{"id":101459,"date":"2023-08-26T20:32:59","date_gmt":"2023-08-26T17:32:59","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=101459"},"modified":"2023-08-26T20:36:05","modified_gmt":"2023-08-26T17:36:05","slug":"qoqon-xonligi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/qoqon-xonligi\/","title":{"rendered":"Qo&#8217;qon xonligi"},"content":{"rendered":"\n<p>Qo&#8217;qon xonligi &#8212; o&#8217;zbek xonliklaridan biri (18-19-asrlar). Poytaxti \u2014 Qo&#8217;qon. Minglar urug&#8217;idan bo&#8217;lgan Shohruxbiy 1709 yilda asos solgan. Bu davlat tarkibiga dastlab Qo&#8217;qon, Namangan. Marg&#8217;ilon, Konibodom, Isfara va ularning atrofidagi qishloqlar kirgan. Abdurahimbiy davrida Buxoro xonligiga harbiy yurish qilinib Samarqand egallanadi (1732). Abdulkarimbiy davrida 1746 yil qalmoqlar Farg&#8217;ona vodiysiga hujum qilib, O&#8217;sh, Andijon, Marg&#8217;ilon shaharlarini egallab, Qo&#8217;qonni qamal qilgan. Qo&#8217;qonliklar yordamga kelgan O&#8217;ratepa hokimi Fozilbiy qo&#8217;shinlari bilan birgalikda ularni Farg&#8217;ona vodiysidan quvib chiqarishgan. Norbo&#8217;tabiy davrida Chust va Namangan beklarining mustaqillik uchun ko&#8217;targan g&#8217;alayonlari bostirilgan. Mamlakatda sug&#8217;orish inshootlari barpo qilinadi, savdo va hunarmandchilik, Qo&#8217;qon xonligi birmuncha rivoj topadi va nisbatan arzonchilik bo&#8217;ladi. Norbo&#8217;tabiyning o&#8217;g&#8217;li Olimbek hukmronligi davrida Qo&#8217;qonning siyosiy mavqei yanada kuchaygan, harbiy islohot o&#8217;tkazilgan, Ohangaron vohasi, Toshkent, Chimkent va Sayram tobe etilgan, tashqi savdoga ham e&#8217;tibor kuchaytirilgan. 1805 yil davlat rasman Qo&#8217;qon xonligi deb e&#8217;lon qilinib, Olimbek &#171;xon&#187; unvonini olgan. Olimxonning markazlashgan kuchli davlat tuzish borasida qilayotgan harakatlari ayrim mansabparast zodagonlar guruhida norozilik kayfiyatlarini vujudga keltiradi. Natijada ular Olimxonning safardaligidan foydalanib 1810 yil Qo&#8217;qonda &#171;Olimxon Toshkentda o&#8217;ldi&#187;, degan mish-mish tarqatishadi va uning ukasi Umarbekka toj kiygizadilar. Olimxon bundan xabar topib, Qo&#8217;qonga yo&#8217;l oladi, biroq u Oltiqush mavzeida otib o&#8217;ldirilgan. Umarxon davrida xonlik hokimiyatini mustahkamlash va kengaytirish choralari ko&#8217;rilgan. 1815 yil Buxoro xonligiga qarashli Turkiston, 1817 yil esa O&#8217;ratepa bosib olingan. Sirdaryo bo&#8217;yida bir qancha harbiy istehkomlar barpo etilgan; sug&#8217;orish inshootlarini kengaytirish, kanallar qazish, masjid va madrasalar qurishga e&#8217;tibor berilgan. Xususan, Qo&#8217;qon, Toshkent, Turkiston, Chimkent, Sayram, Avliyoota (hozirgi Jambul)da masjid va madrasalar qurilgan. Mozorlar tartibga solingan. Umarxon hukmronligi davrida Qo&#8217;qon xonligida fan, adabiyot, san&#8217;at nisbatan yuksalgan. Bunda uning sevimli xotini \u2014 mashhur o&#8217;zbek shoirasi Nodirabetimning xizmati katta bo&#8217;lgan. Umarxonning o&#8217;zi ham &#171;Amiriy&#187; taxallusi bilan o&#8217;zbek va tojik tillarida g&#8217;azallar yozgan. Umarxon vafotidan so&#8217;ng uning 12 yoshli o&#8217;g&#8217;li Muhammad Alixon taxtga o&#8217;tirgan. Xon yosh bo&#8217;lganligi uchun davlatni dastlabki davrda onasi Nodirabegim boshqargan. Nodirabegim madaniyat va san&#8217;atni rivojlantirishga intilgan. 1826 yil Sharqiy Turkistonda xitoylarga qarshi bosh ko&#8217;targan musulmon aholiga yordam berish uchun qo&#8217;shin tortib borilgan. Natijada Xitoy hukumati Sharqiy Turkistonning 6 ta shahri (Oqsuv, Qashqar, Yorkend, Xo&#8217;tan va boshqalar) dan soliq olish huquqini Qo&#8217;qon xonligiga berishga majbur bo&#8217;lgan. Muhammad Alixon xonlik hududini kengaytirishga intilib, Janubiy Olay tog&#8217; etagidagi Qorategin, darvoz, Shug&#8217;non, Ro&#8217;shon, Vohon bekliklarini bo&#8217;ysundirgan. Bu davrda xonlikda sug&#8217;orish ishlari ancha yo&#8217;lga qo&#8217;yilgan. Toshkent yaqinida Xonariq kanali qazilgan. Tashqi iqtisodiy-savdo aloqalari ham ancha yaxshilangan. Buxoro amiri Nasrullo bilan yuz bergan urushda (1840 yil) Muhammad Alixon engilib, Xo&#8217;jandni Amir Nasrulloga topshirishga va o&#8217;zini uning noibi deb tan olishga majbur bo&#8217;lgan. Ammo Buxoro \u2014 Qo&#8217;qon munosabatlari bundan keyin ham keskinlashgan. Natijada 1841 yil noyabr oyida Muhammad Alixon o&#8217;z ukasi Sulton Mahmud foydasiga taxtdan voz kechgan. Bu voqeadan xabar topgan Amir Nasrullo Qo&#8217;qonga bostirib kelib, uni talon-toroj qiladi. U shu qirg&#8217;in-barot davomida Muhammad Alini, uning ukasi Sulton Mahmudxonni, onasi Nodirabegimni va boshqa yuqori mansabdorlarni qatl ettiradi. Amir farmoni bilan Qo&#8217;qon xonligi Buxoro noibi tomonidan boshqarila boshlangan. Amir noibi Qo&#8217;qon xonligi aholisiga og&#8217;ir soliqlar yuklaydi. Natijada 1842 yil yozida qo&#8217;qonliklar qo&#8217;zg&#8217;olon ko&#8217;taradi, Amir Nasrulloga sodiq kishilarning ko&#8217;pchiligini o&#8217;ldiradilar va Norbo&#8217;tabiyning ukasi Hojibekning o&#8217;gli Sheralini xon qilib ko&#8217;tarishadi. Buni eshitgan Buxoro amiri Qo&#8217;qonga qo&#8217;shin tortib o&#8217;z hukmronligini qayta o&#8217;rnatish uchun uni qamal qiladi. Biroq qamalning qirqinchi kuni Xiva xoni Olloqulixonning Buxoro hududiga qilgan hujumi haqidagi xabarni eshitib, orqaga qaytishga maj-bur bo&#8217;lgan. Natijada qo&#8217;ldan ketgan ko&#8217;pgina hududlar (Xo&#8217;jand, Toshkent) yana Qo&#8217;qon xonligi ixtiyorida qoladi. Sheralixonning (1842-45) taxtga o&#8217;tirishida ko&#8217;makchi va xayrixoh bo&#8217;lgan qipchoqlardan Musulmonqul mingboshi qilib tayinlangan. Musulmonqul, asosan, harbiy ishlar bilan shug&#8217;ullangan va xon qo&#8217;shinlarining tarkibini ko&#8217;proq qipchoq yigitlari bilan to&#8217;ldirgan. Musulmonqul o&#8217;z mavqeidan foydalanib, Sheralixonga o&#8217;z ta&#8217;sirini o&#8217;tkazishga intilgan. Ammo xon bunga yo&#8217;l qo&#8217;ymaslikka intiladi. Musulmonqul xondan norozi bo&#8217;lib, boshqalarning qo&#8217;li bilan suiqasd uyushtirishga harakat qilgan. 1845 yil O&#8217;shda xonning soliq siyosatiga qarshi qo&#8217;zg&#8217;olon boshlanadi. Musulmonqul qo&#8217;zg&#8217;olonni bostirishga ketganida, uning sheriklari Olimxonning o&#8217;g&#8217;li Murodbekni Qo&#8217;qonga taklif qilib taxtga o&#8217;tqazganlar. Sheralixon o&#8217;ldirilgan. Taxtni saqlab qolish uchun Murodxon o&#8217;zini Buxoro amirining noibi deb tan olishga majbur bo&#8217;lgan. Musulmonqulni mingboshi lavozimida qolganligi haqida farmon chiqaradi va uning Qo&#8217;qonga qaytishini talab qiladi. Musulmonqul esa O&#8217;shdan Namanganga kelib qizini Sheralixonning o&#8217;g&#8217;li Xudoyorga turmushga beradi va u bilan Qo&#8217;qonga kelib, Murodxonni o&#8217;ldirib, yo&#8217;sh Xudoyorni xon deb e&#8217;lon qiladi. Musulmonqul xonning yoshligidan foydalanib xonlikni deyarli mustaqil ravishda o&#8217;zi boshqaradi, katta lavozimlar qipchoqlarga ulashib beriladi. Natijada Musulmonqulga qarshi xonlik hududida norozilik harakati kuchaydi va u mingboshilikdan bo&#8217;shatiladi. Musulmonqul o&#8217;z mavqeini tiklamoqchi bo&#8217;lib, ruslar bilan aloqa o&#8217;rnatishga intiladi va ruslarning vakili V.V.Velyaminov-Zernov bilan 1853 yil bahorida maxfiy uchrashadi. Musulmonqulning rus qo&#8217;mondoni vakili bilan uchrashgani va hokimiyatni o&#8217;z qo&#8217;liga olmoqchi bo&#8217;lganligidan xabar topgan o&#8217;zbek va qirg&#8217;iz zodagonlari (Muhammad Niyoz Qushbegi, Muhammad Rajab Qo&#8217;rboshi, Muhammad Yoqubbek qushbegi va boshqalar) qipchoqlardan qutulish yo&#8217;lini axtarib Xudoyorxonni o&#8217;zlari tarafga og&#8217;dirib, 1853 yil qipchoqlar qirg&#8217;inini boshlab yuborishgan. Musulmonqul asirga olinib, qatl qilingan. Biroq Qo&#8217;qon xonligida o&#8217;zaro taxt uchun kurashlar tinchimagan, yuqoridagi harbiy amaldorlar Xudoyorxonga qarshi fitna tayyorlaganlar, biroq u muvaffaqiyatsiz chiqqan. Qisqa vaqt ichida xonlar bir necha marta almashgan (1852-62 yillarda Sheralixonning o&#8217;g&#8217;li Mallaxon, 1862-63 yilda Shohmurodxon, 1863 yil may-iyunda yana Xudoyorxon, 1863 yil iyul \u2014 1865 yillarda Mallaxonning o&#8217;g&#8217;li Sulton Sayidxon xon bo&#8217;lgan). 1865 yil Qo&#8217;qonda qipchoq va qirg&#8217;izlar Xudoyqulbekni tantanavor ravishda xon deb e&#8217;lon qiladilar. U atigi 14 kungina xonlik qiladi, so&#8217;ngra barcha xazinani va qimmatbaho narsalarni olib, Qashqarga qochib ketgan. Xudoyorxon hech qanday qarshiliksiz Qo&#8217;qon taxtini qayta egallagan (1865\u2014 75). Bunday beqaror ichki vaziyatdan foydalangan Rossiya Qo&#8217;qon xonligiga qarshi istilochilik harakatlarini boshlab yuborgan. Natijada 1853-65 yillar davomida Oqmachit, To&#8217;qmoq, Pishpak, Avliyoota, Turkiston, Chimkent, Toshkentni va ularning atrof hududlarini bosib oladi. 1867 yil 14 iyulda imperator Aleksandr II Turkiston harbiy okrugini ta&#8217;sis etdi va O&#8217;rta Osiyoda bosib olingan va saltanat tarkibiga kiritilgan hududlar hisobidan Turkiston general-gubernatorligini tashkil qildi. Chorizm bosqini tufayli Qo&#8217;qon xonligi chegaralari ancha qisqarib ketdi. Xazinaga tushadigan daromadlar keskin kamaydi. Xon xazinani to&#8217;ldirish uchun yangidan qo&#8217;shimcha soliqlar joriy etdi. Xalq bundan norozi bo&#8217;lib 1871 yil So&#8217;xda g&#8217;alayon ko&#8217;taradi. Bu g&#8217;alayon qurolli qo&#8217;zg&#8217;olonga aylanib ketdi. O&#8217;rta Osiyo tarixida eng uzoq davom etgan &#171;Po&#8217;latxon&#187; qo&#8217;zg&#8217;oloni bo&#8217;lib o&#8217;tadi. Rus qo&#8217;shinlari qo&#8217;zg&#8217;olonchilarni yengdilar va Po&#8217;latxon asirga olindi. U 1876 yil 1 mart oyida Marg&#8217;ilon shahrida dorga osiladi. Chor qo&#8217;shinlari Qo&#8217;qon xonligini bosib olib, xonlikni rasman bekor qiladilar va o&#8217;rniga Farg&#8217;ona viloyatini ta&#8217;sis etadilar. Qo&#8217;qon xonligida quyidagi mansablar mavjud bo&#8217;lgan: mingboshi, otaliq, shayxulislom, qozikalon, qushbegi, mehtar, parvonachi, naqib, dodxoh, eshik og&#8217;asi, inoq, shig&#8217;ovul, to&#8217;qsoba, miroxur, qoravulbegi va boshqalar. Qo&#8217;qon xonligida mavjud bo&#8217;lgan harbiy unvonlar quyidagicha bo&#8217;lgan: mingboshi \u2014 odatda, u vazirlik vazifasini birga olib borgan. Keyin ponsadboshi, yuzboshi, ellikboshi, o&#8217;nboshi, zambarakchi va boshqalar. Bulardan tashqari, boshqa harbiy mansablar ham bo&#8217;lgan. Qo&#8217;qonda yashagan sarboz va to&#8217;pchilar faqat alohida vazifadagi noib, dodxohning doimiy tasarrufida bo&#8217;lganlar. Urush davrida noib, dodxoh o&#8217;z qismiga harakatdagi qo&#8217;shinning hamma sarbozlarini qabul qilgan, unga vaqtinchalik boshchilik qilishni maxsus tayinlangan amiri lashkar (bosh qo&#8217;mondon)ga topshirardi. 19-asrning 1-yarmida Qo&#8217;qon xonligi tarkibiga quyidagi hududlar kirardi: Sirdaryoning so&#8217;l sohili bilan Qorategin oralig\u2019idagi Qo&#8217;qon viloyati; Sirdaryoning o&#8217;ng sohilidan to Olatovgacha bo&#8217;lgan Namangan viloyati; Xo&#8217;jand shahri; Xo&#8217;jand bilan Toshkent oralig&#8217;idagi O&#8217;ratepa viloyati. Xonlikning eng shimoliy viloyati Turkiston, Betpaq-dala sahrolariga borib taqalardi. Bundan tashqari, xonlik tarkibiga olay hududi, Balxash ko&#8217;li bilan Sirdaryoning yuqori oqimi oralig&#8217;idagi yerlar kirardi. Billurtog&#8217;ning g&#8217;arbiy tomonidagi Qorategin, Darboz, Ko&#8217;lob, Shug&#8217;non singari bir qator tog&#8217;li tumanlar ham Qo&#8217;qon xonligiga tegishli edi. Bu yerlarni qo&#8217;qonliklar 19-asrning 30-yillarida bo&#8217;ysundirishgan bo&#8217;lsada, ular tez-tez qo&#8217;ldan-qo&#8217;lga, ko&#8217;proq Buxoro amiri ixttiyoriga o&#8217;tib turardi. Qo&#8217;qon xonligi aholisining soni 3 millionga yaqin edi. Chorizm qo&#8217;shinlari uning shimoliy- g&#8217;arbiy viloyatlarini bosib olgach, xonlik hududi ancha qisqarib, asosan, Farg&#8217;ona vodiysi bilan cheklanadi va aholi soni taxminan 2 millionga tushib qoladi. Qo&#8217;qon xonligining aholisi, asosan, o&#8217;zbeklar, tojiklar, qirg&#8217;izlar, qozoqlar, uyg&#8217;urlar, qoraqalpoqlardan iborat edi. Qo&#8217;qon xonligida ham erga egalik qilish va undan foydalanish turli xil bo&#8217;lgan. Xonlikka qarashli bo&#8217;lgan yerlar amlok yerlar, vaqf yerlari, mulki xiroj va mulki ushriyaga taqsimlangan. Dehqonlar o&#8217;rtasida yakka dehqon xo&#8217;jaligi ham rivojlangan. O&#8217;z yerlaridan ajralgan kambag&#8217;al dehqonlarning ko&#8217;pchiligi yirik yer egalari qo&#8217;lida chorakorlik qilganlar. Yerning bahosi uning unumdorligi va qanchalik suv bilan ta&#8217;minlanganligiga qarab belgilangan. Xonlar sug&#8217;orish tarmoqlari katta daromad manbai bo&#8217;lganligi sababli ma&#8217;lum darajada ularni saqlashga, sug&#8217;orish inshootlarini yanada kengaytirishga yaxshi e&#8217;tibor berishgan. Qo&#8217;qon xonligida ko&#8217;plab paxta va poliz ekinlari yetishtirilgan, bog&#8217;dorchilik hamda pillachilik taraqqiy etgan. Hunarmand-kosibchilik mazmunan boy va serqirra bo&#8217;lgan. Bular: misgarlik, zargarlik, o&#8217;ymakorlik, harbiy qurol ishlab chiqairish, sopol va ko&#8217;zagarlik, qog&#8217;ozgarlik, badiiy to&#8217;qimachilik, do&#8217;ppichilik, kashtachilik, ko&#8217;priksozlik, temirchilik va sh.k. Bulardan tashqari, xonlikda yer osti boyligi ham ma&#8217;lum darajada qazib olingan. Ammo ularni ishlab chiqarish sodda va kam ediki, ular ehtiyojni qondira olmasdi. Masalan, xonlikda ishlab chiqarilgan metall Rossiyadan olib kelingan metalldan qimmatga tushardi. Qo&#8217;qon xonligida ishlab chiqilgan mahsulotlar esa chet ellarga ham olib chiqilar edi va ularga talab ham bor edi. Shuning uchun bu soha ma&#8217;lum darajada rivojlana borgan. Savdo-sotiq Qo&#8217;qon xonligi hayotida katta va muhim o&#8217;rin egallagan. U ichki va tashqi savdoga bo&#8217;lingan. Osiyo xonliklarida ichki savdo, asosan, qad. davrdan beri o&#8217;zaro ko&#8217;chmanchi chorvador, o&#8217;troq dehqonlar va shahar-qishloq hunarmandlari mahsulotlariga asoslangan edi. Aholi o&#8217;zining ehtiyojlarini asosan o&#8217;z xonligidagi mahsulotlar bilan qondirishgan. Qo&#8217;qon xonligining iqtisodiy hayotida Buxoro, Xiva, Qashqar, Hindiston, Afg&#8217;oniston, Eron va ayniqsa, Rossiya bilan bo&#8217;lgan tashqi savdo katta o&#8217;rinni egallagan. Rossiya bilan olib borilgan savdo munosabatlari Qo&#8217;qon xonligi qishloq xo&#8217;jaligi ayrim tarmoqlarining rivojlanishiga olib keldi va rus madaniyatining ba&#8217;zi jihatlari aholi turmush tarziga kira boshladi. Qo&#8217;qon xonligi Rossiyaning xom ashyo bazasiga va tashqi savdo bozoriga aylana bordi. Rossiya sanoati tovarlarining olib kelinishi mahalliy sanoat korxonalarini va ayrim hunarmandlarning inqirozga uchrashiga sabab bo&#8217;ldi. Qo&#8217;qon, Marg&#8217;ilon va Namangan shaharlarida ip va ipak matolar (atlas, shoyi, beqasam, adras, chit, bo&#8217;z va boshqalar) to&#8217;qilgan. Shuningdek, boshqa hunarmandchilik tarmoqlarida-xo&#8217;jalik asboblari, dehqonchilik uchun kerakli uskunalar, qurol-yaroqlar, zargarlik buyumlari, qog&#8217;oz va boshqa narsalar ishlab chiqarilgan. Yer osti boyliklaridan neft, oltin, kumush, mis, rux, temir, qo&#8217;rg&#8217;oshin va boshqalar ham ma&#8217;lum miqdorda qazib olingan. Xonlikda paxta va poliz ekinlari yetishtirilgan, bog&#8217;dorchilik va pillachilik ham taraqqiy etgan. Qo&#8217;qon xonligidan chet davlatlarga quritilgan mevalar, jun, teri, ipak, gilam, paxta va ipak matolar chiqarilgan. tashqi mamlakatlardan esa turli metall rudalari, metall buyumlar, qand va boshqa mahsulotlar keltirilgan. Madaniyati. Qo&#8217;qon xonligining 18-19-asrlar 1-yarmida kechgan madaniy hayotida ham sezilarli ijobiy o&#8217;zgarishlar va siljishlar yuz berib borganligi ayondir. 19-asrda Qo&#8217;qon xonligida tarixnavislik sezilarli ravishda o&#8217;sib borgan. Oldinlari yozilgan bir necha tarixiy asarlar fors va Arab tillaridan o&#8217;zbek tiliga tarjima qilindi va yangi kitoblar yozildi. Bu yangi asarlarning o&#8217;ziga xos xususiyatlari ham bor edi \u2014 ularning ayrimlari she&#8217;riy yoki qisman she&#8217;riy yo&#8217;lda yozildi. Bu esa qo&#8217;qonlik tarixchilarning adabiyotni yaxshi bilibgina qolmay, o&#8217;zlari ham she&#8217;riyatda qalam tebratganliklarini ko&#8217;rsatadi. Masalan, &#171;tarixi jahonnamoyi&#187; (Junayd Mullo Avazmuhammad Mullo Ro&#8217;zi Muhammad so&#8217;fi o&#8217;g&#8217;li), &#171;Shohnoma&#187; (Abdulkarim Fazliy Namangoniy), &#171;Shohnomayi Umarxoniy&#187; (Mirzo Qalandar mushrif Isfaragiy, u Fazliy Namangoniyning &#171;Zafarnoma&#187; asarini nasriy qilib yozgan). &#171;Muntaxab attavorix&#187; (Xo&#8217;ja Muhammad Hakimxon-to&#8217;ra bin Sayid Ma&#8217;sumxon), &#171;Tarixi Shohruxiy&#187; (&#171;tarixi sayyidi Xudoyorxon&#187;, Mullo Niyoz Muhammad Xo&#8217;qandiy Niyoziy bin mullo bin Ashur Muhammad Xo&#8217;qandiy), &#171;tarixi jadidai Toshkand (Muham-mad Solihxo&#8217;ja ibn Qorixo&#8217;ja), &#171;Shohnoma&#187; (Mahzun Ziyovuddin Xo&#8217;qandiy), &#171;Jangnomai Xudoyorxon&#187; (Shavqiy Namangoniy) va boshqalar. 19-asr boshlarida shakllangan Qo&#8217;qon adabiy muhiti ham xonlikning madaniy hayotida katta o&#8217;rin tutgan. Qo&#8217;qon hukmdorlarining qator namoyandalari Temuriylar an&#8217;anasini davom ettirib, o&#8217;zlari ham ilm-ma&#8217;ridat bilan shug&#8217;ullanib, bu sohani ravnaq topdirishga katta sa&#8217;y-harakat qilganlar. Ayniqsa, bunda Qo&#8217;qon xonlaridan Umarxon (1810-22) va Muhammad Alixon (1822-41) davrlari yaqqol ajralib turadi. Xususan, Akmal (Maxmurning otasi), Amiriy (Qo&#8217;qon xoni Umarxon), Boqixonto&#8217;ra, Muhammad Sharif, Gulxaniy, Maxmur (Mahmud), Muntazir, Nizomiy Xo&#8217;qandiy (asl nomi Nizomiddin Muhammadaminxo&#8217;ja o&#8217;g&#8217;li), Nodir, Nozil Muhammad Avaz, Avazmuham-mad Yormuhammad o&#8217;g&#8217;li Pisandiy, Fazliy Namangoniy, G&#8217;oziy singari shoirlar xalq ichida mashhur edilar. Qo&#8217;qon adabiy muhitining yana bir muhim xarakterli jihati shundaki, bu davrda o&#8217;zbek va fors-tojik tilida bab-baravar qalam tebratgan bir qator taniqli va mashhur o&#8217;zbek shoiralari iste&#8217;dodi keng rivoj topdi. Masalan, Dilshod otin, Zebuniso, Zinnat, Mohzoda Begim, Mahzuna, Mushtariy, Nodira, Nozuk Xonim, Uvaysiylarning ijodi ayricha ahamiyatga molikdir. Qo&#8217;qon adabiy muhitining samarali ta&#8217;siri o&#8217;laroq bu yurtdan keyinchalik Muqimiy, Furqat, Zavqiy va boshqalar yetuk badiiy so&#8217;z san&#8217;atkorlari yetishib chiqdilar va o&#8217;z xalqining erki, hurligi va ozodligi uchun xizmat qildilar. Umuman olganda, 19-asrning o&#8217;rtalariga kelib, O&#8217;rta Osiyo xonliklarida adabiyot va tarixshunoslik bilan bir qatorda matematika, tibbiyot, geografiya, astronomiyaga oid hamda diniy asarlar yaratildi. Bu xonliklarda miniatyura va xattotlik san&#8217;ati ham o&#8217;z o&#8217;rniga ega. Bu davrning madaniy hayotida dorbozlik, askiya, qo&#8217;g&#8217;irchoq teatri, masxa-rabozlik, ayniqsa, bastakorlik birmuncha rivojlandi. Qo&#8217;qon xonligining barcha bekliklarida madrasa, maktab va qorixonalar mavjud edi. Madrasalarda ham diniy, ham dunyoviy fanlar bo&#8217;yicha tanilgan mudarrislar, olimlar bor bo&#8217;lganligi uchun ham bu erga turli mamlakatlardan ko&#8217;plab talabalar kelib o&#8217;qishgan. Ad.: Bobobekov H., Qo&#8217;qon tarixi, T., 1996. Haydarbek Bobobekov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Qo&#8217;qon xonligi &#8212; o&#8217;zbek xonliklaridan biri (18-19-asrlar). Poytaxti \u2014 Qo&#8217;qon. Minglar urug&#8217;idan bo&#8217;lgan Shohruxbiy 1709 yilda asos solgan. Bu davlat tarkibiga dastlab Qo&#8217;qon, Namangan. Marg&#8217;ilon, Konibodom, Isfara va ularning atrofidagi &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/qoqon-xonligi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[191],"tags":[],"class_list":["post-101459","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-q-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/101459","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=101459"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/101459\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":101460,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/101459\/revisions\/101460"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=101459"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=101459"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=101459"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}