{"id":980,"date":"2021-09-10T08:20:32","date_gmt":"2021-09-10T05:20:32","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?page_id=980"},"modified":"2021-09-10T08:20:33","modified_gmt":"2021-09-10T05:20:33","slug":"ikkinchi-jahon-urushi-yillarida-ozbek-xalqining-fashizm-ustidan-qozonilgan-galabaga-qoshgan-hissasi","status":"publish","type":"page","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/ikkinchi-jahon-urushi-yillarida-ozbek-xalqining-fashizm-ustidan-qozonilgan-galabaga-qoshgan-hissasi\/","title":{"rendered":"Ikkinchi jahon urushi yillarida o\u2019zbek xalqining fashizm ustidan qozonilgan g\u2019alabaga qo\u2019shgan hissasi"},"content":{"rendered":"\n<p>Insoniyat tarixida ikkinchi jahon urushi eng katta fojialardan biri sifatida o\u2019rin egallagan. Bu urushga jahonning 72 mamlakati qo\u2019shilib, ulardagi armiyalar safiga 110 mln kishi safarbar qilingan yedi. Urush davomida qariyb 55 mln kishi o\u2019ldirilib, minglab shahar va qishloqlar, zavod va fabrikalar, madaniyat obidalari, kommunikatsiya va irrigatsiya inshootlari vayronaga aylantirilgan yedi. Ko\u2019rilgan zarar va sarflangan mablag\u2019larning umumiy miqdori 4 trln. Dollarni tashkil qildi. Shu o\u2019rinda savol tug\u2019iladi: ikkinchi jahon urushi boshlanishining sabablari nimada? Uning oldini olish mumkin edimi, yoki u muqarrar ravishda boshlanishi kerak edimi? XX asrning 30 yillarida jahonda vujudga kelgan ijtimoiy siyosiy va iqtisodiy vaziyatni tahlil qilish asosida bu savolga javob berish mumkin.<\/p>\n\n\n\n<p>Ikkinchi jahon urushining ildizlari 20-30 yillarda butun dunyoni qamrab olgan siyosiy-ijtimoiy va iqtisodiy tanglikka borib taqaladi. Tanglik natijasida jahonning yetakchi mamlakatlari o\u2019rtasida ziddiyatlar g\u2019oyat kuchayib ketadi va oxir oqibatda ikkinchi jahon urushining boshlanishiga olib keladi. Bu birinchidan.<\/p>\n\n\n\n<p>Ikkinchidan, urush olovi ko\u2019p jihatdan fashistlar Germaniyasi va militaristik Yaponiyaning jahonga hukmron bo\u2019lish maqsadida amalga oshirgan harakatlari natijasida tobora kuchayib borgan yedi.<\/p>\n\n\n\n<p>Uchinchidan, shuni ham unutmaslik kerakki g\u2019arb mamlakatlarining siyosiy yetakchilari 20-30 yillarda insoniyatga xavf solayotgan eng yovuz kuch bu \u201cbolshevizm balosi\u201d deb hisoblab, unga qarshi kurashda ayrim xollarda tarixiy jihatdan oqlanmagan ishlarni amalga oshirdilar. Jumladan, Germaniyadagi urushga intiluvchi kuchlarni qo\u2019llab quvvatladilar va bu mamlakatni harbiy-iqtisodiy qudratini oshirish uchun mablag\u2019 ajratish siyosatini yurgizdilar. Germaniyada hukmronlikni o\u2019rnatgan Gitler boshchiligidagi fashistlarning hududiy da\u2019volariga nisbatan kelishtirish siyosatini yurgizdilar. Buning oqibatida Avstriya va Chexiyaning Sudet viloyati Germaniya tarkibiga qo\u2019shib olindi. Bundan ruhlangan Gitler va uning hamtovoqlari butun jahonga hukmron bo\u2019lish uchun o\u2019z harakatlarini avj oldirdilar.<\/p>\n\n\n\n<p>To\u2019rtinchidan, ikkinchi jahon urushining boshlanish sabablari haqida gapirganda shuni unutmaslik kerakki, bu urush ko\u2019p jihatdan sovet davlatining \u201cbutun dunyoda sotsialistik inqilob\u201dni amalga oshirishga qaratilgan tashqi siyosatining oqibati bo\u2019ldi. Sovet hokimiyati o\u2019rnatilgan dastlabki damlardanoq bolshevistik rahbariyat butun planeta miqyosida kommunistik tuzum hukmronligini o\u2019rnatishga qaratilgan harakatlarini boshlab yubordi. Ana shu harakat yo\u2019nalishlaridan biri turli mamlakatlar o\u2019rtasidagi ziddiyatlardan ustalik bilan foydalanish va ularni bir-biriga gij-gijlashdan iborat edi. SSSRning Angliya va Fransiyadan uzoqlashib Germaniya bilan yaqinlashishi ana shu siyosatning natijasi bo\u2019ldi. Stalin o\u2019shanda imperialistlarning yagona frontini buzib yuborishga muvaffaq bo\u2019ldim deb ishongan edi. Lekin voqealarning keyingi rivoji shuni ko\u2019rsatdiki SSSR bilan Germaniya o\u2019rtasida 1939 yil 23 avgustda 10 yil muddatga tuzilgan hujum qilmaslik haqidagi hujjat Gitlerga ikki frontda urushmaslik va butun kuchini G\u2019arb mamlakatlariga qarshi qaratish imkoniyatini bergan yekan. \u201cAvgust bitimi\u201d jahon urushi boshlanishini tezlashtirdi. Bitim tuzilgandan keyin oradan ketgan 8 kun o\u2019tgach, 1939 yil 1 sentyabrda Germaniya Polshaga qarshi xujum boshladi. Voqealarning bunchalik jadallashishi Angliya va Fransiya uchun kutilmagan holat edi. Shuning uchun ular 3 sentyabrda Germaniyaga qarshi urush e\u2019lon qilgan bo\u2019lsalarda qahramonona jang qilgan polyak armiyasiga real harbiy yordam ko\u2019rsata olmadilar. \u201cAvgust bitimi\u201dning mahfiy moddalariga ko\u2019ra SSSR Germaniya bilan bir vaqtning o\u2019zida Polshaga hujum qilishi kerak edi. Lekin, Stalin bu masalada Gitlerni chuv tushirdi. Urushga tayyor emasligini bahona qilib Germaniyadan mag\u2019lubiyatga uchragan Polshaning sharqiy hududlariga 17 sentyabrda qizil qo\u2019shinlarning \u201cagressor\u201d sifatida emas xaloskor sifatida kirishiga erisha oldi. Bundan tashqari Stalinning bu o\u2019yini natijasida SSSR betaraflikka erishdi va jahon jamoatchiligi ko\u2019zi o\u2019ngida Germaniya jahon urushining asosiy aybdori sifatida gavdalandi.<\/p>\n\n\n\n<p>1939-1940 yillar davomida asosiy urush harakatlari Yevropada davom etdi. Shu davr mobaynida Germaniya Polsha, Norvegiya, Fransiya, Belgiya, Gollandiya, Daniya, Lyuksemburgni egalladi. Sovetlar davlati esa shu davrda o\u2019z hududini Leningrad va Murmansk oralig\u2019idagi yerlarni Finlyandiyadan, Bessarabiya va Shimoliy Bukovinani Ruminiyadan, G\u2019arbiy Ukraina va G\u2019arbiy Belorussiyani Polshadan tortib olish hisobiga kengaytirdi. Bundan tashqari Boltiqbo\u2019yi respublikalari 1940 yil yoziga kelib qizil armiya tomonidan okkupasiya qilindi.<\/p>\n\n\n\n<p>SSSR bilan Germaniya o\u2019rtasidagi hujum qilmaslik haqidagi bitim o\u2019n yil muddatga tuzilgan edi. Lekin Stalin ham, Gitler ham bitimga ko\u2019rsatilgan muddat davomida rioya qilish niyatida emas edilar. Ularning har biri o\u2019zi uchun qulay vaqtda bitimdan chiqmoqchi yedi. Ikkinchi jahon urushining dastlabki davrida vaziyatning Germaniya uchun qulayligi, fashistlar armiyasining tayyorgarlik darajasi qizil armiyadan yuqoriligi, Germaniya harbiy-iqtisodiy salohiyat jihatdan Yevropa mamlakatlari hisobiga SSSRdan o\u2019zib ketganligi sababli Gitler Stalindan oldinroq bitimni bekor qilish choralarini ko\u2019rdi va 1941 yil 22 iyunda SSSR ga qarshi urush harakatlarini boshladi. SSSRning Boltiq dengizidan Qora dengizgacha bo\u2019lgan chegaralariga fashistlarning 191 diviziyasi hujum qildi. Urushning dastlabki kunlaridayoq gitlerchilar Latviyani, Litvani, Belorusiyaning bir qismini bosib oldilar. Urushning yettinchi kuni Minsk ishg\u2019ol qilindi. Voqealarning bunday rivoji Stalinni sarosimaga solib qo\u2019ydi. Artilleriya Bosh marshali Voronovning xotiralariga ko\u2019ra Stalin chuqur ruhiy tanglikni boshidan kechirib bir necha kun davomida o\u2019z qarorgohida hyech kimni qabul qilmasdan yakka o\u2019zi istiqomat qilgan yekan.<\/p>\n\n\n\n<p>Kommunistik partiya boshlangan urushni ulug\u2019 Vatan urushi deb e\u2019lon qilgan bo\u2019lsada, o\u2019zbeklar uchun u bunday urush emas yedi. Chunki o\u2019sha davrda biz Rossiyaning mustamlakasi edik. Istiqlolchilik harakatining qonga belanganligi, e\u2019tiqod uchun ta\u2019qiblar, jamoalashtirish davridagi zo\u2019ravonliklar, 20-30 yillardagi ommaviy qatag\u2019onlar xalqimiz xotirasidan o\u2019chmagan edi va shuning uchun sovet mustabid tuzumini himoya qilishni xalqimiz kam o\u2019ylar edi. Lekin shu bilan birgalikda o\u2019zbek xalqi fashizmning insoniyatga bolshevizm balosidan ham katta xavf solayotganini, unga qarshi kurashish adolatli ekanligini tushunib yetdi va dushmanga qarshi kurashishga otlandi. Shu jihatdan I. A. Karimovning \u00abUrush davri voqealarini, jangchilarimizning jasoratlarini tahlil etishda va ta\u2019riflashda\u00bb ham mafkurabozlikni kamroq aytishga doir chaqirig\u2019i nihoyatda dolzarb bo\u2019lib jaranglaydi. Prezident haqli ravishda bunday deb ta\u2019kidlagan yedi: \u201cIkkinchi jahon urushiga qanday qaralmasin, bu urush qaysi g\u2019oya ostida va kimning qo\u2019li bilan olib borilgan bo\u2019lmasin, o\u2019z Vatani, el-yurtining yorug\u2019 kelajagi, beg\u2019ubor osmoni uchun jang maydonlarida halok bo\u2019lganlarni, o\u2019z umrlarini bevaqt xazon qilgan insonlarni doimo yodda saqlaymiz. Bu achchiq, lekin oliy haqiqatni unutishga hech kimning haqqi yo\u2019q va bunga yo\u2019l ham bermaymiz\u201d. Urushning dastlabki kunlaridanoq partiya va davlat tashkilotlarining tashabbusi bilan O\u2019zbekistonning barcha hududlarida mitinglar va yig\u2019ilishlar o\u2019tkazildi. So\u2019zga chiqqanlar urushning hammamiz uchun adolatli urush ekanligini ta\u2019kidlab, Vatanni himoya qilishga va g\u2019alaba yo\u2019lida front orqasida fidokorona mehnat qilishga tayyor ekanliklarini izhor qildilar. Respublikada ko\u2019ngillilar harakati ommaviy tus ola boshladi. Chunonchi, 1941 yilning 22 iyunidan 8 iyuliga qadar Samarqand viloyat harbiy komissarliklariga ko\u2019ngillilardan 1316 ta ariza tushdi. Urushning dastlabki kunlarida respublika bo\u2019yicha hammasi bo\u2019lib 14 mingdan ortiq ariza tushgan edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Iqtisodiyotni harbiy izga solish harbiy-kommunistik usullar bilan amalga oshirildi. Bu ishga rahbarlikni 1941 yil 30 iyunda tuzilgan Stalin boshchiligidagi Davlat Mudofaa Komiteti amalga oshirdi. Davlat Mudofaa Komiteti qarorlari urush davrida qonun kuchiga ega edi. Front orqasida ishni tashkil qilishdagi eng katta muammolardan biri ishchi kuchining yetishmasligida edi. Shuning uchun katta yoshdagilar uchun ish kuni 11 soatgacha uzaytirildi, ta\u2019tilga chiqarish bekor qilindi. Idora xizmatchilari, uy bekalari, o\u2019qituvchilar, ishlab chiqarishga jalb qilindi. Harbiy korxonalarning barcha xodimlari safarbar deb e\u2019lon qilindi va shu korxonalarga biriktirib qo\u2019yildi. Mehnat intizomini buzganlar uchun keskin jazo choralari belgilandi. O\u2019zbekiston mehnatkashlari, avvalo xotin qizlar mamlakat boshiga tushgan kulfat fojiani o\u2019z kulfatlari va fojialari deb bildilar. 1941 yil iyul oyining o\u2019zida Ursatevsk stansiyasida 300 dan ortiq, Samarqandda 200 dan ko\u2019proq, \u201cTashselmash zavodi\u201d da 220, Andijon parovoz deposida 120 dan ortiq xotin qizlar frontga ketgan o\u2019z otalari, akalari va yerlarining o\u2019rniga ishga kirib mardonavor mehnat qildilar. Kadrlar muammosi bundan tashqari fabrika-zavod ta\u2019limi maktablarida, hunar-bilim yurtlarida, qisqa muddatli turli kurslarda oliy va o\u2019rta maxsus o\u2019quv yurtlarida ham hal qilindi.<\/p>\n\n\n\n<p>Respublikamizdagi barcha sanoat korxonalari urush boshlanganidanoq qayta qurilib, madofaa uchun zarur mahsulotlar ishlab chiqarishga o\u2019tkazildi. Qurol yarog\u2019lar va o\u2019q dorilar ishlab chiqarish rejalari, O\u2019zbekistonning xom ashyo va moddiy resurslarini front ehtiyojlariga va avvalo respublikada og\u2019ir sanoat vujudga keltirishga safarbar qilish choralari ko\u2019rildi. Respublika rahbariyati korxonalarning samaradorligini oshirish maqsadida ularning huquqlarini kengaytirdilar, murakkab vazifalarni markaz bilan kelishmasdan tezkorlik bilan hal qilishdan qo\u2019rqmadilar. Urushning birinchi kunlaridanoq O\u2019zbekiston aholisi moddiy resurslarini safarbar qilish, jangovar holatga keltirish tadbirlari ko\u2019rildi. Front uchun zahira va komandirlar tayyorlandi. Bu ishni amalga oshirishda urushning boshida O\u2019zbekistonga ko\u2019chirib keltirilgan harbiy akademiyalar va bilim yurtlari alohida o\u2019rin egalladilar. O\u2019rta Osiyo Harbiy okrugi bo\u2019yicha urush boshlangandan keyin 1,5 yil ichida 109 ta harbiy qo\u2019shilma tuzildi. Ular orasida O\u2019zbekistonda tuzilgan milliy harbiy qo\u2019shilmalar ham bor edi. 1941 yil noyabridan 1942 yil martigacha O\u2019zbekistonda 9 ta alohida o\u2019qchi brigada va 5 ta (otliq) diviziya tuzildi.<\/p>\n\n\n\n<p>Bundan tashqari O\u2019zbekistonda madofaa jamg\u2019armalari uchun mablag\u2019 to\u2019plash tashkil qilindi. Urushning dastlabki kunlaridayoq bu jamg\u2019armalarga respublika aholisining 30 mln so\u2019m mablag\u2019i tushdi.<\/p>\n\n\n\n<p>Shunday qilib, urushning dastlabki davridayoq O\u2019zbekistonda xalq xo\u2019jaligi harbiy izga o\u2019tkazildi, milliondan ortiq kishi harbiy xizmatga chaqirildi. Butun xalq, barcha moddiy va ma\u2019naviy boyliklar fashizmga qarshi kurashga safarbar qilindi.<\/p>\n\n\n\n<p>Sovet ittifoqi g\u2019arbidagi ko\u2019pgina katta sanoat va qishloq xo\u2019jaligi rayonlarining fashistlar tomonidan bosib olinganligi mamlakat xalq xo\u2019jaligini og\u2019ir ahvolga solib qo\u2019ydi. Chunki bu hududlarda SSSR aholisining 40% i yashar, temirning 68% i, po\u2019latning 58% i, alyuminiyning 60% i, ko\u2019mirning 63% i, bug\u2019doyning 38% ini shu yerlar berar edi. Mudofaa ahamiyatiga ega bo\u2019lgan og\u2019ir sanoat korxonalarining katta qismi g\u2019arbiy hududlarda joylashgan edi. Urush boshidagi bunday katta yo\u2019qotishning o\u2019rnini qoplash va dushman ustidan g\u2019alabani ta\u2019minlaydigan sanoat ishlab chiqarishini yo\u2019lga qo\u2019yish o\u2019sha davrdagi dolzarb vazifa bo\u2019lib qolgan yedi. Bu vazifani bajarish uchun urush boshida amalga oshirilgan tadbirlar haqida ma\u2019ruzamiz boshida aytib o\u2019tgan edik. 1941 yilning yoziga kelib xalq xo\u2019jaligini qayta qurib, uni harbiy izga o\u2019tkazish O\u2019zbekistonda asosan oxiriga yetkazilgan edi. 1942 yili yalpi sanoat mahsulotini ishlab chiqarish ikki barobar ko\u2019paydi, 1943 yilda esa sanoatning respublika xalq xo\u2019jaligidagi salmog\u2019i 75% gacha ortdi. Harbiy ishlab chiqarish quvvatlarini oshirib borish zaruratlari sanoat qurilishini tobora ko\u2019paytirishni talab qilar yedi. O\u2019zbekistondagi industrial rivojlanish elektr energiya ishlab chiqarishni keskin ravishda oshirishni talab qildi. Elektr stansiyalar qurilishiga 1941 yilda 1 mlrd so\u2019m ajratilgan bo\u2019lsada, mablag\u2019 yetishmasligi sababli qurilish ishlari hashar yo\u2019li bilan amalga oshirildi. Hammasi bo\u2019lib yetti yirik elektrostansiyasi, jumladan Salor va Farhod GESlari barpo yetildi.<\/p>\n\n\n\n<p>Shu yillardagi O\u2019zbekiston og\u2019ir sanoati rivojlanishining asosiy yo\u2019nalishlari energetika, mashinasozlikdan tashqari qora va rangli metallurgiya, ko\u2019mir bazasini vujudga keltirish, kimyo sanoati tarmoqlarini yuksaltirishdan iborat bo\u2019ldi. Respublika sanoat qurilishi maydonchasiga aylandi. Bekobodda metallurgiya zavodi, Lyangarda molibden fabrikasi qurilib, Chirchiq elektrokimyo kombinatining ikkinchi navbati ishga tushirildi. Respublikada urush yillari hammasi bo\u2019lib 280 ta yangi sanoat korxonalari barpo yetildi. Toshkent mamlakatning eng yirik sanoat markazlaridan biriga aylandi. Shu davr mobaynida respublika sanoati quvvati 2 marta, neft ishlab chiqarish 4 marta, ko\u2019mir ishlab chiqarish 30 marta, ximiya sanoati 7,5 barobar, mashinasozlik 13,4 marta, metallni qayta ishlash 4,5 marta ko\u2019paydi. Respublikada sanoatni yuksaltirish sohasida amalga oshirilgan tadbirlarning barchasi ma\u2019muriy \u2013 buyruqbozlik usulini qo\u2019llash yo\u2019li bilan bajarildi. Mavjud imkoniyatlar, resurslar kishilarning jismoniy-ruhiy holati hisobga olinmasligi oddiy holat edi. Odamlar holdan to\u2019yguncha ishlashga majbur qilinar edi. Lekin hamma ham haddan tashqari zo\u2019riqib ishlashga bardosh berolmasdi, ba\u2019zilar holdan toyib halok bo\u2019lishardi. Uzoq masofalardan ishga qatnovchilar uchun transport yo\u2019q yedi. Kiyim-bosh, poyabzal yetishmasdi, iste\u2019mol qilinadigan oziq-ovqat ham bir holatda edi. Sanoat ob\u2019yektlari majburiy ravishda ishga tushirildi, sexlardagi stanoklar, devorlarni tiklash bilan bir vaqtda o\u2019rnatildi, hatto tomi yo\u2019q binolarda ham mahsulotlar ishlab chiqarildi, havo esa nihoyatda sovuq edi, malakali ishchilar o\u2019rnida endigina o\u2019qishni tamomlagan o\u2019smirlar va xotin-qizlar ishlardi, ishlab chiqarish sifati talab darajasida bo\u2019lmasdi. Ochlik va nihoyatda charchab-toliqishdan sillasi qurishiga qaramasdan sanoat xodimlari frontni qurol-yarog\u2019, jangovor texnika, moddiy resurslar bilan ta\u2019minlash uchun bor imkoniyatlarini ishga solardilar.<\/p>\n\n\n\n<p>SSSR Germaniya ustidan qurollanish poygasida yutib chiqqanligida mamlakat mehnatkashlarining, jumladan o\u2019zbekistonliklarning fidokorona mehnati hal qiluvchi ahamiyatga ega bo\u2019ldi. O\u2019zbekiston sanoati urush davomida frontga 2100 ta samolyot, 17342 ta aviamotor, 2318 ming dona aviabomba, 17100 ta minomyot, 4500 birlikdan iborat minalarni yo\u2019q qiluvchi qurol, 60 mingga yaqin harbiy kimyoviy apparatura, 22 mln dona mina va 500 ming dona snaryad, 3 mln radiolampa, 300 mingta parashyut 5 ta bronepoyezd, 18 ta sanitar poyezdi, 2200 ta ko\u2019chma oshxona 7518,8 mingta gimnasterka, 2636,7 mingta paxtali nimcha, 2861,5 mingta armiya etigi yetkazib berdilar.<\/p>\n\n\n\n<p>Fashistlar Germaniyasi ustidan qozonilgan g\u2019alabada O\u2019zbekiston qishloq xo\u2019jaligi mehnatkashlarining ham katta hissalari bor. Qishloq xo\u2019jaligi oldida front va front ortini oziq-ovqat mahsulotlari bilan, sanoatni xom ashyo bilan yetarli darajada ta\u2019minlashdek g\u2019oyat qiyin vazifa turar edi. Buning uchun agrar ishlab chiqarishni g\u2019oyat qisqa muddat ichida, butun xalq xo\u2019jaligi kabi, harbiy izga o\u2019tkazish, qishloqdagi barcha moddiy resurslarni safarbar etish, texnika ekinlari, don, kartoshka va sabzavotlar ekishni ko\u2019paytirish, chorvachilik mahsuldorligini, qishloq xo\u2019jalik ishlab chiqarish samaradorligini oshirish lozim edi. Bu vazifalarni hal qilish bir qator omillar tufayli murakkablashib ketgan edi. Birinchidan, shu davrga kelib markaz olib borgan siyosat natijasida paxta yakka hokimligi qaror topganligi qishloq xo\u2019jaligi boshqa sohalarining rivojlanishini birmuncha qiyinlashtirdi. Chunki ajdodlar to\u2019plagan tajriba unutila boshlagan edi. Buning ustiga Markaz O\u2019zbekiston oldiga oziq-ovqat bilan ta\u2019minlash vazifasini qo\u2019yarkan, paxta maydonlarini kamaytirmaslikni ham talab qildi. Chunki paxta mudofaa sanoati uchun g\u2019oyat muhim xom ashyo hisoblanar edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Ikkinchidan, butun mamlakat miqyosida sanoat harbiy izga ko\u2019chirilganligi sababli, traktorlar, seyalkalar, yuk mashinalari va boshqa uskunalar bilan qishloq xo\u2019jaligini ta\u2019minlash to\u2019xtatildi. Yonilg\u2019i, ehtiyot qismlar olib kelinishi keskin kamaytirildi. Natijada agrar sohaning moddiy texnika bazasi zaiflashdi qo\u2019l mehnatining ulushi oshdi va ot ulov bilan bajariladigan ishlar hajmi ko\u2019paydi. Uchinchidan, malakali kadrlar va qishloq aholisining mehnatga yaroqli asosiy qismi frontga safarbar etildi. Bundan tashqari 155 mingdan ortiq o\u2019zbekistonliklar mehnat batalonlariga jalb qilindilar. Buning oqibatida 1945 yilga kelib qishloqdagi mehnatkash dehqonlar soni 40% ga kamaydi. Ayniqsa mexanizatorlar soni keskin qisqardi. Ularning soni urush boshida 27888 kishini tashkil qilgan bo\u2019lsa, 1942 yilga kelib 2775 kishiga tushib qoldi. Ishlab chiqarishga xotin-qizlar, keksalar, o\u2019smirlar jalb qilindi. Mehnat intizomini mustahkamlashga qaratilgan haddan ziyod keskin choralar ko\u2019rildi. Rejalashtirilgan mehnat kunini bajarmaganlar sudga berilar yedi. Biroq, qishloq mehnatkashlarining tabiati bunday qattiq choralarni talab qilmas edi. Ular, qalb amri, or-nomus dav\u2019ati bilan frontga umumxalq yordamini ko\u2019rsatish harakatiga qo\u2019shildilar. Paxta tayyorlash rejasi 1941 yilda 1940 yildagiga nisbatan 45 kun oldin bajarildi va davlatga 1,6 mln tonna paxta topshirildi. G\u2019alla va boshqa oziq-ovqat ekinlarini ekishni kengaytirish zarurati yangi yer maydonlarini o\u2019zlashtirishni talab qildi. 1941 yilning bahoridayoq 220,5 ming gektar yangi hosildor yerlar o\u2019zlashtirildi.<\/p>\n\n\n\n<p>Respublika irrigatsiya qurilishi yuksak sur\u2019atlar bilan davom etdi. Shimoliy Farg\u2019ona, Shimoliy Toshkent, Yuqori Chirchiq, So\u2019x-Shohimardon, Uchqo\u2019rg\u2019on kanallari, Rudasoy, Kosonsoy suv omborlari qurildi. Natijada faqat 1942-1943 yillar mobaynida 546 ming gektar yer o\u2019zlashtirildi. Respublikada qand lavlagi, zig\u2019ir, kanop, makkajo\u2019xori, kunjut kabi ekinlar ekishga e\u2019tibor kuchaydi. Respublika SSSR da yetishtirilayotgan qand lavlagining 25 % ini ishlab chiqara boshladi. Qishloq xo\u2019jaligi ekin maydonlari strukturasi ham birmuncha o\u2019zgardi. Urushgacha ekin maydonlarining 90 % ida paxta ekilgan bo\u2019lsa, urush yillarida bu ko\u2019rsatkich ancha kamaydi. Masalan, Farg\u2019ona viloyatida paxta maydoni 51 % ga tushirildi.<\/p>\n\n\n\n<p>Urushga safarbar qilingan O\u2019zbekistonlik jangchilarning umumiy tarkibidan 263005 kishi halok bo\u2019lgan, 132670 kishi bedarak yo\u2019qolgan, 60452 vatandoshimiz nogiron bo\u2019lib qolgan. Bu raqamlar bosqinchilarga qarshi jang qilgan o\u2019zbekistonliklarning 27,6%i qurbon bo\u2019lganligidan yoki bedarak yo\u2019qolganligidan dalolat beradi. Urushga safarbar qilinganlarning bunchalik katta qismining yo\u2019qotilishi ko\u2019p jihatdan kommunistik rahbariyat, avvalo Stalinning yo\u2019l qo\u2019ygan jinoiy xato, kamchiliklari oqibatida sodir bo\u2019ldi. Birinchidan, armiyadagi ommaviy qatag\u2019onlar sovet qurolli kuchlarining jangovar qobiliyatiga halokatli zarbalar bergan edi. Faqat 1937 yilning mayidan sentyabrigacha 40 mingga yaqin polk, diviziya, korpus, brigada, harbiy okruglarga qo\u2019mondonlik qilayotgan, shtablarga rahbarlik qilayotgan zobitlar qatag\u2019on qilingan yedi. Natijada qo\u2019mondonlik tarkibining kasbiy tayyorgarligi darajasi nihoyatda pasayib ketgan edi va buning oqibatida urush boshida katta qurbonlar berilgan yedi. Qatag\u2019onlar keyingi yillarda ham davom ettirildi. Hatto 1941 yilda urush boshlangandan keyin ham bir guruh tajribali diviziya, korpus, armiya va front qo\u2019mondonlari qamoqqa olinib otib tashlangan edilar.<\/p>\n\n\n\n<p>1942-1943 yillar davomida o\u2019zbek jangchilari Don daryosi bo\u2019yidagi, Stalingrad ostonalaridagi va Kursk yonidagi janglarda ishtirok etdilar. Masalan, Stalingrad uchun bo\u2019lgan janglarda minamyotchilar rotasi komandiri M. Rustamov avgust oyida ikki hafta ichida 150 ta soldat va zobitni qirib tashladi va 20 ta yuk mashinasini yakson qildi. 1943 yil iyulida Oryol yaqinidagi Zolotaryovka qishlog\u2019i uchun bo\u2019lgan jangda farg\u2019onalik Ahmadjon Shukurov 110 nafar fashistni yo\u2019q qilib, 15 tasini asir oldi. Bu jasorati uchun unga Qahramon unvoni berildi. Dnepr uchun olib borilgan janglarda esa qahramonlik ko\u2019rsatgani uchun 26 o\u2019zbek yigitiga Qahramon unvoni berildi.<\/p>\n\n\n\n<p>O\u2019zbekiston vakillari partizanlar harakatida ham fidoiylik bilan ishtirok etdilar. Qahramon unvoni bilan taqdirlangan Mamadali Topiboldiyev nomi Belorussiyada juda mashhur. U 67 ta dushman soldat va zobitni yo\u2019q qilib, 180 tasini asirga olgan edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Mutaxassislarning fikriga ko\u2019ra Yugoslaviyadagi harbiy va partizan tuzilmalarida 6100 ta sovet fuqarosi qatnashgan. Ularning 260 tasi o\u2019zbekistonliklar edi. Yevropani fashistlar zulmidan qutqarish uchun bo\u2019lgan janglarda ham o\u2019zbekistonliklar katta jasorat ko\u2019rsatishgan. 1945 yil aprelida Kenigsberg shahrini qo\u2019lga kiritishdagi ishtiroki uchun 5140 o\u2019zbekistonlik jangchiga jangovar orden va medallar berildi. Gdansk shahri uchun bo\u2019lgan janglarda birinchi o\u2019zbek generali Sobir Rahimov qahramonlarcha halok bo\u2019ldi. Ikkinchi jahon urushi yillarida mardlik va jasorat ko\u2019rsatgani uchun 110 ming o\u2019zbekistonlik jangchi orden va medallar bilan mukofatlandi, 338 kishiga Qahramon unvoni berildi, 82 nafar jangchi uchala darajali shuhrat ordeniga sazovor bo\u2019ldi. Afsuski Stalincha rahbariyat Vatan himoyachilarining barchasiga birday iltifot ko\u2019rsatmadi. O\u2019n minglab mard jangchilar hech bir gunohsiz taxqirlash va xo\u2019rlashlarga duchor bo\u2019ldilar. Qizil armiya jangchilarining anchagina qismi urushning boshlang\u2019ich davrida asirga tushib qolgan edi. Ayrim ma\u2019lumotlarga ko\u2019ra asirga tushganlarning umumiy soni 6,2 mln kishini tashkil qilgan. Ulardan 4 mln kishi nemis konslagerlarida halok bo\u2019lgan, 1 mln kishi turli \u00abmilliy\u00bb harbiy bo\u2019linmalarga qo\u2019shilgan, tirik qolgan 1 mln kishi esa nemis lagerlarini sovet lagerlari bilan almashtirishga majbur b\u0153ldilar. Fashistlar tomonidan tuzilgan \u00abmilliy\u00bb bo\u2019linmalar orasida o\u2019zbek, turkman, qozoq, qirg\u2019iz va qoraqalpoq harbiy asirlaridan tashkil topgan \u00abTurkiston legioni\u00bb ham bor edi. Lekin ular orasida dushman tomoniga ongli ravishda o\u2019tgan va fashistlarga faol yordamlashishga qaror qilganlar salmog\u2019i unchalik ko\u2019p emas edi. Asosan, legionerlar frontga yuborishsa o\u2019zimiz tomonga o\u2019tib olamiz degan umid bilan yozilgan edilar.<\/p>\n\n\n\n<p>Legionerlarga ijtimoiy siyosiy baho berish ham murakkabligicha qolmoqda. Bu masalani chuqur o\u2019rganish va xolisona xulosa chiqarish tarixchi olimlar oldida turgan muhim vazifalarda biridir.<\/p>\n\n\n\n<p>1945 yil Gitler Germaniyasiga qarshi olib borilgan urush g\u2019alaba bilan yakunlandi. Urush maydonlarida o\u2019zbekistonliklar to\u2019kkan qon, yuz minglab berilgan qurbon bejiz ketmadi. Jahon fashizm vabosidan asrab qolindi.<\/p>\n\n\n\n<p>Urush yillarida o\u2019zbek ziyolilarining minglab namoyondalari frontga safarbar qilindi, mamlakat ichkarisida qolganlari o\u2019zlarining fidokorona mehnatlari bilan fashistlar ustidan g\u2019alaba qozonishga munosib hissa qo\u2019shdilar.<\/p>\n\n\n\n<p>Urushning birinchi kunlaridanoq O\u2019zbekiston olimlari, oliy va o\u2019rta maxsus o\u2019quv yurtlari professor o\u2019qituvchilari xo\u2019jalikni harbiy izga ko\u2019chirib uni front ehtiyojlariga bo\u2019ysuntirish bilan bog\u2019liq muammolarni hal qilishga kirishdilar. Bu boradagi ilmiy va tashkiliy ishlarni muvofiqlashtirish, ularga rahbarlik qilish sobiq SSSR FA ning O\u2019zbekiston filiali va keyinroq, 1943 yil 4 noyabrda uning asosida tashkil etilgan O\u2019zbekiston Fanlar Akademiyasi zimmasiga tushdi. Bu akademiyaning birinchi prezidenti yetib T.N. Qori-Niyoziy saylandi. Respublika olimlari faoliyatidagi asosiy yo\u2019nalishlardan biri mudofaa ahamiyatiga ega bo\u2019lgan mahalliy hom-ashyoni o\u2019rganish va o\u2019zlashtirish, yangi resurslarni izlab topish va ulardan foydalanish, korxona va dehqonchilik xo\u2019jaliklariga amaliy ilmiy-texnikaviy yordam ko\u2019rsatishdan iborat edi. Masalan, O\u2019rta Osiyo Industrial instituti va SAGU xodimlari Angren ko\u2019miridan, kauchukli o\u2019simlik va alinutlardan faollik bilan foydalanish yuzasidan tadqiqot ishlari olib bordilar. Agrar iqtisosdagi institutlarning olimlari hosildorlikni oshirish va yangi qishloq xo\u2019jalik ekinlarini joriy qilish, chorvachilik mahsulotlarini ko\u2019paytirish usullarini ishlab chiqdilar. Kimyogar olimlar kam uchraydigan materiallarning o\u2019rnini bosuvchi va turli chiqindilardan qimmatbaho mahsulotlar ishlab chiqarish usullarini topdilar. Ishlab chiqarishni kengaytirish va hom ashyo manbalarini qidirib topish maqsadida geolog olimlar faqat 1943 yilning o\u2019zida 35 ekspeditsiya tashkil qildilar. Matematika, fizika, mexanika, energetika olimlarning ilmiy izlanishlari metallni qayta ishlash, mashinasozlik va mudofaa sanoati boshqa tarmoqlarining rivojlanishini ta\u2019minladi. O\u2019zbekistonning ijtimoiy-gumanitar fanlari olimlari kommunistik mafkura doirasida bo\u2019lsada fashizm mafkurasiga qarshi kurashga, gitlerchilarning bosqinchilik faoliyatini fosh qilishga, xalqimizning yuksak vatanparvarlik tuyg\u2019ularini tarbiyalashga qaratilgan qator ilmiy-ommaviy asarlar yaratdilar.<\/p>\n\n\n\n<p>Urush davrida SSSR ning g\u2019arbiy hududlaridan ko\u2019chirilib keltirilgan olimlar O\u2019zbekiston olimlari bilan mustahkam aloqada ish olib bordilar. O\u2019zbek olimlarining urush davridagi ilmiy izlanishlari front, aholi, xalq-xo\u2019jaligi va g\u2019alaba uchun beqiyos ahamiyatga ega bo\u2019ldi. Urush davridagi katta qiyinchiliklarga qaramay respublika oliy va o\u2019rta maxsus o\u2019quv yurtlari malakali kadrlar tayyorlash yuzasidagi o\u2019z faoliyatlarini davom ettirdilar. Hammasi bo\u2019lib 20 mingdan ortiq oliy va o\u2019rta maxsus ma\u2019lumotli mutaxassislar tayyorlandi. Qiyinchiliklarga qaramay oliy maktab rivojlanib bordi. 1945 yilga kelib oliy o\u2019quv yurtlarning soni urushdan oldingi davrga nisbatan 3 taga ko\u2019paydi. Urush umum ta\u2019lim maktablarining faoliyatini g\u2019oyat murakkablashtirib yubordi. O\u2019qituvchilarning ancha qismi harbiy xizmatga chaqirilib, yuqori sinf o\u2019quvchilarining ko\u2019plari ishlab chiqarishga ketib qolishi oqibatida maktablar, o\u2019qituvchi va o\u2019quvchilarning soni birmuncha kamaydi. Bundan tashqari maktab binolarining bir qismi gospitallarga va harbiy mashq punktlarga aylantirilgan edi. Natijada faqat 1942-43 o\u2019quv yilida 210 ta maktab faoliyati to\u2019xtatildi. Maktablarni yoqilg\u2019i, darsliklar, o\u2019quv qurollari bilan ta\u2019minlash juda ham qiyinlashdi. Lekin sharoit og\u2019irligiga qaramay boshlang\u2019ich va o\u2019rta maktablarining asosiy qismi o\u2019z faoliyatini to\u2019xtatmadi, ularning tarmog\u2019i, ta\u2019lim tizimi saqlab qolindi.<\/p>\n\n\n\n<p>Og\u2019ir sinov yillarida fashizmga qarshi umumxalq kurashiga o\u2019zbek adabiyoti va san\u2019ati ham o\u2019z hissasini qo\u2019shdi. Shoir va yozuvchilar, dramaturg va publisistlar xalqni fashistlarga qarshi chuqur nafrat va g\u2019alabaga so\u2019zsiz ishonch ruhida tarbiyalaydigan yangi-yangi asarlar ustida ish olib bordilar. Oybekning \u201cYovga o\u2019lim\u201d she\u2019ri, \u201cNavoiy\u201d romani, H.Olimjonning \u201cO\u2019lim bosqinchilarga\u201d, G\u2019.G\u2019ulomning \u201cSen yetim yemassan\u201d, \u201cMen yahudiy\u201d kabi asarlari jamoatchilikning yuksak bahosiga sazovar bo\u2019ldi. Uyg\u2019un, Islom shoir, M.Shayxzoda, S.Abdulla singari shoirlar ham harbiy lirikaning maydonga kelishida faol ishtirok yetdilar.<\/p>\n\n\n\n<p>Yozuvchilar va shoirlar o\u2019z asarlari qahramonlarning obrazlarini bevosita frontlarda bo\u2019lib, jangchilar bilan uchrashib, birga yashab ularning qahramonliklarini ba\u2019zan hayotlarini xavf ostida qoldirib bo\u2019lsada, o\u2019z ko\u2019zlari bilan ko\u2019rib, undan g\u2019oyaviy ta\u2019sirlanib yaratdilar. O\u2019zbekistonga urush yillari ko\u2019plab yozuvchilar, shoirlar, san\u2019atkorlar ko\u2019chirib keltirildi. Ular orasida nafaqat mamlakat miqyosida, balki butun dunyoga tanilgan A.Axmatova, Ya.Kolas, N.Pogodin, A.Tolstoy, V.Yan kabi yozuvchilar, shoirlar bor edi. O\u2019zbek adiblari ular bilan hamkorlikda ko\u2019plab kapital asarlar yaratdilar. \u201cBiz yengamiz\u201d almanaxi, \u201cO\u2019zbekistonlik shoirlar frontga\u201d antalogiyasi shular jumlasidandir. Urush yillarida<\/p>\n\n\n\n<p>o\u2019zbek teatr san\u2019ati ham katta hajmdagi vazifalarni bajardi. Bu davrda O\u2019zbekistonda 35 ta mahalliy, 56 ta evakutasiya qilingan teatrlar ishladi. 1941 yilning iyulidan 1944 yilgacha ular 203 ta yangi postanovka qo\u2019yib 13568 ta spektakl va konsert ko\u2019rsatdilar. Urush yillarida respublika san\u2019at xodimlari 30 dan ortiq konsert brigadalari tarkibida harakatdagi armiya qismlarida 35 mingdan ortiq konsert berdilar. Brigadalar tarkibida Tamaraxonim, H. Nosirova, S.Yeshonho\u2019jayeva, M.Turg\u2019unboyeva, A.Hidoyatov, O.Yoqubov, K.Zokirov, Sh.Burhonov va boshqa san\u2019at arboblari bor edi. Urushdagi g\u2019alabaga o\u2019zbek kino, sirk san\u2019atlari ustalari, rassomlar, kompozitorlar, haykaltaroshlar, matbuot xodimlari xalq qahramonligini tarannum yetuvchi, xalqimizni vatanparvarlik, insonparvarlik ruhida tarbiyalashga hizmat qiluvchi asarlar bilan beqiyos hissa qo\u2019shdilar.<\/p>\n\n\n\n<p>Shunday qilib, urush davri o\u2019zbek fani va madaniyati xalq va armiyani dushman ustidan erishilajak g\u2019alabaga safarbar etish, xalqning ruhiy qudratini ro\u2019yobga chiqarish, olamshumul tarixiy voqealarga oz bo\u2019lsada ta\u2019sir o\u2019tkazishga qodir kuch ekanligini yorqin namoyish yetdi. Urushning og\u2019ir yillarida o\u2019zbek xalqining yuksak ma\u2019naviy ahloqiy fazilatlari, uning insonparvarlik, baynalminalchilik, vatanparvarlik xususiyatlari namoyon bo\u2019ldi. Umumiy ahvolning keskin yomonlashib, oziq-ovqat borasida qiyinchiliklar tug\u2019ilganligiga, shaharlarda oziq-ovqat kartochka tizimi joriy qilinganligiga, sanoat mahsulotlarini taqsimlashning me\u2019yorli tizimiga o\u2019tilganligiga, aholi turmush darajasining keskin pasayganligiga qaramasdan o\u2019zbek xalqi urushning ayanchli yillarida dushman vaqtincha bosib olgan hududlardagi aholiga do\u2019stona bag\u2019rini keng ochdi, o\u2019z yurtidan ayrilgan quvg\u2019inlarni, urush qurbonlarini qalb harorati bilan isitdi, ularni g\u2019amxo\u2019rlik va mehmondo\u2019stlik bilan ko\u2019nglini ko\u2019tardi, qardosh xalqlarga iqtisodiyotni tiklashda va madaniy qurilishni yo\u2019lga qo\u2019yishda yordam berdi. Urush yillarida respublikaga bir milliondan ortiq kishi, shu jumladan, 200 ming bola keldi. Kelganlar turar joy bilan ta\u2019minlanib, ishga joylashtirildi. O\u2019zbekiston aholisi o\u2019zi nochor ahvolda bo\u2019lishiga qaramasdan o\u2019z noni, kiyim-kechagi, turar joyini ko\u2019chib kelganlar bilan birga baham ko\u2019rdi.<\/p>\n\n\n\n<p>Mudofaa jamg\u2019armasi tuzish umumxalq harakatiga o\u2019zbekistonliklar o\u2019zlari muhtoj ekanligiga qaramasdan katta hissa qo\u2019shdilar. 1941-1945 yillar davomida mudofaa jamg\u2019armasiga respublika mehnatkashlari pul va davlat zayomi obligatsiyalari shaklida 650 mln so\u2019mdan ziyod mablag\u2019 topshirdilar. 22 mln so\u2019mdan ortiq qimmatbaho buyumlar, 55 kg.ga yaqin qimmatbaho metallar topshirdilar. Ana shu mablag\u2019larga 3 ta bronepoyezd, avia eskadrilya, tank kolonnalari va boshqa texnika qurilib, frontga jo\u2019natildi. O\u2019zbek xalqiga xos insonparvarlik fashistlardan ozod etilgan hududlarda xalq xo\u2019jaligini tiklashda bergan yordamida o\u2019z ifodasini topdi. 1943 yilda O\u2019zbekiston kolxoz va sovxozlari ozod qilingan tumanlarga 1152 traktor, 25 ta kombayn, 1138 ta plug 379 ta seyalka va boshqa texnika jo\u2019natdilar. O\u2019zbekistonliklar tumanlardagi maktablar va boshqa sohalar uchun pul va moddiy vositalar, darsliklar va o\u2019quv qo\u2019llanmalari, kitoblar, oziq-ovqatlar, kiyim bosh, poyafal va shu kabilarni yetkazib berdilar.<\/p>\n\n\n\n<p>Urush xalqlar o\u2019rtasidagi do\u2019stlikni, baynalminal birlikni mustahkamladi. Lekin Stalin boshchiligidagi rahbariyat urush yillarida milliy siyosatda kechirib bo\u2019lmas zo\u2019ravonlikni amalga oshirdi. 1941-1945 yillarda Volga bo\u2019yi nemislari, qalmiqlar, chechenlar, ingushlar, qrim tatarlari, qorachoylar, balqarlar, mesxeti turklariga mansub bo\u2019lganlar to\u2019lasincha, qisman litov, latish, eston, polyak, yunonlar majburiy ravishda o\u2019z ona yurtlaridan badarg\u2019a qilindilar. Ularning umumiy soni 3 mln 226 ming kishidan ortiq edi. Ko\u2019chirish ular uchun chinakam fojiaga aylandi. Ko\u2019chirish vaqtida, maxsus posyolka va lagerlarda deyarli 200 ming chechen va ingush, 120 ming qalmiq (xalqning yarmi), 40 ming qorachoylik (millatning uchdan bir qismi), 20 ming balqar (millatning yarmi) halok bo\u2019lgan edi. Stalin va uning atrofidagilar o\u2019zlarining harakatlarini fashistlar okkupasiyasi davrida ayrim shaxs va guruhlarning xoinligi uchun berilgan jazo, sovet mamlakati xavfsizligini qo\u2019riqlash deb bahona qildilar. Aslida bu zo\u2019ravonlikdan ko\u2019zlangan maqsad barcha milliy respublikalar aholisi ruhini tushirish, ularda qo\u2019rquv hissini kuchaytirish yo\u2019li bilan tuzumni mustahkamlashdan iborat edi. O\u2019zbekistonga 150 mingdan ortiq qrim tatarlar, 175 ming chechen, 157 ming ingush, 4,5 ming balkar, armani va greklar ko\u2019chirib keltirildi. Keyinchalik mesxeti turklar ham ko\u2019chirib kelindi. Stalin ma\u2019muriyati tomonidan ular \u201cdushman sheriklari\u201d deb e\u2019lon qilinganligiga, majburiy-taqiqlovchi to\u2019siqlar borligiga qaramay o\u2019zbek xalqi ularga mehr-shafqat ko\u2019rsatdi. Kelganlarga sharoitlar yaratib, uy, yer sotib olish va imorat qurish uchun qarz ajratildi, oziq-ovqat bilan yordam berildi.<\/p>\n\n\n\n<p>Shunday qilib, o\u2019zbek xalqining urush frontlaridagi jasorati, mamlakat ichkarisidagi fidokorona mehnati ikkinchi jahon urushi g\u2019olibona tugallanishining bevosita tarkibiy qismi bo\u2019ldi. Urushdan keyingi yillarda halok bo\u2019lganlar xotirasini tiklash va qadrlash maqsadida \u00abXotira\u00bb kitoblari tuzildi. Bu xayrli ishga ayniqsa mustaqillik yillarida katta e\u2019tibor berilmoqda. Poytaxtimiz Toshkentda Xotira maydoni va motamsaro ona yodgorlik majmuasi tiklandi. Viloyat markazlarida ham yodgorlik majmualari barpo etildi. Bu ishlarga boshchilik qilgan yurtboshimiz farmoni bilan 9 may \u00abXotira va qadrlash \u00bb kuni deb e\u2019lon qilindi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Insoniyat tarixida ikkinchi jahon urushi eng katta fojialardan biri sifatida o\u2019rin egallagan. Bu urushga jahonning 72 mamlakati qo\u2019shilib, ulardagi armiyalar safiga 110 mln kishi safarbar qilingan yedi. Urush davomida qariyb &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/ikkinchi-jahon-urushi-yillarida-ozbek-xalqining-fashizm-ustidan-qozonilgan-galabaga-qoshgan-hissasi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":0,"parent":0,"menu_order":0,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","template":"","meta":{"footnotes":""},"class_list":["post-980","page","type-page","status-publish","hentry","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/980","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/pages"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/page"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=980"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/980\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":981,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/980\/revisions\/981"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=980"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}