{"id":100881,"date":"2023-08-24T14:32:22","date_gmt":"2023-08-24T11:32:22","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=100881"},"modified":"2023-08-24T14:32:23","modified_gmt":"2023-08-24T11:32:23","slug":"vilt-2","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/vilt-2\/","title":{"rendered":"Vilt"},"content":{"rendered":"\n<p>Vilt (inglizcha to wilt \u2014 so&#8217;lish), oq palak, so&#8217;lish \u2014 takomillashmagan zamburug&#8217;lar qo&#8217;zg&#8217;atadigan o&#8217;simlik o&#8217;tkazuvchi naylari kasalliklari (traxeomikozlar). Vertitsillyoz Vilt va fuzarioz Vilt turlari bor. Vertisillyoz Viltni Verticillium dahlia Klebahn zamburug&#8217;i qo&#8217;zg&#8217;atadi. Ikki pallali o&#8217;simliklarning qariyb 400 dan ortiq turini zararlaydi. Ayniqsa, O&#8217;zbekistonda ko&#8217;proq g&#8217;o&#8217;za, kamroq kunjut, dag&#8217;al kanop, jut, zig&#8217;ir, baqalajon, qalampir, pomidor, kartoshka, no&#8217;xat, qovun, tarvuz, mosh, loviya, yer yong&#8217;oq, kungaboqar; meva daraxtlaridan shaftoli, o&#8217;rik, olma va boshqa o&#8217;simliklar kasallanadi. Zamburug&#8217;ning rivojlanishi uchun qulay harorat 18-26\u00b0, tuproq namligi 60-80%. Zamburug&#8217; harorat -20&#8243; gacha pasayganda ham halok bo&#8217;lmaydi. Tuproqda va o&#8217;simlik qoldig&#8217;ida rivojlanayotgan zamburug&#8217;sog&#8217;lom o&#8217;simlikka o&#8217;tadi. Vertisillyoz Viltning asosiy belgilari: o&#8217;simlik barglari pastdan yuqoriga qarab zararlanadi, ksilema tomir devorlari qorayadi. Keng yaprokush o&#8217;simliklar (baqalajon, dag&#8217;al kanop, qovun va boshqalar)ning ostki yashil barglarida sariq dog&#8217;lar paydo bo&#8217;ladi, keyin barg qo&#8217;ng&#8217;ir tusga kirib quriydi, to&#8217;kilib ketadi. Ensiz yaproqli o&#8217;simliklar (kanop, kunjut, jut va boshqalar) barglarida esa bilinar-bilinmas sariq dog&#8217;lar paydo bo&#8217;lib, barglar so&#8217;liydi, egiladi va to&#8217;kiladi. Mayda bargli o&#8217;simlik (zig&#8217;ir, no&#8217;xat va boshqalar) barglari sarg&#8217;ayadi, quriydi, keyin to&#8217;kiladi yoki uvalanib ketadi. Vilt bilan kasallangan meva daraxtlarida burglar to&#8217;satdan so&#8217;lishi yoki asta-sekin qurib to&#8217;kilishi mumkin. G&#8217;o&#8217;za kuchli zararlanganda deyarli hamma barglari to&#8217;kiladi, ko&#8217;saklari esa muddatidan oldin quriydi va ochilib ketadi, tola sifati keskin pasayadi, chigit moydorligi va unuvchanligi yomonlashadi. G&#8217;o&#8217;za kuchli zararlanganda hosili 30-35% gacha, ko&#8217;saklar soni esa 14-15% gacha kamayishi mumkin. Fuzarioz Viltni Fusarium oxysporum f.v. Bilai zamburug&#8217;i qo&#8217;zg&#8217;atadi. Fuzarioz Vilt qo&#8217;zg&#8217;atuvchisining rivojlanishi ko&#8217;p jihatdan vertisillyoz Viltnikiga o&#8217;xshash. Ko&#8217;pchilik madaniy o&#8217;simliklar: beda, don, sabzavot-poliz ekinlari, g&#8217;o&#8217;za, tut va boshqalar kasallanadi. Hamma iqlim zonalarida tarqalgan. Zamburug&#8217; tuproqning 0-60 santimetr qatlamida saprofit holda, o&#8217;simlikda esa parazit bo&#8217;lib yashaydi. O&#8217;simlikning kasallanishi va nobud bo&#8217;lishi hayotiy faoliyati keskin buzilishidan, tomirlarning zamburug&#8217;iplari bilan bekilib qolishi va ular ajratadigan zaharli moddalar (fuzariy kislota, likomarazmin va boshqalar) ta&#8217;sirida yuz beradi. Fuzarioz Vilt bilan aksariyat ingichka tolali g&#8217;o&#8217;za kasallanadi. Bunda g&#8217;o&#8217;za bargining tomirlari va to&#8217;qimalari sarg&#8217;ayadi. To&#8217;rsimon dog&#8217;lar barg yuzasini butunlay qoplaydi va barglar to&#8217;kilib ketadi. Kasallikning o&#8217;simlik tanasidagi belgisi \u2014 poya ko&#8217;ndalang kesilganda suv o&#8217;tkazuvchi naychalarning qo&#8217;ng&#8217;ir tusga kirganligidir. Kurash choralari: almashlab ekish, urug&#8217;likni ekishdan oddin dorilash, daladan o&#8217;simlik qoldiqlarini yig&#8217;ishtirib olish, oraliq va ko&#8217;kat ekinlarni (kuzgi javdar, xantal, raps, kuzgi no&#8217;xat) ekish, asosiy haydashdan oldin chirigan go&#8217;ng solish,infektsiyaga chidamli navlarni ekish. O&#8217;simlikning kasallikka chidamliligini oshirish uchun g&#8217;o&#8217;zalarga 2-5 chin barg chiqarganda karbamid (mochevina)ning 1,5% li eritmasini purkash (100 l suvda 1,5 kilogramm). Traktor va qishloq xo\u2019jalik mashinalarini g&#8217;o&#8217;zasi kasallangan dalalardan sog&#8217;lom dalalarga o&#8217;tkazishdan oldin ularni kuchli bosimli suv bilan yuvish va formalin bilan dezinfektsiya qilish kerak. Ld.:Avazxodjaev M. X., Zeltser S. Sh ., Fiziologicheskie faktori viltoustoychivosti xlopchatnika, T., 1980; Borodin G. I., Runov V. I., Fiziologo-bioximicheskie Osnovi patogennosti vozbuditelya vertisilleznogo vilta xlopchatnika, T., 1983.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Vilt (inglizcha to wilt \u2014 so&#8217;lish), oq palak, so&#8217;lish \u2014 takomillashmagan zamburug&#8217;lar qo&#8217;zg&#8217;atadigan o&#8217;simlik o&#8217;tkazuvchi naylari kasalliklari (traxeomikozlar). Vertitsillyoz Vilt va fuzarioz Vilt turlari bor. Vertisillyoz Viltni Verticillium dahlia Klebahn &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/vilt-2\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[207],"tags":[],"class_list":["post-100881","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-v-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/100881","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=100881"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/100881\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":100891,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/100881\/revisions\/100891"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=100881"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=100881"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=100881"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}