{"id":100469,"date":"2023-08-23T08:38:57","date_gmt":"2023-08-23T05:38:57","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=100469"},"modified":"2023-08-23T08:39:00","modified_gmt":"2023-08-23T05:39:00","slug":"paleogen-sistemasi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/paleogen-sistemasi\/","title":{"rendered":"Paleogen sistemasi"},"content":{"rendered":"\n<p>Paleogen sistemasi (davri) (Yunoncha palaios \u2014 qadimgi va genos \u2014 tug&#8217;ilish, yoshi) \u2014 yer tarixi kaynozoy eratermasining boshlanish davri. Paleogen sistemasi taxminan 65-66 million yil muqaddam boshlanib, 40-42 million yil davom etgan. Paleogen sistemasi yotqiziqlari yer yuzida keng tarqalgan bo&#8217;lib, Amerika, Yevropa, shimoliy Amerikaning anchagina qismini qoplab yotadi. Paleogen sistemasida yirik tektonik harakatlar bo&#8217;lib o&#8217;tgan. Shimoliy va Janubiy Amerikaning g&#8217;arbiy qismida Kordilera va and tog&#8217;larining ko&#8217;tarilishi davom etgan. Ularning atrofida (tog&#8217;oldi bukilmalarida) qalin vulkanogen va terrigen qatlamlari to&#8217;plangan. Yevropa bilan Afrika oralig&#8217;ida, shuningdek, Osiyoning Janubiy qismida yastanib yotgan yirik geosinklinal sistema mavjud bo&#8217;lib, hozirgi Pireney tog&#8217;laridan Myanmagacha bo&#8217;lgan hududni egallagan. Paleogen sistemasining 2-yarmida burmalanish va tog&#8217;lar hosil bo&#8217;lgan, natijada O&#8217;rta dengizning Janubiy va shimoliy sohillari bo&#8217;ylab tog&#8217;li orollarning 2 zanjiri vujudga kelgan. Paleogen sistemasida Afrikaning Sharqiy chekkalari bo&#8217;ylab meridianal yo&#8217;nalgan yirik grabenlar \u2014 Sharqiy Afrika siniqlar zonasi paydo bo&#8217;lgan. Uzoq Sharq hududida tinch okean geosinklinal mintaqasi rivojlangan. Yuqoridagi regionlardan tashqari, Kichik Osiyo, Bolqon yarim oroli, Grenlandiya, Yaponiya, Kamchatka va boshqa joylarda vulkan harakatlari bo&#8217;lganligi qayd etilgan. Paleogen transfessiyasi shimoliy yarim sharning ko&#8217;p joylarida, ayniqsa, Eosen oxirida maksimal darajaga etgan. Bu vaqtda Sharqiy Yevropa platformasining Janubiy qismi, Turon va G&#8217;arbiy Sibir plitalari, Zakavkaze, O&#8217;rta va Janubiy Yevropa, Afrikaning shimoliy va boshqa joylarni suv bosgan. Oligosen boshlarida bo&#8217;lgan tektonik harakatlar dengiz regressiyasiga (O&#8217;rta Yevropa, Karib dengizi, Meksika qo&#8217;ltig&#8217;i va boshqalardan tashqari) olib kelgan. Bu davrda kontinental iqlim hukmron bo&#8217;la boshlagan. Geosinklinal havzalarda flishlar, oligosendan boshlab dengiz molasslari shakllangan. O&#8217;rta dengiz havzalarida Paleogen sistemasiga xos nummulit va lepidosiklin ohaktoshlari to&#8217;plangan. Platformalarda karbonatli gil, glaukonit va kvarsli qum, opoka, trepel, spongolit, shuningdek, gil yotqiziqlari hosil bo&#8217;lgan. Oligosen havzalarida mergel, dolomit va ankerit konkresiyali gillar keng tarqalgan. Atlantika, tinch va Hind okeanlarining tubida karbonatli, ba&#8217;zan terrigen gillar to&#8217;plangan. Kontinental yotqiziqlar orasida ko&#8217;mirli cho&#8217;kindi va qizil rangli gillar ko&#8217;p uchraydi. Paleogen sistemasining quruqlikdagi faunasi bo&#8217;r sisshemasinnkkdan keskin farq qiladi. Paleogen sistemasi boshlarida sudralib yuruvchilar (Dinozavrlar, uchuvchi kaltakesaklar va dengiz kaltakesaklari \u2014 ixtiozavr va Pliozavrlar)ning ko&#8217;pchiligi qirilib ketgan. Bu davrda hozirgi amfibiyalar yashagan, suyakli baliqlar ko&#8217;p bo&#8217;lgan. Paleogen sistemasida sut emizuvchilar keng tarqalib, paleosenda ular ibtidoiy holda bo&#8217;lgan, eosendan boshlab esa hasharotxo&#8217;rlar, kemiruvchilar, primatlar, yirtqich hayvonlar, tuyoqlilar, xartumlilar, kitsimonlar va boshqalar paydo bo&#8217;la boshlagan. Paleogen sistemasida yalang&#8217;och urug&#8217;lilar o&#8217;sgan, yopiq urug&#8217;li o&#8217;simliklar ham ko&#8217;paygan. Paleosen va quyi eosenda yopiq urug&#8217;li o&#8217;simliklar keng tarqalgan, keyinchalik yo&#8217;qolib ketgan. O&#8217;zbekistonda Paleogen sistemasi yotqiziqlari Farg&#8217;ona, Surxon va Zarafshon vodiylari, Hisor, Nurota, Zirabuloq-Ziyovuddin, Zarafshon va Turkiston tog&#8217; tizmalarining etaklari va yon bag&#8217;irlarida, Ustyurt va Qizilqum cho&#8217;lida ko&#8217;pgina hududni ishg&#8217;ol qiladi. Paleogen sistemasi yotqiziqlari oolitli dolomit, ohaktosh, qumtosh, giltosh, kvars qumlari, bentonit hamda vulkanli tog&#8217;jinslaridan tarkib topgan. O&#8217;zbekistonning quruqlik landshaftida past bo&#8217;yli, ignabargli, gulli daraxtlar taraqqiy etgan. Paleogen sistemasi yotqiziqlarida foydali qazilmalardan neft va gaz, qo&#8217;ng&#8217;ir ko&#8217;mir, marganes, temir, boksit, fosforit bor. O&#8217;zbekistonda Paleogen sistemasi yotqiziqlaridan neft va gaz, fosforit, kaliy, paligorskit, kvarsli qumlar, bezak toshlar, gips-angidrid kabi qurilish materiallari va boshqalar topilgan. Paleogen sistemasi yotqiziqlarini O&#8217;zbekistonda geologlar V. I. Popov, S. X. Mirkamolova, O. M. Akramxo&#8217;jayev, M. Z. Zokirov, M I. Egamberdiyev va boshqalar o&#8217;rganishgan. Stratigrafik jihatdan Paleogen sistemasi Paleosen, Eosen va Oligosen bo&#8217;limlariga, bo&#8217;limlar esa yarus, svita, qatlamlarga bo&#8217;linadi. Ad.: Akramxodjaev A.M., Egamberdiyev M. i dr., Litologiya, stratigrafiya i neftegazonosnost Yujnogo i Zapadnogo Uzbekistana, T., 1971; Fatxullaev G&#8217;., Husanov S, tarixiy geologiya va paleontologiya asoslari, T., 2002.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Paleogen sistemasi (davri) (Yunoncha palaios \u2014 qadimgi va genos \u2014 tug&#8217;ilish, yoshi) \u2014 yer tarixi kaynozoy eratermasining boshlanish davri. Paleogen sistemasi taxminan 65-66 million yil muqaddam boshlanib, 40-42 million yil &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/paleogen-sistemasi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[226],"tags":[],"class_list":["post-100469","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-p-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/100469","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=100469"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/100469\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":100484,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/100469\/revisions\/100484"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=100469"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=100469"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=100469"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}