, Rishton, Ganjiravon qishloqlarida ham bo\u2019lib o\u2019tdi. Ularning barchasi ayovsiz bostirildi. 9 iyul kuni Andijon jome masjidida podshoh farmoni o\u2019qib eshittirdi. Aholi yashin tezligida maydonni to\u2019ldirishdi. Xalq \u00abhozir hamma mingboshilar va amaldorlarning boshini kesib tashlaymiz va mol-mulkini yer bilan yakson qilamiz\u00bb deb tahdid solib, safarbarlikni bekor etishni talab qildi. Politsiya va kazaklarga qarshi hujum boshlandi. Turkiya olimi Ibrohim Yorkinning ma\u2019lumotlariga ko\u2019ra, 1916 yildagi qo\u2019zg\u2019olonda 1917 yil boshiga qadar taxminan 1,5 mln kishi qatl qilingan. Qo\u2019zg\u2019olon oqibatida Turkiston aholisidan 673 ming kishi o\u2019ldirildi. 300 mingdan ziyod kishi horijga chiqib ketgan. 1mln kishining mol-mulki musodara qilinib, talon taroj etilgan. Aholidagi otlarning 50 foizi, sigirlarning 39 foizi, tuyalarning 55 foizi, ko\u2019yechkilarning 50 foizi o\u2019lgan va musodara qilingan. Hullas, \u00aboq podsho\u00bb malaylari Jizzax qo\u2019zg\u2019oloni va o\u2019lka bo\u2019ylab ko\u2019tarilgan qo\u2019zg\u2019olon harakatlari qatnashchilaridan vahshiylarcha o\u2019ch olganlar. Bu harakat jarayonida mustamlakachilar ham katta talofat ko\u2019rdilar. General-gubernator imperatorga yo\u2019llagan mutlaqo mahfiy axborotida 97 ta rus askari o\u2019ldirilib, 86 tasi yarador bo\u2019lganini va 76 tasi bedarak yo\u2019qolganini, 7 ta rus amaldori va rus aholisidan 2325 kishi o\u2019ldirilib, 1384 kishi bedarak yo\u2019qolganini yozadi. Qo\u2019zg\u2019olon o\u2019lkadagi chor Rossiya mustamlakachilik tuzumini tagi bo\u2019sh zaminda ekanligi va uning ustunlari qimirlay boshlanganini ham ko\u2019rsatdi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Tahlillarga ko\u2019ra, XVI asr boshidan, Temur va temuriylar saltanati inqirozidan keyin boshlangan ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy turg\u2019unlik natijasida Turkiston XVIII-XIX asrlarga kelib dunyoning ko\u2019pgina mamlakatlaridan orqada qolayotganligi sezilayotgandi. Bunga quyidagilar sabab &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/chor-rossiyasining-turkistonni-bosib-olishi-chorizm-istibdodiga-qarshi-turkiston-xalqlarining-milliy-ozodlik-kurashi-jadidchilik\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":0,"parent":0,"menu_order":0,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","template":"","meta":{"footnotes":""},"class_list":["post-962","page","type-page","status-publish","hentry","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/962","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/pages"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/page"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=962"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/962\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":963,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/962\/revisions\/963"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=962"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}