{"id":100702,"date":"2023-08-24T09:41:01","date_gmt":"2023-08-24T06:41:01","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=100702"},"modified":"2023-08-24T09:41:08","modified_gmt":"2023-08-24T06:41:08","slug":"virusologiya-instituti","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/virusologiya-instituti\/","title":{"rendered":"Virusologiya instituti"},"content":{"rendered":"\n<p>Virusologiya instituti -O&#8217;zbekiston Fanlar Akademiyasi virusologiya instituti \u2014 odamlar uchun o&#8217;ta xavfli bo&#8217;lgan yuqumli kasalliklar, jumladan viruslar qo&#8217;zgatadigan kasalliklarning tarqalishi, viruslarning tashqi muhitda saqlanishi qonuniyatlarini o&#8217;rganadigan, fundamental va amaliyot uchun tadqiqotlar olib boradigan institut. O&#8217;rta Osiyo mintaqalarida viruslarning tarqalishi, virusli kasalliklar rivojlanishining mintaqaviy qonuniyatlarini o&#8217;rganish maqsadida sobiq Ittifoq tibbiyot Fanlar Akademiyasi D.I. Ivanovskiy nomidagi virusologiya institutining Toshkentdagi filiali sifatida 1978 yilda tashkil etilgan. 1988 yildan O&#8217;zbekiston Sog&#8217;liqni saqlash vazirligiga qarashli mustaqil institut, 1991 yildan Tibbiyot Fanlar Akademiyasi O&#8217;rta Osiyo bo&#8217;limi instituti, 1994 yildan O&#8217;zbekiston Fanlar Akademiyasi qaramog&#8217;ida. Institutda gepatit viruslarini aniqlash va tashhislash, virusli gepatitlar epidemiologiyasi, bolalar va kattalarda uchraydigan Gepatitlar klinikasini o&#8217;rganish, jigar hujayralarini immunelektron mikroskopik morfologiyasini o&#8217;rganish, interferon, detoksikasiya, arboviruslarni o&#8217;rganish laboratoriyalari bor. Virusologiya institutining ilmiy yo&#8217;nalishi Respublikada virusli gepatit hamda arboviruslarga xos kasalliklarning viruslarini aniqlash va ularning o&#8217;ziga xos hamda ular keltirib chiqaradigan kasalliklarning rivojlanishi va kechishi qonuniyatlarini o&#8217;rganishga qaratilgan. Institut virusli kasalliklarni o&#8217;z vaqtida aniqlash va oldini olish, asoratlarini tugatish tadbirlarini ishlab chiqadi va tibbiyot amaliyotiga tatbiq etadi. 20 yil davomida olib borilgan tadqiqotlar natijasida MDH davlatlari orasida birinchi bo&#8217;lib virusli gepatitning A, V, S, D, E turi borligi va ular o&#8217;ziga xos qonuniyatlar hamda farqlarga ega ekanligi, epidemiologiyasi, klinik rivojlanishi va qoldirajak asoratlari bilan ham bir-biridan farq qilishi aniqlanadi. 1988 yilda Virusologiya instituti tashabbusi bilan V gepatitga qarshi o&#8217;tkazilgan emlash tufayli bu kasallikning kamayishi isbotlandi va shu asosida dastur hamda loyihalar ishlab chiqildi. Mintaqada arboviruslarning turlari, ularning ekogeografiyasi aniqlandi. Bir mintaqadan ikkinchi mintaqaga viruslar va ular manbalarining ko&#8217;chib yurishi hamda kasallikning ro&#8217;yobga chiqishiga oid qonuniyatlar o&#8217;rganildi. Interferon laboratoriya O&#8217;zbekistonda keng tarqalgan dorivor o&#8217;simliklarda viruslarga ta&#8217;sir etuvchi moddalarni o&#8217;rganish va amaliyotga tatbiq etish bilan shug&#8217;ullanadi. Detoksikasiya laboratoriya bemor organizmidagi suyuqliklar va hujayralarda mavjud bo&#8217;lgan zaharli moddalarni parchalash va ularni organizmdan chiqarib yuborish usullari ustida izlanishlar olib boradi. Institutda 4 fan Doktori, 15 dan ortiq fan nomzodi va bir qancha ilmiy xodimlar faoliyat ko&#8217;rsatadi (2001).<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Virusologiya instituti -O&#8217;zbekiston Fanlar Akademiyasi virusologiya instituti \u2014 odamlar uchun o&#8217;ta xavfli bo&#8217;lgan yuqumli kasalliklar, jumladan viruslar qo&#8217;zgatadigan kasalliklarning tarqalishi, viruslarning tashqi muhitda saqlanishi qonuniyatlarini o&#8217;rganadigan, fundamental va amaliyot uchun &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/virusologiya-instituti\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[207],"tags":[],"class_list":["post-100702","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-v-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/100702","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=100702"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/100702\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":100712,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/100702\/revisions\/100712"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=100702"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=100702"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=100702"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}