{"id":101172,"date":"2023-08-25T10:10:58","date_gmt":"2023-08-25T07:10:58","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=101172"},"modified":"2023-08-25T10:11:05","modified_gmt":"2023-08-25T07:11:05","slug":"vest-indiya-2","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/vest-indiya-2\/","title":{"rendered":"Vest-Indiya"},"content":{"rendered":"\n<p>Vest-Indiya (inglizcha West Indies &#8212; aynan G&#8217;arbiy Hindiston) \u2014 Atlantika okeanining Karib dengizida joylashgan bir necha ming orolning umumiy nomi. Shimoliy va Janubiy Amerika materiklari oralig&#8217;ida. Bagama orollarini, katta va Kichik Antil orollari va boshqa orollarni o&#8217;z ichiga oladi. Shimoliy Amerikaga mansub. Umumiy maydon 240 ming km2 ga yaqin. Aholisi 35 million kishi (1990-yillar o&#8217;rtalari), ko&#8217;pchiligi negr, mulat va kreollar. Relefining aksari qismi tog&#8217;li, karstli joylar ko&#8217;p. Vest-Indiyada tez-tez yer qimirlab turadi. Kichik Antil orollarida so&#8217;nmagan vulkanlar bor. Vest-Indiya orollari mezokaynozoy yoshidagi vulkanik va cho&#8217;kindi jinslardan tuzilgan. Eng baland cho&#8217;qqisi Gaiti orolidagi Truxilo tog&#8217;i \u2014 3175 metr. Vest-Indiyada foydali qazilma ko&#8217;p. Kubada marganes, xromit va temir rudalari, Trinidad orolida tabiiy asfalt, neft, Yamayka orolida boksit konlari bor. Vest-Indiyada tropik Passat va ekvatorial musson iqlim hukmron. Yanvarning o&#8217;rtacha temperaturasi shimolda 21\u00b0, Janubda 26\u00b0. O&#8217;rtacha yillik yog&#8217;in 1000-1500 mm. Daryolari qisqa, tez oqadi. Doim yashil o&#8217;rmonlar, savannalar bor. Vest-Indiya tropik bo&#8217;ronlar paydo bo&#8217;ladigan joy. Tekislik qismlarida shakarqamish, kofe, tamaki, paxta yetishtiriladi. Vest-Indiyada Antigua va Barbuda, Bagama orollari, Barbados, Gaiti, Grenada, Dominika, Dominikana Respublikasi, Kuba, Sent-Vinsent va Grenadina, Sent-Kits va Nevis, Sent-Lyusiya, Trinidad va Tobago, Yamayka davlatlari hamda Buyuk Britaniya, Niderlandiya, Frantsiya va AQSh mulklari bor. Orollarning ko&#8217;pchiligi Xristofor Kolumb tomonidan 1492\u2014 1502 yillarda Hindistonga dengiz orqali g&#8217;arbdan boriladigan yo&#8217;lni qidirish vaqtida kashf qilingan. Kolumb orollarni Hindistonning bir qismi deb hisoblagan va shu bois Hindiston deb atagan. Yevropaliklar haqiqiy Hindistonni kashf qilganlaridan so&#8217;ng undan farqlash uchun &#171;G&#8217;arbiy&#187; so&#8217;zi qo&#8217;shilgan.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Vest-Indiya (inglizcha West Indies &#8212; aynan G&#8217;arbiy Hindiston) \u2014 Atlantika okeanining Karib dengizida joylashgan bir necha ming orolning umumiy nomi. Shimoliy va Janubiy Amerika materiklari oralig&#8217;ida. Bagama orollarini, katta va &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/vest-indiya-2\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[207],"tags":[],"class_list":["post-101172","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-v-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/101172","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=101172"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/101172\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":101181,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/101172\/revisions\/101181"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=101172"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=101172"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=101172"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}