{"id":100511,"date":"2023-08-23T10:30:29","date_gmt":"2023-08-23T07:30:29","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=100511"},"modified":"2023-08-23T10:30:29","modified_gmt":"2023-08-23T07:30:29","slug":"paleografiya","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/paleografiya\/","title":{"rendered":"Paleografiya"},"content":{"rendered":"\n<p>Paleografiya (Paleo&#8230; va &#8230; grafin) \u2014 yozuv belgilarining yaratilishi va ularning rivojlanishini o&#8217;rganuvchi tarixiy-filologik fan; nazariy Paleografiya tarixan o&#8217;zgargan yozuv xususiyatlarining krnuniyatlarini aniqlaydi; amaliy va tavsifiy Paleografiya muayyan qo&#8217;lyozmaning qachon va qayerda yaratilganini, uni yozgan yoki ko&#8217;chirgan shaxsning ishtirokini hamda kotiblarning ish hajmini aniklash maqsadida kotiblarning yoki ayrim qo&#8217;lyozmalarning individual (o&#8217;ziga xos) jihatlarini o&#8217;rganadi. Paleografiya mustaqil fan sifatida diplomatika (qadimgi hujjatlar, yorliqlar va qadimgi yozma manbalarning haqiqiyligini aniqlovchi soha)dan ajralib chiqqan. &#171;Paleografiya&#187; terminini birinchi marta Frantsiyalik monax Bernar de Monfokon qo&#8217;llagan (1708). Paleografiyaning asosiy vazifasi \u2014 sanasi ko&#8217;rsatilgan qo&#8217;lyozmalar yozuvining xronologik va hududiy xususiyatlarini aniqlash va tartibga solish va shu asosda muayyan matnda uning yozilish vaqti va joyi ko&#8217;rsatilmagan, bu haqda bilvosita ma&#8217;lumotlar bo&#8217;lmagan qo&#8217;lyozmalarning ham davri va joyini aniqlashdir. Paleografiya yozuv belgilarini, asosan, harflar va ularning tarkibiy unsurlarini, satrusti hamda farqlovchi belgilarni, qisqartirib yozish usullari va boshqalarni o&#8217;rganadi. Vaqt o&#8217;tishi bilan almashinib va o&#8217;zgarib turgan yozuv materiallari va qurollari ham Paleografiyaning urganish ob&#8217;yektidir. Asosiy yozuv materiallari hisoblangan palma yaprog&#8217;i, papirus, maxsus ishlov berilgan teri (Pergament) va, nihoyat, qog&#8217;ozdagi yozma manbalarni Paleografiya o\u2019rgansa, boshqa yozma yodgorliklarni Paleografiyaga yondosh bo&#8217;lgan sohalar o&#8217;rganadi. Masalan, tosh, yog&#8217;och, sopol, metall va shu kabilarda saqlangan yozuvlarni epigrafika, muhrlardagi yozuvlarni sfragistika, tangalardagi yozuvlarni numizmatika o&#8217;rganadi. Paleograf o&#8217;z tadqiqotlarida ana shu yordamchi fan sohalaridan, shuningdek, Paleografiyadan ajralib chiqqan filigranologiya (qog&#8217;ozdagi suv belgilari asosida qog&#8217;ozni ishlab chiqargan korxonani va davrni aniqlaydi), kodikologiya (qadimgi qo&#8217;lyozma kitoblarning hozirgi holatini o&#8217;rganadi), neografiya (hozirgi yozuvni, hatto mashinka yozuvi va matbaa mahsulotlarini o&#8217;rganadi)dan, matnshunoslik va kitobshunoslikdan yaxshi xabardor bo&#8217;lishi kerak. Paleografiya, asosan, tarixiy tilshunoslik, tarix, adabiyotshunoslik, san&#8217;atshunoslik ehtiyojlari uchun xizmat qiladi, chunki paleografik tahlil bu fanlar uchun manba sifatida tadqiq etilayotgan qo&#8217;lyozmani o&#8217;rganishda majburiy birinchi bosqich hisoblanadi. Paleograf tilshunoslar manbaning kelib chiqish vaqti va joyini aniklashdan tashqari, muayyan qo&#8217;lyozma kitobning yozilishida ishtirok etgan shaxs (kotib)larning ishini yoki bir necha qo&#8217;lyozmani yozgan (ko&#8217;chirgan) ayni bir shaxsning yozuv xususiyatlarini aniqlashga katta e&#8217;tibor beradi, matnshunoslik yordamida muallif yoki kotibning, binobarin, dastlabki yoki ikkilamchi qo&#8217;lyozmaning til xususiyatlarini aniqlashga harakat qiladi. Ayni paytda Paleografiya boshqa ijtimoiy fanlarning ma&#8217;lumotlari va metodlaridan foydalanadi: qo&#8217;lyozmaning til xususiyatlari asosida uning sanasini belgilash va joyini aniqlashda tilshunoslikning; ayni shunday ma&#8217;lumotlarni yorliklar va turli hujjatlardagi turg&#8217;un iboralar va so&#8217;z birikmalari asosida aniklashda diplomatikaning; matn tarixi bo&#8217;yicha ma&#8217;lumotlardan ayni shu maqsadlarda foydalanishda matnshunoslikning; qo&#8217;lyozmadagi miniatyuralar, lavxalar va boshqa badiiy bezaklarning xususiyatlarini hisobga olishda san&#8217;atshunoslikning metodlaridan foydalaniladi. 20-asrda aniq fanlarning ma&#8217;lumotlaridan ham foydalanish boshlandi: siyoh va bo&#8217;yoqlarni tahlil qilishda kimyoviy usullarning qo&#8217;llanishi; o&#8217;chib ketgan, tirnalgan, yuvilgan yoki bo&#8217;yalib, chaplashib qolgan matnlarni rang farqlovchi fototasvir orqali aniqlashda fizika ma&#8217;lumotlaridan foydalanish va boshqalar. Ba&#8217;zi tadqiqotchilar qadimgi qo&#8217;lyozmalarni o&#8217;qiy olish malakasiga ega bo&#8217;lish, qo&#8217;lyozmani ekspertiza qilish va uning haqiqiy yoki soxtaligini aniqlash, yozma manbalarning izoxli to&#8217;plamlarini nashr etish kabi ishlarni ham Paleografiyaning vazifasi deb hisoblaydilar. Holbuki, bunday ishlar matnshunoslik, manbashunoslik, diplomatika kabi soxalar doirasida amalga oshiriladi. O&#8217;rganilayotgan alifbolarning turiga muvofiq, Paleografiya Arab Paleografiyasi, turkiy Paleografiya, hind Paleografiyasi, Xitoy Paleografiyasi, yunon Paleografiyasi, lotin Paleografiyasi, slavyan Paleografiyasi va boshqa turlarga bo&#8217;linadi. Umumiy Paleografiya tushunchasi hozircha mavjud emas. Hozirgi fan oddiga har qanday davr, har qanday materialda yozilgan barcha turdagi yozuvlarning umumiy qonuniyatlarini o&#8217;rganishi mumkin bo&#8217;lgan umumiy Paleografiyani shakllantirish masalasi qo&#8217;yilgan. O&#8217;zbekistonda yozma yodgorliklarning aksariyati Arab yozuvida bo&#8217;lganligi sababli Arab Paleografiyasi bir qadar rivojlangan. Bu sohadagi tadqiqotlar, asosan, O&#8217;zbekiston Fanlar Akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutida, qisman tegishli muzeylarda amalga oshirilmoqda. Abduvahob Madvaliyev.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Paleografiya (Paleo&#8230; va &#8230; grafin) \u2014 yozuv belgilarining yaratilishi va ularning rivojlanishini o&#8217;rganuvchi tarixiy-filologik fan; nazariy Paleografiya tarixan o&#8217;zgargan yozuv xususiyatlarining krnuniyatlarini aniqlaydi; amaliy va tavsifiy Paleografiya muayyan qo&#8217;lyozmaning qachon &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/paleografiya\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[226],"tags":[],"class_list":["post-100511","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-p-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/100511","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=100511"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/100511\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":100529,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/100511\/revisions\/100529"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=100511"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=100511"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=100511"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}