{"id":100441,"date":"2023-08-23T08:12:38","date_gmt":"2023-08-23T05:12:38","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=100441"},"modified":"2023-08-23T08:12:47","modified_gmt":"2023-08-23T05:12:47","slug":"payariq-tumani","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/payariq-tumani\/","title":{"rendered":"Payariq tumani"},"content":{"rendered":"\n<p>Payariq tumani &#8212; Samarqand viloyatidagi tuman. 1926 yil 29 sentabrda tashkil etilgan (markazi Chelak qishlog&#8217;i bo&#8217;lgan). 1953 yil Payariq tumanining bir qismidan Narimonov tumani tuzilgan. 1959 yilda Narimonov tumani Payariq tumaniga qo&#8217;shilgan (markazi Narimonov qishlog&#8217;i). 1991 yilda Payariq tumanidan Chelak tumani ajralib chiqqan. 2001 yilda yana Payariq tumani bilan Chelak tumanlari birlashtirilib, ular negizida Payariq tumani tashkil qilindi (markazi Payariq shaharchasi). Payariq tumani o&#8217;rtacha 610 metr balandlikda. Shimoli-g&#8217;arbdan viloyatning Qo&#8217;shrabot, g&#8217;arbdan Ishtixon, Jan.dan Oqdaryo va Jomboy tumanlari, shimoldan Jizzax viloyatining Forish, shimoli-sharqdan G&#8217;allaorol tumanlari bilan chegaradosh. Maydoni 1,29 ming km2. Aholisi 182,9 ming kishi (2003). Tumanda 2 shahar (Payariq, Chelak), 6 qishloq fuqarolari yig&#8217;ini (Guliston, Ko&#8217;kdala, Ko&#8217;lto&#8217;sin, Sanoat, Choshtepa, Qorasuv) bor. Tuman markazi \u2014 Payariq shahri. Tabiati. Tuman hududi Nurota tog&#8217; tizmalarining Janubda joylashgan. Relyefi shimolda tog&#8217;lar, adirlar, tog&#8217; oralig&#8217;i botiqlari, Janubiy qismi tekislikdan iborat. Tuproqlari, asosan, och bo&#8217;z tuproq, tog&#8217;etaklarida to&#8217;q bo&#8217;z tuproq, jigarrang va qo&#8217;ng&#8217;ir tog&#8217;-o&#8217;rmon tuproqlari. Yovvoyi o&#8217;simliklardan shuvoqsho&#8217;ra aralash efemerlar, bug&#8217;doyiq va tog&#8217;chalacho&#8217;l o&#8217;simliklari o&#8217;sadi. Yovvoyi hayvonlardan bo&#8217;ri, tulki, chiyabo&#8217;ri, quyon, jayran, jayra, gekkon kaltakesagi, toshbaqa, sariq ilon, echkemar, ko&#8217;rsichqon, tipratikan, kalamush, qushlardan so&#8217;fito&#8217;rg&#8217;ay, chumchuq, chug&#8217;urchiq, zarg&#8217;aldoq va boshqalar uchraydi. Iqlimi keskin kontinental. Yillik o&#8217;rtacha temperatura 13,4\u00b0, yanvarning o&#8217;rtacha temperaturasi \u2014 1,2\u00b0, iyulniki 27\u00b0. Eng yuqori temperatura 45\u00b0, eng past temperatura -28\u00b0. Vegetatsiya davri 196 kun. Yillik o&#8217;rtacha yog&#8217;in 312 mm, asosan, qishda va bahorda yog&#8217;adi. Tog&#8217;lardan oqib tushadigan mayda soylar bahor oylarida Sag&#8217;anoqsoyga borib quyiladi. Janubiy tekislik qismidan Zarafshon daryosining irmoqlari \u2014 Qorasuv va boshqa mayda soylar oqib o&#8217;tadi. Ekinlarni sug&#8217;orishda Zarafshon va boshqalar. Daryo hamda soylardan foydalaniladi. Aholisi, asosan, o&#8217;zbeklar, shuningdek, turkman, qozoq, tojik, rus, tatar va boshqa millat vakillari ham yashaydi. Aholining o&#8217;rtacha zichligi 1 km2ga 142 kishi. Xo&#8217;jaligi. Tumanda paxtachilik bilan birga don yetishtirish va chorvachilik muhim tarmoqlardan hisoblanadi. Tumanda &#171;Baltimor&#187; Rossiya \u2014 Amerika qo&#8217;shma korxonasida konserva, kompot, tomat mahsulotlari ishlab chiqariladi. Qurilish oziq-ovqat sanoati korxonalari mavjud. Paxta tozalash, g&#8217;isht zavodlari bor. Kichik, xususiy korxonalar faoliyat ko&#8217;rsatadi. Tumanda shirkat, fermer xo&#8217;jaliklari mavjud. Qishloq xo\u2019jaligida foydalaniladigan yerlarga paxta, don, kartoshka, sabzavot va poliz, yem-xashak ekinlari ekiladi. Mevazor, tokzor va tutzorlar bor. Tuman xo&#8217;jaliklarida qoramol, qo&#8217;y va echki boqiladi. Payariq tumani da 98 umumiy ta&#8217;lim maktabi, 2 musiqa, 3 sport, 1 futbol maktablari, 2 adabiyot va til markazi, Chelak sanoat-transport, Payariq, Al Buxoriy qishloq xo\u2019jalik kollejlari mavjud. Markaziy kutubxona va uning 61 tarmog&#8217;i, 2 bolalar, 1 maxsus kutubxona, Markaziy madaniyat uyi, shahar, 24 qishloq madaniyat uylari, 3 avtoklub, xalq teatri ishlab turibdi. Tumandagi Markaziy kasalxona va uning Chelak, N.Azizov, Oxunboboyev, Navoiy, Oqqo&#8217;rg&#8217;on, Ko&#8217;lto&#8217;sin hududiy bo&#8217;limlari, 2 tez tibbiy yordam bo&#8217;limi (jami 565 davolash o&#8217;rni), 2 poliklinika, 30 qishloq vrachlik punkti, 47 feldsher-akusherlik punktida 284 vrach, 1825 o&#8217;rta va kichik tibbiy xodim ishlaydi. Tuman hududidan Samarqand \u2014 Payariq \u2014 Qo&#8217;shrabot yo&#8217;llari orqali Navoiy, Jizzax viloyatiga, Samarqand \u2014 Chelak \u2014 Mitan orqali Qo&#8217;shrabottumani hamda Navoiy viloyati yo&#8217;nalishi bo&#8217;yicha avtobuslar qatnaydi. Tumandagi tarixiy va me&#8217;moriy yodgorliklar ichida eng yirigi Imom al-Buxoriy yodgorlik majmuidir. Payariq shahrining shim. qismida Tohir Shayx maqbarasi va masjidi bor. Chelaktepa, Sho&#8217;rtepa, Uchtepa, Yigirmatepa, Ernazartepa, Qorovultepa, Moylitepa, Yo&#8217;ltepa kabi tepaliklar saqlanib qolingan.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Payariq tumani &#8212; Samarqand viloyatidagi tuman. 1926 yil 29 sentabrda tashkil etilgan (markazi Chelak qishlog&#8217;i bo&#8217;lgan). 1953 yil Payariq tumanining bir qismidan Narimonov tumani tuzilgan. 1959 yilda Narimonov tumani Payariq &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/payariq-tumani\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[226],"tags":[],"class_list":["post-100441","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-p-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/100441","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=100441"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/100441\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":100462,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/100441\/revisions\/100462"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=100441"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=100441"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=100441"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}