{"id":101937,"date":"2023-08-27T16:01:43","date_gmt":"2023-08-27T13:01:43","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=101937"},"modified":"2023-08-27T16:01:44","modified_gmt":"2023-08-27T13:01:44","slug":"xalifalik-3","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/xalifalik-3\/","title":{"rendered":"Xalifalik"},"content":{"rendered":"\n<p>Xalifalik \u2014 7-8-asrlarda Arab istilolari natijasida Arabiston yarim oroli, Yaqin va O&#8217;rta Sharq, shimoliy Afrika, Ispaniya, Markaziy Osiyo va Kavkazortini o&#8217;z ichiga olgan davlat. Ibn Xaldutning yozishicha, &#171;johiliya arablari&#187; faqat diniy sifatdagi (payg&#8217;ambarlik, valiylik, kohinlik va hokazolar) hokimiyatni tan olganlar. Shuning uchun ham hijratdan so&#8217;ng (622 yil) Madinada barpo bo&#8217;lgan va 630-632 yillarda butun Arabiston yarim orolini o&#8217;z ichiga olgan tuzum Islom diniga asoslangan, teokratik davlat shaklini olgan. Bu davlatning boshlig&#8217;i \u2014 Rasululloh \u2014 Allohttg elchisi, ammo u abadiy emasligi payg&#8217;ambarning o&#8217;zi tomonidan qaytaqayta ta&#8217;kidlab kelingan. Bu davlatni kelajakda boshqaradiganlar siyosiy usullardan foydalanishlari muqarrar edi, zero Muhammad (sav) \u2014 payg&#8217;ambarlarning oxirgisi (Xotam ulanbiyo). Birinchi bo&#8217;lib bu haqiqat Payg&#8217;ambar (sav) tomonidan anglandi. &#171;Xalifalik mendan keyin ummatlarim ichida o&#8217;ttiz yil, so&#8217;ngra amirlik (podsholik) dir&#187;, degan mazmundagi hadis aynan shu fikrni isbotlaydi. Darhaqiqat, Allohning nomidan (vahiy orqali) ummatini boshqargan Muhammad payg&#8217;ambar vafotidan so&#8217;ngra rahbarlikka ilohiy rahnamolik sifatiga ega bo&#8217;lmagan va bunga da&#8217;vo ham qilmagan xalifalar kelgan. Sahobalar bundan keyin dunyoviy ishlarni oddiy inson hukmdor \u2014 Amir boshqarishini tushunganlar. Makkalik va madinalik sahobalar \u2014 muhojirlar va ansorlar o&#8217;rtasidagi bahs faqatgina ularning qaysi biri ana shu lavozimga saylanishi haqida borar edi. Abu Bakr Siddiqning Xalifatu Rasululloh \u2014 Alloh elchisining o&#8217;rinbosari bo&#8217;lib saylanishi shundan dalolatdir. Aynan shu davrda hokimiyat vazifalarining (sud, moliya va hokazolar) bo&#8217;linishi va ularning, asosan, muhojirlar o&#8217;rtasida taqsimlanishi yuz bergan. Bu jarayon, ya&#8217;ni davlat boshqaruv tizimi diniylik qiyofasini yo&#8217;qotib, dunyoviy tus olishi 4 xalifa \u2014 Abu Bakr Siddiq (632\u2014 634), Umar ibn Xattab (634-644), Usmon ibn Affon (644-656) va Ali ibn Abu Tolib (656-661) davrida uzil-kesil amalga oshgan. Ular &#171;alxulafo arroshidun&#187; (to&#8217;g&#8217;ri yo&#8217;ldan boruvchi xalifalar) degan nom oldilar. Ali ibn Abu Tolib vafotidan so&#8217;ng davlatni boshqargan Umaviy xalifalar (661-750) Arab tarixiy adabiyotida &#171;diniy tarbiyadan umuman yiroq&#187; shaxslar sifatida tavsiflanadilar. Xalifalar rasman diniy va dunyoviy yagonalikni mujassam etgan bo&#8217;lsalarda, lekin amalda jamiyatning diniy hayotiga ta&#8217;sir ko&#8217;rsatmasdilar. Diniy arboblar (muhaddislar, qorilar, mufassirlar, faqixdar) qatlami vujudga kelganki, endi diniy masalalar bo&#8217;yicha jamoatchilik fikrini xalifalar emas, balki aynan o&#8217;sha arboblar shakllantiradigan bo&#8217;lganlar. 750 yilda Abbosiylar xalifaliga boshlangan. Umaviylardan farkli o&#8217;laroq abbosiylar o&#8217;z ismlariga Alloh so&#8217;zini ko&#8217;shib martabali laqablar oldilar, shu yo&#8217;l bilan o&#8217;z hokimiyatlariga teokratik tus berishga uringanlar. Lekin amalda ularning ko&#8217;pchiligi qo&#8217;g&#8217;irchoqqa aylanib qolib, boshqa qavmlar boshliqlari (Masalan, Mahmud G&#8217;aznaviy), saljuqlar sultoni To&#8217;g&#8217;rulbek, buvayhiylar amiri Ahmad kabilarga muboya&#8217;a (guvohnoma) berdilar va ularning hokimliklarini qonuniylashtirdilar. 9-asrdan e&#8217;tiboran Abbosiylar xalifaligi parchalana boshlagan. Ispaniyada Kordova, Shimoliy Afrikada Fotimiylar xalifaliginiit vujudga kelishi xalifalik yakkayu yagona bo&#8217;lishi kerak degan tushunchaga yana bir bor zarba bergan. 12-asrda Turk sulolalari zaiflashib, Bag&#8217;dod xalifaligi qisqa muddatga o&#8217;z qudratini qayta tiklagan edi hamki, mo&#8217;g&#8217;ullarning qaqshatqich zarbasiga uchradi va 1258 yil Huloku oxirgi Bagdod xalifasi alMusta&#8217;simni qatl qilgan. Shunday qilib, Abbosiylar xalifaligi mo&#8217;g&#8217;ullar tomonidan yo&#8217;q qilindi. Ammo 1261 yil Misr mamluklarining sultoni Zohir Baybars dastlab oxirgi Bag&#8217;dod xalifasining amakisi almustansir, so&#8217;ng yana bir vakil alhakim I ni Qohiraga keltirib, abbosiylar sulolasini davom ettirdi. Yuqorida zikr etilgan ikkala shaxsning ham haqiqatan Abbosiylarga mansub ekanini o&#8217;z vaqgida akademik V.V. Bartold qattiq shubha ostiga olgan edi. Qanday bo&#8217;lganda ham Qohiradagi Abbosiylar xalifaligi 1517 yil Usmonli turklar tomonidan Misr bosib olingunga qadar davom etdi. Oxirgi xalifa al-Mutavakkil III ni Usmonli turk sultoni Salim I Istanbulga ko&#8217;chirgan va uning avlodlari Turkiyada Mustafo Kamol Otaturk tomonidan dastlab sultonlik (1922 yil), so&#8217;ng xalifalik (1924 yil) bekor qilinguniga qadar yashaganlar. Demak, Xalifalik Islom teokratik davlati tarixda bir marta tuzilgan va Muhammad paygambar shaxsi bilan bevosita bog&#8217;liq. Hozir nafaqat Islom, balki boshqa har qanday dinga asoslangan teokratik davlat tuzish samarasiz va befoydadir, zero 20-asrning yirik tarixchisi A. Toynbi ta&#8217;biri bilan aytganda, cherkov zamin muammolarini zamin vositalari orqali hal qilishga qodir emas. Bizning ko&#8217;z o&#8217;ngimizda &#171;Tolibon&#187; Islom dinini niqob qilib olib, teokratik davlat tuzishga urinib ko&#8217;rdi. Hozirgi paytda &#171;Hizb uttahrir alislomiy&#187; partiyasi xalifalik shaklidagi yagona Musulmon davlatini tashkil etishni o&#8217;z ol-diga maqsad qilib qo&#8217;ygan. Ammo uning bu xattiharakatlari batamom asossiz, g&#8217;ayriqonuniy va Islom shariatiga ziddir. Qur&#8217;oni karimda Xalifalikni barpo qilish bo&#8217;yicha buyruq berilmagan, qat&#8217;iy dalil ham mavjud emas. Ahadjon Hasanov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Xalifalik \u2014 7-8-asrlarda Arab istilolari natijasida Arabiston yarim oroli, Yaqin va O&#8217;rta Sharq, shimoliy Afrika, Ispaniya, Markaziy Osiyo va Kavkazortini o&#8217;z ichiga olgan davlat. Ibn Xaldutning yozishicha, &#171;johiliya arablari&#187; faqat &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/xalifalik-3\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[209],"tags":[],"class_list":["post-101937","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-x-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/101937","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=101937"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/101937\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":101938,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/101937\/revisions\/101938"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=101937"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=101937"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=101937"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}