{"id":966,"date":"2021-09-10T08:00:48","date_gmt":"2021-09-10T05:00:48","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?page_id=966"},"modified":"2021-09-10T08:08:18","modified_gmt":"2021-09-10T05:08:18","slug":"sovet-hokimiyatining-ozbekistonda-amalga-oshirgan-siyosiy-iqtisodiy-manaviy-madaniy-tadbirlari-va-ularning-mustamlakachilik-mohiyati","status":"publish","type":"page","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/sovet-hokimiyatining-ozbekistonda-amalga-oshirgan-siyosiy-iqtisodiy-manaviy-madaniy-tadbirlari-va-ularning-mustamlakachilik-mohiyati\/","title":{"rendered":"Sovet hokimiyatining O\u2019zbekistonda amalga oshirgan siyosiy, iqtisodiy, ma\u2019naviy-madaniy tadbirlari va ularning mustamlakachilik mohiyati"},"content":{"rendered":"\n<p>Oktyabr to\u2019ntarishi chorizmning mustamlaka Turkiston iqtisodiyoti va Xalq ommasini imperiyaga ekspluatasiya qilishdan iborat talonchilik amaliyotiga va\u2019da qilingan o\u2019zgarishlarni kiritmadi. Aksincha, mustabid hokimiyat idora usuli bilan qo\u2019shilib ketgan bozordan tashqari \u00absotsializm\u00bb degan o\u2019ta yaroqsiz markscha andoza \u00abSovet O\u2019zbekistoni\u00bb sharoitida o\u2019zining eng so\u2019nggi nuqtasiga yetib, milliy iqtisodiyotni izdan chiqardi. Hozirgi kun nuqtai nazaridan qaraganda, sobiq sovet davlatida amal qilgan \u00abittifoq mehnat taqsimoti\u00bb avval boshidan ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirish sohasida chorizmning mustamlakachilik andozasi asos solgan buyuk davlatchilik mantig\u2019iga tayanganligini yaqqol ko\u2019rsatadi. Bu andoza O\u2019zbekiston xo\u2019jaligi majmuining haddan tashqari ixtisoslashuvini, uning iqtisodiy rivojlanishining bir tomonlama xususiyatini belgilab berdiki, u o\u2019lkaning tabiiy boyliklarini talash va mehnat resurslaridan vaqtincha foydalanish, respublikani tayyor mahsulotni sotish bo\u2019yicha keng ko\u2019lamli bozor sifatida saqlab turish sohasida markazning imkoniyatlarini oshirishga butunlay bo\u2019ysundirilgan edi.<\/p>\n\n\n\n<p>O\u2019lka xalqlari bilan kommunistik metropoliya o\u2019rtasida iqtisodiy sohadagi mustamlakaviy-imperiyacha munosabatlarning yangi shakli tayanch asoslarini yaratishning belgilovchi omili xususiy mulkni mustabidchasiga davlat mulkiga aylantirish siyosati, ishlab chiqarish vositalarini keng miqyosda jadallik bilan umumlashtirish bo\u2019ldi. \u00abIjtimoiy adolat\u00bbni ta\u2019minlash niqobi ostida amalga oshirilgan mazkur harakatlar haqiqatda hukmron markaz tomonidan qattiq nazorat o\u2019rnatishning moddiy muhitini va xalq xo\u2019jaligini boshqarishning mustamlakachilik tizimini shakllantirishga yordam berdi. Oktyabrdan keyingi dastlabki yillarda ko\u2019zga tashlangan boshqa sabablarni ham aytib o\u2019tish muhimdir. Uning yorqin ifodasi lenincha kommunistik rahbariyatning sovet hokimiyatining zo\u2019rlik bilan singdirishda mamlakat iqtisodiy salohiyatidan zo\u2019r berib foydalanishga intilishdan iborat bo\u2019ldi. Xalqning yot sosialistik davlatchilikni kuch bilan joriy etishga qarshilik ko\u2019rsatish ortib borishi tufayli bu sabab ayniqsa kuchaydi. Chorizmning avvalgi mustamlakachilik iqtisodiy siyosati oktyabrdan keyingi sharoitda yangi omil bilan to\u2019ldirildi. Bu omil inqilobni \u00abeksport qilish\u00bb, o\u2019lkaga kommunizmni yoyishning strategik vazifalarini ta\u2019minlash, shu jumladan, Rossiya kommunistik ishtirokining bosh rahnamosi sifatida namoyon bo\u2019layotgan imperiya qurolli kuchlarini resurslar bilan ta\u2019minlash uchun Turkistonning iqtisodiy salohiyatini jalb qilishdan iborat edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Qurolli qarshilik niqobi ostida favqulodda iqtisodiy choralar ko\u2019rish bolshevistik rahbarlarga tobora avj olib yalpi norozilik va iqtisodiyotning inqirozga sabab bo\u2019layotgan \u00abharbiy kommunizm\u00bb degan tarqoq atamani ishga solishlariga bahona bo\u2019ldi. Keyinchalik \u00abharbiy kommunizm\u00bb siyosatining Kreml rahbarlari talabi bilan rasmiy ravishda \u00abvaqtincha chora\u00bb sifatida baholanishi, unga \u00abinqilob dushmanlariga qarshi kurash olib borish zarurligi\u00bb sabab bo\u2019layotir, deyilishi bejiz emas edi. \u00abHarbiy kommunizm\u00bb siyosati quyidagilarni nazarda tutardi: sanoatni keng miqyosda davlat mulkiga aylantirish, unga rahbarlik qilishini sovet davlati qo\u2019lida markazlashtirish (bundan maqsad, sanoat salohiyatini qurol-yarog\u2019 va armiyani moddiy ta\u2019minlash uchun mahsulot ishlab chiqarishga safarbar etish edi); g\u2019alla monopoliyasini o\u2019rnatish, xususiy savdoni ta\u2019qiqlash va oziq-ovqat razvyorstkasini qo\u2019llash; \u00abishlamagan tishlamaydi\u00bb degan sinfiy holat asosida majburiy va yalpi mehnat majburiyatini joriy etish. Partiyaning ushbu mustabidlik yo\u2019nalishi Turkiston xalqi hayotiga salbiy ta\u2019sir qildi, mahalliy aholi mustaqil huquqlarga ega emas, o\u2019z manfaatlarini himoya qilishga bo\u2019lgan urinishlar esa \u00abmillatchilik\u00bb deb baholanib, qatag\u2019ongacha olib kelingan. 1921 yilning bahoriga kelib sovet hokimiyati oldida vayron bo\u2019lgan qishloq xo\u2019jaligini tiklash vazifasi ko\u2019ndalang bo\u2019lib turdi. Buning asosiy sababi esa dehqonlarning ko\u2019plab ko\u2019tarilishlari bo\u2019ldi. Bu esa siyosatni qaytadan ko\u2019rib chiqish, sanoat bilan qishloq xo\u2019jaligi o\u2019rtasida ta\u2019sirchan iqtisodiy aloqalarni yo\u2019lga qo\u2019yish zaruratini keltirib chiqardi. O\u2019zbekistonda qishloq xo\u2019jaligi respublika milliy daromadining asosiy qismini berganligi, dehqonlar esa aholining 80 foizini tashkil etganligi tufayli sovet hokimiyatining dastlabki yillarida agrar masala markaziy o\u2019rinni egallardi.<\/p>\n\n\n\n<p>Markazdan farqli o\u2019laroq, O\u2019rta Osiyo respublikalarining 20-yillardagi siyosatida nisbatan keskin choralar ko\u2019rilgan. 1920-1921 yillardagi yer-suv islohotining amalga oshirilishi Yangi iqtisodiy siyosat (NEP) bilan birga olib borildi. Yangi iqtisodiy siyosatdan ko\u2019zlangan maqsad mahsulot ishlab chiqaruvchi yakka dehqonlarning manfaatini oshirish, uning yerga egalik qilishini ta\u2019minlash, imtiyozli soliq olish va bozor iqtisodiyoti, tovar-pul munosabatlariga o\u2019tish edi. Uning asosiy bo\u2019g\u2019inlarini oziq-ovqat razvyorstkasining oziq-ovqat solig\u2019i bilan almashtirilishi, erkin savdo, sanoatda xususiy tashabbuskorlik va tadbirkorlikning joriy qilinishi tashkil etdi. Oziq-ovqat razvyorstkasining soliq bilan almashtirilishi qishloq xo\u2019jalik ishlab chiqarishni ko\u2019paytirishning iqtisodiy rag\u2019batlarini vujudga keltirdi hamda dehqon hosilning qat\u2019iy belgilangan qismini topshirgach, unga o\u2019z mehnati mahsulotini o\u2019zi istaganicha tasarruf etish huquqi berildi. Yangi iqtisodiy siyosat yo\u2019lining o\u2019ziga xos xususiyati tovar-pul munosabatlarining jonlanishi, savdo va ayirboshlashda cheklashlardan ozod bo\u2019lish edi. Erkin savdoning sog\u2019lomlashuviga 1922-1924 yillarda o\u2019tkazilgan pul islohoti ma\u2019lum darajada yordam berdi. Muomalaga kursi oltinga tenglashtirilgan valyuta \u2013 chervonesning chiqarilishi bozor rolining tiklanishida muhim ahamiyatga ega bo\u2019ldi. Yer-suv islohotini amalga oshirishdan ko\u2019zlangan asosiy maqsad mahalliy hamda Turkistondagi boy rus dehqonlarining yer va suvga bo\u2019lgan huquqlarini tenglashtirish edi. Chunki chor ma\u2019murlari tomonidan rus dehqonlariga eng yahshi va hosildor yerlar ajratilgan edi. Yer-suv islohotining harakteri 1920 yil sentyabrda bo\u2019lib o\u2019tgan Turkiston Sovetlar IX qurultoyining qarorlarida aks etdi. Ushbu dastur asosida mehnat bilan shug\u2019ullanmaydigan boy-quloq xo\u2019jaliklarini tugatish va ko\u2019chmanchilarni o\u2019troq hayotga o\u2019tkazish, yersiz va kam yerli dehqonlarni yer bilan ta\u2019minlash va eng asosiysi rus kelgindilarining ortiqcha yerlarini musodara qilish orqali chor Rossiyasi mustamlakachilik sarqitlarini yengish yotar edi. Vaqt o\u2019tishi bilan ko\u2019chirib keltirilgan ruslardan yerlarni musodara qilish bilan bir qatorda vaqf yerlari tortib olindi, boylar, mannoplar, savdogarlar, diniy xizmatchilar va qishloq hamda ovullarning \u00abmehnat bilan shug\u2019ullanmaydigan yuqori tabaqalari\u00bb degan boshqa vakillarining yerlari kamaytirildi. Yer va suvni taqsimlash jarayoni bir tomondan yersiz va kam yerli dehqonlarni yer bilan ta\u2019minlagan bo\u2019lsa, ikkinchi tomondan qishloqdagi siyosiy vaziyatni o\u2019ta keskinlashtirib, sinfiy ziddiyatlarni kuchaytirdi. Islohotni o\u2019tkazishning inqilobiy zo\u2019ravonlik usullari Turkiston qishloqlarida ijtimoiy va millatlararo tanglikni vujudga keltirdi.<\/p>\n\n\n\n<p>Islohotni amaliy jihatdan ro\u2019yobga chiqarishga 1921 yilning bahorida kirishildi. Islohot o\u2019tkazish uchun dastlab Yettisuv, Sirdaryo, Farg\u2019ona viloyatlari olindi. Islohotning birinchi bosqichida asosiy vazifa ko\u2019chirib keltirilgan ruslarning yerlarini tortib olishdan iborat siyosiy \u00abfoydali\u00bb ishni amalga oshirish bo\u2019ldi. Ko\u2019chirib keltirilganlarning asosiy qismi quloqlar deb e\u2019lon qilindi, ularning o\u2019z manfaatlarini himoya qilishga urinishlari \u00abquloq-mustamlakachiligi unsurlarini qarshilik ko\u2019rsatishi\u00bb deb baholandi. Yer-suv islohoti favqulodda tadbirlar shaklida o\u2019tkazildi. Islohotning asosiy vositasi \u2013 ma\u2019muriy tazyiq o\u2019tkazishdan iborat bo\u2019ldi. Vaqt o\u2019tishi bilan islohotning strategik vazifalariga muvofiq ko\u2019chirib keltirilgan ruslardan yerlarni musodara qilib olish bilan bir qatorda vaqf yerlarini tortib olish, boylar, mannoplar, savdogarlar, diniy xizmatchilar va qishloq hamda ovullarning \u00abmehnat bilan shug\u2019ullanmaydigan yuqori tabaqalari\u00bb degan boshqa vakillari yerlarini kamaytirish yuzasidan jiddiy ishlar qilindi. Bunda \u00abQo\u2019shchi\u00bb ittifoq \u00abagrar hujum\u00bbning zarbdor kuchi bo\u2019lib maydonga chiqdi, bu ittifoq 90 mingdan ortiq qishloq aholisini birlashtirgan bo\u2019lib, uning a\u2019zolari tortib olingan yerlarni birinchi navbatda o\u2019zlariga olishardi. Ular \u00abmehnat bilan shug\u2019ullanmaydigan xo\u2019jaliklar\u00bbni aniqlar, badavlat xo\u2019jaliklarning yer, chorva mollari, mehnat qurollarini hisobga olishar, \u00abyashirib qo\u2019yish\u00bbga urinishlarni fosh etishardi. Umuman olganda, Turkiston Respublikasida \u00abQo\u2019shchi\u00bb ittifoqi yordami bilan \u00abmehnat bilan shug\u2019ullanmaydigan\u00bb 8034 ta xo\u2019jalik tugatilgan edi. 1921-1922 yillardagi yer islohoti har xil jarayonlarni keltirib chiqardi. Bir tomondan, u ma\u2019lum ma\u2019noda yer masalasini hal qilishga yordam berdi. Biroq yersizlarni yer bilan ta\u2019minlash sohasida ko\u2019rilgan bu tadbirlar Turkiston xo\u2019jaliklarining, ayniqsa, uning o\u2019zbeklar yashaydigan qismiga nihoyatda kam manfaat keltirdi, chunki ularga berilgan yerlar qishloq xo\u2019jalik mahsulotlari yetishtirilgan barcha yerlarning 0,7%ini tashkil etar edi, xolos. Jami bo\u2019lib butun O\u2019zbekiston bo\u2019yicha o\u2019tkazilgan \u00abyer-suv islohoti\u00bb natijasida 4801ta xo\u2019jalik quloq xo\u2019jaligi sifatida tugatildi, 23036 ho\u2019jalikning ortiqcha yerlari tortib olindi, yer jamg\u2019armasiga 474393 desyatina yer qo\u2019shildi. Yerlar bilan birga ot-ulov va asbob-uskunalar ham musodara qilingan edi. Mazkur Turkiston o\u2019lkasiga asosiy hom ashyo bazasi sifatida qarab kelganligi bois o\u2019lka qishloq xo\u2019jaligining bosh sohasi hisoblangan paxtachilikni rivojlantirishga alohida e\u2019tibor qaratgan. Hususan, RKP (b) MKning 1922 yil 11 yanvardagi \u00abTurkiston Kompartiyasiga\u00bb, deb nomlangan xatida Turkiston Kompartiyasining qishloq xo\u2019jaligi sohasidagi faoliyatida birinchi o\u2019ringa sug\u2019oriladigan yerlarda ekin maydonlarini tiklash, paxtachilikni rivojlantirish hamda mavjud sug\u2019orish tizimini tuzatish masalalari hal etilishi lozimligi ta\u2019kidlangan edi. Paxtachilikni tiklash va rivojlantirish ishlariga rahbarlik qilish uchun 1920 yilda Bosh Paxtachilik ko\u2019mitasi va paxta yetishtiruvchi respublikalarda unga bo\u2019ysunuvchi paxtachilik qo\u2019mitalari tuzildi. Turkiston respublikasidagi barcha haydaladigan maydonlar, seleksiya stansiyalari, irrigasiya inshootlari paxtachilik qo\u2019mitasi ixtiyoriga o\u2019tkazildi. Bosh Paxtachilik qo\u2019mitasi katta vakolatlarga, ya\u2019ni boshqa qishloq xo\u2019jalik ekinlari hisobiga chigit ekiladigan maydonlarni kengaytirish, paxta xarid narxlarini belgilash, markaziy davlat organlarining ruxsatisiz maxsus qaror qabul qilish huquqlariga ega edi. Paxtaning narxi hukumat tomonidan belgilanishi uning bu masalada yakkahokimligidan dalolat berar edi. Turkistonlik ko\u2019pgina arboblar paxtachilikda davlat monopoliyasini tugatish zarurligini bir necha marotaba ko\u2019tarib chiqqan edilar.<\/p>\n\n\n\n<p>1923 yilning yanvarida SSSR Mehnat va Mudofaa Kengashi qabul qilgan qarorda \u00abRespublika ichida paxtani xarid qilish davlat monopoliyasi bekor qilinsin\u00bb deyilgan edi. Shu bilan bir vaqtda paxtaning qat\u2019iy narxi bekor qilindi. Sug\u2019orish ishlarini tiklashni tezroq amalga oshirish, dehqonchilik uchun yaroqli yerlarni suv bilan ta\u2019minlash va qishloq xo\u2019jaligini, birinchi navbatda esa paxtachilikni rivojlantirish uchun suvdan to\u2019g\u2019ri foydalanishni yo\u2019lga qo\u2019yish maqsadida 1921 yilning fevralida TASSRdagi barcha suvlarni respublika mulki deb e\u2019lon qilgan suv to\u2019g\u2019risida qonun qabul qilindi. Qonunda, suvni taqsimlash odat (boy va ruhoniylarga beriladigan imtiyozlar) bo\u2019yicha emas, balki, birinchi navbatda dehqonlar manfaatini ko\u2019zlangan holda berilishi kerak, deb aytilgan edi. 1921 yilning noyabrida aholining daromadlarini sug\u2019orish ishlarini tiklashga safarbar qilish maqsadida suv solig\u2019i joriy qilindi.<\/p>\n\n\n\n<p>Shu yilda TASSR sug\u2019orma yer maydoni 1920 yildagi ko\u2019rsatgichga qaraganda 300 ming desyatinaga ko\u2019paygan edi. Paxta ekin maydonlari esa deyarli 100 ming desyatinaga ortdi. Ittifoq hukumati avval boshdanoq yosh O\u2019zbekiston respublikasi rahbariyati oldiga \u00abSovet O\u2019zbekistoni\u00bbni SSSRning asosiy paxta bazasiga aylantirish strategik vazifasini qo\u2019ydi. \u00abOq oltin\u00bbning aksariyat qismi, ya\u2019ni 90%dan ko\u2019prog\u2019i \u00abSovetlar mamlakati\u00bbning to\u2019qimachilik markazlariga yuborildi. O\u2019zbekistonda paxta yetishtirishni ko\u2019paytirish sovet hukumati har yili chetdan paxta sotib olinishga sarflanadigan 100 mln. rubl oltinni tejash imkonini bergan edi. O\u2019zbek paxtakorlarining mashaqqatli mehnati evaziga sovet davlati paxtani chetdan sotib olmay, paxta yetishtirish bo\u2019yicha jahonda ikkinchi o\u2019ringa chiqdi. Mana shu tariqa sobiq SSSR paxta mustaqilligiga erishdi. Paxta yakkahokimligini ta\u2019minlash maqsadini amalga oshirish oqibatida qishloq xo\u2019jaligining boshqa tarmoqlari, xususan, chorvachilik inqirozga uchradi, g\u2019alla tayyorlash keskin kamayib ketdi. Hosildor yerlar miqdori kamaydi. Don, poliz ekinlarining hosildorligi qisqardi. Yangi iqtisodiy siyosat tufayli qishloq xo\u2019jaligida kooperativ va shirkatchilik harakati avj oldi. 1923 yilda Turkiston respublikasida qishloq xo\u2019jaligi va kredit kooperasiyalar tizimi tashkiliy jihatdan tugal ravishda shakllandi deyish mumkin. Davlatning kooperativ qurilish siyosati ikki yo\u2019nalishda olib borildi. Bir tomondan, kooperasiya mayda tovar xo\u2019jaligini sotsializmga jalb qilish vositasi, shaxsiy va jamoa manfaatlarining kelishuv shakli sifatida baholansa, ikkinchi tomondan, kooperasiyaga xususiy sektorni siqib chiqaruvchi ijtimoiy qurol deb qaraldi. 1923 yilda Turkistonda 1169ta kredit-kooperativ shirkati bo\u2019lib, kreditdan foydalanadigan xo\u2019jaliklar soni 28 mingta edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Milliy rahbarlarning vatanparvarlik chiqishlari Markazning keskin noroziligiga sabab bo\u2019ldi. Markaz ularga qarshi siyosiy quvg\u2019inni avj oldirdi. Q. Otaboyev va A. Rahimboyevlar \u00abqo\u2019pol xatolari\u00bb uchun o\u2019z lavozimlaridan bo\u2019shatildi. Lekin sovet hukumati biroz vaqt o\u2019tgandan so\u2019ng, ularga \u00abo\u2019z xatolarini tuzatish\u00bb imkoniyatini berib, rahbarlik lavozimlarida ishlashga ruxsat bergan edi. Biroq milliy rahbarlar o\u2019lkaning taraqqiyotini uning mustaqilligida ko\u2019rdilar va o\u2019z qarashlarida mustahkam turishda davom etdilar. Ko\u2019pgina milliy rahbarlar qatorida Nazir To\u2019raqulov ham qatag\u2019onlik to\u2019lfonidan qutulib qolmadi va 1939 yilda otib tashlandi. Yuqorida aytib o\u2019tilgandek, 20-yillarning boshlarida o\u2019lka partiya-davlat organlarining rahbarlik lavozimlariga milliy kadrlar jalb qilingan edi. Ular orasida taniqli davlat va jamoat arbobi Qayg\u2019usiz Otaboyev (1887-1937) ham bor edi. O\u2019z siyosiy faoliyati davomida K. Otaboyev Markazning ayirmachilik, shovinistik siyosatiga qarshi bir necha bor o\u2019zining dadil fikrlari bilan chiqdi. U Markaz tomonidan yuborilgan emissarlarning mahalliy xalqlarga nisbatan qo\u2019llayotgan usullarini tanqid qilib, Rossiyadan kelgan hodimlar tub aholining o\u2019lkani mustaqil boshqara olish qobiliyatiga ishonmayotganliklari, o\u2019zlari esa Turkistonning turmush sharoitlarini yaxshi bilmasdan turib, hokimiyatning ma\u2019sul lavozimlariga da\u2019vogarlik qilishlari haqida TKP Sovetlarining II qurultoyi minbaridan turib gapirgan edi. Q. Otaboyev milliy rahbarlardan birinchilar qatorida \u00abbosmachilik\u00bb harakatiga to\u2019g\u2019ri baho bergan. Q. Otaboyev bu harakatga \u00abharbiy yo\u2019l bilan yo\u2019q qilib bo\u2019lmaydigan xalq qo\u2019zg\u2019oloni\u00bb, deb baho beradi va bosmachilar bilan siyosiy va iqtisodiy usullarni qo\u2019llab, tinch muzokaralar olib borish taklifini kiritadi. Shundan so\u2019ng 1922 yilning sentyabrida Samarqand viloyatida bolsheviklar tuzumiga qarshi kurashayotgan Bahromboyev qo\u2019rboshi bilan teng asoslarda tinchlik shartnomasini imzolagani uchun Q. Otaboyev, A. Rahimboyev, A. Serg\u2019oziyevlar lavozimlaridan bo\u2019shatildi. Qayg\u2019usiz Otaboyevning qismati ham o\u2019sha yillardagi millatparvarlarniki singari ayanchli tugadi, u 1937 yilda mustabid tuzum tomonidan nohaq qatag\u2019onga uchrab, otib tashlanadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Yana bir millatparvar rahbarlardan biri yetuk davlat arbobi Inomjon Hidiraliyevdir (1891-1928). Inomjon Hidiraliyev ham ham mahalliy aholining manfaatlarini himoya qilgan milliy rahbarlardandir. U 1922 yilning oxirida Butunrossiya MIKga mahsus xat bilan murojaat qilib, \u00abMahalliy aholining qatlamlarini sovet ishlariga jalb qilishga, bu ishlarni aholining milliy turmush tarziga moslashtirilgan holda amalga oshirishga, Turkistonda ish yuritishni mahalliy aholi tiliga o\u2019tkazishga\u00bb e\u2019tiborni qaratgan edi. I.Hidiraliyev fikricha, oktyabr to\u2019ntarishidan so\u2019ng deyarli 5 yil o\u2019tgan bo\u2019lsa ham, quyidan yuqorigacha boshqaruv apparatlarida asosan yevropalik kishilar o\u2019tirganligi mahalliy aholida chorizm mustamlakachilik siyosati sovetlar davrida ham davom etmoqda degan xulosani keltirib chiqarishga asos bo\u2019ldi. Boshqaruv idoralarida o\u2019tirgan yevropaliklar asosan Rossiya sharoitidan kelib chiqqan kishilar bo\u2019lib, mahalliy aholi tili, urf-odatini bilmaydigan, dehqonchilik va chorvachilikda mashg\u2019ul bo\u2019lgan ko\u2019plab aholi hususiyatiga mos mafkuraviy qarashlarni tushunmaydigan shahslardir. Bu esa o\u2019z navbatida chorizm davridagi byurokratik davlat apparatiga o\u2019xshab qolgan boshqaruv apparatini tez orada mahalliy xalqlar ruhiyati va turmushiga moslashtirishni taqozo qiladi. Hidiraliyevning ushbu takliflari bilan markaz qisman bo\u2019lsa ham hisoblashishga majbur bo\u2019ldi. 1923 yildan boshlab ish yuritish tub millatlar tillarida olib boriladigan bo\u2019ldi. I. Hidiraliyevning hayoti 1928 yilda fojiali tugaydi. SSSR tashkil etilgandan keyin Ittifoq rahbariyatining jahon sostialistik inqilobini va \u00abchekka milliy o\u2019lkalar\u00bbning xalqlarini muntazam ravishda kommunistik mustamlaka qilib olishni rag\u2019batlantirish sohasidagi strategik maqsadlari o\u2019ziga hos ravishda \u00abO\u2019rta Osiyoning milliy-hududiy chegaralanishi\u00bb harakatida o\u2019z ifodasini topdi. Uni o\u2019tkazish to\u2019g\u2019risidagi qaror faqat hukmron tabaqaning siyosiy manfaatlaridan kelib chiqqan va mahalliy xalqlarning siyosiy irodasini to\u2019la-to\u2019kis inkor qilar edi. Bundan ko\u2019zlangan asosiy maqsad O\u2019rta Osiyo xalqlariga birlashish imkonini bermaslik. Ularning birligi, madaniyati, tili va urf-odatlarini parchalash, markazga qaramligini oshirish, ruslashtirishni tezlashtirish va milliy ozodlik harakati kuchlarini parokandalashdan iborat bo\u2019ldi. Shu maqsad yo\u2019lida O\u2019rta Osiyoni qayta taqsimlash masalasini birinchi bo\u2019lib 1920 yilning boshida \u00abTurkkomissiya\u00bb raisi M. Rudzutak ko\u2019taradi. Rahbariyat uni ma\u2019qullab, \u00abO\u2019zbekiya\u00bb, \u00abKirgiziya\u00bb, \u00abTurkmeniya\u00bb xaritasini tuzish vazifasini topshiradi.<\/p>\n\n\n\n<p>Buni amalga oshirish uchun faol firqaviy targ\u2019ibot, tashviqot va taz\u2019yiq boshlanadi. Bunga javoban Turkiston birligi uchun kurashayotgan jadid ziyolilari O\u2019rta Osiyo federasiyasini tashkil etish taklifini o\u2019rtaga tashlaydilar. Xorazm komfirqasining mas\u2019ul kotibi Q. Odinayev markaz fikriga qarshi bo\u2019lgani uchun ishdan olinadi. Markaz hohish-irodasi firqa orqali mahalliy xalq \u00abhohish-irodasi\u00bbga aylantirilib, uning \u00abtalabi\u00bbni qondiruvchi qarorlar qabul qilinadi. O\u2019rta Osiyoda O\u2019zbekiston SSR, Turkmaniston SSR, Qora-Qirg\u2019iz (Qirg\u2019iziston) muhtoriyati, O\u2019zSSR tarkibida Tojikiston muhtoriyati, shuningdek, Qoraqalpoq muhtoriyatini tashkil etish, Turkistondagi qirg\u2019iz (qozoq)larni Qozog\u2019iston SSR tarkibiga qo\u2019shish rejasi ishlab chiqiladi. Ularning hududi va mulkini aniqlash RKP(b) Markaziy Qo\u2019mitasi O\u2019rta Osiyo byurosining mahsus komissiyasiga topshiriladi. Bu komissiya O\u2019rta Osiyoni avvaldan belgilangan reja bo\u2019yicha milliy-hududiy jihatdan bo\u2019lib chiqadi. Shu asosda O\u2019zbekiston SSR tashkil topganligi O\u2019zSSR Sho\u2019rolarining birinchi qurultoyida 1925 yil 17 fevralda e\u2019lon qilinadi. U 1925 yilning 13 mayida \u00abmustaqil\u00bb (suveren) davlat sifatida SSSRga, ya\u2019ni soxta Sho\u2019ro tarixida ko\u2019rsatilganidek, \u00abtenglar tengi\u00bb tarkibiga kiradi. Aslida esa SSSR Kommunistik mustabidlikka asoslangan, tenglar ichida teng bo\u2019lmagan ittifoqi edi. O\u2019zbekiston SSRning tashkil etilishi munosabati bilan 1925 yil 8 fevralda Buxoro shahrida chaqirilgan 1-qurultoyda O\u2019zbekiston Komfirqasi tashkil etildi. Bu qo\u2019g\u2019irchoq firqaning mas\u2019ul kotiblari etib V. I. Ivanov va A. Ikromovlar saylandilar. Bolsheviklarning milliy-hududiy chegaralanishiga qarshi o\u2019z fikrlarini ilgari surgan, \u00abBuxoro inqilobi tarixiga doir\u00bb asarida Fayzulla Ho\u2019jayev jadidchilikka holis baho berishga harakat qilgan. Ushbu asardagi jadidchilikning ijtimoiy mohiyatiga ijobiy munosabati va jadidchilikni ijtimoiy-inqilobiy harakat sifatidagi qarashlari xato deb baholandi. Tariximizda o\u2019chmas izini qoldirgan buyuk siymo bu \u2013 Fayzulla Ho\u2019jayevdir (1896-1938). 1920 yili inqilobchi \u00abYosh Buxoroliklar\u00bb Turkiston Markaziy byurosi raisi, 1920-1924 yillarda Buxoro Xalq Sovet Respublikasi Nozirlari Kengashining raisi (shuningdek, xorijiy-tashqi ishlar noziri) bo\u2019lib ishlagan. Fayzulla Ho\u2019jayevning faoliyati nihoyatda murakkab siyosiy vaziyatda o\u2019tgan. O\u2019zbekistonda yuz berayotgan o\u2019zgarishlardan qoniqmaganligini u o\u2019zining bir qancha tanqidiy chiqishlarida bildiradi.<\/p>\n\n\n\n<p>Fayzulla Ho\u2019jayev ham mustabid tuzumning qatag\u2019on qurbonlaridandir. U 1937 yil Moskvada \u00abXalq dushmani\u00bb sifatida qamoqqa olinib, 1938 yilda otib tashlangan.<br>20-30 yillarda ko\u2019zga ko\u2019ringan milliy yetakchi \u2013 Abdulla Rahimboyevdir (1896- 1938). Abdulla Rahimboyevning siyosiy faoliyati nihoyatda serqirra bo\u2019lib, mustabid tuzum siyosatiga qarshi dalil chiqishlari buning yorqin ifodasidir. Masalan, u 1921 yilning dekabrida bo\u2019lib o\u2019tgan RSFSR Sovetlarining IX qurultoyi minbaridan turib, Rossiya hukumatiga ochiqdan-ochiq \u00abTurkistondagi sovetlarning jazolash siyosati har qanday chegaralardan o\u2019tib tushdi. Farg\u2019ona viloyatidagi jazo otryadlari esa mutlaqo muhtor holatda, hech kim bilan, partiya organlari bilan ham, sovet organlari bilan ham hisoblashmasdan, turli shubhali shaxslarni xizmatda olib harakat qilmoqdalar\u00bb degan bayonot bilan chiqdi. Lekin bunday tarzda sovetlar siyosatini tanqid qilish kechirilmas edi va 1922 yilda ishda yo\u2019l qo\u2019yilgan \u00abqo\u2019pol xatolari\u00bb uchun TASSR MIK raisi A. Rahimboyev lavozimidan chetlashtirildi. Biroq vaqt o\u2019tishi bilan Markaz unga \u00abo\u2019z xatolarini tuzatish\u00bb imkonini beradi va yana rahbarlik ishiga jalb qiladi. A. Rahimboyev RKP (b) MK O\u2019rta Osiyo byurosi a\u2019zosi hamda TKP MKning mas\u2019ul kotibi sifatida milliy-hududiy chegaralanish o\u2019tkazishning tepasida turdi. 1924 yilning fevralida u Buxoroga yuboriladi va bu yerda BHSR rahbar hodimlarining kengashida milliy-hududiy chegaralanish to\u2019g\u2019risida ma\u2019ruza qildi. 1924 yilning 10 martida Turkiston Kompartiyasi MK va Turkiston MIK rahbar hodimlarining kengashida ham ma\u2019ruza qilib, milliy-hududiy chegaralanishni \u00ab&#8230; nisbatan ma\u2019qul tarzda, og\u2019riqsiz usullar\u00bb bilan o\u2019tkazish kerakligini uqtirdi. Abdulla Rahimboyevning qismati ham milliy yetakchilarniki kabi qatag\u2019on to\u2019fon avj olgan paytda hal qilindi. U 1938 yilda qurbon<br>bo\u2019ldi.<br>Shunday qilib, 1924 yilning oxiri bolshevizmning O\u2019rta Osiyoni milliy-hududiy chegaralash borasidagi siyosati amalga oshirilishi bilan, nihoyasiga yetdi. Bu bolshevizmning asosiy mafkuraviy va siyosiy dushmani bo\u2019lgan turkizmga qarshi kurash manfaatlari taqozosi bilan mohirona o\u2019ylab topilgan harakat edi. Mintaqa Xalqlariga majburan tiqishtirilgan bu siyosatni amalga oshirish uchun vaqt va mablag\u2019 bilan bir qatorda katta kuch-g\u2019ayrat sarflash talab qilindi. Birinchi davrda \u2013 milliy chegaralanish g\u2019oyasi paydo bo\u2019lgan 1920 yildan 1924 yilgacha, uni amalda ro\u2019yobga chiqarish boshlangan paytgacha, uning mafkuraviy, siyosiy, madaniy-ma\u2019naviy asoslash va shundan keyingi harakatlar uchun zamin tayyorlash mehanizmi ishga tushirildi. \u00abYagona turkiy millat bo\u2019lmaganidek, yagona madaniyati va yagona turkiy til ham yo\u2019q\u00bb degan shiorlar ostida to\u2019rt yil mobaynida dastlab Turkiston, keyinroq Buxoro va Xorazm respublikalari Xalqlari ongiga keng miqyosda tazyiq o\u2019tkazildi, milliy o\u2019xshash tuzilmalarning shakllanish jarayonidagi integratsiya sun\u2019iy ravishda jadallashtirildi. Ikkinchi davr, 1924 yilda bevosita milliy chegaralanish o\u2019tkazildi, uni boshdan ohirigacha RKP (b) MK rahbariyati va uning muhtor vakillari rahbarligida O\u2019rta Osiyo partiya tashkilotlari amalga oshirdilar. Mahalliy Xalqlarning hohish-irodasi mutlaqo hisobga olinmadi va ularni o\u2019rganish mehanizmi ishlab chiqilmadi. Xalqlarni milliy chegaralash g\u2019oyalarini amalga oshirish bolsheviklarning taktik ustamonligi bilan muvaffakiyatli ro\u2019yobga chiqarildi. Avvalo, bu g\u2019oyaning dastlabki vazifasi hal etildi \u2013 turkiylar birligi mafkurasiga va amaliyotiga sezilarli zarba berildi. Milliy tuzilmalar tashkil etilishi, ularga \u00abmilliy davlatchilik\u00bb maqomi berilishi bilan Markaz mintaqa Xalqlarining diqqatini tashqi dushmandan (ular uchun tashqi dushman Markazning o\u2019zi edi) ichki muammolarga yo\u2019naltirishga muvaffaq bo\u2019ldi. Lekin bu eng asosiysi bo\u2019lib, bolsheviklar bu harakat bilan o\u2019zlarining strategik niyatlarida ham muhim yutuqlarni qo\u2019lga kiritdilar. RSFSRning Turkiston Avtonom Respublikasi bilan bir qatorda milliy-hududiy chegaralanishiga huquqiy jihatdan mustaqil Buxoro va Xorazm respublikalarining ham jalb qilinishi, ularning qismlarga bo\u2019linishi va ular asosida yangi milliy tuzilmalarning tashkil topishi, ularning SSSR tarkibiga kiritilishi natijasida O\u2019rta Osiyoning bu ikki qadimgi davlati dunyoning siyosiy xaritasidan butunlay yo\u2019q qilindi. O\u2019rta Osiyo davlatchiligining ming yillik rivojlanish tarixiga putur yetkazildi. Hukmron sulolalarning tez-tez almashishiga, makon-hudud mezonlarining o\u2019zgarishiga qaramay, O\u2019rta Osiyo davlatchiligining asosini tashkil qilgan muhit \u2013 uning aholisi tarixan turli etnik guruhlardan tashkil topganligi va uning tarqoq holda joylashganligi, uning o\u2019ziga xos bo\u2019lgan xo\u2019jalik, maishiy, diniy, ma\u2019naviy-madaniy hayotining mushtarakligi o\u2019zgarmay qolaverdi. Har bir etnik guruh o\u2019zining muayyan joyiga ega bo\u2019lgani holda bu mushtaraklikning tarkibiy, o\u2019zgarmas teng qiymatga ega bo\u2019lgan qismi bo\u2019lib turaverardi. Endi esa, ittifoqdosh, muhtor respublikalar va viloyatlarning tashkil topishi bilan millatlarni farqlash, tabaqalash joriy etildi. Bu farq faqat ularning tashkil topish maqomi bilangina emas, balki uning ichidagi mazkur tuzilmaga nom bergan etnosning nomi va \u00aboz sonli millatlar\u00bb bilan ham yaqqol ko\u2019zga tashlanar edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Shunday qilib, millatning bir qismi o\u2019z ota-bobolari yerida yashab, mehnat qilsada, rasmiy ta\u2019rifga ko\u2019ra, \u00aboz sonli millat\u00bbga aylanib qolgan edi. 1924 yilda milliy-hududiy chegaralanish natijasida O\u2019rta Osiyo xaritasida ittifoqchi respublikalar bilan birga muhtor tuzilmalar ham paydo bo\u2019ldi. Shular orasida Qoraqalpog\u2019iston muhtor viloyati ham bor edi. Ushbu viloyat Qirg\u2019iziston (Qozog\u2019iston) ASSR tarkibida bo\u2019lib, unga volostlardan iborat To\u2019rtko\u2019l, Chimboy, Ho\u2019jayli va Qo\u2019ng\u2019irot okruglari kirdi. 1925 yil 12-19 fevralda viloyat markazi To\u2019rtko\u2019l shahrida bo\u2019lib o\u2019tgan Qoraqalpog\u2019iston avtonom viloyati Sovetlarining birinchi qurultoyi \u00abQoraqal-pog\u2019iston avtonom viloyati tashkil topganligi to\u2019g\u2019risida Deklaratsiya\u00bb qabul qildi va \u00abQoraqalpoq milliy davlatchiligi\u00bb tashkil etilganligini qonuniy rasmiylashtirdi. Qoraqalpog\u2019iston avtonom viloyati ijroiya qo\u2019mitasining raisi etib A. Qudaboyev saylandi. Ushbu qo\u2019mitaning rais o\u2019rinbosarlari qilib A. Ayteshov va T. Nepesov, a\u2019zolari qilib O. Dustnazarov, I. Bekimbetov, Q. Avezov va boshqalar saylandi. Qoraqalpog\u2019istonda yashaydigan asosiy elatlar Qoraqalpoqlar \u2013 38,5%, o\u2019zbeklar \u2013 28,7%, qozoqlar \u2013 28,6% dan iborat edi. Qoraqalpog\u2019iston muhtor viloyati tashkil etilgandan so\u2019ng sovetlar bu yerda ham sotsialistik qurilishni avj oldirib yubordilar. Jumladan, ovul va qishloqlarni sovetlashtirish keng miqyosda olib borildi. Sovetlarga batrak va kambag\u2019allar saylanib, ularning asosiylarini kommunistik va komsomollar tashkil qildi. Mamlakatda vayron bo\u2019lgan sanoatning turli sohalari, qishloq xo\u2019jaligi va sug\u2019orish ishlarini tiklash amalga oshirildi. Qoraqalpog\u2019iston iqtisodiyotining taraqqiyoti bir tomonlama xususiyatga ega bo\u2019lib, SSSRning markaziy mintaqalari sanoatini rivojlantirish ehtiyojlarini ta\u2019minlashga qaratilgan edi. Masalan, 1933 yilning 3 oktyabrida SSSR Yer ishlari Xalq Komissarligi Qoraqalpog\u2019istonni mamlakatga beda urug\u2019i yetkazib beruvchi asosiy baza deb tan olgan edi. Buning asosiy sababi mamlakat Xalq xo\u2019jaligida ittifoqdosh respublikalar o\u2019rtasidagi mehnat taqsimotida Qoraqalpog\u2019istonga oliy sifatli paxta, beda hamda baliq bilan ta\u2019minlab turish yuklatilganligida edi. Muxtor viloyat sanoatining yetakchi tarmoqlarini paxta tozalash va baliq-konserva zavodlari tashkil etar edi. Sanoatni yuksaltirish bilan bir qatorda qishloq xo\u2019jaligining barcha sohalarini rivojlantirishga ham katta e\u2019tibor qaratildi va bu yerga ko\u2019p miqdorda qishloq xo\u2019jalik anjomlari keltirila boshlanib, boy va ruhoniylardan tortib olingan yerlar hisobiga yersiz va kam yerli dehqonlar yer bilan ta\u2019minlandi. 1930 yilda Qoraqalpoq muhtor viloyati RSFSR tarkibiga kiritildi. 1932 yilning 20 martida esa SSSR MIK Rayosati \u00abQoraqalpog\u2019iston avtonom viloyatini Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasiga aylantirish va uni RSFSRga kiritish to\u2019g\u2019risida\u00bb qaror qabul qildi. O\u2019sha yilning may oyida avtonom respublika Sovetlarining I Ta\u2019sis qurultoyi hukumatni tuzdi. Unda QQASSR MIK raisi etib KOPTLEU Nurmuhamedov, Xalq Komissarlari Kengashi raisi etib esa K. Avezovlar saylandilar. 1936 yilda SSSRning yangi Konstitusiyasi qabul qilindi va unga ko\u2019ra QQASSRning O\u2019zbekiston SSR tarkibiga kiritish ko\u2019zda tutilgan edi. Buning asosiy sababi hududiy yaqinlik, yagona tarixga ega bo\u2019lganligi deb e\u2019tirof etildi. 1937 yil 12 fevralda O\u2019zSSRning yangi Konstitusiyasi qabul qilindi. O\u2019sha yilning 6 martida esa QQASSRning yangi Konstitusiyasi e\u2019lon qilinadi. Qoraqalpog\u2019iston O\u2019zbekiston tarkibiga kirgach, o\u2019zbek va Qoraqalpoq Xalqlari o\u2019rtasidagi do\u2019stlik yanada mustahkamlandi.<\/p>\n\n\n\n<p>Har qanday milliy mustaqil davlat yashashining asosiy sharti o\u2019sha mamlakatning zamonaviy rivojlangan sanoatga, og\u2019ir industriyaga ega bo\u2019lishligiga bog\u2019liqdir. Buni yahshi tushungan bolsheviklar Sho\u2019ro Rossiyasini sanoati rivoj topgan ilg\u2019or mamlakatlar qatoriga olib chiqish vazifasini qo\u2019ydi. Ammo O\u2019zbekiston singari mustamlaka mamlakatlarga nisbatan bu siyosat mutlaqo boshqacha maqsadlarda \u2013 Markaz manfaati asosida amalga oshirildi.<\/p>\n\n\n\n<p>1925-1940 yilda O\u2019zbekistonda amalga oshirilgan sanoatlashtirish siyosati sho\u2019ro hukumati va komfirqa mustamlakachilik siyosatining tarkibiy va ajralmas qismi edi. Bunday siyosatni oqlash maqsadida \u00abSSSR yagona xo\u2019jalik kompleksi\u00bb g\u2019oyasi ilgari surildi. Ushbu g\u2019oyadan kelib chiqqan holda O\u2019zbekistonda Xalq xo\u2019jaligining qaysi tarmog\u2019ini rivojlantirish masalasini Moskva \u2013 markaz hal qildi. Bu \u00abtaraqqiyot yo\u2019nalishlari\u00bb stalincha besh yilliklarda o\u2019z aksini topdi va ular Komfirqa qurultoylarida tasdiqlandi. Ana shu direktivalar asosida O\u2019zbekiston taraqqiyotining 1925-1940 yillardagi ahvoli tahlil etiladigan bo\u2019lsa, shu davr mobaynida respublikada sanoat mahsulotlarini mustaqil o\u2019zi ishlab chiqara oladigan birorta industriya gigantining bunyod etilmaganligiga guvoh bo\u2019lamiz. Chunki O\u2019zbekistonda bunday yirik sanoat gigantlarini qurish Sho\u2019rolarning milliy mustamlakachilik manfaatlariga javob bermas edi. Mustamlakachilik siyosati yuritishning bunday tartib-qoidasi dunyodagi Angliya, Amerika Qo\u2019shma Shtatlari, Fransiya, Germaniya va boshqa mamlakatlar tarixiy tajribalarida ham tarix sinovidan o\u2019tgan. Mustamlakachi davlatlar (shu jumladan Sho\u2019rolar ham) o\u2019zlari bosib olgan hududlarda tez foyda bera oladigan, o\u2019z milliy manfaatlariga javob beradigan va mustamlakachilikka xavf tug\u2019dirmaydigan siyosat olib boradilar. Sho\u2019rolar ham \u00abixtisoslashtirish\u00bb bahonasida Rossiyaning o\u2019zida Ukraina, Belorussiya va boshqa asosan slavyan respublikalarida og\u2019ir sanoat korxonalarini qurishga asosiy diqqat-e\u2019tiborni qaratdilar. O\u2019zbekistonda esa asosan paxtachilikning rivojlanishi bilan bog\u2019liq bo\u2019lgan sanoat tarmoqlari, aholining yashashi va turmush kechirishi bilan bevosita aloqador bo\u2019lgan oziq-ovqat, kiyim-kechak va hokazolar ishlab chiqaradigan yengil sanoat korxonalari bunyod etildi. 1925-1940 yillarda qurilib ishga tushirilgan bunday korxonalar jumlasiga Bo\u2019zsuv GESi, Samarqand, Buxoro, Qo\u2019qon, Termiz, Asaka shaharlaridagi issiqlik elektrostansiyalari, Toshkent, Samarqand, Farg\u2019ona va Buxorodagi to\u2019qimachilik fabrikalari, Toshkent qishloq xo\u2019jalik mashinasozligi zavodi, Farg\u2019ona konserva, Hilkovo sement zavodlari, Toshkent \u00abO\u2019rtoq\u00bb tamaki fabrikasi, Samarqand, Buxoro va Marg\u2019ilon ipak yigiruv fabrikalari, \u00abChimyon\u00bb va \u00abSanto\u00bb neft konlari bazasida tashkil etilgan neft zavodlari, \u00abToshtram\u00bb, \u00abQizil Sharq\u00bb va \u00abBirinchi may ustahonalari\u00bb, ko\u2019plab paxta tozalash, sutyog\u2019 tayyorlash, sovun pishirish kabi zavodlarni kiritish mumkin.<\/p>\n\n\n\n<p>Hullas, 20-30-yillarda O\u2019zbekistonda amalga oshirilgan sanoatlashtirish siyosatining bosh maqsadi respublikani istiqbolda mustaqil taraqqiyot yo\u2019lidan borishini ta\u2019minlaydigan iqtisodiy poydevordan mahrum qilish va sho\u2019rolar xo\u2019jalik mexanizmining bir tarmog\u2019iga aylantirishdan iborat edi. Jamoalashtirish ham \u00ablenincha sotsializm qurish rejasi\u00bbning tarkibiy qismidir. Taniqli olima Rahima Aminova bu mudhish jamoalashtirishga baho berib shunday degan edi: \u00abKollektivlashtirish \u2013 ishlab chiqqarishga davlat monopoliyasi o\u2019rnatilishining naq o\u2019zginasidir. Tabiiyki, moddiy manfaatdorlik bo\u2019lmagan joyda tashabbuslar ham so\u2019nadi. Tashabbus, izlanish bo\u2019lmagan joyda esa ish orqaga ketadi. Buning ustiga hayotning o\u2019zi kollektivlashtirish muammosini ko\u2019tarib chiqmagan edi. Zo\u2019ravonlik bilan o\u2019tkazilgan siyosat ko\u2019plab ishbilarmon, tadbirkor odamlarning ishga, yerga bo\u2019lgan munosabatini sovitdi. Sho\u2019ro hukumati va komfirqa mustamlaka asoratidagi o\u2019lka xalqlarini qul o\u2019rnida ishlatib, hisobsiz foyda va daromad olishning eng maqbul shakli bo\u2019lgan kommunistik jamoalashtirish siyosatini amalga oshirish uchun ayyorlik va ustamonlik bilan tayyorgarlik ishlarini olib bordi. Bu borada amalga oshirilgan \u00abyer-suv islohoti\u00bb muhim o\u2019rin tutadi.<\/p>\n\n\n\n<p>O\u2019zbekistonda amalga oshirilgan \u00abyer-suv islohoti\u00bb ikki bosqichda amalga oshirildi. Birinchi bosqich 20-yillarning boshlarida o\u2019tkazildi va o\u2019lkada amalga oshirilgan \u00abmilliy davlat chegaralanishi\u00bb munosabati bilan ma\u2019lum muddatga to\u2019xtab qoldi. Ikkinchi bosqich esa 1925-1929 yillarni o\u2019z ichiga oladi. 1920 1921 yillarda o\u2019tkazilgan \u00abyer-suv islohoti\u00bbning asosiy maqsadlaridan biri o\u2019lkaga ko\u2019chirib keltirilgan rus zamindorlarining yerlarini mahalliy dehqonlarning yerlari bilan tenglashtirish edi. Kelgindi rus mujiklari chor ma\u2019murlaridan juda katta hajmdagi serunum yahshi yerlarni olgan edilar. Sho\u2019ro hukumati bu bilan o\u2019zini go\u2019yo mahalliy mehnatkash Xalqning \u00abg\u2019amho\u2019ri\u00bb va \u00abmehriboni\u00bb qilib ko\u2019rsatmoqchi bo\u2019lgan edi. O\u2019lkada \u00abyer-suv islohoti\u00bb Sho\u2019ro hukumatining \u00abYer to\u2019g\u2019risida\u00bbgi dekreti asosida amalga oshirildi va uning bosh maqsadi qishloqda tabaqalanishni kuchaytirishdan iborat edi. Sho\u2019ro va komfirqa korchalonlari bu yerda ham \u00abbo\u2019lib tashla, hokimlik qil\u00bb qabilida ish yuritdilar, qishloq aholisini boy va kambag\u2019allarga bo\u2019lib, ularning \u00absonini o\u2019zidan chiqarib\u00bb bir-birlariga qarshi gij-gijladilar. 1921 yilda tashkil etilgan \u00abQo\u2019shchi\u00bb uyushmasi huddi ana shu maqsadda tuzildi. 20-yillarning o\u2019rtalaridayoq uning saflarida 160 ming nafarga yaqin a\u2019zo bor edi. Bu uyushmaga asosan yersiz va kam yerli kambag\u2019al dehqonlar uyushtirildi. 1921-1922 yillarda o\u2019tkazilgan \u00abyer-suv islohoti\u00bb natijasida Sirdaryo, Farg\u2019ona, Yettisuv viloyatlari, Turkman viloyatining Marv uyezdida 1.722.626 desyatina yer musodara qilindi. Ana shu yerlardan 117.512 desyatina yersiz va kam yerli o\u2019zbek dehqonlariga berildi va 3 ming xo\u2019jalik tashkil etildi. Dehqonlarga yer bilan birgalikda 1.517ta ot, 87ta tuya, 1042ta sigir va 133ta eshak ham taqsimlab berildi. \u00abYer-suv islohoti\u00bb davrida ko\u2019chirib yuborilgan oilalardan 250 ming botmondan ortiq don tortib olindi va shundan atigi 12,8 ming botmoni mahalliy kambag\u2019al batraklarga bo\u2019lib berildi. \u00abYer-suv islohoti\u00bbning 1925-1929 yillarda o\u2019tkazilgan navbatdagi bosqichi O\u2019zbekiston SSR Markaziy Ijroiya Qo\u2019mitasining 1925 yil 2 dekabrdagi \u00abYer va suvni natsionalizasiya qilish\u00bb to\u2019g\u2019risida va \u00abYer va suv islohoti\u00bb to\u2019g\u2019risidagi dekretlari asosida amalga oshirildi. O\u2019tkazilgan \u00abislohot\u00bb davomida faqat Toshkent, Farg\u2019ona, Samarqand va Zarafshon viloyatlarida tortib olingan yerlar evaziga 254,2 ming desyatina yer jamg\u2019armasi hosil bo\u2019ldi. Bu yerlarning 70 foizi \u00abboylar\u00bb deb hisoblangan o\u2019rta hol dehqonlaridan tortib olingan edi. Ana shu o\u2019rta hol dehqonlar esa 1918-1922 yillarda sho\u2019ro hokimiyatidan yer olib o\u2019z xo\u2019jaliklarini tiklab olgan edilar.<\/p>\n\n\n\n<p>Markazning \u00abtanqidiy xulosalari\u00bb asosida O\u2019zbekiston Sho\u2019ro hukumati va komfirqasi respublikada jamoalashtirishni yuqori sur\u2019atlarda va \u00absafarbarlik\u00bb asosida olib bordi. Natijada 1932 yilda butun O\u2019zbekistondagi boy va o\u2019rtahol hamda sho\u2019ro davrida yer olgan dehqonlarning 91,7 foizi jamoalashtirildi \u2013 jamoa va davlat xo\u2019jaliklariga birlashtirildi.<\/p>\n\n\n\n<p>Butunittifoq komfirqa Markaziy Qo\u2019mitasi qarori bilan jamoalashtirishga yordam ko\u2019rsatish uchun qishloq xo\u2019jaligi ishidan behabar \u00ab25 mingchilar\u00bb nomini olgan ishchilar, shuningdek, texnik xodimlar qishloqlarga yuborildi. Shu \u00abyordam\u00bb bahonasida O\u2019zbekiston qishloqlariga ham Rossiyadan 433ta, O\u2019zbekistonning o\u2019zidan 250ta rus ishchisi yuborildi. Ular firqa ko\u2019rsatmasi bilan rahbar lavozimlarga tayinlandilar. Ularga Markaz siyosatini amalga oshirish uchun katta huquq va imkoniyatlar berildi. Ularga qarshi bo\u2019lgan ko\u2019pgina mahalliy rahbarlar ishdan olinib, javobgarlikka tortildi.<\/p>\n\n\n\n<p>Dunyodagi barcha mustamlakachi davlatlar singari sho\u2019rolar davlati ham O\u2019zbekistonni o\u2019zining hom ashyo yetkazib beruvchi o\u2019lkasiga aylantirish siyosatini yuritdi, og\u2019ir sanoatni rivojlantirishga ataylab yo\u2019l bermadi. Urushdan O\u2019zbekiston butunlay holdan toyib, har tomonlama qiyinchiliklar girdobiga botgan holda chiqdi.<\/p>\n\n\n\n<p>Sovet davlati O\u2019zbekistonda hech qanaqa yirik sanoat korxonasini qurmadi va qurishi ham mumkin emas edi. O\u2019zbekiston tuprog\u2019ida qurilgan va ma\u2019lum darajada ahamiyatliroq bo\u2019lgan sanoat korxonalarining 30 foizi Ittifoq tasarrufida, 60 foizi Ittifoq-Jumhuriyat tasarrufida bo\u2019lib batamom Markazga bo\u2019ysunar edi. Faqat 10 foizgina sanoat korhonasi bevosita O\u2019zbekistonga bo\u2019ysungan va bu respublika iqtisodiyotida hal qiluvchi o\u2019rin tutmagan. 1946-1985 yillarda O\u2019zbekistonda elektroenergiya sanoati rivojlantirildi. Yengil va oziq-ovqat sanoatining bir qator korhonalari qurilib ishga tushirildi. O\u2019zbekistonda sho\u2019rolar hukumatining rangli va qora metallurgiya, ko\u2019mir ishlab chiqarish, gaz va neft mahsulotlarini qazib olish, transport va aloqa tarmoqlarini rivojlantirish, kapital qurilishini hamda shaharsozlik kabi sohalarga e\u2019tibor berganligi to\u2019g\u2019risida keragidan ortiqcha yozilgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Hullas, sovetlar davrida O\u2019zbekiston og\u2019ir vaziyatga tushib qoldi. Respublikadan chetga chiqarilayotgan mahsulotning 2\/3 qismi hom ashyo hissasiga to\u2019g\u2019ri keldi. O\u2019zbekistonga chetdan keltirilayotgan narsalarning 60 foizini esa mashinalar, asbob-uskunalar, yengil sanoat va oziq-ovqat sanoati mahsulotlari tashkil etdi. Milliy nafsoniyatga qattiq tegadigan jumboq ko\u2019zga yorqin tashlanib qoldi. Respublika o\u2019zi ter to\u2019kib yetishtiradigan va Markazga yetkazib beradigan juda qimmatli hom ashyo mahsulotlari \u2013 paxta, nitron, kaprolaktam va boshqalarni o\u2019zida tayyor mahsulot tarzida ishlab chiqarish imkoniyati bo\u2019lmaganligidan, uni tayyor mahsulot tovarlari shaklida bir necha barobar qimmat narhlarda Markazdan sotib olishga majbur bo\u2019ldi. Natijada hayot uchun g\u2019oyat zarur va qimmatli hom ashyolarni ishlab chiqarayotgan O\u2019zbekiston bu mahsulotlarni yetishtirishda foyda emas, zarar ko\u2019rdi, Markazdan dotatsiyalar olib yashaydigan \u00abboqimanda\u00bb respublikaga aylandi, va aksincha, bunday hom ashyo mahsulotlarini o\u2019zi yetishtirmasa-da, uni o\u2019zida qayta ishlab tayyor sanoat mahsulotlari tarzida sotuvchi Rossiya bundan behisob boyliklar olib, foyda orttirdi. Paxtachilikni rivojlantirish maqsadlarini ko\u2019zlab bu sohaga juda katta hajmdagi mablag\u2019larni sarfladi va paxtachilikning moddiy-tehnika bazasini mustahkamladi. 1940 yilda O\u2019zbekiston paxta dalalarida 23 ming traktor ishlagan bo\u2019lsa, 1985 yilda 188,9 ming traktor ishladi. Paxta terish mashinalarining soni ham yil sayin ortib bordi.<\/p>\n\n\n\n<p>O\u2019zbekistonda 1986 yili (1940 yil bilan taqqoslaganda) aholining o\u2019sish sur\u2019atlariga qaraganda paxta tayyorlash bir necha barobar o\u2019sgani holda sigirlar, qo\u2019y va echkilarning o\u2019sish sur\u2019ati keskin orqada qolgan. Paxta ekin maydonlari kengayishi Amu va Sirdaryo suvlarining Orol dengiziga oqishini keskin kamaytirdi natijada, Orol fojiasi kelib chiqdi.<\/p>\n\n\n\n<p>Sho\u2019rolar hukumati aholi uchun nihoyatda zarur bo\u2019lgan sohalar: don mahsulotlari, kartoshka, sabzavot kabi tarmoqlarga ikkinchi darajali soha deb qaradi. Buning oqibatida jannatmakon o\u2019lkamizning qaramligi va tobeligi yanada oshdi. Sho\u2019rolar tuzumining inqirozi iqtisodiy sohani ham chetlab o\u2019tmadi. Bu jarayon 50-yillarning oxiri va 60-yillarda avj oldi. Buni biz 1956-1960 yillarga mo\u2019ljallangan besh yillik va 1959-1965 yillarga mo\u2019ljallangan yetti yillik rejalarining bajarilmay qolganligida ko\u2019ramiz. Bu jarayon ayniqsa 80-yillarda keskin tus oldi. Mehnat unumdorligi bo\u2019yicha O\u2019zbekiston Ittifoq darajasining sanoatda atigi 40 foiziga teng edi. Qishloq xo\u2019jaligida esa mehnat unumdorligi umumittifoqning o\u2019rtacha ko\u2019rsatgich darajalaridan ikki baravar kam bo\u2019lgan. Bu shunga olib keldiki, ishlab chiqarish sur\u2019atlari ilgarilash o\u2019rniga orqaga ketdi. 1976-1984 yillarda Jizzax, Qashqadaryo viloyatlari va Qoraqalpog\u2019iston Respublikasi qishloq ho\u2019jaligiga davlat 8 milliard so\u2019m mablag\u2019 sarflandi. Maydonning hajmi jihatidan bu respublikada ishga tushirilgan qo\u2019riq yerlarning yarmiga teng bo\u2019ldi. Ammo bu mintaqalarda paxta yetishtirish ko\u2019payish o\u2019rniga kamayib ketdi. 1985 yilda jami bo\u2019lib respublikadagi tumanlarning yarmi, 11 ming brigada paxta tayyorlash yillik rejalarini bajarmadi. 1986 yilda 424 davlat va 22 jamoa xo\u2019jaligi yilni zarar bilan yakunladi. Qishloq xo\u2019jaligining boshqa sohalaridagi davlat rejalari ham bajarilmadi. Iqtisodiy turg\u2019unlik ayniqsa chorvachilikka halokatli ta\u2019sir ko\u2019rsatdi. Iqtisodiy inqiroz va turg\u2019unlikning bosh sababi va uning asosi adolatsizlik, haqsizlik, tengsizlik va mustamlakachilikka asoslangan ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy tuzumda edi. Ikkinchi asosiy sabab \u00ablenincha adolatli milliy siyosat\u00bbni niqob qilib olib Kommunistik firqaning yuritgan byurokratik yakkaboshchilikka, buyruqbozlikka va zo\u2019rlikka tayanuvchi siyosatida edi. Uchinchi asosiy sabab Ittifoq \u00abyagona ho\u2019jalik kompleksi\u00bb niqobi ostida ishlab chiqarish va rejalashtirishning haddan tashqari Moskva qo\u2019lida markazlashtirilishi va unga bo\u2019ysundirilishi edi. Hullas, O\u2019zbekiston xalqi 80-yillarning oxirlariga kelib sobiq Ittifoqida eng og\u2019ir va nochor iqtisodiy ahvolga tushib qolgan edi. Mamlakatda ijtimoiy-iqtisodiy ahvolning og\u2019irligi va muttasil ishsizlar sonining oshib borishi aholi turli tabaqalari, xususan, yoshlar o\u2019rtasida jinoyatchilikning ko\u2019payishiga sabab bo\u2019lgan omillardandir. Og\u2019ir iqtisodiy turmush sharoiti mamlakatda fojeali tus olgan ekologik buhton bilan birga qo\u2019shilib aholi o\u2019rtasida turli xildagi kasalliklarni keltirib chiqardi. O\u2019zbekistonda 80-yillar davomida rak kasali bilan og\u2019rish 16,5 foizga ortgan. Bunday og\u2019ir ijtimoiy-iqtisodiy vaziyat O\u2019zbekistonda uzoq davom etishi mumkin emas edi. Insoniy haq-huquq va adolat uchun milliy mustamlakachilik zulmiga qarshi hal qiluvchi kurash pallasi yaqinlashmoqda edi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Oktyabr to\u2019ntarishi chorizmning mustamlaka Turkiston iqtisodiyoti va Xalq ommasini imperiyaga ekspluatasiya qilishdan iborat talonchilik amaliyotiga va\u2019da qilingan o\u2019zgarishlarni kiritmadi. Aksincha, mustabid hokimiyat idora usuli bilan qo\u2019shilib ketgan bozordan tashqari \u00absotsializm\u00bb &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/sovet-hokimiyatining-ozbekistonda-amalga-oshirgan-siyosiy-iqtisodiy-manaviy-madaniy-tadbirlari-va-ularning-mustamlakachilik-mohiyati\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":0,"parent":0,"menu_order":0,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","template":"","meta":{"footnotes":""},"class_list":["post-966","page","type-page","status-publish","hentry","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/966","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/pages"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/page"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=966"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/966\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":971,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/966\/revisions\/971"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=966"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}